XotirAI logotipiXotirAI
⚖️ Soliq kodeksi · 378–380-m.

Soliq imtiyozlari

Maxsus Qism

378-modda. Soliq solinmaydigan daromadlar

Quyidagi daromad turlariga soliq solinmaydi:

vafot etgan xodimning oila a’zolariga yoki oila a’zosi vafot etganligi munosabati bilan xodimga beriladigan moddiy yordam summalari — mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 4,22 baravarigacha miqdorda;

ushbu Kodeksning 377-moddasida ko‘rsatilgan boshqa hollarda, — soliq davri uchun mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 4,22 baravarigacha miqdorda;

O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan sanatoriy-kurort va sog‘lomlashtirish muassasalariga yo‘llanmalar qiymatini nogironligi bo‘lgan shaxslarga, shu jumladan ushbu ish beruvchida ishlamaydigan nogironligi bo‘lgan shaxslarga to‘liq yoki qisman qoplash summalari;

O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan bolalar oromgohlari va boshqa sog‘lomlashtirish oromgohlari, shuningdek sanatoriy-kurort hamda sog‘lomlashtirish muassasalariga o‘z xodimlarining o‘n olti yoshgacha bolalari (o‘qiydiganlarga — o‘n sakkiz yoshgacha) uchun yo‘llanmalar qiymatini to‘liq yoki qisman qoplash summalari;

378-modda. Soliq solinmaydigan daromadlar (davomi)

qimmatli qog‘ozlarni (bundan fond birjasida realizatsiya qilinadigan emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar mustasno), yuridik shaxslarning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlarini (paylarini);

noturar joylarni;

o‘ttiz olti kalendar oydan kam muddatda soliq to‘lovchining mulkida bo‘lgan turar joylarni;

378-modda. Soliq solinmaydigan daromadlar (davomi)

xodimlar natura shaklida olgan sovg‘alar;

ilgari mazkur ish beruvchining xodimlari bo‘lgan ishlamayotgan pensionerlar va mehnat qobiliyatini yo‘qotgan shaxslar, vafot etgan xodimning oila a’zolari tomonidan olingan sovg‘alar hamda boshqa turlardagi yordam;

ilm-fan, adabiyot va san’at asarlarining, adabiyot hamda san’at asarlari ijrochilarining, shuningdek kashfiyotlar, ixtirolar va sanoat namunalari mualliflarining merosxo‘rlariga (huquqiy vorislariga) to‘lanadigan pul mukofotlari;

yaqin qarindosh bo‘lmagan shaxslar o‘rtasidagi ko‘chmas mulk, avtotransport vositalari, qimmatli qog‘ozlar, yuridik shaxslarning ustav fondlaridagi (ustav kapitallaridagi) ulushlar;

378-modda. Soliq solinmaydigan daromadlar (davomi)

O‘zbekiston Respublikasining professional va oliy ta’lim tashkilotlarida ta’lim olish (o‘zining, farzandlarining, shuningdek yigirma olti yoshga to‘lmagan erining (xotinining) ta’lim olishi) uchun to‘lov. Mazkur imtiyoz soliq to‘lovchining professional va oliy ta’lim tashkilotlarida o‘qish uchun tijorat banklari tomonidan ajratilgan ta’lim kreditlariga (foizlari bilan) qoplashga yo‘naltirilgan daromadlariga nisbatan ham qo‘llaniladi;

farzandlariga nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari va (yoki) maktablar ko‘rsatadigan ta’limga oid xizmatlar uchun ota-ona (farzandlikka oluvchilar) tomonidan har bir farzand uchun, shuningdek uch yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha nogironligi bo‘lgan bolalar uchun kunduzgi parvarish xizmatidan foydalanadigan ota-ona (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar) tomonidan har bir farzand uchun to‘lanadigan oyiga 3 million so‘mgacha bo‘lgan to‘lovlar;

soliq bazasining 50 foizidan oshmagan holda, metsenatlik ko‘magini ko‘rsatish;

olingan ipoteka kreditlarini va ular bo‘yicha hisoblangan foizlarni soliq davri davomida jami mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining sakson baravarigacha bo‘lgan miqdorda qoplashga, basharti uy-joy fondining ko‘chmas mulk obyektlarini sotib olish, qurish yoki rekonstruksiya qilish dastlabki badalning va (yoki) ipoteka krediti bo‘yicha foizlarning bir qismini qoplash uchun budjetdan ajratilgan subsidiyalar hisobga olingan holda amalga oshirilgan bo‘lsa. Mazkur soliq imtiyozi qarz oluvchiga va (yoki) birga qarz oluvchilarga nisbatan, basharti ularning soliq solinmaydigan daromadlari jami summasi belgilangan miqdordan oshmasa, tatbiq etiladi. Bunda yosh oila bo‘lgan er-xotinning olgan ipoteka kreditlarini hamda ular bo‘yicha hisoblangan foizlarni to‘lashga yo‘naltirilgan ish haqiga va boshqa daromadlariga nisbatan soliq imtiyozi er-xotin yoki ulardan biri belgilangan yoshga to‘lguniga qadar, ushbu xatboshida budjetdan ajratilgan subsidiyalar bo‘yicha belgilangan shartlar inobatga olinmagan holda qo‘llaniladi. Agar 2023-yil 1-yanvardan keyin ipoteka krediti hisobiga sotib olingan, qurilgan yoki rekonstruksiya qilingan uy-joy fondining ko‘chmas mulk obyektlari ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sanadan e’tiboran o‘ttiz olti oy ichida boshqa shaxsga o‘tkazilgan bo‘lsa, soliq imtiyozining amal qilishi soliq imtiyozini qo‘llashning butun davri uchun soliqni to‘lash majburiyati tiklangan holda bekor qilinadi;

378-modda. Soliq solinmaydigan daromadlar (davomi)

fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi Xalq bankidagi ixtiyoriy ravishda shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga;

Yuridik shaxs tashkil etmagan chet el tuzilmasiga nisbatan yoki qaysi chet el yuridik shaxsi uchun ro‘yxatdan o‘tish mamlakatining qonunchiligiga muvofiq kapitalda ishtirok etish nazarda tutilmagan bo‘lsa, o‘sha chet el yuridik shaxsiga nisbatan nazorat qilish huquqi, agar bunday huquqlar ularni bir oilaning a’zolari va (yoki) yaqin qarindoshlar bo‘lgan shaxslar o‘rtasida o‘tkazish natijasida olingan bo‘lsa, daromad olish yoki daromadni tasarruf etish huquqining yuzaga kelishi deb e’tirof etilmaydi;

19¹) soliq to‘lovchining uy-joylarni talabalarga ijaraga berishdan olingan daromadlari;

378-modda. Soliq solinmaydigan daromadlar (davomi)

20¹) Ijtimoiy himoya yagona reyestriga yoki Kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan oilalar a’zolariga qonunchilikda belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan homiylik tashkilotlari tomonidan soliq davri mobaynida bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravarigacha miqdorda to‘g‘ridan-to‘g‘ri beriladigan pul mablag‘lari tarzidagi homiylik xayriyalari;

xalqaro tashkilotlarga a’zolik badallarini, tegishli xalqaro tashkilot a’zosi sifatida bunday badallarning to‘langanligi to‘g‘risida hujjat mavjud bo‘lganda;

qayta tayyorlash va malaka oshirish uchun nodavlat ta’lim tashkilotlariga to‘lovlarni, kursni tugatganlik to‘g‘risida shunday tashkilotlar tomonidan berilgan hujjat mavjud bo‘lganda.

378-modda. Soliq solinmaydigan daromadlar (davomi)

yo‘naltirilgan mablag‘larning jami summasi mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining yuz baravaridan oshmaydigan miqdorni tashkil etadi;

pul mablag‘lari shaxsiy investitsiya hisobvarag‘iga birinchi marta o‘tkazilgan sanadan boshlab o‘n ikki oy ichida qaytarib olinmaydi. Bunda oy davomida shaxsiy investitsiya hisobvarag‘iga yo‘naltiriladigan mablag‘lar summasi mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining yigirma baravaridan oshishi mumkin emas;

shaxsiy investitsiya hisobvarag‘idagi pul mablag‘laridan qimmatli qog‘ozlar olish uchun foydalaniladi.

Ushbu bandning shartlari buzilgan taqdirda, shaxsiy investitsiya hisobvarag‘idagi mablag‘larga to‘lov manbaida soliq solinishi lozim;

379-modda. Jismoniy shaxslarni soliq solishdan ozod etish

Quyidagilarning daromadlariga soliq solinmaydi:

379-modda. Jismoniy shaxslarni soliq solishdan ozod etish (davomi)

380-modda. Ayrim toifadagi soliq to‘lovchilarning jami daromadini kamaytirish

Quyidagi soliq to‘lovchilar soliq solishdan qisman (daromadlar qaysi oyda olingan bo‘lsa, o‘sha oyda har bir oy uchun mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 1,41 baravari miqdoridagi daromadlar, ushbu qismning 3-bandida ko‘rsatilgan shaxslar uchun esa mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 3 baravari miqdoridagi daromadlar bo‘yicha) ozod etiladi:

380-modda. Ayrim toifadagi soliq to‘lovchilarning jami daromadini kamaytirish (davomi)

380-modda. Ayrim toifadagi soliq to‘lovchilarning jami daromadini kamaytirish (davomi)

Ushbu moddada nazarda tutilgan soliq imtiyozlari tegishli hujjatlar taqdim etilgan taqdirda qo‘llaniladi.

Soliq imtiyoziga bo‘lgan huquq kalendar yil davomida vujudga kelgan taqdirda, soliq imtiyozi unga bo‘lgan huquqlar vujudga kelgan paytdan e’tiboran qo‘llaniladi.

Agar soliq to‘lovchi ushbu moddada nazarda tutilgan bir nechta asos bo‘yicha soliq imtiyoziga doir huquqqa ega bo‘lsa, unga xohishiga qarab faqat bitta soliq imtiyozi beriladi.

380-modda. Ayrim toifadagi soliq to‘lovchilarning jami daromadini kamaytirish (davomi)

Soliq imtiyozini qo‘llash soliq to‘lovchining asosiy ish (xizmat, o‘qish) joyi bo‘yicha, asosiy ish joyi mavjud bo‘lmagan taqdirda esa — yashash joyidagi soliq organlari tomonidan jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiya asosida soliqni hisoblab chiqarish chog‘ida amalga oshiriladi. Soliq imtiyoziga bo‘lgan huquq yo‘qotilgan taqdirda, soliq to‘lovchi imtiyozga bo‘lgan huquqni yo‘qotgan paytidan e’tiboran o‘n besh kun ichida bu haqda undan soliqni ushlab qoladigan yuridik shaxsga ma’lum qilishi kerak.

Ushbu moddaning birinchi qismida sanab o‘tilgan soliq imtiyozlari soliq to‘lovchining foizlar va dividendlar tarzida olingan daromadlariga, shuningdek mol-mulkni ijaraga topshirishdan olingan daromadlariga nisbatan ham tatbiq etiladi. Agar foizlar va dividendlar asosiy ish joyi bo‘yicha hisoblansa, soliq imtiyozini qo‘llash asosiy ish joyi bo‘yicha amalga oshiriladi. Agar foizlar va dividendlar asosiy bo‘lmagan ish joyi bo‘yicha hisoblansa, soliq imtiyozi jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiya asosida jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini hisoblab chiqarish chog‘ida soliq to‘lovchining yashash joyidagi soliq organlari tomonidan qo‘llaniladi. Shunga o‘xshash tartib mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlarga nisbatan ham qo‘llaniladi.

Bilimingizni sinang

Vafot etgan xodimning oila a’zolariga yoki oila a’zosi vafot etganda xodimga beriladigan moddiy yordam soliqdan ozod bo‘lishi uchun mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining qancha baravarigacha bo‘lishi kerak?
  1. 2,11 baravarigacha
  2. 1,76 baravarigacha
  3. 4,22 baravarigacha
  4. 1,41 baravarigacha

To‘g‘ri javob: 4,22 baravarigacha. Bunday moddiy yordam summalariga soliq solinmaydi, agar ular eng kam miqdorning 4,22 baravarigacha bo‘lsa.

Korxona vafot etgan xodim Karimning oila a’zolariga moddiy yordam to‘ladi. Soliq kodeksiga ko‘ra, bu yordamning qaysi miqdorigacha jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i solinmaydi?
  1. Mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 2,11 baravarigacha
  2. Mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 4,22 baravarigacha
  3. Bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravarigacha
  4. Soliq davrida o‘n besh million so‘mgacha

To‘g‘ri javob: Mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 4,22 baravarigacha. 378-modda 1-bandiga ko‘ra, vafot etgan xodim oila a’zolariga moddiy yordam mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 4,22 baravarigacha miqdorda soliqqa tortilmaydi.

Soliq kodeksiga ko‘ra, soliq agenti xodimlarining bolalari uchun bolalar oromgohi va sanatoriy yo‘llanmalari qiymatini qoplagan summalarga qaysi yoshgacha soliq solinmaydi?
  1. O‘n yoshgacha, o‘qiydiganlar uchun o‘n to‘rt yoshgacha
  2. O‘n sakkiz yoshgacha, o‘qiydiganlar uchun yigirma yoshgacha
  3. Yetti yoshgacha barcha bolalar uchun
  4. O‘n olti yoshgacha, o‘qiydiganlar uchun o‘n sakkiz yoshgacha

To‘g‘ri javob: O‘n olti yoshgacha, o‘qiydiganlar uchun o‘n sakkiz yoshgacha. 378-modda 2-bandiga ko‘ra, xodimlarning o‘n olti yoshgacha (o‘qiydiganlarga o‘n sakkiz yoshgacha) bolalari uchun yo‘llanmalar qiymatini qoplash summalariga soliq solinmaydi.

Ish bilan ta’minlash markazlari ko‘magida yollanganda, qanday tusdagi vaqtinchalik ishlarni bajarishdan olingan daromadlarga soliq solinmaydi?
  1. Doimiy
  2. Muddatli
  3. Bir martalik
  4. Mavsumiy

To‘g‘ri javob: Bir martalik. Vaqtinchalik bir martalik ish bilan ta’minlash markazlari ko‘magida bajarilgan ishlardan olingan daromadlarga soliq solinmaydi.

Dilnoza o‘ziga xususiy mulk huquqi asosida tegishli turar joyni 24 oy egalik qilgandan keyin sotdi. Soliq kodeksiga ko‘ra, sotishdan olingan daromad bo‘yicha qanday xulosa to‘g‘ri?
  1. Daromadga soliq solinadi, chunki turar joy o‘ttiz olti oydan kam muddat mulkda bo‘lgan
  2. Daromadga soliq solinmaydi, chunki turar joy yigirma to‘rt oydan ortiq muddat mulkda bo‘lgan
  3. Daromadga soliq solinmaydi, chunki turar joy xususiy mulk huquqi asosida sotilgan
  4. Daromadning yarmiga soliq solinadi, chunki turar joy o‘ttiz olti oydan kam muddat mulkda bo‘lgan

To‘g‘ri javob: Daromadga soliq solinadi, chunki turar joy o‘ttiz olti oydan kam muddat mulkda bo‘lgan. 378-modda 7-bandiga ko‘ra, o‘ttiz olti kalendar oydan kam muddat mulkda bo‘lgan turar joylarni sotishdan olingan daromadlar soliq solinmaydigan daromadlar qatoriga kirmaydi.

Xodimlar ish beruvchidan natura shaklida olgan sovg‘alar soliq davri mobaynida mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining qancha baravarigacha bo‘lsa, soliq solinmaydi?
  1. 1,76 baravarigacha
  2. 2,11 baravarigacha
  3. 1,41 baravarigacha
  4. 4,22 baravarigacha

To‘g‘ri javob: 2,11 baravarigacha. Natura shaklidagi sovg‘alar eng kam miqdorning 2,11 baravarigacha qiymatda soliqdan ozod.

Ish beruvchi xodimlarga natura shaklida sovg‘alar berdi. Soliq kodeksiga ko‘ra, soliq davri mobaynida qaysi qiymatgacha bunday sovg‘alarga soliq solinmaydi?
  1. Mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 4,22 baravarigacha
  2. Mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 2,11 baravarigacha
  3. Bazaviy hisoblash miqdorining 8 baravarigacha
  4. Mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 20 baravarigacha

To‘g‘ri javob: Mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 2,11 baravarigacha. 378-modda 10-bandiga ko‘ra, xodimlar natura shaklida olgan sovg‘alar soliq davrida mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 2,11 baravarigacha soliqqa tortilmaydi.

Bobur yaqin qarindoshi bo‘lmagan do‘stidan hadya sifatida avtomobil oldi. Soliq kodeksiga ko‘ra, bu daromad haqida qaysi xulosa to‘g‘ri?
  1. Soliq solinmaydi, chunki yaqin qarindosh bo‘lmagan shaxslar o‘rtasidagi avtotransport vositalari bu imtiyozga kiritilgan
  2. Soliq solinmaydi, chunki hadya sifatida olingan har qanday mol-mulk soliq solishdan to‘liq ozod etilgan
  3. Soliq faqat avtomobil qiymatining yarmiga solinadi, chunki yaqin qarindosh bo‘lmagan shaxslar uchun imtiyoz qisman amal qiladi
  4. Soliq solinadi, chunki yaqin qarindosh bo‘lmagan shaxslar o‘rtasidagi avtotransport vositalari bu imtiyozdan mustasno

To‘g‘ri javob: Soliq solinadi, chunki yaqin qarindosh bo‘lmagan shaxslar o‘rtasidagi avtotransport vositalari bu imtiyozdan mustasno. 378-modda 11-bandiga ko‘ra, yaqin qarindosh bo‘lmagan shaxslar o‘rtasidagi ko‘chmas mulk, avtotransport vositalari va qimmatli qog‘ozlar hadya imtiyozidan mustasno.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiJami daromadKeyingi →Soliq stavkalari. Soliq davri