Ijtimoiy soliqni hisoblab chiqarish va to‘lash
Maxsus Qism
402-modda. Soliq to‘lovchilar
Ijtimoiy soliqni soliq to‘lovchilari (bundan buyon ushbu bo‘limda soliq to‘lovchilar deb yuritiladi) deb quyidagilar e’tirof etiladi:
O‘zbekiston Respublikasining yuridik shaxslari;
O‘zbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshiruvchi O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari bo‘lgan yuridik shaxslar, chet el yuridik shaxslarining vakolatxonalari va filiallari;
ushbu Kodeksning 408 va 409-moddalarida nazarda tutilgan tartibga muvofiq ijtimoiy soliq to‘laydigan jismoniy shaxslarning ayrim toifalari.
403-modda. Soliq solish obyekti
Ish beruvchining xodimlar mehnatiga haq to‘lashga doir xarajatlari ijtimoiy soliqning (bundan buyon ushbu bo‘limda soliq deb yuritiladi) soliq solish obyektidir.
O‘zbekiston Respublikasi hududida ishlash uchun chet ellik xodimlar bilan ta’minlash yuzasidan xizmatlar ko‘rsatishga doir shartnomalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi norezidenti bo‘lgan yuridik shaxsga to‘lanadigan chet ellik xodimlarning daromadlari ham soliq solish obyektidir.
Jismoniy shaxslarning ayrim toifalari uchun ular tomonidan tadbirkorlik faoliyatini va (yoki) yakka tartibdagi mehnat faoliyatini amalga oshirish soliq solish obyektidir.
Quyidagilar soliq solish obyekti hisoblanmaydi:
ish beruvchining xodimga mehnatda mayib bo‘lganligi yoki sog‘ligiga boshqacha shikast yetganligi bilan bog‘liq zararning o‘rnini qoplash tarzidagi, ushbu Kodeks 369-moddasi ikkinchi qismining 10-bandida ko‘rsatilgan miqdorlardan ortiqcha xarajatlari;
paxta yig‘im-terimi bo‘yicha mavsumiy qishloq xo‘jaligi ishlariga jalb qilingan jismoniy shaxslarning bu ishlarni bajarganligi uchun mehnat haqi to‘lashga doir xarajatlar;
“Mahalla servis” kompaniyalarining mahallalarni obod qilish bilan bog‘liq ishlarni bajarayotgan hamda mahallalar aholisiga qonunchilikda belgilangan ayrim turdagi ijtimoiy ahamiyatli pulli xizmatlar ko‘rsatayotgan xodimlariga mehnat haqi to‘lashga doir xarajatlari.
404-modda. Soliq bazasi
Soliqni hisoblab chiqarish uchun soliq bazasi ushbu Kodeksning 371-moddasiga muvofiq to‘lanadigan xarajatlar summasi sifatida aniqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari xodimlari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan xalqaro hukumatlararo tashkilotlarga kvota qilingan lavozimlarga xizmat safariga yuborilgan shaxslar uchun soliqni hisoblab chiqarish maqsadida soliq bazasi ularning O‘zbekiston Respublikasida budjet tashkilotlari xodimlari uchun ish haqi miqdorining oshishi inobatga olingan holda qayta hisoblab chiqariladigan, ular O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga ishga yuborilguniga qadar oxirgi ish joyida mehnatga haq to‘lash tarzida olgan daromadlaridan kelib chiqib aniqlanadi.
Ushbu Kodeks 403-moddasining ikkinchi qismida ko‘rsatilgan daromadlar bo‘yicha soliqni hisoblab chiqarish uchun soliq bazasi chet ellik xodimlarga to‘lanadigan daromadlar summasi sifatida, biroq O‘zbekiston Respublikasi hududida ishlash uchun chet ellik xodimlar bilan ta’minlash yuzasidan xizmatlar ko‘rsatishga doir shartnoma bo‘yicha xarajatlar umumiy summasining 90 foizidan kam bo‘lmagan summada belgilanadi.
405-modda. Soliq stavkalari
Soliq stavkalari, agar ushbu Kodeksning 408-moddasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
T/r
Soliq to‘lovchilar
Soliq stavkalari, foizlarda
1.
Soliq to‘lovchilar, bundan 2 — 4-bandlarda nazarda tutilganlar mustasno
12
2.
Budjet tashkilotlari
25
3.
“SOS — O‘zbekiston Bolalar mahallalari” uyushmalari
7
4.
Ixtisoslashtirilgan sexlar, uchastkalar va korxonalarda ishlovchi nogironligi bo‘lgan shaxslar mehnatidan foydalanuvchi soliq to‘lovchilar
4,7
Soliq to‘lovchilarning ayrim toifalari uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan pasaytirilgan soliq stavkalari belgilanishi mumkin.
406-modda. Soliq davri. Hisobot davri
Kalendar yil soliq davridir.
Yil oyi hisobot davridir.
407-modda. Soliqni hisoblab chiqarish, soliq hisobotini taqdim etish va soliqni to‘lash tartibi
Soliq soliq bazasidan va belgilangan soliq stavkalaridan kelib chiqqan holda har oyda hisoblab chiqariladi.
Soliq ish beruvchining va ayrim toifadagi jismoniy shaxslarning mablag‘lari hisobidan to‘lanadi.
O‘zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari xodimlari bo‘yicha, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan xalqaro hukumatlararo tashkilotlarga kvota qilingan lavozimlarga xizmat safariga yuborilgan shaxslar bo‘yicha soliqni to‘lash majburiyati O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining zimmasiga yuklatiladi.
Soliq hisoboti soliq to‘lovchi tomonidan soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi soliq organlariga har oyda hisobot davridan keyingi oyning o‘n beshinchi kunidan kechiktirmay, yil yakunlari bo‘yicha esa — keyingi yilning 15-fevralidan kechiktirmay taqdim etiladi.
Soliqni to‘lash har oyda, soliq hisobotini taqdim etish muddatlaridan kechiktirmay amalga oshiriladi.
408-modda. Ayrim toifadagi jismoniy shaxslar tomonidan soliqni hisoblab chiqarish va to‘lashning o‘ziga xos xususiyatlari
Soliq, agar ushbu moddaning ikkinchi va uchinchi qismlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, soliq to‘lovchining kalendar oyda ishlagan kunlari sonidan qat’i nazar:
- 1) yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan — oyiga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda;
- 3) faoliyatni yuridik shaxs tashkil etmagan holda, oilaviy tadbirkorlik shaklida amalga oshiruvchi oila a’zolari tomonidan:
yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tgan oila a’zosi tomonidan — oyiga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda;
oilaning boshqa a’zolari tomonidan (bundan o‘n sakkiz yoshga to‘lmaganlar mustasno) — oyiga bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida majburiy tartibda to‘lanadi/
Mehnat stajini hisoblab chiqarish uchun yiliga bazaviy hisoblash miqdorining kamida bir baravari miqdorida:
o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar;
shaxsiy tomorqa yer uchastkalarida band bo‘lgan yoki mazkur maydonda chorvachilik (qoramol, qo‘ylar, echkilar, otlar va boshqalar), issiqxona xo‘jaligi, parrandachilik (tovuqlar, bedanalar, kurkalar, g‘ozlar, o‘rdaklar), quyonchilik, asalarichilik, baliqchilik, bog‘dorchilik, limonchilik, gulchilik bilan shug‘ullanayotgan shaxsiy tomorqa yer uchastkalarining egalari yoki ularning oila a’zolari bo‘lgan fuqarolar tomonidan (ularga tegishli tomorqa yer uchastkasining maydonidan yoki ular tomonidan parvarish qilinayotgan uy hayvonlari va parrandalarning sonidan qat’i nazar);
408-modda. Ayrim toifadagi jismoniy shaxslar tomonidan soliqni hisoblab chiqarish va to‘lashning o‘ziga xos xususiyatlari (davomi)
dehqon xo‘jaligining a’zolari (bundan dehqon xo‘jaligi boshlig‘i mustasno) va dehqon xo‘jaligida band bo‘lgan jismoniy shaxslar;
mehnat shartnomasi asosida chet elda yollanib ishlayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari;
O‘zbekiston Respublikasining davlat organlari va boshqa tashkilotlari tomonidan chet davlatlarda tashkil etilgan (ochilgan) savdo uylarida, vakolatxonalarda (shu jumladan yuridik shaxs tashkil etmasdan), tashkilotlarda ishlayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari;
ishlamaydigan eri (xotini) uchun soliq to‘lovini amalga oshiruvchi ishlayotgan fuqarolar tomonidan ixtiyoriy tartibda soliq to‘lanadi.
Mehnat stajini hisoblab chiqarish uchun yiliga bazaviy hisoblash miqdorining kamida bir baravari miqdorida:
“Hunarmand” uyushmasining a’zosi bo‘lgan hunarmandchilik faoliyati subyektlari;
“Usta-shogird” maktablari o‘quvchilari — ular yigirma besh yoshga to‘lguniga qadar ishlagan davrda;
dehqon xo‘jaligi boshlig‘i;
yakka tartibdagi tadbirkor bilan mehnat munosabatlarida bo‘lgan jismoniy shaxslar tomonidan majburiy tartibda soliq to‘lanadi.
Yoshga doir pensiya va nafaqa oluvchi hunarmandchilik faoliyati subyektlari bo‘lgan “Hunarmand” uyushmasining a’zolari soliq to‘lashdan ozod etiladi, ushbu moddaning birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida ko‘rsatilgan, yoshga doir pensiya olish huquqiga ega bo‘lgan qolgan shaxslar, shuningdek I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun esa soliq miqdori uning belgilangan eng kam miqdorining kamida 50 foizini tashkil etishi kerak. Mazkur imtiyozlar pensiya guvohnomasi yoki tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasining ma’lumotnomasi asosida beriladi. Imtiyozlarga bo‘lgan huquq kalendar yil davomida vujudga kelgan yoki tugatilgan taqdirda, soliqni qayta hisob-kitob qilish ushbu huquq yuzaga kelgan yoki tugatilgan oydan e’tiboran amalga oshiriladi.
408-modda. Ayrim toifadagi jismoniy shaxslar tomonidan soliqni hisoblab chiqarish va to‘lashning o‘ziga xos xususiyatlari (davomi)
Soliqni to‘lash quyidagicha amalga oshiriladi:
ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan shaxslar tomonidan — har oyda tadbirkorlik faoliyati amalga oshirilgan oyning o‘n beshinchi kunidan kechiktirmay;
ushbu moddaning ikkinchi va uchinchi qismlarida ko‘rsatilgan shaxslar tomonidan — hisobot yilining 31-dekabrigacha amalga oshiriladi. Bunda soliqning miqdori to‘lov kunida belgilangan bazaviy hisoblash miqdoridan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi.
Yangi ro‘yxatdan o‘tgan yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik shaxs tashkil etmagan holda oilaviy tadbirkorlik shaklidagi faoliyatni amalga oshiruvchi oila a’zolari tomonidan soliqni to‘lash ular yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan oydan keyingi oydan e’tiboran amalga oshiriladi.
Soliqni to‘lash majburiyati:
yuridik shaxs tashkil etmagan holda oilaviy tadbirkorlik shaklidagi faoliyatni amalga oshirayotgan oila a’zolari uchun — oilaviy tadbirkorlik subyekti nomidan ish yuritadigan, yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tgan oila a’zosining;
yakka tartibdagi tadbirkor bilan mehnat munosabatlarida bo‘lgan jismoniy shaxslar uchun — ushbu xodimlar bilan mehnat shartnomasini tuzgan yakka tartibdagi tadbirkorning zimmasiga yuklatiladi.
To‘lov topshiriqnomasida (kirim orderida) soliq to‘lovchining familiyasi, ismi, otasining ismi, identifikatsiya raqami va to‘lov kiritilayotgan davr ko‘rsatilishi shart. Bunda oila a’zolari — oilaviy tadbirkorlik ishtirokchilari va xodim yollagan yakka tartibdagi tadbirkorlar bo‘yicha to‘lov topshiriqnomasi (kirim orderi) har bir oila a’zosi uchun va yakka tartibdagi tadbirkorning har bir yollangan xodimi uchun alohida-alohida yoziladi. Agar to‘lov topshiriqnomasida (kirim orderida) davr ko‘rsatilmagan bo‘lsa, to‘lov u amalga oshirilayotgan oy (dehqon xo‘jaliklari a’zolari va dehqon xo‘jaligida band bo‘lgan jismoniy shaxslar, shuningdek ushbu modda uchinchi qismining beshinchi xatboshisida ko‘rsatilgan jismoniy shaxslar uchun — yil) uchun to‘langan deb hisoblanadi.
408-modda. Ayrim toifadagi jismoniy shaxslar tomonidan soliqni hisoblab chiqarish va to‘lashning o‘ziga xos xususiyatlari (davomi)
Yakka tartibdagi tadbirkorning faoliyati vaqtinchalik to‘xtatib turilganligi to‘g‘risida soliq organlari tomonidan olingan axborot yakka tartibdagi tadbirkor o‘z faoliyatini amalga oshirmaydigan davr uchun soliqni hisoblashni to‘xtatib turish uchun asos bo‘ladi.
Soliq organlari tomonidan olingan, har bir yollangan xodim uchun belgilangan tartibda berilgan hisobga olish kartochkalari yakka tartibdagi tadbirkor o‘z faoliyatini amalga oshirmaydigan davr uchun yakka tartibdagi tadbirkorning har bir xodimiga soliqni hisoblashni to‘xtatib turish uchun asos bo‘ladi.
Agar faoliyatini to‘xtatib turgan yakka tartibdagi tadbirkor yakka tartibdagi tadbirkorning har bir xodimi uchun hisobga olish kartochkasini soliq organiga belgilangan muddatlarda topshirmasa, yakka tartibdagi tadbirkorning majburiyatlari bo‘yicha soliqni hisoblash to‘xtatilmaydi.
Ushbu moddaning birinchi qismida, uchinchi qismi beshinchi xatboshisida ko‘rsatilgan soliq to‘lovchilar soliqni ushbu Kodeksning 405-moddasida ko‘rsatilgan soliq stavkalari bo‘yicha jami yillik daromad to‘g‘risida deklaratsiyada ko‘rsatilgan mehnatga haq to‘lash tarzida olingan daromadlar summasidan kelib chiqib, biroq ushbu moddada belgilangan uning eng kam miqdoridan kam bo‘lmagan holda, soliqni ixtiyoriy ravishda to‘lash haqida jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiyani taqdim etish bilan bir vaqtda beriladigan ariza asosida to‘lashga haqli. Bunda to‘lanishi lozim bo‘lgan soliqning uzil-kesil summasi ushbu moddaning birinchi — oltinchi qismlariga muvofiq to‘langan summalarni hisobga olgan holda aniqlanadi.
409-modda. Ixtiyoriy ravishda soliqni hisoblab chiqarish va to‘lashning o‘ziga xos xususiyatlari
Qonunchilikka muvofiq soliqni hisoblab chiqarish va ushlab qolish majburiyati zimmasiga yuklatilmagan ish beruvchidan daromadlar oluvchi jismoniy shaxslar soliqni jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiyada ko‘rsatilgan mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlar summasidan kelib chiqqan holda, soliqni ixtiyoriy ravishda to‘lash haqida jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiyani taqdim etish bilan bir vaqtda beriladigan ariza asosida ixtiyoriy asosda to‘laydi.
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan shaxslar tomonidan soliqni to‘lash jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiya ma’lumotlari bo‘yicha soliq organlari tomonidan hisoblab chiqariladigan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini to‘lash muddatlarida amalga oshiriladi.
XV BO‘LIM.
MOL-MULK SOLIG‘I
Bilimingizni sinang
Soliq kodeksiga ko‘ra, quyidagilardan qaysi biri ijtimoiy soliqni to‘lovchisi hisoblanadi?
- O‘zbekiston Respublikasining yuridik shaxslari
- Chet davlatlarning O‘zbekistondagi elchixonalari
- Davlat soliq qo‘mitasining hududiy organlari
- Norezident yuridik shaxslarning bosh ofislari
To‘g‘ri javob: O‘zbekiston Respublikasining yuridik shaxslari. 402-moddaga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasining yuridik shaxslari ijtimoiy soliq to‘lovchilari qatoriga kiradi.
Ijtimoiy soliq bo‘yicha qaysi kompaniyalarning mahallalarni obod qilish bilan bog‘liq ishlarni bajarayotgan xodimlariga mehnat haqi to‘lash xarajatlari soliq solish obyekti hisoblanmaydi?
- «Uy-joy servis» kompaniyalari
- «Usta-shogird» maktablari
- «Mahalla servis» kompaniyalari
- «Hunarmand» uyushmasi
To‘g‘ri javob: «Mahalla servis» kompaniyalari. Mahalla servis kompaniyalarining mahallalarni obod qilish ishlarini bajarayotgan xodimlariga mehnat haqi to‘lash xarajatlari ijtimoiy soliq obyekti emas.
Ijtimoiy soliqning asosiy soliq solish obyekti nima?
- Yuridik shaxslarning foyda solig‘i bo‘yicha hisoblangan daromadlari
- Ish beruvchining xodimlar mehnatiga haq to‘lashga doir xarajatlari
- Ish beruvchining tovarlarni realizatsiya qilishdan olgan aylanmasi
- Xodimlarning yillik daromadlari va ish beruvchining foydasi yig‘indisi
To‘g‘ri javob: Ish beruvchining xodimlar mehnatiga haq to‘lashga doir xarajatlari. 403-moddaga ko‘ra ish beruvchining xodimlar mehnatiga haq to‘lashga doir xarajatlari ijtimoiy soliqning soliq solish obyektidir.
Fermer Zafar paxta yig‘im-terimi bo‘yicha mavsumiy ishlarga jismoniy shaxslarni jalb qildi va ularga mehnat haqi to‘ladi. Ijtimoiy soliq nuqtai nazaridan qaysi xulosa to‘g‘ri?
- Bu mehnat haqi to‘lashga doir xarajatlar soliq solish obyekti hisoblanadi
- Bu xarajatlar faqat bazaviy miqdordan oshgan qismi bo‘yicha obyekt hisoblanadi
- Bu mehnat haqi uchun ijtimoiy soliq stavkasi ikki baravar kamaytirib qo‘llanadi
- Bu mehnat haqi to‘lashga doir xarajatlar soliq solish obyekti hisoblanmaydi
To‘g‘ri javob: Bu mehnat haqi to‘lashga doir xarajatlar soliq solish obyekti hisoblanmaydi. 403-moddaga ko‘ra paxta yig‘im-terimi bo‘yicha mavsumiy ishlarga jalb qilinganlarga mehnat haqi to‘lashga doir xarajatlar soliq solish obyekti hisoblanmaydi.
Xorijiy xodimlar bilan ta’minlash shartnomasi bo‘yicha norezident yuridik shaxsga to‘lanadigan daromadlar uchun ijtimoiy soliq bazasi shartnoma bo‘yicha xarajatlar umumiy summasining kamida qancha qismidan kam bo‘lmasligi kerak?
- 90 foizidan
- 70 foizidan
- 100 foizidan
- 80 foizidan
To‘g‘ri javob: 90 foizidan. Soliq bazasi shartnoma bo‘yicha xarajatlar umumiy summasining 90 foizidan kam bo‘lmagan summada belgilanadi.
O‘zbekistonda ishlash uchun chet ellik xodimlar bilan ta’minlash shartnomasi bo‘yicha soliq bazasi shartnoma bo‘yicha xarajatlar umumiy summasining qancha qismidan kam bo‘lmagan summada belgilanadi?
- 50 foizidan
- 70 foizidan
- 80 foizidan
- 90 foizidan
To‘g‘ri javob: 90 foizidan. 404-moddaga ko‘ra soliq bazasi xarajatlar umumiy summasining 90 foizidan kam bo‘lmagan summada belgilanadi.
Ijtimoiy soliqning umumiy (asosiy) stavkasi, 2–4-bandlarda nazarda tutilganlardan tashqari soliq to‘lovchilar uchun, necha foizni tashkil etadi?
- 12 foiz
- 25 foiz
- 7 foiz
- 4,7 foiz
To‘g‘ri javob: 12 foiz. 405-moddadagi jadvalning 1-bandiga ko‘ra umumiy stavka 12 foiz.
Korxona ixtisoslashtirilgan sexda nogironligi bo‘lgan shaxslarning mehnatidan foydalanadi. Bu soliq to‘lovchi uchun ijtimoiy soliq stavkasi qanday?
- 12 foiz
- 4,7 foiz
- 25 foiz
- 7 foiz
To‘g‘ri javob: 4,7 foiz. 405-moddaga ko‘ra ixtisoslashtirilgan sexlarda nogironligi bo‘lgan shaxslar mehnatidan foydalanuvchilar uchun stavka 4,7 foiz.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash