XotirAI logotipiXotirAI
⚖️ «Sudlar to‘g‘risida» qonun · 78–80-m.

Sudyaning vakolatlarini to‘xtatib turish va tugatish

Moddalar

78-modda. Sudyaning vakolatlarini to‘xtatib turish

Sudyaning vakolatlari tegishli sudyalar malaka hay’ati qarori bilan quyidagi hollarda to‘xtatib turiladi, agar:

sudya o‘z lavozimiga zid faoliyat bilan shug‘ullanayotgan bo‘lsa;

sudyaga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari qo‘llanilgan bo‘lsa;

sudya sudning hal qiluv qarori bilan bedarak yo‘qolgan deb topilgan bo‘lsa;

sudyaga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lsa;

sudya davlat hokimiyati vakillik organlari saylovida deputatlikka nomzod sifatida ishtirok etayotgan bo‘lsa.

Sudyaning vakolatlari ularni to‘xtatib turishga sabab bo‘lgan asoslar bekor bo‘lgunga qadar to‘xtatib turiladi.

Sudya qonunda belgilangan tartibda tegishli sudyalar malaka hay’ati qarori ustidan shikoyat qilishga haqli.

Sudyaning vakolatlari to‘xtatib turilishi unga ish haqi to‘lashni to‘xtatishga yoki ish haqi miqdorini kamaytirishga, uning ta’minoti darajasini pasaytirishga va sudyani ushbu Qonunda belgilangan daxlsizlik kafolatlaridan mahrum qilishga sabab bo‘lmaydi, bundan ehtiyot chorasi sifatida sudyaga nisbatan qamoqqa olish chorasi tanlangan hollar mustasno.

Sudyaning vakolatlarini qayta tiklash to‘g‘risidagi qaror sudyaning vakolatlarini to‘xtatib turgan tegishli sudyalar malaka hay’ati tomonidan qabul qilinadi.

79-modda. Sudyaning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish

Sudyaning vakolatlari quyidagi hollarda muddatidan ilgari tugatiladi:

Ushbu moddada nazarda tutilgan asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda:

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasining vakolatlari — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan;

79-modda. Sudyaning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish (davomi)

viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlari, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi raisining va rais o‘rinbosarining vakolatlari — O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan;

viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlari, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi sudyasining, tumanlararo, tuman, shahar sudlari, harbiy sudlar raisining va sudyasining vakolatlari — tegishli sudyalar malaka hay’ati xulosasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi tomonidan;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudi, tumanlararo, tuman, shahar sudlari sudyasining vakolatlari — O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining xulosasi asosida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi kiritgan taqdimnomaga binoan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi tomonidan muddatidan ilgari tugatiladi.

Sudyaning vakolatlarini ushbu modda birinchi qismining 1, 3, 8 va 10-bandlarida nazarda tutilgan hollarda tegishli sudyalar malaka hay’ati qarori asosida muddatidan ilgari tugatishga yo‘l qo‘yiladi.

Sudya tegishli sudyalar malaka hay’ati qarori ustidan qonunda belgilangan tartibda shikoyat qilishga haqli.

Sudning qayta tashkil etilishi yoki tugatilishi sudyani lavozimidan ozod etish uchun asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin emas.

79-modda. Sudyaning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish (davomi)

Xalq maslahatchilarining vakolatlari ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan asoslar bo‘yicha muddatidan ilgari tugatiladi, bundan ushbu modda birinchi qismining 1, 3, 9 va 10-bandlarida ko‘rsatib o‘tilgan asoslar mustasno.

80-modda. Sudyalar malaka hay’atlari

Sudyalar malaka hay’atlari quyidagi masalalarni ko‘rib chiqish uchun tuziladi:

sudyaning intizomiy javobgarligi;

sudyaning vakolatlarini to‘xtatib turish yoki muddatidan ilgari tugatish;

sudyaning daxlsizligini ta’minlash;

sudyaga malaka darajasini berish;

xalq maslahatchilarini tanlash va ularning saylovini o‘tkazish bo‘yicha ishlarni tashkil qilish;

sudyaning qasamyodi va Sudyalar odobi kodeksiga rioya etilishi ustidan nazorat qilish.

Sudyalar malaka hay’atlari O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishida unga ko‘maklashadi.

Sudyalar oliy malaka hay’ati O‘zbekiston Respublikasi sudyalari qurultoyi tomonidan besh yil muddatga saylanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlari sudyalarining malaka hay’atlari tegishli sudlar sudyalarining konferensiyalarida besh yil muddatga saylanadi.

Sudyalar malaka hay’atlarining faoliyatini tashkil etish tartibi qonun bilan tasdiqlanadigan nizomda belgilanadi.

Bilimingizni sinang

«Sudlar to‘g‘risida» qonun — 78-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. Sudyalarni uy-joy bilan ta’minlash
  2. Sudyaning vakolatlarini to‘xtatib turish
  3. Sudyalar intizomiy javobgarligining asoslari
  4. Sudyaning vakolatlari muddati va uni hisoblash tartibi

To‘g‘ri javob: Sudyaning vakolatlarini to‘xtatib turish. 78-modda: Sudyaning vakolatlarini to‘xtatib turish.

«Sudlar to‘g‘risida» qonun: «Sudyaning vakolatlarini to‘xtatib turish» qaysi moddada belgilangan?
  1. 83-modda
  2. 71-modda
  3. 78-modda
  4. 74-modda

To‘g‘ri javob: 78-modda. 78-modda: Sudyaning vakolatlarini to‘xtatib turish.

Sudyaning vakolatlari kimning qarori bilan to‘xtatib turiladi?
  1. Sudyalar oliy kengashi raisi qarori bilan
  2. Tegishli sudyalar malaka hay’ati qarori bilan
  3. Tegishli sud raisi yozma buyrug‘i bilan
  4. Oliy sud raisi va Prezident qarori bilan

To‘g‘ri javob: Tegishli sudyalar malaka hay’ati qarori bilan. 78-moddaga ko‘ra vakolatlar tegishli sudyalar malaka hay’ati qarori bilan to‘xtatib turiladi.

Quyidagi hollardan qaysi biri sudyaning vakolatlarini to‘xtatib turish asosi hisoblanadi?
  1. Sudya davlat hokimiyati vakillik organlari saylovida kuzatuvchi sifatida ishtirok etayotgani
  2. Sudya yuqori instansiya sudi tomonidan bir martalik ogohlantirish olgani va ishdan chetlashtirilgani
  3. Sudya davlat hokimiyati vakillik organlari saylovida deputatlikka nomzod sifatida ishtirok etayotgani
  4. Sudya mehnat ta’tilida bo‘lgani yoki xizmat safarida davlat topshirig‘ini bajarayotgani

To‘g‘ri javob: Sudya davlat hokimiyati vakillik organlari saylovida deputatlikka nomzod sifatida ishtirok etayotgani. 78-moddaga ko‘ra deputatlikka nomzod sifatida ishtirok etish vakolatlarni to‘xtatib turish asosidir.

Sudya Mirzayevga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Uning vakolatlari bilan bog‘liq qaysi xulosa to‘g‘ri?
  1. Vakolatlari darhol tugatiladi
  2. Vakolatlari faqat Prezident farmoni bilan to‘xtatiladi
  3. Vakolatlariga hech qanday ta’sir qilmaydi
  4. Malaka hay’ati qarori bilan vakolatlari to‘xtatib turiladi

To‘g‘ri javob: Malaka hay’ati qarori bilan vakolatlari to‘xtatib turiladi. 78-moddaga ko‘ra sudyaga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilsa, vakolatlar malaka hay’ati qarori bilan to‘xtatib turiladi.

Sudya vakolatlari to‘xtatib turilganda uning ish haqiga oid qaysi hukm to‘g‘ri?
  1. Ish haqi to‘lashni to‘xtatishga sabab bo‘lmaydi, ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olish tanlangan hollar mustasno
  2. Ish haqi to‘lashni to‘xtatishga sabab bo‘ladi, sudya vakolatlari to‘xtatilgan butun davr uchun ish haqi to‘lanmaydi
  3. Ish haqi miqdori yarmiga kamaytiriladi, ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olish tanlangan hollarda esa to‘xtatiladi
  4. Ish haqi to‘lashni to‘xtatishga sabab bo‘lmaydi, ehtiyot chorasi sifatida uy qamog‘i tanlangan hollar mustasno

To‘g‘ri javob: Ish haqi to‘lashni to‘xtatishga sabab bo‘lmaydi, ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olish tanlangan hollar mustasno. 78-moddaga ko‘ra to‘xtatib turish ish haqini to‘xtatishga yoki kamaytirishga sabab bo‘lmaydi, qamoqqa olish tanlangan hollar mustasno.

Sudyaning vakolatlarini qayta tiklash to‘g‘risidagi qarorni kim qabul qiladi?
  1. Sudya vakolatlarini to‘xtatib turgan tegishli sud raisi
  2. Vakolatlarni to‘xtatib turgan tegishli sudyalar malaka hay’ati
  3. Sudyalar oliy kengashi raisi o‘z qarori bilan yakka tartibda
  4. Prezident taqdimnomasiga binoan Oliy Majlisning Senati

To‘g‘ri javob: Vakolatlarni to‘xtatib turgan tegishli sudyalar malaka hay’ati. 78-moddaga ko‘ra qayta tiklash to‘g‘risidagi qaror vakolatlarni to‘xtatib turgan malaka hay’ati tomonidan qabul qilinadi.

Quyidagi hollardan qaysi birida sudyaning vakolatlari muddatidan ilgari tugatiladi?
  1. Sudya ta’tildan qaytmagan taqdirda
  2. Sudya jamoat tashkilotiga a’zo bo‘lgan taqdirda
  3. Sudya qasamyodni buzgan taqdirda
  4. Sudya xizmat safariga chiqqan taqdirda

To‘g‘ri javob: Sudya qasamyodni buzgan taqdirda. 79-moddaga ko‘ra sudyaning qasamyodni buzishi vakolatlarni muddatidan ilgari tugatish asosidir.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiSudyalarning intizomiy javobgarligiKeyingi →Sudyalarning va ular oila a’zolarining moddiy hamda ijtimoiy ta’minoti