Referendum natijalarini aniqlash (5/5)
Moddalar
38-modda. Referendum natijalarini aniqlash
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi hududiy komissiyalarning bayonnomalari asosida:
O‘zbekiston Respublikasining ovoz beruvchi fuqarolari umumiy sonini;
ovoz berish byulletenlarini olgan fuqarolarning sonini;
ovoz berishda ishtirok etgan fuqarolarning sonini;
referendumga qo‘yilgan masalani yoqlab berilgan ovozlar sonini;
referendumga qo‘yilgan masalaga qarshi berilgan ovozlar sonini;
haqiqiy emas deb topilgan ovoz berish byulletenlarining sonini aniqlaydi.
Agar ovoz berishda ishtirok etgan fuqarolarning yarmidan ko‘prog‘i yoqlab ovoz bergan bo‘lsa, qaror referendumda qabul qilingan deb topiladi.
Agar ro‘yxatga kiritilgan fuqarolarning yarmidan kami referendumda ishtirok etgan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi referendumni o‘tmagan deb topadi.
Ovoz berish chog‘ida yo‘l qo‘yilib, oqibat natijada ovoz berish yakunlariga ta’sir qilgan qoidabuzarlik tufayli ovoz berish yakunlari umuman yoki ayrim hududlar yoxud ayrim uchastkalar bo‘yicha haqiqiy emas deb topilishi mumkin. Ovoz berish yakunlarini haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan qabul qilinadi va bu qaror ustidan referendum yakunlari e’lon qilingan kundan e’tiboran besh kun ichida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudiga shikoyat qilinishi mumkin.
Ayrim hududlarda yoki ayrim uchastkalarda ovoz berish yakunlari haqiqiy emas deb topilgan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining qaroriga binoan ana shu hududlar yoki uchastkalar bo‘yicha ovoz berish natijalari (agar bu natijalarsiz ham referendum umuman haqiqiy deb topilishi mumkin bo‘lsa) umumiy natijalardan chiqarib tashlanadi.
38-modda. Referendum natijalarini aniqlash (davomi)
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi majlisida ovoz berish yakunlari chiqariladi va bu haqda bayonnoma tuziladi. Bayonnoma rais, rais o‘rinbosari, komissiyaning kotibi, boshqa a’zolari tomonidan imzolanadi. Referendum yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qabul qiladi.
VII. REFERENDUMDA QABUL QILINGAN QARORLARNING E’LON QILINISHI, KUCHGA KIRISHI VA MAJBURIYLIGI
39-modda. Referendum yakunlarini e’lon qilish
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi referendum yakunlari bo‘yicha qabul qilingan qarorni referendum o‘tkazilgandan keyin ko‘pi bilan o‘n kun ichida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida va rasmiy manbalarda e’lon qiladi.
Referendumda qonun qabul qilingan taqdirda, uning matni referendum yakunlari bo‘yicha qaror bilan birga e’lon qilinadi.
40-modda. Referendumda qabul qilingan qarorlarning kuchga kirishi
Agar referendumda qabul qilingan qarorning, qonunning mazmunidan boshqacha qoida kelib chiqmasa, referendumda qabul qilingan qaror, qonun O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan referendum yakunlari rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Referendumda qabul qilingan qaror, shu jumladan qonun shaklida qabul qilingan qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan referendum yakunlari rasmiy e’lon qilingan kunning o‘zida uning ijrosini tashkil etish uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga yuboriladi.
41-modda. Referendumda qabul qilingan qarorlarning majburiyligi
Referendumda qabul qilingan qaror O‘zbekiston Respublikasining butun hududida majburiy kuchga ega bo‘ladi va O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati organlarining hujjatlari bilan biron-bir tarzda tasdiq talab qilmaydi.
O‘zbekiston Respublikasining qonunlari va boshqa normativ hujjatlari referendum qaroriga muvofiqlashtirilmog‘i lozim.
Referendumda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ayrim normalariga o‘zgartirish kiritishni taqozo etuvchi qaror qabul qilingan taqdirda, bu normalar referendum qaroriga muvofiqlashtiriladi.
Agar referendumda qabul qilingan qarorni amalga oshirish uchun normativ-huquqiy hujjat qabul qilish talab etilsa, davlat hokimiyati organi referendumda qabul qilingan qaror kuchga kirgan kundan e’tiboran o‘n kun ichida ushbu masala bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar ro‘yxatini va ularni tayyorlash muddatini o‘z vakolatlari doirasida belgilashi shart.
VIII. YAKUNLOVCHI QOIDALAR
42-modda. Referendumni moliyalashtirish
Referendumga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar ushbu maqsadlar uchun ajratilgan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasining jamoat birlashmalari, korxonalari, muassasalari, tashkilotlari va fuqarolari o‘z mablag‘larini ixtiyoriy ravishda referendum o‘tkazish uchun berishlari mumkin. Bu mablag‘larni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi referendumga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish vaqtida foydalanish uchun qabul qilib oladi.
43-modda. O‘zbekiston Respublikasining referendumi to‘g‘risidagi qonunni buzganlik uchun javobgarlik
Fuqarolarning referendumda ishtirok etish, referendum masalalari yuzasidan tashviqot yuritish huquqlarini amalga oshirishlariga zo‘ravonlik, aldash, tahdid qilish yoki boshqa yo‘l bilan qarshilik ko‘rsatayotgan shaxslar, shuningdek soxta hujjatlar tuzgan, ovozlarni atayin noto‘g‘ri sanab chiqqan, yashirin ovoz berishni buzgan yoki ushbu Qonun boshqacha tarzda buzilishiga yo‘l qo‘ygan mansabdor shaxslar, referendum o‘tkazuvchi komissiyalarning a’zolari, fuqarolar tashabbuskor guruhlarining a’zolari belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
Bilimingizni sinang
Markaziy saylov komissiyasining ovoz berish yakunlarini haqiqiy emas deb topish haqidagi qarori ustidan Oliy sudga qancha muddat ichida shikoyat qilish mumkin?
- besh kun
- o‘n kun
- o‘n besh kun
- uch kun
To‘g‘ri javob: besh kun. Qaror ustidan referendum yakunlari e’lon qilingan kundan e’tiboran besh kun ichida Oliy sudga shikoyat qilinishi mumkin.
«Referendum to‘g‘risida»gi Qonunga ko‘ra, Markaziy saylov komissiyasi referendum natijalarini qaysi hujjatlar asosida aniqlaydi?
- Ovoz beruvchilarning yozma murojaatlari asosida
- Hududiy komissiyalarning bayonnomalari asosida
- Oliy Majlis palatalarining xulosalari asosida
- Tuman hokimliklari taqdim etgan ro‘yxatlar asosida
To‘g‘ri javob: Hududiy komissiyalarning bayonnomalari asosida. 38-modda: MSK natijalarni hududiy komissiyalarning bayonnomalari asosida aniqlaydi.
Referendumda qaror qanday holatda qabul qilingan deb topiladi?
- Ro‘yxatga kiritilgan fuqarolarning yarmidan ko‘prog‘i referendumda yoqlab ovoz bersa
- Ovoz berishda ishtirok etgan fuqarolarning uchdan ikki qismi yoqlab ovoz bersa
- Ovoz berishda ishtirok etgan fuqarolarning kamida yarmi yoqlab ovoz bersa
- Ovoz berishda ishtirok etgan fuqarolarning yarmidan ko‘prog‘i yoqlab ovoz bersa
To‘g‘ri javob: Ovoz berishda ishtirok etgan fuqarolarning yarmidan ko‘prog‘i yoqlab ovoz bersa. 38-modda: ishtirok etganlarning yarmidan ko‘prog‘i yoqlasa, qaror qabul qilingan hisoblanadi.
Referendumda ro‘yxatga kiritilgan 1000 fuqarodan 450 nafari ishtirok etdi, ularning 400 nafari masalani yoqlab ovoz berdi. Qaysi huquqiy xulosa to‘g‘ri?
- MSK referendumni o‘tmagan deb topadi, chunki ro‘yxatdagilarning yarmidan kami qatnashgan
- Qaror qabul qilingan deb topiladi, chunki ishtirok etganlarning yarmidan ko‘pi yoqlab ovoz bergan
- Qaror qabul qilingan, ammo Oliy sud tasdiqlagandan keyingina kuchga kirishi mumkin
- Referendum haqiqiy emas deb topilib, hududiy komissiyalar uni qayta o‘tkazishi shart bo‘ladi
To‘g‘ri javob: MSK referendumni o‘tmagan deb topadi, chunki ro‘yxatdagilarning yarmidan kami qatnashgan. 38-modda: ro‘yxatdagilarning yarmidan kami ishtirok etsa, MSK referendumni o‘tmagan deb topadi.
Ovoz berish yakunlarini haqiqiy emas deb topish haqidagi qaror ustidan Oliy sudga qancha muddatda shikoyat qilinishi mumkin?
- Yakunlar e’lon qilingan kundan e’tiboran o‘n kunlik muddatda
- Yakunlar e’lon qilingan kundan e’tiboran besh kun ichida
- Yakunlar e’lon qilingan kundan e’tiboran uch kun ichida
- Yakunlar e’lon qilingan kundan e’tiboran bir oy ichida
To‘g‘ri javob: Yakunlar e’lon qilingan kundan e’tiboran besh kun ichida. 38-modda: shikoyat yakunlar e’lon qilingan kundan e’tiboran besh kun ichida Oliy sudga beriladi.
Referendumda N uchastkasida ovoz berish chog‘ida yo‘l qo‘yilgan qoidabuzarlik yakunlarga ta’sir qildi. Referendum bu uchastka natijalarisiz ham haqiqiy deb topilishi mumkin. Qaysi xulosa to‘g‘ri?
- Butun referendum avtomatik tarzda haqiqiy emas deb topilib, qayta o‘tkaziladi
- Uchastka natijalari saqlanadi, qoidabuzarlik komissiya a’zolarini ogohlantirishga asos bo‘ladi
- Natijalarni chiqarib tashlash haqidagi qarorni uchastka komissiyasining o‘zi qabul qiladi
- MSK qaroriga binoan shu uchastka natijalari umumiy natijalardan chiqarib tashlanadi
To‘g‘ri javob: MSK qaroriga binoan shu uchastka natijalari umumiy natijalardan chiqarib tashlanadi. 38-modda: bunday uchastka natijalari MSK qaroriga binoan (agar referendum haqiqiy bo‘la olsa) umumiydan chiqariladi.
Ovoz berish yakunlarini haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi qarorni qaysi organ qabul qiladi?
- O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi
- Oliy sudning fuqarolik ishlari bo‘yicha kollegiyasi
- Hududning o‘zida tuzilgan hududiy saylov komissiyasi
- Oliy Majlis Qonunchilik palatasining qo‘mitasi
To‘g‘ri javob: O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi. 38-modda: bunday qaror MSK tomonidan qabul qilinadi, Oliy sudga esa shikoyat qilinadi.
Markaziy saylov komissiyasi majlisida tuzilgan ovoz berish yakunlari bayonnomasini kimlar imzolaydi?
- Faqat rais va rais o‘rinbosari hamda komissiya kuzatuvchilari
- Rais, kotib hamda hududiy komissiyalarning barcha raislari
- Rais, rais o‘rinbosari, komissiya kotibi va boshqa a’zolari
- Rais hamda ovoz berishda ishtirok etgan fuqarolar vakillari
To‘g‘ri javob: Rais, rais o‘rinbosari, komissiya kotibi va boshqa a’zolari. 38-modda: bayonnoma rais, rais o‘rinbosari, kotib va boshqa a’zolar tomonidan imzolanadi.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash