XotirAI logotipiXotirAI
⚖️ Soliq kodeksi · 393–401-m.

Jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiya asosida daromadlarga soliq solish

Maxsus Qism

393-modda. Jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiya asosida soliq solinadigan daromadlar

Deklaratsiya asosida soliq solinadigan daromadlarga O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari bo‘lgan jismoniy shaxslarning quyidagi daromadlari kiradi:

mulkiy daromadlar, agar ushbu bo‘limga muvofiq bu daromadlarga soliq agentida soliq solinmasa;

ilm-fan, adabiyot va san’at asarlarini yaratganlik hamda ulardan foydalanganlik uchun mualliflik haqi tariqasida olingan daromadlar;

moddiy naf tarzidagi daromadlar, agar bu daromadlarga soliq agentida soliq solinmagan bo‘lsa;

O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqaridagi manbalardan olingan daromadlar;

soliq agentlari bo‘lmagan manbalardan olingan daromadlar;

ushbu Kodeks 385-moddasining uchinchi qismida ko‘rsatilgan jismoniy shaxslar tomonidan olingan daromadlar, ular tomonidan jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiya asosida soliq to‘lash tartibi tanlanganda;

soliq agenti tomonidan soliq ushlab qolinmagan soliq solinadigan boshqa daromadlar.

Jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiya, agar soliq to‘lovchining asosiy bo‘lmagan ish joyidan olingan daromadlaridan soliq uning arizasi bo‘yicha ushlab qolingan bo‘lsa taqdim qilinmaydi, bundan ushbu modda birinchi qismining beshinchi xatboshisida ko‘rsatilgan daromadlar mustasno.

O‘zbekiston Respublikasining rezidenti bo‘lgan yoki joriy yilning 1-apreligacha rezidentga aylangan chet el jismoniy shaxsi, ushbu modda birinchi va ikkinchi qismlarining qoidalaridan qat’i nazar, ushbu Kodeksning 397-moddasida nazarda tutilgan tartibda va muddatlarda jami yillik daromadi to‘g‘risida deklaratsiya taqdim etadi.

394-modda. Ayrim toifadagi soliq to‘lovchilar tomonidan olingan daromadlarga soliq solishning o‘ziga xos xususiyatlari

Ushbu Kodeks 385-moddasining uchinchi qismida ko‘rsatilgan jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiya asosida soliq to‘laydigan soliq to‘lovchilar daromadlarni olish bilan bog‘liq bo‘lgan daromadlar va xarajatlar hisobini yuritishi shart hamda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan haqiqatda amalga oshirilgan va hujjatlar bilan tasdiqlangan xarajatlarni daromaddan chegirib tashlash huquqiga ega. Bunda soliq to‘lovchilarning ushbu Kodeks 385-moddasining uchinchi qismida ko‘rsatilgan jami daromadi tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilinishidan olingan daromadlardan, shuningdek ushbu Kodeksning 370-moddasida ko‘rsatilgan boshqa daromadlardan iborat.

395-modda. Mualliflik haqi tarzida olingan daromadlarga soliq solishning o‘ziga xos xususiyatlari

Ilm-fan, adabiyot va san’at asarlarini yaratganlik hamda ulardan foydalanganlik uchun mualliflik haqi tarzida daromad oluvchi soliq to‘lovchilar bunday faoliyatni yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tmagan holda amalga oshirish huquqiga ega.

Ushbu moddaga muvofiq daromadlariga soliq solinadigan soliq to‘lovchilar soliqni soliq organining yozma xabarnomasi asosida to‘laydi.

ilm-fan, adabiyot va san’at asarlarini yaratganlik hamda ulardan foydalanganlik uchun mualliflik haqi olayotgan soliq to‘lovchi daromadlar olish bilan bog‘liq daromadlar va xarajatlar hisobini yuritishi shart hamda u ijodiy faoliyatni amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan, haqiqatda sarflangan va hujjatlar bilan tasdiqlangan xarajatlarni daromaddan chegirish huquqiga ega, lekin chegirma olingan jami daromad summasining 30 foizidan ko‘p bo‘lmasligi kerak.

Ijodiy faoliyatni amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarga quyidagilar kiradi:

ilm-fan, adabiyot va san’at asarlarini yaratish hamda ulardan foydalanish uchun zarur materiallar sotib olishga doir xarajatlar;

faqat ilm-fan, adabiyot va san’at asarlarini yaratish, nashr qilish, ijro etish yoki ulardan boshqacha tarzda foydalanish maqsadida foydalaniladigan bino va mol-mulk ijarasiga doir xarajatlar.

396-modda. Jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiya

Jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiya soliq to‘lovchining olingan yillik daromadi to‘g‘risidagi yozma arizasidan iborat bo‘ladi.

Jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiyaga to‘langan daromadlar va ushlab qolingan soliq summalari to‘g‘risida soliq agentining O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlangan shakldagi ma’lumotnomasi ilova qilinadi.

Jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiyaning shakli O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.

Soliq organi tomonidan soliq to‘lovchi taqdim etgan jami yillik daromadi to‘g‘risidagi deklaratsiyada to‘lanishi lozim bo‘lgan soliq summasining kamayishiga olib keluvchi xatolar aniqlangan taqdirda, soliq organi jami yillik daromad haqidagi taqdim etilgan deklaratsiyada aniqlangan xatolar to‘g‘risida soliq to‘lovchiga bildirish xati yuboradi.

Soliq organining xabarnomasini olgan soliq to‘lovchi o‘n kun ichida jami yillik daromadi to‘g‘risidagi deklaratsiyaga zarur bo‘lgan o‘zgartirishlarni kiritishi shart.

Agar jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiyani o‘zgartirish haqidagi ariza soliqni to‘lash muddati o‘tguniga qadar berilsa, soliq to‘lovchi ushbu Kodeksda belgilangan javobgarlikdan ozod etiladi.

Agar jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiyani o‘zgartirish haqidagi ariza soliqni to‘lash muddati o‘tganidan keyin, lekin xatolar soliq organi tomonidan aniqlanguniga qadar berilsa, soliq to‘lovchi soliqning yetishmayotgan summasini hamda unga tegishli penyani to‘lagan taqdirda, javobgarlikdan ozod etiladi.

396-modda. Jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiya (davomi)

Soliq to‘lovchi soliq organining taqdim etilgan jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiyada aniqlangan xato to‘g‘risidagi bildirish xatini olgan kun soliq organi tomonidan xato aniqlangan kun, deb hisoblanadi.

397-modda. Jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiyani taqdim etish tartibi

Soliq to‘lovchilar ushbu Kodeksning 393-moddasida ko‘rsatilgan daromadlar bo‘yicha jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiyani, agar ushbu moddada boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, doimiy yashash joyidagi soliq organiga hisobot yilidan keyingi yilning 1-aprelidan kechiktirmay taqdim etadi.

Deklaratsiya qilinishi shart bo‘lmagan daromadlarni olgan soliq to‘lovchilar doimiy yashash joyidagi soliq organiga jami yillik daromadi to‘g‘risidagi deklaratsiyani ixtiyoriy ravishda taqdim etishi mumkin.

Har qanday ketma-ketlikdagi o‘n ikki oylik davr ichida jami bir yuz sakson uch kun va undan ortiq muddat O‘zbekiston Respublikasining tashqarisida turgan O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari O‘zbekiston Respublikasiga qaytgan sanadan e’tiboran bir oydan kechiktirmay doimiy yashash joyidagi soliq organiga O‘zbekiston Respublikasidagi va uning tashqarisidagi manbalardan olgan daromadlari bo‘yicha jami yillik daromadi to‘g‘risidagi deklaratsiyani ixtiyoriy ravishda taqdim etishi mumkin. Bunda O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida olingan daromadlar bo‘yicha jismoniy shaxs O‘zbekiston Respublikasining soliq rezidenti deb e’tirof etish mezonlariga muvofiq kelmagan davr uchun soliq to‘lanmaydi.

Grant olgan soliq to‘lovchi jami yillik daromadi to‘g‘risidagi deklaratsiyani topshirayotganda grant bo‘yicha olingan daromad summasini, soliq miqdorini ko‘rsatadi, shuningdek vakolatli organning tegishli xulosasini ilova qiladi.

397-modda. Jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiyani taqdim etish tartibi (davomi)

Mol-mulkini ijaraga berishdan to‘lov manbaida soliq solinmaydigan daromadlar olayotgan soliq to‘lovchilar, shuningdek ushbu Kodeks 385-moddasining uchinchi qismida ko‘rsatilgan va jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiya asosida soliq to‘laydigan jismoniy shaxslar jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiyani belgilangan muddatlarda taqdim etish bilan bir qatorda dastlabki tarzdagi deklaratsiyani ham quyidagi muddatlarda taqdim etadi:

Ko‘chmas mulkning ijara shartnomasi soliq organlarida hisobga qo‘yilayotganda dastlabki deklaratsiya taqdim etilmaydi.

Mol-mulkni ijaraga berishdan daromad olish tugagan taqdirda soliq to‘lovchi doimiy yashash joyidagi soliq organini bu haqda yozma shaklda xabardor etadi.

Joriy yilning 1-apreliga qadar O‘zbekiston Respublikasining rezidentiga aylangan chet ellik jismoniy shaxs oldingi soliq davri uchun jami yillik daromadi to‘g‘risida deklaratsiya topshiradi.

397-modda. Jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiyani taqdim etish tartibi (davomi)

O‘zbekiston Respublikasining rezidenti bo‘lgan chet ellik jismoniy shaxs ushbu bobda belgilangan tartibga muvofiq soliq solinishi lozim bo‘lgan daromad keltirayotgan faoliyatini kalendar yili ichida tugatgan va O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga chiqib ketayotgan bo‘lsa, uning O‘zbekiston Respublikasi hududida turgan davrda joriy soliq davrida haqiqatda olgan daromadlari to‘g‘risidagi deklaratsiya bu jismoniy shaxs O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga chiqib ketishidan bir oy avval taqdim etilishi lozim. Agar O‘zbekiston Respublikasining norezidenti bo‘lgan chet ellik jismoniy shaxs joriy yilning 1-fevraliga qadar chet elga doimiy yashashga chiqib ketsa, joriy yil uchun daromadlar bo‘yicha deklaratsiya taqdim etilmaydi.

Jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiya bo‘yicha hisoblangan va taqdim etish tartibi ushbu moddaning to‘qqizinchi qismida belgilangan soliqni to‘lash deklaratsiya taqdim etilgan sanadan e’tiboran o‘n besh kun ichida amalga oshiriladi.

Agar soliq to‘lovchi jami yillik daromadi to‘g‘risidagi deklaratsiyani taqdim etmagan bo‘lsa, shuningdek oldin taqdim etilgan deklaratsiyada noto‘g‘ri ma’lumotlar aniqlangan va (yoki) soliq to‘lovchi tomonidan jami yillik daromadi to‘g‘risidagi deklaratsiyaning o‘zgarganligi haqidagi arizani ushbu Kodeks 396-moddasining oltinchi qismida belgilangan muddatlarda taqdim etmagan taqdirda, soliq organi soliq summasini o‘zidagi mavjud axborot asosida hisoblashga va to‘lanishi lozim bo‘lgan, hisoblangan soliq summasi to‘g‘risida soliq to‘lovchiga o‘n kunlik muddatda to‘lov xabarnomasini topshirishga haqli. Soliq to‘lovchi tomonidan jami yillik daromadi to‘g‘risidagi deklaratsiya yoki to‘g‘rilangan deklaratsiya taqdim etilgan taqdirda, soliqning yakuniy summasi ushbu deklaratsiyani hisobga olgan holda aniqlanadi.

398-modda. Jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiya bo‘yicha soliq to‘lash tartibi

O‘zbekiston Respublikasining rezidenti bo‘lgan jismoniy shaxslar jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiyaning ma’lumotlariga ko‘ra hisoblab chiqarilgan soliqni o‘tgan soliq davridan keyingi yilning 1-iyunidan kechiktirmay to‘laydi.

O‘zbekiston Respublikasining rezidenti bo‘lgan jismoniy shaxslar hisoblab chiqarilgan soliqni chet davlatda joylashgan bank hisobvarag‘idan chet el valyutasida to‘lashi mumkin. Bunda milliy valyutada ifodalangan soliq O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki tomonidan belgilangan soliq to‘langan sanadagi kurs bo‘yicha chet el valyutasida qayta hisoblab chiqariladi.

Mol-mulkni ijaraga berishdan daromad oladigan jismoniy shaxslar, shuningdek ushbu Kodeks 385-moddasining uchinchi qismida ko‘rsatilgan jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiya asosida soliq to‘lovchi jismoniy shaxslar soliqni taqdim etilgan dastlabki deklaratsiya yoki soliq organining xabarnomasi asosida, daromad olingan oydan keyingi oyning o‘n beshinchi kunigacha har oyda to‘laydi. Yil tugagach, soliqning yillik summasi haqiqatda olingan daromad bo‘yicha hisoblab chiqariladi. Bu summa bilan yil mobaynida to‘langan summalar o‘rtasidagi farq kelgusi yilning 1-iyunidan kechiktirmay soliq to‘lovchidan undirilishi yoki unga qaytarilishi lozim.

Quyidagilar soliq to‘langan sana deb hisoblanadi:

soliq soliq agentlari yoki jismoniy shaxslar tomonidan bankdagi hisobvarag‘idan to‘langan taqdirda — bankdagi hisobvarag‘idan mablag‘lar hisobdan chiqarilgan kun;

398-modda. Jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiya bo‘yicha soliq to‘lash tartibi (davomi)

jismoniy shaxslar tomonidan naqd pul mablag‘lari kiritilgan taqdirda — bank kassasiga mablag‘lar to‘langan sana.

Soliq organlari tomonidan hisoblab chiqariladigan soliqni to‘lash to‘lov xabarnomasida ko‘rsatilgan muddatlarda amalga oshirilishi kerak.

399-modda. Rezidentlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida to‘langan soliqni hisobga olish

O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida to‘langan, O‘zbekiston Respublikasining rezidenti bo‘lgan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i summalari O‘zbekiston Respublikasida soliq to‘lashda ushbu Kodeksning 342-moddasida nazarda tutilgan tartibda hisobga olinadi.

Soliqni hisobga olish soliq davri yakuni bo‘yicha jismoniy shaxs tomonidan taqdim etilgan jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiya asosida amalga oshiriladi.

400-modda. O‘zbekiston Respublikasi norezidentlarining daromadlariga soliq solishning o‘ziga xos xususiyatlari

O‘zbekiston Respublikasining norezidenti bo‘lgan jismoniy shaxslarning daromadlariga soliq solish to‘lov manbaida to‘lovlar O‘zbekiston Respublikasining ichkarisida yoki tashqarisida qilinganligidan qat’i nazar amalga oshiriladi.

O‘zbekiston Respublikasining norezidenti bo‘lgan jismoniy shaxslarning daromadlariga O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini hisobga olgan holda soliq solinadi, bundan soliqni undirish o‘zarolik prinsipi bo‘yicha tugatilishi yoki cheklanishi mumkin bo‘lgan hollar mustasno.

O‘zbekiston Respublikasining norezidenti bo‘lgan jismoniy shaxsga daromadlarni to‘lash to‘lov manbaida soliqni ushlab qolmasdan yoki ushbu Kodeksning 6-moddasiga muvofiq ikkiyoqlama soliq solishga yo‘l qo‘ymaslik masalalarini tartibga soluvchi O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasi qoidalariga va xalqaro shartnomalar bo‘yicha soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlashning oldini olishga doir maxsus qoidalarga muvofiq pasaytirilgan stavkani qo‘llagan holda amalga oshiriladi.

Soliq summasi ushlab qolinmaganligi yoki O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomasining qoidalari g‘ayriqonuniy tarzda qo‘llanilishi mazkur soliq ushlab qolinmasligiga yoki to‘liq ushlab qolinmasligiga sabab bo‘lgan taqdirda, Kodeksning ushbu bo‘limiga muvofiq soliq agenti deb e’tirof etilgan shaxslar tomonidan ushlab qolinmagan soliq summasini va u bilan bog‘liq penya summasini qonunchilikka muvofiq budjetga kiritilishi shart.

400-modda. O‘zbekiston Respublikasi norezidentlarining daromadlariga soliq solishning o‘ziga xos xususiyatlari (davomi)

Ushbu Kodeksning qoidalariga muvofiq soliq agenti tomonidan O‘zbekiston Respublikasining norezidenti daromadlaridan hisoblab chiqarilgan soliq summasi undan ushlanmasdan o‘z mablag‘lari hisobidan to‘langanda, soliq agentining soliqni to‘lov manbaidan ushlab qolish va ko‘chirib berish majburiyati bajarilgan hisoblanadi.

401-modda. Norezidentning daromadlaridan ushlab qolingan soliqni qaytarish tartibi

O‘zbekiston Respublikasining tegishli xalqaro shartnomasi qo‘llanishi huquqiga ega bo‘lgan norezident jismoniy shaxs tomonidan O‘zbekiston Respublikasidagi manbalardan olingan daromadlardan soliq ushlab qolingan va budjetga to‘langan taqdirda, bunday norezident ushbu Kodeksning 12-bobida nazarda tutilgan tartibda to‘langan soliqni qaytarib olish huquqiga ega.

XIV BO‘LIM.

IJTIMOIY SOLIQ

Bilimingizni sinang

Soliq kodeksiga ko‘ra, rezident jismoniy shaxslarning quyidagi daromadlaridan qaysi biri jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiya asosida soliqqa tortiladi?
  1. Dividendlar tariqasida olingan daromadlar
  2. Mehnat shartnomasi bo‘yicha ish haqi daromadlari
  3. Mualliflik haqi tariqasida olingan daromadlar
  4. Depozit foizlari tariqasida olingan daromadlar

To‘g‘ri javob: Mualliflik haqi tariqasida olingan daromadlar. 393-moddaga ko‘ra deklaratsiya asosida ilm-fan, adabiyot va san’at asarlari uchun mualliflik haqi tariqasidagi daromadlar soliqqa tortiladi.

Rezident Aziza asosiy bo‘lmagan ish joyidan daromad oldi, ushbu daromaddan soliq uning arizasiga ko‘ra ushlab qolingan. Beshinchi xatboshida ko‘rsatilgan daromadlar yo‘q. Qaysi xulosa to‘g‘ri?
  1. Aziza deklaratsiyani har oyda taqdim etishi shart
  2. Aziza deklaratsiya bilan birga qo‘shimcha ma’lumotnoma olishi shart
  3. Aziza deklaratsiyani faqat norezidentlar uchun taqdim etadi
  4. Aziza jami yillik daromad deklaratsiyasini taqdim qilmaydi

To‘g‘ri javob: Aziza jami yillik daromad deklaratsiyasini taqdim qilmaydi. 393-moddaga ko‘ra bunday holda deklaratsiya taqdim qilinmaydi (beshinchi xatboshidagi daromadlar mustasno).

Soliq kodeksining 394-moddasiga ko‘ra, deklaratsiya asosida soliq to‘laydigan ayrim toifa soliq to‘lovchilar daromaddan qanday xarajatlarni chegirib tashlash huquqiga ega?
  1. Faqat soliq organi tomonidan belgilangan normativ miqdordagi xarajatlarni
  2. Haqiqatda amalga oshirilgan, hujjat bilan tasdiqlanmasa ham, xarajatlarni
  3. Daromadning o‘ttiz foizi miqdoridagi bazaviy xarajatlarni, hujjatlarsiz
  4. Haqiqatda amalga oshirilgan va hujjatlar bilan tasdiqlangan xarajatlarni

To‘g‘ri javob: Haqiqatda amalga oshirilgan va hujjatlar bilan tasdiqlangan xarajatlarni. 394-moddaga ko‘ra tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq haqiqatda amalga oshirilgan va hujjatlar bilan tasdiqlangan xarajatlar chegiriladi.

Mualliflik haqi oluvchi soliq to‘lovchi ijodiy faoliyat xarajatlarini daromaddan chegirganda chegirma jami daromadning qancha qismidan ko‘p bo‘lmasligi kerak?
  1. 10 foizi
  2. 20 foizi
  3. 30 foizi
  4. 50 foizi

To‘g‘ri javob: 30 foizi. 395-moddaga ko‘ra chegirma olingan jami daromad summasining 30 foizidan ko‘p bo‘lmasligi kerak.

Yozuvchi Bahodir roman yozib mualliflik haqi oladi va yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tmagan. Uning faoliyati qanday baholanadi?
  1. Bahodir bunday faoliyatni faqat YaTT sifatida ro‘yxatdan o‘tgandan keyin amalga oshirishga haqli
  2. Bahodir bunday faoliyatni YaTT sifatida ro‘yxatdan o‘tmagan holda amalga oshirishga haqli
  3. Bahodir bunday faoliyatni faqat MChJ tuzgan holda amalga oshirishga haqli, chunki mualliflik haqi
  4. Bahodir bunday faoliyatni ro‘yxatdan o‘tmagan holda amalga oshirishga haqli emas va jarima to‘laydi

To‘g‘ri javob: Bahodir bunday faoliyatni YaTT sifatida ro‘yxatdan o‘tmagan holda amalga oshirishga haqli. 395-moddaga ko‘ra mualliflik haqi oluvchilar YaTT sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tmagan holda faoliyat yuritishga haqli.

Soliq organining xabarnomasini olgan soliq to‘lovchi jami yillik daromadi to‘g‘risidagi deklaratsiyaga zarur o‘zgartirishlarni necha kun ichida kiritishi shart?
  1. O‘ttiz kun
  2. O‘n besh kun
  3. Besh kun
  4. O‘n kun

To‘g‘ri javob: O‘n kun. Xatolar haqida xabarnoma olgan soliq to‘lovchi deklaratsiyaga o‘zgartirishlarni o‘n kun ichida kiritishi shart.

Soliq organi deklaratsiyada soliq summasini kamaytirgan xatoni aniqlab, bildirish xati yubordi. Soliq to‘lovchi deklaratsiyaga zarur o‘zgartirishlarni qancha muddatda kiritishi shart?
  1. Besh kun ichida
  2. O‘n kun ichida
  3. O‘n besh kun ichida
  4. Bir oy ichida

To‘g‘ri javob: O‘n kun ichida. 396-moddaga ko‘ra xabarnomani olgan soliq to‘lovchi o‘n kun ichida zarur o‘zgartirishlarni kiritishi shart.

Soliq to‘lovchi Otabek deklaratsiyani o‘zgartirish haqidagi arizani soliq to‘lash muddati o‘tganidan keyin, lekin xatolar soliq organi tomonidan aniqlanguniga qadar berdi. Qanday holatda u javobgarlikdan ozod etiladi?
  1. Soliqning yetishmayotgan summasi va unga tegishli penyani to‘lasa
  2. Faqat yetishmayotgan soliq summasini to‘lab, penyani to‘lamasa ham
  3. Soliqning yetishmayotgan summasi va jarimani ikki baravar miqdorda to‘lasa
  4. Faqat soliq organi dalolatnoma tuzgunga qadar deklaratsiyani qayta bersa

To‘g‘ri javob: Soliqning yetishmayotgan summasi va unga tegishli penyani to‘lasa. 396-moddaga ko‘ra bunday holda yetishmayotgan soliq va penya to‘langan taqdirda javobgarlikdan ozod etiladi.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiSoliqni hisoblab chiqarish, soliq hisobotini taqdim etish va to‘lash tartibiKeyingi →Ijtimoiy soliqni hisoblab chiqarish va to‘lash