O‘zbekistonliklarning frontdagi jasorati va qahramonliklari
himov. • Xotira maydoni, «Shon-sharaf» davlat muzeyi bo‘lgan ulug‘vor «G‘alaba bog‘i» yodgorlik majmuasi bunyod etilishi.
MA’LUMOT UCHUN
Ko‘ngillilar, chaqiruv yoshidagilar ham frontga safarbar etildi. Aslida urush boshlangan vaqtda, askarlar sonining keskin oshishi sharoitida kiyim va qurol yetishmasdi, ular tayyorgarlik ko‘rmasdan jang maydonlariga yuborilar edi. Bu esa, urushda katta insoniy yo‘qotishlarga sabab bo‘ldi. Front ortidagi tadbirlar, harbiy o‘quv mashg‘ulotlari, lendliz orqali olingan mudofaa mahsulotlari sharoitni o‘nglab borishga imkon berdi.
Harbiy xizmatda bo‘lgan minglab o‘zbekistonliklar turli hududlar mudofaasida ishtirok etdi. Xususan, Brest qal’asi mudofaasida Avazmat Niyozmatov halok bo‘ldi.
1941-yil yozida Samarqandda tuzilgan motorlashtirilgan diviziya Yelnya yaqinida jangga kirdi. O‘qchi diviziya sifatida tashkil etilib, Moskva atrofidagi janglarda qatnashdi. Uning asosiy qismi oktyabr oyida Vyazma shahri atrofida qurshovda qolib halok bo‘ldi.
MA’LUMOT UCHUN
O‘zbekistonda 9 ta alohida o‘qchilar brigadasi, 5 ta kavaleriya diviziyasi tashkil etildi. Brigadalar va diviziyalar tarkibi mahalliy millatlar vakillariga mansub 40 yoshdan katta bo‘lmagan sog‘lom va baquvvat kishilar bilan to‘ldirildi.
1942-yil va 1943-yil boshlarida 90 va 94-alohida o‘qchi brigadalari Moskva mudofasi va Stalingrad janglarida ishtirok etdi.
Sobir Yunusov
Ikrom Jalilov
MA’LUMOT UCHUN
Moskva bo‘sag‘alarini himoya qilgan 316-o‘qchi diviziya tarkibida Toshkent piyoda askarlar bilim yurtining kursantlari ham bor edi.
O‘zbekistonliklardan 1 753 kishi «Moskva mudofaasi uchun» medali bilan taqdirlanishdi. Ular orasida Sobir Yunusov, Ikrom Jalilov va boshqalar bor edi.
O‘zbekistonlik jangchilar Leningrad, Kiyev, Odessa, Sevastopol va boshqa shaharlarni mudofaa qilishda ham mardlik namunalarini ko‘rsatishdi. Jumladan, 1941-yil 15-oktyabrda Xarkov viloyatidagi Trudolyubovka qishlog‘i uchun jangda 47-o‘qchi diviziya o‘qchisi Qo‘chqor Turdiyev dushmanga qarshi hujum uyushtirishda jasorat ko‘rsatdi. 1942-yil 27-martda unga SSSR Oliy Soveti Prezidiumining farmoni bilan o‘zbeklardan birinchi bo‘lib Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni berildi.
MA’LUMOT UCHUN
Qo‘chqor Turdiyev
BILASIZMI?
Zebo G‘aniyeva Moskva uchun janglarda hamshira, minomyotchi va pulemyotchi sifatida ishtirok etdi. Keyin qisqa muddatda u snayperlikni o‘rganib oladi va Leningrad yo‘nalishidagi janglardan birida og‘ir yarador bo‘ladi. Bunga qadar Z. G‘anieva 129 nafar fashistni yo‘q qilgan edi.
Zebo G‘anieva
General-mayor Sobir Rahimov polkovnik Rudenko va general adyutanti L. Yusupov bilan harakatlar rejasini tuzishmoqda
MA’LUMOT UCHUN Stalingrad jangi Ikkinchi jahon urushida tub burilish yasadi. Kavkaz uchun janglarda Sobir Rahimov komandirligidagi 395-o‘qchi diviziya o‘zini ko‘rsatdi va unga 1943-yilning 19-martida general-mayor unvoni berildi. Stalingrad janglarida Sobirjon Oxunjonov, Abdulla Ayupov kabi minglab o‘zbekistonliklar ishtirok etishdi. Ular orasida Stalingraddagi «Pavlov uyi»ni himoya qilgan Kamol Turg‘unov ham bor edi. Jami 2 738 nafar o‘zbekistonlik «Stalingrad mudofaasi uchun» medali bilan taqdirlandi. Kavkaz uchun janglarning yakuniy bosqichida Samig‘ Abdullayev dushman zarbalari ostida 3 mingga yaqin minalarni zararsizlantirdi hamda ko‘rsatgan jasorati uchun Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoniga sazovor bo‘ldi.
BILASIZMI?
Abdulla Ayupov
Kamol Turg‘unov
BILASIZMI?
Don daryosining o‘ng qirg‘og‘idagi Kletskiy qishlog‘i yaqinidagi tepaliklardan biri uchun jangda Mixail Kabribov boshchiligidagi 11 kishi 300 nafar dushmanni yo‘q qilishga muvaffaq bo‘ldi. Bu joyga «Sharqlik o‘n bir qahramon tepaligi» nomi berildi. Ulardan 8 nafari o‘zbekistonlik edi.
Sobirjon Oxunjonov
Samig‘ Abdullayev
MA’LUMOT UCHUN Kursk jangida Ahmadjon Shukurov, Valdemar Shalandin, Qayumjon Karimov kabi minglab o‘zbekistonliklar qatnashdi. Tub burilish antigitler koalitsiyasini mustahkamladi hamda Buyuk Britaniya va AQSh nihoyat o‘z qo‘shinlarini Fransiyaga kiritish orqali Yevropada ikkinchi frontni ochishga qaror qildi.
BILASIZMI?
O‘zbekistonliklar Dnepr daryosini kechib o‘tishdagi janglarda oldingi saflarda bo‘lishdi. Bois Ergashev, Qudrat Suyunov kabi ko‘plab o‘zbekistonliklar Sovet Ittifoqi Qahramoni bo‘lishdi. Sovet Ittifoqi Qahramoni Abdulla Qurbonovning razvedkadan dushman kuchlari joylashuvi haqida muhim ma’lumotlarni keltirishi hal qiluvchi jangovar operatsiya boshlanishiga xizmat qildi.
1944-yil yozida Belorusiyaning fashistlardan ozod qilinishida Shodi Shoimov (vafotidan keyin Sovet Ittifoqi Qahramoni berilgan), Eson Jovbo‘riyev kabi minglab o‘zbekistonliklar jasorat ko‘rsatishdi. Partizanlar orasida ham G‘anitoy Toshniyozov, Luqmon O‘roqov kabi o‘zbekistonliklar ko‘pchilikni tashkil etardi. Razvedkachi partizan Mamadali Topivoldiyev esa Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoniga sazovor bo‘ldi.
BILASIZMI?
Bois Ergashev
Qudrat Suyunov
MA’LUMOT UCHUN
Abdulla Qurbonov
1944-yili Sovet Ittifoqi o‘z hududini to‘liq ozod qildi, sovet qo‘shinlari Sharqiy Yevropaga kirib keldi. 6-iyunda ikkinchi front ochildi. O‘zbekistonliklar Polsha, Ruminiya, Bolgariya, Yugoslaviya, Chexoslovakiya, Vengriya, Avstriya mamlakatlarini ozod qilishda qatnashdi. Asirlikka tushib, qochishga muvaffaq bo‘lgan o‘zbekistonliklar ham Yevropadagi Qarshilik ko‘rsatish harakatida faol ishtirok etishdi.
BILASIZMI?
Mamadali Topivoldiyev
Eson Jovbo‘riyev
Italiyadagi Qarshilik ko‘rsatish harakati qatnashchisi Ahmadjon Mamajonovga qahramon maqomidagi «Vatanparvar» guvohnomasi berildi. Fransiyadagi harakat qatnashchilari Hoshim Ismoilov, Tojiboy Ziyoyev ordenlar bilan taqdirlanishgan.
MA’LUMOT UCHUN
1945-yil 25-martda Polshaning Dansig (hozirgi Gdansk) shahri uchun bo‘lgan jangda general-mayor S. Rahimov og‘ir yarador bo‘ldi va ertasiga vafot etdi. Unga 1965-yili Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni berildi. Shuningdek, Polshani ozod etishda Ahmadjon Qurbonov, Amirali Saidbekov ham qahramonlarcha halok bo‘ldi.
1945-yil 16-aprelda boshlangan Berlin operasiyasida o‘zbekistonliklar jasorat namunalarini ko‘rsatishdi. Oder daryosini Botir Boboyev birinchilardan bo‘lib kechib o‘tdi. 1945-yil 23-aprelda Berlin osmonida kuzatuvchi-uchuv chi Plis Nurpeysov halok bo‘ldi.
Berlin operatsiyasi 8-may kuni Germaniyaning so‘zsiz taslim bo‘lishi bilan yakunlandi. Shu kuni fashistlar Germaniyasining kapitulyat siyasi haqida Akt imzolandi. Mazkur Akt hamda G‘alaba bayrog‘i o‘ramini Berlindan Moskvaga 9-may tongida olib kelgan uchuvchilar safida o‘zbek Abdusamat Taymetov ham bor edi. 9-may SSSRda «G‘alaba bayrami» deb e’lon qilindi.
MA’LUMOT UCHUN
Amirali Saidbekov
Botir Boboyev
BILASIZMI?
Plis Nurpeysov
1945-yil 23-aprel kuni Tojiali Boboyev Berlindagi Silez vokzaliga birinchi bo‘lib kirishga va bayroq o‘rnatishga muvaffaq bo‘ldi.
30-aprelda Gitler Germaniyasining bosh ramzi bo‘lgan Reyxstag gumbaziga birinchi bo‘lib bayroq o‘rnatgan 150-o‘qchi diviziya tarkibida o‘zbeklardan Karimjon Isoqov, G‘ulom Sultonov bor edi.
UCHUN
O‘zbek uchuvchilaridan Abdusattor Eshonqulov Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoniga sazovor bo‘ldi. Frontning turli nuqtalarida Muqaddam Ashrapova, aka-uka Is’hoq va Habibulla Komilovlar kabi ko‘plab harbiy shifokorlar minglab jangchilar hayotini saqlab qolishdi. Hamshira Rixsixon Mo‘minova esa Xalqaro Qizil Xoch Qo‘mitasining Florens Naytingeyl medaliga sazovor bo‘ldi.
MA’LUMOT UCHUN Ikkinchi jahon urushi yillarida 200 mingdan ziyod o‘zbekistonlik askar va ofitserlar jangovar orden va medallar bilan taqdirlanishdi. Ulardan 301 nafari Sovet Ittifoqi
Ikkinchi jahon urushida Germaniyaning ittifoqchisi bo‘lgan Yaponiya ga qarshi urush 1945-yil 9-avgustga o‘tar kechasi sovet qo‘shinlarining Uzoq Sharq dagi hujumi bilan boshlandi. Janglarda Mongoliya armiyasi qo‘shinlari ham ishtirok etdi. Qisqa muddatda Shimoli-sharqiy Xitoy va Shimoliy Koreya hududlari ozod qilindi, sovet qo‘shinlari Janubiy Saxalin va Kuril orollarini egalladi.
UCHUN
Qahramoni unvoniga, 70 nafari
ordeniga sazovor bo‘ldi.
Kvantun armiyasini tor-mor keltirishda Odil Yoqubov, Pidamat Rismatov, Usmon Doniyorov, Fatxulla Po‘latov va boshqa ko‘plab o‘zbekistonlik jangchilar qatnashdi.
UCHUN
Bundan tashqari, XX asrning 30-yillarida boshqa hududlarga quloq qilingan o‘zbeklar ham urushga safarbar etildi. Qatag‘on qilinganlarning farzandlari, qamoqda bo‘lganlar arizalariga ko‘ra jarima batalyonlariga yuborila boshlandi. Qamoqdan jarima batalyoniga yuborilganlardan Inoyat Navro‘zboyev keyinchalik Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoniga sazovor bo‘ldi.
Ko‘plab o‘zbekistonliklar yarador bo‘lib, harbiy safga qaytolmaganida ham mehnat frontida kurashni davom ettirishdi.
Inoyat Navro‘zboyev
«Ushbu qarorimiz zamirida O‘zbekiston xalqining jang maydonlarida va front ortida ko‘rsatgan beqiyos jasorati va matonatini tarix sahifalariga muhrlash, yosh avlodimizni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash maqsadi mujassam».
UCHUN
Shavkat MIRZIYOYEV
UCHUN
Urushda 538 mingdan ziyod o‘zbekistonliklar halok bo‘ldi, 158 mingdan ortig‘i esa bedarak yo‘qoldi. Bu frontga yuborilgan har uch nafar o‘zbekistonlikning biri qaytmaganidan darak beradi...
Matnni o‘qing «beqiyos jasorati va matonat» so‘zlariga misollar kel tring.
MA’LUMOT UCHUN
Buyuk G‘alabaning shonli 75 yilligida O‘zbekiston xalqining fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaga qo‘shgan hissasiga bag‘ishlangan kitob-albom birinchi bor chop etildi.
2020-yili «Shon-sharaf» davlat muzeyi bo‘lgan ulug‘vor «G‘alaba bog‘i» yodgorlik maj muasi bunyod etildi.
Mazkur bog‘da shu kuni o‘tkazilgan tantanali marosimda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev so‘zga chiqib, xalqimizning Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alabaga qo‘shgan hissasiga oid yangi tarixiy ma’lumotlarni e’lon qildi.
1995-yili urushdan qaytmagan yurtdoshlarimiz haqida ma’lumotlar aks etgan 34 jildlik (keyinchalik yana qo‘shimcha 2 jild chop etilgan) Xotira kitobi hamda urush yillaridagi O‘zbekistonga bag‘ishlangan umumlashma jild nashr qilindi.
MA’LUMOT UCHUN
Ularning nomlari 1999-yili Toshkent shahrida bunyod etilgan Xotira maydoni ayvonlari tokchalariga o‘rnatilgan temir kitoblarga muhrlandi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va tuman markazlarida ham Xotira maydonlari barpo etildi.
1999-yildan boshlab G‘alaba bayrami «Xotira va qadrlash kuni» sifatida nishonlana boshlandi.
O‘zbekistonda urush yillarida xalqimiz ko‘rsatgan jasorati va matonatini abadiylashtirish uchun 2017-yildan boshlab, har yili urush qatnashchilariga bir mar talik pul mukofoti beri lishi yo‘lga qo‘yildi.
MULOHAZA UCHUN
G‘alabaga besh farzandini bag‘riga qayta bosolmagan Zulfiya aya Zokirova singari buvilarimiz matonati, sabru bardoshi evaziga erishildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek, G‘alaba bog‘ining markazida «Matonat madhiyasi» deb atalgan muazzam obida barcha O‘zbekiston onalariga qo‘yilgan haykal bo‘lib, ona Vatan ramzi bo‘lib qad rostladi.
«Matonat madhiyasi» obidasidagi onalarga bag‘ishlangan haykal
MA’LUMOT UCHUN
Bog‘ hududida asirlikning og‘ir azoblariga qaramay Vataniga sodiq, qadriyatlarida qat’iy bo‘lgan mard o‘g‘lonlar xotirasiga bag‘ishlangan Amersfort konslageridagi 101 nafar o‘zbek asiri installyasiyasi barpo etilgan.
Darhaqiqat, urush yillarida buva-buvilarimizning jasorati va matonatini abadiylashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar zamirida qahramon xalqimizga munosib hurmat ko‘rsatishdek ulug‘ niyat o‘z ifodasini topgan.
DARSDAN SABOQ CHIQARIB
Muhim sanalar
- 1941-yil — 1941-yil yozida Samarqandda tuzilgan motorlashtirilgan diviziya Yelnya yaqinida jangga kirdi.
- 1941-yil — Jumladan, 1941-yil 15-oktyabrda Xarkov viloyatidagi Trudolyubovka qishlog‘i uchun jangda 47-o‘qchi diviziya o‘qchisi Qo‘chqor Turdiyev dushmanga qarshi hujum uyushtirishda jasorat ko‘rsatdi.
- 1942-yil — 1942-yil va 1943-yil boshlarida 90 va 94-alohida o‘qchi brigadalari Moskva mudofasi va Stalingrad janglarida ishtirok etdi.
- 1942-yil — 1942-yil 27-martda unga SSSR Oliy Soveti Prezidiumining farmoni bilan o‘zbeklardan birinchi bo‘lib Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni berildi.
- 1943-yil — 1942-yil va 1943-yil boshlarida 90 va 94-alohida o‘qchi brigadalari Moskva mudofasi va Stalingrad janglarida ishtirok etdi.
- 1943-yilning — Kavkaz uchun janglarda Sobir Rahimov komandirligidagi 395-o‘qchi diviziya o‘zini ko‘rsatdi va unga 1943-yilning 19-martida general-mayor unvoni berildi.
- 1944-yil — 1944-yil yozida Belorusiyaning fashistlardan ozod qilinishida Shodi Shoimov (vafotidan keyin Sovet Ittifoqi Qahramoni berilgan), Eson Jovbo‘riyev kabi minglab o‘zbekistonliklar jasorat ko‘rsatishdi.
- 1944-yili — 1944-yili Sovet Ittifoqi o‘z hududini to‘liq ozod qildi, sovet qo‘shinlari Sharqiy Yevropaga kirib keldi.
- 1945-yil — 1945-yil 25-martda Polshaning Dansig (hozirgi Gdansk) shahri uchun bo‘lgan jangda general-mayor S. Rahimov og‘ir yarador bo‘ldi va ertasiga vafot etdi.
- 1945-yil — 1945-yil 16-aprelda boshlangan Berlin operasiyasida o‘zbekistonliklar jasorat namunalarini ko‘rsatishdi.
Bilimingizni sinang
Xotira maydoni va «Shon-sharaf» davlat muzeyi bo‘lgan ulug‘vor yodgorlik majmuasi qanday nomlanadi?
- «Mustaqillik bog‘i»
- «G‘alaba bog‘i»
- «Shon-sharaf bog‘i»
- «Xotira bog‘i»
To‘g‘ri javob: «G‘alaba bog‘i». Xotira maydoni va «Shon-sharaf» muzeyi bo‘lgan majmua «G‘alaba bog‘i» deb ataladi.
Samarqandda tuzilgan motorlashtirilgan diviziya Yelnya yaqinida qaysi yilning yozida jangga kirgan?
- 1940-yil
- 1942-yil
- 1941-yil
- 1943-yil
To‘g‘ri javob: 1941-yil. Samarqandda tuzilgan motorlashtirilgan diviziya 1941-yil yozida Yelnya yaqinida jangga kirgan.
Avazmat Niyozmatov qaysi joy mudofaasida halok bo‘lgan?
- Kiyev shahri
- Brest qal’asi
- Odessa shahri
- Moskva shahri
To‘g‘ri javob: Brest qal’asi. Brest qal’asi mudofaasida Avazmat Niyozmatov halok bo‘lgan.
1941-yil yozida Samarqandda tuzilgan motorlashtirilgan diviziya haqidagi hukmlardan qaysi biri to‘g‘ri?
- U Moskva uchun jangda qatnashib, 1941-yil dekabrda Kalinin yaqinida g‘alaba qozongan
- U Leningrad frontida jangga kirib, 1942-yil yanvarda Volxov bo‘yida qurshovdan chiqqan
- U Yelnya yaqinida jangga kirib, oktyabrda Vyazma atrofida qurshovda qolib halok bo‘lgan
- U Dnepr bo‘yida jangga kirib, sentyabrda Kiyev atrofida qurshovni yorib o‘tgan
To‘g‘ri javob: U Yelnya yaqinida jangga kirib, oktyabrda Vyazma atrofida qurshovda qolib halok bo‘lgan. Diviziya Yelnya yaqinida jangga kirgan, asosiy qismi oktyabrda Vyazma atrofida qurshovda qolib halok bo‘lgan.
Urush boshlangan vaqtda o‘zbekistonliklar orasida katta insoniy yo‘qotishlarga asosan nima sabab bo‘lgan?
- Askarlarning jang qilishdan bosh tortishi va ko‘plab askarlarning o‘z ixtiyori bilan taslim bo‘lishi
- Kiyim va qurol yetishmasligi hamda askarlarning tayyorgarliksiz jang maydonlariga yuborilishi
- Lendliz orqali olingan mudofaa mahsulotlarining ko‘pligi va ularning noto‘g‘ri taqsimlanishi
- Front ortidagi harbiy o‘quv mashg‘ulotlarining haddan ortiq uzoq davom etishi va askarlar charchashi
To‘g‘ri javob: Kiyim va qurol yetishmasligi hamda askarlarning tayyorgarliksiz jang maydonlariga yuborilishi. Askarlar soni keskin oshganda kiyim va qurol yetishmagan, ular tayyorgarliksiz jangga yuborilgan va bu katta insoniy yo‘qotishlarga sabab bo‘lgan.
Urush yillarida O‘zbekistonda nechta alohida o‘qchilar brigadasi tashkil etilgan?
- 7 ta
- 12 ta
- 5 ta
- 9 ta
To‘g‘ri javob: 9 ta. O‘zbekistonda 9 ta alohida o‘qchilar brigadasi va 5 ta kavaleriya diviziyasi tashkil etilgan.
Urush yillarida O‘zbekistonda nechta kavaleriya diviziyasi tashkil etilgan?
- 3 ta
- 7 ta
- 9 ta
- 5 ta
To‘g‘ri javob: 5 ta. O‘zbekistonda 5 ta kavaleriya diviziyasi tashkil etilgan.
O‘zbekistonda nechta alohida o‘qchilar brigadasi va kavaleriya diviziyasi tashkil etilgan?
- 5 ta o‘qchilar brigadasi va 9 ta kavaleriya diviziyasi
- 9 ta o‘qchilar brigadasi va 5 ta kavaleriya diviziyasi
- 7 ta o‘qchilar brigadasi va 3 ta kavaleriya diviziyasi
- 12 ta o‘qchilar brigadasi va 4 ta kavaleriya diviziyasi
To‘g‘ri javob: 9 ta o‘qchilar brigadasi va 5 ta kavaleriya diviziyasi. O‘zbekistonda 9 ta alohida o‘qchilar brigadasi va 5 ta kavaleriya diviziyasi tuzilgan.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash