XotirAI logotipiXotirAI
⚖️ «Prokuratura to‘g‘risida» qonun · 1–9-m.

Umumiy qoidalar

I Bo‘Lim. Umumiy Qoidalar

1-modda. O‘zbekiston Respublikasi prokuraturasi

O‘zbekiston Respublikasi prokuraturasi O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori rahbarlik qiladigan prokuratura organlarining yagona markazlashtirilgan tizimidir.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori va unga bo‘ysunuvchi prokurorlar O‘zbekiston Respublikasi hududida qonunlarning aniq va bir xilda bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradilar.

2-modda. O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlarining asosiy vazifalari

O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlarining (bundan buyon matnda prokuratura organlari deb yuritiladi) asosiy vazifalari qonun ustuvorligini ta’minlash, qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning huquq hamda erkinliklarini, jamiyat va davlatning qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini, O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy tuzumini himoya qilish, huquqbuzarliklarning oldini olish va profilaktika qilishdan iborat.

3-modda. Prokuratura organlari faoliyatining huquqiy asoslari

Prokuratura organlarini tashkil etish va ularning faoliyat yuritish tartibi, shuningdek ularning vakolatlari O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlari bilan belgilanadi.

4-modda. Prokuratura organlari faoliyatining asosiy yo‘nalishlari

Prokuratura organlari o‘z faoliyatini quyidagi asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshiradi:

vazirliklar, idoralar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, hokimlar va boshqa mansabdor shaxslar tomonidan qonunlarning ijro etilishi ustidan nazorat qilish;

fuqaroning huquq hamda erkinliklarini ta’minlashga qaratilgan qonunlar ijrosi ustidan nazorat qilish;

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida, vazirliklar va idoralarning harbiy tuzilmalarida qonunlarga rioya etilishi ustidan nazorat qilish;

tezkor-qidiruv faoliyatni, tergovga qadar tekshiruvni, surishtiruvni, dastlabki tergovni amalga oshiradigan organlar tomonidan qonunlarning ijro etilishi ustidan nazorat qilish hamda ularning jinoyatchilikka qarshi kurash borasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish;

jinoyatlar yuzasidan dastlabki tergov olib borish;

sudlarda jinoyat ishlari ko‘rib chiqilayotganda davlat ayblovini quvvatlash, sudlarda fuqarolik ishlarini, ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni hamda iqtisodiy nizolarni ko‘rishda ishtirok etish, qonunlarga zid bo‘lgan sud hujjatlariga protest keltirish;

soliq intizomini mustahkamlashga, soliq, valyuta sohasidagi jinoyatlar va huquqbuzarliklarga qarshi kurashga, shuningdek davlatga yetkazilgan iqtisodiy zararni qoplashga qaratilgan qonunlarning ijro etilishi ustidan nazorat qilish;

ushlab turilganlarni, qamoqqa olinganlarni saqlash joylarida, jinoiy jazolarni va jinoyat-huquqiy ta’sirning boshqa choralarini ijro etish chog‘ida qonunlarga rioya etilishi ustidan nazorat qilish;

4-modda. Prokuratura organlari faoliyatining asosiy yo‘nalishlari (davomi)

qonun ijodkorligi faoliyatida hamda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish ishida ishtirok etish.

5-modda. Prokuratura organlarini tashkil etish va ular faoliyatining asosiy prinsiplari

Prokuratura organlari faoliyatini tashkil etish va ular faoliyatining asosiy prinsiplari birlik, markazlashganlik, qonuniylik, mustaqillik va oshkoralikdir.

Prokuratura organlari O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori rahbarlik qiladigan yagona markazlashgan tizimni tashkil etadi hamda quyi turuvchi prokurorlar yuqori turuvchi prokurorlarga va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuroriga bo‘ysunishi hamda hisobdorligi asosida faoliyat ko‘rsatadi.

Yuqori turuvchi prokuror quyi turuvchi prokurorga ko‘rsatmalar berishga yoxud uning har qanday, shu jumladan protsessual qarorini o‘zgartirish yoki bekor qilishga haqlidir, shuningdek u o‘z bo‘ysunuvidagi barcha prokurorlarning ishlari to‘g‘ri tashkil etilishi uchun to‘liq javobgardir.

Prokuratura organlarining xodimlari o‘z faoliyatlarida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda boshqa qonun hujjatlarining talablariga aniq rioya etishlari va ularni bajarishlari shart. Qonunlarni aniq bajarish va ularga rioya etishdan har qanday chekinish, qanday asoslarga ko‘ra qilinishidan qat’i nazar, qonuniylikni buzish deb hisoblanadi va belgilangan javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Prokuratura organlari o‘z vakolatlarini har qanday davlat organlari, jamoat birlashmalari hamda mansabdor shaxslardan mustaqil ravishda, faqat qonunga bo‘ysungan holda amalga oshiradilar. Prokuratura organlarining faoliyatiga aralashish taqiqlanadi.

Prokurorning g‘ayriqonuniy qaror qabul qilishiga erishish maqsadida unga qanday shaklda bo‘lmasin biron-bir ta’sir ko‘rsatish yoki faoliyatini amalga oshirishiga to‘sqinlik qilish, uning daxlsizligiga tajovuz qilish, shuningdek prokuror yoki tergovchining ruxsatisiz tekshirishlar va dastlabki tergov ma’lumotlarini oshkor etish, prokurorning talablarini bajarmaslik belgilangan tartibda javobgarlikka sabab bo‘ladi.

5-modda. Prokuratura organlarini tashkil etish va ular faoliyatining asosiy prinsiplari (davomi)

Prokuratura organlarining xodimlari o‘z vakolatlari davrida siyosiy partiyalarga a’zolikni to‘xtatib turadilar.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar prokurorlari:

har yili tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga, xalq deputatlari Kengashlariga o‘z faoliyati to‘g‘risida axborot taqdim etadi;

zarur bo‘lgan hollarda, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini qonuniylikning va jinoyatchilikka qarshi kurashning holati to‘g‘risida xabardor qiladi.

Prokuratura organlari qonunlarning ijro etilishini nazorat qilishga va jinoyatchilikka qarshi kurashga doir faoliyati to‘g‘risida jamoatchilikni muntazam xabardor qilish, o‘zining faoliyati to‘g‘risidagi axborotdan jismoniy va yuridik shaxslarning foydalanishini qonunchilikda belgilangan tartibda ta’minlash yo‘li bilan o‘z faoliyatini oshkora amalga oshiradi.

6-modda. Prokuror talablari bajarilishining majburiyligi

Prokurorning hujjatlar, materiallar va boshqa ma’lumotlarni taqdim etish, taftish, tekshirishlar o‘tkazish, mutaxassis ajratish, prokuraturaga kelish va aniqlangan qonunbuzarliklar xususida tushuntirishlar berish, qonunbuzarliklarni, ularga imkoniyat yaratayotgan sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish, shuningdek qonunga rioya etish to‘g‘risidagi o‘z vakolatlari doirasida qo‘yayotgan talablarini bajarish barcha fuqarolar va yuridik shaxslar uchun majburiydir.

Prokuratura organlari o‘z vazifalarini amalga oshirishlari uchun zarur bo‘lgan axborot, hujjatlar va ularning nusxalari mazkur organlarning talabiga muvofiq bepul beriladi.

Prokurorning talablari ustidan shikoyat qilinishi ularning ijrosini to‘xtatib qo‘ymaydi.

7-modda. Fuqarolarning ariza va shikoyatlarini hamda yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish

Prokuratura organlari fuqarolarning ariza va shikoyatlarini hamda yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqadilar, ularning buzilgan huquqlarini tiklash va qonuniy manfaatlarini himoya qilish chora-tadbirlarini ko‘radilar.

Prokuror fuqarolarni va yuridik shaxslarning vakillarini shaxsan qabul qiladi.

Prokuror o‘ziga tushgan taklif, ariza va shikoyatlarni tekshirish vazifasini zarur hollarda tegishli davlat boshqaruvi, nazorat va tekshirish organlariga, korxona, muassasa va tashkilotlarning mansabdor shaxslariga topshirish hamda ulardan tekshirishga taalluqli barcha materiallar bilan birga tekshirish natijalariga doir yozma axborot berishlarini talab etish huquqiga ega.

Fuqarolarning ariza va shikoyatlari hamda yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha prokuror qaror qabul qiladi, bu qaror ustidan yuqori turuvchi prokurorga shikoyat qilinishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan fuqaroning ariza va shikoyati yoki yuridik shaxsning murojaati yuzasidan qaror qabul qilinganidan keyin prokuratura organlarida ular bo‘yicha ish yuritish tugatiladi, yangi ochilgan holatlar bundan mustasnodir.

8-modda. Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurash sohasidagi faoliyatni muvofiqlashtirish

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori va unga bo‘ysunuvchi prokurorlar jinoyatchilikka qarshi kurash samaradorligini ta’minlash maqsadida tezkor-qidiruv faoliyatni, tergovga qadar tekshiruvni, surishtiruv va dastlabki tergovni amalga oshiradigan tegishli organlarning faoliyatini muvofiqlashtiradi.

Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan organlar faoliyatini muvofiqlashtirish uchun prokuror muvofiqlashtiruvchi kengash chaqiradi, ishchi guruhlar tashkil etadi, zarur axborot, shu jumladan statistika ma’lumotlarini talab qilib oladi, qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasining yagona muvofiqlashtiruvchi organidir.

9-modda. Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari majlislarida prokurorning ishtirok etishi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori, Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori tegishincha O‘zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruv organlari majlislarida belgilangan tartibda ishtirok etish huquqiga ega.

Viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar prokurorlari hamda ularga tenglashtirilgan prokurorlar davlat hokimiyati va boshqaruvning tegishli va quyi organlari majlislarida belgilangan tartibda ishtirok etishga haqli.

Bilimingizni sinang

Prokuratura to‘g‘risidagi Qonunga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi prokuraturasi nima hisoblanadi?
  1. Bosh prokuror rahbarlik qiladigan prokuratura organlarining yagona markazlashtirilgan tizimi
  2. Prezident rahbarlik qiladigan sud va prokuratura organlarining yagona markazlashtirilgan tizimi
  3. Hokimlar rahbarlik qiladigan, mahalliy hokimiyatga bo‘ysunuvchi prokuratura organlarining tizimi
  4. Bosh prokuror boshchiligidagi sud, tergov va ichki ishlar organlarining yagona markazlashtirilgan tizimi

To‘g‘ri javob: Bosh prokuror rahbarlik qiladigan prokuratura organlarining yagona markazlashtirilgan tizimi. 1-moddaga ko‘ra prokuratura Bosh prokuror rahbarlik qiladigan prokuratura organlarining yagona markazlashtirilgan tizimidir.

«Prokuratura to‘g‘risida» qonun — 2-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining hisobdorligi
  2. O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlarining asosiy vazifalari
  3. Prokuratura organlarini tashkil etish va ular faoliyatining asosiy prinsiplari
  4. Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurash sohasidagi faoliyatni muvofiqlashtirish

To‘g‘ri javob: O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlarining asosiy vazifalari. 2-modda: O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlarining asosiy vazifalari.

«Prokuratura to‘g‘risida» qonun: «O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlarining asosiy vazifalari» qaysi moddada belgilangan?
  1. 2-modda
  2. 5-modda
  3. 14-modda
  4. 8-modda

To‘g‘ri javob: 2-modda. 2-modda: O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlarining asosiy vazifalari.

Quyidagilardan qaysi biri prokuratura organlarining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi?
  1. Qonunlar qabul qilish
  2. Huquqbuzarliklarning oldini olish va profilaktika qilish
  3. Sud hukmlarini chiqarish
  4. Ijro etuvchi hokimiyat vakolatlarini amalga oshirish

To‘g‘ri javob: Huquqbuzarliklarning oldini olish va profilaktika qilish. 2-moddaga ko‘ra asosiy vazifalardan biri huquqbuzarliklarning oldini olish va profilaktika qilishdir.

Quyidagilardan qaysi biri prokuratura organlari faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi?
  1. Mulkiy nizolarni hal etish va hukm chiqarish
  2. Davlat soliqlarini undirish va budjetni taqsimlash
  3. Jinoyatlar yuzasidan dastlabki tergov olib borish
  4. Hokimlarning qarorlarini tasdiqlash va nazorat qilish

To‘g‘ri javob: Jinoyatlar yuzasidan dastlabki tergov olib borish. 4-moddaga ko‘ra prokuratura jinoyatlar yuzasidan dastlabki tergov olib boradi.

Sud fuqarolik ishi bo‘yicha qonunga zid hujjat chiqardi. Prokuror Qonunga ko‘ra bu hujjatga nisbatan qanday huquqdan foydalanishi mumkin?
  1. Hujjatni o‘zi bekor qiladi
  2. Hujjatni jazolash uchun qo‘llaydi
  3. Hujjatni sudyaga qaytaradi
  4. Hujjatga protest keltiradi

To‘g‘ri javob: Hujjatga protest keltiradi. 4-moddaga ko‘ra prokuratura qonunlarga zid bo‘lgan sud hujjatlariga protest keltiradi.

Prokuratura organlarini tashkil etish va ular faoliyatining asosiy prinsiplari qaysi qatorda to‘g‘ri sanalgan?
  1. Birlik, markazlashganlik, qonuniylik, mustaqillik va oshkoralik
  2. Mustaqillik, ixtiyoriylik, parlament nazorati, yopiqlik, qonuniylik
  3. Qonuniylik, kollegiallik, nomarkazlashganlik, maxfiylik, tezkorlik
  4. Birlik, federallik, hokimiyatlar bo‘linishi, qonuniylik, oshkoralik

To‘g‘ri javob: Birlik, markazlashganlik, qonuniylik, mustaqillik va oshkoralik. 5-moddaga ko‘ra prinsiplar birlik, markazlashganlik, qonuniylik, mustaqillik va oshkoralikdir.

Yuqori turuvchi prokuror quyi turuvchi prokurorning protsessual qarorini bekor qildi. Qonunga ko‘ra uning harakati qanday baholanadi?
  1. Qonunga zid, yuqori turuvchi prokuror quyi prokurorning protsessual qarorini faqat sud orqali bekor qilishga haqli, o‘zi bekor qila olmaydi
  2. Qonunga muvofiq, yuqori turuvchi prokuror quyi prokurorning har qanday, shu jumladan protsessual qarorini o‘zgartirish yoki bekor qilishga haqli
  3. Qonunga zid, yuqori turuvchi prokuror quyi prokurorning protsessual qarorini faqat Bosh prokuror ruxsati bilan o‘zgartirishga haqli
  4. Qonunga muvofiq, yuqori turuvchi prokuror quyi prokurorning faqat ma’muriy qarorini bekor qilishga haqli, protsessual qarorini emas

To‘g‘ri javob: Qonunga muvofiq, yuqori turuvchi prokuror quyi prokurorning har qanday, shu jumladan protsessual qarorini o‘zgartirish yoki bekor qilishga haqli. 5-moddaga ko‘ra yuqori turuvchi prokuror quyi prokurorning har qanday, shu jumladan protsessual qarorini o‘zgartirish yoki bekor qilishga haqli.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
Keyingi →Prokuratura organlari (1/2)