XotirAI logotipiXotirAI
📜 10-sinf · O‘zbekiston tarixi · 2

Rossiya imperiyasining O‘rta Osiyoga yurishi va Turkiston general-guber- natorligining tashkil topishi

ROSSIYA IMPERIYASINING O‘RTA ROSSIYA IMPERIYASINING O‘RTA OSIYOGA YURISHI VA TURKISTON OSIYOGA YURISHI VA TURKISTON GENERAL-GUBERNATORLIGINING GENERAL-GUBERNATORLIGINING TASHKIL TOPISHI TASHKIL TOPISHI

BUGUN DARSDA Jahon tarixidan olgan bilimlaringizga tayanib va QR asosida quyidagi savollarga javob bering: 1. XIX asrda Rossiya imperiyasining harbiy qudrati va tajribasi qanday bo‘lgan? 2. O‘rta Osiyo xonliklarining harbiy kuchlari bilan o‘sha davrdagi Rossiya imperiyasi armiyasining farqini aytib bering.

MULOHAZA UCHUN

hududlarining bosib olinishi. • Turkiston generalgubernatorligi va Turkiston harbiy okrugining tuzilishi.

MA’LUMOT UCHUN

Rossiya imperatori Aleksandr II 1859-yilda Qo‘qon xonligini bosib olishning davom ettirilishi to‘g‘risida bergan ko‘rsatmasidan so‘ng harbiy harakatlar kuchaydi. Buning uchun, eng avvalo, xonlikning Toshkent shahri bosib olinishi zarur edi. Toshkentni bosib olishda Oqmachit qal’asi harbiy harakatlarning tayanchiga aylandi. Imperiya qo‘shinlarining Oqmachit qal’asini bosib olish borasidagi dastlabki harakatlari (1852-yil) mag‘lubiyatga uchragach, 1853-yilda uni egallash uchun ikkinchi marta hujum boshlangan. 3 mingdan ortiq kishidan iborat rus harbiy qo‘shiniga 400 kishidan iborat qal’a himoyachilari 20 kun davomida qarshilik ko‘rsatgan. Qurshovda qolgan qal’a himoyachilari oxirgi imkoniyatlari qolgunicha jang qildilar. Kuchlar notengligi oqibatida Rossiya imperiyasi qo‘shinlari tomonidan qal’a egallangan. Bu qal’aga Perovskiy forti deb nom berildi.

MA’LUMOT UCHUN

Jangdan so‘ng

Oqmachit harobalari va Oqmachit qo‘mondoni

Yoqub Bek

1864-yilda Rossiya imperiyasining uch mingdan ko‘proq qo‘shini ikki yo‘nalishda: biri

Perovskiy fortidan (Orenburg tomondan), boshqasi esa Verniy (Almati) shahri tomondan Toshkentni bosib olish uchun yo‘lga chiqdi. Ular avval Talas daryosining chap sohilidagi Avliyoota (hozirgi Taroz shahri)ni bosib oldi.

IJODIY FAOLIYAT

Savollar: Nima uchun, eng avvalo, Tosh kent shahrini bosib olish zarur, deb hisoblangan? Toshkentning strategik ahamiyati nimadan iborat edi?

MA’LUMOT UCHUN

Turkiston va Chimkent shaharlari mudofaasiga Qo‘qon xonining amirlashkari Aliquli (Alimqul) rahbarlik qildi. Kuchlar teng emas edi. O‘sha davrning zamonaviy qurollari bilan qurollangan imperiya qo‘shinlari Qo‘qon xonligiga qarashli Turkiston shahrini ishg‘ol qildi va 20 kilometrlik qal’a devori bilan o‘ralgan Toshkentni bosib olishga tayyorgarlik ko‘ra boshladi.

Bu harbiy harakatlarga M. Chernyayev qo‘mondon etib tayinlandi. 1864-yil kuzida Chimkent shahri egallanib, Yangi Qo‘qon chizig‘i asosida qo‘lga kiritilgan qal’alar birlashtirildi. Natijada Raim qal’asidan Perovskiy fortigacha Sirdaryo istehkom chizig‘i, Semipalatinskdan Verniy shahrigacha Sibir istehkom chizig‘i vujudga keldi.

IJODIY FAOLIYAT

Nuqtalar o‘rnini to‘ldiring. 1. Oqmachit qal’asini bosib olish uchun... hujum 1853-yilda boshlanadi....dan ortiq kishidan iborat harbiy qo‘shinga... kishidan iborat qal’a himoyachilari... kun davomida qarshilik ko‘rsatdi. 2. Oqmachit –...yil, Chimkent, Turkiston –... yil bosib olindi. 3. Yangi...,... istehkom...ning tashkil etildi. 4.... otryadi Qo‘qon xonligiga qarashli Turkiston shahrini bosib oldi. 5.... Turkiston va Chimkent shaharlari mudofaasiga... qilishga Qo‘qon xoni tomonidan yuborilgan. 6....yil kuzida... qal’asidan... fortigacha... istehkom chizig‘i,...dan... shahrigacha... istehkom chizig‘i vujudga keldi.

IJODIY FAOLIYAT

Toshkent. Eski shahar

MA’LUMOT UCHUN

xaritasi. XIX asr

Taxtapul Taxtapul Qorasaroy Qorasaroy

Toshkent O‘rta Osiyoning siyosiy, iqtisodiy, yirik ma’muriy va savdo-sotiq markazlaridan biri hisoblangan. Har tomondan shaharga kirish uchun qurilgan 12 ta darvozalari soqchilar tomonidan qo‘riqlangan. Shaharni mudofaa qilish uchun qurilgan devor ortida Kaykovus arig‘ining suvi bilan to‘ldiriladigan xandaqlar bo‘lgan. 1864-yil 1-oktyabrida M. Chernyayev o‘zini imperiyaga yaxshi ko‘rsatish uchun tezlik bilan Toshkentni bosib olmoqchi bo‘ldi. Lekin shahar himoyachilari Chernyayev ni Chimkentga chekinishga majbur qildi.

Sag‘bon Sag‘bon

Labzak Labzak

Chig‘atoy Chig‘atoy

MA’LUMOT UCHUN

Qoshg‘ar Qoshg‘ar

Shayxontohur Shayxontohur

Ko‘kcha Ko‘kcha

Ko‘kaldosh Ko‘kaldosh

Qo‘qon Qo‘qon

Qo‘ymas Qo‘ymas

Samarqand Samarqand

Beshyog‘och Beshyog‘och

Kamolon Kamolon

BILASIZMI?

XIX asrning ikkinchi yarmida Toshkent shahrining 12 ta darvozasi bo‘lgan. Bular: Labzak, Taxtapul, Qorasaroy, Sag‘bon, Chig‘atoy, Ko‘kcha, Samarqand, Kamolon, Beshyog‘och, Qo‘ymas, Qo‘qon, Qoshg‘ar. Toshkent to‘rtta – Beshyog‘och, Ko‘kcha, Sebzor va Shayxontohur dahalariga bo‘linib, har bir daha o‘z oqsoqoli tomonidan boshqarilgan.

1865-yil aprel oyi oxirida M. Chernyayev boshchiligidagi harbiy qo‘shin Chirchiq daryosining chap sohilida joylashgan Niyozbek qal’asiga kelib, uni jangsiz topshirishni taklif qiladi, lekin qal’a himoyachilari rad javobini berib, mudofaaga o‘tadi. Qal’a to‘plardan o‘qqa tutilib, devorlari buzib tashlandi.

BILASIZMI?

Oqibatda Niyozbek qo‘rg‘oni dushman qo‘liga o‘tdi. Ushbu qal’aning bosib olinishi Chernyayevga Toshkentni suv ta’minotidan uzib qo‘yish imkonini berdi. Uning buyrug‘i bilan Toshkent shahri aholisini suv bilan ta’minlaydigan Chirchiq daryosidagi to‘g‘on buzib tashlanadi.

Toshkent O‘rta Osiyoni bosib olish uchun asosiy yo‘lak, harbiy qo‘shinlarning kelgusidagi harakatlari uchun tayanch nuqta vazifasini bajara oladigan joy hisoblangan.

IJODIY FAOLIYAT

Nuqtalar o‘rnini to‘ldiring: 1. 1864-yil 1-oktyabr – Chernyayevning birinchi hujumi,... qal’asining egallanishi. 2. 1865-yil Orenburg generalgubernatorligi tarkibida... viloyati tashkil qilindi. Unga... harbiy gubernator etib tayinlandi. 3. 1865-yil 6-avgustda «... viloyatini boshqarish to‘g‘risidagi Muvaqqat...» qabul qilindi.

IJODIY FAOLIYAT

Toshkent shahri darvozalarining nomini ayting. Berilgan xaritadan foydalanib, shahar darvozalari qaysi dahalarda joylashganini ko‘rsating.

MA’LUMOT UCHUN

Toshkent shahri suvsiz qolgan bo‘lsa-da, sarbozlar va aholi shaharning har bir mahalla ko‘chasida tashkil qilingan to‘siqlarda qattiq qarshilik ko‘rsatdi. Asosiy jang Kamolon darvozasidan Xadradagi markaziy bozorga boradigan ko‘chada bo‘lib, imperiya qo‘shinlari to‘rtta to‘p himoyasida bo‘lgan to‘siqdan o‘ta olishmadi.

Toshkent mudofaasida shahar himoyachilari va Qo‘qon xonligi qo‘shinlari amirlashkar Aliquli boshchiligida qarshilik ko‘rsatdi. Aliqulining halok bo‘lishi shahar himoyachilarini sarosimaga solib qo‘ydi.

Toshkent himoyasiga Buxoro amirligidan kechikib yetib kelgan qo‘shinlarning foydasi tegmadi. Shahar o‘t ichida qoldi. 1865-yil iyunda shahar egallandi.

MA’LUMOT UCHUN

Toshkent shahrining 12 darvozasi kalitlari

M. Chernyayev Beshyog‘och, Ko‘kcha, Sebzor va Shayxontohur dahalarining oqsoqollarini chaqirdi. Muzokarada Toshkent qozikaloni Hakimxo‘ja, Abulqosim eshon, Solihbek dodxoh va shaharning boshqa nufuzli kishilari ishtirok etdi. Oqsoqollar shaharni «ixtiyoriy ravishda topshirish» to‘g‘risidagi sulhni imzolashga majbur qilindi.

Bunga qarshi bo‘lgan Solihbek dodxoh, Abulqosim eshon, Hakimxo‘jalar Sibirga surgun qilindi. Harbiy istilochilik yurishlari natijasida bosib olingan hududlarda Turkiston viloyati tuzilib, unga M. Chernyayev gubernator qilib tayinlandi.

Viloyat bo‘limlarining harbiy asosda tashkil qilinishidan maqsad imperiya hukumatining kelgusidagi harbiy rejalarini amalga oshirilishida Toshkent tayanch ma’muriy hudud vazifasini o‘tashi ko‘zda tutilgan edi.

MA’LUMOT UCHUN

Xalqaro doirada Chernya yev o‘zining bosqinchilik xattiha rakatlarini oqlash maqsadida «mahalliy oqsoqollarni Toshkent ixtiyoriy ravishda taslim bo‘ldi, toshkentliklarning o‘zlari aho li tinch ligini saqlab qolish maq sadida Rossiya askarlariga sha har darvozalarini ochib berdilar», degan maz mundagi xatni impera tor nomiga yozishga majburladi.

Emba posti

ROSSIYAIMPERIYASI

Kazalinsk

DENGIZI DENGIZI

Perovsk

Q O‘ Q O N

Verniy

XIVA

Andijon Toshkent

Norin q.

AMIRLIGI

Rossiya imperiyasiga qo‘shib olingan hududlar

BILASIZMI?

1865-yilga Turkiston viloyati tashkil qilindi. 1867-yilda bosib olingan hududlarni o‘z ichiga oluvchi Turkiston general-gubernatorligi tashkil qilindi va Turkiston harbiy okrugi tuzildi.

Toshkent shahri general-gubernatorlikning markazi qilib belgilandi. Turkiston general-gubernatorligiga Rossiya imperatori farmoniga ko‘ra general fon Kaufman tayinlandi. U bir paytning o‘zida Turkiston harbiy okrugining qo‘mondoni ham edi.

Dastlab Turkiston general-gubernatorligi ma’muriy jihatdan ikkita viloyat: Sirdaryo (markazi – Toshkent) va Yettisuv (markazi – Verniy) viloyatlariga bo‘lingan. Sirdaryo viloyatining hududiga, asosan, 1865-yilda tashkil qilingan Turkiston viloyatiga tegishli bo‘lgan yerlar va Qo‘qon xonligining bosib olingan shimoliy hududlari kirgan.

BILASIZMI?

Yettisuv viloyati esa Semipalatinsk viloyatining Sergiopol, Kopal va Olatavsk okrugi yerlari va sobiq Turkiston viloyatining bir qismidan iborat holda tashkil qilindi.

Orenburg generalgubernatorligi O‘rta Osiyodan uzoqda joylashganligi tufayli boshqaruvda qiyinchiliklar tug‘ilayotganligi bu yerda alohida general-gubernatorlik tashkil qilinishini taqozo etardi.

IJODIY FAOLIYAT

Savollar: O‘ylab ko‘ringchi, yangi general-gubernatorlik tashkil qilishdan yana qanday maqsadlar ko‘zlangan?

DARSDAN SABOQ CHIQARIB

Savollar: 1. Turkiston viloyati nima uchun harbiy asosda tashkil qilingan? 2. Turkiston viloyati nima sababdan Turkiston generalgubernatorligiga aylantirildi? 3. Toshkent shahrini mudofaa qilish uchun siz qanday yo‘l tutgan bo‘lardingiz? Nima uchun? 4. «Toshkent mudofaasi» mavzusida badiiy hikoya tuzib ko‘ring. Tarixiy shaxslar bilan bir qatorda to‘qima obrazlardan ham foydalaning. 5. Chernyayev xalqaro doirada o‘z xatti-harakatlarini oqlashidan maqsadi nima edi? U o‘zining bu maqsadiga qay darajada erishdi?

Muhim sanalar

Bilimingizni sinang

Rossiya qo‘shinlari Oqmachit qal’asini egallash uchun ikkinchi marta qaysi yilda hujum boshladi?
  1. 1852-yilda
  2. 1859-yilda
  3. 1853-yilda
  4. 1864-yilda

To‘g‘ri javob: 1853-yilda. 1852-yilgi dastlabki harakat mag‘lubiyatga uchragach, 1853-yilda ikkinchi hujum boshlangan.

Oqmachit qal’asining 400 kishilik himoyachilari 3 mingdan ortiq kishilik rus qo‘shiniga necha kun qarshilik ko‘rsatdi?
  1. 20 kun
  2. 10 kun
  3. 30 kun
  4. 7 kun

To‘g‘ri javob: 20 kun. Matnga ko‘ra himoyachilar 20 kun davomida qarshilik ko‘rsatgan.

Oqmachit qal’asi bosib olingach, unga qanday nom berildi?
  1. Verniy forti
  2. Raim qal’asi
  3. Kazalinsk posti
  4. Perovskiy forti

To‘g‘ri javob: Perovskiy forti. Egallangan qal’aga Perovskiy forti deb nom berilgan.

Quyidagi voqealarni qadimiysidan yangisiga qarab tartiblang: Oqmachitning egallanishi; Toshkentning egallanishi; Turkiston general-gubernatorligining tuzilishi; Chimkentning egallanishi.
  1. Chimkent (1864) → Oqmachit (1853) → Toshkent (1865) → general-gubernatorlik (1867)
  2. Oqmachit (1853) → Toshkent (1865) → Chimkent (1864) → general-gubernatorlik (1867)
  3. Oqmachit (1853) → Chimkent (1864) → general-gubernatorlik (1867) → Toshkent (1865)
  4. Oqmachit (1853) → Chimkent (1864) → Toshkent (1865) → general-gubernatorlik (1867)

To‘g‘ri javob: Oqmachit (1853) → Chimkent (1864) → Toshkent (1865) → general-gubernatorlik (1867). Sanalar: Oqmachit 1853, Chimkent 1864, Toshkent 1865, general-gubernatorlik 1867.

Quyidagi hukmlarni ko‘rib chiqing. I. Imperiya qo‘shinlarining Oqmachitga 1852-yilgi dastlabki hujumi mag‘lubiyat bilan tugagan. II. Chernyayev 1864-yil 1-oktyabrdagi hujumida Toshkentni darhol egallagan. III. Buxoro amirligidan Toshkent himoyasiga kechikib yetib kelgan qo‘shinlarning foydasi tegmagan. Qaysilari to‘g‘ri?
  1. faqat I
  2. I va III
  3. II va III
  4. I va II

To‘g‘ri javob: I va III. 1852-yilgi hujum mag‘lubiyatga uchragan, Buxoro qo‘shinlari kechikkani uchun foyda bermagan; 1864-yil 1-oktyabrda esa himoyachilar Chernyayevni Chimkentga chekinishga majbur qilgan.

Oqmachit qal’asiga ikkinchi, hal qiluvchi hujum boshlangan yildan Toshkent shahri egallangan yilgacha necha yil o‘tgan?
  1. 11 yil
  2. 13 yil
  3. 12 yil
  4. 10 yil

To‘g‘ri javob: 12 yil. Oqmachitga ikkinchi hujum 1853-yilda boshlangan, Toshkent esa 1865-yil iyunida egallangan; 1865 − 1853 = 12 yil.

Rossiya imperiyasining uch mingdan ko‘proq qo‘shini Toshkentni bosib olish uchun ikki yo‘nalishda qaysi yilda yo‘lga chiqqan?
  1. 1864-yilda
  2. 1865-yilda
  3. 1862-yilda
  4. 1863-yilda

To‘g‘ri javob: 1864-yilda. Qo‘shin 1864-yilda Perovskiy forti va Verniy tomondan yo‘lga chiqqan.

1864-yilda imperiya qo‘shinlari avval bosib olgan, Talas daryosining chap sohilidagi Avliyoota hozirgi qaysi shahar?
  1. Chimkent
  2. Taroz
  3. Turkiston
  4. Almati

To‘g‘ri javob: Taroz. Matnda Avliyoota hozirgi Taroz shahri deb ko‘rsatilgan.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiRossiya imperiyasi bosqini arafasida Buxoro amirligi, Qo‘qon va Xiva xon- liklaridagi ijtimoiy–siyosiy va iqtisodiy ahvolKeyingi →Buxoro amirligi va Xiva xonligining Rossiya imperiyasi vassaliga aylanishi