XotirAI logotipiXotirAI
⚖️ Soliq kodeksi · 441–448-m.

Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni hisoblab chiqarish va to‘lash

Maxsus Qism

441-modda. Soliq to‘lovchilar

Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq to‘lovchilar (bundan buyon ushbu bo‘limda soliq to‘lovchilar deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasi hududida suvdan birlamchi foydalanishni yoki suvni iste’mol qilishni amalga oshiruvchi quyidagi shaxslardan iborat:

O‘zbekiston Respublikasining yuridik shaxslari;

faoliyatini O‘zbekiston Respublikasida doimiy muassasalari orqali amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari bo‘lgan yuridik shaxslar;

suvdan tadbirkorlik faoliyati uchun foydalanuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar, shuningdek tadbirkorlik faoliyati va (yoki) daromad olish uchun mo‘ljallangan, yashash uchun mo‘ljallanmagan ko‘chmas mulk obyektlariga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar;

dehqon xo‘jaliklari, shuningdek qishloq xo‘jaligi yerlariga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar.

Aholi punktlarining suv ta’minoti uchun suv yetkazib berishni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar faqat o‘z ehtiyojlari uchun foydalanadigan suv uchun soliqni to‘lovchilar deb e’tirof etiladi.

442-modda. Soliq solish obyekti

Yer usti va yer osti manbalaridan olib foydalaniladigan suv resurslari suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq (bundan buyon ushbu bo‘limda soliq deb yuritiladi) solish obyektidir.

Quyidagilar soliq solish obyekti bo‘lmaydi:

442-modda. Soliq solish obyekti (davomi)

443-modda. Soliq bazasi

Foydalanilgan suvning hajmi soliq bazasidir.

444-modda. Soliq bazasini aniqlash tartibi

Suv resurslarining yer usti va yer osti manbalaridan olingan suv hajmi suvdan foydalanishning buxgalteriya (dastlabki) hisobi hujjatlarida aks ettirilgan suv o‘lchagich asboblar ko‘rsatkichlari asosida aniqlanadi.

Suvdan o‘lchagich asboblarsiz foydalanilgan taqdirda, uning hajmi suv obyektlaridan suv olish limitlaridan, suvni iste’mol qilishning texnologik va sanitariya normalaridan, ekinlar hamda yashil daraxtzorlarni sug‘orish normalaridan yoki ma’lumotlarning to‘g‘riligini ta’minlovchi boshqa usullardan kelib chiqqan holda aniqlanadi.

Soliq to‘lovchilar yer usti va yer osti manbalaridan olib foydalanilgan suv resurslari hajmlarining alohida hisobini yuritadi. Suv resurslarining yer usti va yer osti manbalaridan suv keladigan vodoprovod tarmog‘idagi suvdan foydalanilganda, soliq bazasi manbaning har bir turi bo‘yicha alohida aniqlanadi. Suv yetkazib berishni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar vodoprovod tarmog‘iga suv resurslarining yer usti va yer osti manbalaridan kelib tushadigan suv hajmlarining nisbati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni soliq organlariga joriy soliq davrining 15-yanvariga qadar taqdim etishi kerak. Soliq organlari uch kun ichida ushbu ma’lumotlarni soliq to‘lovchilar e’tiboriga yetkazishi lozim.

Issiq suv hamda bug‘ hosil qilinishi bo‘yicha soliq bazasi soliq to‘lovchi tomonidan ishlab chiqarish va texnik ehtiyojlar uchun o‘zi foydalangan suv resurslari hajmidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.

444-modda. Soliq bazasini aniqlash tartibi (davomi)

Binolarning bir qismi, alohida inshootlar ijaraga berilganda soliq bazasi suv yetkazib berishni amalga oshiruvchi yuridik shaxs bilan shartnoma tuzgan ijaraga beruvchi tomonidan aniqlanadi.

Binolarning bir qismini, alohida inshootlarni ijaraga olgan va suv yetkazib berishni amalga oshiruvchi soliq to‘lovchilar bilan shartnoma tuzgan yuridik shaxslar soliq bazasini mustaqil ravishda aniqlaydi.

Soliq to‘lovchilar yuridik shaxslar bilan suv yetkazib berilishi yuzasidan solishtirib ko‘rish jarayonida olingan suvning hajmini aniqlashtirishda suv hajmining farqini solishtirish amalga oshirilgan davrdagi hisob-kitoblarda aks ettiradi.

Yuridik shaxslarning hududida ta’mirlash-qurilish ishlarini va boshqa ishlarni bajaruvchi soliq to‘lovchilar ushbu ishlarni bajarish jarayonida foydalaniladigan suv uchun soliq to‘lamaydi. Ta’mirlash-qurilish ishlarini va boshqa ishlarni bajarayotganda foydalaniladigan suv hajmi uchun bu ishlar qaysi yuridik shaxslar uchun bajarilayotgan bo‘lsa, o‘sha yuridik shaxslar soliq to‘laydi. Qurilish ishlari yangi qurilish maydonchasida bajarilgan taqdirda, qurilishda foydalaniladigan suv hajmi uchun qurilish tashkiloti soliq to‘laydi.

Suvdan foydalanish va suv iste’moli sohasidagi vakolatli organ soliq bazasini aniqlash uchun soliq organlariga, shuningdek qishloq xo‘jaligida, shu jumladan baliqchilik xo‘jaligida suv resurslaridan foydalanuvchi yuridik shaxslarga ular tomonidan foydalanilishi kutilayotgan suv resurslarining hajmini har yili joriy soliq davrining 10-dekabridan kechiktirmay, dehqon xo‘jaliklari, tadbirkorlik faoliyati va (yoki) daromad olish uchun mo‘ljallangan, yashash uchun mo‘ljallanmagan ko‘chmas mulk obyektlariga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar bo‘yicha esa — suvdan foydalanish yoki suvni iste’mol qilish joyi bo‘yicha soliq organlariga hisobot yilidan keyingi yilning 20-yanvaridan kechiktirmay taqdim etadi.

444-modda. Soliq bazasini aniqlash tartibi (davomi)

Dehqon xo‘jaliklari, shuningdek qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarga hamda tadbirkorlik faoliyati va (yoki) daromad olish uchun mo‘ljallangan, yashash uchun mo‘ljallanmagan ko‘chmas mulk obyektlariga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar uchun soliq bazasi suvdan foydalanish va suv iste’moli sohasidagi vakolatli organ taqdim etgan ma’lumotlarga asosan soliq organlari tomonidan aniqlanadi.

Sun’iy suv havzalarida baliq yetishtiruvchi baliqchilik xo‘jaliklari soliq bazasini tabiiy va sun’iy suv obyektlaridan olingan va ushbu suv obyektlariga qaytarib quyiladigan suv hajmi, bundan kollektor-drenaj tarmoqlariga qaytarib quyiladiganlar mustasno, o‘rtasidagi farqdan kelib chiqib aniqlaydilar.

Qishloq xo‘jaligida, shu jumladan baliq yetishtirishda suv resurslarini hisobga olish vositalari mavjud emasligi va foydalaniladigan suv resurslarining haqiqiy hajmini aniqlashning imkoni bo‘lmagan taqdirda, soliq bazasi suvdan foydalanish va suvni iste’mol qilish sohasidagi vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan suv resurslari iste’molining normativlariga ko‘ra aniqlanadi.

Ishlab chiqarish jarayonida suvni maxsus uskunalarni (turbinalarni) sovitish uchun ishlatadigan soliq to‘lovchilar soliq bazasini tabiiy suv obyektlaridan maxsus uskunalarni (turbinalarni) sovitish uchun olingan va tabiiy suv obyektlariga qaytarib quyiladigan suv hajmi o‘rtasidagi farqdan kelib chiqib aniqlaydi. Ushbu norma suvning haqiqiy hisobi yoki suvdan maxsus foydalanish ruxsatnoma mavjud bo‘lganda qo‘llaniladi.

444-modda. Soliq bazasini aniqlash tartibi (davomi)

Soliq to‘lovchi soliq to‘lash nazarda tutilmagan faoliyat turlarini amalga oshirgan taqdirda, soliq bazasi soliq solinadigan va soliq solinmaydigan suv resurslari hajmining hisobini alohida yuritish asosida aniqlanadi. Alohida hisob yuritish imkoniyati bo‘lmagan taqdirda, soliq bazasi qaysi faoliyat bo‘yicha soliq to‘lash sof tushumning umumiy hajmida nazarda tutilgan bo‘lsa, o‘sha faoliyatdan olinadigan sof tushumning solishtirma hajmidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.

Alkogolli mahsulot va alkogolsiz ichimliklarni ishlab chiqarish va boshqa maqsadlar uchun foydalanilgan suvning hajmi ishlab chiqaruvchi yuridik shaxslar uchun soliq bazasi hisoblanadi. Alkogolli mahsulot va alkogolsiz ichimliklar ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan suv hajmi deganda iste’mol idishidagi tayyor mahsulotga to‘g‘ri keladigan suvning hajmi tushuniladi.

Soliq solish obyekti va (yoki) soliq stavkasi turli xil bo‘lgan bir necha turdagi faoliyat bilan shug‘ullanuvchi soliq to‘lovchilar bunday faoliyat turlari bo‘yicha alohida-alohida hisob yuritishlari va tegishli soliq stavkalari bo‘yicha soliq to‘lashlari shart.

445-modda. Soliq stavkalari

Belgilangan limit doirasida yer usti va yer osti manbalaridan olinadigan suv resurslari uchun soliq stavkalari bir kub metr uchun mutlaq o‘lchamda, quyidagi miqdorlarda belgilanadi:

T/r

Soliq to‘lovchilar va soliq solish obyektlari

1 kub metr uchun soliq stavkasi (so‘mda)

yer usti suv resurslari manbalari

yer osti suv resurslari manbalari

1.

Iqtisodiyotning barcha tarmoqlaridagi korxonalar (bundan 2-bandda ko‘rsatilganlar mustasno), shu jumladan sanoat korxonalari, yakka tartibdagi tadbirkorlar hamda tadbirkorlik faoliyati va (yoki) daromad olish uchun mo‘ljallangan, yashash uchun mo‘ljallanmagan ko‘chmas mulk obyektlariga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar

749

910

2.

Elektr stansiyalari va kommunal xizmat ko‘rsatish korxonalari

118

144

3.

Qishloq xo‘jaligi yerlarini sug‘orish va baliqlarni o‘stirish (yetishtirish) uchun foydalaniladigan suv hajmi, shu jumladan dehqon xo‘jaliklari va qishloq xo‘jaligi yerlariga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar

107

107

4.

Avtotransport vositalarini yuvish uchun ishlatilgan suv hajmi

16 050

16 050

5.

Alkogolsiz ichimliklarni hamda pivo va vinodan tashqari alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan suv hajmi

40 660

40 660

Ushbu modda birinchi qismining 3-bandida nazarda tutilgan soliq stavkasiga nisbatan:

suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalari joriy qilinganda hamda sug‘orish uchun olingan suv hajmi suv o‘lchash uskunalari asosida aniqlanganda — 0,5 kamaytiruvchi koeffitsiyent qo‘llaniladi;

445-modda. Soliq stavkalari (davomi)

suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalari joriy qilinganda yoki sug‘orish uchun olingan suv hajmi suv o‘lchash uskunalari asosida aniqlanganda — 0,7 kamaytiruvchi koeffitsiyent qo‘llaniladi;

baliqchilik uchun olingan suv hajmi suv o‘lchash uskunalari asosida aniqlanganda — 0,7 kamaytiruvchi koeffitsiyent qo‘llaniladi;

suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalari joriy qilinmaganda hamda sug‘orish uchun olingan suv hajmi suv o‘lchash uskunalari asosida aniqlanmaganda — 1,1 oshiruvchi koeffitsiyent qo‘llaniladi, bundan ushbu moddaning oltinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno.

Xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlari:

soliq stavkasiga nisbatan 0,7 gacha kamaytiruvchi yoki 1,5 gacha oshiruvchi koeffitsiyentlarni belgilashga (bundan ushbu modda birinchi qismining 2 va 3-bandlari, shuningdek ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan tasdiqlanadigan yirik soliq to‘lovchilar mustasno);

yuridik shaxslarning qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan, lazerli tekislash lozim bo‘lgan sug‘oriladigan yerlari lazerli tekislanmagan taqdirda, ushbu yerlar uchun foydalaniladigan suv hajmi bo‘yicha soliq stavkalariga nisbatan 1,2 gacha oshiruvchi koeffitsiyent qo‘llashga haqli.

E’tibor bering. 445-modda uchinchi qismining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-1108-sonli Qonuni bilan 2027-yil 1-yanvardan e’tiboran amalga kiritilishi belgilangan.

445-modda. Soliq stavkalari (davomi)

Suvdan foydalanish uchun belgilangan limitlardan ortiqcha suv olinganda, bunday ortiqcha qism bo‘yicha soliq stavkalari belgilangan soliq stavkalarining besh baravari miqdorida belgilanadi.

Suv resurslaridan ruxsat beruvchi hujjatlarsiz foydalanilganda, shuningdek avtotransport vositalarini yuvishni amalga oshiruvchi korxonalar tomonidan yer usti manbalaridan olingan suvdan foydalanilganda soliq stavkasi belgilangan soliq stavkalarining besh baravari miqdorida belgilanadi.

Yer osti suv manbalaridan suv o‘lchash uskunalarisiz suv olinganda soliq stavkasi belgilangan soliq stavkalarining besh baravari miqdorida belgilanadi. Bunda mazkur qoida jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy va xo‘jalik ehtiyojlari uchun sutkasiga 5 metr kubgacha bo‘lgan hajmda yer osti suvlarini yakka tartibda olish hollariga nisbatan tatbiq etilmaydi.

446-modda. Soliq davri

Kalendar yil soliq davri hisoblanadi.

447-modda. Soliqni hisoblab chiqarish va soliq hisobotini taqdim etish tartibi

Soliq summasi soliq bazasidan va belgilangan soliq stavkalaridan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi.

Soliq organlari soliq bazasidan va belgilangan soliq stavkalaridan kelib chiqqan holda quyidagilar uchun soliq summasini aniqlaydi:

dehqon xo‘jaliklari uchun;

qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar uchun;

tadbirkorlik faoliyati va (yoki) daromad olish uchun mo‘ljallangan, yashash uchun mo‘ljallanmagan ko‘chmas mulk obyektlariga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar uchun;

1-oktabrga qadar qishloq xo‘jaligi korxonalari uchun — qishloq xo‘jaligi yerlarini sug‘orish va baliqlarni yetishtirish (o‘stirish) uchun ular tomonidan avvalgi soliq davrida foydalanilgan suv hajmining 70 foizi miqdorida. Avvalgi soliq davrida qishloq xo‘jaligi korxonasi tomonidan foydalanilgan suvning hajmi to‘g‘risidagi axborot mavjud bo‘lmagan taqdirda, soliq summasi suvdan foydalanish va suv iste’moli sohasidagi vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan suv iste’moli normativlari bo‘yicha aniqlanadi.

Soliq hisoboti suvdan foydalanish yoki suvni iste’mol qilish joyi bo‘yicha soliq organlariga quyidagilar tomonidan yilda bir marta taqdim etiladi:

O‘zbekiston Respublikasining yuridik shaxslari tomonidan, bundan qishloq xo‘jaligi korxonalari mustasno — hisobot davridan keyingi yilning 1-martidan kechiktirmay;

qishloq xo‘jaligi korxonalari tomonidan — joriy soliq davrining 15-dekabridan kechiktirmay;

447-modda. Soliqni hisoblab chiqarish va soliq hisobotini taqdim etish tartibi (davomi)

O‘zbekiston Respublikasida faoliyatini doimiy muassasalar orqali amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari bo‘lgan yuridik shaxslar, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan — soliq davridan keyingi yilning 20-yanvaridan kechiktirmay.

Qishloq xo‘jaligida, shu jumladan baliqchilik xo‘jaliklarida suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq hisobotlari “Suv hisobi” axborot tizimining va suv resurslari hisobini yurituvchi vakolatli organlarning ma’lumotlari asosida soliq organlari tomonidan avtomatik tarzda shakllantiriladi.

Soliq organlari soliq to‘lash to‘g‘risidagi to‘lov xabarnomasini dehqon xo‘jaliklariga, shuningdek qishloq xo‘jaligi yerlariga hamda tadbirkorlik faoliyati va (yoki) daromad olish uchun mo‘ljallangan, yashash uchun mo‘ljallanmagan ko‘chmas mulk obyektlariga ega bo‘lgan jismoniy shaxslarga imzo qo‘ydirib yoki, mavjud bo‘lgan taqdirda, soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetiga elektron tarzda, soliq to‘lovchining nomiga rasmiylashtirilgan uyali telefon raqamiga va soliq organlarining maxsus mobil ilovasiga SMS-xabarnoma tarzida, shuningdek to‘lov xabarnomasi olinganligi faktini va olingan sanani tasdiqlovchi boshqa usulda soliq davridan keyingi yilning 1-martidan kechiktirmay topshiradi.

448-modda. Soliq to‘lash tartibi

Soliq davri mobaynida soliq to‘lovchilar soliq bo‘yicha bo‘nak to‘lovlarini to‘laydi, bundan qishloq xo‘jaligi korxonalari, O‘zbekiston Respublikasida faoliyatini doimiy muassasalar orqali amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari bo‘lgan yuridik shaxslar, shuningdek dehqon xo‘jaliklari va qishloq xo‘jaligi yerlariga hamda tadbirkorlik faoliyati va (yoki) daromad olish uchun mo‘ljallangan, yashash uchun mo‘ljallanmagan ko‘chmas mulk obyektlariga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar mustasno.

Bo‘nak to‘lovlar miqdorini hisoblab chiqarish uchun soliq to‘lovchilar joriy soliq davrining 20-yanvaridan kechiktirmay, yangi tashkil etilganlari esa davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan e’tiboran o‘ttiz kundan kechiktirmay, suvdan foydalanish yoki suvni iste’mol qilish joyidagi soliq organlariga mo‘ljallanayotgan soliq bazasidan (foydalaniladigan suv hajmidan) va belgilangan soliq stavkalaridan kelib chiqqan holda hisoblangan joriy soliq davri uchun soliq summasi to‘g‘risidagi ma’lumotnomani taqdim etadi. Soliq bo‘yicha majburiyatlari soliq davri ichida yuzaga kelgan soliq to‘lovchilar soliq summasi to‘g‘risidagi ma’lumotnomani soliq majburiyati yuzaga kelgan sanadan e’tiboran o‘ttiz kundan kechiktirmay taqdim etadi.

Ushbu moddaning ikkinchi qismiga muvofiq hisoblab chiqarilgan bo‘nak to‘lovlar:

soliq davrida soliq summasi bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan ko‘proqni tashkil etadigan yuridik shaxslar tomonidan (bundan aylanmadan olinadigan soliqni to‘lovchilar mustasno) — har oyning 20-sanasidan kechiktirmay yillik soliq summasining o‘n ikkidan bir qismi miqdorida;

448-modda. Soliq to‘lash tartibi (davomi)

soliq davrida soliq summasi bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan kamroqni tashkil etadigan, aylanmadan olinadigan soliqni to‘lovchilar bo‘lmagan yuridik shaxslar, shuningdek aylanmadan olinadigan soliqni to‘lovchilar va yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan — har chorak uchinchi oyining 20-sanasidan kechiktirmay yillik soliq summasining to‘rtdan bir qismi miqdorida to‘lanadi.

Soliq davri davomida mo‘ljallanayotgan soliq bazasi o‘zgarganda, soliq to‘lovchi soliq summasi to‘g‘risida aniqlashtirilgan ma’lumotnoma taqdim etishga haqli. Bunda soliq davrining qolgan qismi uchun bo‘nak to‘lovlarga soliqning o‘zgargan summasiga teng ulushlarda tuzatish kiritiladi.

Soliq davri uchun bo‘nak to‘lovlar hisobga olingan holda soliqni to‘lash soliq to‘lovchilar tomonidan, bundan dehqon xo‘jaliklari mustasno, suvdan foydalanish yoki suv iste’moli joyida, soliq hisoboti taqdim etiladigan muddatdan kechiktirmay amalga oshiriladi.

Soliq davri uchun bo‘nak to‘lovlar summasi soliq hisobotida ko‘rsatilgan budjetga to‘lanishi lozim bo‘lgan soliq summasiga nisbatan 10 foizdan ortiq miqdorga kamaytirilgan taqdirda, soliq organi bo‘nak to‘lovlarni soliqning haqiqiy summasidan kelib chiqib, penya hisoblagan holda qaytadan hisob-kitob qiladi.

Qishloq xo‘jaligi korxonalari tomonidan soliq davri uchun soliqni to‘lash quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

1-oktabrga qadar — soliq organlari tomonidan aniqlangan yillik soliq summasining 70 foizi;

448-modda. Soliq to‘lash tartibi (davomi)

15-dekabrga qadar — soliqning qolgan summasi.

Dehqon xo‘jaliklari, shuningdek qishloq xo‘jaligi yerlariga hamda tadbirkorlik faoliyati va (yoki) daromad olish uchun mo‘ljallangan, yashash uchun mo‘ljallanmagan ko‘chmas mulk obyektlariga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar tomonidan soliqni to‘lash yilda bir marta, soliq davridan keyingi yilning 1-mayidan kechiktirmay amalga oshiriladi.

XVIII BO‘LIM.

YER QA’RIDAN FOYDALANGANLIK UCHUN SOLIQ

Bilimingizni sinang

Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq to‘lovchilar qatoriga quyidagilardan qaysi biri kiradi?
  1. Dehqon xo‘jaliklari va qishloq xo‘jaligi yerlariga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar
  2. Faqat yuridik shaxs tashkil etgan dehqon xo‘jaliklari va qishloq xo‘jaligi korxonalari
  3. Dehqon xo‘jaliklari va faqat qishloq xo‘jaligi yerlariga ega bo‘lmagan jismoniy shaxslar
  4. Faqat sug‘orish tizimiga ega bo‘lgan yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar

To‘g‘ri javob: Dehqon xo‘jaliklari va qishloq xo‘jaligi yerlariga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar. 441-moddaga ko‘ra dehqon xo‘jaliklari hamda qishloq xo‘jaligi yerlariga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar soliq to‘lovchilar jumlasiga kiradi.

Quyidagi suv resurslaridan qaysi biri suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq solish obyekti bo‘lmaydi?
  1. Sanoat korxonalarida ishlab chiqarish jarayonida foydalaniladigan yer usti suv resurslari
  2. Qishloq xo‘jaligida ekinlarni sug‘orish uchun olinadigan yer usti va yer osti suv resurslari
  3. Yuridik shaxslar tomonidan ichimlik suvi sifatida tijoriy sotish uchun olinadigan suv resurslari
  4. Gidroelektrostansiyalar gidravlik turbinalarining harakati uchun foydalaniladigan suv resurslari

To‘g‘ri javob: Gidroelektrostansiyalar gidravlik turbinalarining harakati uchun foydalaniladigan suv resurslari. 442-moddaning 5-bandiga ko‘ra GES turbinalarining harakati uchun foydalaniladigan suv resurslari soliq solish obyekti bo‘lmaydi.

Sog‘liqni saqlash muassasasi yer osti mineral suvlaridan davolash maqsadida foydalanadi, shuningdek ularning bir qismini savdo tarmog‘ida sotadi. Soliq masalasida qaysi xulosa to‘g‘ri?
  1. Davolashga ketgan suv hajmi soliqqa tortiladi, savdoga sotilgan hajm esa soliqdan ozod
  2. Butun suv hajmi, shu jumladan davolash uchun ishlatilgani ham, soliqqa tortilmaydi
  3. Savdo uchun sotilgan suv hajmi bundan mustasno, ya’ni savdoga ketgan hajm soliqqa tortiladi
  4. Butun suv hajmi, shu jumladan davolash uchun ishlatilgani ham, soliqqa tortiladi, istisnolarsiz

To‘g‘ri javob: Savdo uchun sotilgan suv hajmi bundan mustasno, ya’ni savdoga ketgan hajm soliqqa tortiladi. 442-moddaning 2-bandiga ko‘ra davolash uchun foydalaniladigan suv obyekt emas, ammo savdoda realizatsiya qilingan hajm mustasno, ya’ni soliqqa tortiladi.

Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqning soliq bazasi nima?
  1. Foydalanilgan suvning hajmi
  2. Suv manbasining uzunligi
  3. Korxonaning yillik tushumi
  4. Suv quvurining diametri

To‘g‘ri javob: Foydalanilgan suvning hajmi. 443-moddaga ko‘ra foydalanilgan suvning hajmi soliq bazasidir.

Suv resurslaridan foydalanganlik solig‘ida vodoprovod tarmog‘idagi suv manbalari nisbati haqidagi ma’lumotlarni soliq organlari soliq to‘lovchilar e’tiboriga necha kun ichida yetkazishi lozim?
  1. o‘n kun
  2. ikki kun
  3. besh kun
  4. uch kun

To‘g‘ri javob: uch kun. Soliq organlari bu ma’lumotlarni uch kun ichida soliq to‘lovchilarga yetkazadi.

Korxona suvdan o‘lchagich asboblarsiz foydalandi. Foydalanilgan suv hajmi qaysi asoslarda aniqlanadi?
  1. Faqat soliq to‘lovchi tomonidan bildirilgan hajm asosida, soliq organi esa limitlar, texnologik va sanitariya normalarini hisobga olmasdan hisoblaydi
  2. Suv olish limitlari, texnologik va sanitariya normalari, sug‘orish normalari yoki ma’lumotlarning to‘g‘riligini ta’minlovchi boshqa usullar asosida
  3. Suv olish limitlari, texnologik va sanitariya normalari, sug‘orish normalari, shuningdek qo‘shni korxonalarning o‘rtacha iste’mol ko‘rsatkichlari asosida
  4. Faqat suv olish limitlari va sug‘orish normalari asosida, texnologik va sanitariya normalari hisobga olinmasdan, soliq organi qaroriga ko‘ra

To‘g‘ri javob: Suv olish limitlari, texnologik va sanitariya normalari, sug‘orish normalari yoki ma’lumotlarning to‘g‘riligini ta’minlovchi boshqa usullar asosida. 444-moddaga ko‘ra o‘lchagichsiz foydalanilganda hajm limitlar, normalar yoki boshqa usullardan kelib chiqib aniqlanadi.

Suv yetkazib berishni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar vodoprovod tarmog‘iga yer usti va yer osti manbalaridan tushadigan suv hajmlarining nisbati haqidagi ma’lumotlarni soliq organlariga qachongacha taqdim etishi kerak?
  1. Joriy soliq davrining 1-martigacha
  2. Joriy soliq davrining 10-dekabrigacha
  3. Joriy soliq davrining 15-yanvariga qadar
  4. Joriy soliq davrining 20-yanvarigacha

To‘g‘ri javob: Joriy soliq davrining 15-yanvariga qadar. 444-moddaga ko‘ra ma’lumotlar joriy soliq davrining 15-yanvariga qadar taqdim etiladi, soliq organlari uch kun ichida soliq to‘lovchilarga yetkazadi.

“Barkamol” MChJ yuridik shaxsning hududida ta’mirlash-qurilish ishlarini bajaradi va shu jarayonda suvdan foydalanadi. Ushbu suv uchun soliqni kim to‘laydi?
  1. Ishlar bajarilayotgan hududning mahalliy hokimligi budjet mablag‘lari hisobidan
  2. Ishlarni bajarayotgan «Barkamol» MChJning o‘zi, chunki u suvdan foydalanadi
  3. Ishlar qaysi yuridik shaxs uchun bajarilayotgan bo‘lsa, o‘sha yuridik shaxs
  4. Ham buyurtmachi, ham pudratchi yuridik shaxs teng ulushlarda, solidar tarzda

To‘g‘ri javob: Ishlar qaysi yuridik shaxs uchun bajarilayotgan bo‘lsa, o‘sha yuridik shaxs. 444-moddaga ko‘ra ta’mirlash-qurilish ishlarini bajaruvchi soliq to‘lamaydi, ishlar kimga bajarilsa, o‘sha yuridik shaxs soliq to‘laydi.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiJismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘iKeyingi →Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqni hisoblab chiqarish va to‘lash