XotirAI logotipiXotirAI
⚖️ Saylov kodeksi · 40–43-m.

Nomzodlarni va ularning ishonchli vakillarini, partiyalar ro‘yxatini ro‘yxatga olish, ularning huquqiy maqomi

Moddalar

40-modda. Nomzodlarni ro‘yxatga olish tartibi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga va bir mandatli saylov okruglari bo‘yicha Qonunchilik palatasi deputatligiga ko‘rsatilgan nomzodlar Markaziy saylov komissiyasi tomonidan ro‘yxatga olinadi, mahalliy Kengashlar deputatligiga ko‘rsatilgan nomzodlarni ro‘yxatga olishni esa tegishli hududiy, tuman va shahar saylov komissiyasi amalga oshiradi.

Nomzod etib ro‘yxatga olingan shaxsga ro‘yxatga olinganlik guvohnomasi beriladi.

Nomzodlarni ro‘yxatga olish saylovga o‘ttiz besh kun qolganida tugallanadi.

Nomzodlar ro‘yxatga olinganidan keyin besh kunlik muddatda tegishli saylov komissiyasi ro‘yxatga olinganlik to‘g‘risidagi xabarni nomzodning familiyasini, ismini, otasining ismini, tug‘ilgan yilini, partiyaga mansubligini, egallab turgan lavozimini (mashg‘ulotining turini), ish va yashash joyini, shuningdek uni nomzod etib ko‘rsatgan siyosiy partiyani ko‘rsatgan holda e’lon qiladi.

40¹-modda. Partiya ro‘yxatini ro‘yxatga olish

Partiya ro‘yxati Markaziy saylov komissiyasi tomonidan ro‘yxatga olinadi. Partiya ro‘yxatini ro‘yxatga olish uchun tegishli hujjatlar siyosiy partiyaning vakolatli vakili tomonidan ro‘yxatga olish muddati tugashiga kamida yetti kun qolgunga qadar Markaziy saylov komissiyasiga taqdim etiladi.

Partiya ro‘yxatini belgilangan tartibda ro‘yxatga olish saylovga o‘ttiz besh kun qolganida tugallanadi.

Partiya ro‘yxatida nomzodlarning familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan sanasi, kasbi, lavozimi (mashg‘ulotining turi), ish va yashash joyi, partiyaga mansubligi, jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami ko‘rsatiladi.

Partiya ro‘yxati belgilangan tartibda ro‘yxatga olinganidan keyin besh kunlik muddatda Markaziy saylov komissiyasi ro‘yxatga olinganlik to‘g‘risidagi xabarni siyosiy partiyaning nomi, ro‘yxatga olingan nomzodlarning familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan sanasi, egallab turgan lavozimi (mashg‘ulotining turi), ish va yashash joyini ko‘rsatgan holda e’lon qiladi.

Partiya ro‘yxati belgilangan tartibda ro‘yxatga olinganidan keyin, ushbu ro‘yxatga kiritilganlar deputatlikka nomzod maqomini oladi va ularga guvohnoma beriladi.

Ro‘yxatga olingan partiya ro‘yxatiga o‘zgartirishlar kiritishga yo‘l qo‘yilmaydi, bundan ushbu Kodeksning 42¹-moddasida nazarda tutilgan hollar mustasno.

41-modda. Nomzodlar va siyosiy partiyalar faoliyatining kafolatlari

Ro‘yxatga olingan barcha nomzodlar, saylovda ishtirok etuvchi siyosiy partiyalar teng huquqlarga ega bo‘ladi.

Nomzodlar, siyosiy partiyalarning vakillari saylovchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazish, saylovoldi yig‘ilishlarida, televideniye va radio orqali so‘zga chiqish davrida ishlab chiqarish yoki xizmat vazifalarini bajarishdan o‘rtacha oylik ish haqi saqlangan holda ozod bo‘lish huquqiga ega.

Nomzodlar ro‘yxatga olinganidan keyin saylov okrugi doirasida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar esa O‘zbekiston Respublikasi hududi doirasida davlat yo‘lovchilar transportining barcha turlarida (bundan shahar yo‘lovchi transporti, taksi va boshqa transport turlarining buyurtma yo‘nalishlari mustasno) tekinga yurish huquqiga ega. Saylov okrugidan tashqarida yashovchi deputatlikka nomzod saylov okrugiga borish va yashash joyiga qaytish uchun ularda tekinga yurish huquqidan foydalanadi.

Nomzodlarning xizmat safari va boshqa xarajatlari saylovni o‘tkazish uchun ajratilgan mablag‘lar hisobidan to‘lanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining roziligisiz jinoiy javobgarlikka tortilishi, hibsga olinishi yoki ularga nisbatan sud tartibida beriladigan ma’muriy jazo choralari qo‘llanilishi mumkin emas. Bunday rozilik berilgan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori Markaziy saylov komissiyasini bu haqda darhol xabardor etadi.

41-modda. Nomzodlar va siyosiy partiyalar faoliyatining kafolatlari (davomi)

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarni majburiy keltirishga, xuddi shuningdek ularning shaxsiy buyumlarini, yukini, transportini, turar joyi va xizmat xonalarini ko‘zdan kechirishga yo‘l qo‘yilmaydi.

42-modda. Nomzodlik maqomidan mahrum etish. Nomzodning nomzodlikdan voz kechishi

Siyosiy partiya u yoki bu shaxsni nomzod etib ko‘rsatish to‘g‘risidagi, shu jumladan partiya ro‘yxati bo‘yicha o‘z qarorini saylovga kechi bilan o‘n besh kun qolganida bekor qilish huquqiga ega, bu shaxs tegishli saylov komissiyasi tomonidan nomzodlik maqomidan mahrum etilishi mumkin. Siyosiy partiya nomzodlar ko‘rsatish muddati tugaguniga qadar tegishli saylov komissiyasiga yangi nomzodni ro‘yxatga olish to‘g‘risida taklif kiritishi mumkin.

Siyosiy partiya faoliyatining tugatilganligi nomzodni shu partiyadan saylovda ishtirok etish huquqidan mahrum etadi.

Nomzod saylovga qadar istalgan vaqtda nomzodlikdan voz kechishi mumkin. Buning uchun u tegishli saylov komissiyasiga ariza bilan murojaat qiladi.

Nomzod saylovga qadar vafot etgan, saylov huquqidan mahrum bo‘lgan yoxud nomzodlikdan chaqirib olingan taqdirda chop etilgan saylov byulletenlaridan ushbu nomzodning familiyasi, ismi va otasining ismi yozilgan satr o‘chiriladi. Muddatidan oldin ovoz berish jarayonida bunday nomzodni yoqlab berilgan ovozlar uchastka saylov komissiyalari tomonidan ovozlarni sanab chiqish chog‘ida haqiqiy emas deb topiladi.

42¹-modda. Deputatlikka nomzodni partiya ro‘yxatidan chiqarish

Partiya ro‘yxatiga kiritilgan nomzodlar ushbu ro‘yxatdan quyidagi asoslarga ko‘ra chiqarilishi mumkin:

43-modda. Nomzodning ishonchli vakillari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod o‘n besh nafarga qadar, Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzod o‘n nafarga qadar, viloyat Kengashi deputatligiga nomzod besh nafarga qadar, tuman va shahar Kengashi deputatligiga nomzod uch nafarga qadar ishonchli vakilga ega bo‘lishga haqli, ishonchli vakillar nomzodga saylov kampaniyasini o‘tkazishda yordam beradi, saylash uchun tashviqot olib boradi, davlat organlari va jamoat birlashmalari, saylov komissiyalari bilan bo‘ladigan munosabatlarda nomzodning manfaatlarini ifodalaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodning ishonchli vakillari uning taqdimnomasiga binoan Markaziy saylov komissiyasi tomonidan ro‘yxatga olinadi, Markaziy saylov komissiyasi ularga tegishli guvohnomalar beradi.

Deputatlikka nomzod ro‘yxatga olinganidan keyin ishonchli vakillarini o‘z xohishiga ko‘ra belgilaydi va ular haqida tegishli saylov komissiyasiga ma’lum qiladi. Saylov komissiyasi ishonchli vakillarni ro‘yxatga oladi va ularga guvohnomalar beradi.

Nomzod saylovga qadar o‘z ishonchli vakilini tegishli saylov komissiyasiga ma’lum qilgan holda istalgan vaqtda vakolatidan mahrum qilishi va uni boshqasi bilan almashtirishi mumkin. Ishonchli vakil istalgan vaqtda o‘z vakolatlarini zimmasidan soqit qilishga haqli.

Ishonchli vakil saylov komissiyasining a’zosi bo‘lishi mumkin emas.

Nomzodlar ishonchli vakillarining O‘zbekiston Respublikasi hududi doirasidagi safar xarajatlari saylovni o‘tkazish uchun ajratilgan mablag‘lar hisobidan to‘lanadi.

Bilimingizni sinang

Saylovda nomzodlarni ro'yxatga olish saylovga necha kun qolganida tugallanadi?
  1. Qirq besh kun
  2. O'ttiz besh kun
  3. Yigirma besh kun
  4. O'ttiz kun

To‘g‘ri javob: O'ttiz besh kun. Nomzodlarni ro'yxatga olish saylovga o'ttiz besh kun qolganida tugallanadi.

Saylov Kodeksiga ko‘ra, Prezidentligiga va bir mandatli saylov okruglari bo‘yicha Qonunchilik palatasi deputatligiga ko‘rsatilgan nomzodlarni qaysi organ ro‘yxatga oladi?
  1. Oliy sud
  2. Hududiy saylov komissiyasi
  3. Tuman saylov komissiyasi
  4. Markaziy saylov komissiyasi

To‘g‘ri javob: Markaziy saylov komissiyasi. 40-moddaga ko‘ra, bunday nomzodlar Markaziy saylov komissiyasi tomonidan ro‘yxatga olinadi.

Mahalliy Kengashlar deputatligiga ko‘rsatilgan nomzodlarni kim ro‘yxatga oladi?
  1. Markaziy saylov komissiyasi huzuridagi ishchi guruh
  2. Tegishli uchastka saylov komissiyasi va hokimlik
  3. Tegishli hududiy, tuman va shahar saylov komissiyasi
  4. Tuman, shahar hokimligi huzuridagi maxsus komissiya

To‘g‘ri javob: Tegishli hududiy, tuman va shahar saylov komissiyasi. 40-moddaga ko‘ra, mahalliy Kengashlar nomzodlarini tegishli hududiy, tuman va shahar saylov komissiyasi ro‘yxatga oladi.

Nomzodlarni ro‘yxatga olish saylovga necha kun qolganida tugallanadi?
  1. Yigirma besh kun
  2. O‘ttiz besh kun
  3. Qirq besh kun
  4. Atigi o‘n kun

To‘g‘ri javob: O‘ttiz besh kun. 40-moddaga ko‘ra, nomzodlarni ro‘yxatga olish saylovga o‘ttiz besh kun qolganida tugallanadi.

Nomzodlar ro‘yxatga olinganidan keyin saylov komissiyasi ro‘yxatga olinganlik to‘g‘risidagi xabarni qancha muddatda e’lon qiladi?
  1. Uch kunlik muddatda
  2. Yetti kunlik muddatda
  3. Besh kunlik muddatda
  4. Bir oy ichida

To‘g‘ri javob: Besh kunlik muddatda. 40-moddaga ko‘ra, ro‘yxatga olinganidan keyin besh kunlik muddatda xabar e’lon qilinadi.

Partiya ro'yxatini ro'yxatga olish uchun hujjatlar ro'yxatga olish muddati tugashiga kamida qancha qolgunga qadar Markaziy saylov komissiyasiga taqdim etiladi?
  1. Besh kun
  2. Yetti kun
  3. O'n kun
  4. Uch kun

To‘g‘ri javob: Yetti kun. Hujjatlar ro'yxatga olish muddati tugashiga kamida yetti kun qolgunga qadar taqdim etilishi kerak.

Partiya ro'yxatini belgilangan tartibda ro'yxatga olish saylovga necha kun qolganida tugallanadi?
  1. O'n besh kun
  2. O'ttiz besh kun
  3. Oltmish besh kun
  4. Qirq besh kun

To‘g‘ri javob: O'ttiz besh kun. Partiya ro'yxatini ro'yxatga olish saylovga o'ttiz besh kun qolganida tugallanadi.

Partiya ro‘yxatini ro‘yxatga olish uchun hujjatlar Markaziy saylov komissiyasiga qachongacha taqdim etiladi?
  1. Ro‘yxatga olish muddati tugashiga kamida o‘n kun qolgunga qadar
  2. Ro‘yxatga olish muddati tugashiga kamida yetti kun qolgunga qadar
  3. Ro‘yxatga olish muddati tugashiga kamida yigirma kun qolgunga qadar
  4. Ro‘yxatga olish muddati tugashiga kamida uch kun qolgunga qadar

To‘g‘ri javob: Ro‘yxatga olish muddati tugashiga kamida yetti kun qolgunga qadar. 40¹-moddaga ko‘ra, hujjatlar muddat tugashiga kamida yetti kun qolgunga qadar taqdim etiladi.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiSaylov kampaniyasi boshlanganligini e’lon qilish, siyosiy partiyalarning saylovda ishtirok etishiKeyingi →Saylovoldi tashviqoti