XotirAI logotipiXotirAI
⚖️ Soliq kodeksi · 186–192-m.

Transfert narxni belgilashda soliq nazoratida foydalaniladigan usullar

Umumiy Qism

186-modda. Transfert narxni belgilashda soliq nazoratida foydalaniladigan usullar to‘g‘risidagi umumiy qoidalar

Transfert narxni belgilash chog‘ida soliq nazorati o‘tkazilganida (shu jumladan nazorat qilinadigan bitimning tijorat va (yoki) moliyaviy shartlari hamda uning natijalari taqqoslanadigan bitimlarning tijorat va (yoki) moliyaviy shartlari hamda ularning natijalari bilan taqqoslanganda) O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi ushbu moddada belgilangan tartibda quyidagi usullardan foydalanadi:

Zarur bo‘lgan hollarda ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan ikki va undan ortiq usullar kombinatsiyasidan foydalanishga yo‘l qo‘yiladi.

Taqqoslanadigan bozor narxlari usuli, agar ushbu Kodeks 189-moddasining ikkinchi qismida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, nazorat qilinadigan bitimlar narxlarining bozor narxlariga muvofiqligini soliq solish maqsadida aniqlash uchun ustuvor hisoblanadi.

Agar soliq solish maqsadida taqqoslanadigan bozor narxlari usulini qo‘llash mumkin bo‘lmasa yoxud uni qo‘llash nazorat qilinadigan bitimlar narxlarining bozor narxlariga muvofiqligi yoki nomuvofiqligi to‘g‘risida asoslangan xulosa chiqarish imkonini bermasa, ushbu moddaning birinchi qismi 2 — 5-bandlarida ko‘rsatilgan boshqa usullarni qo‘llashga yo‘l qo‘yiladi.

Agar tegishli tovarlar (xizmatlar) bozorida hech bo‘lmaganda bir turdagi tovarlar (xizmatlar) predmeti bo‘lgan bitta taqqoslanadigan bitim mavjud bo‘lsa, shuningdek bunday bitim haqida yetarlicha axborot mavjud bo‘lsa, nazorat qilinadigan bitimlar narxlarining bozor narxlariga muvofiqligini ushbu Kodeksning 188-moddasida nazarda tutilgan tartibda aniqlash uchun taqqoslanadigan bozor narxlari usulidan foydalaniladi.

186-modda. Transfert narxni belgilashda soliq nazoratida foydalaniladigan usullar to‘g‘risidagi umumiy qoidalar (davomi)

Soliq to‘lovchining nazorat qilinadigan bitimi narxining bozor narxlariga muvofiqligini aniqlash maqsadida taqqoslanadigan bozor narxlari usulini qo‘llash uchun ushbu soliq to‘lovchining mustaqil shaxslar bilan tuzgan bitimlaridan, basharti bunday bitimlar taqqoslansa, taqqoslanadigan bitimlar sifatida foydalanilishi mumkin.

Aynan o‘xshash (bir turdagi) tovarlar (xizmatlar) bilan taqqoslanadigan bitimlarda narxlar to‘g‘risidagi hamma foydalanishi mumkin bo‘lgan axborot mavjud bo‘lmagan taqdirda transfert narxni belgilashda soliqlarni hisoblab chiqarish va to‘lashning to‘liqligini aniqlash maqsadida ushbu moddaning birinchi qismi 2 — 5-bandlarida ko‘rsatilgan usullarning biridan foydalaniladi.

Agar ushbu bobda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, nazorat qilinadigan bitimning haqiqiy holatlari va shartlarini inobatga olgan holda bitim narxining bozor narxlariga muvofiqligi yoki nomuvofiqligi haqida ko‘proq asoslangan xulosa qilishga imkon beradigan usuldan foydalaniladi.

Ushbu moddaning birinchi qismi 2 — 5-bandlarida ko‘rsatilgan usullardan soliq solish maqsadi uchun nazorat qilinadigan bir turdagi bitimlar guruhi bo‘yicha daromadlarni aniqlashda ham foydalanilishi mumkin.

Aynan o‘xshash (bir turdagi) tovarlar (xizmatlar) predmeti bo‘lgan va taqqoslanadigan tijorat va (yoki) moliyaviy shartlarda amalga oshirilgan bitimlar ushbu bo‘limning maqsadi uchun bir turdagi bitimlar deb e’tirof etiladi.

186-modda. Transfert narxni belgilashda soliq nazoratida foydalaniladigan usullar to‘g‘risidagi umumiy qoidalar (davomi)

Nazorat qilinadigan bitimlarda soliq solish maqsadida daromadlarni (foydani, tushumni) aniqlash chog‘ida foydalaniladigan usulni tanlashda dastlabki ma’lumotlarning to‘liqligi va to‘g‘riligi, shuningdek taqqoslanadigan bitimlarni nazorat qilinadigan bitim bilan taqqoslashni ta’minlash maqsadida amalga oshiriladigan tuzatishlarning asoslanganligi inobatga olinishi kerak.

Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan usullarni qo‘llash maqsadida aniq bitimlar to‘g‘risidagi axborotdan tashqari bozor narxlarining shakllangan darajasi va (yoki) birja kotirovkalari haqidagi hamma foydalanishi mumkin bo‘lgan, shuningdek axborot-narx agentliklarining tegishli tovarlar (xizmatlar) bozorlaridagi aynan o‘xshash (bir turdagi) tovarlarga (xizmatlarga) oid narxlar (narxlar oraliqlari) haqidagi ma’lumotlaridan foydalanish mumkin.

Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan usullarni qo‘llash maqsadida bozor narxlari to‘g‘risidagi hamma foydalanishi mumkin bo‘lgan axborot manbalaridan foydalanishga, basharti ushbu axborot manbalarida ma’lumotlari mavjud bo‘lgan bitimlarning nazorat qiladigan bitim bilan taqqoslanishi ta’minlansa, yo‘l qo‘yiladi.

Ushbu moddaning birinchi qismi 2 va 3-bandlarida ko‘rsatilgan usullarni qo‘llash uchun xarajatlarni hisobga olish tartibida ushbu usullarga muvofiq hisob-kitob qilinadigan ko‘rsatkichlarga va rentabellik oralig‘iga ta’siri sezilarli bo‘lmasligini ta’minlaydigan rentabellik oralig‘i hisob-kitob qilinadigan moliyaviy hisobotlarning ma’lumotlari taqqoslanadigan tarzga keltirilishi kerak.

186-modda. Transfert narxni belgilashda soliq nazoratida foydalaniladigan usullar to‘g‘risidagi umumiy qoidalar (davomi)

Agar rentabellik oralig‘ini hisob-kitob qilish va nazorat qilinadigan bitimlarda soliq solish maqsadida daromadlarni (foydani, tushumni) aniqlash uchun moliyaviy hisobotlar ma’lumotlarining taqqoslanishini ta’minlash mumkin bo‘lmasa, ushbu moddaning birinchi qismi 4 va 5-bandlarida ko‘rsatilgan usullardan foydalaniladi.

Ushbu moddaning birinchi qismi 4 va 5-bandlarida ko‘rsatilgan usullar bozor narxlari ko‘rsatkichlarini bevosita hisob-kitob qilmagan holda qo‘llanilishi mumkin. Ko‘rsatilgan usullardan foydalanilganda O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi nazorat qilinadigan bitimning moliyaviy ko‘rsatkichlarini (natijalarini) taqqoslanadigan bitimlar bo‘yicha rentabellik oralig‘i bilan taqqoslaydi va uning asosida, agar ushbu bitim taraflari mustaqil shaxslar bo‘lsa, olinishi mumkin bo‘lgan daromad summasining hisob-kitobini amalga oshiradi.

Xuddi shunday tartibda nazorat qilinadigan bir turdagi bitimlar guruhining moliyaviy ko‘rsatkichlari (natijalari) taqqoslanadigan bitimlar bo‘yicha rentabellik oralig‘i asosida hisob-kitob qilingan moliyaviy ko‘rsatkichlar bilan taqqoslanadi va daromadlarning summalariga hisob-kitob qilish amalga oshiriladi.

Sud bitim narxining bozor narxlariga muvofiqligini belgilash uchun ahamiyatga ega bo‘lgan boshqa holatlarni ushbu bo‘limda nazarda tutilgan cheklovlarsiz inobatga olishi mumkin.

Soliq to‘lovchilar bitimlarni tuzishda ushbu Kodeksda nazarda tutilmagan maqsadlarda narxni belgilash sohasidagi o‘z siyosatini asoslash uchun ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan usullarga amal qilishi shart emas.

187-modda. Moliyaviy ko‘rsatkichlar va rentabellik oralig‘i

Nazorat qilinadigan bitimlarda soliq solish maqsadida daromadlarni ushbu Kodeksning 189 — 192-moddalarida nazarda tutilgan tartibda aniqlashda quyidagi rentabellik ko‘rsatkichlaridan foydalanish mumkin:

187-modda. Moliyaviy ko‘rsatkichlar va rentabellik oralig‘i (davomi)

Aktivlarning joriy bozor qiymati to‘g‘risidagi axborot mavjud bo‘lmaganda aktivlar rentabelligi moliyaviy hisobotning ma’lumotlari asosida aniqlanishi mumkin.

Rentabellik va boshqa moliyaviy ko‘rsatkichlar ushbu bobning maqsadida O‘zbekiston Respublikasi yuridik shaxslari uchun O‘zbekiston Respublikasining buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonunchiligiga muvofiq tuzilgan moliyaviy hisobot ma’lumotlari asosida aniqlanadi. Chet el yuridik shaxslari uchun mazkur moliyaviy ko‘rsatkichlar chet davlatlarning qonunchiligiga muvofiq tuzilgan moliyaviy hisobot ma’lumotlari asosida aniqlanadi. Bunda O‘zbekiston Respublikasining buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonunchiligiga muvofiq tuziladigan moliyaviy hisobot ma’lumotlari bilan taqqoslashni ta’minlash maqsadida bunday ma’lumotlarga tuzatishlar kiritiladi.

Rentabellik oralig‘ini aniqlash chog‘ida, agar bitimlar nazorat qilinadigan bo‘lmasa, taqqoslanadigan kamida to‘rtta bitim, shu jumladan soliq to‘lovchi tomonidan amalga oshirilgan bitimlar natijalari bo‘yicha yoxud taqqoslanadigan kamida to‘rtta yuridik shaxsning moliyaviy hisoboti ma’lumotlari asosida aniqlanadigan rentabellik ko‘rsatkichlaridan foydalaniladi. Mazkur yuridik shaxslarni tanlash nazorat qilinadigan bitimga nisbatan taqqoslanadigan iqtisodiy shartlarda (tijorat shartlarida) o‘zining tarmoq xususiyatini va amalga oshiriladigan faoliyat turlarini inobatga olgan holda amalga oshiriladi.

187-modda. Moliyaviy ko‘rsatkichlar va rentabellik oralig‘i (davomi)

Nazorat qilinadigan bitim tarafi mansub bo‘lgan tarmoqda, ushbu tarafga nisbatan mustaqil yuridik shaxslar mavjud bo‘lmaganda funksional tahlil uchun yuridik shaxslarni tanlash ushbu yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan vazifalarning taqqoslanishini, ular tomonidan qabul qilinadigan tavakkalchiliklarni va foydalaniladigan aktivlarni inobatga olgan holda amalga oshiriladi.

Taqqoslanadigan to‘rtta va undan ortiq bitim to‘g‘risidagi axborot mavjud bo‘lmaganda yoxud taqqoslanadigan to‘rtta va undan ortiq yuridik shaxsning moliyaviy hisoboti mavjud bo‘lmaganda, rentabellik oralig‘ini aniqlash maqsadida kam sondagi taqqoslanadigan bitimlar (kam sondagi yuridik shaxslarning moliyaviy hisoboti) to‘g‘risidagi axborotdan foydalanish mumkin.

Ushbu Kodeksning 186-moddasi birinchi qismi 2 — 4-bandlarida ko‘rsatilgan usullarni qo‘llash maqsadida rentabellik oralig‘i quyidagi tartibda aniqlanadi.

Dastlab rentabellik oralig‘ini aniqlash uchun foydalaniladigan rentabellik jami ko‘rsatkichlari ushbu oraliqni aniqlash uchun foydalaniladigan tanlamani hosil qilgan holda, o‘sib borish tarzida tartibga keltiriladi. Bunda rentabellikning har bir ko‘rsatkichiga, eng kamidan boshlab o‘z tartib raqami beriladi. Agar tanlanma rentabellikning ikki va undan ortiq bir xil ko‘rsatkichini o‘z ichiga olsa, unga barcha shunday ko‘rsatkichlar kiritiladi.

Rentabellik oralig‘ini aniqlashda nazorat qilinadigan bitim rentabelligi hisobga olinmaydi. So‘ngra to‘plamda rentabellik ko‘rsatkichlarining soni to‘rtga qoldiqsiz bo‘linishiga qarab, rentabellik oralig‘i quyidagi ikki usuldan biri bilan aniqlanadi:

187-modda. Moliyaviy ko‘rsatkichlar va rentabellik oralig‘i (davomi)

Taqqoslanadigan iqtisodiy shartlarda (tijorat shartlarida) amalga oshiriladigan faoliyat natijalari bo‘yicha rentabellikni hisob-kitob qilish yuridik shaxs moliyaviy hisobotining ma’lumotlari asosida quyidagi shartlarga bir vaqtda rioya qilinganida amalga oshirilishi mumkin:

187-modda. Moliyaviy ko‘rsatkichlar va rentabellik oralig‘i (davomi)

Agar ma’lumotlaridan rentabellik oralig‘ini hisob-kitob qilish uchun foydalaniladigan yuridik shaxslarning konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisoboti ma’lumotlaridan foydalanish imkoniyati bo‘lsa, ushbu moddaning sakkizinchi qismi 4-bandida nazarda tutilgan mezonlar qo‘llanilmaydi.

Agar ushbu moddaning o‘ninchi va o‘n birinchi qismlarida belgilangan cheklovlarga ko‘ra funksional tahlil uchun to‘rttadan kam yuridik shaxs qolsa, ushbu moddaning sakkizinchi qismi 4-bandida ko‘rsatilgan ishtirok etish ulushi mezonlari 25 foizdan 50 foizga qadar oshirilishi mumkin.

187-modda. Moliyaviy ko‘rsatkichlar va rentabellik oralig‘i (davomi)

Rentabellik oralig‘ini hisob-kitob qilish uchun nazorat qilinadigan bitim tuzilgan paytdagi yoxud vaqt bo‘yicha unga yaqin bo‘lgan, ammo bitim tuzilgan kalendar yilning 31-dekabridan kechikmagan paytdagi mavjud axborotdan foydalaniladi.

Ushbu moddaning o‘n birinchi qismida ko‘rsatilgan mazkur axborot o‘rniga nazorat qilinadigan bitim tuzilgan kalendar yildan bevosita oldingi uch kalendar yildagi (yoxud ushbu bitimda narxlar belgilangan kalendar yildagi) moliyaviy hisobot ma’lumotlaridan foydalanish mumkin. Mazkur axborot jumlasiga soliq to‘lovchining mustaqil shaxslar bilan o‘zi amalga oshirgan bitimlar to‘g‘risidagi axboroti ham kiradi.

Rentabellik oralig‘ini aniqlashda taqqoslanishni ta’minlash maqsadida rentabellik ko‘rsatkichlari taqqoslanadigan yuridik shaxslarning moliyaviy hisobotlaridagi ma’lumotlarga asoslangan holda mavjud farqlarga tuzatish kiritish maqsadida o‘zgarishi mumkin. Bunday tuzatishlar, xususan, debitorlik va kreditorlik qarzi ko‘rsatkichlarida, soliq to‘lovchining va moliyaviy hisobot ma’lumotlaridan rentabellik oralig‘ini aniqlash uchun foydalaniladigan yuridik shaxslarning moliyaviy hisoboti ma’lumotlari bo‘yicha tovar-moddiy zaxiralarning ko‘rsatkichlarida amalga oshiriladi.

188-modda. Taqqoslanadigan bozor narxlari usuli

Taqqoslanadigan bozor narxlari usuli nazorat qilinadigan bitimdagi tovarlar (xizmatlar) narxlarining bozor narxlariga muvofiqligini nazorat qilinadigan bitim narxini ushbu moddaning ikkinchi — yettinchi qismlarida nazarda tutilgan tartibda aniqlangan bozor narxlari oralig‘i bilan taqqoslash asosida aniqlashni nazarda tutadi.

Agar nazorat qilinadigan bitimga nisbatan aynan o‘xshash (bir turdagi) tovarlar (xizmatlar) bilan tuzilgan faqat bitta taqqoslanadigan bitim haqidagi axborot mavjud bo‘lsa, taqqoslanadigan bitimning narxi, basharti ushbu nazorat qilinadigan hamda taqqoslanadigan bitimlarning tijoratga oid va (yoki) moliyaviy shartlari to‘liq taqqoslansa, bir vaqtning o‘zida bozor narxlari oralig‘ining eng kam va eng ko‘p ko‘rsatkichlari deb e’tirof etilishi mumkin. Mazkur qoida nazorat qilinadigan va taqqoslanadigan bitimlarning tijoratga oid va (yoki) moliyaviy shartlari to‘liq taqqoslanishini tegishli tuzatishlar bilan ta’minlash mumkin bo‘lgan taqdirda ham qo‘llanilishi mumkin. Agar taqqoslanadigan bitimdagi tovarlarni (xizmatlarni) sotuvchi ushbu tovarlar (xizmatlar) bozorida ustun mavqeni egallagan bo‘lsa, ushbu qismda nazarda tutilgan qoidalar qo‘llanilmaydi.

Bir xil (bir turdagi) tovarlar (xizmatlar) predmeti bo‘lgan bir nechta taqqoslanadigan bitim (shu jumladan soliq to‘lovchining mustaqil shaxslar bilan bitimlari) to‘g‘risida axborot mavjud bo‘lganda, bozor narxlari oralig‘i quyidagi tartibda aniqlanadi. Dastlab taqqoslanadigan bitimlarda qo‘llanilgan, bozor narxlari oralig‘ini aniqlash uchun foydalaniladigan narxlar majmui ushbu oraliqni aniqlash uchun foydalaniladigan tanlamani hosil qilgan holda o‘sib borish tarzida tartibga solinadi. Bunda narxning har bir ko‘rsatkichiga, eng kam miqdoridan boshlab o‘z tartib raqami beriladi. Agar tanlama narxning ikki va undan ortiq bir xil qiymatini o‘z ichiga olgan bo‘lsa, unga barcha shunday ko‘rsatkichlar kiritiladi. Bozor narxlari oralig‘ini aniqlashda nazorat qilinadigan bitimning narxi hisobga olinmaydi. Soliq to‘lovchi tomonidan mustaqil shaxslar bilan amalga oshirilgan taqqoslanadigan bitimlar soni yetarli bo‘lganda, boshqa bitimlar bo‘yicha axborot hisobga olinmasligi mumkin. So‘ngra olingan tanlama asosida rentabellik oralig‘ini aniqlash uchun ushbu Kodeksning 187-moddasi to‘qqizinchi qismida nazarda tutilgan tartibda bozor narxlarining oralig‘i topiladi.

188-modda. Taqqoslanadigan bozor narxlari usuli (davomi)

Bozor narxlari oralig‘i tahlil qilingan davr mobaynida qo‘llanilgan narxlar haqidagi mavjud axborot yoki nazorat qilinadigan bitim amalga oshirilishiga qadar bo‘lgan eng yaqin sanadagi axborot asosida aniqlanadi.

Birja kotirovkalari to‘g‘risida e’lon qilingan yoki so‘rov bo‘yicha olingan axborotdan foydalanilganda bozor narxlarining oralig‘i tegishli birjada ro‘yxatdan o‘tkazilgan aynan o‘xshash (bir turdagi) tovarlar bilan amalga oshirilgan bitimlarning narxlari asosida aniqlanadi. Bunday holda bitimlarning ular amalga oshirilgan sanada qayd etilgan eng kam va eng ko‘p narxi o‘rtasidagi oraliq bozor narxlari oralig‘i deb e’tirof etiladi.

Bozor narxlari oralig‘i birja kotirovkalari asosida aniqlanganda bitimlarning iqtisodiy (tijorat) shartlaridagi farqlarni hisobga olishga, chunonchi, quyidagi iqtisodiy (tijorat) shartlar asosida farqlarni hisobga oladigan tuzatishlar vositasida yo‘l qo‘yiladi:

Axborot-narx agentliklarining aynan o‘xshash (bir turdagi) tovarlarning (xizmatlarning) narxlari to‘g‘risidagi ma’lumotlardan foydalanilganda eng kam va eng ko‘p ko‘rsatkichlar bunday tovarlarning (xizmatlarning) e’lon qilingan narxlarining eng kam va eng ko‘p ko‘rsatkichlariga muvofiq bo‘lgan oraliq ushbu Kodeksning 186-moddasi o‘n ikkinchi va o‘n uchinchi qismlariga muvofiq bozor narxlarining oralig‘i deb e’tirof etilishi mumkin. Bunda faqat nazorat qilinadigan bitim taalluqli bo‘lgan vaqt davrida taqqoslanadigan shartlar asosida tuzilgan bitimlar bo‘yicha ma’lumotlar inobatga olinadi.

188-modda. Taqqoslanadigan bozor narxlari usuli (davomi)

Agar nazorat qilinadigan bitimning narxi ushbu modda qoidalariga muvofiq aniqlangan bozor narxlari oralig‘i chegarasida bo‘lsa, soliq solish maqsadlarida ushbu narx bozor narxlariga muvofiq bo‘lgan narx deb e’tirof etiladi.

Agar nazorat qilinadigan bitimning narxi bozor narxlari oralig‘ining eng kam miqdoridan kam bo‘lsa yoki uning eng ko‘p miqdoridan ko‘p bo‘lsa, ushbu narx bozor narxlariga muvofiq bo‘lmagan narx deb e’tirof etiladi. Mazkur nomuvofiqlik mavjud bo‘lgan taqdirda, soliq solish maqsadida bozor narxlari oralig‘ining o‘rtacha qiymatiga teng bo‘lgan narx qabul qilinadi.

Soliq solish maqsadida bozor narxlari oralig‘ining o‘rtacha qiymatini ushbu moddaning to‘qqizinchi qismiga muvofiq qo‘llash, basharti bu budjet tizimiga to‘lanishi lozim bo‘lgan soliq summasini kamaytirmasa yoki soliq to‘lovchi zararining summasi oshishiga olib kelmasa, amalga oshiriladi.

189-modda. Keyingi realizatsiya qilish narxi usuli

Keyingi realizatsiya qilish narxi usuli nazorat qilinadigan bitim narxining ushbu nazorat qilinadigan bitimda (bir turdagi bitimlar guruhida) olingan tovarni keyingi realizatsiya qilishda (qayta sotishda) nazorat qilinadigan bitim tarafi tomonidan olingan yalpi rentabellikni taqqoslash asosida bozor narxlariga muvofiqligini aniqlashni nazarda tutadi. Ushbu usuldan foydalanilganda yalpi rentabellikning bozor oralig‘i ushbu Kodeksning 187-moddasida nazarda tutilgan tartibda aniqlanadi.

Keyingi realizatsiya qilish narxi usulidan foydalanish narxlarning bozor narxlariga muvofiqligini aniqlash uchun boshqa usullarga nisbatan ustuvor bo‘lib, unga ko‘ra tovar nazorat qilinadigan bitim doirasida olinadi va taraflari mustaqil shaxslar bo‘lgan bitim doirasida qayta ishlanmagan holda qayta sotiladi. Agar qayta sotishni amalga oshirayotgan shaxs uning yalpi rentabelligi darajasiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadigan nomoddiy aktivlar obyektlariga egalik qilmasa, mazkur usuldan foydalaniladi.

Agar tovar qayta sotilganda quyidagi operatsiyalar amalga oshirilsa ham keyingi realizatsiya qilish narxi usulidan foydalanish mumkin:

189-modda. Keyingi realizatsiya qilish narxi usuli (davomi)

Agar tovarni mustaqil shaxslarga keyingi realizatsiya qilish taqqoslanadigan tijorat shartlarida va (yoki) moliyaviy shartlarda turli narxlarda amalga oshirilsa, rentabellik oralig‘ini aniqlashda tovarni keyingi realizatsiya qilish narxi sifatida barcha shunday bitimlar bo‘yicha ushbu tovarning o‘rtacha narxidan foydalaniladi.

Agar qayta sotishni amalga oshirayotgan shaxsda yalpi rentabellik ushbu Kodeksning 187-moddasida nazarda tutilgan tartibda aniqlangan rentabellik oralig‘i chegarasida bo‘lsa, soliq solish maqsadida nazorat qilinadigan bitimda tovar sotib olingan narx bozor narxlariga muvofiq deb e’tirof etiladi.

Agar qayta sotishni amalga oshirayotgan shaxsda yalpi rentabellik ushbu Kodeksning 187-moddasida nazarda tutilgan tartibda aniqlangan rentabellik oralig‘ining eng kam miqdoridan kam bo‘lsa yoki uning eng yuqori miqdoridan ko‘p bo‘lsa, soliq solish maqsadida nazorat qilinadigan bitim narxi tovarni keyingi realizatsiya qilishning amaldagi narxidan va rentabellik oralig‘ining o‘rtacha qiymatiga muvofiq keladigan yalpi rentabellikdan kelib chiqqan holda aniqlanadi.

Keyingi realizatsiya qilish narxi usuli qo‘llanilganida axborot-narx agentliklarining aynan o‘xshash (bir turdagi) tovarlarning (xizmatlarning) narxlari (narxlar oralig‘i) to‘g‘risidagi ma’lumotlaridan va bunday tovarlarga (xizmatlarga) bozor narxlari oralig‘i narxlaridan ushbu Kodeks 188-moddasining yettinchi qismida nazarda tutilgan tartibda foydalanishga yo‘l qo‘yiladi.

189-modda. Keyingi realizatsiya qilish narxi usuli (davomi)

Soliq solish maqsadida rentabellik oralig‘ining o‘rtacha qiymatini ushbu moddaning yettinchi qismiga muvofiq qo‘llash, basharti bu budjet tizimiga to‘lanishi lozim bo‘lgan soliq summasini kamaytirmasa yoki soliq to‘lovchining zarari summasi oshishiga olib kelmasa, amalga oshiriladi.

190-modda. Xarajat usuli

Xarajat usuli nazorat qilinadigan bitim narxining bozor narxlariga muvofiqligini aniqlashni nazarda tutadi va mazkur usul nazorat qilinadigan bitim (nazorat qilinadigan bir turdagi bitimlar guruhi) tarafi bo‘lgan shaxs xarajatlarining yalpi rentabelligini taqqoslanadigan bitimlardagi xarajatlar yalpi rentabelligining ushbu Kodeksning 187-moddasida nazarda tutilgan tartibda aniqlangan bozor oralig‘i bilan taqqoslashga asoslanadi.

Xarajat usuli, chunonchi, quyidagi hollarda qo‘llanilishi mumkin:

Agar nazorat qilinadigan bitim tarafi bo‘lgan sotuvchida ushbu bitim bo‘yicha xarajatlarning yalpi rentabelligi ushbu Kodeksning 187-moddasida nazarda tutilgan tartibda aniqlangan rentabellik oralig‘i doirasida bo‘lsa, nazorat qilinadigan bitimning narxi soliqqa tortish maqsadidagi bozor narxlariga muvofiq deb e’tirof etiladi.

190-modda. Xarajat usuli (davomi)

Agar nazorat qilinadigan bitim tarafi bo‘lgan sotuvchida xarajatlarning yalpi rentabelligi rentabellik oralig‘ining eng kam miqdoridan kam yoki uning eng ko‘p miqdoridan ko‘p bo‘lsa, nazorat qilinadigan bitimning narxi soliq solish maqsadida realizatsiya qilingan tovarlarning (xizmatlarning) amaldagi tannarxidan va rentabellik oralig‘ining o‘rtacha qiymatiga muvofiq keladigan xarajatlarning yalpi rentabelligidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.

Xarajat usuli qo‘llanilganda axborot-narx agentliklarining aynan o‘xshash (bir turdagi) tovarlar (xizmatlar) narxlari to‘g‘risidagi ma’lumotlaridan foydalanishga hamda ushbu Kodeks 188-moddasining yettinchi qismida nazarda tutilgan tartibda aynan o‘xshash (bir turdagi) tovarlarning (xizmatlarning) bozor narxlari oralig‘ini aniqlashga yo‘l qo‘yiladi.

Ushbu moddaning to‘rtinchi qismiga muvofiq soliq solish maqsadida rentabellik oralig‘ining o‘rtacha qiymatini qo‘llash, basharti bu budjet tizimiga to‘lanishi lozim bo‘lgan soliq summasining kamayishiga yoki soliq to‘lovchining zarari summasi oshishiga olib kelmasa, amalga oshiriladi.

191-modda. Taqqoslanadigan rentabellik usuli

Taqqoslanadigan rentabellik usuli nazorat qilinadigan bitim tarafi bo‘lgan shaxsda yuzaga kelgan operatsion rentabellikni taqqoslanadigan bitimlardagi operatsion rentabellikning ushbu Kodeksning 187-moddasida nazarda tutilgan tartibda aniqlangan bozor oralig‘i bilan taqqoslashni nazarda tutadi.

Taqqoslanadigan rentabellik usulidan, xususan, axborot mavjud bo‘lmaganda yoki yetarli bo‘lmaganda foydalanish mumkin bo‘lib, mazkur axborotga asoslangan holda taqqoslanadigan bitimlarning tijorat va (yoki) moliyaviy shartlarining zarur bo‘lgan taqqoslash darajasi mavjudligi haqida asoslangan xulosa chiqarish hamda ushbu Kodeks 186-moddasi birinchi qismining 2 va 3-bandlarida ko‘rsatilgan usullardan foydalanish mumkin bo‘ladi.

Ushbu moddaning maqsadi uchun ushbu Kodeks 187-moddasining birinchi va ikkinchi qismlariga muvofiq aniqlanadigan operatsion rentabellikning quyidagi ko‘rsatkichlaridan foydalanish mumkin:

Rentabellikning aniq ko‘rsatkichini tanlashda nazorat qilinadigan bitim tarafining faoliyat turi, ushbu taraf tomonidan amalga oshiriladigan vazifalar, foydalaniladigan aktivlar va qabul qilinayotgan iqtisodiy (tijorat) tavakkalchiliklari, tegishli rentabellikni hisob-kitob qilish uchun foydalaniladigan ma’lumotlarning to‘liqligi, to‘g‘riligi va ularni taqqoslash mumkinligi, shuningdek bunday ko‘rsatkichning iqtisodiy asoslanganligi hisobga olinadi.

191-modda. Taqqoslanadigan rentabellik usuli (davomi)

Ushbu moddani qo‘llash maqsadi uchun rentabellik ko‘rsatkichlaridan quyidagi xususiyatlar hisobga olingan holda foydalaniladi:

Taqqoslanadigan rentabellik usulidan foydalanilganda rentabellikning bozor oralig‘i bilan nazorat qilinadigan bitimning quyidagi talablarga javob beradigan tarafining rentabelligi taqqoslanadi:

191-modda. Taqqoslanadigan rentabellik usuli (davomi)

Agar nazorat qilinadigan bitimning tarafi ushbu modda oltinchi qismining 1 — 3-bandlarida nazarda tutilgan talablarga javob bermasa, rentabellikning bozor oralig‘i bilan taqqoslash uchun nazorat qilinadigan bitimning mazkur talablarga eng ko‘p darajada javob beradigan tarafi tanlanadi.

Agar nazorat qilinadigan bitim bo‘yicha rentabellik ushbu Kodeksning 187-moddasida nazarda tutilgan tartibda aniqlangan rentabellik oralig‘i doirasida bo‘lsa, soliq solish maqsadlarida nazorat qilinadigan bitimning narxi bozor narxlariga muvofiq deb e’tirof etiladi.

Agar nazorat qilinadigan bitim bo‘yicha rentabellik rentabellik oralig‘ining eng kam miqdoridan kam bo‘lsa yoki uning eng ko‘p miqdoridan ko‘p bo‘lsa, soliq solish maqsadlarida rentabellik oralig‘ining o‘rtacha qiymati inobatga olinadi.

Rentabellik oralig‘ining o‘rtacha qiymatiga asosan soliq solish maqsadida nazorat qilinadigan bitimga doir foydaga (daromadga, tushumga) tuzatishlar amalga oshiriladi.

191-modda. Taqqoslanadigan rentabellik usuli (davomi)

Soliq solish maqsadida ushbu moddaning to‘qqizinchi va o‘ninchi qismlariga muvofiq foydaga (daromadga, tushumga) tuzatishlarni qo‘llash, basharti bu budjet tizimiga to‘lanishi lozim bo‘lgan soliq summasining kamayishiga yoki soliq to‘lovchining zarari summasi oshishiga olib kelmasa, amalga oshiriladi.

192-modda. Foydani taqsimlash usuli

Foydani taqsimlash usuli nazorat qilinadigan bitimning taraflari o‘rtasida ushbu bitimning barcha taraflari tomonidan olingan jami foydaning amalda taqsimlanishini foydani taqqoslanadigan bitimlar taraflari o‘rtasida taqsimlash bilan taqqoslashdan iboratdir.

Agar nazorat qilinadigan bitimning (nazorat qilinadigan bir turdagi bitimlar guruhining) taraflari bir vaqtning o‘zida ular bilan o‘zaro bog‘liq bo‘lgan shaxslar ishtirokidagi bir turdagi bitimlarning taraflari bo‘lsa, ushbu bir turdagi bitimlarning natijalari nazorat qilinadigan bitim natijalari bilan birgalikda baholanadi. Bunda soliq solish maqsadida nazorat qilinadigan bitim va mazkur bir turdagi bitimlar bo‘yicha jami foyda nazorat qilinadigan bitim bo‘yicha foydani taqsimlash tartibiga o‘xshash tartibda taqsimlanishi lozim.

Agar jami foydasi ushbu moddaning qoidalarini hisobga olgan holda taqsimlanishi lozim bo‘lgan yuridik shaxslar buxgalteriya hisobiga qo‘yiladigan turli talablar asosida buxgalteriya hisobini yuritsa, foydani taqsimlash usulini qo‘llash maqsadida bunday moliyaviy hisobot yagona hisobga olish talablariga moslashtirilishi kerak.

Foydani taqsimlash usulidan, chunonchi, quyidagi hollarda foydalanish mumkin:

192-modda. Foydani taqsimlash usuli (davomi)

Nazorat qilinadigan bitim taraflari o‘rtasida nazorat qilinadigan bitim bo‘yicha foyda (zarar) summasini taqsimlash ushbu Kodeks 176-moddasining uchinchi va to‘rtinchi qismlari qo‘llanilishini ta’minlash maqsadida amalga oshiriladi.

Foydani taqsimlash prinsiplarini tanlash nazorat qilinadigan bitimning (nazorat qilinadigan bir turdagi bitimlar guruhining) holatlariga bog‘liq bo‘ladi va nazorat qilinadigan bitim bo‘yicha foydani taqqoslanadigan tijorat va (yoki) moliyaviy shartlarda shunga o‘xshash faoliyatni amalga oshirayotgan mustaqil shaxslar o‘rtasida foydani taqsimlashga muvofiq tarzda taqsimlashga olib kelishi kerak.

Nazorat qilinadigan bitimning (nazorat qilinadigan bir turdagi bitimlar guruhining) taraflari o‘rtasida foydani taqsimlash foydani taqsimlash usuliga muvofiq holda nazorat qilinadigan bitim (nazorat qilinadigan bir turdagi bitimlar guruhi) bo‘yicha olinadigan jami foydaga nazorat qilinadigan bitim (nazorat qilinadigan bir turdagi bitimlar guruhi) taraflari qo‘shgan hissani baholash asosida quyidagi mezonlarga yoki ularning aralashmalariga muvofiq amalga oshiriladi:

192-modda. Foydani taqsimlash usuli (davomi)

Nazorat qilinadigan bitim taraflari o‘rtasida foydani taqsimlash usuli qo‘llanilganida jami foyda yoxud bunday bitim barcha taraflarining qoldiq foydasi taqsimlanadi.

Ushbu moddaning maqsadida nazorat qilinadigan bitim barcha taraflarining tahlil qilinayotgan davr uchun operatsion foydasining summasi tahlil qilinayotgan bitim barcha taraflarining jami foydasi deb e’tirof etiladi.

Ushbu moddaning maqsadida qoldiq foyda (zarar) quyidagi tartibda aniqlanadi:

dastlab ushbu Kodeks 186-moddasi birinchi qismining 1 — 4-bandlarida ko‘rsatilgan usullar asosida, nazorat qilinadigan bitimning (nazorat qilinadigan bir turdagi bitimlar guruhining) har bir tarafi uchun bozor narxlari oralig‘i asosida ushbu taraf uchun hisob-kitob qilingan foyda (zarar) aniqlanadi. Bunda bitimning har bir tarafi uchun ushbu taraf amalga oshiradigan vazifalar, u foydalanayotgan aktivlar, qabul qilinayotgan iqtisodiy va tijorat tavakkalchiliklari inobatga olinadi;

192-modda. Foydani taqsimlash usuli (davomi)

so‘ngra nazorat qilinadigan bitim bo‘yicha jami foyda (zarar) va nazorat qilinadigan bitimning barcha taraflari uchun sotishdan olinadigan jami hisoblangan foyda (zarar) summasi o‘rtasidagi ijobiy farq nazorat qilinadigan bitim bo‘yicha qoldiq foyda deb, salbiy farq esa ushbu nazorat qilinadigan bitim bo‘yicha qoldiq zarar deb e’tirof etiladi.

Foydani taqsimlash usuli qo‘llanilishi natijasida nazorat qilinadigan bitimning har bir ishtirokchisi foydasining (zararining) yakuniy miqdori soliqqa tortish maqsadidagi, hisob-kitob qilingan foydaga (zararga) va qoldiq foydaga (zararga) mos keladigan summaga teng deb qabul qilinadi.

Jami yoxud qoldiq foydani (zararni) nazorat qilinadigan bitimning taraflari o‘rtasida taqsimlash uchun quyidagi ko‘rsatkichlar hisobga olinadi:

192-modda. Foydani taqsimlash usuli (davomi)

Ushbu moddaning o‘n ikkinchi qismida ko‘rsatilgan ko‘rsatkichlar, basharti ular nazorat qilinadigan bitim bo‘yicha haqiqatda olingan foyda (zarar) miqdoriga ta’sir qilsa, e’tiborga olinadi va ularning ta’sir ko‘rsatish darajasiga ko‘ra e’tiborga olinadi.

Nazorat qilinadigan bitim (nazorat qilinadigan bir turdagi bitimlar guruhi) taraflari o‘rtasida foydani ushbu modda yettinchi qismining 3-bandida nazarda tutilgan mezon bo‘yicha taqsimlash mustaqil shaxslar o‘rtasida amalga oshirilgan taqqoslanadigan bir turdagi bitimlar bo‘yicha sotishdan olingan foyda (zarar) summasini taqsimlash haqidagi axborot mavjud bo‘lgandagina amalga oshiriladi. Nazorat qilinadigan bitim bo‘yicha foydani (zararni) taqsimlashning mazkur tartibidan foydalanishga quyidagi shartlarga bir vaqtning o‘zida rioya qilinganda yo‘l qo‘yiladi:

Agar nazorat qilinadigan bitim tarafining haqiqiy foydasi foydani taqsimlash usuli bilan hisob-kitob qilingan foydadan ko‘p yoki unga teng bo‘lsa yoxud agar ushbu taraf tomonidan ko‘rilgan zarar bunday usul bilan hisob-kitob qilingan zarardan kam yoki unga teng bo‘lsa, ushbu tarafda soliq solish maqsadida tegishincha haqiqatda olingan foyda yoxud haqiqatda ko‘rilgan zarar qabul qilinadi.

192-modda. Foydani taqsimlash usuli (davomi)

Agar nazorat qilinadigan bitim tarafining haqiqiy foydasi foydani taqsimlash usuli bilan hisob-kitob qilingan foydadan kam bo‘lsa, soliq solish maqsadida uning uchun bunday usul bilan hisob-kitob qilingan foyda qabul qilinadi.

Agar nazorat qilinadigan bitim tarafining haqiqiy zarari foydani taqsimlash usuli bilan ushbu taraf uchun hisob-kitob qilingan zarardan ko‘p bo‘lsa, soliqqa tortish maqsadida uning uchun bunday usul bilan hisob-kitob qilingan zarar qabul qilinadi.

Ushbu moddaning o‘n oltinchi va o‘n yettinchi qismlariga muvofiq soliqqa tortish maqsadida hisobga olingan foydani (zararni) soliq to‘lovchi tomonidan haqiqatda olingan foyda (zarar) bilan taqqoslash asosida, foyda solig‘i soliq to‘lovchining foydasiga (zarariga) tuzatish amalga oshiriladi.

Soliqqa tortish maqsadida foydani taqsimlash usuli bilan hisob-kitob qilingan foydani (zararni) ushbu moddaning o‘n beshinchi — o‘n sakkizinchi qismlari asosida qo‘llash, agar bu ushbu holat budjet tizimiga to‘lanishi lozim bo‘lgan soliq summasining kamayishiga yoki soliq to‘lovchining zarari summasi oshishiga olib kelmasa, amalga oshiriladi.

Bilimingizni sinang

Soliq kodeksiga ko‘ra, transfert narx belgilashda soliq nazoratida foydalaniladigan usullardan qaysi biri nazorat qilinadigan bitimlar narxlarining bozor narxlariga muvofiqligini aniqlash uchun ustuvor hisoblanadi?
  1. Taqqoslanadigan bozor narxlari usuli
  2. Taqqoslanadigan rentabellik usuli
  3. Xarajat usuli
  4. Foydani taqsimlash usuli

To‘g‘ri javob: Taqqoslanadigan bozor narxlari usuli. 186-modda: taqqoslanadigan bozor narxlari usuli ustuvor hisoblanadi.

Soliq kodeksida transfert narx nazoratida nechta usul nazarda tutilgan?
  1. Beshta
  2. To‘rtta
  3. Yettita
  4. Uchta

To‘g‘ri javob: Beshta. 186-modda: bozor narxlari, keyingi realizatsiya narxi, xarajat, taqqoslanadigan rentabellik va foydani taqsimlash usullari.

«Bulut» MChJ aloqador kompaniyaga tovar sotdi. Shu bozorda aynan shunday tovar bo‘yicha mustaqil shaxslar o‘rtasida tuzilgan bitta taqqoslanadigan bitim va u haqida yetarli axborot mavjud. Soliq qo‘mitasi qaysi usulni qo‘llaydi?
  1. Xarajat usulini
  2. Foydani taqsimlash usulini
  3. Faqat taqqoslanadigan rentabellik usulini
  4. Taqqoslanadigan bozor narxlari usulini

To‘g‘ri javob: Taqqoslanadigan bozor narxlari usulini. 186-modda: kamida bitta taqqoslanadigan bitim va yetarli axborot bo‘lsa, bozor narxlari usuli qo‘llaniladi.

Rentabellik oralig‘ini aniqlashda nazorat qilinmaydigan bitimlardan kamida nechtasi (yoki taqqoslanadigan yuridik shaxslarning moliyaviy hisoboti) ma’lumotlaridan foydalaniladi?
  1. Kamida to‘rtta
  2. Kamida ikkita
  3. Kamida uchta
  4. Kamida o‘nta

To‘g‘ri javob: Kamida to‘rtta. 187-moddaga ko‘ra taqqoslanadigan kamida to‘rtta bitim yoki to‘rtta yuridik shaxs hisoboti.

Rentabellik oralig‘ini hisoblash uchun yuridik shaxs moliyaviy hisoboti ma’lumotlari qaysi shart bilan ishlatilishi mumkin emas?
  1. Boshqa yuridik shaxsda 25 foizdan ko‘p ulushda ishtirok etmasa
  2. Sof aktivlari manfiy bo‘lmasa
  3. Yuridik shaxs bir yildan ortiq davrda sotuvlardan zararga ega bo‘lsa
  4. Yuridik shaxs taqqoslanadigan faoliyatni amalga oshirsa

To‘g‘ri javob: Yuridik shaxs bir yildan ortiq davrda sotuvlardan zararga ega bo‘lsa. 187-modda: bir yildan ortiq sotuvdan zarar bo‘lmasligi talab etiladi.

«Delta» MChJ boshqa kompaniyaning 30 foiz ulushiga ega. Aloqador bitim bo‘yicha rentabellik oralig‘ini hisoblashda «Delta» ning hisobotidan foydalanish mumkinmi, agar boshqa taqqoslanadigan kompaniyalar yetarli bo‘lsa?
  1. Ha, ulush miqdoridan qat’i nazar, chunki ishtirok ulushi bo‘yicha cheklov nazarda tutilmagan
  2. Ha, chunki ulush 25 foizdan ortiq bo‘lsa, kompaniya hisoboti majburiy hisobga olinadi
  3. Yo‘q, chunki 25 foizdan ortiq ulush bilan ishtirok etish mezoniga javob bermaydi
  4. Ha, chunki ulush 50 foizdan kam bo‘lsa, hisobotdan foydalanish taqiqlanmaydi

To‘g‘ri javob: Yo‘q, chunki 25 foizdan ortiq ulush bilan ishtirok etish mezoniga javob bermaydi. 187-modda: 25 foizdan ortiq ulush bilan ishtirok etmasligi shart.

Agar cheklovlar tufayli funksional tahlil uchun to‘rttadan kam yuridik shaxs qolsa, ishtirok etish ulushi mezoni 25 foizdan qanchagacha oshirilishi mumkin?
  1. 100 foizgacha
  2. 75 foizgacha
  3. 30 foizgacha
  4. 50 foizgacha

To‘g‘ri javob: 50 foizgacha. 187-modda: 25 foizdan 50 foizga qadar oshirilishi mumkin.

Bozor narxlari oralig‘i usulida nazorat qilinadigan bitim narxi oraliqning eng kam miqdoridan past yoki eng ko‘p miqdoridan yuqori bo‘lsa, soliq solish maqsadida qanday narx qabul qilinadi?
  1. Bozor narxlari oralig‘ining eng yuqori qiymatiga teng narx
  2. Bozor narxlari oralig‘ining o‘rtacha qiymatiga teng narx
  3. Bozor narxlari oralig‘ining eng quyi qiymatiga teng narx
  4. Haqiqiy bitim narxi, uni o‘zgartirmasdan va tuzatishsiz

To‘g‘ri javob: Bozor narxlari oralig‘ining o‘rtacha qiymatiga teng narx. 188-modda: nomuvofiqlikda oraliqning o‘rtacha qiymatiga teng narx qabul qilinadi.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiBitimlarning taqqoslanadigan shartlariKeyingi →Transfert narxni belgilashda soliq nazorati