XotirAI logotipiXotirAI
⚖️ «Sudlar to‘g‘risida» qonun · 10–17-m.

Umumiy qoidalar (2/2)

Moddalar

10-modda. Sud hujjatlarining majburiyligi

Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlari barcha davlat organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar, mansabdor shaxslar, fuqarolar uchun majburiydir hamda O‘zbekiston Respublikasining butun hududida ijro etilishi shart.

Sud hujjatini ijro etmaslik qonunda belgilangan javobgarlikka sabab bo‘ladi.

11-modda. Qonun va sud oldidagi tenglik

Barcha fuqarolar jinsi, irqi, millati, tili, dini, e’tiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi, ijtimoiy mavqeyidan qat’i nazar, qonun va sud oldida tengdir. Korxonalar, muassasalar hamda tashkilotlar ham qonun va sud oldida tengdir.

12-modda. Sud ishlarini yuritishning oshkoraligi

Barcha sudlarda ishlar ochiq ko‘riladi. Ishlarni yopiq sud majlisida ko‘rib chiqishga faqat qonunda belgilangan hollarda yo‘l qo‘yiladi.

Sud majlisi zalida hozir bo‘lgan shaxslar, ommaviy axborot vositalari vakillari sud majlisi zalida qonunda belgilangan tartibda fotosuratga olishi, video va audio yozuvni amalga oshirishi mumkin.

13-modda. Sud ishlari yuritiladigan til

O‘zbekiston Respublikasida sud ishlarini yuritish o‘zbek tilida, qoraqalpoq tilida yoki muayyan joydagi ko‘pchilik aholi so‘zlashadigan tilda yoxud qonunga muvofiq boshqa tilda olib boriladi.

Sud ishlari yuritilayotgan tilni bilmaydigan ishda ishtirok etuvchi shaxslarga tarjimon orqali ish materiallari bilan to‘la tanishish, sud harakatlarida ishtirok etish huquqi va sudda ona tilida yoki ular biladigan boshqa tilda so‘zlash huquqi ta’minlanadi.

14-modda. Sud himoyasida bo‘lish huquqi

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar davlat organlarining hamda boshqa tashkilotlarning, ular mansabdor shaxslarining qonunga xilof qarorlaridan, harakatlari va harakatsizligidan, shu jumladan ularning qarindoshlari sudlanganligi va bundan kelib chiqadigan huquqiy oqibatlar munosabati bilan huquqlarining cheklanishidan, shuningdek hayoti va sog‘lig‘i, sha’ni hamda qadr-qimmati, shaxsiy erkinligi va mol-mulki, boshqa huquq va erkinliklariga tajovuzlardan sud himoyasida bo‘lish huquqiga ega. Yuridik shaxslar ham sud himoyasida bo‘lish huquqiga egadir.

15-modda. Odil sudlovni amalga oshirishda malakali yuridik yordam

Odil sudlovni amalga oshirishda har bir kishiga malakali yuridik yordam olish huquqi kafolatlanadi. Gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga, sudlanuvchiga sud ishlarini yuritishning har qanday bosqichida himoyalanish huquqi va o‘zini himoya qilish uchun barcha imkoniyatlar ta’minlanadi.

Qonunda nazarda tutilgan hollarda davlat hisobidan malakali yuridik yordam ko‘rsatilishi ta’minlanadi.

16-modda. Aybsizlik prezumpsiyasi

Jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan shaxs uning aybi qonunda nazarda tutilgan tartibda oshkora sud muhokamasi yo‘li bilan isbotlanmaguncha va sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bilan aniqlanmaguncha aybsiz deb hisoblanadi.

Aybdorlikka oid barcha shubhalar, agar ularni bartaraf etish imkoniyatlari tugagan bo‘lsa, gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining yoki mahkumning foydasiga hal qilinishi kerak.

Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi o‘zining aybsizligini isbotlashi shart emas va istalgan vaqtda sukut saqlash huquqidan foydalanishi mumkin.

Agar shaxsning o‘z aybini tan olganligi unga qarshi yagona dalil bo‘lsa, u aybdor deb topilishi yoki jazoga tortilishi mumkin emas.

Hech kim qonunga asoslanmagan holda hibsga olinishi, ushlab turilishi, qamoqqa olinishi, qamoqda saqlanishi yoki uning ozodligi boshqacha tarzda cheklanishi mumkin emas.

Hibsga olishga, qamoqqa olishga va qamoqda saqlashga faqat sudning qaroriga ko‘ra yo‘l qo‘yiladi. Shaxs sudning qarorisiz qirq sakkiz soatdan ortiq muddat ushlab turilishi mumkin emas.

Hech kim qiynoqqa solinishi, zo‘ravonlikka, boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki inson qadr-qimmatini kamsituvchi muomalaga yoxud jazoga duchor etilishi mumkin emas.

17-modda. Sud hujjati ustidan shikoyat qilish huquqi

Taraflar, qonunda nazarda tutilgan hollarda esa boshqa shaxslar ham sud hujjati ustidan qonunda belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.

Bilimingizni sinang

«Sudlar to‘g‘risida»gi Qonunga ko‘ra, qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlari qayerda ijro etilishi shart?
  1. Faqat hujjatni chiqargan sud joylashgan viloyat hududida
  2. Faqat hujjat chiqarilgan tuman yoki shahar hududida
  3. O‘zbekiston Respublikasining butun hududida
  4. Faqat tomonlar doimiy yashaydigan hududda

To‘g‘ri javob: O‘zbekiston Respublikasining butun hududida. 10-moddaga ko‘ra sud hujjatlari O‘zbekiston Respublikasining butun hududida ijro etilishi shart.

Korxona direktori Tursunov xo‘jalik nizosi bo‘yicha qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini «biz bilan kelishilmagan» deb ijro etmadi. Qaysi huquqiy xulosa to‘g‘ri?
  1. Sud hujjati faqat tomonlar uchun majburiy, mansabdor shaxslar uchun esa kelishilgan taqdirdagina ijro etiladi, kelishilmasa javobgarlik yo‘q
  2. Sud hujjati korxonalar va mansabdor shaxslar uchun majburiy, uni ijro etmaslik faqat intizomiy chora ko‘rishga sabab bo‘ladi
  3. Sud hujjati yuqori turuvchi organ tasdiqlagandan keyingina majburiy bo‘ladi, shu sababli ijro etmaslik javobgarlikka olib kelmaydi
  4. Sud hujjati korxonalar va mansabdor shaxslar uchun majburiy, uni ijro etmaslik qonunda belgilangan javobgarlikka sabab bo‘ladi

To‘g‘ri javob: Sud hujjati korxonalar va mansabdor shaxslar uchun majburiy, uni ijro etmaslik qonunda belgilangan javobgarlikka sabab bo‘ladi. 10-moddaga ko‘ra sud hujjatini ijro etmaslik qonunda belgilangan javobgarlikka sabab bo‘ladi.

«Sudlar to‘g‘risida» qonun — 11-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. Qonun va sud oldidagi tenglik
  2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining qonunchilik tashabbusi
  3. Sud ishlari yuritiladigan til
  4. Sudyalar korpusini shakllantirish

To‘g‘ri javob: Qonun va sud oldidagi tenglik. 11-modda: Qonun va sud oldidagi tenglik.

«Sudlar to‘g‘risida» qonun: «Qonun va sud oldidagi tenglik» qaysi moddada belgilangan?
  1. 11-modda
  2. 5-modda
  3. 6-modda
  4. 13-modda

To‘g‘ri javob: 11-modda. 11-modda: Qonun va sud oldidagi tenglik.

Qonun va sud oldidagi tenglik haqida «Sudlar to‘g‘risida»gi Qonunga ko‘ra qaysi hukm to‘g‘ri?
  1. Korxonalar, muassasalar hamda tashkilotlar ham qonun va sud oldida tengdir
  2. Qonun va sud oldida faqat fuqarolar teng, yuridik shaxslar esa teng emas
  3. Tenglik faqat bir millat vakillariga nisbatan qo‘llaniladi
  4. Ijtimoiy mavqega qarab sud oldidagi huquqlar farqlanishi mumkin

To‘g‘ri javob: Korxonalar, muassasalar hamda tashkilotlar ham qonun va sud oldida tengdir. 11-moddada fuqarolar bilan birga korxonalar, muassasalar hamda tashkilotlar ham qonun va sud oldida teng deb belgilangan.

Sudda ishtirok etayotgan fuqaro Aliyevga ijtimoiy mavqei pastligi sababli boshqalarga qaraganda cheklangan huquqlar berilmoqda. Qaysi xulosa to‘g‘ri?
  1. Fuqarolar qonun oldida teng, ammo sudda ijtimoiy mavqeiga qarab ayrim huquqlar cheklanishi mumkin, bu yo‘l qo‘yiladi
  2. Barcha fuqarolar ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar qonun va sud oldida tengdir, bunday cheklash yo‘l qo‘yilmaydi
  3. Cheklash yo‘l qo‘yiladi, chunki ijtimoiy mavqei pastroq shaxslar sudda faqat vakil orqali ishtirok etadi
  4. Barcha fuqarolar faqat qonun oldida tengdir, sud oldida esa ijtimoiy mavqega qarab farq qilishi mumkin

To‘g‘ri javob: Barcha fuqarolar ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar qonun va sud oldida tengdir, bunday cheklash yo‘l qo‘yilmaydi. 11-moddaga ko‘ra fuqarolar jinsi, irqi, millati, tili, dini, e’tiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi, ijtimoiy mavqeyidan qat’i nazar tengdir.

«Sudlar to‘g‘risida» qonun — 12-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. Sudlarda davlat ramzlari
  2. Sud hujjatlarining majburiyligi
  3. Sud ishlarini yuritishning oshkoraligi
  4. Qonuniylik

To‘g‘ri javob: Sud ishlarini yuritishning oshkoraligi. 12-modda: Sud ishlarini yuritishning oshkoraligi.

«Sudlar to‘g‘risida» qonun: «Sud ishlarini yuritishning oshkoraligi» qaysi moddada belgilangan?
  1. 12-modda
  2. 8-modda
  3. 10-modda
  4. 7-modda

To‘g‘ri javob: 12-modda. 12-modda: Sud ishlarini yuritishning oshkoraligi.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiUmumiy qoidalar (1/2)Keyingi →O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi (1/2)