XotirAI logotipiXotirAI
⚖️ Saylov kodeksi · 94–97-m.

Saylov natijalarini aniqlash va e’lon qilish (hammaga ma’lum qilish)

Moddalar

94-modda. Saylov uchastkasida ovozlarni sanab chiqish

Uchastka saylov komissiyasi saylovchilar ro‘yxatiga kiritilgan saylovchilarning umumiy sonini, saylov byulletenlari olgan saylovchilar sonini va saylov qutilaridagi saylov byulletenlari sonini aniqlaydi.

Uchastka saylov komissiyasi saylov uchastkasida har bir okrug, har bir nomzod va siyosiy partiya bo‘yicha berilgan ovozlarni alohida-alohida sanab chiqadi.

Sanab chiqilgan saylov byulletenlari asosida uchastka saylov komissiyasi:

har bir nomzodni va siyosiy partiyani yoqlab berilgan ovozlar sonini;

haqiqiy emas deb topilgan saylov byulletenlari sonini;

buzilgan saylov byulletenlari sonini aniqlaydi.

Saylov byulletenlariga qo‘shimcha ravishda yozib qo‘yilgan fuqarolarning familiyalari bo‘yicha berilgan ovozlar hisobga olinmaydi.

Belgilanmagan namunadagi saylov byulletenlari, shuningdek ovoz berish chog‘ida bittadan ortiq kvadratga “+” yoki “” yoxud “x” belgisi qo‘yilgan yoki bitta ham kvadratga bunday belgi qo‘yilmagan saylov byulletenlari haqiqiy emas deb topiladi. Saylov byulletenining haqiqiyligi shubha tug‘dirganda, masala uchastka saylov komissiyasi tomonidan ovozga qo‘yish orqali hal etiladi.

Ovoz beruvchi tomonidan byulletenni to‘ldirish vaqtida xatoga yo‘l qo‘yilgan va uning o‘rniga yangi saylov byulleteni berilgan, bu haqda saylovchilar ro‘yxatida hamda bekor qilingan buzilgan saylov byulletenining orqa tomonida tegishli belgi qo‘yilgan saylov byulleteni buzilgan hisoblanadi.

95-modda. Okrug (hudud) bo‘yicha saylov natijalarini va siyosiy partiyalarga berilgan ovozlarni aniqlash

Okrug (hudud) bo‘yicha saylov natijalari faqat uchastka saylov komissiyalarining taqdim etilgan bayonnomalari asosida aniqlanadi. Hududiy, tuman, shahar va okrug saylov komissiyasi:

okrug (hudud) bo‘yicha saylovchilar ro‘yxatiga kiritilgan saylovchilarning umumiy sonini;

saylov byulletenlarini olgan saylovchilar sonini;

ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilar sonini;

har bir nomzod va siyosiy partiyani yoqlab berilgan ovozlar sonini;

haqiqiy emas deb topilgan saylov byulletenlari sonini aniqlaydi.

Uchastka saylov komissiyasining bayonnomasida aks ettirilgan, ovozlarni sanab chiqish chog‘ida nomuvofiqliklar aniqlangan taqdirda, hududiy, tuman, shahar va okrug saylov komissiyasi o‘z majlisida uchastka saylov komissiyasiga ushbu nomuvofiqliklarni bartaraf etishni taklif qilishga haqli.

Tegishli okrug (hudud) bo‘yicha saylov natijalari hududiy, tuman, shahar va okrug saylov komissiyasining majlisida aniqlanadi va bayonnomaga kiritiladi. Bayonnoma hududiy, tuman, shahar va okrug komissiyasining raisi, rais o‘rinbosari, kotibi, boshqa a’zolari tomonidan imzolanadi. Mazkur bayonnomaning ko‘chirma nusxasi hamma tanishib chiqishi uchun darhol hududiy, tuman, shahar va okrug saylov komissiyasi binosiga kamida qirq sakkiz soat muddatga osib qo‘yiladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Qonunchilik palatasi deputatlari sayloviga oid bayonnomalar hududiy saylov komissiyasi tomonidan Markaziy saylov komissiyasiga, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga okrug bo‘yicha saylov natijalariga oid bayonnomalar okrug saylov komissiyasi tomonidan hududiy saylov komissiyasiga taqdim etiladi.

96-modda. Saylov natijalarini belgilash

Markaziy saylov komissiyasi hududiy saylov komissiyalarining kelib tushgan bayonnomalari asosida, hududiy saylov komissiyasi okrug saylov komissiyalarining kelib tushgan bayonnomalari asosida, tuman va shahar saylov komissiyasi esa kelib tushgan uchastka saylov komissiyalarining bayonnomalari asosida:

O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha yoki viloyat, tuman va shahar bo‘yicha saylovchilarning umumiy sonini;

saylov byulletenlarini olgan saylovchilar sonini;

ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilar sonini;

har bir nomzodni va siyosiy partiyani yoqlab berilgan ovozlar sonini;

haqiqiy emas deb topilgan saylov byulletenlari sonini aniqlaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilar yarmidan ko‘pining ovozini olgan nomzod saylangan deb hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida ikkita nomzod ishtirok etgan taqdirda, ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilarning boshqa nomzodga nisbatan ko‘pchilik ovozini olgan nomzod saylangan deb hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida turli sabablar (nomzodning o‘limi, nomzod sog‘lig‘ining saylovda ishtirok etishni istisno etuvchi holati yoki qonunda belgilangan boshqa sabablarga ko‘ra uning nomzodi olinganligi va hokazo) tufayli bitta nomzod ishtirok etgan taqdirda, ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilar yarmidan ko‘pining ovozini olgan nomzod saylangan deb hisoblanadi.

Saylovda:

96-modda. Saylov natijalarini belgilash (davomi)

bir mandatli saylov okruglari bo‘yicha ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilarning boshqa nomzodlarga nisbatan ko‘proq ovozini olgan nomzod saylangan deb hisoblanadi;

Qonunchilik palatasiga saylovda yagona saylov okrugi bo‘yicha ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilarning kamida yetti foiz ovozini olgan siyosiy partiyalar belgilangan tartibda mandatga ega bo‘ladi.

Saylov, agar unda saylovchilar ro‘yxatiga kiritilgan saylovchilarning o‘ttiz uch foizidan kami ishtirok etgan bo‘lsa, o‘tmagan deb topiladi. Shuningdek, Qonunchilik palatasiga yagona saylov okrugi bo‘yicha o‘tkazilgan saylovda ishtirok etgan siyosiy partiyalarning hech biri saylovda ishtirok etgan saylovchilarning kamida yetti foiz ovozini to‘plamagan bo‘lsa, yagona saylov okrugi bo‘yicha saylov o‘tmagan deb topiladi.

Saylov davomida yo‘l qo‘yilgan, ovoz berish yakunlariga ta’sir qilgan qoidabuzarliklar sababli saylov umuman yoki ayrim saylov okruglari (hududlari) bo‘yicha yoxud ayrim saylov uchastkalari bo‘yicha haqiqiy emas deb topilishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini, Qonunchilik palatasiga saylovni haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi qaror Markaziy saylov komissiyasi tomonidan qabul qilinadi va saylov yakunlari e’lon qilingan kundan e’tiboran besh kun ichida bu qaror ustidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudiga shikoyat qilinishi mumkin.

Mahalliy Kengashlarga o‘tkazilgan saylovni haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi qaror tegishli saylov komissiyasi tomonidan qabul qilinadi va ovoz berish yakunlari e’lon qilingan kundan e’tiboran besh kun ichida bu qaror ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.

96-modda. Saylov natijalarini belgilash (davomi)

Ayrim saylov uchastkalari bo‘yicha (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi uchun — hududlar bo‘yicha ham) saylov haqiqiy emas deb topilgan taqdirda, shunday uchastkalar (hududlar, okruglar) bo‘yicha ovoz berish natijalari, agar bu natijalarsiz ham saylov umuman bo‘lib o‘tgan deb topilishi mumkin bo‘lsa, tegishli saylov komissiyasining qaroriga binoan saylovning umumiy natijalaridan chiqarib tashlanadi.

Tegishli saylov komissiyasi ovoz berish yakunlari bo‘yicha bayonnoma tuzadi va qaror qabul qiladi.

96¹-modda. Yagona saylov okrugi bo‘yicha Qonunchilik palatasiga saylov natijalarini aniqlash va deputatlik o‘rinlarini taqsimlash tartibi

Yagona saylov okrugi bo‘yicha saylanadigan Qonunchilik palatasining deputatlik o‘rinlari ushbu saylovda ishtirok etgan saylovchilar ovozlarining yetti va undan ko‘proq foizini to‘plagan siyosiy partiyalar o‘rtasida taqsimlanadi.

Yagona saylov okrugi bo‘yicha saylanadigan Qonunchilik palatasining deputatlik o‘rinlari saylovda ishtirok etgan saylovchilarning yetti foizidan kamrog‘i yoqlab ovoz bergan siyosiy partiyalar o‘rtasida taqsimlanishiga yo‘l qo‘yilmaydi, bundan ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno.

Agar saylovda ishtirok etgan saylovchilar ovozlarining yetti va undan ko‘proq foizini faqat bitta siyosiy partiya to‘plagan bo‘lsa, unda deputatlik o‘rinlari saylovda saylovchilarning eng ko‘p ovozini to‘plagan ikkinchi siyosiy partiyaga ham taqsimlanadi.

