XotirAI logotipiXotirAI
⚖️ «Ombudsman to‘g‘risida» qonun · 51–57-m.

Yakunlovchi qoidalar

Moddalar

51-modda. Ombudsman Devoni

Ombudsman faoliyati Ombudsman Devoni tomonidan ta’minlanadi.

Ombudsman Devoni davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs bo‘lib, o‘z hisob-kitob varag‘iga va boshqa hisobvaraqlariga, o‘z nomi yozilgan hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri tushirilgan muhrga va blankalarga ega bo‘ladi.

Ombudsman Devonining tuzilmasi va uning xodimlarining shtat birligi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qo‘shma qarori bilan tasdiqlanadi.

Ombudsman Devoni to‘g‘risidagi nizom Ombudsman tomonidan tasdiqlanadi.

Ombudsman faoliyatining moliyaviy, moddiy-texnika va boshqa ta’minoti O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi hamda unda alohida satrda nazarda tutiladi.

52-modda. Ombudsman va uning o‘rinbosarining transportda imtiyozli yurish huquqi

Ombudsman va uning o‘rinbosari qonunchilikda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi hududida havo, temir yo‘l, avtomobil yo‘lovchilar transportida (bundan taksi va shahar yo‘lovchilar transporti mustasno) imtiyozli yurish huquqiga ega.

53-modda. Ombudsman to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik

Ombudsman to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.

54-modda. O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish

O‘zbekiston Respublikasining quyidagi qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin:

1. O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 25-aprelda qabul qilingan 409-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 6, 175-modda; 2003-yil, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 6, 248-modda, № 9, 422-modda, № 12, 595-modda; 2008-yil, № 4, 187-modda, № 12, 636, 641-moddalar; 2009-yil, № 4, 136-modda, № 12, 470-modda; 2010-yil, № 9, 334-modda; 2012-yil, № 9/1, 238-modda; 2014-yil, № 9, 244-modda; 2015-yil, № 8, 310-modda; 2017-yil, № 3, 47-modda, № 10, 605-modda; 2019-yil, № 3, 165-modda, № 5, 267-modda, № 8, 469-modda, № 9, 588, 592-moddalar, № 12, 880-modda; 2020-yil, № 6, 337-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 11, 1061-modda, № 12, 1193-modda; 2022-yil, № 5, 464-modda; 2023-yil, № 2, 104-modda, № 3, 187-modda, № 4, 269-modda; 2024-yil, № 2, 115-modda, № 8, 818, 823, 828-moddalar) quyidagi o‘zgartirishlar kiritilsin:

“Shikoyatlarni ko‘rib chiqish, shuningdek fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganligi hollarini o‘z tashabbusi bilan tekshirish chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman), uning o‘rinbosari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi mintaqaviy vakillari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari bo‘yicha vakili (Bolalar ombudsmani) hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil jazoni ijro etish muassasalariga moneliksiz kirish huquqiga ega”;

54-modda. O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish (davomi)

“Ombudsman qutisi tegishincha faqat O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) yoki uning Devoni xodimlari tomonidan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari bo‘yicha vakili (Bolalar ombudsmani) yoki uning kotibiyati xodimlari tomonidan ochiladi”.

2. O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 29-avgustda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti to‘g‘risida”gi 522-II-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-yil, № 9-10, 136-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 4, 163-modda, № 7, 326-modda; 2008-yil, № 12, 637-modda; 2009-yil, № 4, 136-modda; 2011-yil, № 4, 101-modda; 2013-yil, № 4, 95-modda; 2014-yil, № 4, 86-modda, № 5, 130-modda; 2015-yil, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 9, 276-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 1, 4-modda, № 4, 224-modda, № 7, 431-modda; 2019-yil, № 1, 1-modda, № 3, 157-modda, № 5, 261, 265-moddalar, № 8, 468-modda, № 9, 588-modda, № 12, 884-modda; 2020-yil, № 8, 488-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 11, 1061-modda; 2022-yil, № 10, 983-modda; 2023-yil, № 12, 1003-modda; 2024-yil, № 2, 109-modda) 33³-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“33³-modda. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) ma’ruzalarini ko‘rib chiqish

54-modda. O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish (davomi)

Qonunchilik palatasi har yili, hisobot yilidan keyingi yilning 15-fevralidan kechiktirmay o‘z majlisida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) faoliyati to‘g‘risidagi ma’ruzani eshitadi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) faoliyati to‘g‘risidagi ma’ruzada qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo‘llash hollarining oldini olish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar ham aks ettiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) faoliyati to‘g‘risidagi ma’ruza dastlabki tarzda fraksiyalar tomonidan ko‘rib chiqiladi.

Qonunchilik palatasi majlisida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) faoliyati to‘g‘risidagi ma’ruzasini muhokama qilish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) chiqishi bilan boshlanadi, ma’ruzadan so‘ng fraksiyalarning vakillari so‘zga chiqadi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) faoliyati to‘g‘risidagi ma’ruzani eshitish yakunlari bo‘yicha Qonunchilik palatasi qaror qabul qiladi, qaror qabul qilingan kundan e’tiboran o‘n kun ichida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakiliga (ombudsmanga) va Senatga yuboriladi.

54-modda. O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish (davomi)

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Qonunchilik palatasiga inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish yuzasidan huquqiy, tashkiliy, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa chora-tadbirlar ko‘rishga qaratilgan maxsus ma’ruzani taqdim etishga haqli.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish yuzasidan huquqiy, tashkiliy, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa chora-tadbirlar ko‘rishga qaratilgan maxsus ma’ruzasini ko‘rib chiqish tartibi Qonunchilik palatasining Reglamenti bilan belgilanadi”.

3. O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 29-avgustda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti to‘g‘risida”gi 523-II-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-yil, № 9-10, 137-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 4, 163-modda; 2009-yil, № 4, 136-modda; 2011-yil, № 4, 101-modda; 2014-yil, № 4, 86-modda; 2015-yil, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 9, 276-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 1, 4-modda, № 4, 224-modda, № 7, 431-modda; 2019-yil, № 1, 1-modda, № 2, 47-modda, № 3, 162-modda, № 5, 261, 265-moddalar, № 8, 468-modda, № 12, 884-modda; 2020-yil, № 8, 488-modda; 2021-yil, № 1, 13-modda, 4-songa ilova, № 11, 1061-modda; 2024-yil, № 2, 109-modda) 32⁴-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

54-modda. O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish (davomi)

“32⁴-modda. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) ma’ruzalarini ko‘rib chiqish

Senat har yili o‘z majlisida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) faoliyati to‘g‘risidagi ma’ruzani eshitadi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) faoliyati to‘g‘risidagi ma’ruzada qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo‘llash hollarining oldini olish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar ham aks ettiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) faoliyati to‘g‘risidagi ma’ruza dastlabki tarzda Senat qo‘mitalari tomonidan ko‘rib chiqiladi.

Senat majlisida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) faoliyati to‘g‘risidagi ma’ruzasini muhokama qilish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) chiqishi bilan boshlanadi, ma’ruzadan so‘ng Senat qo‘mitalarining vakillari so‘zga chiqadi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) faoliyati to‘g‘risidagi ma’ruzasini eshitish yakunlari bo‘yicha Senat qaror qabul qiladi, qaror qabul qilingan kundan e’tiboran o‘n kun ichida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakiliga (ombudsmanga) va Qonunchilik palatasiga yuboriladi.

54-modda. O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish (davomi)

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Senatga inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish yuzasidan huquqiy, tashkiliy, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa chora-tadbirlar ko‘rishga qaratilgan maxsus ma’ruzani taqdim etishga haqli.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish yuzasidan huquqiy, tashkiliy, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa chora-tadbirlar ko‘rishga qaratilgan maxsus ma’ruzasini ko‘rib chiqish tartibi Senatning Reglamenti bilan belgilanadi”.

4. O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 29-sentabrda qabul qilingan “Jinoyat ishini yuritish chog‘ida qamoqda saqlash to‘g‘risida”gi O‘RQ-298-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2011-yil, № 9, 251-modda; 2012-yil, № 9/1, 238-modda; 2019-yil, № 2, 47-modda, № 5, 267-modda, № 8, 469-modda, № 9, 592-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 11, 1061-modda; 2022-yil, № 5, 464-modda) 23-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“23-modda. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning), uning o‘rinbosarining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi mintaqaviy vakillarining, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Bola huquqlari bo‘yicha vakilining (Bolalar ombudsmanining) hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakilning qamoqda saqlash joylariga borishi

54-modda. O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish (davomi)

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman), uning o‘rinbosari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi mintaqaviy vakillari (bundan buyon matnda mintaqaviy vakillar deb yuritiladi), O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari bo‘yicha vakili (Bolalar ombudsmani) hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil qamoqda saqlash joylariga moneliksiz kirish, shuningdek ushlab turilgan yoki qamoqqa olingan shaxs bilan uchrashish va suhbatlar o‘tkazish huquqiga ega.

Qamoqda saqlash joyining ma’muriyati O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakiliga (ombudsmanga), uning o‘rinbosariga, mintaqaviy vakillariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari bo‘yicha vakiliga (Bolalar ombudsmaniga) hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakilga ushlab turilganlar, shuningdek qamoqqa olinganlar bilan moneliksiz va xoli uchrashish hamda suhbatlashish uchun zarur shart-sharoitlarni ta’minlashi shart.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning), uning o‘rinbosarining, mintaqaviy vakillarining, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Bola huquqlari bo‘yicha vakilining (Bolalar ombudsmanining) hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakilning ushlab turilganlar va qamoqqa olinganlar bilan uchrashuvlari va suhbatlari qamoqda saqlash joyi xodimlari ularni ko‘rib turadigan, lekin eshitmaydigan sharoitlarda xoli o‘tkaziladi”.

54-modda. O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish (davomi)

5. O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 26-dekabrda qabul qilingan O‘RQ-360-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Budjet kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2013-yil, 12-songa 1-ilova; 2014-yil, № 9, 244-modda; 2015-yil, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 12, 383, 385-moddalar; 2017-yil, № 6, 300-modda, № 10, 605-modda, № 12, 772-modda; 2018-yil, № 1, 1-modda, № 7, 431, 433-moddalar, № 12, 783-modda; 2019-yil, № 1, 1-modda, № 5, 265-modda, № 8, 470-modda, № 9, 588-modda, № 11, 791-modda, № 12, 884, 891-moddalar; 2020-yil, № 3, 203-modda, № 11, 652-modda, № 12, 691-modda; 2021-yil, № 1, 7, 13-moddalar, 4-songa ilova, № 8, 803, 804-moddalar, № 10, 973-modda, № 12, 1198-modda; 2022-yil, № 5, 464-modda, № 6, 577-modda; 2023-yil, № 4, 272-modda, № 11, 923-modda) 70-moddasi birinchi qismi 5-bandining yettinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Devonini”.

6. O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 9-yanvarda qabul qilingan “Ma’muriy qamoqni o‘tash tartibi to‘g‘risida”gi O‘RQ-420-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2017-yil, № 1, 2-modda; 2019-yil, № 12, 880-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 11, 1061-modda; 2022-yil, № 10, 984-modda; 2023-yil, № 3, 185-modda; 2024-yil, № 3, 244-modda) 23-moddasi birinchi qismining o‘n birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

54-modda. O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish (davomi)

“maxsus qabulxonaga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman), uning o‘rinbosari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi mintaqaviy vakillari hamda O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xodimlari moneliksiz kirishini va ularning xavfsizligini ta’minlashi”.

7. O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 6-yanvarda qabul qilingan “Davlat boji to‘g‘risida”gi O‘RQ-600-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2020-yil, № 1, 1-modda, № 3, 201-modda, № 5, 298-modda, № 10, 593-modda, № 12, 691-modda; 2021-yil, № 1, 13-modda, 4-songa ilova, № 7, 661-modda, № 8, 800, 803-moddalar, № 10, 968-modda; 2022-yil, № 2, 76-modda, № 3, 214, 216-moddalar, № 4, 340-modda, № 5, 463, 464, 467-moddalar, № 12, 1186-modda; 2023-yil, № 2, 103-modda, № 3, 186-modda, № 4, 265, 269-moddalar, № 6, 444, 445-moddalar, № 7, 538-modda, № 9, 710-modda; 2024-yil, № 1, 5, 6, 7-moddalar, № 2, 101, 105, 107, 108, 111, 112-moddalar, № 7, 628-modda, № 8, 819, 823, 831-moddalar) quyidagi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin:

45-bandining to‘rtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“og‘ir ahvolga tushib qolgan va og‘ir ahvolga tushib qolish xavfi yuqori bo‘lgan shaxslar hamda oilalar manfaatlarini ko‘zlab berilgan da’volar, arizalar va shikoyatlar yuzasidan”;

54-modda. O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish (davomi)

quyidagi mazmundagi 46-band bilan to‘ldirilsin:

“46) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) — fuqarolar manfaatlarini ko‘zlab beriladigan arizalar va da’volar bilan sudga murojaat qilganda”;

“20) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) — fuqarolar manfaatlarini ko‘zlab beriladigan arizalar bilan sudga murojaat qilganda”.

Quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin:

54-modda. O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish (davomi)

54-modda. O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish (davomi)

55-modda. Ushbu Qonunning ijrosini, yetkazilishini, mohiyati va ahamiyati tushuntirilishini ta’minlash

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman), O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlasin.

56-modda. Qonunchilikni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;

respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.

57-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi

Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2024-yil 15-noyabr,

O‘RQ-1002-son

Bilimingizni sinang

«Ombudsman to‘g‘risida»gi Qonunga ko‘ra, Ombudsman Devoni qanday huquqiy shaklga ega?
  1. Davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs
  2. Budjet tashkiloti shaklidagi jamoat birlashmasi
  3. Hokimlik huzuridagi yuridik bo‘lmagan bo‘linma
  4. Davlat unitar korxonasi shaklidagi yuridik shaxs

To‘g‘ri javob: Davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs. 51-moddaga ko‘ra, Ombudsman Devoni davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxsdir.

Ombudsman Devoni qanday muhr va blankalarga ega bo‘ladi?
  1. O‘z nomi yozilgan, ammo Davlat gerbining tasviri tushirilmagan oddiy muhrga va blankalarga
  2. Faqat blankalarga ega bo‘lib, Davlat gerbi tasviri tushirilgan muhrga ega bo‘lmaydi
  3. O‘z nomi yozilgan hamda Davlat gerbining tasviri tushirilgan muhrga va blankalarga
  4. Davlat gerbi tushirilgan muhrga ega, ammo o‘z nomi yozilgan blankalarga ega emas

To‘g‘ri javob: O‘z nomi yozilgan hamda Davlat gerbining tasviri tushirilgan muhrga va blankalarga. 51-moddaga ko‘ra, Devon o‘z nomi yozilgan va Davlat gerbi tasviri tushirilgan muhr va blankalarga ega bo‘ladi.

Ombudsman Devonining shtat birligi qaysi hujjat bilan tasdiqlanadi?
  1. Prezident farmoni bilan, palatalarning ishtirokisiz
  2. Vazirlar Mahkamasi qarori bilan, palatalarsiz
  3. Oliy Majlis palatalarining qo‘shma qarori bilan
  4. Senat Raisi buyrug‘i bilan tasdiqlanadi, palatalarsiz

To‘g‘ri javob: Oliy Majlis palatalarining qo‘shma qarori bilan. 51-moddaga ko‘ra, Devon tuzilmasi va shtat birligi Oliy Majlis palatalarining qo‘shma qarori bilan tasdiqlanadi.

Ombudsman Devoni xodimlari Devon to‘g‘risidagi nizomni kim tasdiqlashini bilmoqchi. Qaysi xulosa to‘g‘ri?
  1. Prezident tasdiqlaydi
  2. Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydi
  3. Ombudsmanning o‘zi tasdiqlaydi
  4. Qonunchilik palatasi Spikeri tasdiqlaydi

To‘g‘ri javob: Ombudsmanning o‘zi tasdiqlaydi. 51-moddaga ko‘ra, Devon to‘g‘risidagi nizom Ombudsman tomonidan tasdiqlanadi.

Ombudsman faoliyatining moliyaviy va moddiy-texnika ta’minoti qaysi manba hisobidan amalga oshiriladi?
  1. Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan, budjetda alohida satr nazarda tutilmagan holda
  2. Xalqaro donorlar grantlari hisobidan, davlat budjetida alohida satr nazarda tutilmagan holda
  3. Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan, budjetda alohida satrda nazarda tutilgan holda
  4. Xalqaro donorlar grantlari hisobidan, davlat budjetida alohida satr nazarda tutilmagan

To‘g‘ri javob: Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan, budjetda alohida satrda nazarda tutilgan holda. 51-moddaga ko‘ra, ta’minot Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi va budjetda alohida satrda nazarda tutiladi.

Ombudsman Nodir poezdda, samolyotda va shahar avtobusida imtiyozli yurmoqchi. Qonunga ko‘ra qaysi transport turlarida bunday huquq mavjud?
  1. Havo, temir yo‘l, avtomobil yo‘lovchilar transportida, shahar yo‘lovchilar transporti ham kiradi, taksi mustasno
  2. Faqat temir yo‘l va havo yo‘lovchilar transportida, shahar va avtomobil transporti mustasno qilinadi
  3. Havo, temir yo‘l, avtomobil yo‘lovchilar transportida, taksi va shahar yo‘lovchilar transporti mustasno
  4. Barcha transport turlarida, taksi va shahar yo‘lovchilar transporti ham istisnosiz, imtiyoz amal qiladi

To‘g‘ri javob: Havo, temir yo‘l, avtomobil yo‘lovchilar transportida, taksi va shahar yo‘lovchilar transporti mustasno. 52-moddaga ko‘ra, imtiyozli yurish huquqi havo, temir yo‘l, avtomobil yo‘lovchilar transportida mavjud, taksi va shahar yo‘lovchilar transporti mustasno.

Transportda imtiyozli yurish huquqiga qaysi shaxslar ega?
  1. Barcha mintaqaviy vakillar
  2. Faqat Ombudsman Devoni xodimlari
  3. Ombudsman va uning o‘rinbosari
  4. Barcha deputatlar

To‘g‘ri javob: Ombudsman va uning o‘rinbosari. 52-moddaga ko‘ra, imtiyozli yurish huquqi Ombudsman va uning o‘rinbosariga tegishli.

«Ombudsman to‘g‘risida» qonun — 53-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. Ombudsman Devoni
  2. Ushbu Qonunning kuchga kirishi
  3. Ombudsman to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
  4. Mintaqaviy vakilning majburiyatlari

To‘g‘ri javob: Ombudsman to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik. 53-modda: Ombudsman to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiOmbudsmanning qiynoqqa solish hollarining oldini olish bo‘yicha faoliyati