XotirAI logotipiXotirAI
⚖️ Soliq kodeksi · 368–377-m.

Jami daromad

Maxsus Qism

368-modda. Jami daromad

Agar ushbu bo‘limda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, jami daromad soliq to‘lovchi tomonidan hisobot (soliq) davri davomida olingan quyidagi daromadlardan tashkil topadi:

369-modda. Jami daromadga kiritilmaydigan daromadlar

Quyidagilar jami daromad tarkibiga kiritilmaydi:

369-modda. Jami daromadga kiritilmaydigan daromadlar (davomi)

Soliq agentlarining ushbu Kodeksning 386-moddasida nazarda tutilgan jismoniy shaxs foydasiga amalga oshiradigan quyidagi xarajatlariga soliq to‘lovchining daromadi sifatida qaralmaydi:

369-modda. Jami daromadga kiritilmaydigan daromadlar (davomi)

369-modda. Jami daromadga kiritilmaydigan daromadlar (davomi)

tasdiqlovchi hujjatlar asosida xizmat safari joyiga borish va u yerdan qaytib kelish uchun, shu jumladan joy band qilish uchun haq to‘lashni qo‘shgan holda haqiqatda amalga oshirilgan to‘lovlar. Yo‘l hujjatlari bo‘lmagan taqdirda, temir yo‘l transportidagi (agar temir yo‘l qatnovi bo‘lmasa, shaharlararo avtobusdagi) yo‘l haqi qiymati miqdorida, lekin aviachipta qiymatining 30 foizidan oshmaydigan miqdorda;

uy-joyni ijaraga olish bo‘yicha haqiqatda amalga oshirilgan to‘lovlar. Yashaganligini tasdiqlovchi hujjatlar bo‘lmagan taqdirda, qonunchilikda belgilangan normalar doirasida;

tasdiqlovchi hujjatlar asosida uy-joyni band qilish uchun to‘lovlar;

qonunchilikda belgilangan normalar doirasida xizmat safarida bo‘lingan vaqt uchun to‘lanadigan kundalik xarajatlar uchun haq (sutkalik pullar);

qonunchilikda belgilangan va hujjatlar bilan tasdiqlangan boshqa to‘lovlar;

doimiy ishi yo‘lda kechadigan, harakatlanish va (yoki) qatnov tusiga ega bo‘lgan, shuningdek vaxta usulida ishlarni bajarishda xodimga kompensatsiya to‘lovlari (kompensatsiyalar);

xizmat ishlarida shaxsiy avtomobildan foydalanganlik uchun kompensatsiya to‘lovlari (kompensatsiyalar), bundan xizmat safarlari mustasno;

dala ta’minoti;

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan aniqlanadigan olis va borish qiyin bo‘lgan hududlarda joylashgan budjet tashkilotlariga oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari orasidan bakalavriatni yoki magistraturani tamomlagandan so‘ng uch yil ichida ishga qabul qilingan xodimlarga, shuningdek mazkur olis va borish qiyin bo‘lgan hududlarda joylashgan oilaviy shifokorlik punktlariga va oilaviy poliklinikalarga hamda ta’lim muassasalariga ishga qabul qilingan, boshqa hududda yashaydigan oliy ma’lumotli shifokorlarga va mutaxassislarga uy-joy ijarasi uchun har oylik pul kompensatsiyasi;

369-modda. Jami daromadga kiritilmaydigan daromadlar (davomi)

qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda va normalar bo‘yicha boshqa kompensatsiya to‘lovlari (kompensatsiyalar), bundan ushbu Kodeksning 373 va 377-moddalarida ko‘rsatilganlari mustasno;

jabrlanuvchi mehnatda mayib bo‘lguniga qadar olgan o‘rtacha oylik ish haqiga nisbatan foiz hisobidagi, uning kasbga oid mehnat qobiliyatini yo‘qotganlik darajasiga muvofiq belgilanadigan har oylik to‘lovlar (voyaga yetmagan shaxs mehnatda mayib bo‘lib qolgan taqdirda, zararning o‘rni uning ish haqi (daromadi) miqdoridan kelib chiqqan holda, lekin qonunchilikda belgilangan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 1,76 baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda qoplanadi);

maxsus tibbiy parvarishga muhtoj jabrlanuvchilarga qo‘shimcha xarajatlar uchun oyiga mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 70,3 foizi miqdoridagi to‘lovlar;

jabrlanuvchining maishiy parvarishi uchun qo‘shimcha xarajatlar tariqasida har oyda mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 17,6 foizi miqdoridagi to‘lovlar;

xodimning sog‘lig‘iga shikast yetkazilganligi munosabati bilan ish beruvchi tomonidan bir yo‘la to‘lanadigan nafaqa tariqasida jabrlanuvchining yillik o‘rtacha ish haqi miqdoridagi to‘lovlar;

369-modda. Jami daromadga kiritilmaydigan daromadlar (davomi)

marhumning o‘rtacha ish haqining vafot etgan boquvchining qaramog‘ida bo‘lgan va uning vafoti munosabati bilan zararni undirishga haqli bo‘lgan mehnatga qobiliyatsiz shaxslarga to‘g‘ri keladigan ulushi miqdoridagi to‘lovlar;

boquvchisi vafot etganligi munosabati bilan zararni undirishga haqli bo‘lgan shaxslarga bir yo‘la to‘lanadigan nafaqa tariqasida marhumning o‘rtacha yillik ish haqining olti baravari miqdoridagi to‘lovlar;

12¹) nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining va maktablarning, shu jumladan davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida tashkil etilgan nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining va maktablarning qonunchilikda belgilangan normalar doirasida ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalarning iste’dodli va iqtidorli farzandlarini, shuningdek maxsus kontingentdagi tarbiyalanuvchilarning muayyan sonini bepul o‘qitish bilan bog‘liq xarajatlari;

369-modda. Jami daromadga kiritilmaydigan daromadlar (davomi)

soliq to‘lovchining ushbu bandning birinchi xatboshisida ko‘rsatilgan dasturlarda ishtirok etishi ochiq oferta shartlarisiz amalga oshirilganda;

soliq to‘lovchi ushbu bandning birinchi xatboshisida ko‘rsatilgan mamlakatimizdagi va chet el tashkilotlarining dasturlariga, ularda aksept muddati o‘ttiz kundan kam va (yoki) ularda ommaviy ofertani muddatidan oldin chaqirib olish imkoniyati nazarda tutilgan shartlar asosidagi ochiq ofertaga qo‘shilganda;

ushbu bandning birinchi xatboshisida ko‘rsatilgan tashkilotchi bilan lavozim majburiyatlarini bajarishda mehnat munosabatlarida bo‘lgan, shuningdek soliq to‘lovchi tomonidan tovarlar yetkazib berganlik (ishlar bajarganlik, xizmatlar ko‘rsatganlik) uchun haq (mukofot) yoki moddiy yordam sifatidagi to‘lov shaklidagi daromad to‘langanda.

Ustavda nazarda tutilgan faoliyat doirasida bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlar;

davolash va tibbiy xizmatlar qiymati, nogironligi bo‘lgan shaxslarni profilaktika va reabilitatsiya qilish uchun texnik asbob-uskunalar olish;

jismoniy shaxsning manfaatlarini ko‘zlab, tovarlar va xizmatlarni yetkazib beruvchidan olish;

xayriya maqsadida boshqa shakllarda qo‘llab-quvvatlash (bundan pul shaklida qo‘llab-quvvatlash mustasno).

369-modda. Jami daromadga kiritilmaydigan daromadlar (davomi)

370-modda. Jami daromadning tarkibi

Quyidagilar jami daromadga kiradi:

371-modda. Mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlar

Ish beruvchi bilan mehnatga oid munosabatlarda bo‘lgan va tuzilgan mehnat shartnomasiga (kontraktiga) muvofiq ishlarni bajarayotgan xodimlarga hisoblanadigan hamda to‘lanadigan quyidagi barcha to‘lovlar mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlar deb e’tirof etiladi:

mehnatga haq to‘lashning qabul qilingan shakllari va tizimlariga muvofiq ishbay narxlardan, tarif stavkalaridan va mansab maoshlaridan kelib chiqqan holda hisoblab chiqarilgan, haqiqatda bajarilgan ish uchun hisoblangan ish haqi;

ilmiy daraja va faxriy unvon uchun ustamalar;

ushbu Kodeksning 372-moddasiga muvofiq rag‘batlantirish xususiyatiga ega to‘lovlar;

ushbu Kodeksning 373-moddasiga muvofiq kompensatsiya to‘lovlari (kompensatsiya);

ushbu Kodeksning 374-moddasiga muvofiq ishlanmagan vaqt uchun haq to‘lash;

haqiqatda bajarilgan ish uchun haq hisoblangan boshqa to‘lovlar.

Mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlar jumlasiga quyidagilar ham kiradi:

predmeti ishlarni bajarish va xizmatlar ko‘rsatishdan iborat bo‘lgan, tuzilgan fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnomalarga muvofiq jismoniy shaxslarga to‘lovlar (bundan yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatidan olingan daromadlar mustasno);

yuridik shaxsning boshqaruv organi (kuzatuv kengashi yoki boshqa shunga o‘xshash organi) a’zolariga yuridik shaxsning o‘zi tomonidan amalga oshiriladigan to‘lovlar;

O‘zbekiston Respublikasining Mudofaa, Ichki ishlar va Favqulodda vaziyatlar vazirliklarining, O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat xavfsizlik xizmatining, harbiy xizmatchilariga, ichki ishlar organlarining, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining oddiy askarlar, serjantlar va ofitserlar tarkibiga hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining va boshqa harbiy xizmat nazarda tutilgan idoralar xodimlariga xizmatni o‘tashi (xizmat majburiyatlarini bajarishi) munosabati bilan to‘lanadigan pul ta’minoti, pul mukofotlari va boshqa to‘lovlar.

372-modda. Rag‘batlantirish xususiyatiga ega to‘lovlar

Rag‘batlantirish xususiyatiga ega to‘lovlar jumlasiga quyidagilar kiradi:

373-modda. Kompensatsiya to‘lovlari (kompensatsiya)

Mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadga kiritiladigan kompensatsiya to‘lovlari (kompensatsiyalar) jumlasiga quyidagilar kiradi:

373-modda. Kompensatsiya to‘lovlari (kompensatsiya) (davomi)

373-modda. Kompensatsiya to‘lovlari (kompensatsiya) (davomi)

374-modda. Ishlanmagan vaqt uchun haq to‘lash

Ishlanmagan vaqt uchun haq to‘lash jumlasiga quyidagilar kiradi:

374-modda. Ishlanmagan vaqt uchun haq to‘lash (davomi)

375-modda. Mulkiy daromadlar

Mulkiy daromadlar tarkibiga quyidagilar kiradi:

375-modda. Mulkiy daromadlar (davomi)

376-modda. Moddiy naf tarzidagi daromadlar

Soliq to‘lovchi tomonidan moddiy naf tarzida olingan daromadlar, agar ushbu Kodeks 369-moddasining ikkinchi qismida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, quyidagilardan iborat:

soliq to‘lovchining bolalarini maktabgacha ta’lim tashkilotlarida o‘qitish, tarbiyalash haqini to‘lash;

soliq to‘lovchilarga berilgan uy-joyning kommunal xizmatlar haqini, uy-joydan foydalanish xarajatlarini, yotoqxonadagi joylar haqini yoki ularning o‘rnini qoplash qiymatini to‘lash;

sanatoriy-kurortlarda davolanish yo‘llanmalari qiymatini, dam olish, statsionar va ambulator davolanish haqini yoki ularning o‘rnini qoplash qiymatini to‘lash;

soliq agentining soliq to‘lovchi daromadi bo‘lgan boshqa xarajatlarini to‘lash;

376-modda. Moddiy naf tarzidagi daromadlar (davomi)

Soliq to‘lovchi tomonidan soliq agentidan tovarlar (xizmatlar) olingan taqdirda, ushbu tovarlarning (xizmatlarning) qiymati ularni sotib olish narxidan yoki tannarxidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.

Soliq to‘lovchi tomonidan soliq agentidan aksiz to‘lanadigan tovarlar yoki qo‘shilgan qiymat solig‘i solinadigan tovarlar (xizmatlar) olingan taqdirda, bunday tovarlarning (xizmatlarning) qiymatida aksiz solig‘ining va qo‘shilgan qiymat solig‘ining tegishli summasi hisobga olinadi.

377-modda. Boshqa daromadlar

Soliq to‘lovchining boshqa daromadlariga quyidagilar kiradi:

vafot etgan xodimning oila a’zolariga yoki oila a’zosi vafot etganligi munosabati bilan xodimga ko‘rsatiladigan;

377-modda. Boshqa daromadlar (davomi)

xodimga mehnatda mayib bo‘lganligi, kasb kasalligi yoxud sog‘lig‘iga boshqacha tarzda shikast yetganligi bilan bog‘liq holda ko‘rsatiladigan;

bola tug‘ilishi, xodim yoki uning farzandlari nikohdan o‘tishi munosabati bilan ko‘rsatiladigan;

qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini berish yoki ularni sotib olish uchun mablag‘lar berish tarzida ko‘rsatiladigan moddiy yordam;

Bilimingizni sinang

Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bo‘yicha jami daromad manbalari rezident va norezident uchun qanday farqlanadi?
  1. Rezident uchun faqat O‘zbekistondagi, norezident uchun O‘zbekistondagi va tashqarisidagi manbalardan olingan daromadlar
  2. Rezident va norezident uchun faqat O‘zbekistondagi manbalardan olingan daromadlar, tashqaridagilari hisobga olinmaydi
  3. Rezident uchun O‘zbekistondagi va tashqarisidagi, norezident uchun faqat O‘zbekistondagi manbalardan olingan daromadlar
  4. Rezident uchun O‘zbekistondagi va tashqarisidagi, norezident uchun esa faqat tashqaridagi manbalardan olingan daromadlar

To‘g‘ri javob: Rezident uchun O‘zbekistondagi va tashqarisidagi, norezident uchun faqat O‘zbekistondagi manbalardan olingan daromadlar. 368-moddaga ko‘ra, rezidentlar uchun O‘zbekistondagi va tashqarisidagi, norezidentlar uchun faqat O‘zbekistondagi manbalardan olingan daromadlar jami daromadni tashkil etadi.

Dilnoza oilasining betob a’zosini parvarish qilgani uchun vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasini oldi. Soliq kodeksiga ko‘ra, bu nafaqa jami daromad tarkibiga kiritiladimi?
  1. Kiritiladi, chunki bu nafaqa davlat nafaqalari uchun belgilangan istisnodan mustasno qilingan
  2. Kiritilmaydi, chunki bu nafaqa davlat nafaqalari uchun belgilangan istisnoga kiritilgan
  3. Kiritilmaydi, chunki oilaning betob a’zosini parvarish qilish nafaqasi soliq imtiyozi sifatida berilgan
  4. Faqat bazaviy hisoblash miqdoridan oshgan qismi kiritiladi, chunki nafaqa chegaralangan

To‘g‘ri javob: Kiritiladi, chunki bu nafaqa davlat nafaqalari uchun belgilangan istisnodan mustasno qilingan. 369-modda 7-bandiga ko‘ra, davlat pensiyalari va nafaqalar jami daromadga kiritilmaydi, bundan vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasi (jumladan oila a’zosini parvarish nafaqasi) mustasno.

Korxona xodimlarni ish joyiga olib borish va olib qaytish xarajatlarini o‘z hisobidan qopladi. Soliq kodeksiga ko‘ra, bu xarajat xodimlarning daromadi sifatida qanday qaraladi?
  1. Mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromad sifatida jami daromadga kiradi
  2. Moddiy naf tarzidagi daromad sifatida soliqqa tortiladi
  3. Faqat yarmi daromad hisoblanadi
  4. Soliq to‘lovchining daromadi sifatida qaralmaydi, jami daromadga kiritilmaydi

To‘g‘ri javob: Soliq to‘lovchining daromadi sifatida qaralmaydi, jami daromadga kiritilmaydi. 369-moddaga ko‘ra, soliq agentining xodimlarni ish joyiga olib borish va olib qaytish xarajatlari soliq to‘lovchining daromadi sifatida qaralmaydi.

Olis hududlardagi budjet tashkilotlariga ishga olinadigan oliy ta’lim bitiruvchilarining ko‘chish xarajatlari daromadga kiritilmasligi uchun ular bakalavriat yoki magistraturani tamomlagandan so‘ng necha yil ichida ishga qabul qilingan bo‘lishi kerak?
  1. Bir yil
  2. Uch yil
  3. Besh yil
  4. Ikki yil

To‘g‘ri javob: Uch yil. Bitiruvchilar bakalavriat yoki magistraturani tamomlagandan so‘ng uch yil ichida ishga qabul qilingan bo‘lishi kerak.

Xizmat safarida yo‘l hujjatlari bo‘lmasa, yo‘l haqi temir yo‘l (yoki shaharlararo avtobus) qiymati miqdorida, lekin aviachipta qiymatining qancha qismidan oshmagan holda to‘lanadi?
  1. 30 foizidan
  2. 50 foizidan
  3. 40 foizidan
  4. 20 foizidan

To‘g‘ri javob: 30 foizidan. Yo‘l hujjatlari bo‘lmaganda to‘lov aviachipta qiymatining 30 foizidan oshmaydigan miqdorda belgilanadi.

Xodim Jasur xizmat safariga aviachipta bilan bordi, ammo yo‘l hujjatlari yo‘q. Soliq kodeksiga ko‘ra, jami daromadga kiritilmaydigan yo‘l haqi kompensatsiyasi qanday miqdorda bo‘ladi?
  1. Aviachipta qiymati miqdorida to‘liq, hech qanday cheklovsiz, hujjatlar bo‘lmasa ham kompensatsiya kiritilmaydi
  2. Temir yo‘l (yoki shaharlararo avtobus) yo‘l haqi qiymati miqdorida, ammo aviachipta qiymatining 30 foizidan oshmagan holda
  3. Temir yo‘l (yoki shaharlararo avtobus) yo‘l haqi qiymati miqdorida, ammo aviachipta qiymatining 50 foizidan oshmagan holda
  4. Temir yo‘l yo‘l haqi qiymatining ikki baravari miqdorida, ammo aviachipta qiymatining 30 foizidan kam bo‘lmagan holda

To‘g‘ri javob: Temir yo‘l (yoki shaharlararo avtobus) yo‘l haqi qiymati miqdorida, ammo aviachipta qiymatining 30 foizidan oshmagan holda. 369-modda 8-bandiga ko‘ra, yo‘l hujjatlari bo‘lmasa, temir yo‘l (avtobus) yo‘l haqi miqdorida, lekin aviachipta qiymatining 30 foizidan oshmagan holda.

Voyaga yetmagan shaxs mehnatda mayib bo‘lganda zarar mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining qancha baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda qoplanadi?
  1. 1,41 baravaridan
  2. 1,76 baravaridan
  3. 2,11 baravaridan
  4. 4,22 baravaridan

To‘g‘ri javob: 1,76 baravaridan. Zarar ish haqi (daromadi)dan kelib chiqib, lekin eng kam miqdorning 1,76 baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda qoplanadi.

Voyaga yetmagan shaxs mehnatda mayib bo‘lib qolgan taqdirda zararning o‘rni uning ish haqidan kelib chiqqan holda, mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining necha baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda qoplanadi?
  1. 1,41 baravaridan
  2. 4,22 baravaridan
  3. 1,76 baravaridan
  4. 2,11 baravaridan

To‘g‘ri javob: 1,76 baravaridan. 369-modda 10-bandiga ko‘ra, bunday zarar mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 1,76 baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda qoplanadi.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiSoliq to‘lovchilar, soliq solish obyekti va soliq bazasiKeyingi →Soliq imtiyozlari