Taqsimlanadigan deputatlik o‘rinlari quyidagi ketma-ketlikda hisoblanadi:

96¹-modda. Yagona saylov okrugi bo‘yicha Qonunchilik palatasiga saylov natijalarini aniqlash va deputatlik o‘rinlarini taqsimlash tartibi (davomi)

Agar ushbu moddaning to‘rtinchi qismida belgilangan tartibda deputatlik o‘rinlari taqsimlangandan keyin, taqsimlanmagan deputatlik o‘rinlari mavjud bo‘lsa, qolgan deputatlik o‘rinlari ushbu moddaning oltinchi qismida nazarda tutilgan tartibda taqsimlanadi.

Taqsimlanmagan deputatlik o‘rinlari ushbu modda to‘rtinchi qismining 3-bandida belgilangan tartibda aniqlangan sonning qoldiq qismi (verguldan keyin oltita raqamgacha) kattaroq bo‘lgan siyosiy partiyalarga bittadan mandat berish orqali taqsimlanadi. Qoldiq qismi teng bo‘lgan taqdirda, ustuvorlik ko‘proq ovoz to‘plagan siyosiy partiyaga beriladi.

Markaziy saylov komissiyasi deputatlik mandatlarini siyosiy partiyalar o‘rtasida taqsimlash to‘g‘risida bayonnoma tuzadi.

Partiya ro‘yxati bo‘yicha saylangan deputatlar o‘rtasida deputatlik mandatlarini taqsimlash Markaziy saylov komissiyasi tomonidan ro‘yxatga olingan partiya ro‘yxatiga kiritilgan deputatlikka nomzodlar ketma-ketligiga muvofiq amalga oshiriladi.

Markaziy saylov komissiyasi saylov yakunlari to‘g‘risidagi bayonnomani imzolaganidan so‘ng bu haqda deputatlik mandatlari taqsimlangan siyosiy partiyalarni va saylangan deputatlarni darhol xabardor qiladi.

Qonunchilik palatasi deputati etib saylangan shaxslar xabarni olgandan so‘ng besh kun ichida Markaziy saylov komissiyasiga Qonunchilik palatasi deputatining maqomiga to‘g‘ri kelmaydigan vazifalarni o‘z zimmasidan soqit qilganligi to‘g‘risida yozma shaklda ma’lum qilishi shart.

96¹-modda. Yagona saylov okrugi bo‘yicha Qonunchilik palatasiga saylov natijalarini aniqlash va deputatlik o‘rinlarini taqsimlash tartibi (davomi)

Partiya ro‘yxati bo‘yicha saylanib, mandatga ega bo‘lgan deputat ushbu moddaning o‘ninchi qismida nazarda tutilgan talablarni bajarmagan yoki mandatdan ixtiyoriy ravishda voz kechgan taqdirda, Markaziy saylov komissiyasi tegishli partiya ro‘yxatidagi tartib raqam bo‘yicha keyingi nomzodga bir kunlik muddatda xabarnoma yuboradi.

Keyingi nomzod ushbu moddaning o‘ninchi qismida nazarda tutilgan talablarni bajargan taqdirda, Markaziy saylov komissiyasi nomzodni Qonunchilik palatasiga deputat sifatida ro‘yxatga oladi.

Ushbu moddaning o‘ninchi va o‘n birinchi qismlarida nazarda tutilgan tartib ro‘yxat bo‘yicha taqsimlangan deputatlik o‘rni to‘ldirilgunga qadar amalga oshiriladi.

97-modda. Saylov natijalarini e’lon qilish (hammaga ma’lum qilish)

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov yakunlariga ko‘ra Markaziy saylov komissiyasining qarori saylovdan keyin o‘n kundan kechiktirmay qabul qilinadi, Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida va boshqa manbalarda e’lon qilinadi (hammaga ma’lum qilinadi).

Mahalliy Kengashga o‘tkazilgan saylov yakunlari to‘g‘risidagi qaror tegishli saylov komissiyasi tomonidan saylovdan keyin o‘n kundan kechiktirmay qabul qilinadi va matbuotda e’lon qilinadi, shuningdek ommaviy axborot vositalarida hammaga ma’lum qilinadi.

Bilimingizni sinang

Saylov kodeksi — 94-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. Saylov natijalarini e’lon qilish (hammaga ma’lum qilish)
  2. Mahalliy Kengashlar deputatligiga nomzodlar ko‘rsatish tartibi
  3. Mahalliy Kengashlar deputatligiga nomzodlarni ro‘yxatga olish uchun taqdim etiladigan hujjatlar
  4. Saylov uchastkasida ovozlarni sanab chiqish

To‘g‘ri javob: Saylov uchastkasida ovozlarni sanab chiqish. 94-modda: Saylov uchastkasida ovozlarni sanab chiqish.

Saylov kodeksi: «Saylov uchastkasida ovozlarni sanab chiqish» qaysi moddada belgilangan?
  1. 91-modda
  2. 94-modda
  3. 97-modda
  4. 92-modda

To‘g‘ri javob: 94-modda. 94-modda: Saylov uchastkasida ovozlarni sanab chiqish.

Saylov byulletenlariga qo‘shimcha ravishda yozib qo‘yilgan fuqarolarning familiyalari bo‘yicha berilgan ovozlar uchastkada ovozlarni sanashda qanday hisoblanadi?
  1. Nomzod foydasiga hisoblanadi
  2. Hisobga olinmaydi
  3. Ovoz beruvchi bilan kelishib hisobga olinadi
  4. Faqat tuman komissiyasi hal qiladi

To‘g‘ri javob: Hisobga olinmaydi. 94-moddaga ko‘ra, qo‘shimcha yozilgan familiyalar bo‘yicha berilgan ovozlar hisobga olinmaydi.

Quyidagi saylov byulletenlaridan qaysi biri haqiqiy emas deb topiladi?
  1. Ovoz berish chog‘ida bittadan ortiq kvadratga belgi qo‘yilgani
  2. Bitta kvadratga “x” yoki “+” belgisi aniq va ravshan qo‘yilgani
  3. Belgi bitta kvadratga qo‘yilib, byulleten qat’iy shaklda to‘ldirilgani
  4. Belgi qalam o‘rniga ruchka bilan bitta kvadratga aniq chizilgani

To‘g‘ri javob: Ovoz berish chog‘ida bittadan ortiq kvadratga belgi qo‘yilgani. 94-moddaga ko‘ra, bittadan ortiq kvadratga yoki bitta ham kvadratga belgi qo‘yilmagan byulletenlar haqiqiy emas.

Saylov byulletenining haqiqiyligi shubha tug‘dirganda masala qanday hal etiladi?
  1. Uchastka komissiyasi raisi yakka o‘zi qaror qabul qilish orqali
  2. Uchastka saylov komissiyasi tomonidan ovozga qo‘yish orqali
  3. Kuzatuvchilar va ishonchli vakillar ovozga qo‘yish orqali
  4. Tuman hokimi tomonidan yozma xulosa chiqarilishi orqali

To‘g‘ri javob: Uchastka saylov komissiyasi tomonidan ovozga qo‘yish orqali. 94-moddaga ko‘ra, shubha tug‘ilganda masala uchastka komissiyasi tomonidan ovozga qo‘yish orqali hal etiladi.

Saylov kodeksi — 95-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. Mahalliy Kengashlar deputatligiga nomzodlarga qo‘yiladigan talablar
  2. Saylovda ishtirok etish uchun siyosiy partiyalar tomonidan taqdim etiladigan hujjatlar
  3. Mahalliy Kengashlar deputatligiga nomzodlarni ro‘yxatga olish uchun taqdim etiladigan hujjatlar
  4. Okrug (hudud) bo‘yicha saylov natijalarini va siyosiy partiyalarga berilgan ovozlarni aniqlash

To‘g‘ri javob: Okrug (hudud) bo‘yicha saylov natijalarini va siyosiy partiyalarga berilgan ovozlarni aniqlash. 95-modda: Okrug (hudud) bo‘yicha saylov natijalarini va siyosiy partiyalarga berilgan ovozlarni aniqlash.

Saylov kodeksi: «Okrug (hudud) bo‘yicha saylov natijalarini va siyosiy partiyalarga berilgan ovozlarni aniqlash» qaysi moddada belgilangan?
  1. 92-modda
  2. 90-modda
  3. 95-modda
  4. 89-modda

To‘g‘ri javob: 95-modda. 95-modda: Okrug (hudud) bo‘yicha saylov natijalarini va siyosiy partiyalarga berilgan ovozlarni aniqlash.

Okrug (hudud) bo‘yicha saylov natijalari qaysi hujjatlar asosida aniqlanadi?
  1. Faqat matbuot xabarlari va kuzatuvchilar hisobotlari asosida taqdim etilgan ma’lumotlar
  2. Faqat uchastka saylov komissiyalarining taqdim etilgan bayonnomalari asosida
  3. Saylovchilarning arizalari va uchastka komissiyalarining og‘zaki xabarlari asosida
  4. Faqat tuman hokimligi taqdim etgan hisob-kitoblar va statistika ma’lumotlari asosida

To‘g‘ri javob: Faqat uchastka saylov komissiyalarining taqdim etilgan bayonnomalari asosida. 95-moddaga ko‘ra, natijalar faqat uchastka komissiyalarining bayonnomalari asosida aniqlanadi.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiMahalliy Kengashlarga saylovning o‘ziga xos xususiyatlariKeyingi →Saylovni moliyalashtirish