XotirAI logotipiXotirAI
⚖️ Soliq kodeksi · 180–182-m.

Nazorat qilinadigan bitimlar

Umumiy Qism

180-modda. O‘zaro aloqador shaxslar o‘rtasidagi nazorat qilinadigan bitimlar

Ushbu Kodeks maqsadida, ushbu moddada nazarda tutilgan xususiyatlar hisobga olingan holda o‘zaro aloqador shaxslar o‘rtasidagi bitimlar nazorat qilinadigan bitimlar deb e’tirof etiladi.

O‘zbekiston Respublikasining soliq rezidenti bo‘lgan o‘zaro aloqador shaxslar o‘rtasidagi bitim quyidagi holatlardan hech bo‘lmaganda bittasi mavjud bo‘lganda nazorat qilinadigan bitim deb e’tirof etiladi:

Ushbu moddaning ikkinchi qismi 2 — 4-bandlarida nazarda tutilgan bitimlar, agar mazkur shaxslar o‘rtasidagi bitimlar bo‘yicha daromadlarning tegishli kalendar yildagi summasi besh yuz million so‘mdan ortiq bo‘lsa.

180-modda. O‘zaro aloqador shaxslar o‘rtasidagi nazorat qilinadigan bitimlar (davomi)

Tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishga doir, ushbu tovarlarning (xizmatlarning) birinchi sotuvchisi va oxirgi xaridori bilan o‘zaro aloqador bo‘lmagan shaxslar ishtirokida (vositachiligida) tuziladigan bitimlar ketma-ketligi yoki majmui, agar mazkur sotuvchi va xaridor o‘zaro aloqador shaxslar bo‘lsa, ushbu Kodeks maqsadida o‘zaro aloqador shaxslar o‘rtasidagi bitimga tenglashtiriladi. Bunday hollarda, o‘z ishtirokida (vositachiligida) bitimlarning mazkur ketma-ketligi yoki majmui amalga oshiriladigan uchinchi shaxslarning mavjudligi e’tiborga olinmaydi.

Ushbu moddaning to‘rtinchi qismida belgilangan qoida, basharti bitimlarning mazkur ketma-ketligida yoki majmuida ishtirok etuvchi bunday uchinchi shaxslar:

Ushbu modda maqsadida kalendar yil uchun bitimlar bo‘yicha daromadlar summasi bir shaxs (o‘zaro aloqador shaxslar) bilan tuzilgan shunday bitimlar bo‘yicha kalendar yilda olingan daromadlar summasini foyda solig‘i uchun belgilangan daromadlarni e’tirof etish tartibini hisobga olgan holda qo‘shish yo‘li bilan aniqlanadi.

180-modda. O‘zaro aloqador shaxslar o‘rtasidagi nazorat qilinadigan bitimlar (davomi)

Nazorat qilinadigan bitimlardagi daromadlarni soliq solish maqsadida aniqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasi bunday bitimlarni yoki jami shunday bitimlarni (bundan buyon ushbu bo‘limda tahlil etiladigan bitim deb yuritiladi) taraflari mustaqil shaxslar bo‘lgan bitta yoki bir nechta bitim (bundan buyon ushbu bo‘limda taqqoslanadigan bitimlar deb yuritiladi) bilan taqqoslashni amalga oshiradi. Bunday taqqoslash ushbu bo‘limda nazarda tutilgan transfert narx belgilash chog‘ida daromadlarni aniqlash uslublarini tanlash va ularni keyinchalik qo‘llash maqsadida amalga oshiriladi.

Bitimlar bo‘yicha daromadlar summasini aniqlashda O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasi bitimlar bo‘yicha olingan daromadlar summasini ularning bozordagi darajasiga muvofiqligini ushbu Kodeksning 22 va 23-boblari qoidalarini inobatga olgan holda tekshirishga haqli.

O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasining arizasiga ko‘ra, sud bitimni mazkur bitimning ushbu moddada belgilangan nazorat qilinadigan bitim belgilariga javob bermasligiga sabab bo‘ladigan sharoitlar yaratish maqsadida tuzilgan bir turdagi bitimlar guruhining qismi deb taxmin qilinishi uchun yetarli asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda nazorat qilinadigan bitim deb e’tirof etishi mumkin.

Foizsiz qarz (mablag‘lar) berish bo‘yicha o‘zaro bog‘liq shaxslar o‘rtasida tuzilgan bitimlar, agar bunday bitimlarda ishtirok etuvchi barcha taraflar va foyda oluvchilar O‘zbekiston Respublikasining soliq rezidentlari hisoblansa hamda ushbu qarz shartnomalari bo‘yicha majburiyatlar faqat O‘zbekiston Respublikasi hududida bajarilsa, nazorat qilinadigan bitimlar deb e’tirof etilmaydi.

181-modda. Nazorat qilinadigan tashqi savdo bitimlari

Ushbu Kodeks maqsadida mazkur moddada nazarda tutilgan xususiyatlarni hisobga olgan holda, nazorat qilinadigan bitimlar deb quyidagilar e’tirof etiladi:

Agar bunda O‘zbekiston Respublikasi yuridik shaxsining faoliyati ofshor yurisdiksiyada doimiy muassasani tashkil etsa va nazorat qilinadigan bitim ushbu faoliyat bilan bog‘liq bo‘lsa, ushbu bitim qismida mazkur yuridik shaxsga ro‘yxatdan o‘tkazilish joyi ushbu ofshor yurisdiksiya bo‘lgan shaxs sifatida qaraladi.

Ushbu Kodeks maqsadida soliq solish bo‘yicha imtiyozli rejimni taqdim etadigan va (yoki) moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirishda axborotni oshkor etishni hamda taqdim etishni nazarda tutmaydigan davlatlar va hududlar ofshor yurisdiksiyalar deb e’tirof etiladi.

Ofshor yurisdiksiyalarning ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan birgalikda tasdiqlanadi.

Ushbu moddaning birinchi qismi 1-bandida nazarda tutilgan bitimlar, agar bunday bitimlarning predmeti quyidagi tovar guruhlaridan birining yoki bir nechtasining tarkibiga kiruvchi tovarlar bo‘lsa, nazorat qilinadigan bitimlar deb e’tirof etiladi:

181-modda. Nazorat qilinadigan tashqi savdo bitimlari (davomi)

Ushbu moddaning beshinchi qismida sanab o‘tilgan tovarlarning kodlarini Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi belgilaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining arizasiga ko‘ra sud bitimni ushbu moddada belgilangan nazorat qilinadigan bitim belgilariga javob bermasligiga sabab bo‘ladigan sharoitlar yaratish maqsadida tuzilgan bir turdagi bitimlar guruhining qismi deb taxmin qilinishi uchun yetarli asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda ham nazorat qilinadigan bitim deb e’tirof etishi mumkin.

182-modda. Nazorat qilinadigan bitimlar to‘g‘risidagi xabarnoma

Soliq to‘lovchilar soliq organlarini kalendar yilda o‘zlari tuzgan, ushbu Kodeksning 180 va 181-moddalarida ko‘rsatilgan nazorat qilinadigan bitimlar to‘g‘risida xabardor qilishi shart.

Nazorat qilinadigan bitimlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar soliq to‘lovchi tomonidan o‘zi hisobda turgan joydagi soliq organiga nazorat qilinadigan bitimlar tuzilgan kalendar yilga oid yillik moliyaviy hisobotni taqdim etish muddatidan kechiktirmay yuboriladigan nazorat qilinadigan bitimlar to‘g‘risidagi xabarnomalarda ko‘rsatiladi.

Nazorat qilinadigan bitimlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarda quyidagi axborot bo‘lishi kerak:

182-modda. Nazorat qilinadigan bitimlar to‘g‘risidagi xabarnoma (davomi)

Soliq to‘lovchi nazorat qilinadigan bitimlar to‘g‘risida taqdim etilgan xabarnomada ma’lumotlarning to‘liq emasligi, ularni to‘ldirishda yo‘l qo‘yilgan noaniqliklar yoki xatolar aniqlanganda aniqlashtirilgan xabarnomani yuborishga haqli.

Nazorat qilinadigan bitimlar to‘g‘risidagi xabarnoma soliq organiga belgilangan shakl bo‘yicha qog‘ozda yoki elektron shaklda taqdim etilishi mumkin.

Nazorat qilinadigan bitimlar to‘g‘risidagi xabarnomaning shaklini, shuningdek uni to‘ldirish va nazorat qilinadigan bitimlar to‘g‘risidagi xabarnomani elektron shaklda taqdim etish tartibini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydi.

Nazorat qilinadigan bitimlar to‘g‘risidagi xabarnomani olgan soliq organi u olingan kundan e’tiboran o‘n kun ichida ushbu xabarnomani O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasiga elektron shaklda yuboradi.

Agar soliq tekshiruvini yoki soliq monitoringini o‘tkazishda soliq organi ushbu moddaning ikkinchi qismiga muvofiq ma’lumotlar taqdim etilmagan nazorat qilinadigan bitimlar tuzilganligi faktini aniqlagan bo‘lsa, soliq organi aniqlangan faktlar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasiga mustaqil tarzda xabar qiladi va o‘zi olgan bunday bitimlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yuboradi.

Soliq tekshiruvini yoki soliq monitoringini o‘tkazayotgan soliq organi xabarnoma yuborilgan sanadan e’tiboran o‘n kundan kechiktirmay xabarnoma va tegishli ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasiga yuborilganligi to‘g‘risida soliq to‘lovchiga xabar qilishi shart.

182-modda. Nazorat qilinadigan bitimlar to‘g‘risidagi xabarnoma (davomi)

Xabarnomaning shaklini va uni yuborish tartibini O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tasdiqlaydi.

Soliq tekshiruvini o‘tkazayotgan soliq organi tomonidan nazorat qilinadigan bitimlar to‘g‘risidagi o‘zi tomonidan olingan ma’lumotlarning O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasiga yuborilishi bunday tekshiruvni davom ettirish va (yoki) tugatish hamda tekshiruv materiallarini ko‘rib chiqish natijalariga ko‘ra qaror chiqarish uchun to‘sqinlik qilmaydi.

Bilimingizni sinang

O‘zaro aloqador soliq rezidentlari o‘rtasidagi bitimlar bo‘yicha kalendar yildagi daromadlar summasi qancha so‘mdan oshsa, bitim nazorat qilinadigan bitim deb e’tirof etiladi?
  1. ikki milliard so‘mdan
  2. besh milliard so‘mdan
  3. bir milliard so‘mdan
  4. o‘n milliard so‘mdan

To‘g‘ri javob: besh milliard so‘mdan. Daromadlar summasi (bitimlar narxlarining summasi) besh milliard so‘mdan oshsa, bitim nazorat qilinadigan hisoblanadi.

Soliq kodeksiga ko‘ra, O‘zbekiston soliq rezidenti bo‘lgan o‘zaro aloqador shaxslar o‘rtasidagi bitim daromadlar summasi bo‘yicha qanday miqdordan oshganda nazorat qilinadigan bitim deb e’tirof etiladi?
  1. Besh milliard so‘mdan oshsa
  2. Besh yuz million so‘mdan oshsa
  3. O‘n milliard so‘mdan oshsa
  4. Bir milliard so‘mdan oshsa

To‘g‘ri javob: Besh milliard so‘mdan oshsa. 180-modda ikkinchi qism 1-band: kalendar yildagi daromadlar summasi besh milliard so‘mdan oshsa.

«Alfa» MChJ va uning ta’sischisiga tegishli «Beta» MChJ o‘zaro aloqador shaxslar bo‘lib, ikkalasi ham soliq rezidenti. «Alfa» maxsus soliq rejimini qo‘llaydi, «Beta» esa umumiy tartibda soliq to‘laydi. Ular o‘rtasidagi bitimlar bo‘yicha yillik daromad 600 million so‘m. Qaysi xulosa to‘g‘ri?
  1. Bitim nazorat qilinadigan emas, chunki ikkala taraf ham soliq rezidenti hisoblanadi va ular o‘rtasida ofshor yo‘q
  2. Bitim nazorat qilinadigan emas, chunki yillik daromad besh milliard so‘mdan oshmagan va rejimlar turlicha bo‘lgani ahamiyatsiz
  3. Bitim nazorat qilinadigan bitim, chunki bir taraf maxsus rejimda, boshqasi yo‘q va daromad besh yuz million so‘mdan ortiq
  4. Bitim faqat sud qarori chiqqach nazorat qilinadigan bo‘ladi, chunki taraflar o‘zaro aloqador, ammo daromad yetarli emas

To‘g‘ri javob: Bitim nazorat qilinadigan bitim, chunki bir taraf maxsus rejimda, boshqasi yo‘q va daromad besh yuz million so‘mdan ortiq. 180-modda: 2-bandli holatlarda daromad besh yuz million so‘mdan ortiq bo‘lsa, bitim nazorat qilinadi.

Birinchi sotuvchi va oxirgi xaridor o‘zaro aloqador, ular o‘rtasida esa aloqador bo‘lmagan vositachi qatnashgan bitimlar ketma-ketligi Soliq kodeksida qanday baholanadi?
  1. Mustaqil shaxslar o‘rtasidagi oddiy bitim sifatida baholanadi
  2. Faqat vositachining ishtirokiga soliq solinadi, boshqalarga yo‘q
  3. Har doim haqiqiy emas deb topilib, soliq maqsadida bekor qilinadi
  4. O‘zaro aloqador shaxslar o‘rtasidagi bitimga tenglashtiriladi

To‘g‘ri javob: O‘zaro aloqador shaxslar o‘rtasidagi bitimga tenglashtiriladi. 180-moddaga ko‘ra bunday ketma-ketlik aloqador shaxslar bitimiga tenglashtiriladi.

Vositachi uchinchi shaxslar e’tiborga olinmaydigan qoida qaysi shart bilan qo‘llaniladi?
  1. Uchinchi shaxslar chet el rezidenti bo‘lib, bitim summasi besh milliard so‘mdan oshmagan va ofshorda bo‘lmasa
  2. Uchinchi shaxslar qo‘shimcha vazifa bajarmasa, tavakkalchilik qabul qilmasa va aktivlardan foydalanmasa
  3. Uchinchi shaxslar soliq to‘lovchi bo‘lmasa va bitim bo‘yicha hech qanday daromad olmasa, shuningdek rezident bo‘lsa
  4. Bitim summasi besh milliard so‘mdan kam bo‘lsa va uchinchi shaxslar yuridik shaxs maqomida bo‘lmasa

To‘g‘ri javob: Uchinchi shaxslar qo‘shimcha vazifa bajarmasa, tavakkalchilik qabul qilmasa va aktivlardan foydalanmasa. 180-moddada ikki shart: qo‘shimcha vazifalar bajarilmasligi va tavakkalchilik hamda aktivlar bo‘lmasligi.

Ota-ona va farzand tomonidan boshqariladigan ikki MChJ (barcha taraflar va foyda oluvchilar soliq rezidenti) o‘rtasida foizsiz qarz shartnomasi tuzildi, majburiyatlar faqat O‘zbekiston hududida bajariladi. Bu bitimga nisbatan qaysi xulosa to‘g‘ri?
  1. Doimo nazorat qilinadigan bitim hisoblanadi
  2. Faqat sud qarori bilan haqiqiy emas deb topiladi
  3. Nazorat qilinadigan bitim deb e’tirof etilmaydi
  4. Qarz summasidan qat’i nazar xabarnoma talab etilmaydi, lekin soliq undiriladi

To‘g‘ri javob: Nazorat qilinadigan bitim deb e’tirof etilmaydi. 180-modda: shu ikki shart birga bajarilsa, foizsiz qarz bitimi nazorat qilinadigan hisoblanmaydi.

Soliq qo‘mitasining arizasiga ko‘ra sud bitimni nazorat qilinadigan bitim deb e’tirof etishi mumkin bo‘lgan holat qaysi?
  1. Bitim taraflari xorijiy fuqarolar bo‘lib, bitim narxi bozor narxidan kamida o‘n foizga farq qilgani to‘g‘risida taxmin qilishga yetarli asoslar mavjud bo‘lsa
  2. Soliq to‘lovchi bitim to‘g‘risidagi xabarnomani belgilangan muddatdan kechiktirib topshirgan va bu soliq organiga zarar yetkazgan deb taxmin qilishga asoslar bo‘lsa
  3. Bitim narxi bozor narxidan har qanday miqdorda farq qilsa va taraflar bir turdagi bitimlar guruhini tuzmagan bo‘lsa, soliq qo‘mitasining arizasiga ko‘ra
  4. Bitim nazorat belgilariga javob bermasligi uchun sharoit yaratish maqsadida tuzilgan bir turdagi bitimlar guruhining qismi deb taxmin qilishga asoslar bo‘lsa

To‘g‘ri javob: Bitim nazorat belgilariga javob bermasligi uchun sharoit yaratish maqsadida tuzilgan bir turdagi bitimlar guruhining qismi deb taxmin qilishga asoslar bo‘lsa. 180-moddaga ko‘ra qo‘mita arizasi bo‘yicha sud shunday bitimni nazorat qilinadigan deb e’tirof etishi mumkin.

Soliq kodeksiga ko‘ra, nazorat qilinadigan tashqi savdo bitimlariga quyidagilardan qaysi biri kiradi?
  1. Faqat valyuta kursi farqli bo‘lgan taraflar o‘rtasida tuzilgan eksport bitimlari
  2. Faqat eksport bitimlari, taraflarning ro‘yxatdan o‘tgan joyidan qat’i nazar
  3. Faqat import bitimlari, taraflarning ro‘yxatdan o‘tgan joyidan qat’i nazar
  4. Taraflaridan birining ro‘yxatdan o‘tish joyi ofshor yurisdiksiya bo‘lgan bitimlar

To‘g‘ri javob: Taraflaridan birining ro‘yxatdan o‘tish joyi ofshor yurisdiksiya bo‘lgan bitimlar. 181-modda 1-qism 2-band.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiTransfert narxni belgilashda narxlar va soliq solish to‘g‘risidagi umumiy qoidalarKeyingi →Bitimlarning taqqoslanadigan shartlari