O‘zbekiston fani va madaniyati g‘alaba uchun xizmatda
MULOHAZA UCHUN
- O‘zbekiston fani, adabiyoti va san’ati namoyandalarining fashizmga qarshi kurashga qo‘shgan hissalari. • Ikkinchi jahon urushi yillarida diniy
munosabatlar.
G‘afur G‘ulom
Hamid Olimjon
Abdulla Qahhor
MA’LUMOT UCHUN
Urushning dastlabki kunlaridanoq O‘zbekiston yozuvchilari, bastakorlari, rejissyor va rassomlari o‘z asarlari bilan xalqning g‘alaba muqarrarligiga ishonchini mustahkamlashga xizmat qildilar.
Oybekning «Yovga o‘lim!» va Hamid Olimjonning «Qo‘lingga qurol ol!» she’rlari insonni Vatan himoyasiga da’vat qiluvchi chaqiriq bo‘lib yangradi.
G‘afur G‘ulom, Maqsud Shayxzoda, Abdulla Qahhor, Mirtemir, Amin Umariy, Oydin, Zulfiya, Mirmuhsin, Hamid G‘ulom, Turob To‘laning jangovarlik ruhidagi asarlari ham matbuot sahifalarida muntazam e’lon qilib borildi.
Front oldi hududlaridan evakuatsiya qilingan Aleksey Tolstoy, Korney Chukovskiy, Anna Axmatova, Yanka Kupala, Yakub Kolas, Svetlana Somova kabi rus, ukrain, belorus yozuvchi va shoirlari bilan adabiy hamkorlik ishlari olib borildi.
MA’LUMOT UCHUN
Jumladan, «Biz yengamiz!» almanaxi va «O‘zbekiston shoirlari – frontga» antologiyasi chop etildi.
1944-yili o‘zbek romanchiligining yuksak namunalaridan biri bo‘lgan akademik shoir Oybekning «Navoiy» romani chop etildi.
Oybek «Front bo‘ylab» nasriy jangnomasini yozdi, O‘zbekiston xalq rassomi O‘rol Tansiqboev «Urush yo‘llarida» nomli turkum asarlarini yaratdi.
Korney Chukovskiy
MA’LUMOT UCHUN
Frontda tashkil etilgan o‘zbek tilidagi gazetalarda Jalolxon Azizxonov, Mirzakalon Ismoiliy, Adham Rahmat, Nazarmat, Meli Jo‘ra, Ibrohim Rahim kabi qator yozuvchi va shoirlar faoliyat olib borishdi.
Shuhrat, Sharof Rashidov, Vali G‘ofurov singari adabiyot vakillari jangohlarda dushmanga qarshi kurashdilar.
Obidjon Abdurahmonov, Sulton Jo‘ra, Burhon Tursunov kabi ko‘plab yozuvchi va shoirlar jang maydonlaridan qaytmadi.
30-yillarda qatag‘on qilingan mashhur o‘zbek shoiri Usmon Nosir 1944-yili Kemerovodagi lagerda vafot etdi.
Usmon Nosir
Yanka Kupala
Urush Alisher Navoiy tavalludining 500 yilli gi ni shonlanadigan yili boshlandi. Shunga qaramay, 1941-yil dekabrida qamalda qolgan Leningrad shahrida joylashgan
MA’LUMOT UCHUN
Ermitaj muzeyida ilmiy anjuman o‘tkazildi.
IJODIY FAOLIYAT
QR kodda berilgan G‘afur G‘ulomning «Sen yetim emassan» she’rini diqqat bilan tinglang. Unda ko‘tarilgan g‘oya bilan o‘tilgan mavzulardagi ma’lumotlarni umumlashtirib taqdimot tayyorlang.
BILASIZMI?
Muxtor Ashrafiy 1942-yili yaratgan va fashizmga qarshi kurashga bag‘ishlagan «Qahramonlik simfoniyasi» uchun davlat mukofotiga sazovor bo‘ldi. Kompozitor mukofot pulini samolyot va tank kolonnalarini qurish fondiga topshirdi.
«Qahramonlik simfoniyasi»
1945-yil sentyabrida AQShda ijro etildi va bir yil ichida
Amerika radiouzatish kompa niyasi asar yozilgan plastinkani ommaviy chiqardi.
MA’LUMOT UCHUN
Urush yillarida O‘zbekiston san’ati ustalari 30 dan ortiq konsert brigadalari tarkibida frontdagi jangchilarga 35 mingdan ortiq va O‘rta Osiyo Harbiy okrugi gospitallari, harbiy qismlariga 20 mingta konsert berishdi.
Front brigadalari tarkibida Tamaraxonim, Halima Nosirova, Sora Eshonto‘rayeva, Mukarrama Turg‘unboyeva, Muhiddin Qori-Yoqubov, Abror Hidoyatov, Olim Xo‘jayev, Gavhar Rahimova, Karim Zokirov singari san’atkorlar bor edi.
1941-yil noyabrigacha O‘zbekistonga Ukraina, Belorus va Rossiyadan 22 ta ilmiy tadqiqot instituti, 16 ta oliy o‘quv yurti, 2 ta kutubxona evakuatsiya qilindi.
MA’LUMOT UCHUN
1943-yil 4-noyabrda O‘zbekiston SSR Fanlar akademiyasi tashkil etildi. Unga taniqli o‘zbek matematik olimi Toshmuhammad Qori-Niyoziy (1897–1970) ilk prezident etib saylandi. Akademiyaning mutaxassislari tomonidan Farhod GESi loyihasi ishlab chiqildi. 1945-yilga kelib, Fanlar akademiyasi yirik ilmiy markazga aylandi, uning tarkibida 20 ta ilmiy tadqiqot in stituti, 2 ta laboratoriya va 1 ta tajriba stansiya si mavjud edi.
O‘zbekiston SSR Fanlar akademiyasi binosi
MA’LUMOT UCHUN
Ikkinchi jahon urushi yillarida Germaniya va uning ittifoqchilariga qarshi «Antifashist davlatlar ittifoqini» tuzish chog‘ida G‘arb davlatlari Sovet hukumati oldiga bir qator demokratik talablarni qo‘ydilar. Shu talablar bajarilgan holdagina Sovet hukumati bilan harbiy siyosiy ittifoq tuzishga rozi bo‘lishlarini bildirdilar. Ulardan biri dindorlarga va dinga qarshi siyosatni tubdan o‘zgartirish talabi edi.
G‘arb davlatlari talabi va aholini urushga safarbar qilish zarurati hukumatni din va diniy tashkilotlarga nisbatan siyosatni vaqtincha bo‘lsa-da o‘zgartirishga majbur etdi. Mamlakatda kommunistlar mafkurasi o‘rnatilgan bo‘lishiga qaramay, aholining asosiy qismini ma’lum dinga e’tiqod qiluvchilar tashkil etgan. Diniy siyosatni o‘zgartirmay turib, ularni Germaniyaga qarshi kurashga jalb etish mushkul edi. Ushbu omillar sababli kommunistlar hukumati uchun diniy masala dolzarblashdi va diniy siyosat vaqtincha o‘zgartirildi.
MA’LUMOT UCHUN
Din va diniy tashkilotlarga nisbatan siyosatning vaqtincha o‘zgartirilganligi quyidagilarda namoyon bo‘ldi:
1. Dindorlarni ta’qib qilish va dinga qarshi targ‘ibot vaqtincha to‘xtatildi. Ayrim ruhoniylar qamoqdan ozod qilindi. Dinga qarshi faol targ‘ibot yuritayotgan «Jangovar xudosizlar ittifoqi» tugatildi va «Bezbojnik» («Xudosiz») jurnali yopildi;
2. Davlat nazorati ostida diniy tashkilotlar qayta tashkil qilindi va ularning faoliyati kengaytirildi.
1943-yilda Ichki ishlar vazirligi qoshida Rus pravoslav cherkovi ishlari vakilligi, 1944-yilda barcha dinlar uchun mas’ul «Din ishlari bo‘yicha vakillik» tashkil qilindi. Butun Rossiya bo‘ylab cherkov va ibodatxonalar Sinod (pravoslav cherkovining boshqaruv organi)ga qaytarildi.
MA’LUMOT UCHUN
1943-yil 20-oktyabrda Toshkent shahrida musulmon vakillari qurultoyi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari diniy boshqarmasining ta’sis etilishi asosiy masala qilib qo‘yildi. Hay’at ta’sis qo‘mitasini tuzib, Eshon Boboxon boshchiligida «O‘rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari diniy boshqarmasi» tashkil etilishi haqida qaror qabul qildi. Eshon Boboxon 1943-yili O‘rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari diniy boshqarmasining muftiysi etib saylandi.
Urushdagi sharoit o‘zgarib sovetlar hokimiyatining saqlanib qolishi aniq bo‘lib qolgach, hukumat yana dinga nisbatan siyosatini o‘zgartirdi. 1944-yil sentyabrda kommunistlar parti yasi markaziy qo‘mitasi yana dinga qarshi eski ta’qiblarini boshladi.
BILASIZMI?
Eshon Boboxon
1944-yili Eshon Boboxon ibn Abdulmajidxon boshchiligida vakillar birinchi bor Saudiya Arabistoniga haj safariga yo‘l oldilar. Safar davomida ular Eron, Iroq, Livan va Misrda ham bo‘lib, ilk bor xorijdagi dindorlar bilan muloqotda bo‘lish, shaxsiy aloqalar o‘rnatish imkoniga ega bo‘ldilar. 1945 va 1946-yillarda ham yana boshqa guruhlar haj safarlarini amalga oshirishdi. Shu bilan yana ma’lum bir muddatgacha sovet musulmonlarining haj safariga borishlari to‘xtab qoldi.
DARSDAN IJOBIY SABOQ CHIQARIB
O‘zbek yozuvchilari
Ko‘chib kelgan yozuvchilar O‘zbek olimlari Ko‘chib kelgan olimlar
O‘ZBEKISTON XALQ XO‘JALIGINING O‘ZBEKISTON XALQ XO‘JALIGINING URUSHDAN KEYINGI YILLARDAGI URUSHDAN KEYINGI YILLARDAGI RIVOJLANISHI RIVOJLANISHI
Muhim sanalar
- 1941-yil — Shunga qaramay, 1941-yil dekabrida qamalda qolgan Leningrad shahrida joylashgan
- 1941-yil — 1941-yil noyabrigacha O‘zbekistonga Ukraina, Belorus va Rossiyadan 22 ta ilmiy tadqiqot instituti, 16 ta oliy o‘quv yurti, 2 ta kutubxona evakuatsiya qilindi.
- 1942-yili — Muxtor Ashrafiy 1942-yili yaratgan va fashizmga qarshi kurashga bag‘ishlagan «Qahramonlik simfoniyasi» uchun davlat mukofotiga sazovor bo‘ldi.
- 1943-yil — 1943-yil 4-noyabrda O‘zbekiston SSR Fanlar akademiyasi tashkil etildi.
- 1943-yilda — 1943-yilda Ichki ishlar vazirligi qoshida Rus pravoslav cherkovi ishlari vakilligi, 1944-yilda barcha dinlar uchun mas’ul «Din ishlari bo‘yicha vakillik» tashkil qilindi.
- 1943-yil — 1943-yil 20-oktyabrda Toshkent shahrida musulmon vakillari qurultoyi bo‘lib o‘tdi.
- 1943-yili — Eshon Boboxon 1943-yili O‘rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari diniy boshqarmasining muftiysi etib saylandi.
- 1944-yili — 1944-yili o‘zbek romanchiligining yuksak namunalaridan biri bo‘lgan akademik shoir Oybekning «Navoiy» romani chop etildi.
- 1944-yili — 30-yillarda qatag‘on qilingan mashhur o‘zbek shoiri Usmon Nosir 1944-yili Kemerovodagi lagerda vafot etdi.
- 1944-yilda — 1943-yilda Ichki ishlar vazirligi qoshida Rus pravoslav cherkovi ishlari vakilligi, 1944-yilda barcha dinlar uchun mas’ul «Din ishlari bo‘yicha vakillik» tashkil qilindi.
Bilimingizni sinang
Qaysi shoirning «Qo‘lingga qurol ol!» she’ri insonni Vatan himoyasiga da’vat qiluvchi chaqiriq bo‘lib yangragan?
- Oybek
- G‘afur G‘ulom
- Hamid Olimjon
- Mirtemir
To‘g‘ri javob: Hamid Olimjon. Hamid Olimjonning «Qo‘lingga qurol ol!» she’ri Vatan himoyasiga chaqiriq edi.
Urushning dastlabki kunlaridan O‘zbekiston ijodkorlari o‘z asarlari bilan qanday asosiy maqsadga xizmat qilgan?
- Xalqning g‘alaba muqarrarligiga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash
- Faqat evakuatsiya qilingan yozuvchilarni qo‘llab-quvvatlash
- Urushdan keyingi qayta qurish rejalarini tuzish
- Xorijiy auditoriyani sovet tuzumiga jalb etish
To‘g‘ri javob: Xalqning g‘alaba muqarrarligiga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash. Yozuvchilar, bastakorlar va rassomlar asarlari bilan xalqning g‘alabaga ishonchini mustahkamladilar, Vatan himoyasiga da’vat qildilar.
«O‘zbekiston shoirlari – frontga» antologiyasi bilan birga urush yillarida qaysi almanax chop etilgan?
- Front ovozi
- Biz g‘alaba qozonamiz!
- Biz yengamiz!
- Vatan uchun
To‘g‘ri javob: Biz yengamiz!. Urush yillarida «Biz yengamiz!» almanaxi va «O‘zbekiston shoirlari – frontga» antologiyasi chop etilgan.
Oybek urush yillarida qaysi nasriy jangnomani yozgan?
- Urush yo‘llarida
- Jang maydonida
- Qahramonlik yo‘li
- Front bo‘ylab
To‘g‘ri javob: Front bo‘ylab. Oybek «Front bo‘ylab» nasriy jangnomasini yozgan.
O‘zbekiston xalq rassomi O‘rol Tansiqboev urush mavzusida qaysi turkum asarlarni yaratgan?
- Urush yo‘llarida
- Front bo‘ylab
- Biz yengamiz
- Jang manzaralari
To‘g‘ri javob: Urush yo‘llarida. O‘rol Tansiqboev «Urush yo‘llarida» nomli turkum asarlarini yaratgan.
Akademik shoir Oybekning «Navoiy» romani qaysi yili chop etilgan?
- 1944-yili
- 1941-yili
- 1942-yili
- 1945-yili
To‘g‘ri javob: 1944-yili. «Navoiy» romani 1944-yili chop etilgan.
Mashhur o‘zbek shoiri Usmon Nosir XX asrning qaysi yillarida qatag‘on qilingan?
- 50-yillarda
- 20-yillarda
- 30-yillarda
- 40-yillarda
To‘g‘ri javob: 30-yillarda. Usmon Nosir 30-yillarda qatag‘on qilingan va 1944-yili Kemerovodagi lagerda vafot etgan.
Qatag‘on qilingan shoir Usmon Nosir Kemerovodagi lagerda qaysi yili vafot etgan?
- 1941-yili
- 1939-yili
- 1944-yili
- 1946-yili
To‘g‘ri javob: 1944-yili. Usmon Nosir 1944-yili Kemerovodagi lagerda vafot etgan.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash