Prokuratura organlari (2/2)
Ii Bo‘Lim. Prokuratura Organlari
16-modda. Viloyatlar, Toshkent shahar prokuraturalari va ularga tenglashtirilgan prokuraturalar
Viloyatlar, Toshkent shahar prokuraturalariga va O‘zbekiston Respublikasi Transport prokuraturasiga tegishli prokurorlar boshchilik qiladi. O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokuraturasiga lavozimiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining o‘rinbosari bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokurori boshchilik qiladi. Mazkur prokurorlar O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuroriga bo‘ysunadi va uning oldida hisobdordir.
Viloyatlar, Toshkent shahar prokurorlari, O‘zbekiston Respublikasi Transport prokurori O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi. O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokurori O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokurori, O‘zbekiston Respublikasi Transport prokurori, viloyatlar, Toshkent shahar prokurorlari tegishincha tumanlar, shaharlar prokuraturalarining va ularga tenglashtirilgan prokuraturalarning faoliyatiga rahbarlik qiladi, qonunlarga, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining buyruqlariga asosan va ularni ijro etish maqsadida o‘ziga bo‘ysunuvchi xodimlar uchun majburiy bo‘lgan buyruqlar, ko‘rsatmalar, farmoyishlar chiqaradi.
O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokurorining, O‘zbekiston Respublikasi Transport prokurorining, viloyatlar, Toshkent shahar prokurorlarining O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan lavozimga tayinlanadigan hamda lavozimidan ozod etiladigan birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosarlari bo‘ladi.
16-modda. Viloyatlar, Toshkent shahar prokuraturalari va ularga tenglashtirilgan prokuraturalar (davomi)
Viloyatlar, Toshkent shahar prokuraturalarida va ularga tenglashtirilgan prokuraturalarda boshqarmalar hamda bo‘limlar tashkil etiladi.
Boshqarmalar va bo‘limlarning boshliqlari, prokurorlarning katta yordamchilari O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan lavozimga tayinlanadi hamda lavozimidan ozod etiladi.
Boshqarmalar va bo‘limlar boshliqlarining o‘rinbosarlari O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining roziligi bilan O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokurori, O‘zbekiston Respublikasi Transport prokurori, viloyatlar va Toshkent shahar prokurorlari tomonidan lavozimga tayinlanadi hamda lavozimidan ozod etiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokurorining, O‘zbekiston Respublikasi Transport prokurorining, viloyatlar va Toshkent shahar prokurorlarining yordamchilari, boshqarmalar va bo‘limlarning katta prokurorlari hamda prokurorlari, alohida muhim ishlar bo‘yicha katta tergovchilar va alohida muhim ishlar bo‘yicha tergovchilar, katta tergovchilar hamda tergovchilar tegishincha O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokurori, O‘zbekiston Respublikasi Transport prokurori, viloyatlar va Toshkent shahar prokurorlari tomonidan lavozimga tayinlanadi hamda lavozimidan ozod etiladi.
17-modda. Tumanlar, shaharlar prokuraturalari va ularga tenglashtirilgan prokuraturalar
Tumanlar, shaharlar prokuraturalari va ularga tenglashtirilgan prokuraturalarga tegishli prokurorlar rahbarlik qiladi, ular O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod etiladilar. Bu prokurorlar yuqori turuvchi tegishli prokurorga hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuroriga bo‘ysunadilar va ularning oldida hisobdordirlar.
Tumanlar, shaharlar prokurorlarining va ularga tenglashtirilgan prokurorlarning O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori bilan kelishilgan holda tegishincha O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokurori, O‘zbekiston Respublikasi Transport prokurori, Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori, viloyatlar va Toshkent shahar prokurorlari tomonidan lavozimga tayinlanadigan hamda lavozimidan ozod etiladigan o‘rinbosarlari bo‘lishi mumkin.
Tumanlar, shaharlar prokurorlarining va ularga tenglashtirilgan prokurorlarning katta yordamchilari, yordamchilari, prokuratura katta tergovchilari va tergovchilari, ish o‘rganuvchilari tegishincha O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokurori, O‘zbekiston Respublikasi Transport prokurori, Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori, viloyatlar va Toshkent shahar prokurorlari tomonidan lavozimga tayinlanadi hamda lavozimidan ozod etiladi.
18-modda. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va uning joylardagi bo‘linmalari
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzurida Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti (bundan buyon matnda Departament deb yuritiladi) tuziladi. Departamentga maqomi, mehnatga haq to‘lash shartlari, tibbiy va transport xizmatlari ko‘rsatilishi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori o‘rinbosariga tenglashtirilgan, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan Departament boshlig‘i rahbarlik qiladi.
Departament boshlig‘ining o‘rinbosarlari Departament boshlig‘ining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
Departamentning markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari va hududiy boshqarmalari boshliqlari Departament boshlig‘ining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
Departamentni va uning joylardagi bo‘linmalarini tashkil etish hamda ularning faoliyati tartibi qonunchilikda belgilanadi.
18¹-modda. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi hamda uning hududiy bo‘linmalari
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzurida Majburiy ijro byurosi (bundan buyon matnda Byuro deb yuritiladi) tashkil etiladi. Byuroni maqomi, mehnatga haq to‘lash, tibbiy va transport ta’minoti shart-sharoitlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining o‘rinbosariga tenglashtirilgan, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan hamda lavozimidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ozod etiladigan direktor boshqaradi.
Byuro direktori lavozimiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Bosh davlat ijrochisi hisoblanadi.
Byuro direktorining o‘rinbosarlari Byuro direktorining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan lavozimga tayinlanadi hamda lavozimidan ozod etiladi.
Byuro hududiy boshqarmalarining boshliqlari Byuro direktorining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan lavozimga tayinlanadi hamda lavozimidan ozod etiladi.
Byuroning tuman (shahar) bo‘limlari boshliqlari Byuro direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi hamda lavozimidan ozod etiladi.
Byuro va uning hududiy bo‘linmalarining tashkil etilishi va faoliyati tartibi qonunchilikda belgilanadi.
19-modda. Prokuratura organlarining hay’atlari
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori (rais), uning birinchi o‘rinbosari, o‘rinbosarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori, prokuratura organlarining boshqa xodimlaridan iborat tarkibda hay’at tuziladi. Hay’atning tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasida, viloyatlar, Toshkent shahar prokuraturalarida va ularga tenglashtirilgan prokuraturalarda prokuror (rais), uning birinchi o‘rinbosari, o‘rinbosarlari va prokuratura organlarining boshqa xodimlaridan iborat tarkibda hay’at tuziladi. Hay’atning tarkibi tegishli prokurorning taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan tasdiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasida, viloyatlar, Toshkent shahar prokuraturalarida va ularga tenglashtirilgan prokuraturalarda tuziladigan hay’atlar maslahat organlari bo‘lib, ular qonuniylik va jinoyatchilikning holatiga, prokuratura organlarining faoliyatiga, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori buyruqlari va ko‘rsatmalarining ijrosiga, kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo‘yishga doir va boshqa masalalarni ko‘rib chiqadi, prokurorlarning, prokuratura organlari tuzilmaviy bo‘linmalari rahbarlarining va boshqa xodimlarining hisobotlarini eshitadi.
Hay’at qarorlari asosida tegishli prokurorlar buyruqlar chiqarishi mumkin.
Bilimingizni sinang
«Prokuratura to‘g‘risida» qonun — 16-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Prokuratura organlarining hay’atlari
- Prokurorlarning vakolat muddati
- Viloyatlar, Toshkent shahar prokuraturalari va ularga tenglashtirilgan prokuraturalar
- Prokuratura organlarining tizimi
To‘g‘ri javob: Viloyatlar, Toshkent shahar prokuraturalari va ularga tenglashtirilgan prokuraturalar. 16-modda: Viloyatlar, Toshkent shahar prokuraturalari va ularga tenglashtirilgan prokuraturalar.
«Prokuratura to‘g‘risida» qonun: «Viloyatlar, Toshkent shahar prokuraturalari va ularga tenglashtirilgan prokuraturalar» qaysi moddada belgilangan?
- 19-modda
- 16-modda
- 10-modda
- 11-modda
To‘g‘ri javob: 16-modda. 16-modda: Viloyatlar, Toshkent shahar prokuraturalari va ularga tenglashtirilgan prokuraturalar.
«Prokuratura to‘g‘risida»gi Qonunga ko‘ra, viloyatlar va Toshkent shahar prokurorlarini kim lavozimga tayinlaydi va lavozimidan ozod etadi?
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi
- O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokurori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi
- O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi
To‘g‘ri javob: O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi. Qonunning 16-moddasiga ko‘ra, viloyatlar va Toshkent shahar prokurorlari Bosh prokuror tomonidan tayinlanadi va ozod etiladi.
Harbiy prokuror lavozimi bo‘shadi. Bu lavozimga nomzod qanday tartibda tayinlanadi?
- Bosh prokurorning taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi
- Bosh prokurorning o‘zi tomonidan hech qanday taqdimsiz va to‘g‘ridan-to‘g‘ri lavozimga tayinlanadi
- Vazirlar Mahkamasining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan lavozimga tayinlanadi
- Transport prokurorining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi
To‘g‘ri javob: Bosh prokurorning taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi. Qonunning 16-moddasiga ko‘ra, Harbiy prokuror Bosh prokurorning taqdimiga binoan Prezident tomonidan tayinlanadi.
Harbiy prokuraturaga kim boshchilik qiladi?
- Lavozimiga ko‘ra birinchi o‘rinbosar bo‘lgan Transport prokurori
- Lavozimiga ko‘ra Qoraqalpog‘iston prokurori bo‘lgan Harbiy hay’at raisi
- Lavozimiga ko‘ra shahar prokurorining o‘rinbosari bo‘lgan Harbiy tergovchi
- Lavozimiga ko‘ra Bosh prokurorning o‘rinbosari bo‘lgan Harbiy prokuror
To‘g‘ri javob: Lavozimiga ko‘ra Bosh prokurorning o‘rinbosari bo‘lgan Harbiy prokuror. Qonunning 16-moddasiga ko‘ra, Harbiy prokuraturaga lavozimiga ko‘ra Bosh prokuror o‘rinbosari bo‘lgan Harbiy prokuror boshchilik qiladi.
Viloyat prokurori o‘ziga bo‘ysunuvchi xodimlar uchun qaysi hujjatlarni chiqarishi mumkin?
- Faqat tavsiya xarakteridagi xatlar va ixtiyoriy bajariladigan takliflar tarzidagi hujjatlar
- Qonunlarga va Bosh prokuror buyruqlariga asosan majburiy bo‘lgan buyruqlar, ko‘rsatmalar va farmoyishlar
- Faqat Prezident farmonlari va Vazirlar Mahkamasi qarorlariga o‘xshash normativ-huquqiy hujjatlar
- Faqat sudga yuboriladigan protestlar va qonunlarni bekor qiluvchi qarorlar tarzidagi hujjatlar
To‘g‘ri javob: Qonunlarga va Bosh prokuror buyruqlariga asosan majburiy bo‘lgan buyruqlar, ko‘rsatmalar va farmoyishlar. Qonunning 16-moddasiga ko‘ra, prokurorlar o‘ziga bo‘ysunuvchi xodimlar uchun majburiy bo‘lgan buyruq, ko‘rsatma va farmoyishlar chiqaradi.
Namangan viloyati prokurorining birinchi o‘rinbosari lavozimiga yangi nomzod tanlanmoqda. Uni kim lavozimga tayinlaydi?
- Namangan viloyati prokurorining o‘zi tomonidan lavozimga tayinlanadi
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi
- O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan lavozimga tayinlanadi
- O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokurori tomonidan lavozimga tayinlanadi
To‘g‘ri javob: O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan lavozimga tayinlanadi. Qonunning 16-moddasiga ko‘ra, viloyat prokurorining birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosarlari Bosh prokuror tomonidan tayinlanadi.
Viloyat prokuraturasidagi boshqarma va bo‘limlarning boshliqlarini kim lavozimga tayinlaydi?
- O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori
- Tegishli viloyat prokurori va uning hay’ati
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
- O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokurori
To‘g‘ri javob: O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori. Qonunning 16-moddasiga ko‘ra, boshqarma va bo‘lim boshliqlari hamda prokurorlarning katta yordamchilari Bosh prokuror tomonidan tayinlanadi.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash