O‘zbekiston Ikkinchi jahon urushi yillarida
BUGUN DARSDA
mida yuz bergan o‘zgarishlar. • O‘zbek xalqining bag‘rikengligi.
MULOHAZA UCHUN
IJODIY FAOLIYAT
BILASIZMI? BILASIZMI?
1939-yilning kuzida Estoniya, Latviya va Litva bilan tuzilgan o‘zaro yordam berish haqidagi shartnomalar asosida SSSR mazkur mamlakatlarga harbiy bazalarini joylashtirgan edi. 1940-yil yozida SSSR Boltiqbo‘yi davlatlariga qo‘shimcha Qizil Armiya qo‘shinlarini kiritib, sovet respublikalarini tashkil etdi. Ruminiya SSSRga Bessarabiya va Shimoliy Bukovinani berishga majbur bo‘ldi.
Ikkinchi jahon urushi 1939-yil 1-sentyabrdan
1945-yil 2-sentyabrga qadar davom etgan. Unda qariyb 1,7 milliard kishi qatnashgan.
BILASIZMI?
SSSR 1939-yil 14-dekabrda agressiyachi mamlakat sifatida Millatlar ligasidan chiqarildi, Sovet-Finlyandiya urushi vaqtidagi yo‘qotishlar ko‘lami Germaniyada sovet Qizil Armiyasi kuchsiz, degan tasavvur shakllanishiga olib keldi.
O‘zbekistonliklar yapon militaristlari bilan bo‘lgan janglarda, shuningdek, Sovet–Finlyandiya urushida ishtirok etdi. Xususan, keyinchalik artilleriya generalleytenanti bo‘lgan Fayzulla Norxo‘jayev Hasan ko‘li bo‘yidagi harbiy harakatlarda, keyinroq Sovet Ittifoqi Qahramoni bo‘lgan Amirali Saidbekov Sovet–Finlyandiya urushida qatnashgan edi.
Fayzulla Norxo‘jayev
Ikkinchi jahon urushi yil larida O‘zbekistondan 1 million 951 mingga yaqin kishi safarbar etildi. Bu esa, har uch nafar o‘zbekistonlikdan biri jangga borganini ko‘rsatadi.
MA’LUMOT UCHUN
1941-yil 22-iyun kuni gitlerchilar Germaniyasining SSSRga hujum qilishi Sovet Ittifoqi deb atalmish hududga birlashtirilgan xalqlar uchun og‘ir sinovlardan iborat urushni boshladi.
23-iyun kuni Toshkentda ko‘p ming kishilik miting bo‘lib o‘tdi. Turli korxona hamda muassasalarning ishchi va xizmatchilari, o‘qituvchilar, talabalar fashizimga qarshi kurashga, frontda va front orqasida du shman ustidan g‘alaba qozonishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.
Urush butun mamlakat xo‘jaligi, uning hayotini tubdan o‘zgartirib yubordi. 1941-yil 30-iyunda Davlat mudofaa komitetining tuzilishi bilan mamlakatdagi butun hokimiyat uning qo‘liga o‘tdi. Davlat mudofaa komitetining qarorlari urush davri qonunlari kuchiga ega edi.
MA’LUMOT UCHUN
Urushning dastlabki kunlarida qabul qilingan ko‘rsatmalar, qarorlarda front ortini mudofaa manfaatlariga bo‘ysundirish va barcha ishlarni harbiy izga solish, dushman egallagan hududlarda partizanlik guruhlarini tashkil etish zarurligi qayd etildi.
Front va front oldi hududlaridan O‘zbekistonga 1 million 500 ming kishi, jumladan, 200 mingdan ziyod yetim bolalar, zavod va fabrikalar hamda ularning mol-mulklari evakuatsiya qilindi. Hali korxonalar ish boshlamagan sharoitda evakuatsiya qilinganlarni pul, kiyim va oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashga e’tibor berildi.
Zavodning ko‘chirib keltirilishi
IJODIY FAOLIYAT Evakuasiya bo‘yicha Kengash qanday vazifani muhokama qilgan?
Bukilmas iroda va jasorat namu nasini amalda namoyon etib, o‘z hayotini aziz Vatanimizning har to monlama ravnaq topishi, bugungi tinch va osoyishta kunlar uchun jonini fido qilgan ajdodlarning muqaddas xotira sini yod etib, ezgu ishlarini davom etti rish, safimizda yurgan keksalarni e’zoz lash — odamiylikning eng oliy mezoni va bizga tinchlik, omonlik kerak, deb yashaydigan bag‘rikeng va olijanob xal qimizga xos azaliy qadriyatdir.
Shavkat MIRZIYOYEV
MA’LUMOT UCHUN
Yetim bolalarga g‘amxo‘rlik qilish – umumxalq harakatiga aylandi. Minglab o‘zbekistonliklar bolalarni o‘z oilalariga olishdi. Toshkentlik temirchi Shoahmad Shomahmudov va uning turmush o‘rtog‘i Bahri Akromova turli millatga mansub 14 nafar bolani o‘z tarbiyasiga oldi. Urushdan og‘ir yarador bo‘lib qaytgan kattaqo‘rg‘onlik Hamid Samadov 13 nafar, umr yo‘ldoshini frontga kuzatgan samarqandlik Fotima Qosimova 10 nafar bolani asrab oldi.
BILASIZMI?
O‘zbekistonda frontda yarador bo‘lgan jangchilarni davolash bo‘yicha harbiy gospitallar tarmog‘i yuzaga keldi. Bu yillarda 120 dan ortiq evakuatsiya gospitali faoliyat yuritdi. Gospitallarda davolanganlarning asosiy qismi jangovar safga qaytdi.
Toshkentdagi harbiy gospital
BILASIZMI?
O‘zbekiston aholisi urush yillarida mudofaa jamg‘armasiga jami 649,9 mln rubl pul, 3 mlrd 669 mln 817 ming rubl obligasiyalar, 22 mln 374 ming rubl miqdoridagi qimmatbaho buyumlar, 55 kg dan ziyod qimmatbaho metallarni topshirishdi.
Ayollar avloddan avlodga meros bo‘lib kelayotgan zargarlik buyumlarini ham berishdi. Mazkur mablag‘larning bir qismiga zirhli poyezdlar, samolyotlar, tanklar qurilib, frontga yuborildi.
O‘zbekiston o‘z aholisini, evakuatsiya qilinganlarni oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minladi, bu mahsulotlar frontga, qamalda qolgan hamda ozod etilgan shahar va tumanlarga yubordi. Shuningdek, jang maydonlariga qurol, kiyim, dori-darmon va boshqa zarur mahsulotlar muntazam yetkazib berildi.
BILASIZMI?
Frontga umumxalq yordami mudofaa jamg‘armasini tashkil etishda ham namoyon bo‘ldi. Urush yillari O‘zbekiston xalqi frontga o‘z delegatsiyalarini jangchilarga sovg‘alar bilan yubordi. 1941-yil dekabrida Toshkentdan Moskvaga oziq-ovqat mahsulotlari ortilgan eshelon yuborildi. Yo‘lda bombardimon qilinishiga qaramay eshelon G‘arbiy frontga yetib bordi. Bu haqida mashhur «Qirq birinchi yil olmasi» nomli film ishlangan.
O‘zbekiston xalqining delegatsiyasi. 1941-yil
Delegatsiyaning bir guruhiga Oliy Sovet Prezidiumi raisi Yo‘ldosh Oxunboboyev, ikkinchi guruhiga taniqli xalq ta’limi xodimi, o‘sha vaqtda frontda jang qilayotgan uch o‘g‘il otasi Hasan Islomov boshchilik qildi.
BILASIZMI?
Kolxozchilar Sovet armiya si jangchilariga shaxsiy mablag‘lari hisobiga qurilgan tanklarni topshirishmoqda, 1942-yil.
Ishchi ayollar jangchilar uchun jo‘natmalar tayyor lashmoqda. Toshkent,
MULOHAZA UCHUN
Fashizmga qarshi kurashishda front ortida matonat bilan mehnat qilgan, evakuatsiya qilinganlarga mehr bergan ko‘p millatli O‘zbekiston xalqining – oddiy, shu bilan birga qalbidaryo va irodali insonlarning birdamligi muhim omillardan biri bo‘ldi.
Xalq kuchi va imkoniyatlarini jipslashtirishda o‘sha vaqtda respublikaga rahbarlik qilgan Usmon Yusupovning xizmati katta bo‘ldi. Usmon Yusupovni – «mamlakat ichkarisidagi marshal» deb atashar edi.
Urushning dastlabki vaqtidayoq jamoalarda zarbdorlar harakati rivojlandi. Kuniga ikki normani bajarib kelayotgan ishchilar uch va undan ortiq norma bera boshlashdi. Kunlik rejalar 350–470 foizgacha yetkazib bajarildi. «Frontchasiga ishlash» ortidagi millionlab vatandoshlarimizning mehnati dushmanni tor-mor keltirib, g‘alaba qozonish uchun zarur qurol va mahsulotlar bilan ta’minlash jihatidan hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ldi.
Radio lampochkalar
O‘zbekiston xalqi jang maydonlariga katta miqdorda qurol-yarog‘, oziq-ovqat, kiyim-kechak, dori-darmon va boshqa zarur mahsulotlarni yetkazib berdi.
Respublikadagi 300 ga yaqin korxonada harbiy mahsulotlar ishlab chiqarilgan. Shu davrda front hududlaridan O‘zbekistonga 151 ta zavod ko‘chirib keltirildi va g‘oyat qisqa fursatda ishga tushirildi.
Aviabombalar Granatalar
O‘zbekiston aholisi davlatga 4 milliondan ziyod tonna paxta, 1 mln 283 ming tonna don, 200 ming tonnaga yaqin guruch, 108 ming tonna kartoshka, 374 ming tonna mevasabzavot, 36 ming tonna quruq meva, 57 ming tonnadan ortiq uzum, 1,5 mln tonnadan ortiq go‘sht, 5 mln 300 mingga yaqin charmteri mahsulotlarini yetkazib berdi.
MA’LUMOT UCHUN
Urushning dastlabki vaqtlaridayoq, sanoatni harbiy mahsulot ishlab chiqarishga moslab qayta ishga tushirish choralari ko‘rildi. Natijada, 1941-yil dekabriga kelib, respublikadagi 230 ta korxona mudofaa mahsulotlarini bera boshladi.
Frontga safarbarlik sharoitida ishchi kuchining yetishmasligi tobora keskinlashib bordi. Urushga ketganlar o‘rnini qariyalar, ayollar va o‘smirlar egallashdi. Yoshlardan ishchilar tayyorlashda fabrika-zavod ta’limi va hunar maktablarining o‘rni katta bo‘ldi. Keyinchalik, urushdan qaytgan nogironlar ham ular bilan bir safda mehnat qilishdi.
IJODIY FAOLIYAT
MULOHAZA UCHUN
Urush sababli qishloq xo‘jaligidagi yo‘qotishlar O‘zbekiston kabi front orti hududlari tomonidan qoplandi. Urushning dastlabki yillarida paxtaga ajratiladigan maydonlar qisqartirildi va uning o‘rniga g‘alla, sabzavotpoliz ekinlari yetishtirilishi yo‘lga qo‘yildi. Qishloq xo‘jaligida foydalanilayotgan mashinalar va otlarning bir qismi armiya uchun jo‘natib yuborilgan, yonilg‘i va mineral o‘g‘itlar yetkazib berilishi kamayib borar edi. Natijada qo‘l mehnatiga ehtiyoj oshdi.
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishni ko‘paytirish muammosini hal etish uchun 10 ta yirik va bir qator kichik irrigasiya inshootlari foydalanishga topshirildi, respublikada sug‘oriladigan yer maydonlari 345,7 ming gektarga kengaydi.
MULOHAZA UCHUN
Yangi irrigasiya inshootlari sholi maydonlarini kengaytirishga ham imkon berdi.
Urush yillari ish vaqti yoshi kattalar uchun 11 soat gacha, 16 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlarga 10 soatgacha belgilandi. Qishloq joylarda
12 yoshdan boshlab mehnat minimumi joriy etildi.
MA’LUMOT UCHUN
Samarqand, Farg‘ona, Toshkent, 1943-yildan Qashqadaryo viloyatlarida O‘zbekiston uchun yangi ekin – qand lavlagiga unumli yerlar ajratildi. Qand lavlagini qayta ishlovchi Zirabuloq, Krasnogvardeysk, Qo‘qon va Yangiyo‘l qand zavodlari qurildi. 1945-yili 1,6 mln sentnerdan ortiq lavlagi davlatga topshirildi va bu butun SSSRda ishlab chiqariladigan qandning chorak qismini tashkil etdi. Bundan tashqari, kungaboqar, zig‘ir, makkajo‘xori, kunjut kabi oziq-ovqat mahsulotlari, kanopni yetishtirish ham yo‘lga qo‘yildi.
Toshkentga ko‘chirib keltirilayotgan zavodlar
Ayollar mehnat sirlarini o‘rga nishmoqda
DARSDAN IJOBIY SABOQ CHIQARIB
Mudofaa fondi Sanoat Qishloq xo‘jaligi Ko‘chirib keltirish
Muhim sanalar
- 1939-yilning — 1939-yilning kuzida Estoniya, Latviya va Litva bilan tuzilgan o‘zaro yordam berish haqidagi shartnomalar asosida SSSR mazkur mamlakatlarga harbiy bazalarini joylashtirgan edi.
- 1939-yil — Ikkinchi jahon urushi 1939-yil 1-sentyabrdan
- 1939-yil — SSSR 1939-yil 14-dekabrda agressiyachi mamlakat sifatida Millatlar ligasidan chiqarildi, Sovet-Finlyandiya urushi vaqtidagi yo‘qotishlar ko‘lami Germaniyada sovet Qizil Armiyasi kuchsiz, degan tasavvur shakllanishiga…
- 1940-yil — 1940-yil yozida SSSR Boltiqbo‘yi davlatlariga qo‘shimcha Qizil Armiya qo‘shinlarini kiritib, sovet respublikalarini tashkil etdi.
- 1941-yil — 1941-yil 22-iyun kuni gitlerchilar Germaniyasining SSSRga hujum qilishi Sovet Ittifoqi deb atalmish hududga birlashtirilgan xalqlar uchun og‘ir sinovlardan iborat urushni boshladi.
- 1941-yil — 1941-yil 30-iyunda Davlat mudofaa komitetining tuzilishi bilan mamlakatdagi butun hokimiyat uning qo‘liga o‘tdi.
- 1941-yil — 1941-yil dekabrida Toshkentdan Moskvaga oziq-ovqat mahsulotlari ortilgan eshelon yuborildi.
- 1941-yil — Natijada, 1941-yil dekabriga kelib, respublikadagi 230 ta korxona mudofaa mahsulotlarini bera boshladi.
- 1942-yil — Kolxozchilar Sovet armiya si jangchilariga shaxsiy mablag‘lari hisobiga qurilgan tanklarni topshirishmoqda, 1942-yil.
- 1943-yilda — Samarqand, Farg‘ona, Toshkent, 1943-yildan Qashqadaryo viloyatlarida O‘zbekiston uchun yangi ekin – qand lavlagiga unumli yerlar ajratildi.
Bilimingizni sinang
SSSR Estoniya, Latviya va Litva bilan tuzilgan o‘zaro yordam shartnomalari asosida bu mamlakatlarga harbiy bazalarini qaysi yilning kuzida joylashtirgan?
- 1937-yilning
- 1939-yilning
- 1940-yilning
- 1938-yilning
To‘g‘ri javob: 1939-yilning. SSSR 1939-yilning kuzida Boltiqbo‘yi davlatlari bilan shartnomalar asosida ularga harbiy bazalarini joylashtirgan.
SSSR Boltiqbo‘yi davlatlariga qo‘shimcha Qizil Armiya qo‘shinlarini kiritib, sovet respublikalarini tashkil etgan yilning yozi qaysi yilga to‘g‘ri keladi?
- 1944-yil
- 1942-yil
- 1938-yil
- 1940-yil
To‘g‘ri javob: 1940-yil. 1940-yil yozida SSSR Boltiqbo‘yi davlatlariga qo‘shimcha qo‘shinlar kiritib, u yerda sovet respublikalarini tashkil etgan.
Ikkinchi jahon urushi qaysi yilning 1-sentyabridan boshlangan?
- 1941-yil
- 1936-yil
- 1939-yil
- 1937-yil
To‘g‘ri javob: 1939-yil. Ikkinchi jahon urushi 1939-yil 1-sentyabrdan 1945-yil 2-sentyabrga qadar davom etgan.
Ikkinchi jahon urushi qaysi yilning 2-sentyabrida tugagan?
- 1946-yil
- 1943-yil
- 1945-yil
- 1944-yil
To‘g‘ri javob: 1945-yil. Ikkinchi jahon urushi 1939-yil 1-sentyabrdan 1945-yil 2-sentyabrga qadar davom etgan.
Ikkinchi jahon urushida qariyb qancha kishi qatnashgan?
- 3 milliard
- 2,4 milliard
- 1,7 milliard
- 1,2 milliard
To‘g‘ri javob: 1,7 milliard. Ikkinchi jahon urushida qariyb 1,7 milliard kishi qatnashgan.
Ikkinchi jahon urushi qaysi sanada boshlangan?
- 1941-yil 22-iyun
- 1939-yil 1-sentyabr
- 1940-yil 1-sentyabr
- 1939-yil 14-dekabr
To‘g‘ri javob: 1939-yil 1-sentyabr. Ikkinchi jahon urushi 1939-yil 1-sentyabrdan boshlangan.
1940-yilda Ruminiya SSSRga qaysi hududlarni berishga majbur bo‘ldi?
- Transilvaniya va Shimoliy Dobrujani
- Moldaviya va Janubiy Bukovinani
- Valaxiya va Shimoliy Transilvaniyani
- Bessarabiya va Shimoliy Bukovinani
To‘g‘ri javob: Bessarabiya va Shimoliy Bukovinani. Ruminiya SSSRga Bessarabiya va Shimoliy Bukovinani berishga majbur bo‘ldi.
Quyidagi hukmlarni baholang. I. 1939-yil kuzida tuzilgan o‘zaro yordam shartnomalariga ko‘ra SSSR Estoniya, Latviya va Litvaga harbiy bazalarini joylashtirgan. II. 1940-yil yozida Boltiqbo‘yi davlatlariga qo‘shimcha Qizil Armiya qo‘shinlari kiritilib, sovet respublikalari tashkil etilgan. III. Ruminiya SSSRga Bessarabiya va Shimoliy Bukovinani berishga majbur bo‘lgan. Qaysilari to‘g‘ri?
- Faqat I va II
- Faqat I, III
- Faqat II, III
- I, II va III
To‘g‘ri javob: I, II va III. Uchala hukm ham matnga mos keladi.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash