XotirAI logotipiXotirAI
⚖️ «Sudlar to‘g‘risida» qonun · 32–38-m.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari

Moddalar

32-modda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudining, viloyat, Toshkent shahar sudining tarkibi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudi rais, rais o‘rinbosarlari — fuqarolik, jinoyat va iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’atlari raislari, sudyalar, shuningdek xalq maslahatchilaridan iborat bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudi quyidagi tarkibda ish yuritadi:

rayosat;

Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati;

Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati;

Iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati.

33-modda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudining vakolatlari

Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudi:

o‘z vakolatlari doirasida ishlarni birinchi, apellyatsiya yoki kassatsiya va taftish instansiyasi sudi sifatida ko‘radi;

tumanlararo, tuman, shahar sudlarining sudlov faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi;

sud amaliyoti va sud statistikasini umumlashtiradi, ularning tizimli tahlilini amalga oshiradi;

sud amaliyoti obzorlarini tayyorlaydi;

sudyalar va sud apparati xodimlari malakasini oshirish bo‘yicha ishlarni tashkil qiladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudi qonunga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.

34-modda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudining rayosati

Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudi rayosati shu sudning sudyalaridan iborat tarkibda ish yuritadi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudi rayosati majlislari zaruriyatga qarab, lekin har oyda kamida bir marta o‘tkaziladi va rayosat a’zolarining ko‘pchiligi hozir bo‘lgan taqdirda vakolatlidir.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudi rayosatining qarorlari ovoz berishda ishtirok etgan rayosat a’zolarining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi va tegishli sudning raisi tomonidan imzolanadi.

35-modda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudi rayosatining vakolatlari

Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudi rayosati:

sud amaliyotini umumlashtirish va obzorlari, sud statistikasi tahlili materiallarini ko‘rib chiqadi;

rais o‘rinbosarlari — sudlov hay’atlari raislarining sudlov hay’atlari faoliyati haqidagi ma’ruzalarini eshitadi;

tumanlararo, tuman, shahar sudlari raislarining shu sudlar faoliyati to‘g‘risidagi va qonunchilikni qo‘llash amaliyoti haqidagi ma’ruzalarini eshitadi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudi rayosati qonunga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.

36-modda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudining sudlov hay’atlari

Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudining sudlov hay’atlari:

o‘z vakolatlari doirasida ishlarni birinchi instansiya bo‘yicha ko‘radi;

ishlarni apellyatsiya yoki kassatsiya va taftish tartibida ko‘radi;

sud amaliyotini o‘rganadi va umumlashtiradi;

sud amaliyoti obzorlarini tayyorlaydi;

sud statistikasini tahlil qiladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudining sudlov hay’atlari qonunga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.

37-modda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudi raisi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudi raisi:

sud faoliyatiga tashkiliy rahbarlikni amalga oshiradi;

sud rayosatini chaqiradi va uning majlislarida raislik qiladi;

sud rayosatining qarorlari bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish bo‘yicha ishlarni tashkil etadi;

sud majlislarida raislik qiladi;

quyi turuvchi sudlarning faoliyatini tashkil etishga ko‘maklashadi;

sudyalarning, sud apparati xodimlarining hamda xalq maslahatchilarining malakasini oshirish bo‘yicha ishlarini tashkil etadi;

sud amaliyotini umumlashtirish, sud amaliyoti obzorlarini tayyorlash va sud statistikasini yuritish ishini tashkil etadi;

jismoniy shaxslarni, yuridik shaxslarning vakillarini shaxsan qabul qiladi va ularning murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha ishlarni tashkil etadi;

sudyalar malaka hay’ati qarorlari, xulosalari ustidan Sudyalar oliy malaka hay’atiga taqdimnomalar kiritadi;

sudyalarning aholi bilan uchrashuvlarini tashkil etadi, shuningdek jamoatchilikni har chorakda sudning faoliyati to‘g‘risida ommaviy axborot vositalari orqali xabardor qilib boradi;

sud apparati ishlariga rahbarlik qiladi, sud xodimlari bilan mehnat shartnomalarini tuzadi va bekor qiladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudi raisi qonunga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudi raisi yo‘qligida uning vakolatlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi tomonidan tegishli sud raisining o‘rinbosarlaridan birining zimmasiga yuklatilishi mumkin.

38-modda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudi raisining o‘rinbosari

Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudi raisining o‘rinbosari:

tegishli sudlov hay’ati ishini tashkil etadi;

tegishli sudlov hay’ati majlislarida raislik qiladi;

sud rayosatiga tegishli sudlov hay’ati faoliyati to‘g‘risida ma’ruzalar taqdim etadi;

jismoniy shaxslarni, yuridik shaxslarning vakillarini shaxsan qabul qiladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudi raisining o‘rinbosari qonunga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyat, Toshkent shahar sudi raisining o‘rinbosari yo‘qligida uning vakolatlari ushbu sud raisi tomonidan tegishli sud raisining boshqa o‘rinbosari zimmasiga yuklatilishi mumkin.

Bilimingizni sinang

«Sudlar to‘g‘risida» qonun — 32-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudi rayosatining vakolatlari
  2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudining, viloyat, Toshkent shahar sudining tarkibi
  3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudi raisining o‘rinbosari
  4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudi raisi

To‘g‘ri javob: Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudining, viloyat, Toshkent shahar sudining tarkibi. 32-modda: Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudining, viloyat, Toshkent shahar sudining tarkibi.

«Sudlar to‘g‘risida» qonun: «Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudining, viloyat, Toshkent shahar sudining tarkibi» qaysi moddada belgilangan?
  1. 38-modda
  2. 35-modda
  3. 32-modda
  4. 37-modda

To‘g‘ri javob: 32-modda. 32-modda: Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudining, viloyat, Toshkent shahar sudining tarkibi.

Viloyat sudi tarkibida ish yuritadigan tarkibiy qismlarga quyidagilardan qaysi biri kirmaydi?
  1. Rayosat
  2. Ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati
  3. Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati
  4. Iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati

To‘g‘ri javob: Ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati. 32-moddada viloyat sudi tarkibi sifatida rayosat va fuqarolik, jinoyat, iqtisodiy ishlar bo‘yicha hay’atlar sanalgan.

Viloyat sudi tarkibiga rais, rais o‘rinbosarlari va sudyalardan tashqari yana kimlar kiradi?
  1. Tergov sudyalari
  2. Sudyalar oliy kengashining vakillari
  3. Xalq maslahatchilari
  4. Prokuratura xodimlari

To‘g‘ri javob: Xalq maslahatchilari. 32-moddaga ko‘ra viloyat sudi shuningdek xalq maslahatchilaridan iborat bo‘ladi.

«Sudlar to‘g‘risida» qonun — 33-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi
  2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudining vakolatlari
  3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudi raisining o‘rinbosari
  4. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining birinchi o‘rinbosari, o‘rinbosarlari — sudlov hay’atlarining raislari

To‘g‘ri javob: Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudining vakolatlari. 33-modda: Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudining vakolatlari.

«Sudlar to‘g‘risida» qonun: «Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudining vakolatlari» qaysi moddada belgilangan?
  1. 30-modda
  2. 33-modda
  3. 38-modda
  4. 31-modda

To‘g‘ri javob: 33-modda. 33-modda: Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudining vakolatlari.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyat va Toshkent shahar sudi qaysi sudlarning sudlov faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi?
  1. Faqat tuman va shahar sudlari raislarining
  2. Tumanlararo iqtisodiy va harbiy sudlarning
  3. Faqat Harbiy va ma’muriy sudlarning
  4. Tumanlararo, tuman va shahar sudlarining

To‘g‘ri javob: Tumanlararo, tuman va shahar sudlarining. 33-moddaga ko‘ra ular tumanlararo, tuman, shahar sudlarining sudlov faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi.

Viloyat sudi o‘z vakolatlari doirasida ishlarni qaysi instansiyalar sifatida ko‘radi?
  1. Birinchi, apellyatsiya yoki kassatsiya va taftish instansiyasi sudi sifatida
  2. Faqat birinchi va apellyatsiya instansiyasi sudi sifatida, taftishni ko‘rmaydi
  3. Birinchi va kassatsiya instansiyasi sudi sifatida, apellyatsiyani ko‘rmaydi
  4. Faqat kassatsiya va taftish instansiyasi sudi sifatida, birinchi instansiyada ko‘rmaydi

To‘g‘ri javob: Birinchi, apellyatsiya yoki kassatsiya va taftish instansiyasi sudi sifatida. 33-moddaga ko‘ra viloyat sudi ishlarni birinchi, apellyatsiya yoki kassatsiya va taftish instansiyasi sudi sifatida ko‘radi.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiO‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi (2/2)Keyingi →Fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo, tuman, shahar sudi. Jinoyat ishlari bo‘yicha tuman, shahar sudi. Tumanlararo iqtisodiy sud