XotirAI logotipiXotirAI
⚖️ Soliq kodeksi · 81–84-m.

Soliq hisoboti

Umumiy Qism

81-modda. Soliq hisobotini shakllantirish va tuzish

Soliq to‘lovchining har bir soliq turi yoki to‘langan daromadlar bo‘yicha hisob-kitoblarni va soliq deklaratsiyalarini, shuningdek hisob-kitoblarga hamda soliq deklaratsiyalariga doir ilovalarni o‘z ichiga oladigan, soliq to‘lovchilarning va soliq agentlarining soliq majburiyatlarini aniqlash uchun asos bo‘lib xizmat qiladigan hujjatlari soliq hisobotidir.

Soliq hisoboti O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadigan shakllarda tuziladi.

Soliq hisoboti soliq organlariga shaxs faqat soliq to‘lovchi deb e’tirof etiladigan soliqlar bo‘yicha taqdim etiladi.

Soliq hisobotida ko‘rsatilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligi uchun javobgarlik soliq to‘lovchining yoki soliq agentining zimmasiga yuklanadi.

Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq, yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i, ijtimoiy soliq, qo‘shilgan qiymat solig‘i va aylanmadan olinadigan soliq hisobotlari soliq organlarining axborot tizimida mavjud bo‘lgan hamda soliq to‘lovchi (soliq agenti) tomonidan shaxsiy kabinetdagi interaktiv xizmatga kiritilgan ma’lumotlar asosida soliq organlari tomonidan elektron shaklda shakllantiriladi.

Soliq organlari tomonidan shakllantirilgan hisobot ma’lumotlari soliq to‘lovchining (soliq agentining) hisob hujjatlaridan farq qilganda, soliq to‘lovchi (soliq agenti) mazkur hisobotga besh kun ichida, biroq tegishli hisobotni taqdim etish muddatidan kechiktirmasdan tuzatish kiritadi va uni taqdim etadi.

81-modda. Soliq hisobotini shakllantirish va tuzish (davomi)

Soliq organlari tomonidan shakllantirilgan soliq hisobotiga ushbu moddaning oltinchi qismida ko‘rsatilgan muddatda tuzatishlar kiritilmaganligi soliq to‘lovchining (soliq agentining) soliq organlari tomonidan shakllantirilgan hisobotga rozi ekanligini bildiradi va soliq organlari tomonidan shakllantirilgan holda taqdim etilgan deb hisoblanadi.

Soliq organlari tomonidan shakllantiriladigan hisobotni tuzish, unga tuzatish kiritish va uni taqdim etish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

82-modda. Soliq hisobotini taqdim etish tartibi

Soliq hisoboti soliq to‘lovchi hisobga olingan joydagi soliq organiga belgilangan shaklda qog‘oz yoki elektron shaklda ushbu Kodeksga muvofiq soliq hisobotiga ilova qilinishi lozim bo‘lgan hujjatlar bilan birga taqdim etiladi.

Soliq to‘lovchi ushbu Kodeksga muvofiq soliq hisobotiga ilova qilinishi lozim bo‘lgan hujjatlarni elektron shaklda taqdim etishga haqli.

Yuridik shaxs bo‘lgan soliq to‘lovchilar va yakka tartibdagi tadbirkorlar soliq hisobotini o‘zi hisobga olingan joydagi soliq organiga belgilangan shakllar bo‘yicha elektron hujjat tarzida taqdim etadi.

Yirik soliq to‘lovchilar, joylashgan yeridan qat’i nazar, soliq hisobotini Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo davlat soliq inspeksiyasiga taqdim etadi.

Ushbu moddaning uchinchi va to‘rtinchi qismlari qoidalari davlat sirlari jumlasiga kiritilgan axborotni taqdim etishga nisbatan qo‘llanilmaydi.

Soliq hisoboti blankalari soliq organlari tomonidan bepul taqdim etiladi.

Soliq hisoboti ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda soliq to‘lovchi tomonidan soliq organiga shaxsan yoki vakil orqali taqdim etilishi yoxud pochta jo‘natmasi tarzida joylanmalar ro‘yxati bilan yuborilishi mumkin.

Soliq maslahatchilari tashkiloti soliq hisobotini soliq to‘lovchi nomidan soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali elektron hujjat tarzida taqdim etishga haqli.

Soliq organi soliq to‘lovchi tomonidan belgilangan shaklda taqdim etilgan soliq hisobotini qabul qilishni rad etishga haqli emas.

82-modda. Soliq hisobotini taqdim etish tartibi (davomi)

Soliq hisoboti qog‘ozda olingan taqdirda, soliq organi soliq to‘lovchining iltimosiga ko‘ra, soliq hisobotining ko‘chirma nusxasiga uning qabul qilib olingani to‘g‘risida belgi qo‘yishi va u olingan sanani ko‘rsatishi shart.

Soliq hisoboti, agar ushbu Kodeksda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami ko‘rsatilgan holda taqdim etiladi.

Soliq to‘lovchi va uning vakolatli vakili soliq hisobotida ko‘rsatilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligi va to‘liqligini tasdiqlab, unga imzo qo‘yadi.

Agar soliq hisobotida ko‘rsatilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligi va to‘liqligini soliq to‘lovchining vakolatli vakili tasdiqlasa, soliq hisobotida bu haqda tegishli belgi qo‘yiladi. Bunda soliq hisobotiga ushbu vakilning uni imzolashga bo‘lgan vakolatini tasdiqlovchi hujjatning ko‘chirma nusxasi ilova qilinadi.

Soliq hisoboti elektron shaklda taqdim etilganda vakilning uni imzolashga bo‘lgan vakolatini tasdiqlovchi hujjatning ko‘chirma nusxasi telekommunikatsiya aloqa kanallari orqali elektron shaklda taqdim etilishi mumkin.

Soliq hisoboti soliq to‘g‘risidagi qonunchilikda belgilangan muddatlarda taqdim etiladi.

Ushbu moddada nazarda tutilgan qoidalar ushbu Kodeksning Maxsus qismiga muvofiq soliq hisobotini taqdim etish majburiyati zimmasiga yuklatilgan soliq agentlariga va boshqa shaxslarga nisbatan ham tatbiq etiladi.

83-modda. Soliq hisobotiga o‘zgartirishlar kiritish

O‘zi ilgari taqdim etgan soliq hisobotida hisoblab chiqarilgan soliq summasi kamayishiga (o‘zgarishiga) olib kelgan noto‘g‘ri yoki to‘liq bo‘lmagan ma’lumotlarni va (yoki) xatolarni aniqlagan soliq to‘lovchi ushbu soliq hisobotiga zarur tuzatishlarni kiritishi va soliq organiga aniqlashtirilgan soliq hisobotini taqdim etishi shart.

Soliq imtiyozlaridan foydalanilganidan keyin jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i va ijtimoiy soliq bo‘yicha hisoblangan soliq summasining kamayishiga olib keladigan aniqlashtirilgan soliq hisobotlari ularning asosliligi soliq organlari tomonidan o‘rganib chiqilganidan keyin qabul qilinadi.

Agar ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan holatlar hisoblab chiqarilgan soliq summasining kamayishiga olib kelmagan bo‘lsa, soliq to‘lovchi o‘zi ilgari taqdim etgan soliq hisobotiga zarur tuzatishlar kiritishga va soliq organiga aniqlashtirilgan soliq hisobotini taqdim etishga haqli. Bunda soliq hisobotini taqdim etishning belgilangan muddati o‘tgandan keyin taqdim etilgan aniqlashtirilgan soliq hisoboti muddat buzilgan holda taqdim etilgan deb hisoblanmaydi.

Agar aniqlashtirilgan soliq hisoboti soliq organiga soliq hisobotini taqdim etish muddati o‘tgunga qadar taqdim etilgan bo‘lsa, soliq hisoboti aniqlashtirilgan soliq hisoboti taqdim etilgan kun taqdim etilgan deb hisoblanadi.

Agar aniqlashtirilgan soliq hisoboti soliq organiga soliqni to‘lash muddati o‘tgandan keyin taqdim etilgan bo‘lsa, soliq to‘lovchi bir paytning o‘zida quyidagi shartlarga rioya etgan taqdirda javobgarlikdan ozod qilinadi:

83-modda. Soliq hisobotiga o‘zgartirishlar kiritish (davomi)

Aniqlashtirilgan soliq hisoboti soliq organiga, ushbu moddada nazarda tutilgan o‘ziga xos xususiyatlarni inobatga olgan holda, soliq hisobotini topshirish uchun belgilangan tartibda taqdim etiladi.

Ushbu moddada nazarda tutilgan qoidalar soliq agentlari tomonidan taqdim etiladigan aniqlashtirilgan soliq hisobotiga nisbatan ham qo‘llaniladi.

84-modda. Soliq hisobotini saqlash muddati

Soliq to‘lovchilar va soliq agentlari soliq organlariga soliq hisobotini va unga ilova qilinadigan hujjatlarni, agar ushbu Kodeksda boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, ushbu hisobot taqdim etilgan yildan keyin kamida uch yil saqlashi shart.

Agar soliq to‘g‘risidagi qonunchilik soliq stavkasini qo‘llashni, to‘lanadigan soliq miqdorini, soliq imtiyozini yoki soliq chegirmasini qo‘llashni va (yoki) soliqni to‘lash muddatini o‘zgartirishni soliq to‘lovchining muayyan shartlarga rioya etishi bilan bog‘lasa, ushbu soliq to‘lovchi barcha tasdiqlovchi hujjatlarni mazkur shartlarning amal qilishi tugaydigan yildan keyin kamida uch yil saqlashi kerak. Bunday tasdiqlovchi hujjatlar jumlasiga, xususan, ushbu soliq bo‘yicha soliq hisoboti, unga ilova qilinadigan hujjatlar, shuningdek ko‘rsatilgan shartlarga yoki majburiyatlarga rioya etilganligini tasdiqlovchi hujjatlar kiradi. Ushbu qismning qoidalari, agar ko‘rsatilgan shartlar yoki majburiyatlar vaqtinchalik tusga ega bo‘lsa va ularga rioya etilishini hujjatlar bilan tasdiqlashni talab qilsa, qo‘llaniladi.

III BO‘LIM.

SOLIQ MAJBURIYATINI BAJARISH

Bilimingizni sinang

Soliq kodeksiga ko‘ra, soliq hisoboti nima?
  1. Soliq organining soliq to‘lovchiga yuborgan, soliq qarzini undirish uchun asos bo‘lib xizmat qiladigan talabnomalar va ogohlantirish xatlari majmui
  2. Soliq to‘lovchining bank hisobvarag‘idan ko‘chirmalar, kassa hujjatlari va tushum-chiqim daftarlarini o‘z ichiga olgan hisob hujjatlari
  3. Soliq majburiyatlarini aniqlash uchun asos bo‘lib xizmat qiladigan hisob-kitoblar, soliq deklaratsiyalari va ilovalarni o‘z ichiga olgan hujjatlar
  4. Soliq tekshiruvi natijalari bo‘yicha tuzilgan dalolatnomalar, qarorlar va soliq majburiyatlari aniqlanganligini tasdiqlovchi hujjatlar

To‘g‘ri javob: Soliq majburiyatlarini aniqlash uchun asos bo‘lib xizmat qiladigan hisob-kitoblar, soliq deklaratsiyalari va ilovalarni o‘z ichiga olgan hujjatlar. 81-modda: hisob-kitoblar, deklaratsiyalar va ilovalarni o‘z ichiga olgan, soliq majburiyatlarini aniqlashga asos bo‘ladigan hujjatlar soliq hisobotidir.

Soliq hisoboti qaysi organ tomonidan tasdiqlanadigan shakllarda tuziladi?
  1. Vazirlar Mahkamasi tomonidan mustaqil ravishda
  2. Adliya vazirligi tomonidan Davlat soliq qo‘mitasi bilan kelishilgan holda
  3. Moliya vazirligi tomonidan Markaziy bank bilan kelishilgan holda
  4. Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda

To‘g‘ri javob: Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda. 81-modda: soliq hisoboti Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadigan shakllarda tuziladi.

Soliq organi «Nur» MChJ uchun QQS bo‘yicha hisobotni elektron shaklda shakllantirdi. Buxgalter bu ma’lumotlar hisob hujjatlaridan farq qilishini aniqladi. Soliq kodeksiga ko‘ra u nima qilishi kerak?
  1. Hisobotga besh kun ichida, biroq hisobotni taqdim etish muddatidan kechiktirmasdan tuzatish kiritib, uni taqdim etishi
  2. Hech qanday tuzatish kiritmaydi, chunki soliq organi shakllantirgan hisobot yakuniy hisoblanadi va uni o‘zgartirib bo‘lmaydi
  3. Faqat sudga murojaat qilib, soliq organi shakllantirgan hisobotni bekor qildirgandan keyingina yangi hisobot taqdim etishi
  4. Hisobotga keyingi soliq davrida tuzatish kiritib, o‘zgarishlar haqida soliq organini yozma ravishda xabardor qilishi

To‘g‘ri javob: Hisobotga besh kun ichida, biroq hisobotni taqdim etish muddatidan kechiktirmasdan tuzatish kiritib, uni taqdim etishi. 81-modda: farq bo‘lsa, soliq to‘lovchi hisobotga besh kun ichida, hisobotni taqdim etish muddatidan kechiktirmasdan tuzatish kiritadi va taqdim etadi.

Quyidagi soliq hisobotlaridan qaysi biri soliq organlari tomonidan elektron shaklda shakllantiriladi?
  1. Foyda solig‘i bo‘yicha taqdim etiladigan yillik hisobot
  2. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i hisoboti
  3. Aksiz solig‘i bo‘yicha taqdim etiladigan oylik hisobot
  4. Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq bo‘yicha hisobot

To‘g‘ri javob: Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i hisoboti. 81-modda: jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i, ijtimoiy soliq, QQS va aylanmadan olinadigan soliq hisobotlari organlar tomonidan shakllantiriladi.

Soliq organlari shakllantirgan soliq hisobotiga belgilangan muddatda tuzatishlar kiritilmasa, bu nimani bildiradi?
  1. Soliq to‘lovchi hisobotni taqdim etmagan deb hisoblanadi va unga jarima qo‘llaniladi
  2. Hisobot bekor qilinadi va soliq to‘lovchi yangi hisobot taqdim etishga majbur bo‘ladi
  3. Soliq to‘lovchi soliq organlari shakllantirgan hisobotga rozi ekanligini bildiradi
  4. Soliq to‘lovchi hisobotga e’tiroz bildirgan hisoblanib, masala avtomatik sudga yuboriladi

To‘g‘ri javob: Soliq to‘lovchi soliq organlari shakllantirgan hisobotga rozi ekanligini bildiradi. 81-modda: tuzatish kiritilmaganligi soliq to‘lovchining soliq organlari shakllantirgan hisobotga rozi ekanligini bildiradi.

«Katta Qurilish» AJ yirik soliq to‘lovchi hisoblanadi va Samarqand viloyatida joylashgan. Soliq kodeksiga ko‘ra u soliq hisobotini qayerga taqdim etadi?
  1. Samarqand viloyati davlat soliq boshqarmasining yirik soliq to‘lovchilar bo‘limiga
  2. Davlat soliq qo‘mitasining markaziy apparatidagi hisobotlar bo‘limiga
  3. Katta Qurilish joylashgan tumandagi davlat soliq inspeksiyasiga, elektron shaklda
  4. Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo davlat soliq inspeksiyasiga

To‘g‘ri javob: Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo davlat soliq inspeksiyasiga. 82-modda: yirik soliq to‘lovchilar joylashgan yeridan qat’i nazar hisobotni Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo davlat soliq inspeksiyasiga taqdim etadi.

Soliq inspektori Nilufar yakka tartibdagi tadbirkor Jasur belgilangan shaklda taqdim etgan soliq hisobotini «qo‘shimcha tekshiruv kerak» deb qabul qilishni rad etdi. Soliq kodeksiga ko‘ra uning harakati qanday baholanadi?
  1. Qonuniy, chunki inspektor hisobotda qo‘shimcha tekshiruv zarurligi aniqlansa, uni qabul qilishni rad etishga haqli
  2. Qonuniy, agar hisobot qog‘oz shaklida topshirilgan bo‘lsa, soliq organi uni qabul qilishni rad etishi mumkin
  3. Noqonuniy, chunki soliq organi belgilangan shaklda taqdim etilgan hisobotni qabul qilishni rad etishga haqli emas
  4. Noqonuniy, faqat hisobot elektron shaklda taqdim etilganda, qog‘ozdagi hisobotni esa rad etish mumkin

To‘g‘ri javob: Noqonuniy, chunki soliq organi belgilangan shaklda taqdim etilgan hisobotni qabul qilishni rad etishga haqli emas. 82-modda: soliq organi belgilangan shaklda taqdim etilgan soliq hisobotini qabul qilishni rad etishga haqli emas.

Aniqlashtirilgan soliq hisoboti soliq hisobotini taqdim etish muddati o‘tgunga qadar taqdim etilgan bo‘lsa, soliq hisoboti qaysi kun taqdim etilgan deb hisoblanadi?
  1. Dastlabki soliq hisoboti dastlab taqdim etilgan kun
  2. Aniqlashtirilgan soliq hisoboti taqdim etilgan kun
  3. Muddat tugagan kunning ertasi, ya’ni keyingi kun
  4. Keyingi soliq davrining birinchi ish kuni sanasi

To‘g‘ri javob: Aniqlashtirilgan soliq hisoboti taqdim etilgan kun. 83-modda: muddat o‘tguncha aniqlashtirilgan hisobot taqdim etilsa, hisobot shu aniqlashtirilgan hisobot taqdim etilgan kun taqdim etilgan hisoblanadi.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiSoliq hisobiKeyingi →Soliq majburiyatini bajarishning umumiy qoidalari