XotirAI logotipiXotirAI
⚖️ Soliq kodeksi · 332–336-m.

Soliq bazasiga tuzatish kiritish

Maxsus Qism

332-modda. Daromadlar va xarajatlarga tuzatish kiritish

Hisobot soliq davridagi daromad (xarajatlar) miqdorining soliq bazasini aniqlashda ilgari daromad (xarajat) deb e’tirof etilgan summa doirasida ko‘payishi yoki kamayishi tuzatish kiritish deb e’tirof etiladi.

Daromadlar va xarajatlarga quyidagi hollarda tuzatish kiritilishi lozim:

Ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan daromadlar va xarajatlarga tuzatish kiritish quyidagicha amalga oshiriladi:

kafolat muddati belgilangan tovarlar (xizmatlar) bo‘yicha — kafolat muddati doirasida;

sug‘urta mukofotlari bo‘yicha — shartnomani bekor qilish paytida;

boshqa hollarda — bir yillik muddat doirasida.

Ushbu moddaga muvofiq daromadlar va xarajatlarga tuzatish kiritish mazkur moddaning ikkinchi qismida ko‘rsatilgan hollar yuzaga kelganligini tasdiqlovchi hujjatlar asosida amalga oshiriladi. Bunda tovarni (xizmatni) sotuvchi ushbu Kodeksning 257-moddasida nazarda tutilgan tartibda tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadga tuzatish kiritadi.

Ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollarda daromadlar va xarajatlarga tuzatish kiritish mazkur hollar sodir bo‘lgan soliq davrida amalga oshiriladi.

Daromadlar va xarajatlarga tuzatish kiritish soliq to‘lovchi soliq solishning umumbelgilangan tartibiga o‘tgan taqdirda ham amalga oshiriladi, bundan tuzatish kiritilayotgan daromadlar bo‘yicha soliq imtiyozlarini qo‘llash hollari mustasno.

333-modda. Zararlarni kelgusiga o‘tkazish

Ushbu bo‘limda nazarda tutilgan daromadlar va xarajatlarga kiritilgan tuzatishlarni inobatga olgan holda chegirilishi lozim bo‘lgan xarajatlarning jami daromaddan oshib ketishi soliq to‘lovchining zarari deb e’tirof etiladi.

Muomaladagi qimmatli qog‘ozlar va muddatli bitimlarning muomaladagi moliyaviy vositalariga doir operatsiyalar bo‘yicha zararlar tadbirkorlik faoliyatidan ko‘rilgan zararlar deb e’tirof etiladi.

Oldingi soliq davrida (davrlarida) ushbu moddaning birinchi qismiga muvofiq hisoblab chiqarilgan zarari (zararlari) bo‘lgan soliq to‘lovchi joriy soliq davrining foydasini ushbu ko‘rilgan zararning butun summasiga yoki ushbu summaning bir qismiga kamaytirishga haqlidir.

Soliq bazasi oldingi soliq davrida (davrlarida) ko‘rilgan zarar summasiga faqat joriy soliq davrining yakunlari bo‘yicha kamaytirilishi mumkin.

Bir kalendar yildan ortiq yillarda ko‘rilgan zararlar ular ko‘rilgan ketma-ketlikda o‘tkaziladi.

Bosh bankdan umidsiz qarzlarni oluvchi shu’ba tashkiloti tomonidan ko‘rilgan zararlar kelgusi davrlarga o‘tkazilmaydi.

Zararlarni o‘tkazishning alohida hollardagi o‘ziga xos xususiyatlari ushbu Kodeksning 334 — 336-moddalarida nazarda tutilgandir.

334-modda. Qayta tashkil etilganda zararlarni o‘tkazish

Qayta tashkil etish munosabati bilan o‘tkaziladigan zararlar soliq to‘lovchilar bo‘lgan huquqiy vorislar o‘rtasida taqsimlash balansi asosida o‘tkaziladigan aktivlar qiymatining qayta tashkil etilayotgan yuridik shaxs aktivlari qiymatidagi taqsimlash balansini tuzish sanasidan oldingi sanadagi holatiga ko‘ra solishtirma miqdoriga mutanosib ravishda taqsimlanadi va ushbu Kodeksning 333-moddasida nazarda tutilgan tartibda o‘tkaziladi.

Huquqiy voris bo‘lgan soliq to‘lovchi qayta tashkil etilgan taqdirda, uning ilgari o‘z faoliyatini tugatgan soliq to‘lovchidan ko‘rgan zararlari o‘tkazilmaydi.

335-modda. Soliq to‘lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi bo‘yicha zararlarni o‘tkazish

Ushbu Kodeks 333-moddasining qoidalari soliq to‘lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhiga nisbatan ushbu moddada belgilangan o‘ziga xos xususiyatlar hisobga olingan holda qo‘llaniladi.

Agar soliq to‘lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi oldingi soliq davrida (davrlarida) zarar (zararlar) ko‘rgan bo‘lsa, bunday guruhning mas’ul ishtirokchisi joriy soliq davrining konsolidatsiyalashgan soliq bazasini zararning butun summasiga yoki ushbu summaning bir qismiga kamaytirishga haqli.

Soliq to‘lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining ishtirokchisi konsolidatsiyalashgan guruh tarkibidan chiqib ketganidan keyin (ushbu guruh faoliyatini tugatgandan keyin):

Agar soliq to‘lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining ishtirokchisi mazkur guruhdagi o‘zining ishtirok etish davrida qo‘shib yuborish yoki qo‘shib olish shaklida qayta tashkil etilgan bo‘lsa, mazkur guruh tarkibidan chiqib ketganidan keyin (ushbu guruh faoliyatini tugatganidan keyin) bu ishtirokchi joriy soliq davrining soliq bazasini o‘zi huquqiy vorisi bo‘lgan soliq to‘lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi ishtirokchilari bo‘lmagan bunday qayta tashkil etilgan soliq to‘lovchilar soliq davri yakunlari bo‘yicha qayta tashkil etilgan soliq to‘lovchidan olingan zararlar summasiga (shu summaning bir qismiga) ushbu moddada nazarda tutilgan tartibda va shartlarda kamaytirishga ham haqli.

335-modda. Soliq to‘lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi bo‘yicha zararlarni o‘tkazish (davomi)

Agar soliq to‘lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining ishtirokchisi mazkur guruhdagi o‘zining ishtirok etish davrida yuridik shaxsni bo‘lish yo‘li bilan yangidan tashkil etilgan bo‘lsa, mazkur guruh tarkibidan chiqib ketganidan keyin (ushbu guruh faoliyatini tugatganidan keyin) bu ishtirokchi joriy soliq davrining soliq bazasini o‘zi huquqiy vorisi bo‘lgan soliq to‘lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi ishtirokchilari bo‘lmagan bunday qayta tashkil etilgan yuridik shaxs soliq davri yakunlari bo‘yicha qayta tashkil etilgan soliq to‘lovchidan olingan zararlar summasiga (shu summaning bir qismiga) ushbu moddada nazarda tutilgan tartibda va shartlarda, ushbu Kodeksning 92-moddasini hisobga olgan holda kamaytirishga ham haqli.

336-modda. Operatsiyalarning ayrim turlari bo‘yicha zararlarni o‘tkazishning o‘ziga xos xususiyatlari

Yuridik shaxsning mol-mulk majmui sifatidagi korxonani ustav fondida (ustav kapitalida) ishtirok etish ulushini realizatsiya qilishdan yoki uning boshqacha tarzda chiqib ketishidan ko‘rilgan zarar realizatsiya qilingan (chiqib ketgan) aktivlarga aynan o‘xshash aktivlarni realizatsiya qilishdan (ularning chiqib ketishidan) olingan daromadlar hisobidan kompensatsiya qilinadi.

Ishonchli boshqaruv shartnomasi bo‘yicha ko‘rilgan zararlar ishonchli boshqaruv muassisining soliq bazasini belgilashda hisobga olinmaydi. Bunday zararlar ushbu ishonchli boshqaruvning kelgusidagi daromadlariga o‘tkaziladi.

Oddiy shirkat shartnomasida (birgalikdagi faoliyat to‘g‘risidagi shartnomada) ishtirok etishdan sheriklarning (ishtirokchilarning) olgan zarari ishonchli shaxsda ushbu oddiy shirkat oladigan kelgusi daromadlarga o‘tkaziladi.

Xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklardan ko‘rilgan zararlar birgalikda aniqlanadi va tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan soliq bazasini aniqlashda hisobga olinmaydi. Bunday zararlar shu xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklardan olinadigan kelgusi daromadlarga o‘tkaziladi.

Muomalada bo‘lmagan qimmatli qog‘ozlar va muddatli bitimlarning muomalada bo‘lmagan moliyaviy vositalariga doir operatsiyalar bo‘yicha zararlar alohida aniqlanadi va xuddi shunday operatsiyalardan olingan daromadlar hisobidan har bir soliq bazasi doirasida kompensatsiya qilinadi.

Bilimingizni sinang

Daromadlar va xarajatlarga tuzatish kiritish kafolat muddati belgilangan tovarlar va sug‘urta mukofotlaridan boshqa hollarda qancha muddat doirasida amalga oshiriladi?
  1. Bir yillik muddat
  2. Uch yillik muddat
  3. Ikki yillik muddat
  4. Olti oylik muddat

To‘g‘ri javob: Bir yillik muddat. Kafolat muddati belgilanmagan va sug‘urta mukofotiga oid bo‘lmagan boshqa hollarda tuzatish bir yillik muddat doirasida kiritiladi.

Soliq kodeksiga ko‘ra, hisobot soliq davridagi daromad (xarajat) miqdorining ilgari e’tirof etilgan summa doirasida ko‘payishi yoki kamayishi soliq bazasini aniqlashda nima deb e’tirof etiladi?
  1. Tuzatish kiritish
  2. Soliq imtiyozi
  3. Soliq to‘lovini kechiktirish
  4. Zararni hisobdan chiqarish

To‘g‘ri javob: Tuzatish kiritish. 332-modda birinchi qismiga ko‘ra, daromad (xarajat) miqdorining ilgari e’tirof etilgan summa doirasida ko‘payishi yoki kamayishi tuzatish kiritish deb e’tirof etiladi.

«Barkamol» MChJ mijoziga tovar sotdi, keyin esa narxni o‘zgartirdi va mijoz chegirmadan foydalandi. Soliq kodeksiga ko‘ra, bu holda daromadlar va xarajatlarga nisbatan nima qilinishi lozim?
  1. Hech narsa qilinmaydi, chunki daromad avval e’tirof etilgan
  2. Daromadlar va xarajatlarga tuzatish kiritilishi lozim
  3. Soliq to‘lovchi qayta ro‘yxatdan o‘tkaziladi
  4. Daromad butunlay soliq bazasidan chiqariladi

To‘g‘ri javob: Daromadlar va xarajatlarga tuzatish kiritilishi lozim. 332-moddaning ikkinchi qismiga ko‘ra, narxlar o‘zgartirilganda va chegirmadan foydalanilganda tuzatish kiritilishi lozim.

Kafolat muddati belgilangan tovarlar (xizmatlar) bo‘yicha daromadlar va xarajatlarga tuzatish qaysi muddat doirasida kiritiladi?
  1. Bir yillik muddat doirasida
  2. Shartnomani bekor qilish paytida
  3. Kafolat muddati doirasida
  4. Soliq davri tugaguniga qadar

To‘g‘ri javob: Kafolat muddati doirasida. 332-moddaga ko‘ra, kafolat muddati belgilangan tovarlar bo‘yicha tuzatish kafolat muddati doirasida kiritiladi.

Mijoz Bobur kafolat muddati belgilanmagan xizmatdan voz kechdi. Soliq kodeksiga ko‘ra, daromadga tuzatish qaysi muddat doirasida kiritiladi?
  1. Kafolat muddati doirasida
  2. Shartnomani bekor qilish paytida
  3. Uch oy doirasida
  4. Bir yillik muddat doirasida

To‘g‘ri javob: Bir yillik muddat doirasida. 332-modda uchinchi qismiga ko‘ra, boshqa hollarda tuzatish bir yillik muddat doirasida kiritiladi.

Soliq kodeksiga ko‘ra, soliq to‘lovchining zarari nima deb e’tirof etiladi?
  1. Chegirilishi lozim bo‘lgan xarajatlarning jami daromaddan oshib ketishi
  2. Daromadning o‘tgan yilga nisbatan kamayib ketishi va foyda bo‘lmasligi
  3. Soliq summasining budjetga to‘lanmagan qismi, ya’ni soliq qarzining qoldig‘i
  4. Foydaning belgilangan me’yordan past bo‘lishi hamda rentabellikning kamayishi

To‘g‘ri javob: Chegirilishi lozim bo‘lgan xarajatlarning jami daromaddan oshib ketishi. 333-moddaga ko‘ra, tuzatishlarni inobatga olgan holda chegirilishi lozim bo‘lgan xarajatlarning jami daromaddan oshib ketishi zarar hisoblanadi.

«Orzu» MChJ o‘tgan soliq davrida zarar ko‘rgan, joriy soliq davrida esa foyda oldi. Soliq kodeksiga ko‘ra, u joriy davr foydasi bilan bog‘liq qanday xulosaga ega?
  1. Zarar kelgusiga o‘tkazilmaydi, faqat o‘sha yilning o‘zida hisobga olinadi va keyin yo‘qoladi
  2. Foydani faqat ko‘rilgan zararning yarmiga kamaytirishi mumkin, qolgani hisobga olinmaydi
  3. Foydani ko‘rilgan zararning butun summasiga yoki bir qismiga kamaytirishga haqli
  4. Foydani zararga kamaytirish uchun soliq organining oldindan yozma ruxsati talab qilinadi

To‘g‘ri javob: Foydani ko‘rilgan zararning butun summasiga yoki bir qismiga kamaytirishga haqli. 333-moddaning uchinchi qismiga ko‘ra, oldingi davr zarari bo‘lgan soliq to‘lovchi joriy davr foydasini zararning butun summasiga yoki bir qismiga kamaytirishga haqli.

Bir kalendar yildan ortiq yillarda ko‘rilgan zararlar Soliq kodeksiga ko‘ra qanday ketma-ketlikda o‘tkaziladi?
  1. Eng katta zarardan boshlab
  2. Eng so‘nggi yildagi zarardan boshlab
  3. Soliq to‘lovchi xohlagan tartibda
  4. Ular ko‘rilgan ketma-ketlikda

To‘g‘ri javob: Ular ko‘rilgan ketma-ketlikda. 333-moddaning beshinchi qismiga ko‘ra, bir yildan ortiq yillarda ko‘rilgan zararlar ular ko‘rilgan ketma-ketlikda o‘tkaziladi.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiAyrim soliq to‘lovchilar va operatsiyalar turlari bo‘yicha soliq bazasini aniqlashning o‘ziga xos xususiyatlariKeyingi →Soliq stavkalari. Soliqni hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi