XotirAI logotipiXotirAI
⚖️ «Tabiatni muhofaza qilish» qonuni · 1–13-m.

O‘zbekiston Respublikasining tabiatni muhofaza qilishga doir qonunchil … (1/5)

Moddalar

1-modda. O‘zbekiston Respublikasining tabiatni muhofaza qilishga doir qonunchiligi

O‘zbekiston Respublikasida tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi munosabatlar ushbu Qonun bilan, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining yer, suv, o‘rmon, yer osti boyliklari to‘g‘risidagi, atmosfera havosini, o‘simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish hamda ulardan foydalanish to‘g‘risidagi qonunchiligi bilan, boshqa qonunchilik hujjatlari bilan tartibga solinadi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida tabiatni muhofaza qilish sohasidagi munosabatlar Qoraqalpog‘iston Respublikasining qonunchiligi bilan ham tartibga solinadi.

2-modda. Tabiatni muhofaza qilish obyektlari va muhofaza etiladigan tabiiy hududlar

Tabiatni muhofaza qilish obyektlari (yer, yer osti boyliklari, suv, o‘simlik va hayvonot dunyosi, atmosfera havosi) ifloslanishdan, buzilishdan, zararlanishdan, oriqlab ketishdan, vayron bo‘lishdan, yo‘q bo‘lib ketishdan, nooqilona foydalanishdan muhofaza etilishi lozim.

Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar jumlasiga davlat qo‘riqxonalari, majmua (landshaft) buyurtma qo‘riqxonalari, tabiat bog‘lari, davlat tabiat yodgorliklari, ayrim tabiiy obyektlar hamda majmualarni saqlab qolish, takror ko‘paytirish va tiklash uchun mo‘ljallangan hududlar, muhofaza etiladigan landshaftlar, ayrim tabiiy resurslarni boshqarish uchun mo‘ljallangan hududlar, davlat biosfera rezervatlari, milliy bog‘lar, davlatlararo muhofaza etiladigan tabiiy hududlar kiradi.

3-modda. Tabiatni muhofaza qilishdan maqsad

Tabiatni muhofaza qilishdan maqsad:

inson salomatligi uchun, ekologik muvozanatni saqlash uchun, respublikani samarali va barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish manfaatlari yo‘lida tabiatdan oqilona va uni ishdan chiqarmaydigan qilib foydalanish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;

jonli tabiatning turlari va genetik fondi boyligini saqlab qolish;

ekologiya tizimlari, landshaftlar va noyob tabiat obyektlari xilma-xilligini saqlab qolish;

ekologiya xavfsizligini ta’minlash;

tabiat obyektlari bilan bog‘liq moddiy madaniy meros obyektlarini asrab qolishdir.

4-modda. Tabiatni muhofaza qilish maqsadlariga erishish

Tabiatni muhofaza qilish maqsadlariga erishish uchun mahalliy davlat hokimiyati organlari, vazirliklar va idoralar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, fermerlik va kooperativ xo‘jaliklar, shuningdek ayrim shaxslar xo‘jalik, boshqaruv hamda boshqa faoliyatni amalga oshirish jarayonida quyidagi qoidalarga amal qilishlari kerak:

insonning yashash muhiti bo‘lmish biosfera va ekologiya tizimlari barqarorligini saqlab qolish, odamlarning ekologik jihatdan xavfsizligi, inson va uning kelgusi avlodlari genetik fondi haqida g‘amxo‘rlik qilish;

fuqarolarning hayot uchun qulay tabiiy muhitga ega bo‘lish huquqini ta’minlash, barcha turdagi ta’lim muassasalarida ekologiya o‘quvining majburiyligi;

jamiyatning ekologik, iqtisodiy va ijtimoiy manfaatlarini ilmiy asoslangan holda uyg‘unlashtirish;

tabiatdan maxsus foydalanganlik uchun haq to‘lash va umumiy asoslarda foydalanganlik uchun haq to‘lamaslik;

ekologiya ekspertizasi o‘tkazishning majburiyligi;

tabiatdan oqilona foydalanishni va tabiatni muhofaza qilishni rag‘batlantirish;

tabiiy resurslarni tiklash zarurligi, atrof tabiiy muhit va inson sihat-salomatligi uchun zararli, tiklab bo‘lmas oqibatlarga yo‘l qo‘ymaslik;

tabiatni muhofaza qilish vazifalarini hal etishda oshkoralik;

tabiatni muhofaza qilish sohasida milliy, regional va xalqaro manfaatlarni uyg‘unlashtirish;

tabiatni muhofaza qilish qonunchiligi talablarini buzganlik uchun javobgar bo‘lish.

5-modda. Tabiiy resurslarga nisbatan mulkchilik

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq yer, yer osti boyliklari, suv, o‘simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy resurslar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir.

Tabiiy resurslarni berish, ulardan foydalanish hamda ularni muhofaza qilishning shartlari va tartibi O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligi bilan belgilanadi.

6-modda. Tabiatdan umumiy tarzda va maxsus yo‘sinda foydalanish

O‘zbekiston Respublikasida tabiatdan umumiy tarzda va maxsus yo‘sinda foydalaniladi.

Tabiatdan umumiy tarzda foydalanish fuqarolar tomonidan hayotiy zarur ehtiyojlarni qondirish uchun tekinga tabiiy resurslarni ayrim foydalanuvchilarga biriktirmay va hech qanday ruxsatnomalar bermay turib amalga oshiriladi.

Tabiatdan maxsus yo‘sinda foydalanish tariqasida korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va fuqarolarga ishlab chiqarish va o‘zga xil faoliyatni amalga oshirish uchun tabiiy resurslar haq olib maxsus ruxsatnomalar asosida egalik qilishga, foydalanish yoki ijaraga beriladi.

II. DAVLAT HOKIMIYATI ORGANLARI VA RESPUBLIKA IJRO ETUVCHI HOKIMIYAT ORGANLARINING TABIATNI MUHOFAZA ETISHGA TAALLUQLI HUQUQIY MUNOSABATLARNI TARTIBGA SOLISH SOHASIDAGI VAKOLATLARI

8-modda. Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi

O‘zbekiston Respublikasida ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni qayta tiklash sohasidagi davlat boshqaruvi qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan amalga oshiriladi.

9-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tabiatni muhofaza qilish sohasidagi vakolatlari

Tabiatni muhofaza qilish sohasida:

atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy boyliklarni va biologik xilma-xillikni saqlash, iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish hamda uning oqibatlarini yumshatish sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlash;

fuqarolarning qulay atrof-muhitga, uning holati to‘g‘risidagi ishonchli axborotga ega bo‘lish huquqlarini amalga oshirish, shuningdek ekologik osoyishtalikni ta’minlash choralarini ko‘rish;

tabiiy resurslarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish hamda tabiatdan foydalanishni tartibga solishga doir faoliyatni tashkil etish;

tabiiy resurslarning davlat kadastrlari yuritilishi tartibini belgilash va ushbu kadastrlarning yuritilishini ta’minlash, respublika ahamiyatiga molik tabiiy resurslarning zaxiralarini tasdiqlash;

favqulodda ekologik vaziyatlarning va ekologik ofatlarning, ekologik jihatdan xavf tug‘diradigan vaziyatlarning oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqish;

tabiiy ofatlar va yirik avariyalarning oldini olish hamda ularning oqibatlarini tugatish chora-tadbirlarini amalga oshirish;

tabiiy resurslardan maxsus foydalanganlik uchun haq to‘lash, atrof-muhitni ifloslantirganlik va chiqindilarni joylashtirganlik uchun kompensatsiya to‘lovlarini hisoblash tartibini, shuningdek tabiiy resurslardan foydalanish, chiqindilarni joylashtirish limitlarini belgilash;

ekologik ta’lim va tarbiya tizimini yaratish, shuningdek uning amalga oshirilishini ta’minlash;

9-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tabiatni muhofaza qilish sohasidagi vakolatlari (davomi)

muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning chegaralarini, tabiatni muhofaza qilish va xo‘jalik faoliyati rejimlarini tasdiqlash;

tabiatni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish;

O‘zbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa tadbirlarni amalga oshirish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining vakolatlari jumlasiga kiradi.

10-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining tabiatni muhofaza qilish sohasidagi vakolatlari

Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari o‘z hududida mintaqaning (hududning) ekologiya dasturini tasdiqlaydi va uning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.

Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tabiatni muhofaza qilish sohasida:

o‘z hududida tabiatni muhofaza qilishning asosiy yo‘nalishlarini o‘z ichiga olgan mintaqaning (hududning) ekologiya dasturini ishlab chiqadi va mahalliy davlat hokimiyati vakillik organiga tasdiqlash uchun kiritadi hamda uning amalga oshirilishini ta’minlaydi;

tabiiy resurslarni hisobga oladi va ularning holatiga baho beradi, ekologiya jihatidan zararli bo‘lgan obyektlarni ro‘yxatga oladi;

tabiatni muhofaza qilishga doir tadbirlarni moddiy-texnika jihatidan ta’minlaydi;

tabiiy resurslardan foydalanganlik uchun to‘lovlar undirish tadbirlarini amalga oshirishda ko‘maklashadi;

tabiatning muhofaza qilinishi ustidan nazorat o‘rnatish, atrof-muhitga zarar yetkazayotgan mahalliy ahamiyatga molik davlat obyektlari faoliyatini vaqtincha yoki butunlay to‘xtatish va qayta ixtisoslashtirish to‘g‘risida ekologik nazorat to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq maxsus vakolatli davlat organlariga takliflar kiritadi.

O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan boshqa masalalarni tartibga solish mahalliy davlat hokimiyati organlarining vakolatiga kiradi.

Atrof-muhitga zarar yetkazayotgan tadbirkorlik subyektlari hisoblangan mahalliy ahamiyatga molik obyektlarning faoliyatini to‘xtatib qo‘yish (favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar hamda aholining hayoti va sog‘lig‘iga atrof tabiiy muhitning normativdan ortiq darajada ifloslanishi bilan bog‘liq xavf yuzaga kelishining oldini olish maqsadida faoliyatni o‘n ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatga to‘xtatib qo‘yish hollari bundan mustasno) yoki tugatish va qayta ixtisoslashtirish sud tartibida amalga oshiriladi.

11-modda. O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining vakolatlari

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi:

ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni qayta tiklash sohasida davlat boshqaruvini;

chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan davlat nazoratini;

yer, yer osti boyliklarini, suv, o‘rmon, muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni, hayvonot va o‘simlik dunyosini muhofaza qilish hamda ulardan foydalanish, atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan davlat ekologik nazoratini;

ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilishga doir ishlarni muvofiqlashtirishni, tabiatni muhofaza qilish va resurslarni tejash bo‘yicha yagona siyosatni ishlab chiqish hamda ro‘yobga chiqarishda idoralararo hamkorlikni ta’minlashni amalga oshiradi.

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisobdordir.

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari mulk shaklidan va idoraviy bo‘ysunuvidan qat’i nazar, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xo‘jalik yurituvchi subyektlar hamda fuqarolar tomonidan ijro etilishi uchun majburiydir.

11-modda. O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining vakolatlari (davomi)

III. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AHOLISINING TABIATNI MUHOFAZA QILISH SOHASIDAGI HUQUQ VA MAJBURIYATLARI

12-modda. Insonning yashash uchun qulay atrof tabiiy muhitga ega bo‘lish huquqi va bu muhitni saqlab qolish borasidagi burchi

O‘zbekiston Respublikasi aholisi o‘z salomatligi va kelajak avlodning salomatligi uchun qulay tabiiy muhitda yashash, o‘z salomatligini atrof muhitning zararli ta’siridan muhofaza qilish huquqiga ega.

Ana shu maqsadda O‘zbekiston Respublikasi aholisi tabiatni muhofaza qilish bo‘yicha jamoat tashkilotlariga birlashish, atrof tabiiy muhitning ahvoli hamda uni muhofaza qilish yuzasidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlarga doir axborotlarni talab qilish va olish huquqiga ega.

O‘zbekiston Respublikasi aholisi tabiiy resurslardan oqilona foydalanishi, tabiat boyliklariga ehtiyotlik bilan munosabatda bo‘lishi, ekologiya talablariga rioya etishi shart.

13-modda. Tabiatni muhofaza qilish jamoat birlashmalarining vakolatlari

Tabiatni muhofaza qilish sohasida faoliyat ko‘rsatuvchi jamoat birlashmalarining vakolatlari O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq qabul qilingan ustavlarida belgilab qo‘yiladi.

IV. ATROF TABIIY MUHIT SIFATINI NORMATIVLAR BILAN TARTIBGA SOLISH

Bilimingizni sinang

O‘zbekiston Respublikasining tabiatni muhofaza qilishga doir qonunchiligiga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasida tabiatni muhofaza qilish sohasidagi munosabatlar qanday tartibga solinadi?
  1. Qoraqalpog‘iston Respublikasining qonunchiligi bilan ham tartibga solinadi
  2. Faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasining qonunchiligi bilan tartibga solinadi
  3. Faqat Vazirlar Mahkamasi qarorlari bilan tartibga solinadi
  4. Mahalliy hokimlik yo‘riqnomalari bilan tartibga solinadi

To‘g‘ri javob: Qoraqalpog‘iston Respublikasining qonunchiligi bilan ham tartibga solinadi. 1-moddaga ko‘ra, bu munosabatlar Qoraqalpog‘iston Respublikasining qonunchiligi bilan ham tartibga solinadi.

Fuqaro Aliyev o‘z oilasining ichimlik ehtiyoji uchun qishloqdagi umumiy foydalanishdagi buloqdan suv olmoqda. Qonunga ko‘ra, uning bunday foydalanishi qanday baholanadi?
  1. Umumiy tarzda foydalanish, tekin va ruxsatnomasiz amalga oshiriladi
  2. Maxsus yo‘sinda foydalanish, haq to‘lab ruxsatnoma olishni talab qiladi
  3. Faqat ijara shartnomasi asosida foydalanish
  4. Ekologiya vazirligining maxsus litsenziyasini talab etuvchi foydalanish

To‘g‘ri javob: Umumiy tarzda foydalanish, tekin va ruxsatnomasiz amalga oshiriladi. 6-moddaga ko‘ra, hayotiy zarur ehtiyojlar uchun umumiy tarzda foydalanish tekin va ruxsatnomalarsiz amalga oshiriladi.

Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning chegaralarini hamda tabiatni muhofaza qilish va xo‘jalik faoliyati rejimlarini kim tasdiqlaydi?
  1. Oliy Majlisning Ekologiya masalalari bo‘yicha qo‘mitasi va Senat
  2. Qishloq xo‘jaligi vazirligi va mahalliy hokimliklar birgalikda qarori bilan
  3. Prezident huzuridagi tabiatni muhofaza qilish bo‘yicha kengash
  4. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

To‘g‘ri javob: Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi. 9-moddaga ko‘ra, bu Vazirlar Mahkamasining vakolatiga kiradi.

Aholi hayoti va sog‘lig‘iga xavf yuzaga kelishining oldini olish maqsadida tadbirkorlik subyektining faoliyatini sudsiz to‘xtatib qo‘yish eng ko‘pi bilan qancha muddatga mumkin?
  1. besh ish kunidan
  2. o‘n besh ish kunidan
  3. o‘n ish kunidan
  4. o‘ttiz ish kunidan

To‘g‘ri javob: o‘n ish kunidan. Bunday hollarda faoliyat o‘n ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatga to‘xtatib qo‘yilishi mumkin; boshqa hollarda sud tartibida.

Mintaqaning (hududning) ekologiya dasturini mahalliy davlat hokimiyati organlaridan qaysi biri tasdiqlaydi va uning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi?
  1. Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organi
  2. Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organi
  3. Ekologiya vazirligining hududiy bo‘linmasi
  4. Tabiatni muhofaza qilish jamoat birlashmasi

To‘g‘ri javob: Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organi. 10-moddaga ko‘ra, ekologiya dasturini vakillik organi tasdiqlaydi, ijro etuvchi organ esa uni ishlab chiqadi.

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi o‘z faoliyatida kimga hisobdor?
  1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga
  2. Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlariga
  3. Jamoat birlashmalariga
  4. Faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi hukumatiga

To‘g‘ri javob: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga. 11-moddaga ko‘ra, vazirlik Vazirlar Mahkamasiga hisobdordir.

Tabiatni muhofaza qilish qonuniga ko‘ra, Ekologiya vazirligining o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari kimlar uchun majburiy?
  1. Faqat davlat mulkidagi xo‘jalik yurituvchi subyektlar va ularga idoraviy bo‘ysunuvchi korxonalar uchun
  2. Faqat vazirlikka idoraviy bo‘ysunuvchi tashkilotlar, ularning xodimlari va shu tizimdagi korxonalar uchun
  3. Mulk shakli va idoraviy bo‘ysunuvidan qat’i nazar, ijro etuvchi organlar, xo‘jalik subyektlari va fuqarolar uchun
  4. Faqat respublika ijro etuvchi organlari va mahalliy hokimliklar hamda ularning xodimlari uchun

To‘g‘ri javob: Mulk shakli va idoraviy bo‘ysunuvidan qat’i nazar, ijro etuvchi organlar, xo‘jalik subyektlari va fuqarolar uchun. Vazirlik qarorlari mulk shakli va idoraviy bo‘ysunuvidan qat’i nazar barcha sanalgan subyektlar uchun majburiy.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
Keyingi →Atrof tabiiy muhit sifatining normativlari va standartlari (2/5)