XotirAI logotipiXotirAI
⚖️ Soliq kodeksi · 305–317-m.

Xarajatlar

Maxsus Qism

305-modda. Umumiy qoidalar

Ushbu Kodeks 294-moddasi birinchi qismining birinchi bandida ko‘rsatilgan yuridik shaxslarning soliq bazasini aniqlashda ushbu shaxslarning jami daromadidan daromad olish bilan bog‘liq barcha xarajatlar chegirib tashlanadi, bundan ushbu bo‘limga ko‘ra chegirib tashlanmaydigan xarajatlar mustasno.

Ushbu bo‘lim maqsadlarida soliq to‘lovchi tomonidan O‘zbekiston Respublikasida ham, uning hududidan tashqarida ham hisobot (soliq) davri davomida amalga oshirilgan (ko‘rilgan), asoslangan va hujjatlar bilan tasdiqlangan chiqimlari (ushbu Kodeksning 333 — 336-moddalarida nazarda tutilgan hollarda esa zararlar) xarajatlar deb e’tirof etiladi.

Asoslangan xarajatlar deganda bahosi pul shaklida ifodalangan, iqtisodiy jihatdan o‘zini oqlagan chiqimlar tushuniladi.

Har qanday chiqimlar, basharti ular hech bo‘lmaganda quyidagi shartlardan biriga muvofiq kelgan taqdirda, iqtisodiy jihatdan o‘zini oqlagan chiqimlar deb e’tirof etiladi:

Hujjatlar bilan tasdiqlangan xarajatlar deganda quyidagi hujjatlar bilan tasdiqlangan chiqimlar tushuniladi:

305-modda. Umumiy qoidalar (davomi)

Ushbu Kodeksning 37-bobiga muvofiq, jumladan amortizatsiya qilinadigan aktivlarni sotib olish va hisobga olinadigan qo‘shilgan qiymat solig‘ining summasi, shu xarajat sifatida e’tirof etilmaydi, bundan ushbu Kodeksning 314-moddasida nazarda tutilgan hollar mustasno.

Agar ayni bir xarajatlar xarajatlarning bir nechta moddasida nazarda tutilgan bo‘lsa, soliq bazasini hisob-kitob qilishda mazkur xarajatlar faqat bir marta chegirib tashlanadi.

Soliq to‘lovchining qiymati chet el valyutasida ifodalangan xarajatlari milliy valyutada qiymati ifodalangan xarajatlar bilan birgalikda hisobga olinadi.

Agar buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga muvofiq xarajatni e’tirof etish ushbu Kodeksga muvofiq xarajatni aniqlash va e’tirof etish tartibidan farq qilsa, mazkur xarajat soliq solish maqsadlarida ushbu Kodeksda belgilangan tartibda hisobga olinadi.

Agar ushbu bo‘limda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, soliq solish maqsadlarida, buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonunchilikni qo‘llash chog‘ida aktivlar va (yoki) majburiyatlarning qiymati o‘zgarganligi munosabati bilan buxgalteriya hisobida aks ettirilgan chiqimlarga xarajatlar sifatida qaralmaydi, bundan haqiqatda to‘langan xarajatlar mustasno.

305-modda. Umumiy qoidalar (davomi)

Agar ushbu Kodeksda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga muvofiq, uzoq muddatli aktivlarning dastlabki qiymatiga va zaxiralarning tannarxiga kiritiladigan xarajatlar amortizatsiya ajratmalari vositasida va bunday zaxiralarning tannarxi orqali chegirmalar jumlasiga kiritilishi lozim.

Ushbu Kodeks 306-moddasining oltinchi qismiga muvofiq amortizatsiya ajratmalari hisoblanmaydigan uzoq muddatli aktivlarning qiymati mazkur aktivlar ushbu Kodeksning 298-moddasida nazarda tutilgan tartibda chiqib ketayotganda soliq bazasini aniqlashda hisobga olinadi.

Soliq to‘lovchining xarajatlariga tuzatishlar kiritish ushbu Kodeksning 332-moddasiga muvofiq amalga oshiriladi.

Ushbu Kodeksning 306 — 316-moddalari va 45-bobida ko‘rsatilgan xarajatlar ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan shartlarga rioya etilgan holda chegirmalar jumlasiga kiritiladi.

306-modda. Amortizatsiya xarajatlari

Ushbu Kodeksga muvofiq soliq to‘lovchi amortizatsiya qilinadigan aktivlar sifatida hisobga oladigan asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar ushbu Kodeks maqsadlarida amortizatsiya qilinadigan aktivlar deb e’tirof etiladi.

O‘zbekiston Respublikasida birlik (to‘plam) uchun belgilangan (asosiy vosita sifatida e’tirof etilgan sanadagi), qiymati bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravari miqdoridan yuqori bo‘lgan, soliq to‘lovchida mulk huquqi asosida turgan (agar ushbu moddada boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa) va soliq to‘lovchi tomonidan tovarlarni ishlab chiqarishda (xizmatlar ko‘rsatishda) yoki ma’muriy-boshqaruv ehtiyojlari uchun uzoq vaqt (davomiyligi o‘n ikki oydan ortiq vaqt) mobaynida foydalaniladigan mol-mulk soliq solish maqsadlarida asosiy vosita deb e’tirof etiladi.

Soliq to‘lovchi soliq davri uchun soliq solish maqsadlaridagi hisob siyosatida mol-mulk qiymatini asosiy vositalar tarkibida hisobga olish uchun mol-mulkning eng kam chegarasini belgilashga haqli.

Quyidagilar ham amortizatsiya qilinadigan aktiv deb e’tirof etiladi:

ijaraga beruvchining (qarz beruvchining) roziligi bilan ijaraga va (yoki) bepul foydalanishga berilgan amortizatsiya qilinadigan aktivga ijaraga oluvchi (qarz oluvchi) tomonidan amalga oshirilgan ajratib bo‘lmaydigan yaxshilash shaklidagi kapital qo‘yilmalar;

soliq to‘lovchilar tomonidan o‘z mablag‘lari hisobidan ijtimoiy infratuzilma (elektr, gaz, issiqlik ta’minoti, suv ta’minoti, kanalizatsiya, yo‘l) tarmoqlarini qurish xarajatlari. Bunda mazkur xarajatlar ijtimoiy infratuzilma tarmoqlari tegishli ta’minotchi tashkilotga beg‘araz topshirilgan hamda Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazining tegishli xulosasi soliq organiga taqdim etilgan taqdirda asoslantirilgan deb hisoblanadi.

306-modda. Amortizatsiya xarajatlari (davomi)

Moliyaviy ijara shartnomasi (lizing shartnomasi) bo‘yicha olingan amortizatsiya qilinadigan aktiv ijara (lizing) obyektini oluvchida amortizatsiya qilinadigan aktivlar tarkibiga kiritiladi.

Quyidagi aktivlar amortizatsiya qilinmaydi:

306-modda. Amortizatsiya xarajatlari (davomi)

Ushbu modda maqsadida quyidagilar amortizatsiya qilinadigan aktivlar tarkibidan chiqarib tashlanadi:

Agar mazkur moddada boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, ushbu modda maqsadida amortizatsiya qilinadigan aktiv boshlang‘ich qiymat bo‘yicha hisobga olinadi.

2021-yil 31-dekabrdan keyin sotib olingan (olingan, yaratilgan) amortizatsiya qilinadigan aktivning boshlang‘ich qiymati uni sotib olishga, qurishga, ishlab chiqarishga, yetkazib berishga va foydalanish uchun yaroqli bo‘lgan holatga keltirishga doir xarajatlar summasi sifatida (agar bunday aktiv soliq to‘lovchi tomonidan bepul olingan yoxud inventarizatsiya natijasida aniqlangan bo‘lsa, shu aktivning ushbu Kodeksning 299-moddasiga muvofiq belgilanadigan bozor qiymati sifatida) aniqlanadi.

Moliyaviy ijara va (yoki) lizing predmeti bo‘lgan amortizatsiya qilinadigan aktivning boshlang‘ich qiymati ushbu moddaning to‘qqizinchi qismida ko‘rsatilgan tartibga o‘xshash tartibda aniqlanadi.

Aksiyadorning (ishtirokchining, mulkdorning) ustav fondiga (ustav kapitaliga) hissasi hisobidan olingan, amortizatsiya qilinadigan aktivlarning boshlang‘ich qiymati deb mazkur aktivlarning aksiyadorlar (ishtirokchilar, mulkdorlar) tomonidan kelishilgan, lekin ushbu Kodeksning 299-moddasida ko‘rsatilgan tartibga o‘xshash tartibda aniqlanadigan bozor qiymatidan yuqori bo‘lmagan puldagi bahosi e’tirof etiladi.

306-modda. Amortizatsiya xarajatlari (davomi)

Soliq to‘lovchining o‘zi barpo etgan (tayyorlagan, yaratgan), amortizatsiya qilinadigan aktivning boshlang‘ich qiymati deb bunday aktivni barpo etish (qurish, qo‘shimcha qurish, tayyorlash, yaratish) bo‘yicha haqiqiy xarajatlar summasi e’tirof etiladi.

Amortizatsiya qilinadigan aktivning boshlang‘ich qiymati quyidagilar hisobga olinmagan holda aniqlanadi:

ushbu Kodeksning 37-bobiga muvofiq hisobga olingan va (yoki) 314-moddasiga muvofiq xarajatlar tarkibida hisobga olinadigan qo‘shilgan qiymat solig‘i;

foizlar bo‘yicha xarajatlarni va ushbu Kodeksga muvofiq chegirib tashlanishi lozim bo‘lgan yoki xarajatlar tarkibida hisobga olinadigan amortizatsiya qilinadigan aktivni sotib olish bilan bog‘liq boshqa xarajatlar.

Sotish uchun mo‘ljallangan zaxiralar yoki aktivlar tarkibidan o‘tkazilgan amortizatsiya qilinadigan aktivning boshlang‘ich qiymati ushbu aktivning buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq bunday kelib tushish sanasida aniqlangan balans qiymatidir.

Agar amortizatsiya qilinadigan aktiv soliq to‘lovchi tomonidan qayta tashkil etish natijasida (bundan tashkiliy-huquqiy shakl o‘zgargan hollar mustasno) olingan bo‘lsa, bunday aktivning topshirish dalolatnomasida yoki taqsimlash balansida ko‘rsatilgan balans qiymati uning boshlang‘ich qiymati bo‘ladi.

2021-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra buxgalteriya hisobi ma’lumotlariga ko‘ra soliq to‘lovchida mavjud bo‘lgan, amortizatsiya qilinadigan aktivning boshlang‘ich (qayta tiklanish) qiymati soliq solish maqsadlarida ilgari o‘tkazilgan qayta baholashlarni hisobga olgan holda uning boshlang‘ich qiymati sifatida aniqlanadi.

306-modda. Amortizatsiya xarajatlari (davomi)

Amortizatsiya qilinadigan aktivning qayta tiklanish qiymatini aniqlashda ushbu modda maqsadida soliq to‘lovchining qarori bo‘yicha 2020-yilning 1-yanvar holatiga ko‘ra amalga oshirilgan va soliq to‘lovchining buxgalteriya hisobida 2020-yil 1-yanvardan keyin aks ettirilgan amortizatsiya qilinadigan aktivning qayta baholanishi hisobga olinadi.

Ushbu bo‘lim maqsadida soliq to‘lovchi tomonidan 2021-yil 1-yanvardan keyin amortizatsiya qilinadigan aktiv qiymatini qayta baholash (narxini pasaytirish) amalga oshirilganda, bunday qayta baholashning ijobiy (salbiy) summasi daromad (xarajat) deb e’tirof etilmaydi, amortizatsiya qilinadigan aktivning qayta tiklanish qiymatini aniqlashda va amortizatsiyani hisoblashda hisobga olinmaydi.

Amortizatsiya qilinadigan aktivning boshlang‘ich qiymati bunday aktivga soliq to‘lovchi tomonidan kapital qo‘yilmalar amalga oshirilgan taqdirda, basharti ular iqtisodiy jihatdan o‘rinli bo‘lsa, o‘zgaradi.

Amortizatsiya qilinadigan aktivning boshlang‘ich qiymati tegishli obyektlar qo‘shimcha qurilgan, qo‘shimcha jihozlangan, rekonstruksiya qilingan, modernizatsiya qilingan, texnologik jihatdan qayta jihozlangan, qisman tugatilgan hollarda va boshqa shunga o‘xshash asoslarga, shu jumladan tabiatni muhofaza qilish maqsadlariga ko‘ra o‘zgaradi.

Asbob-uskunalar, binolar, inshootlarning yoki boshqa amortizatsiya qilinadigan aktivning texnologik yoki xizmat ko‘rsatish jihatidan belgilangan maqsadining o‘zgarishi va (yoki) boshqa yangi sifatlarning olinishi bilan bog‘liq ishlar, qo‘shimcha qurish, qo‘shimcha jihozlash, modernizatsiya qilishga doir ishlar jumlasiga kiradi.

306-modda. Amortizatsiya xarajatlari (davomi)

Ushbu modda maqsadida ishlab chiqarishni takomillashtirish va uning texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan hamda ishlab chiqarish quvvatlarini ko‘paytirish, tovarlar (xizmatlar) sifatini yaxshilash va (yoki) ularning nomenklaturasini o‘zgartirish maqsadida amortizatsiya qilinadigan aktivni rekonstruksiya qilish loyihasi bo‘yicha amalga oshiriladigan, mavjud amortizatsiya qilinadigan aktivni qayta qurish rekonstruksiya qilish jumlasiga kiradi.

Amortizatsiya qilinadigan aktivning yoki uning ayrim qismlarining texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini texnika va texnologiyani o‘zgartirish, ishlab chiqarishni mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish, ma’nan eskirgan hamda jismonan ishdan chiqqan asbob-uskunalarni modernizatsiyalash va almashtirish asosida oshirishga doir kompleks tadbirlar texnik jihatdan qayta jihozlash jumlasiga kiradi. Texnik jihatdan qayta jihozlash yangi ishlab chiqarishlarni barpo etishni va amaldagilarini kengaytirishni ham o‘z ichiga oladi.

Ijaraga olingan amortizatsiya qilinadigan aktivlarga va (yoki) bepul foydalanish shartnomasi bo‘yicha olingan amortizatsiya qilinadigan aktivlarga kapital qo‘yilmalar quyidagi tartibda amortizatsiya qilinadi:

ijaraga beruvchi tomonidan ijaraga oluvchiga (qarz beruvchi tomonidan qarz oluvchiga) qiymatining o‘rni qoplanadigan kapital qo‘yilmalar ijaraga beruvchi (qarz beruvchi) tomonidan amortizatsiya qilinadi;

306-modda. Amortizatsiya xarajatlari (davomi)

ijaraga oluvchi ijaraga beruvchining roziligi bilan (qarz beruvchining roziligi bilan qarz oluvchi) amalga oshirgan, qiymatining o‘rni ijaraga beruvchi (qarz beruvchi) tomonidan qoplab berilmaydigan kapital qo‘yilmalar ijaraga oluvchi (qarz oluvchi) tomonidan amortizatsiya qilinadi.

2020-yil 31-dekabr holatiga ko‘ra soliq to‘lovchida mavjud bo‘lgan amortizatsiya qilinadigan aktivlarning qoldiq qiymati bunday amortizatsiya qilinadigan aktivlarning boshlang‘ich (tiklanish) qiymati va 2021-yil 1-yanvargacha hisoblangan (jamg‘arilgan) amortizatsiya summasi o‘rtasidagi farq sifatida aniqlanadi.

2020-yilning 31-dekabridan keyin ishga tushirilgan amortizatsiya qilinadigan aktivning qoldiq qiymati uning boshlang‘ich qiymati va soliqni hisoblab chiqarish maqsadida hisoblangan (jamg‘arilgan) amortizatsiya summasi o‘rtasidagi farq sifatida aniqlanadi. Ushbu Kodeks 308-moddasining yettinchi qismiga muvofiq investitsiyaviy chegirma bekor qilingan taqdirda, jamg‘arilgan amortizatsiya investitsiyaviy chegirma chegirib tashlangan holda aniqlanadi.

Amortizatsiya qilinadigan aktivning qiymati ushbu Kodeksning 308-moddasida nazarda tutilgan amortizatsiya ajratmalari va (yoki) investitsiyaviy chegirmalar orqali xarajatlar jumlasiga kiritiladi.

Agar ushbu moddaning o‘n oltinchi qismida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, amortizatsiya qilinadigan aktivning qiymati amortizatsiya ajratmalarini qayta baholash hisobga olinmagan holda boshlang‘ich qiymatdan hisoblanadigan amortizatsiya ajratmalari orqali xarajatlar jumlasiga kiritiladi.

306-modda. Amortizatsiya xarajatlari (davomi)

Amortizatsiya qilinadigan aktivlar amortizatsiyani hisoblash maqsadida, ushbu moddaning qoidalariga muvofiq va O‘zbekiston Respublikasi asosiy fondlarining statistik tasniflari hisobga olingan holda aktivni ishga tushirish sanasida amortizatsiya guruhlari (kichik guruhlari) bo‘yicha taqsimlanadi.

Amortizatsiya qilinadigan barcha aktivlar (bundan nomoddiy aktivlar mustasno) bo‘yicha amortizatsiyani hisoblash amortizatsiyaning quyidagi eng yuqori normalari qo‘llanilgan holda to‘g‘ri chiziqli usul orqali amalga oshiriladi:

Guruhlar tartib raqami

Kichik guruhlar tartib raqami

Amortizatsiya guruhlarining (kichik guruhlarining) nomi

Amortizatsiyaning normasi,

foizlarda

I

Binolar va inshootlar

1

Binolar

5

2

Inshootlar

10

II

Quvurlar, elektr uzatish va telekommunikatsiyalar liniyalari

15

III

Mashinalar va uskunalar (transport uskunalaridan tashqari)

20

IV

Transport uskunalari

1

Havo va kosmik uchish apparatlari va ular bilan bog‘liq uskunalar, kemalar va qayiqlar, lokomotivlar va harakatdagi tarkib (temir yo‘l tarkibi)

10

2

Avtotransport vositalari, avtomobil kuzovlari (korpuslari), tirkamalar va yarim tirkamalar, boshqa transport uskunalari

20

V

Kompyuterlar va periferiya uskunalari

40

VI

Boshqa guruhlarga kiritilmagan amortizatsiya qilinadigan aktivlar

15

Soliq to‘lovchi soliqni hisoblab chiqarish maqsadida amortizatsiyani ushbu moddada belgilanganidan pastroq normalar bo‘yicha hisoblashga haqli.

Soliq solish maqsadi uchun amortizatsiya summasi soliq to‘lovchilar tomonidan har oyda aniqlanadi. Amortizatsiya har bir amortizatsiya qilinadigan aktiv bo‘yicha alohida hisoblanadi hamda uning boshlang‘ich qiymatining va ushbu obyekt uchun belgilangan amortizatsiya normasining ko‘paytmasi sifatida aniqlanadi.

306-modda. Amortizatsiya xarajatlari (davomi)

Amortizatsiya qilinadigan aktiv, shu jumladan qonunchilikka muvofiq huquqlari davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan amortizatsiya qilinadigan aktivlar bo‘yicha amortizatsiyani hisoblash ushbu aktiv, u davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sanadan qat’i nazar, foydalanishga topshirilgan sanadan e’tiboran boshlanadi.

Agar soliq to‘lovchi biror-bir kalendar oy ichida ta’sis etilgan, tugatilgan yoki qayta tashkil etilgan bo‘lsa, amortizatsiya quyidagi xususiyatlar hisobga olingan holda hisoblanadi:

Ushbu modda o‘ttiz to‘rtinchi qismining qoidalari o‘zining tashkiliy-huquqiy shaklini o‘zgartirayotgan soliq to‘lovchilarga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Amortizatsiyani hisoblash amortizatsiya qilinadigan aktivning qiymati to‘liq hisobdan chiqarilgan sanadan e’tiboran yoki bunday aktiv soliq to‘lovchining amortizatsiya qilinadigan aktivlari tarkibidan har qanday asoslarga ko‘ra chiqarilganda tugatiladi.

Ushbu moddaning yettinchi qismiga muvofiq amortizatsiya qilinadigan aktiv tarkibidan chiqarib tashlangan aktivlar bo‘yicha amortizatsiyani hisoblash ushbu aktiv amortizatsiya qilinadigan aktiv tarkibidan chiqarib tashlangan sanadan e’tiboran tugatiladi va amortizatsiya qilinadigan aktiv raskonservatsiya qilingan yoki uni rekonstruksiya qilish (modernizatsiyalash) yakunlangan sanadan e’tiboran qayta tiklanadi.

306-modda. Amortizatsiya xarajatlari (davomi)

Soliq solish maqsadlarida amortizatsiya qilinadigan aktivning qiymatiga ushbu Kodeks 317-moddasining 17-bandida nazarda tutilgan xarajatlar kiritilmaydi.

Nomoddiy aktivlarning qiymati ushbu Kodeksning 307-moddasida nazarda tutilgan tartibda xarajatlar jumlasiga kiritiladi.

Agar soliq to‘lovchi ushbu Kodeks 75-moddasining oltinchi qismiga muvofiq tezlashtirilgan amortizatsiya qilish huquqidan foydalanishga haqli bo‘lsa, u holda soliq to‘lovchi soliq bazasini amortizatsiya qilinadigan asosiy vositalarning amortizatsiya qilinmagan (qoldiq) qiymatini tezlashtirilgan amortizatsiya qilish orqali soliq bazasiga teng miqdorgacha kamaytirish huquqiga ega.

Tezlashtirilgan amortizatsiya qilish huquqi soliq solinadigan daromadlar olish bilan bog‘liq bo‘lmagan, soliq to‘lovchining ta’sischilari tomonidan uning ustav fondiga (ustav kapitaliga) kiritilgan yoxud operativ ijaraga berilgan asosiy vositalarga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Soliq bazasi har bir soliq davrida soliq bo‘yicha shakllangan soliq bazasi miqdori doirasida, lekin ko‘pi bilan uch yil muddatga kamaytirilishi mumkin. Tezlashtirilgan amortizatsiya qilish muddati yakunlanganidan keyin amortizatsiya qilinadigan asosiy vositalar ushbu moddaga muvofiq amortizatsiya normalari doirasida amortizatsiya qilinadi.

Tezlashtirilgan amortizatsiya qilish huquqi berilgan davrda ushbu huquq qo‘llanilgan amortizatsiya qilinadigan asosiy vositalar realizatsiya qilingan, bepul berilgan va boshqacha tarzda (bundan tabiiy ofat, yong‘in, avariya va shunga o‘xshash boshqa hollar mustasno) chiqib ketgan taqdirda, tezlashtirilgan amortizatsiya summasi bunday aktivning chiqib ketishi yuz bergan hisobot (soliq) davrida soliq bazasiga tiklash orqali bekor qilinadi.

306-modda. Amortizatsiya xarajatlari (davomi)

Ushbu moddaga muvofiq norma doirasida hisoblangan amortizatsiya ajratmalari va tezlashtirilgan amortizatsiya summasi hamda ushbu Kodeksning 308-moddasiga asosan hisoblangan investitsiya chegirmalarining jami qiymati amortizatsiyalanadigan qiymatdan oshmasligi lozim.

307-modda. Nomoddiy aktivlarni amortizatsiya qilish xarajatlari

Soliq to‘lovchining tovarlar ishlab chiqarishda (xizmatlar ko‘rsatishda) yoki ma’muriy-boshqaruv ehtiyojlari uchun uzoq vaqt (davomiyligi o‘n ikki oydan ortiq vaqt) mobaynida foydalaniladigan intellektual faoliyat natijalari va boshqa intellektual mulk obyektlari (ularga bo‘lgan mutlaq huquqlar) soliq solish maqsadlarida nomoddiy aktivlar deb e’tirof etiladi.

Nomoddiy aktivlar jumlasiga, xususan, basharti soliq to‘lovchi ushbu aktivlarga nisbatan mutlaq huquqlarga ega bo‘lsa, ushbu Kodeks 44-moddasining birinchi qismida ko‘rsatilgan aktivlar kiradi.

Nomoddiy aktivni tan olish uchun quyidagilar zarur:

soliq to‘lovchiga iqtisodiy naf (daromad) olib kelish imkoniyatining mavjudligi;

nomoddiy aktivning o‘zi mavjudligini va (yoki) soliq to‘lovchida intellektual faoliyat natijalariga bo‘lgan mutlaq huquq mavjud ekanligini tasdiqlovchi lozim darajada rasmiylashtirilgan hujjatlarning (shu jumladan patentlar, guvohnomalarning, boshqa muhofaza hujjatlarining, patentdan, tovar belgisidan o‘zganing foydasiga voz kechishga (uni olishga) doir shartnomaning) mavjudligi.

Nomoddiy aktivdan foydali tarzda foydalanish muddatini aniqlash patentning, guvohnomaning amal qilish muddatidan va (yoki) intellektual mulk obyektlaridan O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga yoki chet davlatning qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan qonunchiligiga muvofiq foydalanish muddatlariga doir boshqa cheklovlardan kelib chiqqan holda yoxud nomoddiy aktivlardan foydali tarzda foydalanishning tegishli shartnomalarda shartlashilgan muddatidan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.

307-modda. Nomoddiy aktivlarni amortizatsiya qilish xarajatlari (davomi)

Nomoddiy aktivlar bo‘yicha amortizatsiya har oyda soliq to‘lovchi tomonidan ularning boshlang‘ich qiymatidan va bunday nomoddiy aktivdan foydali tarzda foydalanish muddatidan, biroq soliq to‘lovchining faoliyati muddatidan ko‘p bo‘lmagan muddatdan kelib chiqqan holda hisob-kitob qilingan normalar bo‘yicha hisoblanadi.

Foydali tarzda foydalanish muddatini aniqlash mumkin bo‘lmagan nomoddiy aktivlar bo‘yicha amortizatsiya normalari besh yillik muddatga belgilanadi.

Ushbu moddada nazarda tutilgan istalgan nomoddiy aktivdan foydalanish va foydalanish huquqi uchun soliq to‘lovchi tomonidan to‘lanadigan davriy (joriy) to‘lovlar ushbu Kodeks 305-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan shartlarga rioya etilgan taqdirda xarajatlar deb e’tirof etiladi va chegirmalar jumlasiga mutanosib ravishda foydalanish muddat davomida kiritiladi”;

308-modda. Investitsiyaviy chegirma

Soliq to‘lovchi ushbu Kodeksning 306-moddasiga muvofiq aniqlanadigan aktivning boshlang‘ich qiymatidan kelib chiqqan holda amortizatsiya qilinishi lozim bo‘lgan amortizatsiya qilinadigan aktivlar bo‘yicha investitsiyaviy chegirmalarni ushbu moddada belgilangan tartibda va shartlarda qo‘llashga haqli.

Investitsiyaviy chegirma amortizatsiya xarajati deb e’tirof etiladi.

Investitsiyaviy chegirma quyidagi miqdorda qo‘llaniladi:

Ushbu Kodeks 317-moddasining 17-bandiga muvofiq chegirib tashlanmaydigan xarajatlar bo‘yicha investitsiyaviy chegirma berilmaydi.

Investitsiyaviy chegirma yangi texnologik uskunani ishga tushirish amalga oshirilgan yoxud o‘z ishlab chiqarishini modernizatsiya qilish, texnik va (yoki) texnologik jihatdan qayta jihozlash amalga oshirilgan, ishlab chiqarish yangi qurilish shaklida kengaytirilgan, ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun foydalaniladigan binolar va inshootlarni rekonstruksiya qilish amalga oshirilgan, laboratoriya testlarini va sinovlarini o‘tkazish uchun komplekslar, axborot tizimlarini yaratish bo‘yicha investitsiya loyihalari doirasida mahalliy ishlab chiqarishning dasturiy ta’minoti sotib olingan hisobot (soliq) davrida qo‘llaniladi.

308-modda. Investitsiyaviy chegirma (davomi)

Ushbu modda maqsadlarida tovarlarni (xizmatlarni) ishlab chiqarish jarayonida soliq to‘lovchi tomonidan foydalaniladigan, chiqarilgan kunidan e’tiboran ko‘pi bilan uch yil o‘tgan mashinalar va uskunalar (shu jumladan transport uskunalari) yangi texnologik uskunalar deb e’tirof etiladi.

Amortizatsiya qilinadigan aktiv u bo‘yicha investitsiyaviy chegirma qo‘llanilgan sanadan e’tiboran uch yil ichida realizatsiya qilingan, bepul berilgan va boshqacha tarzda chiqib ketgan taqdirda, investitsiyaviy chegirmaning amal qilishi bunday aktivning chiqib ketishi ro‘y bergan hisobot (soliq) davrida jamg‘arilgan amortizatsiya summasidan uni chegirib tashlash orqali bekor qilinadi.

Ushbu modda yettinchi qismining qoidalari amortizatsiya qilinadigan aktivning favqulodda vaziyatlar (tabiiy ofat, yong‘in, avariya va shunga o‘xshash boshqa holatlar) tufayli chiqib ketishi hollariga nisbatan, shuningdek amortizatsiya qilinadigan aktivning boshlang‘ich qiymati uning chiqib ketish sanasiga qadar ushbu Kodeksning 306-moddasida belgilangan normalar bo‘yicha to‘liq amortizatsiya qilinishi mumkin bo‘lgan hollarda tatbiq etilmaydi.

309-modda. Amortizatsiya qilinadigan aktivlarni ta’mirlash xarajatlari

Soliq solish maqsadlarida soliq to‘lovchi tomonidan amortizatsiya qilinadigan aktivlarni ta’mirlash uchun amalga oshirilgan xarajatlar qaysi hisobot (soliq) davrida amalga oshirilgan bo‘lsa, o‘sha hisobot (soliq) davrida haqiqiy chiqimlar miqdorida xarajatlar jumlasiga kiritiladi.

Agar ijaraga oluvchi va ijaraga beruvchi o‘rtasidagi shartnomada (qarz oluvchi va qarz beruvchi o‘rtasidagi shartnomada) ijaraga oluvchining (qarz oluvchining) xarajatlari o‘rnini ijaraga beruvchi (qarz beruvchi) tomonidan qoplash nazarda tutilgan bo‘lmasa, ushbu modda qoidalari ijaraga oluvchining (qarz oluvchining) mazkur xarajatlariga nisbatan ham qo‘llaniladi.

310-modda. Foizlar va ayrim chiqimlar bo‘yicha xarajatlar

Soliq to‘lovchining qarz majburiyatlari (kreditlar, tovar va tijorat kreditlari, qarzlar, bank omonatlari, bank hisobvaraqlari yoki rasmiylashtirish usulidan qat’i nazar, boshqa jalb qilingan mablag‘lar) bo‘yicha foizlar tarzidagi xarajatlari ushbu Kodeksning VI bo‘limida nazarda tutilgan o‘ziga xos xususiyatlar inobatga olingan holda, haqiqiy stavkadan kelib chiqib, chegirib tashlanadi.

Yuridik shaxsning nazorat qilinadigan qarzi bilan bog‘liq xarajatlari ushbu moddaning birinchi qismi qoidalari hisobga olingan holda, ushbu moddada belgilangan eng ko‘p qiymatlardan oshmaydigan miqdorda chegirib tashlanadi. Mazkur qoida quyidagilarga nisbatan qo‘llaniladi:

Ushbu modda maqsadlarida yuridik shaxsning quyidagi qarzlari nazorat qilinadigan qarzlar deb e’tirof etiladi:

310-modda. Foizlar va ayrim chiqimlar bo‘yicha xarajatlar (davomi)

Nazorat qilinadigan qarz soliq davridagi quyidagi qarzlarning jami summalarini o‘z ichiga oladi:

qarz mablag‘lari bo‘yicha;

javobgarlikning boshqa choralari qo‘llanilganligi natijasida, shu jumladan shartnoma majburiyatlarini buzganlik uchun zararlarning o‘rni qoplanishi natijasida to‘lanishi lozim bo‘lgan neustoykalar (jarimalar, penyalar) summalari bo‘yicha.

Ushbu moddaning to‘rtinchi qismi maqsadlari uchun soliq davrida mavjud bo‘lgan qarz deganda, qaysi xo‘jalik operatsiyasi natijasida joriy hisobot (soliq) davrida qarz yuzaga keladigan yoki ko‘payadigan bo‘lsa, o‘sha har bir xo‘jalik operatsiyasining qiymat ko‘rsatkichlari summasi, shuningdek joriy hisobot (soliq) davrining boshida to‘lanmagan qarzning summasi tushuniladi.

Agar ushbu moddaning uchinchi qismida ko‘rsatilgan chet ellik shaxs yoki boshqa shaxslar oldidagi nazorat qilinadigan qarz miqdori soliq to‘lovchining xususiy kapitalidan uch baravardan ortiq bo‘lsa, faqat lizing faoliyati bilan shug‘ullanuvchi banklar va soliq to‘lovchilar uchun esa o‘n uch baravardan ortiq bo‘lsa, xarajatlarning chegirib tashlanishi lozim bo‘lgan eng ko‘p miqdorini aniqlashda ushbu moddaning yettinchi – to‘qqizinchi qismlarida belgilangan qoidalar qo‘llaniladi.

310-modda. Foizlar va ayrim chiqimlar bo‘yicha xarajatlar (davomi)

Soliq to‘lovchi nazorat qilinadigan qarzning har bir turi bo‘yicha eng ko‘p summalarni har bir hisobot (soliq) davrining oxirgi sanasida hisoblab chiqarishi shart. Hisob-kitob nazorat qilinadigan qarz bo‘yicha ayrim chiqimlarning (xarajatlarning) soliq davri boshlanganidan e’tiboran o‘sib boruvchi yakun bilan aniqlangan summasini tegishli hisobot (soliq) davrining oxirgi sanasida hisob-kitob qilinadigan kapitallashtirish koeffitsiyentiga bo‘lish yo‘li bilan amalga oshiriladi.

Ushbu moddaning yettinchi qismida ko‘rsatilgan kapitallashtirish koeffitsiyenti tegishli nazorat qilinadigan, to‘lanmagan qarz miqdorini ushbu chet el tashkilotining soliq to‘lovchi ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) bevosita yoki bilvosita ishtirok etishi ulushiga muvofiq bo‘lgan xususiy kapital miqdoriga bo‘lish hamda olingan natijani uchga, banklar va faqat lizing faoliyati bilan shug‘ullanuvchi soliq to‘lovchilar uchun esa o‘n uchga bo‘lish yo‘li bilan aniqlanadi.

Xususiy kapital miqdorini aniqlashda soliq to‘lovchining aktivlari summasi va majburiyatlari miqdori (soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha qarz summalari, shu jumladan ular bo‘yicha kechiktirish va bo‘lib-bo‘lib to‘lash summalari hisobga olinmaydi) tegishli hisobot (soliq) davrining oxirgi kunidagi buxgalteriya hisobi ma’lumotlari asosida aniqlanadi.

Nazorat qilinadigan qarzning har bir turi bo‘yicha ushbu moddaning oltinchi — to‘qqizinchi qismlariga muvofiq hisob-kitob qilingan, biroq haqiqatda hisoblangan xarajatlardan ko‘p bo‘lmagan summalar xarajatlar jumlasiga kiritiladi.

311-modda. Geologik jihatdan o‘rganish, qidirish va tabiiy resurslarni qazib olishga doir tayyorgarlik ishlari uchun xarajatlar

Yer qa’ridan foydalanuvchi tomonidan qazib olishni boshlashdan oldin geologik jihatdan o‘rganish, qidirish, foydali qazilmalarni qazib olishga doir tayyorgarlik ishlari uchun amalga oshirilgan xarajatlar, shu jumladan baholashga, jihozlashga doir xarajatlar, shuningdek ushbu Kodeksga muvofiq chegirib tashlanishi lozim bo‘lgan boshqa xarajatlar amortizatsiya qilinadigan aktivning alohida guruhini tashkil etadi. Bunda ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda, bunday chiqimlar belgilangan normalar doirasida xarajatlar jumlasiga kiritiladi.

Konda foydali qazilmalarni qazib olish davrida xuddi shu konda ustki qatlamni ochish ishlari bo‘yicha qilingan xarajatlar loyihaning texnik-iqtisodiy asosnomasiga va soliq to‘lovchining soliq solish maqsadlaridagi hisob siyosatiga muvofiq ruda jismlarining bosqichlari yoki tarkibiy qismlari kesimidagi hajmlarga mutanosib ravishda hisoblangan amortizatsiya qilinadigan aktivning alohida guruhini hosil qiladi.

Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida ko‘rsatilgan xarajatlar foydali qazilmalarni qazib olish boshlangan yoki ustki qatlamni ochish ishlari yakunlangan paytdan e’tiboran soliq to‘lovchining jami daromadidan amortizatsiya ajratmalari tarzida chegirib tashlanadi.

Amortizatsiya ajratmalarining har yilgi summasi har oyda teng ulushlarda, soliq to‘lovchining xohishiga ko‘ra belgilanadigan amortizatsiya normasini qo‘llash yo‘li bilan:

biroq ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan amortizatsiya qilinadigan aktiv guruhi bo‘yicha to‘plangan xarajatlar summasining 15 foizidan ortiq bo‘lmagan miqdorda;

311-modda. Geologik jihatdan o‘rganish, qidirish va tabiiy resurslarni qazib olishga doir tayyorgarlik ishlari uchun xarajatlar (davomi)

biroq ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan amortizatsiya qilinadigan aktiv guruhi bo‘yicha to‘plangan xarajatlar summasining 33 foizidan ortiq bo‘lmagan miqdorda hisoblab chiqariladi.

Nomahsuldor quduq tugatilgan yoxud soliq to‘lovchi yer qa’ri uchastkasidagi ishlarni iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq emasligi, geologik jihatdan istiqbolsizligi yoki boshqa sabablarga ko‘ra tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilgan taqdirda, basharti yer qa’ridan foydalanish huquqi to‘liq tugatilsa, soliq to‘lovchi bunday huquq tugatilgan hisobot (soliq) davrida qilingan xarajatlar summasini chegirib tashlashga haqli.

312-modda. Ilmiy tadqiqotlarga va (yoki) tajriba-konstruktorlik ishlanmalariga doir xarajatlar

Ushbu bo‘lim maqsadlarida yangi ilmiy yoki texnik bilimlar va g‘oyalarni olish maqsadida amalga oshirilgan original hamda rejali tadqiqotlar jumlasiga kiradigan xarajatlar ilmiy tadqiqotlarga doir xarajatlar deb e’tirof etiladi.

Ushbu bo‘lim maqsadlarida yangi mahsulotni (tovarlarni, xizmatlarni) yaratish yoki ishlab chiqarilayotgan mahsulotni (tovarlarni, xizmatlarni) takomillashtirishga, ishlab chiqarishni va boshqaruvni tashkil etishning yangi texnologiyalarini, usullarini yaratish yoki qo‘llanilayotganlarini takomillashtirish jumlasiga kiradigan xarajatlar tajriba-konstruktorlik ishlanmalariga doir xarajatlar deb e’tirof etiladi.

Ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalariga doir xarajatlarga ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik faoliyati bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan yoki asoslantirilgan tarzda ushbu konstruktorlik faoliyati turlari jumlasiga kiritilishi mumkin bo‘lgan barcha xarajatlar kiritiladi.

Soliq to‘lovchining ilmiy tadqiqotlarga va (yoki) tajriba-konstruktorlik ishlanmalariga doir xarajatlari, amortizatsiya qilinadigan aktivlarni olishga oid xarajatlardan tashqari, tegishli ilmiy tadqiqotlar va (yoki) tajriba konstruktorlik ishlanmalarining natijasidan qat’i nazar, ushbu moddada nazarda tutilgan tartibda bunday tadqiqotlar va ishlanmalar (xizmatlarning alohida bosqichlari) tugallangan va (yoki) qabul qilish-topshirish dalolatnomasini taraflar imzolaganidan keyin 2-koeffitsiyent qo‘llanilgan holda chegirib tashlanadi.

312-modda. Ilmiy tadqiqotlarga va (yoki) tajriba-konstruktorlik ishlanmalariga doir xarajatlar (davomi)

Agar soliq to‘lovchi ilmiy tadqiqotlar va (yoki) tajriba-konstruktorlik ishlanmalari yuzasidan amalga oshirilgan xarajatlar natijasida intellektual faoliyat natijalariga bo‘lgan mutlaq huquqlarni olsa, mazkur huquqlar nomoddiy aktivlar deb e’tirof etiladi. Bunday holda ko‘rsatilgan xarajatlar ushbu Kodeksning 307-moddasida nazarda tutilgan tartibda chegirib tashlanadi.

Ushbu moddaning qoidalari shartnoma bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarni va (yoki) tajriba-konstruktorlik ishlanmalarini ijrochi (pudratchi yoki subpudratchi) sifatida bajaruvchi soliq to‘lovchilarning xarajatlarini soliq solish maqsadlarida e’tirof etishga nisbatan tatbiq qilinmaydi.

313-modda. Umidsiz qarzlar bo‘yicha xarajatlar

Ushbu modda maqsadlarida, sudning qaroriga ko‘ra, qarzdorning bankrot deb topilganligi, tugatish, qarzdor vafot etganligi tufayli majburiyatlar tugatilganligi oqibatida yoki da’vo muddati o‘tganligi oqibatida to‘lanishi mumkin bo‘lmagan qarz umidsiz qarz deb e’tirof etiladi.

Soliq to‘lovchi oldingi hisobot (soliq) davrlarida soliq solinadigan daromadlar olish bilan bog‘liq bo‘lgan umidsiz qarzlarni chegirib tashlashga haqli.

Umidsiz qarzlarni chegirib tashlashga faqat qarz hisobdan chiqarilgan va soliq to‘lovchining buxgalteriya hisobotida aks ettirilgan taqdirda yo‘l qo‘yiladi.

314-modda. Qo‘shilgan qiymat solig‘iga doir xarajatlar

Agar ushbu moddada boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, sotib olingan tovarlarning (xizmatlarning) qiymatida qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha quyidagi chiqimlar hisobga olinadi:

Qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi hisobga olinmaydigan qo‘shilgan qiymat solig‘i summasini quyidagi hollarda xarajatlar jumlasiga kiritishga haqli:

315-modda. Zaxira fondlarini shakllantirish xarajatlari

Banklar va nobank kredit tashkilotlari, shuningdek sug‘urta tashkilotlari qonunchilik talablariga muvofiq zaxira fondlarini tashkil etadi.

Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan zaxira fondlariga ajratmalar qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda, quyidagi normalar doirasida xarajatlar jumlasiga kiritiladi:

banklar tomonidan — qonunchilikda belgilangan normaning 80 foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda;

nobank kredit tashkilotlari va sug‘urta tashkilotlari tomonidan — qonunchilikda nazarda tutilgan normalardan yuqori bo‘lmagan miqdorda.

Ushbu modda birinchi va ikkinchi qismlarining qoidalari sof foyda hisobidan shakllantiriladigan zaxira fondlarini tashkil etish hollariga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Haqiqiy xarajatlar, ularga nisbatan zaxira fondi shakllantirilgan bo‘lsa, tashkil etilgan zaxira fondi summasi hisobidan hisobdan chiqariladi.

316-modda. Kafolatli ta’mirlash va kafolatli xizmat ko‘rsatish yuzasidan kelgusi xarajatlar uchun zaxirani shakllantirish xarajatlari

Tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishni amalga oshiruvchi soliq to‘lovchi kafolatli ta’mirlash va kafolatli xizmat ko‘rsatish yuzasidan kelgusi xarajatlar uchun zaxira tashkil etishga haqli. Bunday zaxirani shakllantirishga doir ajratmalar ushbu moddada nazarda tutilgan tartibda chegirmalar jumlasiga kiritiladi. Soliq to‘lovchi bunday zaxirani tashkil etish to‘g‘risidagi qarorni mustaqil ravishda qabul qiladi va soliq solish maqsadlari uchun hisob siyosatida ajratmalarning eng yuqori miqdorini aniqlaydi.

Zaxira xaridor bilan tuzilgan shartnoma shartlariga muvofiq kafolatli muddat davomida xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash nazarda tutilgan tovarlarga (xizmatlarga) nisbatan tashkil etiladi. Mazkur tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish sanasidagi zaxiraga ajratmalar summasi xarajatlar jumlasiga kiritiladi.

Tashkil etilgan zaxiraning miqdori kafolatli ta’mirlash va xizmat ko‘rsatish bo‘yicha soliq to‘lovchi tomonidan haqiqatda amalga oshirilgan xarajatlarning mazkur tovarlarni (xizmatlarni) o‘tgan uch yil davomida realizatsiya qilishdan olingan tushum hajmidagi ulushi sifatida aniqlanadigan, hisobot (soliq) davrida mazkur tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan tushum summasiga ko‘paytirilgan eng ko‘p miqdordan oshmasligi kerak. Agar soliq to‘lovchi tovarlarni (xizmatlarni) kafolatli ta’mirlashni va xizmat ko‘rsatishni bajarish sharti bilan realizatsiya qilishni uch yildan kam muddatda amalga oshirayotgan bo‘lsa, tashkil etilayotgan zaxiraning eng ko‘p miqdorini hisob-kitob qilish uchun mazkur tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan tushumning bunday realizatsiya qilishning haqiqiy davridagi hajmi inobatga olinadi.

316-modda. Kafolatli ta’mirlash va kafolatli xizmat ko‘rsatish yuzasidan kelgusi xarajatlar uchun zaxirani shakllantirish xarajatlari (davomi)

Ilgari tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishni kafolatli ta’mirlash va xizmat ko‘rsatish sharti bilan amalga oshirmagan soliq to‘lovchi mazkur chiqimlar uchun kutilayotgan xarajatlarning miqdoridan oshmaydigan miqdordagi zaxirani tashkil etishga haqli. Kutilayotgan xarajatlar deganda kafolat muddati inobatga olingan holda kafolat majburiyatlarini bajarish rejasida nazarda tutilgan xarajatlar tushuniladi.

Soliq davri tugagach, soliq to‘lovchi tashkil etilgan zaxiraning miqdoriga kafolatli ta’mirlash va xizmat ko‘rsatish bo‘yicha haqiqatda amalga oshirilgan xarajatlarning mazkur tovarlarni (xizmatlarni) o‘tgan davrda realizatsiya qilishdan olingan tushum hajmidagi ulushidan kelib chiqqan holda tuzatish kiritishi kerak.

Soliq to‘lovchi tomonidan soliq davrida kafolatlar berish sharti bilan realizatsiya qilingan tovarlar (xizmatlar) bo‘yicha kafolatli ta’mirlash va xizmat ko‘rsatish uchun to‘liq foydalanilmagan zaxira summasi soliq to‘lovchi tomonidan keyingi soliq davriga o‘tkazilishi mumkin. Bunda keyingi soliq davrida yangi tashkil etilayotgan zaxiraning summasiga zaxiraning oldingi soliq davridagi qoldig‘i summasi miqdorida tuzatish kiritilishi kerak. Agar yangi tashkil etilayotgan zaxiraning summasi oldingi soliq davrida tashkil etilgan zaxira qoldig‘ining summasidan kam bo‘lsa, ular o‘rtasidagi farq soliq to‘lovchining joriy soliq davridagi daromadlari tarkibiga kiritilishi lozim.

316-modda. Kafolatli ta’mirlash va kafolatli xizmat ko‘rsatish yuzasidan kelgusi xarajatlar uchun zaxirani shakllantirish xarajatlari (davomi)

Agar soliq to‘lovchi zaxira tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qilsa, kafolatli ta’mirlashga doir haqiqiy xarajatlarni hisobdan chiqarish tashkil etilgan zaxira hisobidan amalga oshiriladi. Agar tashkil etilgan zaxiraning summasi soliq to‘lovchi tomonidan amalga oshirilgan ta’mirlash xarajatlarining summasidan kam bo‘lib qolsa, ular o‘rtasidagi farq chegirmalar jumlasiga kiritilishi lozim.

Soliq to‘lovchi tovarlarni (xizmatlarni) kafolatli ta’mirlash va ularga kafolatli xizmat ko‘rsatish sharti bilan sotishni tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilganda, ilgari tashkil etilgan va foydalanilmagan zaxiraning summasi kafolatli ta’mirlash va kafolatli xizmat ko‘rsatishga doir shartnomalarning amal qilish muddatlari tugaganidan keyin daromadlar tarkibiga kiritilishi lozim.

317-modda. Chegirib tashlanmaydigan xarajatlar

Soliq bazasini aniqlashda chegirib tashlanmaydigan xarajatlar jumlasiga quyidagilar kiradi:

317-modda. Chegirib tashlanmaydigan xarajatlar (davomi)

317-modda. Chegirib tashlanmaydigan xarajatlar (davomi)

317-modda. Chegirib tashlanmaydigan xarajatlar (davomi)

317-modda. Chegirib tashlanmaydigan xarajatlar (davomi)

317-modda. Chegirib tashlanmaydigan xarajatlar (davomi)

Bilimingizni sinang

Foyda solig‘i bo‘limida “asoslangan xarajatlar” deganda nima tushuniladi?
  1. Faqat O‘zbekiston hududida qilingan va pul shaklida ifodalangan chiqimlar
  2. Faqat soliq organi oldindan tasdiqlagan va iqtisodiy jihatdan oqlangan chiqimlar
  3. Faqat naqd pulda to‘langan, iqtisodiy jihatdan o‘zini oqlagan chiqimlar
  4. Bahosi pul shaklida ifodalangan, iqtisodiy jihatdan o‘zini oqlagan chiqimlar

To‘g‘ri javob: Bahosi pul shaklida ifodalangan, iqtisodiy jihatdan o‘zini oqlagan chiqimlar. 305-modda uchinchi qismi ta’rifi.

Xarajatlarni tasdiqlovchi “boshqa shaklda rasmiylashtirilgan hujjatlar”ga quyidagilardan qaysi biri kiradi?
  1. Faqat bank ko‘chirmasi, to‘lov topshiriqnomalari, kassa orderlari va xizmat haqidagi hisob-kitoblar
  2. Xizmat safari to‘g‘risidagi buyruq, yo‘l hujjatlari, shartnomaga muvofiq ko‘rsatilgan xizmat haqidagi hisobot
  3. Faqat soliq organining yozma xulosasi, uning rahbari tasdiqlagan xarajat dalolatnomasi va rasmiy bayonnomalar
  4. Direktorning og‘zaki ko‘rsatmasi, ichki yozishmalar va xodimlarning shaxsiy tushuntirish xatlari, rahbar tasdiqlagan qaydlar

To‘g‘ri javob: Xizmat safari to‘g‘risidagi buyruq, yo‘l hujjatlari, shartnomaga muvofiq ko‘rsatilgan xizmat haqidagi hisobot. 305-modda: hujjatlar jumlasiga xizmat safari buyrug‘i, yo‘l hujjatlari, xizmat haqidagi hisobot kiradi.

Kazus: “Yo‘lchi” MChJning bitta xarajati ham “ishlab chiqarish xarajatlari”, ham “marketing xarajatlari” moddalarida nazarda tutilgan. Buxgalter uni soliq bazasini hisoblashda ikki marta chegirmoqchi. Qaysi xulosa to‘g‘ri?
  1. Bunday xarajat soliq bazasini hisoblashda faqat bir marta chegirib tashlanadi
  2. Bunday xarajat soliq bazasini hisoblashda ikki marta chegirib tashlanadi
  3. Bunday xarajat soliq bazasini hisoblashda umuman chegirib tashlanmaydi
  4. Bunday xarajat soliq bazasini hisoblashda har bir modda bo‘yicha alohida chegiriladi

To‘g‘ri javob: Bunday xarajat soliq bazasini hisoblashda faqat bir marta chegirib tashlanadi. 305-modda: bir nechta moddada nazarda tutilgan xarajat faqat bir marta chegirib tashlanadi.

Soliq solish maqsadlarida mol-mulk asosiy vosita deb e’tirof etilishi uchun uning birlik (to‘plam) uchun qiymati bazaviy hisoblash miqdorining necha baravaridan yuqori bo‘lishi kerak?
  1. yuz baravari
  2. yigirma besh baravari
  3. ellik baravari
  4. o‘ttiz baravari

To‘g‘ri javob: ellik baravari. Qiymati bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuqori bo‘lgan mol-mulk asosiy vosita hisoblanadi.

Soliq solish maqsadlarida mol-mulk asosiy vosita deb e’tirof etilishi uchun birlik (to‘plam) qiymati qanday bo‘lishi kerak?
  1. Bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravari miqdoridan yuqori
  2. Bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravari miqdoridan yuqori
  3. Bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravari miqdoridan yuqori
  4. Bazaviy hisoblash miqdoridan yuqori bo‘lishi shart emas

To‘g‘ri javob: Bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravari miqdoridan yuqori. 306-modda ikkinchi qismi.

Quyidagi aktivlardan qaysi biri soliq solish maqsadlarida amortizatsiya qilinmaydi?
  1. Avtotransport vositalari
  2. Binolar
  3. Kompyuterlar
  4. Mahsuldor chorva mollari

To‘g‘ri javob: Mahsuldor chorva mollari. 306-modda: mahsuldor chorva mollari amortizatsiya qilinmaydi.

Soliq to‘lovchining qaroriga ko‘ra qancha vaqtdan ortiq rekonstruksiya yoki modernizatsiyada bo‘lgan amortizatsiya qilinadigan aktiv amortizatsiya qilinadigan aktivlar tarkibidan chiqarib tashlanadi?
  1. olti oydan
  2. uch oydan
  3. o‘n ikki oydan
  4. ikki yildan

To‘g‘ri javob: o‘n ikki oydan. O‘n ikki oydan ortiq rekonstruksiya yoki modernizatsiyada bo‘lgan aktiv tarkibdan chiqariladi, faoliyatda foydalanish davom etgan hollar mustasno.

Kazus: “Texno-Prom” MChJ 5-martda uskunani foydalanishga topshirdi, ammo uskunaga bo‘lgan huquq 20-martda davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Amortizatsiya qaysi sanadan boshlanadi?
  1. Foydalanishga topshirilgan sanadan e’tiboran, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sanadan qat’i nazar
  2. Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sanadan e’tiboran, uskunaning foydalanishga topshirilgan sanasidan qat’i nazar
  3. Foydalanishga topshirilgan sanadan keyingi oyning birinchi kunidan e’tiboran, ro‘yxatdan o‘tishdan qat’i nazar
  4. Foydalanishga topshirilgan yildan keyingi yilning boshidan e’tiboran, ro‘yxatdan o‘tgan sanaga qaramasdan

To‘g‘ri javob: Foydalanishga topshirilgan sanadan e’tiboran, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sanadan qat’i nazar. 306-modda: amortizatsiya foydalanishga topshirilgan sanadan boshlanadi.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiJami daromadKeyingi →Ayrim soliq to‘lovchilar va operatsiyalar turlari bo‘yicha soliq bazasini aniqlashning o‘ziga xos xususiyatlari