Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini tashkil etish
Moddalar
20-modda. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi (bundan buyon matnda Respublika kengashi deb yuritiladi) tomonidan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar va shaharlarda esa fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha hududiy kengashlar (bundan buyon matnda hududiy kengashlar deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlari tegishincha Respublika kengashida, hududiy kengashlarda jamoatchilik asosida raislik qiladi.
Respublika kengashi va hududiy kengashlar raislarining birinchi o‘rinbosarlari bir vaqtning o‘zida tegishincha O‘zbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondining respublika boshqaruvida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bo‘limlarida, tumanlar va shaharlar bo‘linmalarida raislik qiladi.
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha tegishli kengashlarni shakllantirish tartibi va ularning vakolatlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan nizomlarda belgilanadi.
21-modda. Fuqarolar yig‘inini (fuqarolar vakillarining yig‘ilishini) chaqirish tartibi
Fuqarolar yig‘ini fuqarolar yig‘inining raisi, kengashi tomonidan zaruratga ko‘ra, lekin har chorakda kamida bir marta chaqiriladi. Fuqarolar yig‘ini xalq deputatlari tuman, shahar Kengashining, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha tuman, shahar hududiy kengashining yoki o‘n sakkiz yoshga to‘lgan va tegishli hududda doimiy yashovchi fuqarolarning kamida uchdan bir qismi tashabbusi bilan chaqirilishi mumkin.
Fuqarolar yig‘ini fuqarolar yig‘inida qatnashish huquqiga ega bo‘lgan barcha aholining yarmidan ko‘prog‘i hozir bo‘lgan taqdirda vakolatlidir.
Fuqarolar yig‘inini olib borish uchun rayosat saylanadi. Yig‘inni fuqarolar yig‘inining raisi yoki raisning o‘rinbosarlaridan (fuqarolar yig‘ini raisining keksalar va faxriylar ishlari hamda yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchilaridan) biri olib boradi. Barcha masalalar bo‘yicha qarorlar ochiq yoki yashirin ovoz berish orqali oddiy ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadi.
Fuqarolar yig‘inida o‘tkazilgan sanasi, hozir bo‘lgan fuqarolar soni, kun tartibi va qabul qilingan qarorlar ko‘rsatilgan bayonnoma yuritiladi. Fuqarolar yig‘inining bayonnomasi va qarori fuqarolar yig‘inining raisi va mas’ul kotibi tomonidan imzolanadi. Fuqarolar yig‘ini raisi yo‘qligida, fuqarolar yig‘inining bayonnomasi va qarori raisning maslahatchilaridan biri va mas’ul kotib tomonidan imzolanadi.
Fuqarolar yig‘inini chaqirishning imkoni bo‘lmagan taqdirda, fuqarolar yig‘ini kengashi fuqarolar vakillarining yig‘ilishini o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Fuqarolar vakillarining yig‘ilishiga hovlilar, uylar, ko‘chalardan fuqarolarning vakillari yuboriladi. Vakillik normasini fuqarolar yig‘inlari raislari saylovini tashkil etish hamda o‘tkazishga ko‘maklashuvchi tegishli komissiya belgilaydi.
21-modda. Fuqarolar yig‘inini (fuqarolar vakillarining yig‘ilishini) chaqirish tartibi (davomi)
Fuqarolar vakillarining yig‘ilishi unda fuqarolarning hovlilar, uylar, ko‘chalar vakillarining kamida uchdan ikki qismi hozir bo‘lgan taqdirda vakolatlidir hamda ushbu Qonunda fuqarolar yig‘inlarini o‘tkazish tartibiga qo‘yiladigan talablarga muvofiq o‘tkaziladi.
Fuqarolar yig‘inida (fuqarolar vakillarining yig‘ilishida) tegishli hududda joylashgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning vakillari o‘z faoliyatlariga doir masalalar bo‘yicha maslahat ovozi bilan ishtirok etishga haqlidir.
22-modda. Fuqarolar yig‘ini kengashining ish tartibi
Fuqarolar yig‘ini kengashining majlisi fuqarolar yig‘inining raisi tomonidan zaruratga ko‘ra, lekin oyida kamida bir marta o‘tkaziladi.
Fuqarolar yig‘ini kengashining majlisi, agar uning ishida kengash a’zolarining kamida uchdan ikki qismi qatnashayotgan bo‘lsa, vakolatli hisoblanadi. Qaror, agar uni fuqarolar yig‘ini kengashining hozir bo‘lgan a’zolaridan yarmidan ko‘prog‘i yoqlab ovoz bergan bo‘lsa, qabul qilingan hisoblanadi.
Fuqarolar yig‘ini kengashining qarori ochiq ovoz berish yo‘li bilan qabul qilinadi.
23-modda. Fuqarolar yig‘inining raisini saylash
Fuqarolar yig‘inining raisi besh yil muddatga saylanadi.
Fuqarolar yig‘inining raisini saylash tartibi qonunda belgilanadi.
24-modda. Fuqarolar yig‘ini raisining vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish
Fuqarolar yig‘ini raisining vakolatlari quyidagi hollarda muddatidan ilgari tugatiladi:
u o‘z vakolatlarini zimmasidan soqit qilganda;
fuqarolar yig‘ini raisi umumqabul qilingan axloq, odob normalarini qo‘pol ravishda buzuvchi, rais maqomini badnom qiluvchi va fuqarolar yig‘ini obro‘siga putur yetkazuvchi xatti-harakatlar va nojo‘ya ishlar sodir etgan, shuningdek o‘z vazifalarini muntazam ravishda uzrli sabablarsiz bajarmagan taqdirda fuqarolar yig‘ini (fuqarolar vakillarining yig‘ilishi) tomonidan qaror qabul qilinganda;
u belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz deb topilganda;
unga nisbatan sudning ayblov hukmi qonuniy kuchga kirganda;
u sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori asosida bedarak yo‘qolgan deb topilgan yoxud vafot etgan deb e’lon qilinganda;
u O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini yo‘qotganda;
u sog‘lig‘i holati yoki boshqa uzrli sabablarga ko‘ra uch oy davomida o‘z vazifalarini bajara olmay qolganda;
u vafot etganda.
25-modda. Fuqarolar yig‘ini organlarining faoliyatini tashkil etish
Fuqarolar yig‘ini organlarining faoliyatini tashkil etishni uning kengashi hamda fuqarolar yig‘inining raisi amalga oshiradi.
Fuqarolar yig‘ini raisining o‘rinbosarlari (fuqarolar yig‘ini raisining keksalar va faxriylar ishlari hamda yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchilari) va maslahatchilari o‘rtasida vazifalarni taqsimlash raisning taqdimnomasiga ko‘ra fuqarolar yig‘ini tomonidan amalga oshiriladi.
Fuqarolar yig‘ini kengashi o‘z devoniga ega bo‘lishi mumkin, uning miqdor tarkibi fuqarolar yig‘ini tomonidan belgilanadi. Mas’ul kotib va kengash devoni xodimlari fuqarolar yig‘inini (fuqarolar vakillarining yig‘ilishini), fuqarolar yig‘ini kengashi majlisini o‘tkazishga doir materiallarni tayyorlaydi, fuqarolar yig‘inining, fuqarolar yig‘ini kengashining va fuqarolar yig‘ini raisining qarorlari ijrochilarga o‘z vaqtida yetkazilishini ta’minlaydi, ish yuritishni olib boradi.
Fuqarolar yig‘inining raisi, mas’ul kotibi va kengash devoni xodimlari fuqarolar yig‘inining o‘z mablag‘lari va qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan ta’minlanishi mumkin.
Bilimingizni sinang
Respublika kengashi va hududiy kengashlar raislarining birinchi o‘rinbosarlari qaysi xayriya jamoat fondi boshqaruvida bir vaqtning o‘zida raislik qiladi?
- “Nuroniy”
- “Oila”
- “Ma’naviyat”
- “Mahalla”
To‘g‘ri javob: “Mahalla”. Birinchi o‘rinbosarlar O‘zbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondining tegishli bo‘linmalarida ham raislik qiladi.
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashiga jamoatchilik asosida kim raislik qiladi?
- O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
- Senat Raisi
- Qonunchilik palatasi Spikeri
To‘g‘ri javob: O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri. 20-moddaga ko‘ra Respublika kengashida jamoatchilik asosida Bosh vazir raislik qiladi.
Tuman hokimi Anvar tuman hududiy kengashida qanday maqomda ishtirok etadi?
- Hududiy kengashda ma’muriy asosda raislik qiladi
- Hududiy kengashda jamoatchilik asosida raislik qiladi
- Hududiy kengashda faqat kuzatuvchi sifatida ishtirok etadi
- Hududiy kengash raisini tayinlash huquqi bilan qatnashadi
To‘g‘ri javob: Hududiy kengashda jamoatchilik asosida raislik qiladi. 20-moddaga ko‘ra tumanlar va shaharlar hokimlari hududiy kengashlarda jamoatchilik asosida raislik qiladi.
Fuqarolar yig‘ini zaruratga ko‘ra, lekin har chorakda kamida necha marta chaqiriladi?
- to‘rt marta
- ikki marta
- uch marta
- bir marta
To‘g‘ri javob: bir marta. Fuqarolar yig‘ini rais yoki kengash tomonidan har chorakda kamida bir marta chaqiriladi.
Fuqarolar yig‘ini zaruratga ko‘ra, lekin kamida qanday davriylikda chaqiriladi?
- Har oyda kamida bir marta
- Har yarim yilda kamida bir marta
- Har chorakda kamida bir marta
- Yilda kamida bir marta
To‘g‘ri javob: Har chorakda kamida bir marta. 21-moddaga ko‘ra fuqarolar yig‘ini zaruratga ko‘ra, lekin har chorakda kamida bir marta chaqiriladi.
Mahallada o‘n sakkiz yoshga to‘lgan va doimiy yashovchi 300 nafar fuqaro bor. Ulardan 110 nafari fuqarolar yig‘ini chaqirilishini talab qildi. Qonunga ko‘ra qaysi xulosa to‘g‘ri?
- Yetarli emas, chunki yig‘in kamida yarim qism fuqarolar tashabbusi bilan chaqirilishi mumkin
- Yetarli emas, chunki yig‘in faqat hokim yoki prokuror talabi bilan chaqirilishi mumkin
- Yetarli, chunki yig‘in istalgan o‘nta fuqaro tashabbusi bilan chaqirilishi mumkin
- Yetarli, chunki yig‘in kamida uchdan bir qism fuqarolar tashabbusi bilan chaqirilishi mumkin
To‘g‘ri javob: Yetarli, chunki yig‘in kamida uchdan bir qism fuqarolar tashabbusi bilan chaqirilishi mumkin. 21-moddaga ko‘ra yig‘in doimiy yashovchi fuqarolarning kamida uchdan bir qismi tashabbusi bilan chaqirilishi mumkin; 110 nafar 300 ning uchdan biridan (100) ko‘p.
Mahallada yig‘inda qatnashish huquqiga ega 400 nafar aholi bor. Yig‘inga 180 nafar kishi keldi. Qonunga ko‘ra yig‘in vakolatlimi?
- Vakolatsiz, chunki yig‘in aholining yarmidan ko‘prog‘i hozir bo‘lgan taqdirdagina vakolatli
- Vakolatli, chunki yig‘in aholining kamida uchdan bir qismi hozir bo‘lgan taqdirda vakolatli
- Vakolatli, chunki yig‘in aholining uchdan ikki qismi hozir bo‘lganda ham vakolatli bo‘ladi
- Vakolatli, chunki yig‘inda aholining kamida qirq foizi hozir bo‘lishi yetarli deb belgilangan
To‘g‘ri javob: Vakolatsiz, chunki yig‘in aholining yarmidan ko‘prog‘i hozir bo‘lgan taqdirdagina vakolatli. 21-moddaga ko‘ra yig‘in aholining yarmidan ko‘prog‘i hozir bo‘lgandagina vakolatli; 400 ning yarmi 200, 180 esa kam.
Fuqarolar vakillarining yig‘ilishi qancha vakil hozir bo‘lganda vakolatli hisoblanadi?
- Vakillarning kamida uchdan bir qismi
- Vakillarning kamida uchdan ikki qismi
- Vakillarning yarmidan ko‘pi
- Barcha vakillar
To‘g‘ri javob: Vakillarning kamida uchdan ikki qismi. 21-moddaga ko‘ra vakillar yig‘ilishi hovlilar, uylar, ko‘chalar vakillarining kamida uchdan ikki qismi hozir bo‘lganda vakolatli.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash