XotirAI logotipiXotirAI
⚖️ Saylov kodeksi · 36–39-m.

Saylov kampaniyasi boshlanganligini e’lon qilish, siyosiy partiyalarning saylovda ishtirok etishi

Moddalar

36-modda. Saylov kampaniyasi boshlanganligini e’lon qilish

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi, Qonunchilik palatasi deputatlari va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovi bo‘yicha saylov kampaniyasi boshlanganligi ularning vakolatlari muddati tugashidan kamida uch oy oldin Markaziy saylov komissiyasi tomonidan ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi, bundan ushbu Kodeksning 66 va 74¹-moddalarida nazarda tutilgan hollar mustasno.

37-modda. Nomzodlar ko‘rsatish huquqi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod, Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzod, mahalliy Kengashlar deputatligiga nomzod ko‘rsatish huquqiga siyosiy partiyalar egadir.

38-modda. Imzolarni to‘plash tartibi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi va Qonunchilik palatasi deputatlari saylovi bo‘yicha Markaziy saylov komissiyasi tomonidan siyosiy partiyalarga belgilangan namunadagi imzo varaqalarining blankalari beriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bo‘yicha siyosiy partiya o‘zining saylovda ishtirok etishiga ijozat berish to‘g‘risida qaror qabul qilinganidan keyingina saylovchilarning imzosini to‘plashga haqli. Bu sanaga qadar to‘plangan imzolar hisobga olinmaydi.

Saylovchilar bitta yoki bir nechta siyosiy partiyani yoxud O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga ko‘rsatilgan nomzodlarni qo‘llab-quvvatlab imzo qo‘yishga haqli. Bunda saylovchi o‘z familiyasini, ismini, otasining ismini, tug‘ilgan yilini (yoshi o‘n sakkizda bo‘lsa, qo‘shimcha ravishda tug‘ilgan kuni va oyini), yashash joyi manzilini, pasportining yoki identifikatsiya ID-kartasining seriyasi va tartib raqamini, shuningdek imzo qo‘yilgan sanani ko‘rsatadi. Mazkur ma’lumotlar qo‘lda yozib kiritiladi. Imzo varaqasiga o‘z imzosini qo‘yadigan saylovchi to‘g‘risidagi ma’lumotlar saylovchining iltimosiga ko‘ra imzo to‘plashni amalga oshirayotgan shaxs tomonidan kiritilishi mumkin.

Imzo varaqasi imzoni to‘plagan shaxs tomonidan o‘z familiyasi, ismi, otasining ismi ko‘rsatilgan holda imzolanadi, shuningdek tegishli siyosiy partiyaning tuman, shahar tuzilmasi rahbari tomonidan muhr bosib tasdiqlanadi.

Saylovchilarning imzosini to‘plash ish, xizmat, o‘qish, yashash joyida, saylovoldi tadbirlarida, shuningdek tashviqot yuritish va imzo to‘plash qonun bilan taqiqlanmagan boshqa joylarda amalga oshiriladi. Imzo to‘playotgan shaxs tomonidan saylovchilarni majburlash va o‘ziga og‘dirib olishning har qanday shakli qonunda belgilangan javobgarlikka sabab bo‘ladi.

38-modda. Imzolarni to‘plash tartibi (davomi)

Imzo to‘plash tamomlanganidan so‘ng siyosiy partiyaning vakolatli vakili Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo‘yicha alohida-alohida qilib tikilgan imzo varaqalarini Markaziy saylov komissiyasiga topshiradi.

39-modda. Imzo varaqalari to‘g‘ri to‘ldirilganligini Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tekshirish

Siyosiy partiyalar taqdim etgan imzo varaqalarining to‘g‘ri to‘ldirilganligi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan besh kunlik muddatda tekshiriladi. Saylovchilar imzolari zarur sonining kamida o‘n besh foizi va imzo varaqalariga imzolarini qo‘ygan saylovchilar to‘g‘risidagi tegishli ma’lumotlar tekshirilishi lozim.

Tekshirish uchun saylovchilarning har bir siyosiy partiyani yoxud O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodni qo‘llab-quvvatlab berilgan imzolari bir xil miqdorda, har bir ma’muriy-hududiy tuzilmadan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyat, Toshkent shahridan) teng nisbatda tanlab olinadi.

Markaziy saylov komissiyasi imzo varaqalari to‘g‘ri to‘ldirilganligini tekshiruvchi Ekspert guruhini tuzishi mumkin. Ekspert guruhi tarkibiga ichki ishlar organlarining, adliya organlarining mutaxassislari, shuningdek fuqarolik jamiyati institutlari vakillari jalb etiladi. Imzo varaqalarini tekshirishda siyosiy partiyalarning vakolatli vakillari ishtirok etadi.

Agar Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tanlab olingan imzo varaqalarining chorak qismidan ko‘prog‘ini tekshirish natijasida imzo varaqalari qonun buzilgan holda tuzilganligi aniqlansa, mazkur imzo varaqalari siyosiy partiyaning vakolatli vakiliga qaytariladi va unga kamchiliklarni bartaraf etish uchun ikki kunlik muddat beriladi. Agar qo‘llab-quvvatlovchi shaxslarning (saylovchilarning) imzolari soni belgilangan eng kam miqdordan yana oz bo‘lib chiqsa, mazkur imzo varaqalari to‘lig‘icha haqiqiy emas deb topiladi. Mazkur holda Markaziy saylov komissiyasi siyosiy partiyaga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodni ro‘yxatga olishni yoki Qonunchilik palatasi deputatlari saylovida ishtirok etish huquqini rad etadi.

Bilimingizni sinang

Prezident, Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovi kampaniyasining boshlanganligi vakolatlar muddati tugashidan kamida qancha oldin e'lon qilinadi?
  1. Olti oy
  2. Ikki oy
  3. Uch oy
  4. To'rt oy

To‘g‘ri javob: Uch oy. Markaziy saylov komissiyasi kampaniya boshlanganini vakolatlar muddati tugashiga kamida uch oy qolganda ommaviy axborot vositalarida e'lon qiladi.

Saylov kodeksi — 36-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. Siyosiy partiyalardan, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlaridan, boshqa davlatlar va xalqaro tashkilotlardan kuzatuvchilar
  2. Saylov kampaniyasi boshlanganligini e’lon qilish
  3. Partiya ro‘yxatini ro‘yxatga olish
  4. Deputatlikka nomzodni partiya ro‘yxatidan chiqarish

To‘g‘ri javob: Saylov kampaniyasi boshlanganligini e’lon qilish. 36-modda: Saylov kampaniyasi boshlanganligini e’lon qilish.

Saylov kodeksi: «Saylov kampaniyasi boshlanganligini e’lon qilish» qaysi moddada belgilangan?
  1. 40¹-modda
  2. 36-modda
  3. 42¹-modda
  4. 33-modda

To‘g‘ri javob: 36-modda. 36-modda: Saylov kampaniyasi boshlanganligini e’lon qilish.

Saylov Kodeksiga ko‘ra, saylov kampaniyasi boshlanganligi vakolatlar muddati tugashidan kamida qancha oldin e’lon qilinadi?
  1. Kamida bir oy oldin
  2. Kamida olti oy oldin
  3. Kamida bir yil oldin
  4. Kamida uch oy oldin

To‘g‘ri javob: Kamida uch oy oldin. 36-moddaga ko‘ra, kampaniya vakolatlar muddati tugashidan kamida uch oy oldin e’lon qilinadi.

Saylov kodeksi — 37-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. Nomzodlar ko‘rsatish huquqi
  2. Deputatlikka nomzodni partiya ro‘yxatidan chiqarish
  3. Siyosiy partiyalarning vakolatli vakillari
  4. Saylov byulletenining mazmuni

To‘g‘ri javob: Nomzodlar ko‘rsatish huquqi. 37-modda: Nomzodlar ko‘rsatish huquqi.

Saylov kodeksi: «Nomzodlar ko‘rsatish huquqi» qaysi moddada belgilangan?
  1. 31-modda
  2. 42¹-modda
  3. 34-modda
  4. 37-modda

To‘g‘ri javob: 37-modda. 37-modda: Nomzodlar ko‘rsatish huquqi.

Saylov Kodeksiga ko‘ra, Prezidentlikka, Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatligiga nomzod ko‘rsatish huquqiga kim ega?
  1. Mehnat jamoalari
  2. Siyosiy partiyalar
  3. Fuqarolarning tashabbuskor guruhlari
  4. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari

To‘g‘ri javob: Siyosiy partiyalar. 37-moddaga ko‘ra, nomzod ko‘rsatish huquqiga siyosiy partiyalar egadir.

Saylov kodeksi — 38-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. Partiya ro‘yxatini ro‘yxatga olish
  2. Imzolarni to‘plash tartibi
  3. Imzo varaqalari to‘g‘ri to‘ldirilganligini Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tekshirish
  4. Nomzodlik maqomidan mahrum etish. Nomzodning nomzodlikdan voz kechishi

To‘g‘ri javob: Imzolarni to‘plash tartibi. 38-modda: Imzolarni to‘plash tartibi.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiKuzatuvchilarning, siyosiy partiyalar vakolatli vakillarining, ommaviy axborot vositalari vakillarining huquq va majburiyatlariKeyingi →Nomzodlarni va ularning ishonchli vakillarini, partiyalar ro‘yxatini ro‘yxatga olish, ularning huquqiy maqomi