Prokuratura organlari (1/2)
Ii Bo‘Lim. Prokuratura Organlari
10-modda. Prokuratura organlarining tizimi
Prokuratura organlarining tizimi quyidagilardan iborat:
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi;
viloyatlar va Toshkent shahar prokuraturalari;
tumanlar va shaharlar prokuraturalari;
viloyat prokuraturalariga tenglashtirilgan O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokuraturasi, O‘zbekiston Respublikasi Transport prokuraturasi;
tuman prokuraturalariga tenglashtirilgan, hududiy harbiy, transport va ixtisoslashtirilgan prokuraturalar.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzurida Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va Majburiy ijro byurosi, shuningdek ularning joylardagi bo‘linmalari faoliyat ko‘rsatadi.
11-modda. Prokurorlarning vakolat muddati
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokurorining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurorining, shuningdek viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar prokurorlarining hamda ularga tenglashtirilgan prokurorlarning vakolat muddati besh yil.
12-modda. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga O‘zbekiston Respublikasining Bosh prokurori boshchilik qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati ma’qullaganidan keyin lavozimga tayinlaydi hamda uni lavozimidan ozod etadi.
Ayni bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq O‘zbekiston Respublikasining Bosh prokurori lavozimini egallashi mumkin emas.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan hamda lavozimidan ozod etiladigan birinchi o‘rinbosariga, o‘rinbosarlariga ega bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasida bosh boshqarmalar, boshqarmalar va bo‘limlar tashkil etiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining katta yordamchilari va yordamchilari, bosh boshqarmalar, boshqarmalar, bo‘limlarning boshliqlari, ularning o‘rinbosarlari, katta prokurorlar, prokurorlar, alohida muhim ishlar bo‘yicha katta tergovchilar va alohida muhim ishlar bo‘yicha tergovchilar O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod etiladilar.
13-modda. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining vakolatlari
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori prokuratura organlariga rahbarlik qiladi va ular faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori:
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga o‘z vakolatlari jumlasiga kiritilgan masalalar bo‘yicha qonunchilik tashabbusi bilan murojaat etishi mumkin;
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining majlislarida ishtirok etishi, uning ko‘rib chiqishi uchun masalalar kiritishi va ko‘rilayotgan masala yuzasidan fikr bildirishi mumkin;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi majlislarida ishtirok etadi, muhokama qilinayotgan masalalar yuzasidan fikr bildiradi, qonunchilikni qo‘llash bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha Plenum tushuntirishlar berishi xususida takliflar kiritadi;
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi hay’atining tarkibini tasdiqlash to‘g‘risidagi takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga kiritadi;
prokuratura organlari xodimlariga darajali unvonlar (harbiy unvonlar) beradi va oliy darajali unvonlar (harbiy unvonlar) berish to‘g‘risidagi taqdimnoma bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga murojaat etadi;
prokuratura organlari xodimlarini O‘zbekiston Respublikasi davlat mukofotlariga taqdim etadi;
prokuratura organlari xodimlarini “O‘zbekiston Respublikasi prokuraturasining faxriy xodimi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlaydi;
buyruqlar chiqaradi hamda prokuratura organlarining tarkibiy bo‘linmalari to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlaydi;
13-modda. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining vakolatlari (davomi)
chet el davlatlarining tegishli organlari bilan hamkorlik to‘g‘risidagi bitimlar tuzadi;
qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining buyruqlari va boshqa hujjatlari (individual xususiyatga ega bo‘lgan hujjatlar bundan mustasno) O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga zid bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining qarori asosida bekor qilinadi.
14-modda. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining hisobdorligi
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati oldida hisobdordir.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga:
qonuniylik hamda jinoyatchilikka qarshi kurashning holati to‘g‘risida — muntazam ravishda;
o‘ta og‘ir jinoyatlar va favqulodda hodisalar to‘g‘risida — zudlik bilan;
prokuratura organlari amalga oshirgan ishlar to‘g‘risida — har olti oyda axborot taqdim etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlarini ijro etish maqsadida o‘tkazilgan tekshiruvlar davomida davlat boshqaruvi organlari va hokimlarning qonunchilik normalariga nomuvofiq bo‘lgan hujjatlari aniqlangan taqdirda, Bosh prokuror bu hujjatlarni to‘xtatib turish yoki bekor qilish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga takliflar kiritadi.
Davlat boshqaruvi organlari va hokimlarning hujjatlari fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini jiddiy ravishda kamsitayotgan bo‘lsa, Bosh prokuror bu hujjatlarni to‘xtatib turish yoxud bekor qilish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga takliflar kiritishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga o‘z faoliyati haqida muntazam ravishda hisobot beradi.
15-modda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori rahbarlik qiladi, u O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori bilan kelishilgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi tomonidan lavozimiga tayinlanadi hamda lavozimidan ozod etiladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori oldida hisobdordir.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori tegishincha tumanlar, shaharlar prokuraturalarining va ularga tenglashtirilgan prokuraturalarning faoliyatiga rahbarlik qiladi, qonunlarga, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining buyruqlariga asosan va ularni ijro etish maqsadida o‘ziga bo‘ysunuvchi xodimlar uchun majburiy bo‘lgan buyruqlar, ko‘rsatmalar, farmoyishlar chiqaradi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurorining O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan lavozimiga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosarlari bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasida boshqarmalar va bo‘limlar tashkil etiladi.
Boshqarmalar va bo‘limlarning boshliqlari hamda ularning o‘rinbosarlari, prokurorning katta yordamchilari O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining roziligi bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori tomonidan lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod etiladilar.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurorining yordamchilari, boshqarmalar va bo‘limlarning katta prokurorlari va prokurorlari, prokuror-kriminalistlar, alohida muhim ishlar bo‘yicha katta tergovchilar va alohida muhim ishlar bo‘yicha tergovchilar, katta tergovchilar va tergovchilar Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori tomonidan lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod etiladilar.
Bilimingizni sinang
«Prokuratura to‘g‘risida» qonun — 10-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Prokuratura organlarining tizimi
- Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari majlislarida prokurorning ishtirok etishi
- O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining vakolatlari
- Prokuror talablari bajarilishining majburiyligi
To‘g‘ri javob: Prokuratura organlarining tizimi. 10-modda: Prokuratura organlarining tizimi.
«Prokuratura to‘g‘risida» qonun: «Prokuratura organlarining tizimi» qaysi moddada belgilangan?
- 13-modda
- 10-modda
- 6-modda
- 9-modda
To‘g‘ri javob: 10-modda. 10-modda: Prokuratura organlarining tizimi.
Quyidagilardan qaysi biri viloyat prokuraturalariga tenglashtirilgan prokuraturalar qatoriga kiradi?
- O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokuraturasi va Transport prokuraturasi
- Majburiy ijro byurosi va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti
- Tuman va shahar prokuraturalari
- Hududiy ixtisoslashtirilgan prokuraturalar
To‘g‘ri javob: O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokuraturasi va Transport prokuraturasi. 10-moddaga ko‘ra viloyat prokuraturalariga O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokuraturasi va Transport prokuraturasi tenglashtirilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzurida qaysi tuzilmalar faoliyat ko‘rsatadi?
- Bosh prokuratura huzurida Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi departament va Sud departamenti, shuningdek ularning joylardagi bo‘linmalari
- Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va Majburiy ijro byurosi, shuningdek ularning joylardagi bo‘linmalari
- Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va Soliq qo‘mitasi hamda ularning joylardagi bo‘linmalari faoliyat ko‘rsatadi
- Majburiy ijro byurosi va Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, shuningdek ularning tumanlardagi bo‘linmalari faoliyat yuritadi
To‘g‘ri javob: Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va Majburiy ijro byurosi, shuningdek ularning joylardagi bo‘linmalari. 10-moddaga ko‘ra Bosh prokuratura huzurida Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va Majburiy ijro byurosi faoliyat ko‘rsatadi.
Tuman va shahar prokurorlarining vakolat muddati necha yil?
- to‘rt yil
- besh yil
- yetti yil
- uch yil
To‘g‘ri javob: besh yil. Tumanlar va shaharlar prokurorlarining hamda ularga tenglashtirilgan prokurorlarning vakolat muddati besh yil.
«Prokuratura to‘g‘risida» qonun — 11-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari majlislarida prokurorning ishtirok etishi
- Prokurorlarning vakolat muddati
- Prokuratura organlarini tashkil etish va ular faoliyatining asosiy prinsiplari
- Prokuratura organlarining tizimi
To‘g‘ri javob: Prokurorlarning vakolat muddati. 11-modda: Prokurorlarning vakolat muddati.
«Prokuratura to‘g‘risida» qonun: «Prokurorlarning vakolat muddati» qaysi moddada belgilangan?
- 10-modda
- 5-modda
- 9-modda
- 11-modda
To‘g‘ri javob: 11-modda. 11-modda: Prokurorlarning vakolat muddati.
Tuman va shahar prokurorlarining vakolat muddati qancha?
- Uch yil
- To‘rt yil
- Besh yil
- Yetti yil
To‘g‘ri javob: Besh yil. 11-moddaga ko‘ra prokurorlarning vakolat muddati besh yil.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash