Soliq to‘lovchilar, soliq solish obyekti va soliq bazasi
Maxsus Qism
283-modda. Soliq to‘lovchilar
Aksiz solig‘ini to‘lovchilar (bundan buyon ushbu bo‘limda soliq to‘lovchilar deb yuritiladi) deb quyidagi shaxslar e’tirof etiladi:
- 1) O‘zbekiston Respublikasi hududida aksiz solig‘i solinadigan tovarlarni (aksiz to‘lanadigan tovarlarni) ishlab chiqaruvchilar;
- 2) tabiiy gazni iste’molchilarga realizatsiya qilishni amalga oshiruvchilar;
- 3) benzin, dizel yoqilg‘isini yakuniy iste’molchilarga realizatsiya qilishni, shu jumladan avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalari orqali, shuningdek gazni gaz to‘ldirish stansiyalari va gaz to‘ldirish punktlari orqali realizatsiya qilishni amalga oshiruvchilar. Ushbu bo‘limni qo‘llash maqsadida yakuniy iste’molchilar deganda o‘z ehtiyojlari uchun benzin, dizel yoqilg‘isi hamda gaz oluvchi yuridik va jismoniy shaxslar tushuniladi;
- 4) oddiy shirkat ishtirokchisi bo‘lgan, oddiy shirkat shartnomasi doirasida amalga oshiriladigan aksiz to‘lanadigan tovarni ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyat bo‘yicha oddiy shirkat ishlarini yuritish vazifasi zimmasiga yuklatilgan ishonchli shaxs;
- 5) O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududi orqali aksiz to‘lanadigan tovarlarni olib o‘tuvchilar. Bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq mazkur shaxslar soliq to‘lovchilar deb e’tirof etiladi.
O‘zbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshiradigan, aksiz solig‘i solinadigan tovarlarni ishlab chiqaruvchi yoki shunday tovarlarni olib kirishni amalga oshiruvchi chet el yuridik shaxslari ham soliq to‘lovchilar deb e’tirof etiladi.
284-modda. Soliq solish obyekti
Aksiz solig‘i (bundan buyon ushbu bo‘limda soliq deb yuritiladi) solinadigan obyektlar quyidagilardan iborat:
- 1) aksiz to‘lanadigan tovarlarni realizatsiya qilish, shu jumladan aksiz to‘lanadigan tovarlarni boshqa tovarlarga (xizmatlarga) ayirboshlash uchun berish:
tovarga bo‘lgan mulk huquqini berish;
garov bilan ta’minlangan majburiyat bajarilmagan taqdirda, garovga qo‘yilgan aksiz to‘lanadigan tovarlarni garovga qo‘yuvchi tomonidan berish;
aksiz to‘lanadigan tovarlarni bepul berish;
aksiz to‘lanadigan tovarlarni (xizmatlarni) jismoniy shaxslarning mehnatiga haq to‘lash yoki dividendlar to‘lash hisobidan berish;
- 2) aksiz to‘lanadigan tovarlarni yuridik shaxsning ustav fondiga (ustav kapitaliga) hissa sifatida yoxud oddiy shirkat shartnomasi (birgalikdagi faoliyat to‘g‘risidagi shartnoma) bo‘yicha sherikning (ishtirokchining) hissasi sifatida berish;
- 3) aksiz to‘lanadigan tovarlarni:
- a) ishtirokchiga (muassisga) u yuridik shaxs tarkibidan chiqqan (chiqib ketgan) taqdirda yoxud yuridik shaxsda ishtirok etish ulushi kamayganda yoki yuridik shaxs tomonidan ishtirokchidan ushbu yuridik shaxsda ishtirok etish ulushi (ulushning bir qismi) qaytarib sotib olinganda ishtirokchiga berish;
- b) yuridik shaxs bo‘lgan emitent tomonidan aksiyadordan ushbu emitent chiqargan aksiyalar qaytarib sotib olingan taqdirda aksiyadorga berish;
- v) yuridik shaxsni tugatishda aksiyadorga yoki ishtirokchiga berish;
- 4) aksiz to‘lanadigan tovarlarni qaytarish sharti bilan qayta ishlash uchun topshirish, shuningdek qaytarish sharti bilan berilgan xom ashyo va materiallarni qayta ishlash mahsuli bo‘lgan, shuningdek aksiz to‘lanadigan shunday xom ashyo va materiallarning mahsuli bo‘lgan, aksiz to‘lanadigan tovarlarni qaytarish sharti bilan berilgan xom ashyo va materiallarning mulkdoriga ishlab chiqaruvchi tomonidan topshirish;
284-modda. Soliq solish obyekti (davomi)
- 5) aksiz to‘lanadigan tovarlardan o‘z ehtiyojlari uchun foydalanish;
- 6) aksiz to‘lanadigan tovarlarni O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga olib kirish;
- 7) benzinni, dizel yoqilg‘isini va gazni yakuniy iste’molchilarga realizatsiya qilish yoki ulardan o‘z ehtiyojlari uchun foydalanish;
- 9) O‘zbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqarilgan va (yoki) O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga import qilinadigan aksiz to‘lanadigan tovarlarning buzilishi, yo‘qotilishi, bundan favqulodda vaziyatlar natijasida yuzaga kelgan hollar mustasno. Aybdor tomonidan tovarning qiymati sug‘urta orqali to‘langan yoki uning o‘rni qoplangan taqdirda, aksiz solig‘i sug‘urta orqali to‘lash (o‘rnini qoplash) ulushida to‘lanadi.
Quyidagilar soliq solish obyekti hisoblanmaydi:
- 1) aksiz to‘lanadigan tovarlarni eksportga (eksportning bojxona tartib-taomillarida) realizatsiya qilish;
- 2) bojxona hududida qayta ishlash bojxona tartib-taomiliga joylashtirilgan tovarlardan ishlab chiqarilgan, qayta ishlash mahsuli bo‘lgan aksiz to‘lanadigan tovarlarni keyinchalik O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududidan olib chiqib ketish sharti bilan berish;
- 3) ixtisoslashtirilgan gaz ta’minoti korxonalari orqali aholiga suyultirilgan gazni maishiy ehtiyojlar uchun realizatsiya qilish;
- 4) O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga quyidagi aksiz to‘lanadigan tovarlarni:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda insonparvarlik yordami sifatida olib kirish;
284-modda. Soliq solish obyekti (davomi)
davlatlar, hukumatlar, xalqaro tashkilotlar orqali xayriya yordami maqsadida, shu jumladan texnik ko‘mak ko‘rsatish maqsadida olib kirish;
agar ular olib kirilayotganda soliqdan ozod etilishi qonunda nazarda tutilgan bo‘lsa, xalqaro moliya institutlarining qarzlari va hukumat tashkilotlarining xalqaro qarzlari hisobidan olib kirish;
- 5) aksiz to‘lanadigan tovarlarni O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga soliq solinmaydigan tovarlarni olib kirish normalari doirasida jismoniy shaxslar tomonidan import qilish. O‘zbekiston Respublikasi hududiga soliq solinmaydigan tovarlarni jismoniy shaxslar tomonidan olib kirishning eng yuqori normalari qonunchilikda belgilanadi;
- 6) maxsus vakolatli davlat organining yozma ravishdagi tasdig‘i mavjud bo‘lgan taqdirda, telekommunikatsiyalar operatorlari hamda tezkor-qidiruv tadbirlari tizimlarining texnik vositalarini sertifikatlashtirish bo‘yicha maxsus organ tomonidan olinadigan tezkor-qidiruv tadbirlari tizimining texnik vositalari;
6¹) maxsus vakolatli davlat organi tomonidan olinadigan tezkor-qidiruv tadbirlari tizimining texnik vositalari;
- 7) ishlab chiqaruvchilar tomonidan turistik yo‘nalishlarda tashkil etilgan degustatsiya hududlarida (joylarida) realizatsiya qilinadigan tabiiy vino (shisha idishdagilardan tashqari) mahsulotlariga.
285-modda. Soliq bazasi
Soliq bazasi belgilangan soliq stavkalariga qarab aksiz to‘lanadigan tovarlarning har bir turi bo‘yicha alohida aniqlanadi.
Aksiz to‘lanadigan tovarlarga nisbatan soliq stavkalari mutlaq (qat’iy) summada belgilangan bo‘lsa, soliq bazasi aksiz to‘lanadigan tovarlarning naturada ifodalangan hajmidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Ishlab chiqarilayotgan aksiz to‘lanadigan tovarlarga soliq stavkalari foizlarda (advalor) belgilangan bo‘lsa, soliq bazasi bo‘lib realizatsiya qilingan aksiz to‘lanadigan tovarlarning qiymati, biroq ularning haqiqiy tannarxidan past bo‘lmagan qiymati hisoblanadi.
Jismoniy shaxslar mehnatiga haq to‘lash, hisoblab chiqarilgan dividendlar hisobiga bepul yoki boshqa tovarlarga (xizmatlarga) ayirboshlash uchun beriladigan aksiz to‘lanadigan tovarlar bo‘yicha soliq bazasi ushbu moddaning ikkinchi va uchinchi qismlarida belgilangan tartibda aniqlanadi.
Qaytarib berish sharti bilan qayta ishlangan xom ashyo va materiallardan ishlab chiqarilgan aksiz to‘lanadigan tovarlar bo‘yicha soliq bazasi aksiz to‘lanadigan tovarlarni ishlab chiqarishga doir ishlarning qiymatini hamda qaytarish sharti bilan qayta ishlangan xom ashyo va materiallarning qiymatini o‘z ichiga oladi.
Aksiz to‘lanadigan tovarlarga nisbatan qat’iy belgilangan va advalor soliq stavkalaridan iborat bo‘lgan aralash soliq stavkalari belgilangan bo‘lsa, soliq bazasi, agar ushbu moddaning ikkinchi va uchinchi qismlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, aksiz to‘lanadigan tovarlarning naturada ifodalangan hajmidan hamda realizatsiya qilingan aksiz to‘lanadigan tovarlarning qiymatidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
285-modda. Soliq bazasi (davomi)
Chetdan olib kirilayotgan aksiz to‘lanadigan tovarlarga nisbatan foizlardagi (advalor) soliq stavkalari belgilangan bo‘lsa, soliq bazasi bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq belgilanadigan bojxona qiymati asosida aniqlanadi.
Olib kirilayotgan aksiz to‘lanadigan tovarlarga nisbatan qat’iy belgilangan soliq stavkalari belgilangan bo‘lsa, soliq bazasi import qilingan aksiz to‘lanadigan tovarlarning natura holidagi hajmidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Olib kirilayotgan aksiz to‘lanadigan tovarlarga nisbatan qat’iy belgilangan va advalor soliq stavkalaridan iborat bo‘lgan aralash soliq stavkalari belgilangan bo‘lsa, soliq bazasi bojxona qonunchiligiga muvofiq belgilanadigan, aksiz to‘lanadigan tovarlarning naturada ifodalangan hajmidan va (yoki) aksiz to‘lanadigan tovarlarning bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq belgilanadigan bojxona qiymatidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Benzinni, dizel yoqilg‘isini va gazni yakuniy iste’molchilarga realizatsiya qilish chog‘ida realizatsiya qilingan va (yoki) shaxsiy ehtiyojlar uchun foydalanilgan benzinning, dizel yoqilg‘isi va gazning naturada ifodalangan hajmi soliq bazasi hisoblanadi.
286-modda. Aksiz to‘lanadigan tovarlarga doir soliq solinadigan operatsiyalar amalga oshiriladigan sana
Ushbu Kodeksning 242-moddasida tegishli operatsiyalar uchun nazarda tutilgan sana aksiz to‘lanadigan tovarlarga doir soliq solinadigan operatsiyalar amalga oshirilgan sana hisoblanadi.
Olib kirilayotgan aksiz to‘lanadigan tovarlar bo‘yicha soliq solish operatsiyalarini amalga oshirish sanasi ularni bojxonaning import tartib-taomilidan chiqarish sanasi hisoblanadi.
287-modda. Soliq bazasiga tuzatish kiritish
Soliq bazasiga tuzatish kiritish ushbu Kodeksning 257-moddasida nazarda tutilgan hollarda va tartibda, soliq to‘lovchi tomonidan amalga oshiriladi.
288-modda. Aksiz to‘lanadigan tovarlar eksportini tasdiqlash
Aksiz to‘lanadigan tovarlar eksportini tasdiqlovchi hujjatlar quyidagilardan iboratdir:
- 1) eksport qilinadigan aksiz to‘lanadigan tovarlarni yetkazib berishga doir kontrakt (kontraktning belgilangan tartibda tasdiqlangan ko‘chirma nusxasi);
- 2) tovarlarni eksport rejimida chiqarishni amalga oshiruvchi bojxona organining belgisi qo‘yilgan bojxona yuk deklaratsiyasi;
- 3) O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasidagi o‘tkazish punktida joylashgan bojxona organining tovarlar tayinlangan mamlakatga jo‘natilganligini tasdiqlovchi belgisi qo‘yilgan, tovarga ilova qilinadigan hujjatlar;
- 4) chet ellik sotib oluvchi (to‘lovchi) tomonidan eksport qilinayotgan tovarlar uchun haq to‘langanligini tasdiqlovchi bank hujjatidan ko‘chirma.
Tovarlarni chet el valyutasida eksport qilish yuzasidan daromadlar tovarlar eksport rejimiga chiqarilgan kundan e’tiboran bir yuz sakson kalendar kuni ichida kelib tushmagan taqdirda, tovarlarni eksportga realizatsiya qilish soliq solishning obyekti deb e’tirof etiladi.
Tovarlar eksportga vositachi (ishonchli vakil) orqali vositachilik (topshiriq) shartnomasi bo‘yicha realizatsiya qilingan taqdirda eksportni tasdiqlash uchun komitent (topshiriq beruvchi) tomonidan soliq to‘lovchining vositachi yoki ishonchli vakil bilan tuzilgan vositachilik shartnomasi yoki topshiriq shartnomasi (shartnomaning ko‘chirma nusxasi) qo‘shimcha ravishda taqdim etiladi.
289-modda. Soliq stavkalari
Soliq stavkalari tovarning yoki xizmatning qiymatiga nisbatan foizlarda (advalor), naturada ifodalangan o‘lchov birligiga nisbatan mutlaq summada (qat’iy belgilangan), shuningdek advalor va qat’iy belgilangan soliq stavkalarini o‘z ichiga olgan aralash stavkada belgilanadi.
289¹-modda. Tamaki mahsulotlariga doir soliq stavkalari
Tamaki mahsulotlariga nisbatan soliq stavkalari quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
T/r
Tamaki mahsulotlari turlari
Soliq stavkalari
1.
Filtrli, filtrsiz sigaretalar, papiroslar, sigarillalar (sigaritlar), bidi, kretek
2026-yil 1-yanvardan:
340 000 so‘m/1 000 dona
2026-yil 1-iyuldan:
365 000 so‘m/1 000 dona
2.
Sigara
2026-yil 1-yanvardan:
20 000 so‘m/1 dona
2026-yil 1-fevraldan:
21 500 so‘m/1 dona
3.
Chilim uchun tamaki*
2026-yil 1-yanvardan:
600 000 so‘m/kg
2026-yil 1-fevraldan:
642 000 so‘m/kg
4.
Chekiladigan, o‘rama tamaki
2026-yil 1-yanvardan:
600 000 so‘m/kg
2026-yil 1-fevraldan:
642 000 so‘m/kg
5.
Chaynaladigan, hidlanadigan va shimiladigan tamaki
382 000 so‘m/kg
6.
Qizdiriladigan tamaki tayoqchasi, qizdiriladigan tamakili kapsula va tarkibida tamaki mavjud bo‘lgan o‘xshash tamoyil bilan foydalaniladigan boshqa mahsulotlar
2026-yil 1-yanvardan:
450 000 so‘m/kg
2026-yil 1-fevraldan:
481 500 so‘m/kg
7.
Nikotinli tamakisiz snyus
154 000 so‘m/kg
8.
Tarkibida nikotin mavjud bo‘lgan suyuqlik (kartrijlarda, rezervuarlarda va elektron sigaretlarda foydalanish uchun boshqa konteynerlarda)
2026-yil 1-yanvardan:
2 000 so‘m/ml
2026-yil 1-fevraldan:
2 140 so‘m/ml
* Belgilangan soliq stavkasi bo‘yicha soliq chilim uchun tamakisiz aralashmani olib kirishda ham to‘lanadi.
Tarkibida nikotin mavjud bo‘lgan suyuqlikni (nikotinni) uni iste’mol qilish (elektron va boshqalar) tizimlarida olib kirishda soliq tarkibida nikotin mavjud bo‘lgan suyuqlik hajmidan kelib chiqqan holda to‘lanadi.
289¹-modda. Tamaki mahsulotlariga doir soliq stavkalari (davomi)
Ushbu modda birinchi qismining 1-bandida aksiz solig‘ining qat’iy belgilangan stavkasi naturada ifodalangan aksiz to‘lanadigan tovarlar hajmiga nisbatan qo‘llaniladi.
Ushbu modda birinchi qismining 3 — 6-bandlarida soliq stavkasi tamaki mahsulotidagi tamaki xom ashyosi massasiga nisbatan tamaki xom ashyosi massasi to‘g‘risidagi axborotni iste’mol qadog‘ida (idishida) ko‘rsatish sharti bilan qo‘llaniladi. Agar chilim uchun tamaki bo‘yicha tamaki xom ashyosi massasi netto og‘irligining 20 foizidan kamni tashkil etsa, u holda aksiz solig‘i netto (birlamchi qadoqni hisobga olgan holda) og‘irligining 20 foizidan hisoblab chiqariladi. Iste’mol qadog‘ida (idishida) tamaki xom ashyosining og‘irligi to‘g‘risidagi axborot mavjud bo‘lmagan taqdirda, soliq stavkasi netto (birlamchi qadoqni hisobga olgan holda) og‘irligiga nisbatan qo‘llaniladi.
Ushbu modda birinchi qismining 7-bandida soliq stavkasi tovarning netto og‘irligiga nisbatan qo‘llaniladi, bunda iste’mol qadog‘ining (plastik bankaning, karton qutisining va shu kabilarning) og‘irligi hisobga olinmaydi. Iste’mol qadog‘ida (idishida) tovarning og‘irligi to‘g‘risida ma’lumot mavjud bo‘lmagan taqdirda, soliq stavkasi iste’mol qadog‘ini (idishini) hisobga olgan holda netto og‘irligiga nisbatan qo‘llaniladi.
289²-modda. Alkogol mahsulotlariga doir soliq stavkalari
Alkogol mahsulotlariga nisbatan soliq stavkalari quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
T/r
Alkogol mahsulotlari turlari
Soliq stavkalari
import qilinganda
ishlab chiqariladigan
1.
Oziq-ovqat xom ashyosidan rektifikatsiyalangan etil spirti, rektifikatsiyalangan va efiroaldegidli fraksiyadan texnik etil spirti, shuningdek don distillyati
15 000 so‘m
2.
Etil spirtining boshlang‘ich fraksiyasi (bundan texnik spirtni olish uchun sarflangan etil spirtining boshlang‘ich fraksiyasi mustasno)
5 000 so‘m
3.
Aroq, konyak va boshqa alkogol mahsulotlari (aksiz to‘lanadigan tovar tarkibidagi suvsiz etil spirtining 1 litri uchun, bundan 4 va 5-bandlar mustasno)
2026-yil 1-yanvardan:
76 000 so‘m
2026-yil 1-fevraldan:
60 000 so‘m
2026-yil 1-yanvardan:
44 000 so‘m
2026-yil 1-fevraldan:
48 000 so‘m
2026-yil 1-iyuldan:
48 000 so‘m
4.
Vino:
tabiiy ravishda achitilgan tabiiy vinolar (etil spirti qo‘shilmagan holda)
2026-yil 1-yanvardan:
14 000 so‘m
2026-yil 1-fevraldan:
12 000 so‘m
2026-yil 1-yanvardan:
5 000 so‘m
2026-yil 1-fevraldan:
7 000 so‘m
2026-yil 1-iyuldan:
10 000 so‘m
boshqa vinolar, shu jumladan vermut
2026-yil 1-yanvardan:
20 000 so‘m
2026-yil 1-fevraldan:
15 000 so‘m
2026-yil 1-yanvardan:
6 000 so‘m
2026-yil 1-fevraldan:
9 000 so‘m
2026-yil 1-iyuldan:
12 000 so‘m
5.
Pivo
2026-yil 1-yanvardan:
6 000 so‘m
2026-yil 1-fevraldan:
5 000 so‘m
2026-yil 1-yanvardan:
2 000 so‘m
2026-yil 1-fevraldan:
3 000 so‘m
2026-yil 1-iyuldan:
4 000 so‘m
289³-modda. Neft mahsulotlari va boshqa aksiz to‘lanadigan tovarlar va xizmatlarga doir soliq stavkalari
Neft mahsulotlari va boshqa aksiz to‘lanadigan tovarlarga nisbatan soliq stavkalari quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
T/r
Tovarlar nomi
Soliq stavkalari
2026-yil 1-yanvardan
2026-yil 1-apreldan
1.
Neft mahsulotlari:
AI-80 va undan yuqori benzin
375 000 so‘m/tonna
402 000 so‘m/tonna
AI-91 va undan yuqori benzin
335 000 so‘m/tonna
360 000 so‘m/tonna
aviakerosin (sintetikdan tashqari)
300 000 so‘m/tonna
321 000 so‘m/tonna
dizel yoqilg‘isi (sintetikdan tashqari)
360 000 so‘m/tonna
385 000 so‘m/tonna
EKO dizel yoqilg‘isi (sintetikdan tashqari)
325 000 so‘m/tonna
348 000 so‘m/tonna
dizel yoki karbyurator (injektor) dvigatellari uchun motor moyi
510 000 so‘m/tonna
546 000 so‘m/tonna
2.
Polietilen granulalar
10%
3.
Tabiiy gaz
12%
4.
Yakuniy iste’molchiga realizatsiya qilinadigan:
AI-80 va undan yuqori benzin
1 litr uchun 525 so‘m/
1 tonna uchun 700 000 so‘m
1 litr uchun 562 so‘m/
1 tonna uchun 750 000 so‘m
AI-91 va undan yuqori benzin
1 litr uchun 470 so‘m/
1 tonna uchun 621 000 so‘m
1 litr uchun 505 so‘m/
1 tonna uchun 665 000 so‘m
dizel yoqilg‘isi
1 litr uchun 525 so‘m/
1 tonna uchun 635 000 so‘m
1 litr uchun 562 so‘m/
1 tonna uchun 680 000 so‘m
suyultirilgan gaz
1 litr uchun 525 so‘m/
1 tonna uchun 1 000 000 so‘m
1 litr uchun 562 so‘m/
1 tonna uchun 1 070 000 so‘m
siqilgan gaz
1 kub metr uchun 750 so‘m
1 kub metr uchun 805 so‘m
5.
Iste’mol qadog‘iga qadoqlangan ichimliklar (bundan umumiy ovqatlanish sohasidagi korxonalar hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan tayyorlanib iste’molchilarga realizatsiya qilingan ichimliklar mustasno)*:
289³-modda. Neft mahsulotlari va boshqa aksiz to‘lanadigan tovarlar va xizmatlarga doir soliq stavkalari (davomi)
tarkibida shakar mavjud bo‘lgan ichimliklar (100 ml mahsulot tarkibidagi shakar miqdoriga qarab)
1 litr uchun 500 so‘m
5 grammgacha:
1 litr uchun 500 so‘m
5 grammdan 10 grammgacha:
1 litr uchun 515 so‘m
10 gramm va undan yuqori:
1 litr uchun 535 so‘m
tarkibida boshqa shirinlashtiruvchi yoki xushbo‘ylashtiruvchi moddalar mavjud bo‘lgan ichimliklar
1 litr uchun 500 so‘m
6.
Energetik va tetiklashtiruvchi ichimliklar
1 litr uchun 2 000 so‘m
1 litr uchun 2 150 so‘m
7.
Yupqa to‘g‘ralgan yoki yupqa shaklga keltirilgan, qovurilgan yoki quritilgan, iste’mol qadog‘iga qadoqlangan, tarkibida kartoshka yoki uning ta’mini beruvchi qo‘shimchalar bo‘lgan mahsulotlar (chipslar)
1 kg mahsulot uchun 15 000 so‘m
* Mevalar va (yoki) sabzavotlardan tayyorlangan, tabiiy shirin bo‘lgan hamda tarkibida qo‘shimcha shakar va boshqa shirinlashtiruvchi yoki xushbo‘ylashtiruvchi moddalar mavjud bo‘lmagan sharbatlarga nisbatan soliq qo‘llanilmaydi.
Belgilangan soliq stavkasi bo‘yicha soliq ishlab chiqaruvchi yuridik shaxslar va O‘zbekiston Respublikasi hududiga tovarlarni olib kiruvchilar tomonidan to‘lanadi.
Ushbu modda birinchi qismining 3-bandida soliq stavkalari O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan aksiz to‘lanadigan tovarlar, shu jumladan import qilingan aksiz to‘lanadigan tovarlar uchun belgilangan va mazkur tovarlarni olib kirishda qo‘llanilmaydi.
Ushbu modda birinchi qismining 4-bandida nazarda tutilgan olib kirilgan (import qilingan) aksiz to‘lanadigan tovarlarni o‘z extiyojlari uchun ishlatilganda, soliq to‘lovchilari bo‘lib ushbu tovarlarni o‘z ehtiyojlari uchun olib kirishni amalga oshirgan shaxslar e’tirof etiladi.
289³-modda. Neft mahsulotlari va boshqa aksiz to‘lanadigan tovarlar va xizmatlarga doir soliq stavkalari (davomi)
Ushbu modda birinchi qismining 5-bandida nazarda tutilgan tovarlar tarkibidagi shakar miqdori bo‘yicha ma’lumot iste’mol qadog‘ida ko‘rsatilmagan taqdirda, ularga nisbatan eng yuqori soliq stavkasi qo‘llaniladi.
Bilimingizni sinang
Soliq kodeksiga ko‘ra, quyidagilardan qaysi biri aksiz solig‘ini to‘lovchi hisoblanadi?
- Tabiiy gazni iste’molchilarga realizatsiya qilishni amalga oshiruvchilar
- Faqat tabiiy gazni yakuniy iste’mol qiluvchi jismoniy shaxslar va xonadonlar
- Aksiz to‘lanadigan tovarni xarid qilgan har qanday xaridor va iste’molchi
- Aylanmadan soliq to‘lovchi yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik shaxslar
To‘g‘ri javob: Tabiiy gazni iste’molchilarga realizatsiya qilishni amalga oshiruvchilar. 283-modda 2-band: tabiiy gazni iste’molchilarga realizatsiya qilishni amalga oshiruvchilar aksiz solig‘ini to‘lovchilardir.
Aksiz solig‘i bo‘limini qo‘llash maqsadida “yakuniy iste’molchilar” deganda kimlar tushuniladi?
- O‘z ehtiyojlari uchun benzin, dizel yoqilg‘isi hamda gaz oluvchi yuridik va jismoniy shaxslar
- Faqat avtomobil egalari bo‘lgan va yoqilg‘ini shaxsiy ehtiyoj uchun xarid qiluvchi jismoniy shaxslar
- Faqat o‘z ehtiyojlari uchun yoqilg‘i oluvchi yuridik shaxslar, jismoniy shaxslardan tashqari
- Qayta sotish uchun benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz xarid qiluvchi savdo korxonalari va ta’minotchilar
To‘g‘ri javob: O‘z ehtiyojlari uchun benzin, dizel yoqilg‘isi hamda gaz oluvchi yuridik va jismoniy shaxslar. 283-modda 3-band ta’rifi.
Quyidagi operatsiyalardan qaysi biri aksiz solig‘i solish obyekti hisoblanadi?
- Insonparvarlik yordami sifatida olib kirish
- Aksiz to‘lanadigan tovarlarni eksportning bojxona tartib-taomillarida realizatsiya qilish
- Aholiga suyultirilgan gazni ixtisoslashtirilgan gaz ta’minoti korxonalari orqali maishiy ehtiyojlar uchun realizatsiya qilish
- Aksiz to‘lanadigan tovarlarni bepul berish
To‘g‘ri javob: Aksiz to‘lanadigan tovarlarni bepul berish. 284-modda 1-band: aksiz to‘lanadigan tovarlarni bepul berish soliq solish obyekti; qolganlari obyekt hisoblanmaydi.
Quyidagilardan qaysi biri aksiz solig‘ida soliq solish obyekti hisoblanmaydi?
- Aksiz to‘lanadigan tovarlarni bojxona hududidan tashqariga olib chiqmasdan ichki bozorda realizatsiya qilish
- Aksiz to‘lanadigan tovarlarni bojxona hududiga olib kirish, import bojxona tartib-taomiliga joylashtirish orqali
- Aksiz to‘lanadigan tovarlarni eksportga (eksportning bojxona tartib-taomillarida) realizatsiya qilish
- Aksiz to‘lanadigan tovarlarni yuridik shaxsning ustav fondiga hissa sifatida berish va ayirboshlash
To‘g‘ri javob: Aksiz to‘lanadigan tovarlarni eksportga (eksportning bojxona tartib-taomillarida) realizatsiya qilish. 284-modda: eksportga realizatsiya qilish soliq solish obyekti hisoblanmaydi.
Aksiz to‘lanadigan tovarlarga nisbatan soliq stavkalari mutlaq (qat’iy) summada belgilangan bo‘lsa, soliq bazasi qanday aniqlanadi?
- Tovarlarning realizatsiya qiymatidan kelib chiqqan holda
- Tovarlarning naturada ifodalangan hajmidan kelib chiqqan holda
- Tovarlarning bojxona qiymatidan kelib chiqqan holda
- Tovarlarning tannarxidan kelib chiqqan holda
To‘g‘ri javob: Tovarlarning naturada ifodalangan hajmidan kelib chiqqan holda. 285-modda ikkinchi qismi.
Ishlab chiqarilayotgan aksiz to‘lanadigan tovarlarga advalor stavkalar belgilangan bo‘lsa, soliq bazasi nima hisoblanadi?
- Realizatsiya qilingan tovarlarning qiymati, haqiqiy tannarxidan past bo‘lishi ham mumkin bo‘lgan qiymati
- Realizatsiya qilingan tovarlarning faqat tannarxi, bozor narxidan yuqori bo‘lishidan qat’i nazar
- Realizatsiya qilingan tovarlarning naturadagi hajmi va ularning bojxona qiymati yig‘indisi
- Realizatsiya qilingan tovarlarning qiymati, biroq haqiqiy tannarxidan past bo‘lmagan qiymati
To‘g‘ri javob: Realizatsiya qilingan tovarlarning qiymati, biroq haqiqiy tannarxidan past bo‘lmagan qiymati. 285-modda uchinchi qismi.
Chetdan olib kirilayotgan aksiz to‘lanadigan tovarlarga advalor (foizlardagi) stavka belgilangan bo‘lsa, soliq bazasi qaysi asosda aniqlanadi?
- Naturadagi hajm asosida
- Bojxona qiymati asosida
- Tannarx asosida
- Ichki bozor narxi asosida
To‘g‘ri javob: Bojxona qiymati asosida. 285-modda: bojxona qiymati asosida.
Kazus: “Import-Lux” MChJ aksiz to‘lanadigan tovarni olib kirdi. Tovar bojxonaning import tartib-taomilidan 14-martda chiqarildi, hisobvaraq-faktura esa 20-martda berildi. Soliq solish operatsiyasi qaysi sanada amalga oshirilgan hisoblanadi?
- 14-martda — import tartib-taomilidan chiqarish sanasida
- 20-martda — hisobvaraq-faktura berilgan sana bo‘yicha
- Mart oyining oxirgi kunida — oy yakunlari bo‘yicha
- Keyingi oyning 10-sanasida — hisobot topshirilgan sana
To‘g‘ri javob: 14-martda — import tartib-taomilidan chiqarish sanasida. 286-modda ikkinchi qismi: olib kirilayotgan tovarlar bo‘yicha sana import tartib-taomilidan chiqarish sanasi.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash