Fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining vakolatlari
Moddalar
11-modda. Fuqarolar yig‘inining vakolatlari
Fuqarolar yig‘ini:
fuqarolar yig‘ini raisini, uning o‘rinbosarlarini (fuqarolar yig‘ini raisining keksalar va faxriylar ishlari hamda yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchilarini) va maslahatchilarini, fuqarolar yig‘ini faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha komissiyalarning hamda taftish komissiyasining raislarini va a’zolarini saylaydi;
fuqarolar yig‘ini raisi maslahatchilarining va fuqarolar yig‘ini kengashi devonining miqdor tarkibini belgilaydi, fuqarolar yig‘ini raisining taqdimiga ko‘ra fuqarolar yig‘inining mas’ul kotibini tasdiqlaydi;
fuqarolar yig‘ini kengashi va fuqarolar yig‘ini faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha komissiyalar faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini belgilaydi;
fuqarolar yig‘inining faoliyat dasturini va xarajatlar smetasini, hududni kompleks rivojlantirishni ta’minlashga, tegishli hudud doirasida obodonlashtirishga, ko‘kalamzorlashtirishga va sanitariya holatini yaxshilashga qaratilgan tadbirlar rejalarini tasdiqlaydi;
aholining ijtimoiy nochor qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi, ushbu maqsadda markazlashtirilgan tarzda ajratiladigan davlat mablag‘laridan qonunchilikda belgilangan tartibda maqsadli va samarali foydalanilishini ta’minlaydi;
har chorakda kamida bir marta fuqarolar yig‘ini raisining, uning o‘rinbosarlarining (fuqarolar yig‘ini raisining keksalar va faxriylar ishlari hamda yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchilarining) va maslahatchilarining, fuqarolar yig‘ini faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha komissiyalar hamda taftish komissiyasi raislarining, shuningdek hududdagi ta’lim muassasalari rahbarlarining hisobotlarini eshitadi;
11-modda. Fuqarolar yig‘inining vakolatlari (davomi)
ichki ishlar organlari tayanch punktlari huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha inspektorlarining hisobotlarini belgilangan tartibda eshitadi;
tegishincha aholi biriktirilgan tuman (shahar) ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalari, oilaviy poliklinikalar va oilaviy shifokor punktlari rahbarlarining profilaktika ko‘riklarini hamda skrining dasturlarini amalga oshirish, fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash, sog‘lom turmush tarzini va to‘g‘ri ovqatlanishni shakllantirish holati, ijtimoiy ahamiyatga molik kasalliklarning hamda atrofdagilar uchun xavfli bo‘lgan kasalliklarning tarqalishi, fuqarolar sog‘lig‘iga ta’sir etuvchi omillar, shu jumladan tegishli hududning sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risidagi axborotini eshitadi;
tegishli hududda qonunlar va boshqa qonunchilik hujjatlarining ijro etilishi, shu jumladan tadbirkorlik faoliyati subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi, kommunal xizmat ko‘rsatish tashkilotlari tomonidan kommunal xizmatlar ko‘rsatish sifati, imoratlar qurish hamda hovlilar va uylar atrofidagi hududlarni saqlash qoidalariga rioya etilishi, shuningdek ekin maydonlaridan samarali foydalanilishi va yerlarni muhofaza qilish ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi;
xalq deputatlari tuman, shahar Kengashiga saylov o‘tkazuvchi okrug saylov komissiyalarining a’zolari nomzodlari bo‘yicha tavsiyalar taqdim etadi;
xalq deputatlari tuman, shahar Kengashlarining majlislarida muhokama qilish uchun uchastka saylov komissiyasi a’zoligiga nomzodlar taqdim etadi;
11-modda. Fuqarolar yig‘inining vakolatlari (davomi)
referendum o‘tkazuvchi tegishli okrug komissiyalariga referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyalari a’zoligiga nomzodlar taqdim etadi;
saylov komissiyalariga fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlaridan kuzatuvchilar yuboradi;
to‘ylar va boshqa marosimlarni o‘tkazish yuzasidan tavsiyalar beradi;
har chorakda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining fuqarolar yig‘inlari faoliyati sohasiga kiruvchi masalalar yuzasidan hisobotlarini eshitadi. Fuqarolar yig‘inlarining hisobotlar to‘g‘risidagi bayonnomalari tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga yuboriladi, ular bu bayonnomalarning hisobini yuritadi, fuqarolar yig‘inlarining murojaatlari ko‘rib chiqilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
atrof muhitni muhofaza qilish, hududning sanitariya holati, uni obodonlashtirish hamda ko‘kalamzorlashtirish masalalari yuzasidan o‘z vakolati doirasida tegishli hududda joylashgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar rahbarlarining hisobotlarini eshitadi hamda ularning natijalari bo‘yicha qarorlar qabul qiladi;
o‘z mablag‘larini shakllantiradi, fuqarolar yig‘ini mol-mulkiga egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi, moliyaviy mablag‘larning sarflanishi ustidan nazoratni tashkil etadi;
ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish, tegishli hududni obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish va sanitariya jihatdan tozalash, kam ta’minlangan oilalarga ularning uylari va kvartiralarini ta’mirlashda, shuningdek kommunal xizmatlari haqini to‘lashda yordam ko‘rsatish uchun ixtiyoriylik asosida jismoniy shaxslardan mablag‘ yig‘ish, yuridik shaxslarning mablag‘laridan shartnoma asosida foydalanish to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi;
11-modda. Fuqarolar yig‘inining vakolatlari (davomi)
atrof muhitni muhofaza qilishga ko‘maklashadi;
guzarlar barpo etish masalalarini ko‘rib chiqadi;
ma’muriy-hududiy birliklar, mahallalarning chegaralarini o‘zgartirish, mahallalar, ko‘chalar, maydonlar va boshqa obyektlarga nom berish va ularning nomini o‘zgartirish haqida tegishli tumanlar, shaharlar davlat organlariga iltimosnomalar kiritadi;
har bir dehqon xo‘jaligini xo‘jalik kitobiga kiritib, unda dehqon xo‘jaligining tarkibi to‘g‘risidagi, xo‘jalik boshlig‘i yoki uning vazifasini bajaruvchi shaxs haqidagi, shuningdek dehqon xo‘jaligining tashkiliy-huquqiy shakli (yuridik shaxs tashkil etgan yoki tashkil etmagan holda) to‘g‘risidagi ma’lumotlarni qayd etib qo‘yadi;
kommunal to‘lovlar undirilishini ta’minlash, issiqlik va elektr energiyasidan, issiq va sovuq suvdan tejamli foydalanish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazishda, tegishli hududni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, uylar va hovlilarni namunali saqlashga doir ishlarni ixtiyoriylik asosida tashkil etishda shartnoma asosida ko‘maklashadi;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, banklar, nodavlat notijorat tashkilotlar va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda kam ta’minlangan oilalardan bo‘lgan yoshlarga, shu jumladan ularga nikoh tuzishda va to‘y tadbirlarini o‘tkazishda qo‘shimcha moddiy yordam ko‘rsatadi;
tegishli hudud doirasida joylashgan (yashayotgan) tadbirkorlik faoliyati subyektlari, shu jumladan oilaviy tadbirkorlik subyektlari tomonidan kreditlar olinishida belgilangan tartibda kafil bo‘ladi.
11-modda. Fuqarolar yig‘inining vakolatlari (davomi)
kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam ko‘rsatish va voyaga yetmagan bolalari bo‘lgan muhtoj oilalarga, ikki yoshga to‘lmagan bolalari bor ishlamaydigan onalarga, shuningdek budjet tashkilotlarida ishlaydigan onalarga hamda ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarga nafaqalar tayinlash to‘g‘risidagi masalalarni fuqarolar yig‘ini hududi bo‘yicha nazarda tutilgan xarajatlardan kelib chiqqan holda hal etadi, oilalarni davlat tomonidan ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadlariga markazlashtirilgan tarzda ajratiladigan mablag‘lardan maqsadli va samarali foydalanilishini ta’minlaydi.
fuqarolar yig‘ini hududida xotin-qizlar va bolalarga nisbatan tazyiq o‘tkazgan va zo‘ravonlik sodir etgan yoxud bunday tazyiq o‘tkazish va zo‘ravonlik sodir etishga moyil bo‘lgan shaxslarni aniqlashda, shuningdek bunday shaxslar bilan olib boriladigan profilaktika ishlarida ishtirok etadi.
Fuqarolar yig‘ini qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
13-modda. Fuqarolar yig‘ini kengashining vakolatlari
Fuqarolar yig‘inining qarorlarini bajarish va fuqarolar yig‘inlari oralig‘idagi davrda fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining joriy faoliyatini amalga oshirish uchun fuqarolar yig‘inining kengashi shakllantiriladi.
Fuqarolar yig‘ini kengashi tarkibiga fuqarolar yig‘inining raisi, uning o‘rinbosarlari (fuqarolar yig‘ini raisining keksalar va faxriylar ishlari hamda yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchilari) va maslahatchilari, mas’ul kotib, mahalla xotin-qizlar faoli, shuningdek hududdagi profilaktika inspektorlari, ta’lim muassasalarining, oilaviy vrachlik punktlarining va oilaviy poliklinikalarning rahbarlari kiradi.
Fuqarolar yig‘inining kengashi:
fuqarolar yig‘inini (fuqarolar vakillarining yig‘ilishini) chaqiradi;
fuqarolar yig‘ini faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha komissiyalar ishini muvofiqlashtiradi, homiylik tashkilotlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikdagi tadbirlarni o‘tkazadi;
fuqarolar yig‘ini raisining taqdimiga ko‘ra fuqarolar yig‘ini kengashining devonini shakllantiradi;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlariga ularning saylovchilar bilan uchrashuvlarini uyushtirishda, fuqarolarni qabul qilishda, ular o‘z saylov okruglarida boshqa vakolatlarini amalga oshirishda ko‘maklashadi;
ommaviy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, madaniy, sport tadbirlarini va boshqa tadbirlarni, shuningdek muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tashkil etish, muhofaza qilish hamda ulardan foydalanish bo‘yicha tadbirlarni o‘tkazishda, tegishli hududning, suv ta’minoti manbalarining, turar joylarning, ta’lim muassasalarining sanitariya va ekologiya holati, yong‘inga qarshi xavfsizlik talablariga, veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalariga, savdo qoidalari va fuqarolarga xizmat ko‘rsatish madaniyatiga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishda tegishli davlat organlariga ko‘maklashadi;
13-modda. Fuqarolar yig‘ini kengashining vakolatlari (davomi)
xotin-qizlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga, ularning jamiyat hayotidagi, oilada ma’naviy-axloqiy muhitni shakllantirishdagi, yosh avlodni tarbiyalashdagi rolini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ko‘radi;
ro‘yxatdan o‘tmagan diniy tashkilotlar faoliyat ko‘rsatishining oldini olish, fuqarolarning diniy e’tiqod erkinligi huquqiga rioya etilishini ta’minlash, diniy qarashlarni majburan singdirishga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan chora-tadbirlarni ko‘radi, vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etilishi bilan bog‘liq boshqa masalalarni ko‘rib chiqadi;
yosh avlodni tarbiyalash masalalari yuzasidan ta’lim muassasalari bilan hamkorlik qiladi;
o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz keksa fuqarolarga patronaj yordami shu maqsadda ajratilgan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan ko‘rsatilishiga ko‘maklashadi;
tegishli hududda yashovchi fuqarolar bandligini ta’minlashga, shu jumladan kasanachilikni tashkil etishga ko‘maklashadi;
tegishli hududdagi aholining obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, bolalar sport maydonchalarini jihozlash, moddiy madaniy meros obyektlarini yaroqli holda saqlash, dafn etish joylarini qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va yaroqli holda saqlashga doir ishlarda ixtiyoriylik asosida qatnashishini tashkil etadi, ana shu maqsadlarda tuman, shahar ijro etuvchi hokimiyat organi ajratadigan moddiy mablag‘lardan va boshqa vositalardan, o‘z mablag‘laridan foydalanadi, jamoatchilik yordamini (hasharni) uyushtiradi, ko‘riklar va tanlovlar o‘tkazadi;
13-modda. Fuqarolar yig‘ini kengashining vakolatlari (davomi)
issiqlik va elektr energiyasidan, issiq va sovuq suvdan tejamli foydalanish va ularning behuda sarflanishini kamaytirishga qaratilgan tadbirlarni o‘tkazadi;
dehqon, fermer xo‘jaliklarining va tomorqa yer egalarining faoliyatini rivojlantirishga ko‘maklashadi;
tegishli hududda jamoat tartibini va jamoat xavfsizligini ta’minlashda, shu jumladan fuqarolarning kelishi va ketishini hisobga olishni tashkil etishda, voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik hamda huquqbuzarliklar profilaktikasiga doir ishlarda va ularning huquqlarini himoya qilishda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga ko‘maklashadi;
tegishli hududda fuqarolar va yuridik shaxslarga xususiy mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan turar joylardan foydalanilishi, shu jumladan pasport rejimiga rioya etilishi, yashayotgan shaxslarning hisobga olinishi va tegishli shartnomalarning mavjudligi yuzasidan nazoratni amalga oshirishda ichki ishlar organlariga yordam ko‘rsatadi;
uy-joy fondidan foydalanish va uning saqlanishini ta’minlashda fuqarolarga ko‘maklashadi;
aholidan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar o‘z vaqtida tushishiga ko‘maklashadi;
fuqarolar tomonidan kommunal xizmatlar haqini to‘liq va o‘z vaqtida, hisob-kitobini banklar orqali amalga oshirgan holda to‘lashlarini kommunal xizmat ko‘rsatish tashkilotlari bilan birgalikda uyushtiradi va nazorat qiladi. Aholi kommunal xizmatlar haqini to‘liq to‘lashini ta’minlaganligi uchun fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organiga o‘tkaziladigan mablag‘larni belgilangan tartibda kam ta’minlangan oilalarga kommunal xizmatlar haqini to‘lashda yordam berish, fuqarolar yig‘inlari organlarining xodimlarini rag‘batlantirish uchun, shuningdek obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirishga oid ishlarni o‘tkazishga ishlatadi;
13-modda. Fuqarolar yig‘ini kengashining vakolatlari (davomi)
fuqarolarni tabiiy ofatlarga qarshi kurashga va ularning oqibatlarini tugatishga jalb etishga ko‘maklashadi;
fuqarolarni fuqaro muhofazasiga doir tadbirlarni o‘tkazishga jalb etishga, harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilarni xabardor etish hamda mudofaa ishlari bo‘limlariga chaqirishni tashkil qilishga ko‘maklashadi, fuqarolar yig‘inlarida ularning shaxsiy-birlamchi hisobi yuritilishini ta’minlaydi, mudofaa ishlari bo‘limi bilan kelishgan holda harbiy hisobni yuritish bo‘yicha xodimni tasdiqlaydi;
tegishli hududda barcha dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer uchastkalari kesimida yetishtiriladigan mahsulotning prognoz hajmlari to‘g‘risida qaror qabul qiladi;
ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga muhtoj bo‘lgan kam ta’minlangan oilalarni, yolg‘iz keksa fuqarolarni, pensionerlarni va nogironlarni moliya organlari va sog‘liqni saqlash organlari bilan birgalikda aniqlaydi;
ozodlikdan mahrum etish joylaridan ozod etilgan shaxslarni ijtimoiy-mehnat reabilitatsiyasi va jinoyatchilikning oldini olishga doir tadbirlarni ijtimoiy moslashuv markazlari bilan birgalikda amalga oshiradi.
Fuqarolar yig‘inining kengashi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
14-modda. Fuqarolar yig‘ini raisining vakolatlari
Fuqarolar yig‘inining raisi:
fuqarolar yig‘inini (fuqarolar vakillarining yig‘ilishini) chaqiradi;
fuqarolar yig‘iniga — mas’ul kotibining, fuqarolar yig‘ini faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha komissiyalar hamda taftish komissiyasi raislari va a’zolarining nomzodlarini, fuqarolar yig‘ini kengashiga — harbiy hisobni yuritish bo‘yicha xodimning nomzodini tasdiqlash uchun taqdim etadi;
fuqarolar yig‘ini va uning organlari tomonidan o‘z vakolatlarini amalga oshirishiga, shuningdek qarorlarni ijro etishga doir ishlarni tashkil etadi;
davlat organlarida, shu jumladan sudda, yuridik va jismoniy shaxslar bilan munosabatlarda fuqarolar yig‘inining manfaatlarini ifodalaydi, fuqarolar yig‘ini nomidan shartnomalar, shu jumladan mehnat shartnomalari tuzadi;
fuqarolar yig‘ini mablag‘larini qonunchilikka muvofiq tasarruf etadi;
tegishli hududda maslahat markazlari ishini tashkil etadi;
egasiz mol-mulkni, meros tariqasida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organiga o‘tgan mol-mulkni, shuningdek davolash muassasalarida turganligi munosabati bilan vaqtincha bo‘lmagan yolg‘iz shaxslarning mol-mulkini, ixtisoslashtirilgan o‘quv-tarbiya muassasalarida yoki vasiylik va homiylikda turgan, oilaga tarbiyaga topshirilgan yetim bolalarning, ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning mol-mulkini saqlash bo‘yicha chora-tadbirlarni ko‘radi;
spirtli ichimliklar, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni suiiste’mol qilishi natijasida fuqaroni muomala layoqati cheklangan deb topish to‘g‘risida yoki fuqaroni ruhiy holati buzilganligi (ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi) tufayli muomalaga layoqatsiz deb topish haqida sudga ariza beradi;
14-modda. Fuqarolar yig‘ini raisining vakolatlari (davomi)
kam ta’minlangan oilalarning, yetim bolalarning, ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning, shuningdek tabiiy ofatlardan va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan jabr ko‘rgan fuqarolarning moddiy va uy-joy, maishiy sharoitlarini yaxshilash to‘g‘risida tegishli davlat organlariga takliflar kiritadi;
mahalliy davlat hokimiyati organlariga yangi dafn etish joylarini barpo etish va mavjud bo‘lganlarini rekonstruksiya qilish haqida takliflar kiritadi;
voyaga yetmaganlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha jamoatchilik ishlarini tashkil etadi, yetim bolalar, ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar haqidagi ma’lumotlarni vasiylik va homiylik organlariga taqdim etadi, shuningdek bunday bolalarni tegishli davlat muassasalariga joylashtirishga ko‘maklashadi;
tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan hamda fuqarolar yig‘inlariga murojaat qilgan xotin-qizlarni himoya qilishga doir chora-tadbirlarni belgilaydi, shuningdek mazkur faktlar to‘g‘risida tegishli ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazlarini hamda ichki ishlar organlarini zudlik bilan xabardor qiladi;
tegishli hududda bayram kunlari va muhim sanalar bilan bog‘liq ommaviy tadbirlar o‘tkazilishini tashkil qiladi;
ro‘yxatdan o‘tmagan diniy tashkilotlar faoliyat ko‘rsatishining, diniy qarashlarni majburan singdirish hollarining oldini olishga doir ishlarni tashkil etadi, vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etilishi bilan bog‘liq boshqa masalalarni hal etadi;
14-modda. Fuqarolar yig‘ini raisining vakolatlari (davomi)
fuqarolar yig‘inining mas’ul kotibi, harbiy hisobni yuritish bo‘yicha xodimning faoliyatini muvofiqlashtiradi;
fuqarolarni qabul qilishni amalga oshiradi, ularning arizalari, takliflari va shikoyatlarini ko‘rib chiqadi;
fuqarolarga ularning oilaviy va mulkiy ahvoli to‘g‘risida ma’lumotnomalar hamda hujjatlar, qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hujjatlar berilishini ta’minlaydi;
fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining va ular mansabdor shaxslarining o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlarini bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi uchun mansabdor shaxslarni javobgarlikka tortish to‘g‘risida qonunda belgilangan tartibda tegishli davlat organlariga va boshqa korxonalar, muassasalar hamda tashkilotlarga taqdimnomalar kiritadi;
tegishli davlat organlaridan muhofaza etiladigan tabiiy hududlar, moddiy madaniy meros obyektlari haqida ma’lumotlar so‘raydi va oladi.
Fuqarolar yig‘inining raisi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Fuqarolar yig‘inining raisi belgilangan namunadagi guvohnomaga ega bo‘ladi. Fuqarolar yig‘ini raisining guvohnomasi namunasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
15-modda. Fuqarolar yig‘inining raisi tomonidan o‘limni qayd etish va ishonchnomalarni tasdiqlash
Fuqarolar yig‘inining raisi belgilangan tartibda o‘limni qayd etishi mumkin.
Fuqarolar yig‘inining raisi xat-xabarlarni, shu jumladan pul va posilkalarni olishga, ish haqini hamda mehnat munosabatlari bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa to‘lovlarni olishga, mualliflar va ixtirochilarga to‘lanadigan haqlarni, pensiyalar, nafaqalar va stipendiyalarni, shuningdek banklardan summalarni olishga ishonchnomalarni belgilangan tartibda tasdiqlashi mumkin.
16-modda. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan jamoatchilik nazoratining amalga oshirilishi
Jamoatchilik nazorati fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
tegishli hududda qonunlar va boshqa qonunchilik hujjatlarining ijro etilishi holatini o‘rganish;
tegishli choralar ko‘rilishi uchun davlat organlariga murojaat etish;
davlat organlari vakolatiga kiruvchi va ijtimoiy ahamiyatga molik masalalar bo‘yicha so‘rovlar yuborish.
Jamoatchilik nazorati qonunchilikka muvofiq boshqa shakllarda ham amalga oshirilishi mumkin.
Jamoatchilik nazorati ommaviy axborot vositalari, nodavlat notijorat tashkilotlar va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshirilishi mumkin.
Davlat organlari fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda ko‘maklashishi va qonunchilikka muvofiq ularning murojaatlari yuzasidan o‘z vaqtida chora-tadbirlar ko‘rishi shart.
17-modda. Fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga ko‘maklashishi
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tegishli hududda tadbirkorlik faoliyatini, shu jumladan oilaviy tadbirkorlik va hunarmandchilik faoliyatini rivojlantirishga ko‘maklashish maqsadida maslahat markazlari tashkil etishga haqli.
Maslahat markazlari yuridik shaxs bo‘lmaydi. Maslahat markazlari faoliyati bilan bog‘liq xarajatlar fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining o‘z mablag‘lari hisobidan qoplanadi, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari hisobidan qoplanishi mumkin.
Davlat organlari maslahat markazlari faoliyatini tashkil etishda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga ko‘maklashadi, maslahat markazlari o‘z vazifalarini amalga oshirishi uchun fuqarolar yig‘inlariga belgilangan tartibda binolar beradi. Tegishli hududda joylashgan ta’lim muassasalari fuqarolar yig‘ini so‘roviga binoan maslahat markazlariga qisqa muddatli kurslarni o‘tkazish uchun o‘quv jarayonlaridan bo‘sh bo‘lgan o‘quv xonalarini berib turishi mumkin.
Davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar vakillari, shuningdek fuqarolar maslahat markazlarining ishida qatnashishi, xususan, qisqa muddatli kurslarda ta’lim berishi, tegishli hududda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatlar berishi mumkin.
Maslahat markazlari:
tadbirkorlik faoliyatini tashkil qilmoqchi bo‘lgan, tegishli hududda yashovchi fuqarolarni iqtisodiyot, buxgalteriya hisobi, tadbirkorlik faoliyati to‘g‘risidagi va soliq to‘g‘risidagi qonunchilik asoslarini o‘rgatish bo‘yicha qisqa muddatli kurslar tashkil etadi, shuningdek ularga tadbirkorlik faoliyati subyektlariga qonunchilikda belgilangan imtiyozlar va preferensiyalar haqida ma’lumot beradi;
17-modda. Fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga ko‘maklashishi (davomi)
bandlikka ko‘maklashish markazlari bilan birgalikda yoshlarning tegishli hududda joylashgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga ishga joylashishiga, ularning ushbu korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga, shuningdek hunarmandlarga biriktirilishiga ko‘maklashadi;
tegishli hududda yashovchi fuqarolarga tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishda, shu jumladan tadbirkorlik faoliyati subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun tegishli hujjatlarni tayyorlashda ko‘maklashadi;
tegishli hududdagi tadbirkorlik faoliyati subyektlariga, shu jumladan oilaviy tadbirkorlik va hunarmandchilik faoliyati subyektlariga qonunchilikda belgilangan imtiyozlar, preferensiyalardan foydalanishda, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish maqsadida kredit olish uchun tegishli hujjatlarni tayyorlashda ko‘maklashadi.
Maslahat markazlari qonunchilikka muvofiq boshqa faoliyatni ham amalga oshirishi mumkin.
Maslahat markazi to‘g‘risidagi nizom fuqarolar yig‘ini tomonidan tasdiqlanadi.
18-modda. Fuqarolar yig‘ini faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha komissiyalar va taftish komissiyasi
Fuqarolar yig‘inlarida fuqarolar yig‘ini faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha quyidagi komissiyalar tuziladi:
yarashtirish komissiyasi;
ma’rifat va ma’naviyat masalalari bo‘yicha komissiya;
ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha komissiya;
xotin-qizlar bilan ishlash bo‘yicha komissiya;
voyaga yetmaganlar, yoshlar va sport masalalari bo‘yicha komissiya;
tadbirkorlik faoliyati va oilaviy biznesni rivojlantirish masalalari bo‘yicha komissiya;
ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha komissiya;
jamoatchilik nazorati va iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha komissiya.
Tegishli hududdagi muammolarning dolzarbligiga qarab, fuqarolar yig‘ini tomonidan fuqarolar yig‘ini faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha boshqa komissiyalar ham tuzilishi mumkin.
Komissiyalarga rahbarlik, qoida tariqasida, fuqarolar yig‘ini raisi va uning maslahatchilari tomonidan amalga oshiriladi.
Komissiya a’zolarini saylash ochiq yoki yashirin ovoz berish yo‘li bilan, fuqarolarning qonunda belgilangan saylov huquqlari kafolatlari ta’minlangan holda amalga oshiriladi. Komissiya tarkibiga nomzodi ko‘rsatilgan shaxs fuqarolar yig‘inida (fuqarolar vakillarining yig‘ilishida) hozir bo‘lganlarning yarmidan ko‘pi uni yoqlab ovoz bergan taqdirda saylangan hisoblanadi.
Taftish komissiyasi fuqarolar yig‘inining moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirish uchun tuziladi.
18-modda. Fuqarolar yig‘ini faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha komissiyalar va taftish komissiyasi (davomi)
Taftish komissiyasi o‘z faoliyatida mustaqildir va faqat fuqarolar yig‘iniga hisobdor bo‘ladi.
Taftish komissiyasi a’zolari bir vaqtning o‘zida fuqarolar yig‘ini boshqa organining a’zosi bo‘la olmaydi.
Fuqarolar yig‘ini faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha komissiyalar va taftish komissiyasi o‘z faoliyatini fuqarolar yig‘ini tomonidan tasdiqlanadigan nizomlar asosida amalga oshiradi.
Fuqarolar yig‘ini faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha komissiyalar va taftish komissiyasi to‘g‘risidagi namunaviy nizomlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
19-modda. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va ularning mansabdor shaxslari qarorlarining majburiyligi
Fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining va ularning mansabdor shaxslarining o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari tegishli hududda yashovchi fuqarolar, tegishli hududda joylashgan yuridik shaxslar, shuningdek ularning mansabdor shaxslari tomonidan ijro etilishi uchun majburiydir.
Fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining va ularning mansabdor shaxslarining qarorlarini bajarmaslik yoki lozim darajada bajarmaslik qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining va ular mansabdor shaxslarining qarorlari ularni qabul qilgan organlar va mansabdor shaxslar tomonidan bekor qilinishi yoxud sud qaroriga ko‘ra haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
Bilimingizni sinang
Fuqarolar yig‘ini kengashi fuqarolar yig‘ini raisining hisobotini har chorakda kamida necha marta eshitadi?
- to‘rt marta
- ikki marta
- bir marta
- uch marta
To‘g‘ri javob: bir marta. Fuqarolar yig‘ini rais va boshqa mansabdorlarning hisobotlarini har chorakda kamida bir marta eshitadi.
Fuqarolar yig‘ining mas’ul kotibini kim va qanday tartibda tasdiqlaydi?
- Fuqarolar yig‘ini, fuqarolar yig‘ini raisining taqdimiga ko‘ra
- Tuman hokimi, hokimlik kadrlar bo‘limi taqdimiga ko‘ra
- Hokim, fuqarolar yig‘ini kengashi taqdimiga ko‘ra, ochiq ovoz berish bilan
- Fuqarolar yig‘ini kengashi, hokim taqdimiga ko‘ra, ovoz berish orqali
To‘g‘ri javob: Fuqarolar yig‘ini, fuqarolar yig‘ini raisining taqdimiga ko‘ra. 11-moddaga ko‘ra fuqarolar yig‘ini raisining taqdimiga ko‘ra fuqarolar yig‘ini mas’ul kotibini tasdiqlaydi.
Fuqarolar yig‘ini rais, uning o‘rinbosarlari, maslahatchilari, komissiyalar va taftish komissiyasi raislarining hisobotlarini qanday davriylikda eshitadi?
- Har oyda kamida bir marta
- Har chorakda kamida bir marta
- Yilda kamida bir marta bo‘lib
- Har yili kamida bir marta
To‘g‘ri javob: Har chorakda kamida bir marta. 11-moddaga ko‘ra fuqarolar yig‘ini bu shaxslarning hisobotlarini har chorakda kamida bir marta eshitadi.
Mahalla fuqarolar yig‘ini tuman hokimining yig‘inlar faoliyati sohasiga kiruvchi masalalar bo‘yicha hisobotini eshitmoqchi. Qonunga ko‘ra qaysi xulosa to‘g‘ri?
- Yig‘in hokimning hisobotini eshitmaydi, chunki hisobotlar yuqori organlarga topshiriladi
- Yig‘in hokim hisobotini faqat yilda bir marta eshitadi, chorakda esa hisobot bermaydi
- Yig‘in har chorakda ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining hisobotlarini eshitadi
- Yig‘in hisobotni eshitish uchun kengash tuzadi, xulosasi faqat bayonnomaga kiritiladi
To‘g‘ri javob: Yig‘in har chorakda ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining hisobotlarini eshitadi. 11-moddaga ko‘ra fuqarolar yig‘ini har chorakda ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining hisobotlarini eshitadi.
Fuqarolar yig‘ini to‘ylar va boshqa marosimlarni o‘tkazish yuzasidan qanday vakolatga ega?
- Marosimlarni taqiqlash
- Marosimlar uchun jarima solish
- Marosimlarga litsenziya berish
- Tavsiyalar berish
To‘g‘ri javob: Tavsiyalar berish. 11-moddaga ko‘ra fuqarolar yig‘ini to‘ylar va boshqa marosimlarni o‘tkazish yuzasidan tavsiyalar beradi.
Mahalla fuqarolar yig‘ini kam ta’minlangan oilalarning uylarini ta’mirlashga yordam berish uchun aholidan mablag‘ yig‘moqchi. Qonunga ko‘ra qanday shart bajarilishi kerak?
- Jismoniy shaxslardan mablag‘ ixtiyoriylik asosida yig‘iladi, yuridik shaxslarning mablag‘laridan shartnoma asosida foydalaniladi
- Jismoniy shaxslardan mablag‘ majburiy tartibda yig‘iladi, yuridik shaxslarning mablag‘laridan shartnomasiz foydalaniladi
- Mablag‘ faqat yuridik shaxslardan yig‘iladi, jismoniy shaxslardan mablag‘ yig‘ish qonunga muvofiq taqiqlanadi va ruxsat etilmaydi
- Aholidan mablag‘ yig‘ish hokim ruxsati bilan amalga oshiriladi, yuridik shaxslarning mablag‘laridan esa foydalanilmaydi
To‘g‘ri javob: Jismoniy shaxslardan mablag‘ ixtiyoriylik asosida yig‘iladi, yuridik shaxslarning mablag‘laridan shartnoma asosida foydalaniladi. 11-moddaga ko‘ra jismoniy shaxslardan mablag‘ ixtiyoriylik asosida yig‘iladi, yuridik shaxslar mablag‘laridan shartnoma asosida foydalaniladi.
Fuqarolar yig‘ini tadbirkorlik subyektlari kreditlar olishida qanday rol o‘ynashi mumkin?
- Kreditni o‘z mablag‘idan to‘laydi
- Belgilangan tartibda kafil bo‘ladi
- Kredit foizlarining bir qismini oladi
- Kreditni bevosita o‘zi beradi
To‘g‘ri javob: Belgilangan tartibda kafil bo‘ladi. 11-moddaga ko‘ra fuqarolar yig‘ini hududdagi tadbirkorlik subyektlari tomonidan kreditlar olinishida belgilangan tartibda kafil bo‘ladi.
Fuqarolar yig‘ini nafaqa tayinlash masalasini hal etadigan ishlamaydigan onalarning bolalari necha yoshga to‘lmagan bo‘lishi kerak?
- to‘rt yoshga
- ikki yoshga
- uch yoshga
- bir yoshga
To‘g‘ri javob: ikki yoshga. Nafaqa ikki yoshga to‘lmagan bolalari bor ishlamaydigan onalarga tayinlanadi.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash