O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi (2/2)
Moddalar
25-modda. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi tomonidan o‘z vakolatlariga kiritilgan masalalarni ko‘rib chiqish
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Plenumi ko‘rib chiqishi uchun masalalar O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi tomonidan kiritiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi, Bosh prokurori qonunchilikni qo‘llash masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi tomonidan tushuntirishlar berilishi haqida takliflar kiritishga haqli.
Masalani ko‘rib chiqish O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasining yoki buning uchun vakolat berilgan boshqa shaxsning ma’ruzasini eshitishdan boshlanadi. Masalaning muhokamasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining majlisiga taklif qilingan shaxslar ishtirok etishi mumkin.
Qonunchilikni qo‘llash masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining tushuntirishlari sudlar, ushbu tushuntirish berilgan qonunchilikni qo‘llayotgan davlat organlari va boshqa organlar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va mansabdor shaxslar uchun majburiydir.
26-modda. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining kotibi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining kotibi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi vazifalarini bajarish bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi majlisini tayyorlashga, majlis bayonnomasini yuritishga doir ishlarni tashkiliy jihatdan ta’minlaydi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qarori ijrosini tashkil etish uchun zarur bo‘lgan harakatlarni amalga oshiradi.
27-modda. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosatining tarkibi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosati O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyalaridan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi tomonidan belgilanadigan miqdorda tuziladi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi, uning birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosarlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosati tarkibiga lavozimi bo‘yicha kiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosati majlislari zaruriyatga qarab, lekin har oyda kamida bir marta o‘tkaziladi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosati a’zolarining ko‘pchiligi hozir bo‘lgan taqdirda vakolatlidir.
28-modda. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosatining vakolatlari
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosati:
sud amaliyotini umumlashtirish materiallarini ko‘rib chiqadi;
O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlari raislarining sud faoliyati to‘g‘risidagi va qonunchilikni qo‘llash amaliyoti haqidagi ma’ruzalarini eshitadi;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudlov hay’atlari va apparati ishini tashkil etish masalalarini ko‘rib chiqadi;
ishlarni taftish tartibida ko‘radi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosati qonunga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
29-modda. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudlov hay’atlari
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudlov hay’atlari:
ishlarni birinchi instansiyada, apellyatsiya yoki kassatsiya va taftish tartibida ko‘radi;
sud amaliyotini o‘rganadi va umumlashtiradi;
sud amaliyoti obzorlarini tayyorlaydi;
qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;
sud statistikasini tahlil qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudlov hay’atlari qonunga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
30-modda. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi:
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi faoliyatiga tashkiliy rahbarlikni amalga oshiradi;
ishni taftish tartibida ko‘rish zarurligi haqidagi masalani hal etish uchun qonunda nazarda tutilgan tartibda sud ishlarini talab qilib oladi;
ishni taftish tartibida ko‘rish to‘g‘risida qonunda nazarda tutilgan tartibda protest kiritadi;
sudlarning hal qiluv qarorlari, hukmlari, ajrimlari va qarorlari ijrosini qonunda nazarda tutilgan tartibda to‘xtatib turadi;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Rayosatini chaqiradi hamda ularning majlislarida raislik qiladi;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Rayosati qarorlarining bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirishga doir ishlarni tashkil etadi;
ishni bir suddan boshqa sudga o‘tkazish to‘g‘risidagi masalani hal qiladi;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Rayosati ko‘rib chiqishi uchun ularning vakolatlariga taalluqli bo‘lgan masalalarni kiritadi;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi tushuntirishlari qonunchilikka muvofiq emasligi aniqlangan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumiga taqdimnomalar kiritadi;
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari normalariga rasmiy sharh berish to‘g‘risida, shuningdek sudlar tashabbusi bilan kiritilgan muayyan ishda qo‘llanilishi lozim bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlarning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiqligi haqida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudiga murojaat kiritish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumiga taqdimnoma kiritadi;
30-modda. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi (davomi)
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosatining tarkibi to‘g‘risida, sudlov hay’atlari tarkiblari haqida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumiga taqdimnomalar kiritadi;
O‘zbekiston Respublikasi sudlari sudyalari oliy malaka hay’atining (bundan buyon matnda Sudyalar oliy malaka hay’ati deb yuritiladi) qarorlari, xulosalari ustidan O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashiga taqdimnomalar kiritadi;
rais o‘rinbosarlari o‘rtasida vazifalarni taqsimlaydi;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi apparatining xodimlari bilan mehnat shartnomalarini tuzadi, o‘zgartiradi va bekor qiladi;
O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi bilan kelishilgan holda sudlarning tuzilmalariga boshqaruv xodimlarining umumiy soni doirasida o‘zgartirishlar kiritadi;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining shtat jadvalini tasdiqlaydi;
buyruqlar va farmoyishlar qabul qiladi;
jismoniy shaxslarni, yuridik shaxslarning vakillarini shaxsan qabul qiladi va ularning murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha ishlarni tashkil etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi qonunga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
31-modda. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining birinchi o‘rinbosari, o‘rinbosarlari — sudlov hay’atlarining raislari
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining birinchi o‘rinbosari, o‘rinbosarlari — sudlov hay’atlarining raislari:
ishni taftish tartibida ko‘rish zarurligi haqidagi masalani hal etish uchun qonunda nazarda tutilgan tartibda sud ishlarini talab qilib oladi;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining tegishli sudlov hay’atlari ishiga rahbarlikni amalga oshiradi;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumiga sudlov hay’atlari faoliyati to‘g‘risidagi ma’ruzalarni taqdim etadi;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining tegishli sudlov hay’atlari majlislarida raislik qiladi;
tegishli quyi sudlar faoliyatini tashkil etishga ko‘maklashadi;
sud amaliyotini umumlashtirish, sud amaliyoti obzorlarini tayyorlash va sud statistikasini tahlil qilish bo‘yicha ishlarni tashkil etadi;
sudlarning hal qiluv qarorlari, hukmlari, ajrimlari va qarorlari ijrosini qonunda nazarda tutilgan tartibda to‘xtatib turadi;
sudyalarning va sud apparati xodimlarining malakasini oshirish bo‘yicha ishlarni tashkil etadi;
jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslar vakillarini shaxsan qabul qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining birinchi o‘rinbosari, o‘rinbosarlari — sudlov hay’atlarining raislari qonunga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi yo‘qligida uning vakolatlarini raisning birinchi o‘rinbosari, birinchi o‘rinbosar ham yo‘qligida esa rais o‘rinbosarlaridan biri amalga oshiradi.
Bilimingizni sinang
Oliy sud Plenumi ko‘rib chiqishi uchun masalalarni kim kiritadi?
- Oliy sud raisi
- Sudyalar oliy kengashi raisi
- Bosh prokuror
- Plenum kotibi
To‘g‘ri javob: Oliy sud raisi. 25-moddaga ko‘ra Plenum ko‘rib chiqishi uchun masalalar Oliy sud raisi tomonidan kiritiladi.
Qonunchilikni qo‘llash masalalari bo‘yicha Plenum tushuntirishlar berishi haqida takliflar kiritishga qaysi organlar haqli?
- Adliya vazirligi va Oliy Majlisning Senati
- Sudyalar oliy kengashi va Bosh prokuror
- Faqat Oliy sud raisi va uning o‘rinbosarlari
- Advokatlar palatasi va Bosh prokuror
To‘g‘ri javob: Sudyalar oliy kengashi va Bosh prokuror. 25-moddaga ko‘ra takliflar kiritishga Sudyalar oliy kengashi va Bosh prokuror haqli.
Bosh prokuror ma’lum qonunning qo‘llanilishidagi turlicha amaliyotni bartaraf etish uchun Plenum tushuntirish berishini so‘ramoqchi. Qaysi xulosa to‘g‘ri?
- Bosh prokuror taklif kiritishga haqli emas, faqat Oliy sud raisi kirita oladi
- Bosh prokuror faqat Prezident orqali murojaat qila oladi
- Bosh prokuror Plenum tomonidan tushuntirishlar berilishi haqida taklif kiritishga haqli
- Bosh prokuror Plenumga o‘zi tushuntirishni qabul qilib kiritadi
To‘g‘ri javob: Bosh prokuror Plenum tomonidan tushuntirishlar berilishi haqida taklif kiritishga haqli. 25-moddaga ko‘ra Bosh prokuror Plenum tushuntirishlari haqida takliflar kiritishga haqli.
Oliy sud Plenumining qonunchilikni qo‘llash bo‘yicha tushuntirishlari kimlar uchun majburiy?
- Barcha fuqarolar, korxonalar va tashkilotlar uchun, sudlar esa mustaqil bo‘lgani sababli ularga rioya qilish majburiyatiga ega emas
- Faqat sudlar uchun majburiy, boshqa davlat organlari, korxonalar va mansabdor shaxslar uchun esa tavsiya xarakteriga ega
- Sudlar va prokuratura organlari uchun majburiy, boshqa davlat organlari va mansabdor shaxslar uchun esa tavsiya xarakteriga ega
- Sudlar, tushuntirish berilgan qonunchilikni qo‘llayotgan davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va mansabdor shaxslar
To‘g‘ri javob: Sudlar, tushuntirish berilgan qonunchilikni qo‘llayotgan davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va mansabdor shaxslar. 25-moddaga ko‘ra tushuntirishlar sudlar, boshqa organlar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va mansabdor shaxslar uchun majburiydir.
«Sudlar to‘g‘risida» qonun — 26-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudlov hay’atlari
- O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining birinchi o‘rinbosari, o‘rinbosarlari — sudlov hay’atlarining raislari
- O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi
- O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining kotibi
To‘g‘ri javob: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining kotibi. 26-modda: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining kotibi.
«Sudlar to‘g‘risida» qonun: «O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining kotibi» qaysi moddada belgilangan?
- 26-modda
- 29-modda
- 20-modda
- 31-modda
To‘g‘ri javob: 26-modda. 26-modda: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining kotibi.
Oliy sud Plenumi kotibi sudya vazifalarini bajarish bilan birga yana qanday ishlarni tashkiliy jihatdan ta’minlaydi?
- Plenum majlisini tayyorlash, majlis bayonnomasini yuritish va Plenum qarori ijrosini tashkil etish
- Plenum majlisini tayyorlash, bayonnomani yuritish va Plenum qarorlari loyihalarini Prezidentga kiritish
- Majlis bayonnomasini yuritish va Plenum a’zolarining ish haqi hamda ta’tillarini rasmiylashtirish
- Plenum majlisini tayyorlash, qonun loyihalarini ishlab chiqish va qarorlarni Oliy Majlisga yuborish
To‘g‘ri javob: Plenum majlisini tayyorlash, majlis bayonnomasini yuritish va Plenum qarori ijrosini tashkil etish. 26-moddaga ko‘ra kotib majlisni tayyorlash, bayonnoma yuritish va qaror ijrosini tashkil etishni ta’minlaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosati majlislari zaruriyatga qarab har oyda kamida necha marta o‘tkaziladi?
- ikki marta
- uch marta
- bir marta
- to‘rt marta
To‘g‘ri javob: bir marta. Oliy sud Rayosati majlislari zaruriyatga qarab, lekin har oyda kamida bir marta o‘tkaziladi.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash