XotirAI logotipiXotirAI
⚖️ Soliq kodeksi · 69–75-m.

Soliqlarning elementlari

Umumiy Qism

69-modda. Soliqlarning elementlari

Soliq to‘g‘risidagi qonunchilikda soliqning barcha elementlari aniqlab qo‘yilgan taqdirdagina ushbu soliq belgilangan deb hisoblanadi.

Bunday soliq elementlariga quyidagilar kiradi:

Soliqni belgilashda soliq imtiyozlari va ularning qo‘llanilishi uchun asoslar nazarda tutilishi mumkin.

70-modda. Soliq solish obyekti

Soliq solish obyekti mol-mulk, harakat, harakat natijasi yoki qiymat, miqdoriy yoki fizik xususiyatga ega bo‘lgan boshqa holat bo‘lib, u mavjud bo‘lganda soliq to‘g‘risidagi qonunchilik soliq to‘lovchida soliq majburiyatini vujudga keltiradi.

Har bir soliq ushbu Kodeksning Maxsus qismiga muvofiq belgilanadigan mustaqil soliq solish obyektiga ega bo‘ladi.

71-modda. Soliq bazasi

Soliq bazasi soliq solish obyektining qiymat, fizik yoki boshqa xususiyatini ifodalaydi.

Har bir soliq uchun soliq bazasi va uni aniqlash tartibi ushbu Kodeks bilan belgilanadi.

72-modda. Soliq stavkasi

Soliq stavkasi soliq bazasining o‘lchov birligiga nisbatan hisoblanadigan soliqning foizlardagi yoki mutlaq summadagi miqdorini ifodalaydi.

Soliq stavkalari ushbu Kodeks bilan belgilanadi. Aksiz solig‘ining stavkalari, mahsulot narxi dinamikasidan va uni realizatsiya qilish, shu jumladan import qilish hajmidan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari bilan yil davomida qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.

73-modda. Soliq davri

Soliq davri deganda tugagandan keyin soliq bazasi aniqlanadigan hamda to‘lanishi lozim bo‘lgan soliq summasi hisoblab chiqariladigan kalendar yil yoki boshqa davr tushuniladi.

Soliq davri bir necha hisobot davrlaridan iborat bo‘lishi mumkin.

Kalendar yil soliq davri hisoblanadigan soliqlarga nisbatan ushbu qismning qoidalari mazkur moddaning to‘rtinchi — o‘ninchi qismlarida nazarda tutilgan xususiyatlarni hisobga olgan holda qo‘llaniladi.

Agar yuridik shaxs kalendar yil boshlanganidan keyin, lekin shu yilning 1-dekabriga qadar tashkil etilgan bo‘lsa, uning uchun u tashkil etilgan kundan e’tiboran shu yilning oxiriga qadar bo‘lgan davr birinchi soliq davri deb e’tirof etiladi.

Agar yuridik shaxs 1-dekabrdan 31-dekabrga qadar bo‘lgan davrda tashkil etilgan bo‘lsa, tashkil etilgan kundan e’tiboran tashkil etilgan yildan keyingi kalendar yilning oxirigacha bo‘lgan davr uning uchun birinchi soliq davri deb e’tirof etiladi. Bunda yuridik shaxs davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kun u tashkil etilgan kun deb e’tirof etiladi.

Ushbu moddaning to‘rtinchi va beshinchi qismlarida nazarda tutilgan qoidalar ushbu Kodeksda belgilangan tartibda o‘zini mustaqil ravishda O‘zbekiston Respublikasining soliq rezidentlari deb e’tirof etgan hamda faoliyati bunday e’tirof etish sanasida O‘zbekiston Respublikasida doimiy muassasa tuzishga olib kelmagan chet el yuridik shaxslari uchun foyda solig‘i bo‘yicha birinchi soliq davrini aniqlashga nisbatan qo‘llanilmaydi.

73-modda. Soliq davri (davomi)

Agar yuridik shaxs kalendar yil oxirigacha tugatilgan (qayta tashkil etilgan) bo‘lsa, uning uchun shu yil boshidan to tugatish (qayta tashkil etish) tamomlangan kungacha bo‘lgan davr oxirgi soliq davri deb e’tirof etiladi.

