XotirAI logotipiXotirAI
⚖️ Soliq kodeksi · 449–454⁷-m.

Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqni hisoblab chiqarish va to‘lash

Maxsus Qism

449-modda. Soliq to‘lovchilar

O‘zbekiston Respublikasi hududida yer qa’ridan foydali qazilmalarni qazib olishni va (yoki) texnogen mineral hosilalardan foydali qazilmalarni ajratib olishni (bundan buyon ushbu bo‘limda foydali qazilmalarni qazib olish (ajratib olish) deb yuritiladi) amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslar yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqni soliq to‘lovchilari (bundan buyon ushbu bo‘limda soliq to‘lovchilar deb yuritiladi) deb e’tirof etiladi.

Qonunchilikda nazarda tutilgan shartlarga rioya etgan holda qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olishga doir faoliyatni amalga oshiruvchi jismoniy shaxslar qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olishga doir faoliyatni amalga oshirishga taalluqli qism bo‘yicha soliq to‘lovchilar bo‘lmaydi.

450-modda. Soliq solish obyekti

Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq (bundan buyon ushbu bo‘limda soliq deb yuritiladi) solish obyekti quyidagilardir:

agar ushbu qismning uchinchi xatboshisida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, foydali qazilmani qazib olish (ajratib olish) hajmi;

qazib olingan (ajratib olingan) qora, qimmatbaho, rangli va radioaktiv metallarning, shuningdek noyob elementlarning va noyob yer elementlarining haqiqatda realizatsiya qilingan hajmi.

Qazib olingan (ajratib olingan) foydali qazilmaning hajmi qazib olish (ajratib olish), birlamchi ishlov berish, qayta ishlash va transportda tashishning butun texnologik sikli doirasida yuzaga keladigan texnologik yo‘qotishlar hajmini chegirgan holda, qonunchilikda belgilangan tartibda vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan normalar doirasida, bunday normalar mavjud bo‘lmaganda esa — soliq to‘lovchi tomonidan tasdiqlangan normalar doirasida aniqlanadi.

Foydali qazilmalarni qazib olishning (ajratib olishning) va foydali qazilmalarga birlamchi ishlov berishning (ularni qayta ishlashning) texnologik sikli doirasidagi yo‘qotishlar texnologik yo‘qotishlar deb e’tirof etiladi, xususan:

foydali qazilmalarni qazib olish chog‘idagi yo‘qotishlar (bundan normadan ortiq yo‘qotishlar mustasno), shu jumladan ularning qoldiqlari (ajratib olib bo‘lmaydigan zaxiralari);

uglevodorodlarni dastlabki sanoat maqsadida qayta ishlash chog‘idagi yo‘qotishlar;

qatlamdagi bosimni saqlab turish va (yoki) uglevodorodlarni yopiq texnologik sikl doirasida ajratib olish uchun mahsuldor qatlamga qayta haydab kiritiladigan tabiiy gaz hajmi.

450-modda. Soliq solish obyekti (davomi)

Soliq solish obyekti foydali qazilmaning har bir turi bo‘yicha alohida aniqlanadi.

Quyidagilar soliq solish obyekti bo‘lmaydi:

soliq to‘lovchilarga berilgan yer uchastkalari doirasida qazib olingan (ajratib olingan) hamda shaxsiy xo‘jalik va maishiy ehtiyojlari uchun foydalanilgan, keng tarqalgan foydali qazilmalar. Keng tarqalgan foydali qazilmalar ro‘yxati qonunchilikda belgilanadi;

qonunchilikda belgilangan tartibda daryo o‘zanlarini tozalash va qirg‘oqlarni mustahkamlash ishlari natijasida qazib olingan (ajratib olingan) noruda foydali qazilmalar, bundan realizatsiya qilingan foydali qazilmaning hajmi mustasno.

451-modda. Soliq bazasi

Soliq bazasi soliq to‘lovchi tomonidan mustaqil ravishda har bir qazib olingan (ajratib olingan) foydali qazilmaga nisbatan aniqlanadi.

Quyidagilar soliq bazasidir:

agar ushbu qismning uchinchi xatboshisida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, qazib olingan (ajratib olingan) foydali qazilma hajmining qiymati;

qazib olingan (ajratib olingan) qora, qimmatbaho, rangli va radioaktiv metallarning, shuningdek noyob elementlarning va noyob yer elementlarining haqiqatda realizatsiya qilingan hajmi qiymati.

Agar ushbu moddaning to‘qqizinchi — o‘n birinchi qismlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, soliq bazasi soliq (hisobot) davri boshlanganidan e’tiboran o‘sib boruvchi yakun bilan aniqlanadi va soliq (hisobot) davri uchun o‘rtacha olingan realizatsiya qilish bahosi bo‘yicha hisob-kitob qilinadi.

Soliq (hisobot) davri uchun o‘rtacha olingan realizatsiya qilish bahosi har bir qazib olingan (ajratib olingan) foydali qazilma bo‘yicha pulda ifodalangan realizatsiya qilish hajmlarini (qo‘shilgan qiymat solig‘ini va aksiz solig‘ini chegirgan holda) naturada ifodalangan realizatsiya qilish hajmiga bo‘lish orqali alohida aniqlanadi.

Agar qazib olingan (ajratib olingan) foydali qazilmadan shaxsiy ishlab chiqarish yoki xo‘jalik ehtiyojlari uchun qisman foydalanilsa, soliq bazasi qazib olingan (ajratib olingan) foydali qazilmaning butun hajmi hisobida, ushbu foydali qazilmaning o‘rtacha olingan realizatsiya qilish bahosidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.

451-modda. Soliq bazasi (davomi)

Soliq (hisobot) davrida foydali qazilma realizatsiya qilinmagan taqdirda, soliq bazasi realizatsiya qilish amalga oshirilgan oxirgi soliq (hisobot) davrida foydali qazilmani realizatsiya qilishning o‘rtacha olingan narxidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.

Foydali qazilmalarni qazib olish (ajratib olish) boshlanganidan buyon ular realizatsiya qilinmagan taqdirda, soliq bazasi soliq (hisobot) davrida mazkur foydali qazilmalarni qazib olishning (ajratib olishning) 20 foizga oshirilgan ishlab chiqarish tannarxidan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Bunda soliq to‘lovchi realizatsiya qilish amalga oshirilgan birinchi hisobot davrida hisoblangan soliq summasiga hisobot davrida shakllangan o‘rtacha olingan narxidan kelib chiqqan holda keyingi tuzatishni kiritishi shart.

Qazib olingan (ajratib olingan) foydali qazilmadan to‘laligicha shaxsiy ishlab chiqarish yoki xo‘jalik ehtiyojlari uchun foydalanilgan hollarda soliq bazasi qazib olingan (ajratib olingan) foydali qazilmaning 20 foizga oshirilgan ishlab chiqarish tannarxidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.

Soliq to‘lovchi qazib olingan tabiiy gazni, neftni va (yoki) gaz kondensatini qayta ishlashni mustaqil ravishda yoxud qaytarish sharti bilan qayta ishlashga berish asosida amalga oshirgan hollarda, soliq bazasi ushbu foydali qazilmalardan olingan mahsulotlarni realizatsiya qilish bahosidan kelib chiqqan, ularni keyinchalik qayta ishlash va transportda tashish uchun soliq to‘lovchi tomonidan qilingan xarajatlar chegirib tashlangan holda aniqlanadi.

451-modda. Soliq bazasi (davomi)

Agar ushbu Kodeksning 451¹-moddasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, qimmatbaho, rangli va radioaktiv metallarni, shuningdek nodir elementlarni hamda nodir yer elementlarini qazib olishda soliq bazasi ushbu foydali qazilmalarni realizatsiya qilishning o‘rtacha olingan narxidan kelib chiqqan, keyinchalik ularni qayta ishlash (eritish, affinaj) va (yoki) transportda tashish xarajatlari chegirib tashlangan holda aniqlanadi.

Ushbu moddaning to‘qqizinchi va o‘ninchi qismlarida, shuningdek ushbu Kodeksning 451¹-moddasida nazarda tutilgan foydali qazilmalarga nisbatan soliq bazasini aniqlash chog‘ida, qazib olingan foydali qazilmalarni transportda tashish va (yoki) qayta ishlash, shu jumladan ularni qaytarish sharti bilan qayta ishlashga berish asosida qayta ishlash bilan bog‘liq xarajatlar summasi soliq to‘lovchi tomonidan soliq organlari bilan birgalikda aniqlanadi. Mazkur xarajatlarning summasi kalendar yil natijalariga ko‘ra shunga o‘xshash tartibda tuzatilishi mumkin.

Foydali qazilmalarning ayrim turlariga nisbatan soliq bazasini aniqlashning o‘ziga xos xususiyatlari ushbu Kodeksning 451¹-moddasida belgilanadi.

451¹-modda. Metallarning ayrim turlarini qazib olish (ajratib olish) chog‘ida soliq bazasini aniqlashning o‘ziga xos xususiyatlari

Oltin, kumush, platina, palladiy, mis, rux, qo‘rg‘oshin va molibden (bundan buyon ushbu moddada metallar deb yuritiladi) bo‘yicha soliq bazasi ruda, konsentrat va (yoki) qayta ishlashning yakuniy mahsuloti (tayyor mahsulot) tarkibidagi har bir metallga nisbatan aniqlanadi.

Metallarni qazib olish (ajratib olish) chog‘ida quyidagilar soliq bazasi bo‘ladi:

451¹-modda. Metallarning ayrim turlarini qazib olish (ajratib olish) chog‘ida soliq bazasini aniqlashning o‘ziga xos xususiyatlari (davomi)

Agar ajratib olingan kumush, platina, palladiy, rux, qo‘rg‘oshin yoki molibden rudadagi asosiy metall bo‘lmasa yoki ularni ajratib olish oltin va (yoki) mis ajratib olinayotgan (boyitilayotgan, qayta ishlanayotgan) ishlab chiqarish quvvatlarida amalga oshirilayotgan bo‘lsa, soliq to‘lovchi soliq bazasini ularni keyinchalik qayta ishlash (eritish, affinaj) va transportda tashish xarajatlarini chegirib tashlamagan holda aniqlashga haqli.

Kumushni, platinani, palladiyni, ruxni, qo‘rg‘oshinni yoki molibdenni ajratib olish chog‘ida ushbu metallar rudadagi asosiy metallar bo‘lsa, boshqa metallar, shu jumladan oltin va mis bo‘yicha soliq bazasi ularni keyinchalik qayta ishlash (eritish, affinaj) va transportda tashish xarajatlari chegirib tashlangan holda aniqlanadi.

Agar soliq to‘lovchi metallar bilan birga boshqa qimmatbaho, rangli va radioaktiv metallarni, shuningdek ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilmagan nodir elementlarni va nodir yer elementlarini ajratib olayotgan bo‘lsa, boshqa metallar (elementlar) bo‘yicha soliq bazasi ularni keyinchalik qayta ishlash (eritish, affinaj) va transportda tashish xarajatlari chegirib tashlangan holda, o‘rtacha olingan realizatsiya qilish bahosi bo‘yicha aniqlanadi.

451¹-modda. Metallarning ayrim turlarini qazib olish (ajratib olish) chog‘ida soliq bazasini aniqlashning o‘ziga xos xususiyatlari (davomi)

Agar soliq to‘lovchi rudadagi asosiy metallar bilan birga boshqa metallarni, shu jumladan texnogen chiqindilardan (chang, shlak, kek, shlam va boshqalardan) metallarni ajratib olsa, ushbu metallar (elementlar) bo‘yicha soliq solinadigan baza ularni keyinchalik qayta ishlash (eritish, affinaj) va transportda tashish xarajatlari chegirib tashlangan holda o‘rtacha olingan (o‘rtacha arifmetik birja) realizatsiya qilish bahosidan kelib chiqib aniqlanishi mumkin.

Soliq (hisobot) davri uchun oltin, kumush, palladiy va platina bo‘yicha o‘rtacha arifmetik birja narxi soliq organlari tomonidan London qimmatli metallar bozori uyushmasining (London Bullion Market Association) ertalabki fiksingi asosida, boshqa metallar bo‘yicha esa London metallar birjasining (London Metal Exchange) ma’lumotlari asosida aniqlanadi.

Soliq (hisobot) davri uchun o‘rtacha arifmetik birja narxi narxlar qaysi valyutada belgilangan bo‘lsa, shu valyuta bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan e’lon qilingan valyuta kursiga ko‘paytirilgan metallar narxlarini qo‘shishda hosil bo‘lgan summani ko‘rsatilgan narxlar belgilangan kunlar soniga bo‘lish orqali aniqlanadi.

Soliq (hisobot) davri uchun o‘rtacha olingan realizatsiya qilish bahosi soliq to‘lovchi tomonidan mustaqil ravishda, ushbu Kodeks 451-moddasining to‘rtinchi qismida belgilangan tartibda aniqlanadi.

Soliq organlari har oyda, soliq (hisobot) davridan keyingi oyning o‘ninchi sanasidan kechiktirmay, o‘zlari ushbu moddaning yettinchi va sakkizinchi qismlariga muvofiq hisob-kitob qilgan har bir metall turi uchun o‘rtacha arifmetik birja narxini O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining rasmiy veb-saytiga joylashtiradi.

452-modda. Soliq stavkalari

Soliq stavkalari quyidagi miqdorlarda belgilanadi:

T/r

Foydali qazilmalar guruhi

Soliq solish obyektining nomi

Soliq stavkalari, foizlarda

1.

Energiya manbalari

Neft, tabiiy gaz, gaz kondensati

10

Utilizatsiya qilingan tabiiy gaz, realizatsiya qilingan hajmi bo‘yicha

5

Yer ostiga joylashtirilgan gaz

2,6

Ko‘mir, yonuvchi slanslar

4

2.

Qimmatbaho metallar

Oltin, kumush, palladiy, platina va platina guruhi, osmiy va boshqa qimmatbaho metallar

7

3.

Rangli metallar

Mis, qo‘rg‘oshin, rux, molibden, nikel, kobalt, qalay, surma, simob, aluminiy

7

Boshqa rangli metallar

10

4.

Radioaktiv metallar, nodir elementlar va nodir yer elementlari

Uran, toriy, radiy

8

Volfram

2,7

Reniy, selen, tellur, indiy, vismut, tantal, niobiy, berilliy, litiy, rubidiy, seziy, galiy, titan, sirkoniy, gafniy, talliy, kadmiy

8

Lantan va lantanoidlar, ittriy, skandiy

8

Boshqa radioaktiv metallar, nodir elementlar va nodir yer elementlari

8

5.

Nodir tosh xom ashyosi

Feruza, listvenit, rodonit, zmeyevik, marmar yo‘l-yo‘l aqiq, kaxolong, yashma, xalsedon, aqiq, gematit va boshqa qimmatbaho, yarim qimmatbaho va zeb‑ziynat uchun toshlar xom ashyosi

10

6.

Qora metallar

Temir

2

Titan, marganets, xrom, vanadiy va boshqa qora metallar

4

7.

Kon-kimyo xom ashyosi

Mineral pigmentlar

5,5

Yod

4,8

Mineral tuzlar (tosh tuz (ovqatga ishlatiladigani), kaliy tuzi, sulfat tuzi), karbonat xomashyosi (ohaktoshlar, dolomitlar), mineral o‘g‘itlar (glaukonit, fosforitlar va boshqalar) hamda boshqa kon-kimyo xomashyosi

452-modda. Soliq stavkalari (davomi)

3,5, biroq 6 591

so‘m/kub.m dan kam bo‘lmagan

8.

Kon-ruda xom ashyosi

Eruvchan shpat, dala shpati xom ashyosi, kvars va kvarsit, kaolin (realizatsiya qilingan hajmi bo‘yicha), tabiiy grafit

7,9

Shisha xom ashyosi, kvars qum, brusit marmar

3

Talk va talk toshi, talkli magnezit, vollastonit, asbest, barit, vermikulit, qoliplash xom ashyosi, felzit

4

Serpentinit va boshqa kon-ruda xom ashyosi

5

9.

Noruda qurilish materiallari

Sement xomashyosi, bundan sement ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan ohaktosh mustasno

5

Sement ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan ohaktosh

7062 so‘m/tonna*

Arralanadigan xarsangtosh, xarsangtosh, ohaktosh-chig‘anoq, ohaktosh (sement va ohak ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan ohaktoshdan tashqari), dolomitlar, qurilishda ishlatiladigan mayda toshlar, bazalt, granodioritlar, granosiyenitlar, siyenitlar, porfiritlar, diabaz-porfiritlar, gabbro, slanets jinslari, karbonat xomashyosi, travertin

5, biroq 6 591 so‘m/kub.m dan kam bo‘lmagan

Tabiiy bezaktoshdan bloklar

5, biroq 10 700 so‘m/kub.m dan kam bo‘lmagan

Marmar

5, biroq 21 400 so‘m/kub.m dan kam bo‘lmagan

Granitlar

5, biroq 32 100 so‘m/kub.m dan kam bo‘lmagan

Gips toshi, gips va angidrid, ganch

5, biroq 17 066 so‘m/tonnadan kam bo‘lmagan

G‘isht-cherepitsa xomashyosi, lyosslar va lyossimon jinslar

5, biroq 4 943 so‘m/kub.m dan kam bo‘lmagan

Qurilish qumi, qumtoshlar, qum-shag‘al aralashmasi

5 350 so‘m/kub.m dan kam bo‘lmagan

Ohak ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan ohaktosh, farfor xomashyosi, keramzit xomashyosi, mergel, argillitlar, vulqon jinslari, pelitli tuffitlar, mineral tola ishlab chiqarish uchun bazalt, diabaz, gliyej, andezibazalt, temir tarkibli qo‘shimchalar, magnetit-gematitli jinslar va boshqa noruda qurilish materiallari hamda keng tarqalgan foydali qazilmalar

452-modda. Soliq stavkalari (davomi)

5

10.

Texnogen mineral hosilalardan ajratib olingan foydali qazilmalar

Asosiy foydali qazilmani qazib olganlik uchun soliq stavkasining 50 foizi

* Belgilangan soliq stavkasi bo‘yicha soliq sement ishlab chiqaruvchi zavodlar, shuningdek ularga sement xom ashyosi — ohaktoshni realizatsiya qiladigan soliq to‘lovchilar tomonidan to‘lanadi.

Foyda solig‘ini va qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblash maqsadida qum-shag‘al aralashmasini karyerda realizatsiya qilish bahosi 1 kub metr uchun 20 ming so‘mdan kam bo‘lishi mumkin emas.

Xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlari noruda qurilish materiallari uchun (sement ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan ohaktoshdan tashqari) qat’iy belgilangan soliq stavkalariga 1,3 baravargacha oshiruvchi koeffitsiyent belgilashga haqli.

Agar 2021-yilning 1-sentabriga qadar kuchga kirgan bitimlar va shartnomalarda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, uglevodorodlarni, qimmatbaho, rangli va (yoki) radioaktiv metallarni, nodir elementlarni va nodir yer elementlarini qazib olishni (ajratib olishni) amalga oshiruvchi, shuningdek mahsulot taqsimotiga oid bitim doirasida amalga oshiruvchi, davlat ulushi ustun mavqega ega bo‘lgan korxonalarga, agar ushbu moddaning to‘rtinchi qismida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq bo‘yicha oshirilgan stavkalarni belgilashi mumkin.

Ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan soliq stavkalari (bundan oltin, kumush, palladiy, mis va uran uchun belgilangan soliq stavkalari mustasno) 2022-yil 1-yanvardan keyin qazib olish boshlangan yer qa’ri uchastkasida uglevodorodlarni, qimmatbaho, rangli va radioaktiv metallarni, nodir elementlarni va nodir yer elementlarini qazib olishni (ajratib olishni) amalga oshiruvchi, davlat ulushi ustun mavqega ega bo‘lgan korxonalarga nisbatan ham qo‘llaniladi.

453-modda. Soliq davri. Hisobot davri

Quyidagilar soliq davridir:

yuridik shaxslar uchun — chorak;

jismoniy shaxslar uchun — kalendar yil.

Quyidagilar hisobot davridir:

yuridik shaxslar uchun — bir oy;

jismoniy shaxslar uchun — kalendar yil.

454-modda. Soliqni hisoblab chiqarish, soliq hisobotlarini taqdim etish va soliqni to‘lash tartibi

Soliq to‘lovchilar soliqni ushbu Kodeksning 451 va 451¹-moddalariga muvofiq aniqlangan soliq bazasidan va tegishli soliq stavkasidan kelib chiqqan holda, mustaqil ravishda hisoblab chiqaradi.

Foydali qazilmalarning alohida turlari bo‘yicha soliq summasi soliq bazasidan va belgilangan soliq stavkasidan, lekin belgilangan soliq summasidan kam bo‘lmagan stavkasidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.

Soliq to‘lovchilar tomonidan soliq hisoboti har bir hisobot va soliq davri tugagandan keyin soliq hisobida turgan joydagi, noruda qurilish materiallari bo‘yicha esa — qazib olish amalga oshirilgan joydagi soliq organlariga quyidagi muddatlarda taqdim etiladi:

yuridik shaxslar tomonidan — soliq davri boshlanganidan e’tiboran ortib boruvchi yakun bilan har oyda, hisobot davridan keyingi oyning 20-sanasidan kechiktirmay;

jismoniy shaxslar tomonidan — yilda bir marta, soliq davridan keyingi yilning 1-fevralidan kechiktirmay.

Soliqni to‘lash quyidagicha amalga oshiriladi:

yuridik shaxslar tomonidan — har oyda keyingi oyning 20-sanasidan kechiktirmay;

jismoniy shaxslar tomonidan — soliq hisobotini taqdim etish muddatidan kechiktirmay.

XVIII¹ BO‘LIM.

FOYDALI QAZILMALARNI QAZIB OLGANLIK UCHUN MAXSUS RENTA SOLIG‘I

64¹-bob. Foydali qazilmalarni qazib olganlik uchun maxsus renta solig‘ini hisoblab chiqarish va to‘lash

454¹-modda. Soliq to‘lovchilar

Qimmatbaho, rangli va (yoki) radioaktiv metallarni, nodir elementlarni va nodir yer elementlarini qazib oluvchi va (yoki) ularni texnogen mineral hosilalardan ajratib oluvchi, shuningdek uglevodorod xom ashyosini qazib oluvchi yuridik shaxslar foydali qazilmalarni qazib olganlik uchun maxsus renta solig‘ini to‘lovchilar (bundan buyon ushbu bo‘limda soliq to‘lovchilar deb yuritiladi) deb e’tirof etiladi.

Ushbu Kodeks 452-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan foydali qazilmalarning tegishli guruhlaridagi foydali qazilmalar jumlasiga qimmatbaho, rangli va radioaktiv metallar, nodir elementlar va nodir yer elementlari (bundan buyon ushbu bo‘limda metallar deb yuritiladi) kiradi.

Tabiiy gaz, gaz kondensati va neft uglevodorod xom ashyosi jumlasiga kiradi.

Ushbu Kodeksning 69-bobiga muvofiq faoliyatini mahsulot taqsimotiga oid bitimlar doirasida amalga oshiruvchi yuridik shaxslar soliq to‘lovchi hisoblanmaydi.

454²-modda. Soliq solish obyekti

Ushbu Kodeksning 454³-moddasida belgilangan tartibda aniqlanadigan, qazib olingan (ajratib olingan) metallni yoki uglevodorod xom ashyosini realizatsiya qilishdan olingan renta daromadi foydali qazilmalarni qazib olganlik uchun maxsus renta solig‘ini (bundan buyon ushbu bo‘limda soliq deb yuritiladi) solish obyektidir.

454³-modda. Renta daromadi

Qazib olingan (ajratib olingan) metallarni yoki uglevodorod xom ashyosini realizatsiya qilishdan olingan, ushbu Kodeksning 176-moddasi talablari hisobga olingan holda bahoga qo‘shimcha qiymat solig‘ini va aksiz solig‘ini kiritmay aniqlanadigan, bitim taraflari tomonidan qo‘llanilgan bahodan kelib chiqib hisoblab chiqarilgan daromadlar hamda ularni qazib olish (ajratib olish) bilan bevosita bog‘liq xarajatlar o‘rtasidagi farq renta daromadi deb e’tirof etiladi.

Renta daromadi birlamchi ishlov berishdan (sanoat yo‘sinida dastlabki qayta ishlashdan, rudani boyitishdan) o‘tgan va realizatsiya qilish uchun yaroqli bo‘lgan metallarni yoki uglevodorod xom ashyosini qazib olish (ajratib olish) faoliyati doirasida aniqlanadi.

Agar soliq to‘lovchi rudadan (konsentratlardan) metallarni ajratib olishni yoki qazib olingan uglevodorod xom ashyosini mustaqil ravishda yoxud qaytarish sharti bilan qayta ishlashga berish asosida qayta ishlashni amalga oshirsa, metallarni yoki uglevodorodlarni realizatsiya qilishdan olingan daromadlar ularga keyinchalik ishlov berish, ularni qayta ishlash va transportda tashish uchun soliq to‘lovchi tomonidan qilingan xarajatlar chegirib tashlangan holda, ularni qayta ishlash mahsulotlarini realizatsiya qilish bahosidan kelib chiqib aniqlanadi. Bunda, agar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorida metallarga va uglevodorod xom ashyolariga ishlov berish hamda ularni qayta ishlash obyektlarini qurish xarajatlarini ushbu moddaning to‘rtinchi qismida ko‘rsatilgan kapital xarajatlar jumlasiga kiritish nazarda tutilgan bo‘lsa, metallar va uglevodorod xom ashyolarining ayrim turlari bo‘yicha ularni qayta ishlashdan olingan mahsulotlarni realizatsiya qilishdan olingan daromadga ularni keyinchalik qayta ishlash bilan bog‘liq xarajatlar kiritilishi mumkin.

454³-modda. Renta daromadi (davomi)

Xarajatlar qilingan soliq davrida chegirib tashlanishi lozim bo‘lgan, realizatsiya qilish uchun yaroqli metallarni yoki uglevodorod xom ashyosini qazib olish (ajratib olish) uchun zarur va yetarli bo‘lgan kapital hamda operatsion xarajatlar metallarni yoki uglevodorod xom ashyosini qazib olish (ajratib olish) bilan bevosita bog‘liq xarajatlar deb e’tirof etiladi. Bunda kapital xarajatlar (shu jumladan asosiy vositalarni va nomoddiy aktivlarni yaratish yoki olish, infratuzilmani yaratish va boshqa shunga o‘xshash maqsadlar uchun xarajatlar), agar ular yer qa’ri uchastkalaridan foydali qazilmalarni qazib olish huquqi uchun tegishli ruxsatnoma yoki litsenziya olingan yer qa’ri uchastkasini (bundan buyon matnda litsenziyalangan uchastka deb yuritiladi) o‘zlashtirishning texnologik shartlarida nazarda tutilgan bo‘lsa, ushbu texnologik shartlarda nazarda tutilgan tartibda va normativlar doirasida hisobga olinadi.

Ushbu bo‘lim maqsadida operatsion xarajatlar deganda hujjatlar bilan tasdiqlangan va asoslantirilgan barcha xarajatlar tushuniladi, bunda ushbu xarajatlarni amalga oshirmay turib, metallarni yoki uglevodorod xom ashyosini qazib olishga (ajratib olishga) va ularni birlamchi qayta ishlashga doir ishlab chiqarish jarayoni imkonsiz yoki qiyin bo‘ladi.

Operatsion xarajatlar jumlasiga, xususan, quyidagilarga doir xarajatlar kiradi:

454³-modda. Renta daromadi (davomi)

Operatsion xarajatlar jumlasiga, xususan, quyidagilarga doir xarajatlar kirmaydi:

454³-modda. Renta daromadi (davomi)

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi metallarni va uglevodorod xom ashyolarini qazib olish (ajratib olish) bo‘yicha alohida investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida mazkur xarajatlar qilingan, soliq davrida chegirib tashlanishi lozim bo‘lgan, kapital va operatsion xarajatlar jumlasiga kiradigan xarajatlar ro‘yxatini to‘ldirishga haqli.

Renta daromadini aniqlashda metallarni yoki uglevodorod xom ashyosini qazib olish (ajratib olish) bilan bevosita bog‘liq bo‘lmagan, xususan moliya bozorlaridagi operatsiyalardan, shu jumladan xedjirlash operatsiyalaridan olinadigan, shuningdek foizlar va dividendlar tarzidagi, shu jumladan kapital xarajatlar qiymatiga kapitalizatsiya qilinadigan foizlar tarzidagi daromadlar va xarajatlar hisobga olinmaydi.

Renta daromadini aniqlash chog‘ida uchinchi shaxslar tomonidan amalga oshirilgan xarajatlar ham hisobga olinmaydi, har qanday turdagi budjet subsidiyalari esa renta daromadiga kiritiladi.

Bir necha litsenziyalangan uchastkada metallarni yoki uglevodorod xom ashyosini qazib olishni (ajratib olishni) amalga oshiruvchi soliq to‘lovchi har bir bunday uchastkaga nisbatan renta daromadini alohida aniqlashi shart. Bunda soliq to‘lovchi ushbu Kodeksning 80-moddasi talablariga muvofiq to‘g‘ridan-to‘g‘ri hisob usulidan foydalangan holda, ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan daromadlar va xarajatlarning alohida-alohida hisobini yuritishi shart.

454³-modda. Renta daromadi (davomi)

Bir necha litsenziyalangan uchastkada amalga oshirilayotgan metallarni yoki uglevodorod xom ashyosini qazib olish (ajratib olish) bo‘yicha faoliyat, agar unda ko‘rsatilgan litsenziyalangan uchastkalarni o‘zlashtirishning texnologik shartlarida metallarni yoki uglevodorod xom ashyosini qazib olish (ajratib olish) va (yoki) ularni keyinchalik qayta ishlash uchun yagona texnologik loyiha nazarda tutilgan bo‘lsa, litsenziyalangan bitta uchastkada amalga oshirilayotgan faoliyatga tenglashtirilishi mumkin (bundan buyon matnda litsenziyalangan uchastkalar guruhi deb yuritiladi). Bunda soliq to‘lovchi har bir litsenziyalangan uchastkada amalga oshirilayotgan metallarni yoki uglevodorod xom ashyosini qazib olish (ajratib olish) bo‘yicha faoliyatni bitta uchastkada amalga oshirilayotgan faoliyatga tenglashtirish to‘g‘risidagi qarorni unda litsenziyalangan uchastkalar ro‘yxatini ko‘rsatgan holda, O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan kelishishi kerak. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bunday qarorni kelishishning qo‘shimcha shartlari va tartibini belgilashga haqli. Qarorda ko‘rsatilgan litsenziyalangan uchastkalar ro‘yxati unga qo‘shimcha uchastkalarni kiritish hisobiga kengaytirilishi mumkin emas.

Soliq to‘lovchi ushbu moddaning o‘n ikkinchi qismida nazarda tutilgan qarorda ko‘rsatilgan, ilgari ro‘yxatga kiritilgan, litsenziyalangan uchastkada foydali qazilmalarni (metallarni yoki uglevodorod xom ashyosini) qazib olish va (yoki) texnogen mineral hosilalardan foydalanish uchun yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqiga doir ruxsatnomani (litsenziyani) qaytargan, undan o‘zganing foydasiga voz kechgan yoki uni sotgan taqdirda, bunday uchastka ushbu ro‘yxatdan chiqarilishi lozim, bunday realizatsiya qilishdan olingan daromadlar esa uning renta daromadini oshiradi.

454³-modda. Renta daromadi (davomi)

Agar aktivlarni yaratishga (olishga) sarflangan xarajatlar kapital xarajatlar tarkibida hisobga olinib, ular keyinchalik boshqa shaxslarga realizatsiya qilinsa (berilsa) yoki ulardan qaysi litsenziyalangan uchastka uchun yaratilgan (olingan) bo‘lsa, o‘sha litsenziyalangan uchastka bilan bir texnologik loyihaga kiritilmagan boshqa litsenziyalangan uchastkalarda foydalanilsa, bunday realizatsiya qilishdan olingan daromadlar renta daromadini oshiradi.

Soliq to‘lovchi renta daromadini har bir litsenziyalangan uchastkaga nisbatan metallarni yoki uglevodorod xom ashyosini qazib olish (ajratib olish) huquqi uchun ruxsatnoma (litsenziya) olgan kundan e’tiboran har bir soliq (hisobot) davri natijalari bo‘yicha mustaqil ravishda aniqlaydi.

Renta daromadini aniqlash chog‘ida tarixiy xarajatlar ushbu Kodeksning 454⁴-moddasida nazarda tutilgan tartibda va shartlar asosida xarajatlar tarkibiga kiritiladi.

Agar renta daromadini aniqlashda natija salbiy bo‘lib qolsa, ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan xarajatlar va daromadlar o‘rtasidagi ijobiy farq renta zarari deb e’tirof etiladi.

454⁴-modda. Soliq bazasi

Renta daromadining summasi soliq bazasi hisoblanadi, renta zarari mavjud bo‘lganda esa soliq bazasi nolga teng deb e’tirof etiladi.

Soliq bazasi ushbu Kodeksning 454³-moddasida o‘ziga nisbatan renta daromadini aniqlash nazarda tutilgan yer qa’rining har bir litsenziyalangan uchastkasi (litsenziyalangan uchastkalar guruhi) bo‘yicha alohida hisoblab chiqariladi.

Soliq bazasi soliq davri boshlanganidan e’tiboran o‘sib boruvchi yakun bilan aniqlanadi.

Metallarni va uglevodorod xom ashyosini qazib olishni (ajratib olishni) amalga oshiruvchi chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar soliq bazasini AQSH dollarida aniqlash huquqiga ega.

Agar birinchi soliq davri yakunlariga ko‘ra renta zarari olingan bo‘lsa, soliq to‘lovchi bunday zarar miqdorini keyinchalik “jamg‘arilgan renta zarari” maxsus hisobvarag‘ida AQSH dollarida, ushbu moddaning oltinchi qismiga muvofiq belgilanadigan valyutaning o‘rtacha yillik almashuv kursi bo‘yicha hisobga olishga haqli. Bunda har bir keyingi soliq davrida ushbu hisobvaraqda hisobga olinadigan summa joriy yilning 31-dekabr holatiga ko‘ra AQSH dollarida nominatsiya qilingan, 2 foizlik punktga oshirilgan, to‘lanish muddati o‘n yil (2031-yilgacha) bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi xalqaro obligatsiyalarining daromadliligidan kelib chiqib aniqlanadigan koeffitsiyentga oshiriladi.

Soliq davri uchun o‘rtacha yillik kurs soliq to‘lovchi tomonidan mustaqil ravishda, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining joriy soliq davrida 1-yanvar va 31-dekabr uchun belgilangan kurslarini qo‘shish chog‘ida olingan summani 2 ga bo‘lish yo‘li bilan aniqlanadi.

454⁴-modda. Soliq bazasi (davomi)

Metallarni yoki uglevodorod xom ashyosini qazib olish (ajratib olish) huquqi uchun ruxsatnoma (litsenziya) olingan kundan e’tiboran boshlanadigan soliq davri soliq to‘lovchi litsenziyalangan muayyan uchastkaga (litsenziyalangan uchastkalar guruhiga) nisbatan soliq bazasini aniqlashi shart bo‘lgan birinchi soliq davri deb e’tirof etiladi. Agar bunda ko‘rsatilgan ruxsatnoma (litsenziya) 1-iyuldan keyin olingan bo‘lsa, metallarni yoki uglevodorod xom ashyosini qazib olish (ajratib olish) huquqi uchun ruxsatnoma (litsenziya) olingan sanadan keyingi kalendar yilning 31-dekabriga qadar bo‘lgan vaqt ushbu litsenziyalangan uchastkaga nisbatan birinchi soliq davri deb e’tirof etiladi.

Soliq to‘lovchi tarixiy xarajatlarni birinchi soliq davrining xarajatlariga kiritishga haqli.

Soliq to‘lovchi tomonidan metallarni yoki uglevodorod xom ashyosini qazib olish (ajratib olish) huquqi uchun ruxsatnoma (litsenziya) olingan sanaga qadar haqiqatda amalga oshirilgan va tegishli litsenziyalangan uchastka bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan xarajatlar, xususan, quyidagilarga doir xarajatlar tarixiy xarajatlar jumlasiga kiradi:

454⁴-modda. Soliq bazasi (davomi)

Ushbu moddaning to‘qqizinchi qismida ko‘rsatilgan xarajatlarni amalga oshirish sanasi buxgalteriya hisobining xalqaro standartlari qoidalariga muvofiq belgilanadi.

Agar yaratish (olish) xarajatlari kapital xarajatlar tarkibida hisobga olingan aktivlardan keyinchalik metallni yoki uglevodorod xom ashyosini qazib olishga (ajratib olishga) doir ishlab chiqarish jarayonida soliq to‘lovchi tomonidan bir yildan ortiq vaqt davomida foydalanilmasa, ushbu moddaning beshinchi qismida nazarda tutilgan koeffitsiyent ularni olish xarajatlariga nisbatan qo‘llanilmaydi.

Agar soliq davri yakunlari bo‘yicha renta daromadi olingan bo‘lsa, soliq bazasi jamg‘arilgan renta zarari summasiga kamaytiriladi, renta daromadi jamg‘arilgan renta zararining to‘liq summasi o‘rnini qoplash uchun yetarli bo‘lmaganda esa — renta daromadi summasiga kamaytiriladi. Bunda jamg‘arilgan renta zarari summasi renta daromadini kamaytirishga qaratilgan summaga kamaytiriladi.

Soliq davri renta daromadi bilan tugaganidan keyin soliq to‘lovchi kapital xarajatlarni amalga oshirgan va hisobot soliq davri yakunlari bo‘yicha renta zararini olgan hollarda, bu zarar “jamg‘arilgan renta zarari” maxsus hisobvarag‘iga kiritiladi va unga nisbatan ushbu moddaning beshinchi qismida nazarda tutilgan qoidalar qo‘llaniladi.

454⁴-modda. Soliq bazasi (davomi)

Ushbu moddaning o‘n ikkinchi va o‘n uchinchi qismlarida nazarda tutilgan hollarda keyingi soliq davrida “jamg‘arilgan renta zarari” hisobvarag‘ida hisobga olinadigan summa ushbu moddaning beshinchi qismida belgilangan miqdorda koeffitsiyent bilan ham indeksatsiya qilinadi.

Agar jamg‘arilgan renta zarari to‘langanidan va renta daromadi shakllanganidan keyin soliq to‘lovchida yangidan renta zarari yuzaga kelsa, ko‘rsatilgan zararning o‘rni mazkur moddaning o‘n ikkinchi — o‘n to‘rtinchi qismlarida belgilangan tartibga o‘xshash tartibda qoplanadi.

Metallarni yoki uglevodorod xom ashyosini qazib olish (ajratib olish) uchun yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi bir yuridik shaxsdan boshqasiga o‘tkazilganda, sotilgan sanada birinchi yuridik shaxsda mavjud bo‘lgan renta zararining qoldig‘i ushbu moddaning beshinchi qismida aniqlanadigan koeffitsiyent hisobga olingan holda ikkinchi yuridik shaxsga o‘tadi.

Metallarni yoki uglevodorod xom ashyosini qazib olish (ajratib olish) huquqi uchun ruxsatnomaning (litsenziyaning) amal qilish davrida o‘rni qoplanmagan jamg‘arilgan renta zarari soliq to‘lovchiga kompensatsiya qilinmaydi.

Soliq to‘lovchi renta daromadiga (renta zarariga) tegishli xarajatlari va daromadlarining hisobini yuritishi hamda ular bo‘yicha soliq hisobotini taqdim etishi, shuningdek majburiy auditdan o‘tkazish uchun qonunchilikda belgilangan muddatlarda har yili mazkur xarajatlar va daromadlarning auditini amalga oshirishi shart.

454⁵-modda. Soliq stavkalari

Minimal soliq stavkasi, agar ushbu moddaning ikkinchi qismida boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, soliq bazasiga nisbatan 25 foiz miqdorida belgilanadi.

Yer qa’ri uchastkasidan geologik jihatdan o‘rganish uchun foydalanish yoki ahamiyatli tijorat salohiyatiga ega bo‘lgan, avval qidiruv o‘tkazilgan yer qa’ri uchastkasida alohida obyektlar bo‘yicha metallarni yoxud uglevodorod xom ashyosini qazib olish huquqi tanlov savdolariga qo‘yilganda, tanlov savdolarining tashkilotchisi yoki tanlov savdolarining ishtirokchilari soliq stavkasining oshirilgan miqdorini taklif qilishga haqli. Bunda soliq to‘lovchi soliqlarni oshirilgan soliq stavkasidan kelib chiqqan holda hisoblab chiqaradi.

454⁶-modda. Soliq davri. Hisobot davri

Kalendar yil soliq davri hisoblanadi.

Yilning choragi hisobot davridir.

454⁷-modda. Soliqni hisoblab chiqarish, soliq hisobotlarini taqdim etish va soliqni to‘lash tartibi

Soliq to‘lovchilar soliqni mustaqil ravishda, ushbu Kodeksning 454⁴-moddasiga muvofiq aniqlangan soliq bazasidan va tegishli soliq stavkasidan kelib chiqqan holda hisoblab chiqaradi. Bunda chet el valyutasida ifodalangan soliq bazasi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining soliq hisobotini taqdim etish sanasida belgilangan kursi bo‘yicha milliy valyutada qayta hisob-kitob qilinadi.

Soliq hisoboti soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi soliq organiga soliq to‘lovchi tomonidan har bir hisobot va soliq davri tugaganidan keyin quyidagi muddatlarda taqdim etiladi:

renta zarari mavjud bo‘lgan davrda — yilda bir marta, soliq davridan keyingi yilning 1-martidan kechiktirmay;

soliq bazasi mavjud bo‘lgan davrda — har chorakda, ortib boruvchi yakun bilan hisobot davridan keyingi oyning 20-sanasidan kechiktirmay, yil yakunlari bo‘yicha esa hisobot davridan keyingi yilning 1-martidan kechiktirmay.

Soliqni to‘lash har chorakda keyingi oyning 20-sanasidan kechiktirmay, yil yakunlari bo‘yicha esa hisobot davridan keyingi yilning 1-martidan kechiktirmay amalga oshiriladi.

XIX BO‘LIM.

YIG‘IMLAR

Bilimingizni sinang

Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqning soliq to‘lovchilari kimlar?
  1. Faqat yer qa’ridan foydali qazilmalarni qazib oluvchi yuridik shaxslar va ularning filiallari
  2. Yer qa’ri uchastkalarini ijaraga beruvchi va geologik qidiruvni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar
  3. Yer qa’ridan foydali qazilmalarni qazib olishni amalga oshirmaydigan, faqat ularni sotuvchi shaxslar
  4. Yer qa’ridan foydali qazilmalarni qazib olishni amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslar

To‘g‘ri javob: Yer qa’ridan foydali qazilmalarni qazib olishni amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslar. 449-moddaga ko‘ra foydali qazilmalarni qazib olish (ajratib olish)ni amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslar soliq to‘lovchilardir.

Fuqaro Qodir qonunchilikda nazarda tutilgan shartlarga rioya etgan holda qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib oladi. Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq bo‘yicha qaysi xulosa to‘g‘ri?
  1. U shu faoliyat bo‘yicha soliq to‘lovchi bo‘lmaydi
  2. U har oyda soliq to‘laydi
  3. U faqat norezident sifatida soliq to‘laydi
  4. U yuridik shaxs tashkil etsagina soliq to‘lamaydi

To‘g‘ri javob: U shu faoliyat bo‘yicha soliq to‘lovchi bo‘lmaydi. 449-moddaga ko‘ra shartlarga rioya etgan oltin izlovchi jismoniy shaxslar shu faoliyatga taalluqli qism bo‘yicha soliq to‘lovchi bo‘lmaydi.

Fermer o‘ziga berilgan yer uchastkasida qazib olgan keng tarqalgan foydali qazilmadan (qum) faqat shaxsiy xo‘jalik va maishiy ehtiyojlari uchun foydalandi. Soliq masalasida qaysi xulosa to‘g‘ri?
  1. Qum soliq solish obyekti hisoblanadi, qazilgan hajm bo‘yicha
  2. Qum faqat realizatsiya qilinsa soliqqa tortiladi, shaxsiy maqsadda ham
  3. Bunday foydali qazilma soliq solish obyekti bo‘lmaydi
  4. Ruxsatnoma bo‘lsa 50 foiz soliq to‘lanadi

To‘g‘ri javob: Bunday foydali qazilma soliq solish obyekti bo‘lmaydi. 450-moddaga ko‘ra yer uchastkalari doirasida qazib olingan va shaxsiy xo‘jalik hamda maishiy ehtiyojlar uchun foydalanilgan keng tarqalgan foydali qazilmalar obyekt emas.

Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq bazasi vaqt bo‘yicha qanday aniqlanadi?
  1. Soliq (hisobot) davri boshlanganidan har oy alohida, ortib boruvchi yakunsiz
  2. Soliq (hisobot) davri tugaganidan e’tiboran kamayib boruvchi yakun bilan
  3. Soliq (hisobot) davri boshlanganidan e’tiboran o‘sib boruvchi yakun bilan
  4. Har chorak boshlanganidan e’tiboran o‘sib boruvchi yakun bilan, har chorak alohida

To‘g‘ri javob: Soliq (hisobot) davri boshlanganidan e’tiboran o‘sib boruvchi yakun bilan. 451-moddaga ko‘ra baza soliq (hisobot) davri boshlanganidan e’tiboran o‘sib boruvchi yakun bilan aniqlanadi.

Foydali qazilmalarni qazib olish boshlanganidan buyon ular realizatsiya qilinmagan bo‘lsa, yer qa’ridan foydalanganlik solig‘i bazasi ishlab chiqarish tannarxi necha foizga oshirilgani asosida aniqlanadi?
  1. 10 foizga
  2. 20 foizga
  3. 30 foizga
  4. 15 foizga

To‘g‘ri javob: 20 foizga. Realizatsiya qilinmagan foydali qazilmalar uchun baza 20 foizga oshirilgan ishlab chiqarish tannarxidan aniqlanadi.

Foydali qazilmalarni qazib olish boshlanganidan beri ular realizatsiya qilinmagan taqdirda soliq bazasi nimadan kelib chiqib aniqlanadi?
  1. Ishlab chiqarish tannarxining 50 foizidan
  2. Bozor narxining yarmidan
  3. Ishlab chiqarish tannarxidan, ya’ni tannarxsiz
  4. 20 foizga oshirilgan ishlab chiqarish tannarxidan

To‘g‘ri javob: 20 foizga oshirilgan ishlab chiqarish tannarxidan. 451-moddaga ko‘ra realizatsiya qilinmagan bo‘lsa, baza 20 foizga oshirilgan ishlab chiqarish tannarxidan kelib chiqib aniqlanadi.

Oltin, kumush, palladiy va platina bo‘yicha o‘rtacha arifmetik birja narxi soliq organlari tomonidan qaysi manba asosida aniqlanadi?
  1. London qimmatli metallar bozori uyushmasining kechki fiksingi asosida
  2. London qimmatli metallar bozori uyushmasining ertalabki fiksingi asosida
  3. Nyu-York tovar birjasining kunlik ertalabki fiksingi va yopilish narxi asosida
  4. Shanxay oltin birjasining ertalabki fiksingi asosida, oylik o‘rtacha bilan

To‘g‘ri javob: London qimmatli metallar bozori uyushmasining ertalabki fiksingi asosida. 451¹-moddaga ko‘ra oltin, kumush, palladiy va platina bo‘yicha narx LBMA ertalabki fiksingi asosida aniqlanadi; boshqa metallar bo‘yicha London metallar birjasi ma’lumotlari bilan.

Neft, tabiiy gaz va gaz kondensatini qazib olganlik uchun yer qa’ridan foydalanganlik soligi stavkasi qancha?
  1. 5 foiz
  2. 7 foiz
  3. 10 foiz
  4. 2,6 foiz

To‘g‘ri javob: 10 foiz. 452-moddadagi jadvalga ko‘ra neft, tabiiy gaz va gaz kondensati uchun stavka 10 foiz.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiSuv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni hisoblab chiqarish va to‘lashKeyingi →Yig‘imlar