XotirAI logotipiXotirAI
⚖️ Soliq kodeksi · 297–304-m.

Jami daromad

Maxsus Qism

297-modda. Umumiy qoidalar

Jami daromad yuridik shaxs tomonidan O‘zbekiston Respublikasidagi va uning hududidan tashqaridagi manbalardan hisobot (soliq) davri mobaynida olingan daromadlardan iboratdir.

Jami daromad, agar ushbu Kodeksning 299-moddasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, qo‘shilgan qiymat solig‘ini va aksiz solig‘ini inobatga olmagan holda aniqlanadi.

Ushbu bo‘lim maqsadida jami daromadga (bundan buyon ushbu bo‘limda daromad deb yuritiladi) har qanday shaklda va (yoki) har qanday faoliyatdan olinishi lozim bo‘lgan daromadlar (bundan buyon matnda olingan daromadlar deb yuritiladi), xususan, quyidagi daromadlar kiradi:

297-modda. Umumiy qoidalar (davomi)

297-modda. Umumiy qoidalar (davomi)

25¹) ushbu Kodeks 248-moddasining to‘rtinchi qismida belgilangan hollarda va tartibda soliq bazasiga tovarlarning (xizmatlarning) bozor qiymatidan kelib chiqqan holda tuzatish kiritish natijasida olingan daromad;

Daromadlar soliq to‘lovchi tomonidan olingan daromadlarni tasdiqlovchi birlamchi hujjatlar va boshqa hujjatlar, shu jumladan elektron hujjatlar, shuningdek soliqni hisobga olishga doir hujjatlar asosida aniqlanadi.

Jami daromad ushbu bo‘lim maqsadlarida pul, natura shaklida va (yoki) boshqa shakllarda kelib tushgan barcha tushumlardan kelib chiqqan holda aniqlanadi.

297-modda. Umumiy qoidalar (davomi)

Soliq to‘lovchi tomonidan olingan, qiymati chet el valyutasida ifodalangan daromadlar qiymati milliy valyutada ifodalangan daromadlar bilan birgalikda hisobga olinadi.

Yuridik shaxs qayta tashkil etilganda, mol-mulkning va pulda ifodalanadigan bahoga ega bo‘lgan nomulkiy huquqlarning qiymati va (yoki) yuridik shaxslarni qayta tashkil etish chog‘ida huquqiy vorislik tartibida olinadigan (o‘tkaziladigan), qayta tashkil etilayotgan yuridik shaxslar o‘zining qayta tashkil etilish sanasiga qadar olgan majburiyatlarining qiymati yangi tashkil etilgan, qayta tashkil etilayotgan va qayta tashkil etilgan yuridik shaxslarning daromadlari deb e’tirof etilmaydi.

Agar daromadni buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga muvofiq e’tirof etish daromadni ushbu Kodeksga muvofiq aniqlash va e’tirof etish tartibidan farq qilsa, mazkur daromad soliq solish maqsadlarida ushbu Kodeksda belgilangan tartibda hisobga olinadi, bundan ushbu moddaning to‘qqizinchi qismida ko‘rsatilgan hol mustasno.

Kredit tashkilotlari tomonidan olingan daromadlarni e’tirof etish sanasi Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari va (yoki) buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga muvofiq hisobga olinadi.

Agar ushbu bo‘limda boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonunchilikni qo‘llash chog‘ida aktivlar va (yoki) majburiyatlarning qiymati o‘zgarganligi munosabati bilan buxgalteriya hisobida aks ettirilgan daromadlarga soliq solish maqsadidagi daromadlar sifatida qaralmaydi, bundan haqiqatda olingan daromadlar mustasno.

297-modda. Umumiy qoidalar (davomi)

Agar ushbu Kodeksda boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, daromadni e’tirof etish sanasi buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga muvofiq aniqlanadi.

Soliq to‘lovchining daromadlariga tuzatish kiritish ushbu Kodeksning 332-moddasiga muvofiq amalga oshiriladi.

Agar muayyan bir daromad daromadlarning bir nechta moddasida nazarda tutilgan bo‘lsa, jami daromadni aniqlashda mazkur daromad faqat bir marta kiritiladi.

298-modda. Amortizatsiya qilinadigan aktivlarning va boshqa mol-mulkning chiqib ketishidan olinadigan daromadlar (zararlar)

Ushbu moddaga muvofiq aniqlanadigan, chiqib ketishdan olinadigan moliyaviy natija amortizatsiya qilinadigan aktivlarning va boshqa mol-mulkning chiqib ketishidan olinadigan daromad (zarar) deb e’tirof etiladi.

Amortizatsiya qilinadigan aktivning chiqib ketishidan olinadigan moliyaviy natija (foyda yoki zarar) amortizatsiya qilinadigan aktivning chiqib ketishidan olinadigan daromaddan uning qoldiq qiymatini chegirib tashlash orqali aniqlanadi. Amortizatsiya qilinadigan aktivning qoldiq qiymati ushbu Kodeks 306-moddasining yigirma beshinchi va yigirma oltinchi qismlariga hamda 307-moddasining yettinchi qismiga muvofiq aniqlanadi.

Amortizatsiya qilinadigan aktivning chiqib ketishidan olinadigan moliyaviy natijani (foydani yoki zararni) aniqlashda bunday aktiv bo‘yicha 2021-yilning 1-yanvar holatiga ko‘ra to‘plangan qo‘shimcha baholash summasi (ilgari qayta baholangan narxini oshirish summasining oldingi narxni pasaytirish summasidan ortiq summalari) amortizatsiya qilinadigan aktivning chiqib ketishidan olinadigan daromad tarkibiga kiritiladi.

Boshqa mol-mulkning chiqib ketishidan olinadigan moliyaviy natija buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq aniqlanadi. Mazkur qismning qoidalari ushbu Kodeksning 45-bobiga muvofiq soliq bazasini aniqlashning o‘ziga xos xususiyatlari nazarda tutiladigan mol-mulkning chiqib ketish hollariga nisbatan tatbiq etilmaydi.

299-modda. Tekin olingan mol-mulk (xizmatlar)

Agar ushbu Kodeksda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, soliq to‘lovchi tomonidan tekin olingan mol-mulk va (yoki) xizmatlar soliq to‘lovchining daromadi deb e’tirof etiladi.

Mol-mulkni (xizmatlarni) tekin asosda olish chog‘ida oluvchi shaxsning daromadlari, agar ushbu moddaning to‘rtinchi qismida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, ushbu mol-mulkning (xizmatlarning) bozor qiymatidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.

Tekin olingan mol-mulkning (xizmatlarning) bozor qiymati hujjat bilan tasdiqlanishi kerak. Xususan, quyidagilar shunday hujjatlar bo‘lishi mumkin:

Qarz beruvchiga foizli daromad to‘lash majburiyatisiz qarz (qaytarish sharti bilan moliyaviy yordam) olish chog‘ida qarz oluvchining daromadi qarz (qaytarish sharti bilan moliyaviy yordam) olish sanasida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan qayta moliyalashtirish stavkasidan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Qarz oluvchining daromadini aniqlashning xuddi shunday tartibi qarz (qaytarish sharti bilan moliyaviy yordam) olish sanasida stavkasi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan qayta moliyalashtirish stavkasidan kam bo‘lgan foizlar to‘lash sharti bilan berilgan qarzlarga (qaytarish sharti bilan moliyaviy yordamga) nisbatan qo‘llaniladi.

299-modda. Tekin olingan mol-mulk (xizmatlar) (davomi)

Ushbu modda to‘rtinchi qismining qoidalari:

Ushbu moddaning birinchi qismi qoidalari ushbu Kodeksning 322-moddasida nazarda tutilgan soliq solishning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda mol-mulkni ishonchli boshqaruvga berishdan naf oluvchi oladigan daromadlarga nisbatan ham tatbiq etiladi.

300-modda. Talab qilish huquqidan o‘zganing foydasiga voz kechish shartnomasi bo‘yicha olingan daromadlar

Talab qilish huquqidan o‘zganing foydasiga voz kechish shartnomasi bo‘yicha olingan daromadlar quyidagilarning o‘rtasidagi ijobiy farq sifatida aniqlanadi:

Talab qilish huquqidan o‘zganing foydasiga voz kechishdan olingan daromad talab qilish huquqidan voz kechish amalga oshirilgan hisobot (soliq) davrida e’tirof etiladi.

Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan talab qilish huquqidan o‘zganing foydasiga voz kechish shartnomasiga ko‘ra olingan salbiy farq soliq to‘lovchining zarari deb e’tirof etiladi va soliq bazasi aniqlanayotganda chegirib tashlanadi.

301-modda. Ilgari chegirib tashlangan xarajatlarning yoki zararlarning o‘rnini qoplash tarzidagi daromad

Ilgari chegirib tashlangan xarajatlarning yoki zararlarning o‘rnini qoplash tarzidagi daromadlar jumlasiga quyidagilar kiradi:

Olingan kompensatsiya u qaysi hisobot (soliq) davrida olingan bo‘lsa, o‘sha hisobot (soliq) davrining daromadi bo‘ladi.

302-modda. Xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklardan olingan daromadlar

Xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklar deganda faoliyati soliq to‘lovchining asosiy faoliyatiga xizmat ko‘rsatishga qaratilgan va soliq to‘lovchining asosiy faoliyati doirasida tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lmagan xo‘jaliklar tushuniladi.

Xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklar jumlasiga quyidagilar kiradi:

302-modda. Xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklardan olingan daromadlar (davomi)

Xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklardan olingan daromadlar xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklar tomonidan tovarlarni va xizmatlarni realizatsiya qilishdan olingan mablag‘larning summasi bilan xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklarning umumiy faoliyatiga bog‘liq xarajatlarning summasi o‘rtasidagi ijobiy farq sifatida aniqlanadi.

Ushbu bo‘limga muvofiq chegirib tashlanishi lozim bo‘lgan xarajatlar xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklarning faoliyati bilan bog‘liq xarajatlar deb e’tirof etiladi.

Chegirib tashlanadigan xarajatlarning daromadlardan ortib ketishi xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklardan ko‘rilgan zarar deb e’tirof etiladi.

303-modda. Uzoq muddatli kontraktlar bo‘yicha daromadlar

Agar tuzilgan kontraktlar shartlarida xizmatlarni bosqichma-bosqich topshirish nazarda tutilmagan bo‘lsa, uzoq texnologik siklli ishlab chiqarish (bir soliq davridan ortiq) bo‘yicha mazkur xizmatlarni realizatsiya qilishdan olingan daromad hisobga olish ma’lumotlari asosida daromadni bir me’yorda e’tirof etish prinsipi inobatga olingan holda soliq to‘lovchi tomonidan taqsimlanadi.

Uzoq muddatli kontraktni hisobot davrining oxiriga kelib haqiqatda ijro etish kontraktni bajarish boshlangandan e’tiboran qilingan xarajatlarning solishtirma miqdorini kontraktni bajarishga doir xarajatlarning umumiy summasida hisob-kitob qilish asosida aniqlanadi.

Hisobot davrining oxiridagi daromad qilingan xarajatlarning hisob-kitob qilingan solishtirma miqdori va kontrakt bo‘yicha daromadning (kontrakt narxlari) umumiy summasidan kelib chiqib aniqlanadi. Mazkur kontrakt bo‘yicha ilgari hisobga olingan daromadlar joriy hisobot davrida xizmatlarni realizatsiya qilishdan olingan daromadni aniqlash chog‘ida chegirib tashlanadi.

304-modda. Soliq solishda hisobga olinmaydigan daromadlar

Quyidagilar daromad sifatida hisobga olinmaydi:

6¹) boshqaruvchi tashkilotlar yoki ko‘p kvartirali uylarni boshqaruvchilar tomonidan umumiy mol-mulkni boshqarish, unga texnik xizmat ko‘rsatish va uni ta’mirlash, shuningdek ko‘p kvartirali uylarga tutash yer uchastkalarini obodonlashtirish bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlardan hamda bajarilgan ishlardan olingan mablag‘lar;

6²) “Mahalla servis” kompaniyalari tomonidan mahallalarni obod qilish bilan bog‘liq ishlarni bajarishdan hamda mahallalar aholisiga qonunchilik hujjatlarida belgilangan ayrim turdagi ijtimoiy ahamiyatli pulli xizmatlar ko‘rsatishdan olingan mablag‘lar;

304-modda. Soliq solishda hisobga olinmaydigan daromadlar (davomi)

304-modda. Soliq solishda hisobga olinmaydigan daromadlar (davomi)

304-modda. Soliq solishda hisobga olinmaydigan daromadlar (davomi)

Bilimingizni sinang

Foyda solig‘i bo‘limiga ko‘ra, yuridik shaxsning jami daromadi nimalardan iborat?
  1. Faqat tovarlarni realizatsiya qilishdan hisobot (soliq) davri mobaynida olingan daromadlardan iborat bo‘ladi
  2. Faqat O‘zbekiston hududidagi manbalardan hisobot (soliq) davri mobaynida olingan daromadlardan iborat
  3. O‘zbekistondagi va uning hududidan tashqaridagi manbalardan hisobot (soliq) davri mobaynida olingan daromadlardan
  4. Faqat pul shaklida olingan, hisobot (soliq) davri mobaynida kelib tushgan daromadlardan iborat bo‘ladi

To‘g‘ri javob: O‘zbekistondagi va uning hududidan tashqaridagi manbalardan hisobot (soliq) davri mobaynida olingan daromadlardan. 297-modda birinchi qismi.

Soliq kodeksining 299-moddasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, jami daromad qaysi soliqlarni inobatga olmagan holda aniqlanadi?
  1. Faqat foyda solig‘ini inobatga olmagan holda
  2. Qo‘shilgan qiymat solig‘ini va aksiz solig‘ini
  3. Mol-mulk va yer solig‘ini inobatga olmagan holda
  4. Aylanmadan olinadigan soliqni inobatga olmagan holda

To‘g‘ri javob: Qo‘shilgan qiymat solig‘ini va aksiz solig‘ini. 297-modda ikkinchi qismi.

Quyidagilardan qaysi biri jami daromad tarkibiga kiradi?
  1. Inventarizatsiya natijasida aniqlangan ortiqcha tovar-moddiy zaxiralarning qiymati tarzidagi daromad
  2. Sug‘urta tovoni tarzida olingan mablag‘lar, shu jumladan sug‘urta qoplamasi bo‘yicha olingan summalar
  3. Oldindan to‘lov (bo‘nak) tarzida boshqa shaxslardan olingan va hali realizatsiya qilinmagan mablag‘lar
  4. Ustav fondiga hissa sifatida qabul qilingan mol-mulk va pul mablag‘lari tarzida olingan daromadlar

To‘g‘ri javob: Inventarizatsiya natijasida aniqlangan ortiqcha tovar-moddiy zaxiralarning qiymati tarzidagi daromad. 297-modda 11-band daromadlar tarkibiga kiritadi; qolganlari 304-moddaga ko‘ra hisobga olinmaydi.

Kazus: “Mashinasozlik” MChJ o‘z korxonasini mol-mulk majmui sifatida sotdi va sotuvdan 800 mln so‘m olindi. Buxgalter bu summa daromad emas, deb hisoblamoqda. Qaysi xulosa to‘g‘ri?
  1. Bu summa daromad hisoblanmaydi, chunki mol-mulk majmuini sotish soliq solinadigan operatsiya emas
  2. Bu summaning faqat yarmi daromad hisoblanadi, qolgan yarmi mol-mulk qiymatini qoplash deb olinadi
  3. Faqat soliq organi ruxsat bergan taqdirdagina bu summa jami daromad tarkibiga kiritiladi
  4. Korxonani mol-mulk majmui sifatida sotishdan olingan daromad jami daromad tarkibiga kiradi

To‘g‘ri javob: Korxonani mol-mulk majmui sifatida sotishdan olingan daromad jami daromad tarkibiga kiradi. 297-modda 23-band.

Yuridik shaxs qayta tashkil etilganda mol-mulk qiymati va huquqiy vorislik tartibida o‘tadigan majburiyatlar qiymati haqida qaysi xulosa to‘g‘ri?
  1. Ular qayta tashkil etilgan yuridik shaxslarning to‘liq daromadlari deb e’tirof etiladi
  2. Ular faqat huquqiy vorisning daromadi sifatida e’tirof etilib, soliq solinadi
  3. Ularning yarmi daromad sifatida hisoblanib, qolgan qismi daromad hisoblanmaydi
  4. Ular qayta tashkil etilgan yuridik shaxslarning daromadlari deb e’tirof etilmaydi

To‘g‘ri javob: Ular qayta tashkil etilgan yuridik shaxslarning daromadlari deb e’tirof etilmaydi. 297-modda: qayta tashkil etishda olinadigan mol-mulk qiymati daromad deb e’tirof etilmaydi.

Kazus: Muayyan bir daromad Soliq kodeksidagi daromadlarning bir nechta moddasida nazarda tutilgan. Buxgalter uni jami daromadda ikki marta aks ettirmoqchi. Qaysi xulosa to‘g‘ri?
  1. Jami daromadni aniqlashda bunday daromad faqat bir marta kiritiladi
  2. Daromad ikki marta kiritiladi, har bir modda bo‘yicha alohida
  3. Daromad nazarda tutilgan moddalar soniga qarab bir necha marta kiritiladi
  4. Daromad jami daromadga umuman kiritilmaydi, chunki takrorlanmoqda

To‘g‘ri javob: Jami daromadni aniqlashda bunday daromad faqat bir marta kiritiladi. 297-modda: bunday daromad faqat bir marta kiritiladi.

Soliq kodeksida boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, daromadni e’tirof etish sanasi qaysi qonunchilik talablariga muvofiq aniqlanadi?
  1. Buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga
  2. Bojxona to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga
  3. Valyutani tartibga solish to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga
  4. Fuqarolik protsessual qonunchilik talablariga

To‘g‘ri javob: Buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga. 297-modda to‘rtinchi qadamdagi qism.

Kazus: “Texnoservis” MChJ balans qiymati (qoldiq qiymati) 40 mln so‘m bo‘lgan amortizatsiya qilinadigan aktivni 55 mln so‘mga sotdi. Aktivning chiqib ketishidan olingan moliyaviy natija qanday aniqlanadi?
  1. Faqat 55 mln so‘m daromad sifatida olinadi, qoldiq qiymat chegirilmagan holda
  2. Chiqib ketishdan olingan daromaddan qoldiq qiymatni chegirib — 15 mln so‘m foyda
  3. Qoldiq qiymat 40 mln so‘m zarar sifatida olinadi, sotuv narxi inobatga olinmaydi
  4. Moliyaviy natija aniqlanmaydi, chunki amortizatsiya qilinadigan aktiv sotilgan

To‘g‘ri javob: Chiqib ketishdan olingan daromaddan qoldiq qiymatni chegirib — 15 mln so‘m foyda. 298-modda: moliyaviy natija = chiqib ketishdan olinadigan daromad minus qoldiq qiymat: 55-40=15.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiSoliq to‘lovchilar, soliq solish obyekti va soliq bazasiKeyingi →Xarajatlar