Agar kalendar yil boshlanganidan keyin tashkil etilgan yuridik shaxs shu yil oxiriga qadar tugatilgan (qayta tashkil etilgan) bo‘lsa, uning uchun u tuzilgan kundan e’tiboran tugatilgan (qayta tashkil etilgan) kungacha bo‘lgan davr soliq davri deb e’tirof etiladi.

Agar yuridik shaxs joriy kalendar yilning 1-dekabridan 31-dekabriga qadar bo‘lgan davrda tashkil etilgan bo‘lsa va tashkil etilgan yildan keyingi kalendar yil oxirigacha tugatilgan (qayta tashkil etilgan) bo‘lsa, uning uchun u tuzilgan kundan e’tiboran tugatilgan (qayta tashkil etilgan) kungacha bo‘lgan davr soliq davri deb e’tirof etiladi.

Ushbu moddaning to‘qqizinchi qismida nazarda tutilgan qoidalar tarkibidan bir yoxud bir nechta yuridik shaxslar ajralib chiqadigan yoki unga bir yoki bir nechta yuridik shaxslar qo‘shib olinadigan yuridik shaxslarga nisbatan qo‘llanilmaydi.

Agar faoliyati O‘zbekiston Respublikasida doimiy muassasa tuzishga olib kelmagan chet el yuridik shaxsi o‘zini mustaqil ravishda O‘zbekiston Respublikasining soliq rezidenti deb e’tirof etsa, uning uchun foyda solig‘i bo‘yicha birinchi soliq davrini aniqlash quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

73-modda. Soliq davri (davomi)

74-modda. Soliqlar va yig‘imlarni hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi

Soliqni hisoblab chiqarish tartibi soliq bazasidan, soliq stavkasidan, shuningdek mavjud bo‘lgan taqdirda, soliq imtiyozlaridan kelib chiqqan holda soliq davri uchun soliq summasini hisob-kitob qilish qoidalarini belgilaydi.

Soliqni hisoblab chiqarish soliq to‘lovchi tomonidan mustaqil ravishda amalga oshiriladi.

Ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda bu majburiyat soliq organiga yoki soliq agentiga yuklatilishi mumkin.

Agar mazkur Kodeksda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, soliq to‘lovchilar va soliq agentlari soliqlar hamda yig‘imlarni mustaqil ravishda to‘laydi.

Soliqni to‘lash soliqning to‘liq summasi bo‘yicha yoki ushbu Kodeksda nazarda tutilgan boshqacha tartibda amalga oshiriladi.

Agar soliq bo‘yicha soliq davri bir necha hisobot davrini tashkil etsa, ulardan har birining natijalari bo‘yicha joriy to‘lovlar to‘lanadi. Joriy to‘lovlarni to‘lash majburiyati soliqni to‘lash bo‘yicha majburiyatga tenglashtiriladi.

Alohida soliq turlari uchun bo‘nak to‘lovlari nazarda tutilishi mumkin. Bo‘nak to‘lovlarini to‘lash majburiyati soliqni to‘lash bo‘yicha majburiyatga tenglashtiriladi.

Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar soliqlarni banklar orqali naqd pulsiz shaklda to‘laydi.

Soliqlar va yig‘imlarni turlari bo‘yicha hisoblab chiqarish tartibi hamda to‘lash muddatlari ushbu Kodeksning Maxsus qismida belgilanadi.

75-modda. Soliq imtiyozlari

Soliq to‘lovchilarning ayrim toifalariga boshqa soliq to‘lovchilarga nisbatan soliq to‘g‘risidagi qonunchilikda nazarda tutilgan afzalliklar, shu jumladan soliqni to‘lamaslik yoki ularni kamroq miqdorda to‘lash imkoniyati soliq imtiyozlari deb e’tirof etiladi.

Soliq to‘lovchiga soliqlarni to‘lash bo‘yicha muddatni kechiktirish (bo‘lib-bo‘lib to‘lash) imkoniyati berilishi soliq imtiyozlari hisoblanmaydi.

Agar ushbu moddaning beshinchi qismida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, soliq imtiyozlari ushbu Kodeks bilan taqdim etiladi.

Soliq imtiyozlari individual xususiyatga ega bo‘lishi mumkin emas.

Ayrim soliqlar bo‘yicha soliq imtiyozlari, qo‘shilgan qiymat solig‘i, foyda solig‘i, aksiz solig‘i solinadigan mahsulotlar ishlab chiqarilganda va (yoki) realizatsiya qilinganda aksiz solig‘i, yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqdan, foydali qazilmalarni qazib olganlik uchun maxsus renta solig‘i va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqdan tashqari, ushbu moddaning yettinchi qismi qoidalarini hisobga olgan holda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari bilan faqat belgilangan soliq stavkasini kamaytirish, lekin ko‘pi bilan 50 foizga kamaytirish tarzida va ko‘pi bilan uch yil muddatga berilishi mumkin.

Foyda solig‘i bo‘yicha soliq imtiyozlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari bilan, faqat amortizatsiya qilinadigan asosiy vositalarni tezlashtirilgan amortizatsiya qilish huquqini berish tarzida, uch yildan ortiq bo‘lmagan muddatga beriladi.

75-modda. Soliq imtiyozlari (davomi)

Ushbu Kodeksda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, soliq to‘lovchilar soliqlar bo‘yicha imtiyozlardan tegishli huquqiy asoslar yuzaga kelgan paytdan e’tiboran ularning butun amal qilish davri mobaynida foydalanishga yoki soliq imtiyozidan foydalanishdan voz kechishga yoxud undan foydalanishni bir yoki bir necha soliq davrlarida to‘xtatib turishga haqli, bundan qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod etiladigan tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish mustasno.

Soliqlar bo‘yicha imtiyozlar soliq solishdan bo‘shagan mablag‘larni aniq maqsadlarga yo‘naltirishi sharti bilan berilishi mumkin. Bunday mablag‘lar maqsadli ishlatilmagan taqdirda maqsadsiz ishlatilgan mablag‘lar summasi belgilangan tartibda penya hisoblangan holda budjetga undirilishi lozim. Soliqlar bo‘yicha imtiyozlar berilishi munosabati bilan bo‘shagan va mazkur imtiyozlarning amal qilish davrida foydalanilmagan mablag‘lar summasi berilgan imtiyozlarning amal qilish muddati tugaganidan so‘ng bir yil davomida ularni taqdim etishda belgilangan maqsadlar uchun yo‘naltirilishi mumkin. Bunda belgilangan muddatda foydalanilmagan mablag‘lar budjetga o‘tkazilishi lozim.

Qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha imtiyozlar, shu jumladan tovarlar O‘zbekiston Respublikasining hududiga olib kirilishida (importida) soliq solishdan bo‘shagan mablag‘larni aniq maqsadlarga yo‘naltirish sharti bilan, berilishi mumkin emas.

O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki, uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi bosh boshqarmalari, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining muassasalari, shuningdek Omonatlarni kafolatlash agentligi ushbu Kodeksda nazarda tutilgan soliqlarni to‘lashdan ozod etiladi, bundan ijtimoiy soliq va O‘zbekiston Respublikasining hududiga tovarlarni olib kirishda (importida) to‘lanadigan qo‘shilgan qiymat solig‘i mustasno.

75-modda. Soliq imtiyozlari (davomi)

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va viloyatlar xalq deputatlari Kengashlari turistik zonalarda joylashgan alohida sanatoriy-kurort obyektlari egallagan yer uchastkalariga nisbatan mol-mulk solig‘i va yer solig‘ining kamaytirilgan soliq stavkalarini belgilash yoki soliq to‘lashdan ozod qilish huquqiga ega.

Ushbu Kodeksning 483-moddasida, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlarida yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni hamda yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘ini to‘lashdan to‘liq ozod qilish tarzida berilgan soliq imtiyozlariga ega bo‘lgan soliq to‘lovchilar mazkur soliqlarni ushbu soliqlardan hisoblangan summaning bir foizi miqdorida to‘laydi.

Soliq imtiyozlarini hisobga olish soliq organlari tomonidan axborot tizimlaridan foydalangan va soliq imtiyozlarining har bir turiga maxsus identifikatsiya kodini bergan holda amalga oshiriladi.

Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq va yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i bo‘yicha berilgan soliq imtiyozlari joriy soliq davrida soliq to‘lovchilar tomonidan o‘tgan kalendar yil yakunlari bo‘yicha quyidagi shartlar bir vaqtning o‘zida bajarilgan taqdirda qo‘llaniladi:

tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan jami daromad yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq va (yoki) yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i bo‘yicha foydalanilgan soliq imtiyozining summasidan oshganda;

75-modda. Soliq imtiyozlari (davomi)

har bir xodimga har oyda mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining ikki baravaridan kam bo‘lmagan oylik ish haqi hisoblanganda va xodimlarning yillik o‘rtacha soni kamida uch nafarni tashkil etganda.

Ushbu moddaning o‘n to‘rtinchi qismida nazarda tutilgan shartlarni aniqlashda:

soliq to‘lovchi tomonidan taqdim etilgan aniqlashtirilgan soliq hisobotlari;

soliq davri yakunlari bo‘yicha soliq hisobotlarini taqdim etish muddati yetib kelmagan taqdirda, oxirgi o‘n ikki oyda tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish bo‘yicha aylanma inobatga olinadi.

Ushbu moddaning o‘n to‘rtinchi qismida nazarda tutilgan shartlar quyidagilarga nisbatan qo‘llanilmaydi:

to‘g‘ridan-to‘g‘ri xususiy chet el investitsiyalari ishtirokidagi yuridik shaxslarga;

mahsulot taqsimotiga oid bitim ishtirokchilariga;

notijorat tashkilotlarga va budjet tashkilotlariga;

yagona ishtirokchilari nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamoat birlashmalari bo‘lgan va xodimlarining umumiy sonida nogironligi bo‘lgan shaxslar kamida 50 foizni tashkil etadigan hamda nogironligi bo‘lgan shaxslarning mehnatiga haq to‘lash fondi mehnatga haq to‘lash umumiy fondining kamida 50 foizini tashkil etadigan yuridik shaxslarga;

2026-yil 1-yanvarga qadar maxsus iqtisodiy zona ishtirokchisi maqomini olgan yuridik shaxslarga.

Soliq davri davomida yangi tashkil etilgan soliq to‘lovchilarga, shu jumladan yangi taqdim etilgan soliq imtiyozlariga nisbatan ushbu moddaning o‘n to‘rtinchi qismi qoidalari keyingi soliq davri yakunlari bo‘yicha qo‘llaniladi, bundan qayta tashkil etilgan yuridik shaxslar mustasno.

75-modda. Soliq imtiyozlari (davomi)

II BO‘LIM.

SOLIQ HISOBI VA SOLIQ HISOBOTLARI

Bilimingizni sinang

Soliq to‘g‘risidagi qonunchilikka ko‘ra, soliq qaysi holatda belgilangan deb hisoblanadi?
  1. Soliq stavkasi qonunda ko‘rsatilgan bo‘lsa
  2. Soliqning barcha elementlari aniqlab qo‘yilgan taqdirdagina
  3. Soliq to‘lovchilar ro‘yxati tasdiqlangan bo‘lsa
  4. Soliq solish obyekti va soliq imtiyozlari belgilangan bo‘lsa

To‘g‘ri javob: Soliqning barcha elementlari aniqlab qo‘yilgan taqdirdagina. 69-modda: soliqning barcha elementlari aniqlab qo‘yilgan taqdirdagina soliq belgilangan deb hisoblanadi.

Soliq kodeksiga ko‘ra, quyidagilardan qaysi biri soliq elementlari ro‘yxatiga kiradi?
  1. Soliq hisobotini taqdim etish tartibi
  2. Soliq imtiyozlarining har bir turi
  3. Soliq tekshiruvini o‘tkazish tartibi
  4. Soliq qarzini undirish tartibi

To‘g‘ri javob: Soliq hisobotini taqdim etish tartibi. 69-modda: soliq elementlari — obyekt, baza, stavka, davr, hisoblab chiqarish tartibi, hisobotni taqdim etish tartibi va to‘lash tartibi.

Soliq kodeksiga ko‘ra, soliq solish obyekti deb nima tushuniladi?
  1. Soliq to‘lovchining yillik daromadi hisoboti bo‘lib, u taqdim etilganda soliq majburiyati vujudga keladi
  2. Soliq organiga taqdim etiladigan hujjatlar majmui bo‘lib, ular topshirilganda soliq majburiyati vujudga keladi
  3. Soliq stavkasi qo‘llaniladigan davr bo‘lib, u boshlanganda soliq to‘lovchida soliq majburiyati vujudga keladi
  4. Mol-mulk, harakat, harakat natijasi yoki boshqa holat bo‘lib, u mavjud bo‘lganda soliq majburiyati vujudga keladi

To‘g‘ri javob: Mol-mulk, harakat, harakat natijasi yoki boshqa holat bo‘lib, u mavjud bo‘lganda soliq majburiyati vujudga keladi. 70-modda: obyekt mavjud bo‘lganda soliq to‘lovchida soliq majburiyati vujudga keladi.

Soliq kodeksiga ko‘ra, soliq bazasi nimani ifodalaydi?
  1. Soliqning foizlardagi yoki mutlaq summadagi miqdorini ifodalaydi
  2. Soliq to‘lash muddati va tartibini belgilovchi ko‘rsatkichni
  3. Soliq solish obyektining qiymat, fizik yoki boshqa xususiyatini
  4. Soliq imtiyozlari natijasida kamaytiriladigan summa miqdorini

To‘g‘ri javob: Soliq solish obyektining qiymat, fizik yoki boshqa xususiyatini. 71-modda: soliq bazasi soliq solish obyektining qiymat, fizik yoki boshqa xususiyatini ifodalaydi.

Soliq kodeksiga ko‘ra, soliq stavkasi nimani ifodalaydi?
  1. Soliq solish obyektining qiymat, fizik yoki boshqa xususiyatini ifodalab, o‘lchov birligisiz hisoblanadigan miqdorni
  2. Soliq to‘lovchining soliq organida hisobga turgan sanasidan boshlab hisoblanadigan soliq majburiyatining miqdorini
  3. Soliq hisoboti topshiriladigan muddatning oxirgi kunigacha hisoblanadigan soliqning umumiy yig‘indi summasini
  4. Soliq bazasining o‘lchov birligiga nisbatan hisoblanadigan soliqning foizlardagi yoki mutlaq summadagi miqdorini

To‘g‘ri javob: Soliq bazasining o‘lchov birligiga nisbatan hisoblanadigan soliqning foizlardagi yoki mutlaq summadagi miqdorini. 72-modda: stavka baza o‘lchov birligiga nisbatan soliqning foiz yoki mutlaq summadagi miqdori.

Aksiz solig‘i stavkalari yil davomida qaysi hujjat bilan qayta ko‘rib chiqilishi mumkin?
  1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari
  2. Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan qarorlar
  3. Davlat soliq qo‘mitasining yillik buyruqlari
  4. Moliya vazirligi tomonidan chiqariladigan buyruqlar

To‘g‘ri javob: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari. 72-modda: aksiz stavkalari narx dinamikasi va realizatsiya hajmidan kelib chiqib, Prezident qarorlari bilan yil davomida qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.

«Yangi Zamon» MChJ 14-dekabrda davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Soliq kodeksiga ko‘ra uning birinchi soliq davri qanday aniqlanadi?
  1. Tashkil etilgan kundan 14-dekabrdan 31-dekabrgacha bo‘lgan davr, qisqa soliq davri sifatida
  2. Tashkil etilgan kundan keyingi yilning 1-yanvaridan 31-dekabrigacha bo‘lgan kalendar yil davri
  3. Tashkil etilgan kundan tashkil etilgan yildan keyingi kalendar yilning oxirigacha bo‘lgan davr
  4. Tashkil etilgan kundan boshlab o‘n ikki oylik davr, ya’ni keyingi yilning 14-dekabrigacha

To‘g‘ri javob: Tashkil etilgan kundan tashkil etilgan yildan keyingi kalendar yilning oxirigacha bo‘lgan davr. 73-modda: 1–31-dekabrda tashkil etilgan yuridik shaxs uchun tashkil etilgan kundan keyingi kalendar yil oxirigacha bo‘lgan davr birinchi soliq davri.

«Mebel Plus» MChJ 15-martda davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Soliq kodeksiga ko‘ra uning birinchi soliq davri qanday aniqlanadi?
  1. Kelgusi yilning 1-yanvaridan boshlanadi
  2. 15-martdan boshlab o‘n ikki oy davom etadi
  3. 1-yanvardan 31-dekabrgacha bo‘lgan to‘liq yil hisoblanadi
  4. 15-martdan shu yilning oxirigacha bo‘lgan davr

To‘g‘ri javob: 15-martdan shu yilning oxirigacha bo‘lgan davr. 73-modda: 1-dekabrgacha tashkil etilgan yuridik shaxs uchun tashkil etilgan kundan shu yil oxirigacha bo‘lgan davr birinchi soliq davri.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiSoliq to‘lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhiKeyingi →Soliq hisobi