Rossiya imperiyasi bosqini arafasida Buxoro amirligi, Qo‘qon va Xiva xon- liklaridagi ijtimoiy–siyosiy va iqtisodiy ahvol
ROSSIYA IMPERIYASI BOSQINI ROSSIYA IMPERIYASI BOSQINI ARAFASIDA BUXORO AMIRLIGI, ARAFASIDA BUXORO AMIRLIGI, QO‘QON VA XIVA XONLIKLARIDAGI QO‘QON VA XIVA XONLIKLARIDAGI IJTIMOIY–SIYOSIY VA IQTISODIY AHVOL IJTIMOIY–SIYOSIY VA IQTISODIY AHVOL
MULOHAZA UCHUN
BUGUN DARSDA 1. XIX asrga kelib O‘rta Osiyo hududlari Rossiya imperiyasi uchun qanday ahamiyatga ega bo‘lgan? 2. XIX asr o‘rtalarida jahondagi yetakchi davlatlarning iqtisodiy-ijtimoiy, harbiy-siyosiy holati qanday darajada bo‘lgan? 3. O‘rta Osiyodagi Rossiya–Angliya raqobatida Rossiya imperiyasi imkoniyatlarining yuqoriligi nimalarda namoyon bo‘ldi? 4. XIX asrda O‘rta Osiyodagi madrasalarda qanday fanlar o‘qitilgan? 5. Davlatning rivojida ilm-fanning o‘rni qanday ahamiyat kasb etadi? Fikringizni asoslang.
- XIX asrning o‘rtalarida
O‘rta Osiyo xonliklarining siyosiy, iqtisodiy holati. • Xonliklarda davlat boshqaruvi. • O‘rta Osiyoda Rossiya–
MULOHAZA UCHUN
Angliya raqobati.
MA’LUMOT UCHUN
Buxoro amirligi chegaralari janubda Amudaryoning chap qirg‘og‘idan boshlanib shimolda Sirdaryogacha, sharqda Pomir tog‘laridan g‘arbda Xiva xonligi yerlarigacha cho‘zilgan. Davlat hududi XIX asrning o‘rtalarida Eron, Afg‘oniston, Qo‘qon va Xiva xonliklari, qozoq juzlari yerlari bilan che garadosh bo‘lgan.
Amirlikning markaziy qismi Buxoro va Samarqand shaharlari joylashgan Zarafshon vodiysi hisoblangan. Shu bilan birga hududiy jihatdan viloyat va tumanlarga bo‘linib, ularni amir tomonidan tayinlangan beklar boshqargan. Amirlik tarkibida 40 ta viloyat bo‘lgan.
Buxoro amirligining aholisi soni 2 million atrofida bo‘lgan.
IJODIY FAOLIYAT
1. Buxoro amirligi hududini zamonaviy xaritadan aniqlang. 2. Buxoro nomi bilan bog‘liq 5 ta tarixiy fakt keltiring.
MA’LUMOT UCHUN
Xiva xonligi XIX asrning ikkinchi yarmida janubda Eron, sharqda Buxoro amirligi, g‘arbda Kaspiy dengizi, shimolda qozoq juzlari yerlari bilan chegaradosh bo‘lgan.
Xonlikning ma’muriy markazi Xiva shahri hisoblangan. Xiva xonligida Xiva, Kat, Yangi Urganch, Hazorasp, Qo‘ng‘irot, Xo‘jayli kabi bekliklarning markazlari bor edi. Xiva xonligi 18 ta beklik, 2 ta noiblikka bo‘lingan va ularni xon tomonidan tayinlangan beklar va to‘ralar boshqargan.
IJODIY FAOLIYAT
1. Berilgan ma’lumotdan foydalanib Xiva va Qo‘qon xonligining taxminiy xaritasini chizing. 2. Xiva va Qo‘qon xonligi hududini zamonaviy xaritadan aniqlang.
XIX asrning ikkinchi yar mida Xiva xonligida aholi soni 800 ming kishidan ortiq bo‘lib, asosan o‘zbeklar dan tashkil topgan.
Qo‘qon xonligi 15 ta beklikka bo‘linib, ularni, asosan, xonning qarindoshlari va yaqinlari orasidan tayinlangan kishilar boshqargan.
MA’LUMOT UCHUN
Qo‘qon xonligi. XVIII asrning boshlarida Buxoro amirligidan Farg‘ona vodiysi va Sirdaryoning quyi qismigacha bo‘lgan hududlar ajrab, mustaqil davlat – Qo‘qon xonligi tashkil topadi. Xonlik sharqda Sharqiy Turkiston, g‘arbda Buxoro amirligi va Xiva xonligi, shimolda Qozoq juzlari yerlari bilan chegaradosh bo‘lgan. Xonlikning janubiy chegaralari Qorategin, Ko‘lob, Darvoz, Sho‘g‘non singari tog‘li o‘lkalarni o‘z ichiga olib, bu hududlar uchun Buxoro amirligi bilan tez-tez to‘qnashuvlar bo‘lib turgan. Xonlikning hududi Buxoro amirligi va Xiva xonliklaridan farqli o‘laroq, sersuv daryolar, so‘lim vodiylar, serhosil yerlarga boy bo‘lgan.
MA’LUMOT UCHUN
Qo‘qon xonligida aholi soni 3 millionga yaqin bo‘lgan.
MA’LUMOT UCHUN
XIX asrning o‘rtalariga kelib, Buxoro amirligi, Xiva va Qo‘qon xonliklari aholisining etnik tarkibi bir-biriga yaqin, asosan, o‘zbeklardan iborat bo‘lgan. Shu bilan birga uchala xonlik hududlarida tojiklar, qozoqlar, qoraqalpoqlar, turkmanlar, qirg‘izlar bilan birga uyg‘urlar, yahudiylar, hindlar va boshqa elat vakillari ham yashagan.
IJODIY FAOLIYAT
Nuqtalar o‘rnini to‘ldiring: 1. Uch xonlikning hududi bugungi kundagi O‘zbekistondan tashqari,...,...,... va... yerlarining bir qismini ham o‘z ichiga olgan.
Buxoro amirligi:... ta beklik –... mln aholi. Xiva xonligi:... ta beklik,... ta noiblik –... ming aholi. Qo‘qon xonligi:... ta beklik –... mln aholi. Xaritadan XIX asr o‘rtalarida Buxoro amirligi, Xiva va Qo‘qon xonliklari hududini chegaralab bering. 2. To‘g‘ri javobni toping.
1 Buxoro amirligi a sharqda Sharqiy Turkiston, g‘arbda Buxoro amirligi va Xiva xonligi, shimolda Qozoq xonliklari yerlari bilan, janubiy chegaralari Qorategin, Ko‘lob, Darvoz, Sho‘g‘non singari tog‘li o‘lkalarni o‘z ichiga olgan. 2 Xiva xonligi b chegaralari janubda Amudaryoning chap qirg‘og‘idan boshlanib shimolda Sirdaryogacha, sharqda Pomir tog‘laridan g‘arbda Xiva xonligi yerlarigacha cho‘zilgan.
IJODIY FAOLIYAT
3 Qo‘qon xonligi d Eron, sharqda Buxoro amirligi, g‘arbda Kaspiy dengizi, shimolda qozoq juzlari yerlari bilan chegaradosh bo‘lgan.
MA’LUMOT UCHUN
Buxoro amirligida oliy hukmdor amir hisoblanib, uning hokimiyati avloddan avlodga meros tarzida o‘tgan. Amirlikni cheklanmagan hokimiyatga ega bo‘lgan mang‘itlar sulolasiga mansub hukmdorlar boshqargan.
Buxoro amiri taxti
Buxoro shahri amirlikning ma’muriy markazi edi. Amirlikda ijro hokimiyati bosh vazir – qo‘shbegi qo‘lida bo‘lgan. Viloyat va tuman beklari qo‘shbegi tavsiyasi bilan tayinlangan. Moliya va xazina ishlari, soliqlar to‘planishi kabi sohalarni devonbegi idora qilgan.
Devonbegiga tashqi aloqalarni yuritish ham yuklatilgan. Unga amirlik hujjatlarini yuritishga mas’ul mirzaboshi bo‘ysungan. Amirlikda soliqlarni o‘z vaqtida yig‘ishga javobgar kishi mushrif hisoblangan.
IJODIY FAOLIYAT
Dodxoh lavozimini egallab turgan shaxs xalqning shikoyatlari bilan shug‘ullangan. Oliy hukmdor farmonlarini parvonachi e’lon qilgan. Shariat qoidalari va qonunlar ijrosi, sud ishlarini nazorat qilishni shayxulislom bajargan. Amir qarorgohi hisoblangan arkda taxt vorisi – valiahd tarbiyasi bilan otaliq mashg‘ul bo‘lgan. To‘p chiboshi amir qo‘shinlarining bosh qo‘mondoni bo‘lgan. Amirlikning shaharlarida tinchlik va tartibni saqlashga amir soqchilari boshlig‘i – mirshabboshi mas’ul hisoblangan. Ko‘kaldosh mamlakat xavfsizligi, amirning yaqinlari, do‘stlari va dushmanlari to‘g‘risida ma’lumotlar to‘plash bilan shug‘ullangan.
MA’LUMOT UCHUN
Xiva xonligi qo‘ng‘irotlar sulolasi tomonidan boshqarilib, uning oliy hukmdori xon hisoblangan. Xon qarorgohi Xiva shahrida joylashgan. Bu shaharda ichki – Ichan qal’a va mudofaa devori bilan o‘ralgan tashqi – Dishan qal’a mavjud bo‘lgan.
Xonlikda oliy amaldor devonbegi hisoblanib, uning ixtiyorida qo‘shbegi, mehtar, otaliqdan iborat kengash faoliyat ko‘rsatgan.
Aholining tinchligi va osoyishtaligi bilan mirshabboshi, xonlikdagi tartib-intizom ishlariga xon qo‘shinlarining bosh qo‘mondoni – yasovulboshi, diniy ishlar va shariat qoidalariga rioya etilishi va amal qilinishi masalalariga shayxulislom, sug‘orish inshootlari va suv ta’minoti hamda taqsimotiga mirobboshi mas’ul hisoblangan. Harbiy bo‘linmalarga lashkarboshilar qo‘mondonlik qilgan. Askarlik xizmatida bo‘lganlar soliqlardan ozod qilingan.
MA’LUMOT UCHUN
Xiva xoni taxti
IJODIY FAOLIYAT
MA’LUMOT UCHUN
Qo‘qon xonligi minglar sulolasi tomonidan boshqarilgan va uning ma’muriy markazi Qo‘qon shahri bo‘lgan.
Eng yuqori harbiy lavozim amirlashkar bo‘lib, u harbiy vazir hisoblangan. Xonlikdagi alohida harbiy bo‘linmalarga mingboshilar rahbarlik qilgan. Ular bosh vazir vazifasini ham bajargan.
Xazina ishlari va xarajatlarini mehtar nazorat qilib borgan. Qozikalon, qozilar islom dini qoidalari asosida sud ishlarini olib borganlar. Muhtasib raislar diniy ishlar, shariat qoidalariga rioya qilinishi, savdo-sotiqning to‘g‘ri yuritilishini nazorat qilganlar. Xonlikdagi ichki tartib-intizom ishlari bilan mirshablar shug‘ullangan. Qo‘qon xoni taxti
IJODIY FAOLIYAT
№ Davlat nomi Hududi Aholisi Boshqaruv Lavozimlar
IJODIY FAOLIYAT
Buxoro amirligi, Xiva va Qo‘qon xonliklarida yerga egalik qilish shakllari deyarli bir xil edi. XIX asrda aholining aksariyati katta yer egalariga tegishli ekin maydonlarida mehnat qilganlar. Ular ijaraga olgan yerlari uchun hosilning bir qismini xiroj sifatida to‘laganlar.
Soliq va to‘lovlar mahsulot yoki pul ko‘rinishida to‘langan. Bundan tashqari sug‘orish inshootlari, yo‘llar, ko‘priklar qurish va ularni ta’mirlash kabi ishlar ham bo‘lgan.
IJODIY FAOLIYAT
Bu davrda aholidan xiroj, zakot, suv, tegirmon, tuz, mulk, tomorqa, bog‘ va boshqa soliqlar yig‘ilgan. Xiva xonligida asosiy soliq solg‘ut deb atalgan. Harbiy majburiyatda har bir erkak ki shi oziq-ovqati, qurol-aslahasi bilan birga qatnashishi kerak bo‘lgan. Har bir hududda aholi va ma’muriyat vakillari sug‘orish sohasiga mas’ul va javobgar bo‘lgan. Sug‘orish ishlari bilan miroblar shug‘ullanganlar.
Qo‘qon xonligida aholi, asosan, sug‘orma dehqonchilik bilan shug‘ullangan. Vodiy hududida yirik sug‘orish inshootlari – Shahrixonsoy, Andijonsoy, Marg‘ilonsoy, Yangiariq, Ulug‘nor, Qoradaryo kabilar bo‘lgan. Suv chiqishi qiyin bo‘lgan joylarga maxsus qurilmalar – chig‘irlar yordamida suv chiqarilgan.
IJODIY FAOLIYAT
Amudaryo, Sirdaryo suvlari turli sun’iy sug‘orish tizimlari – kanallar hamda uning bo‘ylariga qurilgan to‘g‘onlar orqali ekin maydonlariga yetkazilgan.
Agrar (lotincha – agrarius) – yerga, dalaga oid – qishloq xo‘jaligi bilan shug‘ulla niladigan hududga, aho lining qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish hajmi ustun bo‘lgan joy ga nisbatan qo‘llaniladi.
IJODIY FAOLIYAT
BILASIZMI?
O‘rta Osiyo davlatlarida ko‘plab hunarmandchilik markazlari mavjud bo‘lib, ular mahalliy xususiyatlariga ko‘ra turli sohalarga ixtisoslashgan. Masalan, Marg‘ilonda atlas to‘qish, do‘ppichichilik, Rishtonda kulolchilik, Shahrixonda pichoqchilik, do‘ppichilik, duradgorlik, Chustda ham do‘ppichilik, pichoqchilik, Qo‘qonda temirchilik, duradgorlik, zargarlik, Buxoroda va Samarqandda zargarlik, Xivada me’morchilik, ganchkorlik rivojlangan.
Buxoro amirligida bu davrda kulolchilik, temirchilik, misgarlik, zardo‘zlik, shishasozlik, kandakorlik, badiiy kashtachilik sohalari ham keng tarqalgan.
Xonliklarda temir mahsulotlariga ehtiyoj katta bo‘lganligi bois metallga ishlov beruvchi mahalliy temirchilik sohasi rivojlangan. O‘rta Osiyo savdogarlari Eron, Xitoy, Hindiston, Afg‘oniston, Rossiya davlatlari va qozoq juzlari bilan savdo-sotiq qilganlar. Xorijda hunarmandlarning zargarlik mahsulotlari, shoyi va atlas matolari, kulolchilik buyumlari yuqori baholangan.
BILASIZMI?
Bu davr da AQSHda Shimol va Janub o‘rtasida boshlangan fuqarolar urushi (1861–1865) tufayli Rossiyaning to‘qimachilik sanoati uchun paxta xomashyosi taqchilligi vujudga keldi. To‘qimachilik sanoati uchun xomashyo bo‘lgan paxtaning yetish masligi O‘rta Osiyo yerlari va resurslariga ehtiyojni yanada oshirdi.
MA’LUMOT UCHUN
Har uchala xonlikda ta’lim tizimi deyarli bir xilda bo‘lgan. Madrasalarda o‘qish muddati asosan sentyabr oyining ikkinchi yarmida boshlanib, mart oyining oxiriga qadar davom etgan. Shu tariqa o‘qish mavsumi ko‘pincha 6 oy bo‘lgan. Ta’lim olish muddati ko‘p hollarda cheklanmagan. Madrasalar mudarris, imom, qozi, mirza, moliyaviy ishlarni olib boruvchi, yer-suvni taqsimlovchi singari mutaxassislarni tayyorlagan. Bu davrda ikki tilda, ya’ni o‘zbek va fors tillarida ijod qilingan. O‘rta Osiyo xalqlarining mushtarak tarixi mustahkam do‘stlik asosiga qurilgan edi.
Tarixning qaysi davrida bo‘lmasin, mahalliy aholi ma’rifatga intilib kelgan. An’anaviy ta’lim tizimida maktablar boshlang‘ich o‘quv maskanlari bo‘lib, ular shahar, qishloqlarda va ovullarda ham mavjud edi. Ular odatda, masjid, madrasa huzurida yoki xususiy hovlilarda tashkil etilgan. Maktablarda diniy bilimlar bilan bir qatorda jo‘g‘rofiya (geografiya), sanoq, savodxonlik kabi darslar ham berilgan.
MA’LUMOT UCHUN
Har bir xonadonda ichki va tashqi hovlilar mavjud bo‘lib, hovlilarda tashkil qilinadigan maktablarda, asosan, dastlabki xat-savod o‘rgatilgan. Agar o‘g‘il bolalarga dars beradigan domlaning ayoli ham ichkari hovlida xotin-qizlarga xat-savod o‘rgatsa, bu ayni muddao bo‘lib, domla ta’lim yangiliklarini ayoli orqali xotin-qizlarga ham yetkazib turish iga imkon bo‘lgan.
Har bir ota-ona farzandlarini yoshligidan ta’lim olish uchun maktablarga yuborilgan. O‘quvchilar dastlab «Haftiyak»ni uni tugatganlaridan so‘ng «Chor-kitob» (To‘rt kitob)ni o‘qishgan.
Madrasalar va maktablar vaqf mulkidan moliyalashtirilgan. Talabalar madrasaga maktabni tugatganidan so‘ng qabul qilingan. Ularning yoshi 10 yoshdan 40 yoshgacha bo‘lgan.
MULOHAZA UCHUN
XIX asrning boshlarida Britaniyaning Ost-Indiya kompaniyasi strategik ahamiyatga ega bo‘lgan xonliklar hududiga qiziqa boshladi. 1825-yilda Angliya mintaqaviy aloqalarni yo‘lga qo‘yish uchun M. Murkroftni Buxoro amirligiga yuboradi.
1832-yilda esa Buxoroga A. Byorns, 1844-yilda mayor I. Volf, 1843-yilda Xiva va Buxoroga kapitan J. Abbot yuborilgan.
O‘rta Osiyo davlatlariga harbiy sohada yordam berish va ularga Rossiya imperiyasiga qarshi harbiy ittifoq tuzish taklifi bilan Buxoroga kelgan Angliyaning Ost-Indiya kompaniyasi vakillari Ch. Stoddart va A. Konnoli 1842-yilda amir tomonidan qatl qilinadi.
A. Byorns
Bunga javoban Angliya hukumati Buxoroga qarshi Afg‘oniston bilan sulh tuzib, qurollantiradi. Natijada 1855-yilda o‘zbeklar va tojiklar yashaydigan Amudaryoning janubiy sohilidagi hududlar Afg‘oniston viloyatiga aylantirildi.
MULOHAZA UCHUN
J. Abbot
IJODIY FAOLIYAT
BILASIZMI?
Rossiya imperiyasi tashqi siyosatida o‘z chegaralarini sharqqa tomon kengaytirish uchun dastlab Buxoro amirligi, Xiva va Qo‘qon xonliklari bilan har tomonlama aloqalar o‘rnatishga harakat qildi.
Xalqaro doirada ingliz tovarlarining O‘rta Osiyoga kirib kelishi, Angliyaning bu hududga nisbatan qiziqishi ortib borishi Rossiya imperiyasi hukumatining istilochilik harakatlarini yanada tezlashtirdi.
XIX asrning birinchi yarmida O‘rta Osiyo xonliklari bir-birini qo‘llabquvvatlamadi, aksincha, o‘zaro nizolar ularni zaifl ashtirdi.
Bunday vaziyat oxir-oqibat xonliklarning istilo qilinishini osonlash tirdi.
XIX asrning o‘rtalariga kelib Angliya O‘rta Osiyoga qiziqa boshladi.
BILASIZMI?
Rossiya imperiyasining Buxoro amirligi, Qo‘qon va Xiva xonliklarini bosib olish harakat larini tezlashtirishga sabab bo‘ldi.
Bu Rossiya imperiyasi O‘rta Osiyo bilan bog‘lovchi savdo yo‘llarini to‘liq o‘z qo‘liga olishga harakat qildi.
Afg‘oniston Rossiya va Angliya o‘rtasida. O‘sha davr karikaturasi
Toshkentga olib boradigan asosiy Orenburg yo‘lida harbiy istehkomlar qurildi. 1847-yilda Sirdaryoning Orolga quyilish joyida Raim qal’asi bunyod etildi.
DARSDAN SABOQ CHIQARIB
ROSSIYA IMPERIYASINING O‘RTA ROSSIYA IMPERIYASINING O‘RTA OSIYOGA YURISHI VA TURKISTON OSIYOGA YURISHI VA TURKISTON GENERAL-GUBERNATORLIGINING GENERAL-GUBERNATORLIGINING TASHKIL TOPISHI TASHKIL TOPISHI
DARSDAN SABOQ CHIQARIB
BUGUN DARSDA Jahon tarixidan olgan bilimlaringizga tayanib va QR asosida quyidagi savollarga javob bering: 1. XIX asrda Rossiya imperiyasining harbiy qudrati va tajribasi qanday bo‘lgan? 2. O‘rta Osiyo xonliklarining harbiy kuchlari bilan o‘sha davrdagi Rossiya imperiyasi armiyasining farqini aytib bering.
MULOHAZA UCHUN
- Qo‘qon xonligi shimoliy
hududlarining bosib olinishi. • Turkiston generalgubernatorligi va Turkiston harbiy okrugining tuzilishi.
MA’LUMOT UCHUN
Rossiya imperatori Aleksandr II 1859-yilda Qo‘qon xonligini bosib olishning davom ettirilishi to‘g‘risida bergan ko‘rsatmasidan so‘ng harbiy harakatlar kuchaydi. Buning uchun, eng avvalo, xonlikning Toshkent shahri bosib olinishi zarur edi. Toshkentni bosib olishda Oqmachit qal’asi harbiy harakatlarning tayanchiga aylandi. Imperiya qo‘shinlarining Oqmachit qal’asini bosib olish borasidagi dastlabki harakatlari (1852-yil) mag‘lubiyatga uchragach, 1853-yilda uni egallash uchun ikkinchi marta hujum boshlangan. 3 mingdan ortiq kishidan iborat rus harbiy qo‘shiniga 400 kishidan iborat qal’a himoyachilari 20 kun davomida qarshilik ko‘rsatgan. Qurshovda qolgan qal’a himoyachilari oxirgi imkoniyatlari qolgunicha jang qildilar. Kuchlar notengligi oqibatida Rossiya imperiyasi qo‘shinlari tomonidan qal’a egallangan. Bu qal’aga Perovskiy forti deb nom berildi.
MA’LUMOT UCHUN
Jangdan so‘ng
Oqmachit harobalari va Oqmachit qo‘mondoni
Yoqub Bek
Muhim sanalar
- 1825-yilda — 1825-yilda Angliya mintaqaviy aloqalarni yo‘lga qo‘yish uchun M. Murkroftni Buxoro amirligiga yuboradi.
- 1832-yilda — 1832-yilda esa Buxoroga A. Byorns, 1844-yilda mayor I. Volf, 1843-yilda Xiva va Buxoroga kapitan J. Abbot yuborilgan.
- 1842-yilda — Stoddart va A. Konnoli 1842-yilda amir tomonidan qatl qilinadi.
- 1843-yilda — 1832-yilda esa Buxoroga A. Byorns, 1844-yilda mayor I. Volf, 1843-yilda Xiva va Buxoroga kapitan J. Abbot yuborilgan.
- 1844-yilda — 1832-yilda esa Buxoroga A. Byorns, 1844-yilda mayor I. Volf, 1843-yilda Xiva va Buxoroga kapitan J. Abbot yuborilgan.
- 1847-yilda — 1847-yilda Sirdaryoning Orolga quyilish joyida Raim qal’asi bunyod etildi.
- 1852-yil — Imperiya qo‘shinlarining Oqmachit qal’asini bosib olish borasidagi dastlabki harakatlari (1852-yil) mag‘lubiyatga uchragach, 1853-yilda uni egallash uchun ikkinchi marta hujum boshlangan.
- 1853-yilda — Imperiya qo‘shinlarining Oqmachit qal’asini bosib olish borasidagi dastlabki harakatlari (1852-yil) mag‘lubiyatga uchragach, 1853-yilda uni egallash uchun ikkinchi marta hujum boshlangan.
- 1855-yilda — Natijada 1855-yilda o‘zbeklar va tojiklar yashaydigan Amudaryoning janubiy sohilidagi hududlar Afg‘oniston viloyatiga aylantirildi.
- 1859-yilda — Rossiya imperatori Aleksandr II 1859-yilda Qo‘qon xonligini bosib olishning davom ettirilishi to‘g‘risida bergan ko‘rsatmasidan so‘ng harbiy harakatlar kuchaydi.
Bilimingizni sinang
Qaysi davlat chegaralari janubda Amudaryoning chap qirg‘og‘idan shimolda Sirdaryogacha, sharqda Pomir tog‘laridan g‘arbda Xiva xonligi yerlarigacha cho‘zilgan?
- Qo‘qon xonligi
- Turkiston general-gubernatorligi
- Buxoro amirligi
- Xiva xonligi
To‘g‘ri javob: Buxoro amirligi. Aynan Buxoro amirligi chegaralari Amudaryoning chap qirg‘og‘idan Sirdaryogacha, Pomirdan Xiva yerlarigacha cho‘zilgan.
XIX asr o‘rtalarida Buxoro amirligi tarkibida nechta viloyat bo‘lgan?
- 32 ta
- 56 ta
- 24 ta
- 40 ta
To‘g‘ri javob: 40 ta. Amirlik tarkibida 40 ta viloyat bo‘lgan.
XIX asr o‘rtalarida Buxoro amirligining aholisi soni qancha atrofida bo‘lgan?
- 2 million
- 4 million
- 5 million
- 1 million
To‘g‘ri javob: 2 million. Buxoro amirligi aholisi 2 million atrofida bo‘lgan.
XIX asr o‘rtalarida Buxoro amirligining aholisi taxminan qancha edi?
- 1 million atrofida
- 2 million atrofida
- 3 million atrofida
- 800 ming atrofida
To‘g‘ri javob: 2 million atrofida. Buxoro amirligining aholisi soni 2 million atrofida bo‘lgan.
Buxoro amirligi tarkibida nechta viloyat bo‘lgan?
- 15 ta
- 18 ta
- 20 ta
- 40 ta
To‘g‘ri javob: 40 ta. Amirlik tarkibida 40 ta viloyat bo‘lgan.
Buxoro amirligining markaziy qismi qaysi vodiy hisoblangan?
- Zarafshon vodiysi
- Farg‘ona vodiysi
- Surxon vodiysi
- Xorazm vohasi
To‘g‘ri javob: Zarafshon vodiysi. Markaziy qism Buxoro va Samarqand joylashgan Zarafshon vodiysi bo‘lgan.
XIX asrning ikkinchi yarmida janubda Eron, sharqda Buxoro amirligi, g‘arbda Kaspiy dengizi, shimolda qozoq juzlari bilan chegaradosh bo‘lgan davlat qaysi?
- Turkiston general-gubernatorligi
- Buxoro amirligi
- Qo‘qon xonligi
- Xiva xonligi
To‘g‘ri javob: Xiva xonligi. Bunday chegaralarga ega davlat Xiva xonligi bo‘lgan.
Xiva xonligi 2 ta noiblikdan tashqari nechta beklikka bo‘lingan edi?
- 30 ta
- 18 ta
- 22 ta
- 12 ta
To‘g‘ri javob: 18 ta. Xiva xonligi 18 ta beklik va 2 ta noiblikka bo‘lingan.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash