Soliq stavkalari. Soliqni hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi
Maxsus Qism
337-modda. Soliq stavkalari
Soliq stavkalari quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
T/r
Soliq to‘lovchilar
Soliq stavkalari, foizlarda
1
Banklar
20
2
Quyidagi soliq to‘lovchilar:
polietilen granulalar ishlab chiqarishni amalga oshiruvchi;
faoliyatining asosiy turi mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatishdan iborat bo‘lgan
20
3
O‘zi ishlab chiqargan o‘z qishloq xo‘jaligi mahsulotini realizatsiya qilishdan olingan foyda bo‘yicha ushbu Kodeksning 57-moddasida nazarda tutilgan mezonlarga javob beruvchi qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari va baliq xo‘jaligi korxonalari
0
4
Ijtimoiy sohada faoliyatni amalga oshiruvchi soliq to‘lovchilar
0
5
Qo‘shimcha manbalardan daromadlar oluvchi budjet tashkilotlari
0
7
Bozor va savdo komplekslarida xizmat ko‘rsatishdan olingan foyda
20
9
Yagona ishtirokchilari nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamoat birlashmalari bo‘lgan va umumiy xodimlar sonida nogironligi bo‘lgan shaxslar kamida 50 foizni tashkil etadigan va nogironligi bo‘lgan shaxslarning mehnatiga haq to‘lash jamg‘armasi mehnatga haq to‘lash umumiy fondining kamida 50 foizini tashkil etadigan soliq to‘lovchilar
0
10
O‘zbekiston Respublikasi Xalq banki tomonidan fuqarolarning shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlaridagi mablag‘lardan foydalanishdan olinadigan daromadlar
0
10¹
Umumiy quvvati 100 kVtgacha bo‘lgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalaridan foydalangan holda umumiy tarmoqqa elektr energiyasini realizatsiya qilishdan olingan foyda
337-modda. Soliq stavkalari (davomi)
0
10²
Yuqori texnologiyalar asosida ishlab chiqarilgan mahsulotlarni realizatsiya qilishdan olingan foyda
0
11
Dividendlar tarzidagi daromadlar
5
12
Qolgan soliq to‘lovchilar, bundan 1 — 11-bandlarda ko‘rsatilganlar mustasno
15
Ushbu modda birinchi qismining 2-bandida ko‘rsatilgan soliq to‘lovchilar faoliyatning barcha turlari bo‘yicha belgilangan soliq stavkasini qo‘llaydi.
Ushbu modda birinchi qismining 3-bandida ko‘rsatilgan soliq to‘lovchilar, agar o‘zi ishlab chiqargan qishloq xo‘jaligi mahsulotini realizatsiya qilishdan olingan daromadlari jami daromadning 90 foizdan ko‘prog‘ini tashkil etsa, faoliyatning barcha turlari bo‘yicha 0 foiz miqdorida soliq stavkasini qo‘llashga haqlidir.
Ijtimoiy sohada faoliyatni amalga oshiruvchi soliq to‘lovchi ushbu Kodeksning 59-moddasida belgilangan mezonlarga rioya etmagan taqdirda, mazkur shartlarga rioya etmaganlik ro‘y bergan soliq davrining boshlanishidan e’tiboran ushbu modda birinchi qismining 12-bandida belgilangan soliq stavkasini ilgari o‘tgan soliq davrlari uchun aniqlashtirilgan soliq hisobotini taqdim etgan holda qo‘llaydi.
Qo‘shimcha manbalardan daromad oluvchi budjet tashkilotlari, basharti bo‘shatilayotgan mablag‘lardan qonunchilikda belgilangan tartibda budjet tashkilotlarining moddiy-texnika va ijtimoiy bazasini mustahkamlash, o‘z xodimlarini moddiy rag‘batlantirish uchun maqsadli tarzda foydalansa, 2027-yilning 1-yanvariga qadar 0 foiz miqdoridagi soliq stavkasini qo‘llaydi.
337-modda. Soliq stavkalari (davomi)
O‘zida ishlovchilarning umumiy o‘rtacha yillik sonining 3 foizidan ko‘prog‘i nogironligi bo‘lgan shaxslarni tashkil etadigan yuridik shaxslar uchun soliq stavkasi ushbu moddada belgilangan normadan ortiqcha ishga joylashtirilgan nogironligi bo‘lgan shaxslarning har bir foiziga soliq stavkasining bir foizi hisobidan kamaytiriladi.
2022-yil 1-sentabrdan keyin jami daromadi joriy soliq davri mobaynida ilk marta o‘n milliard so‘mdan oshgan soliq to‘lovchilar (bundan ushbu moddaning o‘n uchinchi qismida nazarda tutilgan soliq to‘lovchilar mustasno) ushbu modda birinchi qismining 12-bandida belgilangan soliq stavkasini 50 foizga pasaytirishga — joriy soliq davri va keyingi soliq davri mobaynida, basharti pasaytirilgan soliq stavkasi qo‘llaniladigan soliq davrlarida jami daromadi yuz milliard so‘mdan oshmasa, haqli.
Bunda ushbu modda o‘n uchinchi qismida ko‘rsatilgan soliq to‘lovchilar soliq bazasini jami daromadning 25 foizi miqdorida soddalashtirilgan tartibda aniqlashga haqli.
Ushbu moddaning yettinchi va o‘n uchinchi qismlarida nazarda tutilgan soliq imtiyozi yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqni va aksiz solig‘ini to‘lovchilarga nisbatan, shuningdek soliq to‘lovchi tugatilgan hollarda va (yoki) berilgan soliq imtiyozini qo‘llash uchun ikki va undan ortiq tadbirkorlik subyekti o‘rtasida soliq to‘lovchining tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadlarini ajratish (bo‘lish) faktlari aniqlangan taqdirda, tatbiq etilmaydi.
337-modda. Soliq stavkalari (davomi)
Ushbu modda birinchi qismining 10¹-bandida nazarda tutilgan 0 foiz miqdoridagi soliq stavkasi qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari foydalanishga topshirilgan oydan e’tiboran uch yil mobaynida, quyosh panellarining quvvatiga nisbatan 25 foizdan kam bo‘lmagan quvvatga ega elektr energiyasini to‘plash tizimi bilan quyosh panellari o‘rnatilganda esa — ushbu panellar foydalanishga topshirilgan oydan e’tiboran o‘n yil mobaynida qo‘llaniladi.
Ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan tasdiqlanadigan yuqori texnologiyali ishlab chiqarishga asoslangan mahsulotlarni ishlab chiqarishni joriy etgan soliq to‘lovchilarga nisbatan ushbu modda birinchi qismining 10²-bandida nazarda tutilgan 0 foiz miqdordagi soliq stavkasi yuqori texnologiyali ishlab chiqarish obyekti foydalanishga qabul qilingan sanadan e’tiboran uch yil muddatga, ularning yuqori texnologiyalar asosida ishlab chiqarilgan mahsulotlarni realizatsiya qilishdan olinadigan daromadlariga oid qismi bo‘yicha qo‘llaniladi.
Foydali qazilmalarni qazib olish sohasida faoliyatni amalga oshirayotgan ayrim soliq to‘lovchilar uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan oshirilgan soliq stavkalari belgilanishi mumkin.
2026-yil 1-yanvardan boshlab ilk marotaba soliq to‘lashga o‘tgan aylanmadan olinadigan soliq to‘lovchilar — soliq to‘lashga o‘tgan yildan keyingi bir soliq davri mobaynida soliq to‘lashdan (bundan dividend va foizli daromadlar mustasno) ozod qilinadi. Mazkur tartib qayta tashkil etilgan soliq to‘lovchilarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
338-modda. Soliq davri. Hisobot davri
Kalendar yil soliq davridir.
Yilning choragi hisobot davridir.
339-modda. Soliqni hisoblab chiqarish va soliq hisobotini taqdim etish tartibi
Hisobot (soliq) davrining yakunlari bo‘yicha soliq summasi soliq to‘lovchi tomonidan mustaqil ravishda aniqlanadi.
Hisobot davri yakunlari bo‘yicha soliq summasi soliq davrining boshidan oshib boruvchi yakun bilan, agar ushbu moddada boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, soliq bazasining soliq stavkasiga muvofiq bo‘lgan foizlardagi ulushi sifatida hisoblab chiqariladi.
Soliq to‘lovchi ushbu Kodeksning 342-moddasida belgilangan hollarda va tartibda foyda solig‘ini yoki chet davlatda to‘langan daromadlardan olinadigan xuddi shunday turdagi to‘langan soliqni hisobga o‘tkazish yo‘li bilan soliq summasini kamaytirishga haqli.
Agar ushbu moddada boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, soliq hisoboti barcha soliq to‘lovchilar tomonidan har bir hisobot va soliq davri o‘tganidan keyin soliq bo‘yicha hisobda turgan joyidagi soliq organiga taqdim etiladi.
Agar ushbu moddada boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, soliq hisoboti quyidagi muddatlarda taqdim etiladi:
- 1) hisobot davri yakunlari bo‘yicha — hisobot davridan keyingi oyning yigirmanchi kunidan kechiktirmay;
- 2) soliq davri yakunlari bo‘yicha — soliq davri o‘tgandan keyingi yilning 1-martidan kechiktirmay.
Budjet tashkilotlari va nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan soliq bo‘yicha soliq hisoboti soliq davri yakunlariga ko‘ra taqdim etiladi, bundan matlubot kooperativlari mustasno. Bunda o‘tgan soliq davri yakunlari bo‘yicha jami daromad mavjud bo‘lmagan taqdirda soliq hisobotini taqdim etish talab qilinmaydi.
340-modda. Soliqni to‘lash tartibi
Agar ushbu moddada boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, soliqni to‘lash hisobot (soliq) davri yakunlari bo‘yicha, tegishli hisobot (soliq) davri uchun soliq hisobotini taqdim etish muddatlaridan kechiktirmay amalga oshiriladi.
Jami daromadi joriy soliq davridan oldingi soliq davri uchun kiritilgan tuzatishlar hisobga olingan holda yigirma milliard so‘mdan oshadigan soliq to‘lovchilar ushbu moddaning uchinchi — oltinchi qismlariga muvofiq hisoblab chiqarilgan har oylik bo‘nak to‘lovlarini hisobot davri har bir oyining yigirma uchinchi kunidan kechiktirmay to‘laydi.
Joriy soliq davrining birinchi choragida to‘lanishi lozim bo‘lgan har oylik bo‘nak to‘lovining summasi o‘tgan soliq davrining oxirgi choragida to‘lanishi lozim bo‘lgan har oylik bo‘nak to‘lovi summasiga teng etib qabul qilinadi.
Joriy soliq davrining ikkinchi choragida to‘lanishi lozim bo‘lgan har oylik bo‘nak to‘lovining summasi joriy yilning birinchi hisobot davri uchun soliq hisoboti bo‘yicha hisoblab chiqarilgan foyda solig‘i summasining uchdan biriga teng etib qabul qilinadi.
Joriy soliq davrining uchinchi choragida to‘lanishi lozim bo‘lgan har oylik bo‘nak to‘lovining summasi yarim yillik yakunlariga ko‘ra soliq hisoboti bo‘yicha hisoblab chiqarilgan foyda solig‘ining summasi va birinchi chorak yakunlari bo‘yicha hisoblab chiqarilgan foyda solig‘ining summasi o‘rtasidagi farqning uchdan biriga teng etib qabul qilinadi.
340-modda. Soliqni to‘lash tartibi (davomi)
Joriy soliq davrining to‘rtinchi choragida to‘lanishi lozim bo‘lgan har oylik bo‘nak to‘lovining summasi to‘qqiz oylik yakunlariga ko‘ra soliq hisoboti bo‘yicha hisoblab chiqarilgan foyda solig‘ining summasi va yarim yillik yakunlari bo‘yicha hisoblab chiqarilgan foyda solig‘ining summasi o‘rtasidagi farqning uchdan biriga teng etib qabul qilinadi.
Agar ushbu moddaning uchinchi — oltinchi qismlariga muvofiq hisoblab chiqarilgan har oylik bo‘nak to‘lovining summasi manfiy yoki nolga teng bo‘lsa, ko‘rsatilgan to‘lovlar tegishli chorakda amalga oshirilmaydi.
Soliq to‘lovchilar, shu jumladan yangidan tashkil etilgan, jami daromadi joriy hisobot davri mobaynida yigirma milliard so‘mdan oshgan soliq to‘lovchilar har oylik bo‘nak to‘lovlarini bunday oshib ketish sodir bo‘lgan to‘liq chorak o‘tganidan keyin to‘laydi.
Bo‘lish yoki ajratib chiqarish yo‘li bilan qayta tashkil etish natijasida yangidan tashkil etilgan yuridik shaxs, jami daromadining miqdoridan qat’i nazar, har oylik bo‘nak to‘lovlarini, agar bo‘lish yoki ajratib chiqarish yo‘li bilan qayta tashkil etilgan yuridik shaxs soliq bo‘yicha har oylik bo‘nak to‘lovlarini bunday qayta tashkil etish amalga oshirilgan soliq davrida hisoblab chiqargan bo‘lsa, ikkita kelgusi soliq davri mobaynida to‘laydi.
Hisobot (soliq) davri yakunlari bo‘yicha hisobot (soliq) davri mobaynida to‘langan har oylik bo‘nak to‘lovlari summasi hisobot (soliq) davri uchun soliq hisoboti bo‘yicha hisoblab chiqarilgan soliqni to‘lash chog‘ida hisobga olinadi.
340-modda. Soliqni to‘lash tartibi (davomi)
Har oylik bo‘nak to‘lovini hisoblab chiqarish soliq organlari tomonidan amalga oshiriladi. Bunda soliq to‘lovchi kelgusi chorak birinchi oyining 15-sanasidan kechiktirmay joriy chorakda kutilayotgan foyda summasidan kelib chiqqan holda, bo‘nak to‘lovlari summasi to‘g‘risida soliq organlariga ma’lumotnoma taqdim etish huquqiga ega. Kutilayotgan foyda summasi asossiz kamaytirib ko‘rsatilgan taqdirda soliq organlari soliq to‘lovchilar tomonidan taqdim etiladigan soliq bo‘yicha bo‘nak to‘lovlari summasi to‘g‘risidagi ma’lumotnomaga o‘zgartirishlar kiritishga haqli.
Jami yillik daromadning miqdoridan qat’i nazar, soliq hisobotini soliq bo‘yicha faqat soliq davri yakunlari yuzasidan taqdim etuvchi soliq to‘lovchilar har oylik bo‘nak to‘lovlarini to‘lamaydi.
Soliq to‘lovchi tugatilganda soliq tugatish yakunlanguniga qadar to‘lanishi lozim.
Yuridik shaxsni tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda, davlat soliq xizmati organi har oylik bo‘nak to‘lovlarini hisoblashni ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organdan bunday axborot olingan oydan e’tiboran to‘xtatib turadi.
Faoliyat tiklangan va tugatish jarayoni to‘xtatilgan taqdirda, har oylik bo‘nak to‘lovlarini hisoblash ularni hisoblash to‘xtatilgan oydan e’tiboran tiklanadi.
341-modda. Soliq to‘lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi bo‘yicha soliqni hisoblab chiqarish, soliq hisobotini taqdim etish va soliqni to‘lash tartibi
Soliq to‘lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining mas’ul ishtirokchisi hisobot (soliq) davri yakunlari bo‘yicha hisoblab chiqarilgan bo‘nak to‘lovlari summalarini, shuningdek soliq summalarini to‘lashni, shunday guruhni tuzish to‘g‘risidagi shartnoma ro‘yxatdan o‘tkazilgan joyda, mazkur summalarni ushbu guruhning va ular alohida bo‘linmalarining ishtirokchilari bo‘yicha taqsimlamasdan amalga oshiradi.
Soliq to‘lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi bo‘yicha soliq hisoboti soliq organiga ushbu Kodeks 339-moddasining beshinchi qismida belgilangan tartibda va muddatlarda taqdim etiladi.
Soliq to‘lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining qolgan ishtirokchilari o‘zi hisobda turgan joydagi soliq organiga soliq hisobotini taqdim etmaydi.
Agar soliq to‘lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining ishtirokchilari ushbu guruhning konsolidatsiyalashgan soliq bazasiga kiritilmaydigan daromadlarni olsa, ular o‘zi hisobda turgan joydagi soliq organlariga soliqning faqat ushbu daromadlarga nisbatan hisoblab chiqarilgan qismi bo‘yicha soliq hisobotini taqdim etadi.
Soliq to‘lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi bo‘yicha hisobot (soliq) davri yakunlari bo‘yicha soliq hisoboti shu guruhning mas’ul ishtirokchisi tomonidan soliq hisobi ma’lumotlari hamda umuman soliq to‘lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi bo‘yicha konsolidatsiyalashgan soliq bazasi asosida faqat konsolidatsiyalashgan soliq bazasiga nisbatan soliqni hisoblab chiqarish qismi bo‘yicha tuziladi.
341-modda. Soliq to‘lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi bo‘yicha soliqni hisoblab chiqarish, soliq hisobotini taqdim etish va soliqni to‘lash tartibi (davomi)
Soliq to‘lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining mas’ul ishtirokchisi tomonidan ushbu guruh faoliyat ko‘rsata boshlagan soliq davrining birinchi choragida to‘lanishi lozim bo‘lgan soliq bo‘yicha har oylik bo‘nak to‘lovlarining summasi shu guruh barcha ishtirokchilarining ushbu guruh tuzilishidan oldingi soliq davrining uchinchi choragida to‘lanishi lozim bo‘lgan har oylik bo‘nak to‘lovlari summasi sifatida aniqlanadi.
Agar soliq to‘lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tuzish to‘g‘risidagi shartnoma soliq organi tomonidan soliq davri boshlanganidan keyin ro‘yxatdan o‘tkazilgan bo‘lsa, soliq to‘lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining ishtirokchilari tomonidan soliq davri boshidan buyon o‘tgan hisobot davrlarining yakunlari bo‘yicha to‘langan bo‘nak (joriy) to‘lovlari soliq to‘lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining bo‘nak joriy to‘lovlari soliq to‘lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining tegishli ishtirokchisi hisobiga o‘tkazilishi (qaytarilishi) lozim.
342-modda. Soliqni hisobga olish
Chet davlatning qonunchiligiga va (yoki) O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasiga muvofiq haqiqatda to‘langan (ushlab qolingan) foyda solig‘ining summasi yoki ushbu chet davlatda olingan daromadlardan olinadigan aynan o‘xshash turdagi soliq O‘zbekiston Respublikasida foyda solig‘ini to‘lash hisobidan soliq to‘lovchida ushbu moddada belgilangan tartibda va miqdorlarda hisobga olinishi lozim.
Foyda solig‘i summasi yoki O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqaridagi manbalardan olingan daromadlardan olinadigan aynan o‘xshash turdagi soliqni hisobga olish bir vaqtning o‘zida quyidagi shartlarga rioya etilgan holda amalga oshiriladi:
- 1) O‘zbekiston Respublikasida soliq solinishi lozim bo‘lgan daromad bo‘yicha;
- 2) O‘zbekiston Respublikasi bilan xalqaro shartnoma mavjud bo‘lganda;
- 3) bunday soliq to‘langanligini (ushlab qolinganligini) tasdiqlovchi hujjat mavjud bo‘lganda.
Foyda solig‘ining yoki O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida to‘langan (ushlab qolingan), aynan o‘xshash turdagi soliq hisobga olinadigan summasining miqdori soliq to‘lovchi ko‘rsatilgan daromad olinishi lozim bo‘lgan (olingan) soliq davri uchun to‘lashi lozim bo‘lgan foyda solig‘i summasidan oshib ketishi mumkin emas.
Chet davlat vakolatli organining ma’lumotnomasi yoki soliq O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida to‘langanligi faktini tasdiqlovchi boshqa hujjat O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida foyda solig‘i yoki aynan o‘xshash turdagi soliq to‘langanligini (ushlab qolinganligini) tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi.
342-modda. Soliqni hisobga olish (davomi)
Agar ushbu moddaning to‘rtinchi qismida ko‘rsatilgan hujjatlar chet tilida tuzilgan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasining davlat tilidagi tarjimasi mavjud bo‘lishi shart.
Bilimingizni sinang
Nogironligi bo‘lgan shaxslar jamoat birlashmasi bo‘lgan soliq to‘lovchi 0 foizli foyda solig‘i stavkasini qo‘llashi uchun umumiy xodimlar sonida nogironligi bo‘lgan shaxslar kamida qancha ulushni tashkil etishi kerak?
- 60 foizni
- 30 foizni
- 50 foizni
- 75 foizni
To‘g‘ri javob: 50 foizni. Bunday soliq to‘lovchida nogironligi bo‘lgan xodimlar kamida 50 foiz bo‘lishi, mehnatga haq to‘lash fondida ham kamida 50 foiz ulush bo‘lishi talab etiladi.
«Plastik» MChJ polietilen granulalar ishlab chiqarishni amalga oshiradi, shuningdek boshqa turdagi savdo bilan ham shug‘ullanadi. Soliq kodeksiga ko‘ra, foyda solig‘i stavkasi qanday qo‘llaniladi?
- Barcha faoliyat turlari bo‘yicha 15 foiz
- Faqat polietilen granulalar bo‘yicha 20 foiz, boshqa faoliyat bo‘yicha 15 foiz
- Faoliyatning barcha turlari bo‘yicha 20 foiz
- Barcha faoliyat turlari bo‘yicha 0 foiz
To‘g‘ri javob: Faoliyatning barcha turlari bo‘yicha 20 foiz. 337-moddaga ko‘ra, 2-bandda ko‘rsatilgan soliq to‘lovchilar (jumladan polietilen granulalar ishlab chiqaruvchilar) faoliyatning barcha turlari bo‘yicha 20 foizlik stavkani qo‘llaydi.
O‘zi ishlab chiqargan qishloq xo‘jaligi mahsulotini realizatsiya qilishdan olingan daromad jami daromadning necha foizidan ko‘prog‘ini tashkil etsa, barcha faoliyat turlari bo‘yicha 0 foizli foyda solig‘i stavkasi qo‘llanadi?
- 50 foizdan
- 90 foizdan
- 80 foizdan
- 75 foizdan
To‘g‘ri javob: 90 foizdan. Qishloq xo‘jaligi mahsuloti realizatsiyasidan daromad jami daromadning 90 foizidan ko‘p bo‘lsa, 0 foiz stavka barcha faoliyat turlariga qo‘llanadi.
Soliq kodeksiga ko‘ra, 1–11-bandlarda ko‘rsatilmagan qolgan foyda solig‘i to‘lovchilar uchun qanday stavka belgilangan?
- 15 foiz
- 20 foiz
- 12 foiz
- 5 foiz
To‘g‘ri javob: 15 foiz. 337-moddaning 12-bandiga ko‘ra, qolgan soliq to‘lovchilar uchun stavka 15 foiz.
Ijtimoiy sohada faoliyat yurituvchi «Shifo» MChJ 0 foizlik stavkani qo‘llab kelgan, ammo 59-moddada belgilangan mezonlarga rioya etmadi. Soliq kodeksiga ko‘ra, u nima qilishi kerak?
- Mezonlar buzilgan chorak boshidan e’tiboran 12 foizlik stavkani aniqlashtirilgan hisobot bilan qo‘llaydi
- Mezonlar buzilgan soliq davri boshidan e’tiboran 15 foizlik stavkani aniqlashtirilgan hisobot bilan qo‘llaydi
- Faqat kelgusi soliq davridan boshlab 15 foizlik stavkani qo‘llaydi, avvalgi davr hisoboti aniqlashtirilmaydi
- Mezonlar buzilgan soliq davri boshidan e’tiboran jarima to‘lagan holda 0 foizlik stavkani qo‘llashda davom etadi
To‘g‘ri javob: Mezonlar buzilgan soliq davri boshidan e’tiboran 15 foizlik stavkani aniqlashtirilgan hisobot bilan qo‘llaydi. 337-moddaga ko‘ra, mezonlar buzilsa, buzilish ro‘y bergan soliq davri boshidan 12-bandda belgilangan stavka aniqlashtirilgan hisobot taqdim etib qo‘llanadi.
Fermer xo‘jaligi o‘zi ishlab chiqargan qishloq xo‘jaligi mahsulotini realizatsiya qilishdan olgan daromadi jami daromadning 92 foizini tashkil etdi (57-modda mezonlariga javob beradi). Soliq kodeksiga ko‘ra, u qanday stavkani qo‘llashga haqli?
- Faqat qishloq xo‘jaligi mahsuloti foydasiga 0 foiz, boshqa foydaga 15 foiz
- Barcha faoliyat turlari bo‘yicha 5 foiz
- Faoliyatning barcha turlari bo‘yicha 0 foiz
- Barcha faoliyat turlari bo‘yicha 15 foiz
To‘g‘ri javob: Faoliyatning barcha turlari bo‘yicha 0 foiz. 337-moddaga ko‘ra, daromadi 90 foizdan ko‘prog‘ini tashkil etsa, faoliyatning barcha turlari bo‘yicha 0 foizlik stavka qo‘llanadi.
Nogironligi bo‘lgan shaxslar umumiy o‘rtacha yillik xodimlar sonining 3 foizidan ko‘prog‘ini tashkil etadigan yuridik shaxs uchun foyda solig‘i stavkasi qanday kamaytiriladi?
- Normadan ortiqcha ishga joylashtirilgan har bir foiz uchun stavkaning yarim foizi hisobidan
- Normadan ortiqcha ishga joylashtirilgan har bir foiz uchun stavkaning bir foizi hisobidan
- Normadan ortiqcha ishga joylashtirilgan har bir xodim uchun stavka bir foiz bandiga kamaytiriladi
- Normadan ortiqcha ishga joylashtirilgan har o‘n foiz uchun stavkaning besh foizi hisobidan
To‘g‘ri javob: Normadan ortiqcha ishga joylashtirilgan har bir foiz uchun stavkaning bir foizi hisobidan. 337-moddaga ko‘ra, normadan ortiqcha ishga joylashtirilgan nogironligi bo‘lgan shaxslarning har bir foiziga stavkaning bir foizi kamaytiriladi.
«Tezkor» MChJ (qolgan soliq to‘lovchi) 2026-yilda jami daromadi ilk marta 10 milliard so‘mdan oshdi; joriy va keyingi yilda jami daromadi 100 milliard so‘mdan oshmaydi. Soliq kodeksiga ko‘ra, uning huquqi qanday?
- 12-band stavkasini 25 foizga pasaytirishga faqat joriy soliq davri mobaynida haqli
- 12-band stavkasini 50 foizga pasaytirishga keyingi uch soliq davri mobaynida haqli
- Stavkani nolga tushirishga joriy va keyingi soliq davri mobaynida soliq organi ruxsati bilan haqli
- 12-band stavkasini 50 foizga pasaytirishga joriy va keyingi soliq davri mobaynida haqli
To‘g‘ri javob: 12-band stavkasini 50 foizga pasaytirishga joriy va keyingi soliq davri mobaynida haqli. 337-moddaga ko‘ra, jami daromadi ilk marta o‘n milliarddan oshganlar stavkani 50 foizga joriy va keyingi soliq davrida (100 milliarddan oshmasa) pasaytiradi.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash