XotirAI logotipiXotirAI
📜 10-sinf · O‘zbekiston tarixi · 29

O‘zbekiston xalq xo‘jaligining urushdan keyingi yillardagi rivojlanishi

O‘ZBEKISTON XALQ XO‘JALIGINING O‘ZBEKISTON XALQ XO‘JALIGINING URUSHDAN KEYINGI YILLARDAGI URUSHDAN KEYINGI YILLARDAGI RIVOJLANISHI RIVOJLANISHI

UCHUN BUGUN DARSDA

lanish yo‘liga o‘tishi. • Urushdan keyingi qatag‘onlik siyosati.

Savollar: 1. Kolxozlashtirirsh siyosatidan ko‘zlangan maqsad nima edi? 2. 1933–39-yillardagi qatag‘on siyosatida asosan kimlar taqib qilingan edi?

MA’LUMOT UCHUN

Ikkinchi jahon urushi yillarida aholisining 10 foiziga yaqinini yo‘qotgan (halok bo‘lgan yoki bedarak yo‘qolgan), iqtisodining 60 foizini urush xarajatlariga yo‘naltirgan O‘zbekiston Respublikasi o‘ziga kelishga ulgurmay turib, endi paxta «fronti»da jonbozlik ko‘rsatishiga to‘g‘ri kelgan.

Moskvaning paxtachilikni rivoj lantirish bo‘yicha O‘zbekiston oldiga juda baland reja qo‘yishi natijasida 1949- va 1950-yillarda reja topshiriqlari bajarilmadi.

To‘rtinchi besh yillikda (1948–1952-yy.) pax tachilikka ajratilgan maydon 148 ming gektarga ko‘paydi, respublikaning tabiiy va insoniy imkonlarini shafqatsiz ishlatish hisobiga paxtaning yalpi hosili shu davrda keskin oshdi. Paxta ekiladigan maydonlar kolxozchilarning shax siy yer mulklari va uy xo‘jaliklari hisobidan keskin kengaytirildi.

MA’LUMOT UCHUN

1950-yilda sovet siyosiy rahbariyati tomonidan kolxozlarni yiriklashtirish va ularni mutaxassislar bilan ta’minlash siyosati boshlandi.

Mazkur siyosat nafaqat iqtisodiy, balki siyosiy-mafkuraviy maqsadlarni ham ko‘zlagan edi. Mavjud mayda kolxozlar o‘rniga yanada yirikroq kolxozlar tuzildi. Sovet hukumati joylardagi partiya idoralari orqali kolxozlar faoliyati ustidan qat’iy nazorat o‘rnatdi. Bu O‘zbekistonda ham kolxoz qurilishi jarayonining siyosiylashtirilganidan dalolat beradi.

MA’LUMOT UCHUN

Savollar: 1. 1949 va 1950-yillarda Moskvaning paxtachilikni rivoj lantirish bo‘yicha O‘zbekiston oldiga qo‘ygan rejasi nega bajarilmadi? Sabablarini ko‘rsating. 2. Sovet hukumati joylardagi partiya idoralari orqali kolxozlar faoliyati ustidan qat’iy nazorat o‘rnatishidan maqsadi nima edi?

Urushdan keyingi yillarda O‘zbekistonda xomashyo yetishtirish sohasi jadal sur’atlar bilan rivojlantirildi. Neft, ko‘mir qazib olish, elektr energiyasi, mineral o‘g‘itlar, po‘lat ishlab chiqarishni jadal sur’atlarda oshirib bo rish iqtisodiyotning xomashyoga yo‘naltirilganli gini yanada mustahkamladi.

Mazkur davrda sovet tuzumining qatag‘on siyosati davom etib, bu jarayon fan va madaniyat namoyandalariga qarshi o‘tkazilgan kampaniyalarda o‘z aksini topdi. Markazning ko‘rsatmasi bo‘yicha, respublika siyosiy rahbariyati ilm-fan, adabiyot va san’atning ba’zi vakillarini «feodal o‘tmishni ideallashtirishda va undagi ayrim arboblarning o‘zbek halqi tarixidagi roliga «nomarksistik» yondashish orqali baho berganliklari uchun ayblagan edi.

MA’LUMOT UCHUN

O‘zbekiston SSR kommunistik partiyasi markaziy komitetining 1952-yil fevraldagi X plenum qarorlarida bir qator o‘zbek olimlari va madaniyat arboblarining ijodlari qattiq tanqid qilindi, xalq og‘zaki ijodi asarlariga o‘ta salbiy baho berildi. «Alpomish» xalq dostonini esa mutlaqo jaholatparastlikda ayblashdi. Biroz keyinroq «feodal o‘tmishni ideallashtirganliklari» uchun Oybek, Maqsud Shayxzoda, Shukrullo, Hamid Sulaymonov va boshqalar qatag‘on qilindi.

IJODIY FAOLIYAT

Jahon tarixidan olgan bilimlaringizga tayanib quyidagi savollarga javob bering. 1. Nima uchun respublikalarda non va oziqovqatning narxi oshib ketdi? 2. Shu yillarida qishloq xo‘jalik sohasida qanday siyosat olib borilgan?

3. Shukrulloning «Kafansiz ko‘milganlar» asarida 50-yillar sovet qatag‘on siyosati aks etgan.

1960-yillar boshida shaharlarda, hatto non ham yetishmasdi.

1962-yil 1-iyundan hukumat vaqtincha go‘sht va yog‘ning narxini oshirish ga majbur bo‘ldi. Bu odamlar, avvalo, ishchilar orasida norozilikni keltirib chiqardi. 1963-yildan boshlab huku mat chetdan g‘alla sotib ola boshladi.

MA’LUMOT UCHUN

Bu davrda O‘zbekistonda turli sanoat korxonalari qurilgan. Mirzacho‘l, Surxon-Sherobod va Qarshi cho‘lining o‘zlashtirilishi natijasida ekin maydonlari kengaytirilgan.

Sovet Ittifoqi boshqaruviga kim kelishidan qat’i nazar, undagi ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy hayot asoslari keyingi yillarda o‘zgargan emas. 1970-yillarda «SSSRda rivojlangan sotsialistik jamiyat» qurilgani e’lon qilingan bo‘lsa-da, amalda sovet hokimiyati qo‘l ostida yashayotgan xalqlarning turmush darajasi dunyoning ilg‘or mamlakatlarinikidan ancha orqada qoldi.

1970–1980-yillarning o‘rtalaridagi davr O‘zbekiston dehqonchiligi uchun juda og‘ir kech di. Paxta maydonlarining kengayib borishi O‘zbekiston ekologiyasining buzilishiga sabab bo‘ldi.

MA’LUMOT UCHUN

XX asrning 60-yillaridan sug‘oriladigan ekin maydonlarining kengaytirilishi natijasida Orol dengiz iga Amudaryo va Sirdaryodan quyiladigan suv miqdori yildan-yilga kamaya bordi. Oqibatda Orol dengizida suv sathi jadal sur’atlarda pasayib, u quriy boshladi. Dengiz suvining sho‘rlanishi kuchayib, baliq va boshqa suv jonivorlari keskin kamayib ketdi. Orol dengizining qurib borishi Markaziy Osiyo mintaqasi hamda qo‘shni davlatlar ekologiyasiga misli ko‘rilmagan darajada salbiy ta’sir ko‘rsatdi.

Mirzacho‘lning o‘zlashtirilishi

IJODIY FAOLIYAT

Savollar: 1. «O‘zbekiston iqtisodiyotining bir tomonlama rivojlantirilishi» deganda nimani tushundingiz? 2. Sanoat korxonalari qanday maqsadlarda qayta jihozlandi? 3. Hunarmandchilikning rivoj topishiga nimalar to‘siq bo‘ldi? Sizningcha, yakka tartibdagi hunarmandchilikning taqiqlanishiga nima sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin?

BILASIZMI?

1959-yil 15-martda O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining birinchi sekretari lavozimiga Sharof Rashidov (1917– 1983) saylandi. U bu lavozimda umrining oxirigacha samarali faoliyat ko‘rsatdi. Sharof Rashidov atoqli davlat, siyosat va jamoat arbobi hamda mashhur yozuvchi bo‘lgan. 1917-yil 8-noyabrda Jizzaxda tug‘ilgan. U 1950–1959-yillarda O‘zbekiston SSR Oliy Soveti Prezidiumining raisi lavozimida iste’dodli tashkilotchi va mohir rahbar sifatida yaxshi taassurot qoldirdi. Sh. Rashidov rahbarligida O‘zbekiston iqtisodiyoti va madaniyatini rivojlantirishda muayyan muvaffaqiyatlar qo‘lga kiritildi. Paxtachilikni rivojlantirish, yangi yerlarni o‘zlashtirish, 1966-yildagi zilziladan so‘ng Toshkentni qayta tiklash ishiga u ko‘p kuch-quvvat va g‘ayratini sarfladi. Toshkent metropoliteni qurilishi uning tashabbusi bilan boshlangan. Metropolitenning birinchi navbati (9 ta bekat) 1977-yil noyabrda ishga tushirildi.

IJODIY FAOLIYAT

Ekologik muammolarning kelib chiqishi haqida taqdimot tayyorlang. Taqdimotda quyidagilarga e’tibor qarating:

gayishi va buning oqibati. • ekologiyaning buzilishiga ta’sir etgan omillar. • Orol muammosining kelib chiqishiga O‘zbekiston rahbariyatining munosabati. • BMT ning 72-sessiyasida

Orol bilan bog‘liq muammoning ko‘tarilishi va xalq aro tashkilotlarning munosabati.

1977-yil 7-oktyabrda qabul qilingan SSSRning yangi Konstitutsiyasi milliy respublikalar huquqini rasmiy chekladi va Markazga keng vakolatlar berdi. 1978-yilda O‘zSSR ham o‘z konstitutsiyasini qabul qildi. Konstitusiya da belgilangan qoidalar faqat qog‘ozda bo‘ilb, amalda o‘sha davrdagi hukmron partiyaning g‘oyalari quvvatlanar, barcha tashkilotalarda asosiy rahbarlik lavozimlari kommunistlar partiyasi qo‘lida edi.

IJODIY FAOLIYAT

O‘zbekistonda ham xuddi butun Ittifoqda bo‘lgani singari respublika Oliy Soveti hech qaysi masalani partiya komitetlaridan ruxsat olmasdan hal qila olmagan.

Komsomol va boshqa tashkilotlar partiya idoralarining ko‘rsatmalarini bajarishga majbur bo‘lganlar. Buyruqlarni bajarmagan rahbarlar o‘z lavozimlaridan ozod etilgan. Sovet hokimiyati davrida partiya nomenklaturasi (partiya organlari bilan kelishib tayinlanadigan lavozimlar) deb atalgan tartib-qoida mavjud bo‘lgan.

Bu qoidaga ko‘ra, mas’ul lavozimlarga faqat partiya a’zolari, ya’ni kommunistlar tayinlangan. Shu bilan birga, turli darajadagi Sovetlar, komsomol hamda jamoat tashkilotlari rahbarlari kommunistik partiya rahbariyati (Markaziy Komitet, viloyat, shahar va tuman partiya komitetlari) tarkibiga kiritilgan. Shu tariqa, partiya organlari bu tashkilotlar bilan qo‘shilib, ularni o‘ziga bo‘ysundirib olgan.

MA’LUMOT UCHUN

XX asrning 60–80-yillarida O‘zbekistonda mahalliy aholidan tashqari turli mintaqalardan ko‘chib kelgan ruslar, tatarlar, ukrainlar, koreyslar va boshqa xalqlar — umumiy hisobda 127 ta millat va elatlar yashagan. 1970–1980-yillari respublikada ruslashtirish siyosati yanada kuchaydi. Bu siyosat o‘zbek adabiy tilining rivojlanish jarayoniga salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Ammo o‘sha davrda bu «yagona sovet xalqi shakllanishidagi qonuniy jarayon» sifatida qabul qilindi.

O‘zbekistonda zamonaviy kon-metallurgiya sanoatiga asos solinishi uning industrial qiyofasini o‘zgartirib yubordi. Ko‘plab yangi shaharlar va posyolkalar (shaharchalar) qurildi. Ayniqsa, ittifoqqa bo‘ysunuvchi va «yopiq shaharlar» deb ataluvchi Navoiy, Zarafshon va Uchquduq kabi shaharlarga boshqa mintaqalardan ishchi kuchi jadallik bilan olib kelindi. Yopiq shaharlar mahalliy hokimiyatga bo‘ysunmagan. Bu joylarda maxfiy korxonalar joylashgan bo‘lib, ular faqat Markazga hisob berardi.

MA’LUMOT UCHUN

1956-yili Buxoro viloyatida Gazli neft-gaz koni topildi. Jahondagi eng yirik gaz konlaridan biri hisoblangan bu konning umumiy zaxirasi 500 mlrd kubometr gaz bo‘lgan.

XX asr 50-60-yillarida

Qizilqum sahrosi markaziy tumanlarining sanoat jihatidan o‘zlashtirilishi oltin va uran qazib olish sanoatining paydo bo‘lishiga olib keldi.

1958-yil 3-sentyabrda Navoiy kon-metallurgiya kombinatiga poydevor qo‘yilishi bilan Navoiy shahriga asos solindi.

XX asr 70-80-yillarida respublikada har yili taxminan

50 tonna atrofida sof oltin quymasi tayyorlangan.

Bu paytda oltin zaxiralari bo‘yicha yurtimiz dunyoda yettinchi o‘rinni egallagan.

MA’LUMOT UCHUN

Dunyoda eng yirik Muruntov oltin koni 1961-yili ishga tushirilib, dastlabki sof quyma oltin (999,9 probali) 1963-yil tayyorlangan.

DARSDAN SABOQ CHIQARIB

Savollar: 1. Kon-metallurgiya sanoatiga mamlakat tashqarisidan kadrlar va ishchi kuchini jalb etishdan ko‘zlangan maqsad nima edi? 2. Nima uchun Navoiy, Zarafshon va Uchquduq kabi shaharlar «yopiq shaharlar» deb atalgan? 3. Sovet jamiyati siyosiy tizimiga qaysi tashkilotlar kirgan? Ularning faoliyatidagi qanday masalalarda to‘siqlar bo‘lgan? 4. 1978-yilgi Konstitutsiyaning O‘zbekiston ijtimoiy-siyosiy hayotiga ta’siri qanday bo‘ldi? 5. Jamoat tashkilotlari huquqlarining cheklanishi qanday oqibatlarga olib keldi? 6. O‘ylab ko‘rib, xulosa chiqaring va munosabat bildiring: O‘zbekistonning yerosti boyliklaridan qimmatbaho resurslarni so‘rib olgan Ittifoq korxonalari olingan foydaning atigi 1 foizini mahalliy byudjetga o‘tkazgan.

Muhim sanalar

Bilimingizni sinang

Ikkinchi jahon urushi yillarida O‘zbekiston aholisining qancha foizga yaqinini yo‘qotgan (halok bo‘lgan yoki bedarak yo‘qolgan)?
  1. 10 foiziga
  2. 20 foiziga
  3. 3 foiziga
  4. 30 foiziga

To‘g‘ri javob: 10 foiziga. O‘zbekiston urushda aholisining 10 foiziga yaqinini yo‘qotgan.

To‘rtinchi besh yillikda (1948–1952) O‘zbekistonda paxtachilikka ajratilgan maydon necha ming gektarga ko‘paydi?
  1. 248 ming
  2. 148 ming
  3. 48 ming
  4. 348 ming

To‘g‘ri javob: 148 ming. To‘rtinchi besh yillikda paxta maydoni 148 ming gektarga ko‘paygan.

Ikkinchi jahon urushi yillarida O‘zbekiston aholisining qancha qismi halok bo‘lgan yoki bedarak yo‘qolgan?
  1. Taxminan 3 foizi
  2. Taxminan 5 foizi
  3. Taxminan 20 foizi
  4. Taxminan 10 foizi

To‘g‘ri javob: Taxminan 10 foizi. Respublika aholisining 10 foiziga yaqinini yo‘qotgan.

Ikkinchi jahon urushi yillarida O‘zbekiston iqtisodining necha foizi urush xarajatlariga yo‘naltirilgan?
  1. 40 foizi
  2. 60 foizi
  3. 75 foizi
  4. 85 foizi

To‘g‘ri javob: 60 foizi. Iqtisodining 60 foizi urush xarajatlariga yo‘naltirilgan.

To‘rtinchi besh yillikda (1948–1952) paxtachilikka ajratilgan maydon necha ming gektarga ko‘paydi?
  1. 148 ming gektarga
  2. 98 ming gektarga
  3. 248 ming gektarga
  4. 348 ming gektarga

To‘g‘ri javob: 148 ming gektarga. Paxtaga ajratilgan maydon 148 ming gektarga ko‘paygan.

1949- va 1950-yillarda O‘zbekistonda paxta bo‘yicha reja topshiriqlari nima sababdan bajarilmadi?
  1. Moskva respublika oldiga juda baland reja topshiriqlarini qo‘ygan edi
  2. Urush tufayli paxta ekiladigan yerlarning ko‘p qismi sho‘rlanib ketgan edi
  3. Kolxozlarni yiriklashtirish natijasida paxta maydonlari keskin qisqargan edi
  4. Respublika rahbariyati rejani ongli ravishda bajarmay, Markazga qarshi chiqqan edi

To‘g‘ri javob: Moskva respublika oldiga juda baland reja topshiriqlarini qo‘ygan edi. Moskva qo‘ygan juda baland reja respublika imkoniyatlaridan ortiq bo‘lgani uchun bajarilmadi.

To‘rtinchi besh yillikda (1948–1952-yillar) paxta maydonlari kengaytirilganda ekin yerlari asosan qaysi manba hisobiga ko‘paytirildi?
  1. Mirzacho‘l va Qarshi cho‘lining yangi o‘zlashtirilgan yerlari hisobiga
  2. Kolxozchilarning shaxsiy yer mulklari va uy xo‘jaliklari hisobiga
  3. Don ekiladigan dalalarni qisqartirish va sovxoz bog‘lari hisobiga
  4. Ko‘chib kelgan aholiga ajratilgan bo‘z yerlar hisobiga

To‘g‘ri javob: Kolxozchilarning shaxsiy yer mulklari va uy xo‘jaliklari hisobiga. Paxta maydonlari kolxozchilarning shaxsiy yerlari va uy xo‘jaliklari hisobidan keskin kengaytirildi.

Sovet rahbariyati kolxozlarni yiriklashtirish siyosatini qaysi yilda boshladi?
  1. 1950-yilda
  2. 1946-yilda
  3. 1953-yilda
  4. 1948-yilda

To‘g‘ri javob: 1950-yilda. Kolxozlarni yiriklashtirish va mutaxassislar bilan ta’minlash siyosati 1950-yilda boshlangan.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiO‘zbekiston fani va madaniyati g‘alaba uchun xizmatdaKeyingi →1980–1990-yillarda O‘zbekiston