XotirAI logotipiXotirAI
⚖️ «Sudlar to‘g‘risida» qonun · 1–8-m.

Ilova 2

Ilova 2

Ilova 2 · 1-modda. “Sudlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi sudyalari uchun malaka darajalari joriy etish va berish tartibini belgilaydi

“Sudlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi sudyalari uchun malaka darajalari joriy etish va berish tartibini belgilaydi.

Ilova 2 · 2-modda. Sudyalarga sudya sifatidagi tajribasi va ish stajini inobatga olgan holda quyidagi malaka darajalari beriladi:

oliy malaka darajasi;

birinchi malaka darajasi;

ikkinchi malaka darajasi;

uchinchi malaka darajasi;

to‘rtinchi malaka darajasi;

beshinchi malaka darajasi.

Ilova 2 · 3-modda. Malaka darajalari quyidagicha beriladi:

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyalariga, O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi sudyalariga — oliy, birinchi, ikkinchi malaka darajalari;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyat sudlari va Toshkent shahar sudi, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudi, viloyatlar, Toshkent shahar ma’muriy sudlari sudyalariga — birinchi, ikkinchi, uchinchi malaka darajalari;

tumanlararo, tuman, shahar sudlari, hududiy harbiy sudlar sudyalariga — uchinchi, to‘rtinchi, beshinchi malaka darajalari.

Ilova 2 · 4-modda. Oliy malaka darajasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan beriladi

Oliy malaka darajasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi o‘rinbosarlari — sudlov hay’atlari raislariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyalariga, O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi sudyalariga tegishincha O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining va O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi raisining O‘zbekiston Respublikasi sudlari sudyalari oliy malaka hay’ati xulosasiga asoslangan taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan beriladi. Boshqa malaka darajalari tegishli sudyalar malaka hay’atlari xulosasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi sudlari sudyalari oliy malaka hay’ati tomonidan beriladi.

Birinchi marotaba saylangan yoki tayinlangan sudyalarga malaka darajalari ish faoliyatining dastlabki uch oyi ichida ilgarigi ish yoki xizmat joyida berilgan maxsus unvonlar va mansab darajalarini inobatga olgan holda beriladi.

Sudyalar orasidan belgilangan tartibda saylangan yoki O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari bilan tayinlangan shaxslarga malaka darajalari tegishli davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi sudlari sudyalari oliy malaka hay’ati tomonidan beriladi.

Ilova 2 · 5-modda. Har bir malaka darajasida bo‘lish muddatlari ijobiy malaka attestatsiyasi mavjud bo‘lgan taqdirda quyidagicha belgilanadi:

beshinchi malaka darajasida — ikki yil;

to‘rtinchi malaka darajasida — uch yil;

uchinchi malaka darajasida — to‘rt yil;

ikkinchi malaka darajasida — besh yil.

Birinchi malaka darajasida bo‘lish muddati belgilanmaydi.

Yuqori malakali sudyalarga ish tajribasini inobatga olgan holda, egallab turgan lavozimi uchun nazarda tutilgan darajadan qat’i nazar, shuningdek ketma-ketlikka rioya etmagan holda, lekin unga berilgan malaka darajasidan ikki darajadan yuqori bo‘lmagan malaka darajasi berilishiga yo‘l qo‘yiladi.

Ilova 2 · 6-modda. Sudyalar odil sudlovni amalga oshirish chog‘ida qonuniylikni qo‘pol ravishda buzganlik uchun malaka darajasidan mahrum etilishi mumkin

Malaka darajasidan mahrum etish va malaka darajasini pasaytirish shu malaka darajasini bergan mansabdor shaxs yoki organ tomonidan amalga oshiriladi.

Ilova 2 · 7-modda. Malaka darajasiga ega bo‘lgan sudyalarning lavozim maoshlariga qonunchilikda belgilangan miqdorlarda ustamalar belgilanadi

Malaka darajasiga ega bo‘lgan sudyalarning lavozim maoshlariga qonunchilikda belgilangan miqdorlarda ustamalar belgilanadi.

Ilova 2 · 8-modda. Sudyalarni malaka attestatsiyasidan o‘tkazish tartibi qonun bilan tasdiqlanadigan nizomda belgilanadi

“Sudlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga

3-ILOVA

Sud tizimi xodimlarining mansab darajalari to‘g‘risida

NIZOM

Bilimingizni sinang

Tumanlararo, tuman, shahar sudlari va hududiy harbiy sudlar sudyalariga qaysi malaka darajalari beriladi?
  1. Uchinchi, to‘rtinchi va beshinchi
  2. Birinchi, ikkinchi va uchinchi
  3. Ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi
  4. Birinchi, to‘rtinchi va beshinchi

To‘g‘ri javob: Uchinchi, to‘rtinchi va beshinchi. 3-moddaga ko‘ra quyi sudlar va hududiy harbiy sudlar sudyalariga uchinchi, to‘rtinchi, beshinchi darajalar beriladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudi sudyasi Yusupovga beshinchi malaka darajasini berish taklif qilinmoqda. Qaysi xulosa to‘g‘ri?
  1. Mumkin: ma’muriy sud sudyalariga beshinchi darajadan boshlab berilishi mumkin
  2. Mumkin emas: bunday sudyalarga birinchi, ikkinchi va uchinchi darajalar beriladi
  3. Mumkin emas: bunday sudyalarga faqat oliy hamda birinchi darajalar beriladi
  4. Mumkin: sudyaning ish stajiga qarab har qanday daraja berilishi mumkin

To‘g‘ri javob: Mumkin emas: bunday sudyalarga birinchi, ikkinchi va uchinchi darajalar beriladi. 3-moddaga ko‘ra ma’muriy sudlar sudyalariga birinchi, ikkinchi, uchinchi malaka darajalari beriladi.

Birinchi marotaba saylangan yoki tayinlangan sudyalarga malaka darajalari ish faoliyatining dastlabki qancha muddati ichida beriladi?
  1. bir oyi
  2. bir yili
  3. uch oyi
  4. olti oyi

To‘g‘ri javob: uch oyi. Birinchi marta saylangan yoki tayinlangan sudyalarga malaka darajalari faoliyatning dastlabki uch oyi ichida beriladi.

Oliy malaka darajasini O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisiga kim beradi?
  1. Sudyalar oliy kengashining raisi
  2. Sudyalar oliy malaka hay’ati raisi
  3. Oliy Majlis Senati raisi o‘rinbosari
  4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

To‘g‘ri javob: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti. 4-moddaga ko‘ra oliy malaka darajasi Oliy sud raisiga Prezident tomonidan beriladi.

Oliy darajadan tashqari boshqa malaka darajalarini kim, kimning xulosasiga binoan beradi?
  1. Sudyalar oliy malaka hay’ati, tegishli sudyalar malaka hay’atlari xulosasiga binoan
  2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi, Sudyalar oliy kengashi xulosasiga binoan
  3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, sudyalar malaka hay’atlarining taqdimnomasiga binoan
  4. Sudyalar oliy kengashi raisi, Oliy sud raisining yozma taqdimnomasiga binoan

To‘g‘ri javob: Sudyalar oliy malaka hay’ati, tegishli sudyalar malaka hay’atlari xulosasiga binoan. 4-moddaga ko‘ra boshqa malaka darajalari sudyalar malaka hay’atlari xulosasiga binoan oliy malaka hay’ati tomonidan beriladi.

Birinchi marotaba saylangan yoki tayinlangan sudyalarga malaka darajalari qancha muddat ichida beriladi?
  1. Ish faoliyatining dastlabki olti oyi ichida
  2. Ish faoliyatining dastlabki bir yili ichida
  3. Ish faoliyatining dastlabki uch oyi ichida
  4. Ish faoliyatining dastlabki bir oyi ichida

To‘g‘ri javob: Ish faoliyatining dastlabki uch oyi ichida. 4-moddaga ko‘ra birinchi marta tayinlangan sudyalarga malaka darajalari dastlabki uch oy ichida beriladi.

Sudyalarning beshinchi malaka darajasida bo‘lish muddati qancha?
  1. bir yil
  2. ikki yil
  3. besh yil
  4. uch yil

To‘g‘ri javob: ikki yil. Beshinchi malaka darajasida bo‘lish muddati ikki yil.

Sudyalarning to‘rtinchi malaka darajasida bo‘lish muddati qancha?
  1. to‘rt yil
  2. besh yil
  3. uch yil
  4. ikki yil

To‘g‘ri javob: uch yil. To‘rtinchi malaka darajasida bo‘lish muddati uch yil.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiIlova 1 (3/3)Keyingi →Ilova 3 (1/2)