Ilova 3 (1/2)
Ilova 3
Ilova 3 · 1-modda. Ushbu Nizom sudlar apparati, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi (bundan buyon matnda Konstitutsiyaviy sud deb yuritiladi), O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi (bundan buyon matnda Sudyalar oliy kengashi deb yuritiladi), O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi (bundan buyon matnda Oliy maktab deb yuritiladi) va O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sudlar faoliyatini ta’minlash departamenti (bundan buyon matnda Departament deb yuritiladi) hamda uning hududiy bo‘limlari xodimlariga maxsus unvonlar — mansab darajalari berish tartibini belgilaydi
Ushbu Nizom sudlar apparati, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi (bundan buyon matnda Konstitutsiyaviy sud deb yuritiladi), O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi (bundan buyon matnda Sudyalar oliy kengashi deb yuritiladi), O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi (bundan buyon matnda Oliy maktab deb yuritiladi) va O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sudlar faoliyatini ta’minlash departamenti (bundan buyon matnda Departament deb yuritiladi) hamda uning hududiy bo‘limlari xodimlariga maxsus unvonlar — mansab darajalari berish tartibini belgilaydi.
Ilova 3 · 2-modda. Sudlar apparati, Konstitutsiyaviy sud, Sudyalar oliy kengashi, Oliy maktab, Departament va uning hududiy bo‘limlari xodimlarining maxsus unvonlari quyidagi mansab darajalaridan iborat:
1-darajali Davlat adliya maslahatchisi;
2-darajali Davlat adliya maslahatchisi;
3-darajali Davlat adliya maslahatchisi;
1-darajali adliya maslahatchisi;
2-darajali adliya maslahatchisi;
3-darajali adliya maslahatchisi;
1-darajali yurist;
2-darajali yurist;
3-darajali yurist.
Ilova 3 · 3-modda. Mansab darajalari oliy yuridik ma’lumotga yoki boshqa oliy ma’lumotga ega xodimlarga, egallab turgan lavozimi, malakasi va ish stajiga muvofiq ketma-ketlikda yoxud ilgarigi ish yoki xizmat joyida berilgan maxsus unvonlar va mansab darajalarini inobatga olgan holda beriladi
Mansab darajalari oliy yuridik ma’lumotga yoki boshqa oliy ma’lumotga ega xodimlarga, egallab turgan lavozimi, malakasi va ish stajiga muvofiq ketma-ketlikda yoxud ilgarigi ish yoki xizmat joyida berilgan maxsus unvonlar va mansab darajalarini inobatga olgan holda beriladi.
Ilova 3 · 4-modda. Mansab darajalari:
1-darajali Davlat adliya maslahatchisi — Sudyalar oliy kengashi raisiga;
2-darajali Davlat adliya maslahatchisi — Oliy maktab direktoriga, Departament direktoriga;
3-darajali Davlat adliya maslahatchisi — Oliy maktab direktorining o‘rinbosariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi apparati rahbariga;
1-darajali adliya maslahatchisi — Konstitutsiyaviy sud kotibiyati mudiriga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi boshqarmalari boshliqlariga, Sudyalar oliy kengashi kotibiga, Oliy maktabning kafedra mudiriga, kafedra professoriga, kafedra dotsentiga, Departament direktorining o‘rinbosariga;
2-darajali adliya maslahatchisi — Konstitutsiyaviy sudning katta ekspertlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining boshqarma boshliqlari o‘rinbosarlariga va bo‘lim boshliqlariga, Konstitutsiyaviy sud raisining yordamchisiga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining maslahatchisiga, Sudyalar oliy kengashining yetakchi inspektorlariga, birinchi bo‘limi mudiriga, Oliy maktabning bo‘lim boshliqlariga, kafedra o‘qituvchilariga, Departamentning bo‘limlari va hududiy bo‘limlari boshliqlariga;
3-darajali adliya maslahatchisi — Konstitutsiyaviy sudning ekspertlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Rayosati kotibiyatining boshlig‘iga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining bo‘lim boshliqlari o‘rinbosarlariga, bosh va katta konsultantlariga, Sudyalar oliy kengashining arxiv mudiriga va devonxona mudiriga, Oliy maktabning yuriskonsultiga, bosh va yetakchi mutaxassislariga, Departamentning bosh mutaxassislariga, kadrlar bo‘yicha bosh inspektoriga va yuriskonsultiga;
Ilova 3 · 4-modda. Mansab darajalari: (davomi)
1-darajali yurist — Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyat sudlari va Toshkent shahar sudining, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudining, viloyatlar, Toshkent shahar ma’muriy sudlarining bo‘lim boshliqlariga, bosh mutaxassislariga, sudya katta yordamchilariga, Oliy maktabning devonxona mudiriga va arxiv mudiriga;
2-darajali yurist — Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudining, viloyat sudlari va Toshkent shahar sudining, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudining, viloyatlar, Toshkent shahar ma’muriy sudlarining katta mutaxassislariga, devonxona mudirlariga, sudyalar malaka hay’atlari kotiblariga, Departament hududiy bo‘limlarining bosh mutaxassislariga;
3-darajali yurist — tumanlararo, tuman, shahar sudlarining, hududiy harbiy sudlarning sudya yordamchilariga, devonxona mudirlariga beriladi.
Ilova 3 · 5-modda. 1, 2 va 3-darajali Davlat adliya maslahatchisi mansab darajalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan beriladi
1, 2 va 3-darajali adliya maslahatchisi, shuningdek 1, 2 va 3-darajali yurist mansab darajalari:
Sudyalar oliy kengashi va Oliy maktabning xodimlariga — Sudyalar oliy kengashi raisi tomonidan;
Konstitutsiyaviy sudning devoni xodimlariga — Konstitutsiyaviy sudning raisi tomonidan;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi va quyi turuvchi sudlar apparatlari xodimlariga, Departament va uning hududiy bo‘limlari xodimlariga — O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi tomonidan beriladi.
Konstitutsiyaviy sudning raisi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi, Sudyalar oliy kengashining raisi ushbu Nizomning 4-moddasida nazarda tutilmagan lavozimni shtat jadvalida mavjud muayyan lavozimga tenglashtirishga hamda 1-darajali adliya maslahatchisi va ungacha bo‘lgan mansab darajasini berishga haqli.
Ilova 3 · 6-modda. 1, 2, 3-darajali Davlat adliya maslahatchisi darajalarida bo‘lish muddati belgilanmaydi
Har bir mansab darajasida bo‘lish muddati ijobiy attestatsiya mavjud bo‘lgan taqdirda 3, 2 va 1-darajali adliya maslahatchilari uchun — to‘rt yilni, 3, 2, 1-darajali yuristlar uchun — ikki yarim yilni tashkil etadi.
Ilova 3 · 7-modda. Ushbu Nizomning 5-moddasiga muvofiq sudlar, Sudyalar oliy kengashi, Oliy maktab, Departament va uning hududiy bo‘limlari xodimlariga 1-darajali Davlat adliya maslahatchisi mansab darajasigacha bo‘lgan mansab darajasini berishga — egallab turgan lavozimi bo‘yicha nazarda tutilgan darajadan qat’i nazar, ketma-ketlikda va mansab darajasida bo‘lish muddatiga rioya etmagan holda yo‘l qo‘yiladi
Ushbu Nizomning 5-moddasiga muvofiq sudlar, Sudyalar oliy kengashi, Oliy maktab, Departament va uning hududiy bo‘limlari xodimlariga 1-darajali Davlat adliya maslahatchisi mansab darajasigacha bo‘lgan mansab darajasini berishga — egallab turgan lavozimi bo‘yicha nazarda tutilgan darajadan qat’i nazar, ketma-ketlikda va mansab darajasida bo‘lish muddatiga rioya etmagan holda yo‘l qo‘yiladi.
Ilova 3 · 8-modda. Sudlarga, Sudyalar oliy kengashiga, Oliy maktabga, Departamentga va uning hududiy bo‘limlariga huquqni muhofaza qiluvchi organlardan va boshqa tashkilotlardan ishga o‘tgan xodimlarga mansab darajalari ular qaysi lavozimga tayinlanganligi, bilimi va ish tajribasi, shuningdek ilgarigi ish yoki xizmat joyida berilgan maxsus unvonlari va mansab darajalari inobatga olingan holda beriladi
Sudlarga, Sudyalar oliy kengashiga, Oliy maktabga, Departamentga va uning hududiy bo‘limlariga huquqni muhofaza qiluvchi organlardan va boshqa tashkilotlardan ishga o‘tgan xodimlarga mansab darajalari ular qaysi lavozimga tayinlanganligi, bilimi va ish tajribasi, shuningdek ilgarigi ish yoki xizmat joyida berilgan maxsus unvonlari va mansab darajalari inobatga olingan holda beriladi.
Bilimingizni sinang
Sud tizimi xodimlarining mansab darajalari to‘g‘risidagi Nizom qaysi xodimlarga maxsus unvonlar — mansab darajalari berish tartibini belgilaydi?
- Sudlar apparati, Konstitutsiyaviy sud, Sudyalar oliy kengashi, Oliy maktab, Departament xodimlariga
- Sudyalar, xalq maslahatchilari, Sudyalar oliy kengashi a’zolari va Oliy maktab tinglovchilariga ham
- Sudlar apparati, prokuratura, Adliya vazirligi hamda Oliy maktab va Departamentning barcha xodimlariga
- Sudyalar, sud apparati, advokatura va notarial idoralar hamda Oliy maktab xodimlariga
To‘g‘ri javob: Sudlar apparati, Konstitutsiyaviy sud, Sudyalar oliy kengashi, Oliy maktab, Departament xodimlariga. 1-moddaga ko‘ra Nizom sudlar apparati, Konstitutsiyaviy sud, Sudyalar oliy kengashi, Oliy maktab va Departament xodimlari uchun.
Sud tizimi xodimlarining mansab darajalaridan qaysi biri eng yuqorisi hisoblanadi?
- 1-darajali adliya maslahatchisi lavozimi
- 1-darajali Davlat adliya maslahatchisi
- 3-darajali Davlat adliya maslahatchisi
- Oliy darajali Davlat adliya maslahatchisi
To‘g‘ri javob: 1-darajali Davlat adliya maslahatchisi. 2-moddadagi ro‘yxatda eng yuqori daraja 1-darajali Davlat adliya maslahatchisi.
Sud tizimi xodimlariga mansab darajalari qanday ma’lumotga ega bo‘lgan xodimlarga beriladi?
- Faqat oliy yuridik ma’lumotga ega bo‘lgan xodimlarga
- O‘rta maxsus yuridik ma’lumotga ega xodimlarga ham
- Oliy yuridik ma’lumot va besh yillik stajga ega xodimlarga
- Oliy yuridik yoki boshqa oliy ma’lumotga ega xodimlarga
To‘g‘ri javob: Oliy yuridik yoki boshqa oliy ma’lumotga ega xodimlarga. 3-moddaga ko‘ra mansab darajalari oliy yuridik yoki boshqa oliy ma’lumotga ega xodimlarga beriladi.
Sudyalar oliy kengashi raisiga qaysi mansab darajasi beriladi?
- 1-darajali Davlat adliya maslahatchisi
- 2-darajali Davlat adliya maslahatchisi
- 3-darajali Davlat adliya maslahatchisi
- 1-darajali Davlat yurist maslahatchisi
To‘g‘ri javob: 1-darajali Davlat adliya maslahatchisi. 4-moddaga ko‘ra Sudyalar oliy kengashi raisiga 1-darajali Davlat adliya maslahatchisi darajasi beriladi.
Oliy maktab direktoriga va Departament direktoriga qaysi mansab darajasi beriladi?
- 1-darajali Davlat adliya maslahatchisi
- 3-darajali Davlat adliya maslahatchisi
- 2-darajali Davlat adliya maslahatchisi
- 2-darajali Davlat yurist maslahatchisi
To‘g‘ri javob: 2-darajali Davlat adliya maslahatchisi. 4-moddaga ko‘ra Oliy maktab direktori va Departament direktoriga 2-darajali Davlat adliya maslahatchisi beriladi.
Oliy sud apparati rahbari Normatovga mansab darajasi berilmoqda. Qaysi xulosa to‘g‘ri?
- Unga 2-darajali Davlat adliya maslahatchisi mansab darajasi beriladi
- Unga 3-darajali Davlat adliya maslahatchisi mansab darajasi beriladi
- Unga 1-darajali adliya maslahatchisi mansab darajasi beriladi
- Unga 2-darajali adliya maslahatchisi mansab darajasi beriladi
To‘g‘ri javob: Unga 3-darajali Davlat adliya maslahatchisi mansab darajasi beriladi. 4-moddaga ko‘ra Oliy sudi apparati rahbariga 3-darajali Davlat adliya maslahatchisi darajasi beriladi.
Departament direktorining o‘rinbosariga qaysi mansab darajasi beriladi?
- 3-darajali Davlat adliya maslahatchisi
- 2-darajali adliya maslahatchisi darajasi
- 1-darajali Davlat adliya maslahatchisi
- 1-darajali adliya maslahatchisi darajasi
To‘g‘ri javob: 1-darajali adliya maslahatchisi darajasi. 4-moddaga ko‘ra Departament direktorining o‘rinbosariga 1-darajali adliya maslahatchisi beriladi.
Konstitutsiyaviy sudning katta ekspertlariga va oddiy ekspertlariga mansab darajalari qanday beriladi?
- Katta ekspertlarga 1-darajali, ekspertlarga 2-darajali adliya maslahatchisi
- Katta ekspertlarga 2-darajali, ekspertlarga 3-darajali yurist darajasi
- Katta ekspertlarga 2-darajali, ekspertlarga 3-darajali adliya maslahatchisi
- Ikkala toifaga ham 3-darajali adliya maslahatchisi darajasi beriladi
To‘g‘ri javob: Katta ekspertlarga 2-darajali, ekspertlarga 3-darajali adliya maslahatchisi. 4-moddaga ko‘ra katta ekspertlarga 2-darajali, ekspertlarga 3-darajali adliya maslahatchisi beriladi.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash