XotirAI logotipiXotirAI
⚖️ «Prokuratura to‘g‘risida» qonun · 37–42-m.

Prokuror nazorati hujjatlari

V Bo‘Lim. Prokuror Nazorati Hujjatlari

37-modda. Prokuror nazorati hujjatlarining turlari

Protest, qaror, taqdimnoma, ariza va ogohlantiruv prokuror nazorati hujjatlaridir.

38-modda. Protest

Qonunga zid bo‘lgan hujjatga nisbatan protestni prokuror ana shu hujjatni qabul qilgan organga yoki yuqori turuvchi organga keltiradi. Mansabdor shaxsning noqonuniy qaroriga nisbatan ham xuddi shunday tartibda protest keltiriladi.

Protest kelib tushgan vaqtdan boshlab o‘n kunlik muddatdan kechiktirmay ko‘rib chiqilishi shart. Qonunbuzarlikni darhol bartaraf etish talab qilingan alohida hollarda prokuror protestni ko‘rib chiqishning qisqartirilgan muddatini belgilashga haqli. Protestni ko‘rib chiqish natijalari to‘g‘risida uch kunlik muddat ichida prokurorga yozma ravishda ma’lum qilinadi.

Protest kollegial organ tomonidan ko‘rib chiqiladigan hollarda majlis kuni haqida prokurorga ma’lum qilinadi va u majlisda ishtirok etishga haqlidir.

Protest shu hujjatni qabul qilgan organ (mansabdor shaxs) yoki yuqori turuvchi organ (mansabdor shaxs) tomonidan rad etilganda, shuningdek protest qonunda belgilangan muddat ichida ko‘rib chiqilmagan taqdirda, prokuror ana shu hujjatni g‘ayriqonuniy deb e’tirof etish to‘g‘risidagi ariza bilan sudga murojaat etishga haqli. Sudga ariza protest rad etilganligi to‘g‘risidagi xabar olingan paytdan boshlab yoki protestni ko‘rib chiqish uchun qonunda belgilangan muddat o‘tganidan keyin bir oylik muddat ichida berilishi mumkin.

Prokuror tomonidan sudga ariza berilishi protest keltirilgan hujjatning amal qilishini ariza sudda ko‘rib chiqilgunga qadar to‘xtatib qo‘yadi.

39-modda. Qaror

Prokuror mansabdor shaxs yoki fuqaro tomonidan sodir etilgan qonun buzilishining xususiyatiga qarab jinoyat ishi, ma’muriy yoki intizomiy javobgarlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqida qaror chiqaradi. Prokuror qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ham qaror chiqaradi.

Ma’muriy yoki intizomiy javobgarlik to‘g‘risidagi ishni qo‘zg‘atish haqidagi prokurorning qarori kelib tushgan kundan boshlab o‘n besh kun ichida organ yoki mansabdor shaxs tomonidan ko‘rib chiqilishi shart. Uni ko‘rib chiqish natijalari haqida uch kunlik muddatda prokurorga yozma ravishda ma’lum qilinadi.

40-modda. Taqdimnoma

Prokuror qonun buzilishi, uning kelib chiqish sabablari va bunga imkoniyat yaratib berayotgan shart-sharoitlarni bartaraf etish to‘g‘risidagi taqdimnomani qonun buzilishini bartaraf etish vakolatlariga ega bo‘lgan organga yoki mansabdor shaxsga kiritadi.

Taqdimnoma darhol ko‘rib chiqilishi va ko‘rilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida bir oylik muddat ichida prokurorga yozma ravishda ma’lum qilinishi lozim.

Taqdimnoma kollegial organ tomonidan ko‘rib chiqiladigan hollarda majlis kuni haqida prokurorga ma’lum qilinadi va u majlisda ishtirok etishga haqlidir.

41-modda. Ariza

Prokuror fuqarolar, yuridik shaxslar va davlatning huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun sudga ariza bilan murojaat qilish huquqiga ega.

Prokurorning arizasi sud tomonidan qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda ko‘rib chiqiladi.

Prokuror arizasidan davlat boji olinmaydi.

42-modda. Ogohlantiruv

Prokuror fuqarolarning qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlariga, huquq va erkinliklariga, jamiyat hamda davlat manfaatlariga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan g‘ayriqonuniy xatti-harakatlar tayyorlanayotganligi xususida ishonchli ma’lumotlar mavjud bo‘lganda huquqbuzarlikning oldini olish maqsadida mansabdor shaxslar va fuqarolarni qonunning buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik haqida yozma ravishda ogohlantiradi hamda huquqbuzarlik sodir etganlik uchun javobgarlikni tushuntiradi.

Ogohlantiruv to‘g‘risida prokuror yuqori turuvchi organga (mansabdor shaxsga), shuningdek ogohlantiruv e’lon qilingan shaxsning ish, o‘qish joyi bo‘yicha ish beruvchiga (ma’muriyatga) yoki yashash joyidagi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organiga ma’lum qilishga haqli.

Bilimingizni sinang

«Prokuratura to‘g‘risida»gi Qonunga ko‘ra, prokuror nazorati hujjatlariga qaysi hujjatlar kiradi?
  1. Protest, qaror, taqdimnoma, ariza va ogohlantiruv
  2. Protest, buyruq, taqdimnoma, da’vo va ogohlantiruv
  3. Qaror, ko‘rsatma, taqdimnoma, ariza va ogohlantiruv
  4. Protest, qaror, xulosa, ariza va ogohlantirish xati

To‘g‘ri javob: Protest, qaror, taqdimnoma, ariza va ogohlantiruv. 37-moddada prokuror nazorati hujjatlari sifatida beshta hujjat nomlangan.

Prokuror keltirgan protest kelib tushgan vaqtdan boshlab qancha muddatdan kechiktirmay ko‘rib chiqilishi shart?
  1. besh kunlik
  2. bir oylik
  3. o‘n besh kunlik
  4. o‘n kunlik

To‘g‘ri javob: o‘n kunlik. Protest kelib tushgan vaqtdan boshlab o‘n kunlik muddatdan kechiktirmay ko‘rib chiqilishi shart.

Prokuror keltirgan protestni ko‘rib chiqish natijalari prokurorga yozma ravishda qancha muddat ichida ma’lum qilinadi?
  1. uch kunlik
  2. yetti kunlik
  3. besh kunlik
  4. o‘n kunlik

To‘g‘ri javob: uch kunlik. Protestni ko‘rib chiqish natijalari prokurorga uch kunlik muddat ichida yozma ravishda ma’lum qilinadi.

Prokurorning protesti kelib tushgan vaqtdan boshlab qancha muddatdan kechiktirmay ko‘rib chiqilishi shart?
  1. O‘n besh kunlik muddatdan kechiktirmay ko‘rib chiqiladi
  2. Besh kunlik muddatdan kechiktirmay ko‘rib chiqiladi
  3. O‘n kunlik muddatdan kechiktirmay ko‘rib chiqiladi
  4. Bir oylik muddatdan kechiktirmay ko‘rib chiqiladi

To‘g‘ri javob: O‘n kunlik muddatdan kechiktirmay ko‘rib chiqiladi. 38-modda: protest kelib tushgan vaqtdan boshlab o‘n kunlik muddatdan kechiktirmay ko‘rib chiqilishi shart.

Prokuror tuman hokimining qonunga zid qaroriga protest keltirdi, ammo hokim protestni rad etdi. Prokuror nima qilishga haqli?
  1. Hujjat amalini o‘zi to‘xtatib, ijrochilarga uni bekor qilish haqida buyruq berishga
  2. Hujjatni g‘ayriqonuniy deb e’tirof etish haqida sudga ariza bilan murojaat etishga
  3. Protestni qayta ko‘rish uchun yana o‘sha hokimga taqdimnoma kiritib yuborishga
  4. Hujjat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atib, hokimni mansabidan chetlatishga

To‘g‘ri javob: Hujjatni g‘ayriqonuniy deb e’tirof etish haqida sudga ariza bilan murojaat etishga. 38-modda: protest rad etilsa, prokuror hujjatni g‘ayriqonuniy deb e’tirof etish haqida sudga ariza bilan murojaat etishga haqli.

Protest rad etilsa yoki muddatida ko‘rilmasa, prokuror sudga ariza berishi mumkin bo‘lgan muddat qaysi javobda to‘g‘ri berilgan?
  1. Xabar olingan paytdan yoki qonuniy muddat o‘tganidan keyin o‘n kunlik muddat ichida
  2. Xabar olingan paytdan yoki qonuniy muddat o‘tganidan keyin uch oylik muddat ichida
  3. Xabar olingan paytdan yoki qonuniy muddat o‘tganidan keyin besh kunlik muddat ichida
  4. Xabar olingan paytdan yoki qonuniy muddat o‘tganidan keyin bir oylik muddat ichida

To‘g‘ri javob: Xabar olingan paytdan yoki qonuniy muddat o‘tganidan keyin bir oylik muddat ichida. 38-moddaga ko‘ra, sudga ariza bir oylik muddat ichida berilishi mumkin.

Prokuror sudga ariza bergan taqdirda protest keltirilgan hujjatning amal qilishi haqidagi qaysi hukm to‘g‘ri?
  1. Hujjat ariza sudda ko‘rilayotgan davrda ham to‘liq kuchda qolib, ijro etilaveradi
  2. Hujjatning amal qilishi sud hal qiluv qarori chiqquncha butunlay bekor bo‘ladi
  3. Hujjatning amal qilishi ariza sudda ko‘rib chiqilgunga qadar to‘xtatib qo‘yiladi
  4. Hujjatning amal qilishi faqat prokuror yozma buyrug‘i bilan to‘xtatib qo‘yiladi

To‘g‘ri javob: Hujjatning amal qilishi ariza sudda ko‘rib chiqilgunga qadar to‘xtatib qo‘yiladi. 38-moddaning oxirgi qismiga ko‘ra, sudga ariza berilishi hujjatning amal qilishini sudda ko‘rib chiqilguniga qadar to‘xtatadi.

Ma’muriy yoki intizomiy javobgarlik to‘g‘risidagi ishni qo‘zg‘atish haqidagi prokurorning qarori kelib tushgan kundan boshlab necha kun ichida ko‘rib chiqilishi shart?
  1. o‘n kun
  2. yigirma kun
  3. o‘n besh kun
  4. bir oy

To‘g‘ri javob: o‘n besh kun. Prokurorning qarori kelib tushgan kundan boshlab o‘n besh kun ichida organ yoki mansabdor shaxs tomonidan ko‘rib chiqilishi shart.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiSudlarda ishlarni ko‘rishda prokurorning vakolatlariKeyingi →Prokuratura organlarining xodimlari