Atamalar izohi
Avtonomiya (yunoncha – qonun) – biror-bir hududning qonun bilan chegaralangan davlat hokimiyatini mustaqil amalga oshirish huquqi. Biy sudlari – qabila urf-odatlariga tayanib ish ko‘radigan sud. Bolshevik (ruscha bolshoy, bolshe – katta; ko‘p) – Rossiya sotsial-demokratik ishchi partiyasining 1903-yil II syezdida partiya a’zolarining ko‘pchiligi asosida tashkil topgan guruhi bolsheviklar, kamchiligi esa minsheviklarga ajraldi. «Bosmachilik» – Turkistonda 1918—1925-yillarda keng xalq ommasi vakillarining bosqinchi qizil armiyaga qarshi olib borgan qurolli harakatiga hukumat tomonidan berilgan nom. Byuro (fr. devonxona, idora) – ba’zi muassasa, tashkilotda rahbarlik ishini olib borish maqsadida saylanadigan yoki ta’sis etiladigan kollegial organ. Chachvon – otning dumi qilidan to‘qilgan, paranji ostidan yuzga tutiladigan to‘r parda. Deklaratsiya — hukumatning, biror tashkilotning muhim bir hujjatni, qonunni, voqeani ko‘pchilik e’tiboriga yetkazuvchi bayonoti Delegat (lotincha – yuborgan) – biror tashkilot, jamoa tomonidan vakolatli qilib saylab yoki tayinlab yuborilgan vakil. Desyatina (ruscha desyat – o‘n) – metrik sistema qabul etilgunga qadar Rossiyada qo‘llangan, 1,09 gektarga teng yer maydoni o‘lchovi. Duma (ruscha – o‘ylash, fikrlamoq)
- Rossiya imperiyasining qonun chiqaruvchi hokimiyati, shahar dumasi – shaharning o‘zini o‘zi bosh qarish organi. Eserlar – S (es) – sotsial, R (er) – revolyutsion, ya’ni, sotsial revolyutsionerlar nomidan olingan bo‘lib, ular sovetlar ichida dehqonlar manfaatini hamoya qiluvchi guruh bo‘lgan.
Evakuatsiya (lotincha – bo‘shatmoq, xoli qilmoq) – odamlar, tashkilot, korxonalarni, badiiy va boshqa kadriyatlarni urush, tabiiy ofat kabilar xavfidan saqlash maqsadida bir joydan boshqa joyga ko‘chirish. Federatsiya (lotincha – ittifoq bo‘lib mustahkamlash) – davlatlarning o‘z siyosiy mustaqilligini muayyan doirada cheklash yo‘li bilan yagona ittifoqqa birlashuvi. Firqa (arab. – guruh, to‘da; partiya)
- maqsadi, g‘oyasi, dunyoqarashining mushtarakligi jihatidan birlashgan kishilar guruhi. Front – urush boshlanishi bilan
qurolli kuchlar barpo etiladigan operativ-strategik birlashma, shuningdek, harbiy harakatlar maydonida qo‘shinlar old bo‘linmalarining yoyilishi va dushman bilan to‘qnashuv chizig‘i. Gimnaziya – ayrim fanlarga ixtisoslashtirilgan va ular bo‘yicha chuqur ta’lim beradigan o‘quv muassasasi. Ispravnik – uyezd politsiyasi boshlig‘i. Jadid (arabcha) – «yangi» degan ma’noni bildiradi. Jevachi (jeva, jiba – qurol -aslaha)
- qurol-aslaha (jiba – himoya aslahalari) yasovchi hunarmand yoki qurolxona boshlig‘i. Kadetlar – «konstitutsion demokratlar» birikmasining bosh harflaridan olingan. Rossiyada 1905-yilda tashkil topgan, konstitutsion-demoqratik partiya deb ataluvchi partiyaning a’zolari. Kasanachilik – uyda yollanib ishlanadigan hunarmandchilik. Kollektivlashtirish – mayda-mayda
dehqon ho‘jaliklaridan ommaviy tarzda yirik kollektiv xo‘jaliklar (kolxozlar)ni tashkil qilish. Konsentratsion lager (lotincha – biror narsaning to‘planishi) – bir joyga to‘plash, yig‘ish. Konsentratsion lager bu siyosiy mahbuslar qamaladigan maxsus lager.
Konservativ (lotincha) – eski tuzum tarafdorlari, islohotlar va o‘zgarishlarga qarshi turuvchilar. Manifest (lotincha) – hukumatning muhim voqea munosabati bilan xalqqa qilgan yozma murojaati, qonun kuchiga teng hujjat. Maorif (arabcha) – insonlarning bilimi va tafakkurini oshirishga qaratilgan ta’lim-tarbiya. Matbuot (arabcha – bosma asarlar, nashrlar) – gazeta, jurnal va kitoblar majmuyi. Monokultura – almashlab ekishga amal qilmagan holda dalada faqat bir xil ekinni muttasil yetishtirish. Mutaassib (arabcha – o‘ta fidoyi) – dinga qattiq berilgan, uning aqidalariga ko‘r-ko‘rona amal qiluvchi. Muvaqqat – vaqtincha, muayyan muddatga tuzilgan hukumat. Muxolifat (arabcha – teskari, qarama-qarshi) – qarama-qarshi fikrda bo‘lgan, qarshi chiquvchi, qarshi. Muxtoriyat – biron-bir hududning davlat hokimiyatini mustaqil amalga oshirish huquqi. Natsionalizatsiya (inglizcha – millat, xalq) – ayrim shaxs yoki birlashmalarning xususiy mulki bo‘lgan yer, ishlab chiqarish korxonalari, transport va boshqalarni davlat ixtiyoriga olish. Paranji – ko‘pchilik musulmon ayollar begona erkaklarga ochiq ko‘rinmaslik uchun boshga yopinib yuradigan, bichimi keng va uzun to‘n shaklidagi, soxta yengli yoping‘ich (yuz chachvon bilan berkitiladi) Politsiya (nemischa – ma’muriyat)
- jamoat xavfsizligini saqlovchi tashkilot. Protektorat (lotincha – homiy) –
mustamlaka mamlakat qaramligining bir shakli. Bunday mamlakat ichki siyosatida birmuncha mustaqil bo‘lsa-da, tashqi siyosati mustamlakachi davlat qo‘liga o‘tadi. Ikkinchi tomondan, ko‘plab mustamlakachi davlatlar iqtisodiy nochor davlatlarga «homiylik» ko‘rinishida egalik qilgan.
Pud – 16,38 kg ga teng og‘irlik o‘lchov birligi. Qo‘rboshi – o‘rta asrlarda O‘rta Osiyo xonliklari qurol-yarog‘ ombori (qo‘r) mutasaddisi hamda qurol-aslaha, turli yarog‘lar va to‘p yasash korxonalari (qo‘rxona) boshlig‘i bo‘lib, Turkiston o‘lkasida oktyabr to‘ntarishigacha bo‘lgan davrda mahalliy politsiya boshlig‘i hamda keyinchalik, Turkistonda sovet rejimiga qarshi istiqlolchilik harakati rahbarlarining unvoniga aylangan. Qozi sudlari – shariat qoidalari asosida ish ko‘radigan sud. «Qo‘shchi» – qo‘sh haydovchi kishi, dehqon. «Qo‘shchi» dehqonlarni g‘oyaviy jihatdan birlashtirib turgan ittifoq bo‘lganligi uchun shunday nomlangan. «Quloqlar» (ruscha kulachestvo — mushtumzo‘r) — mustabid sovet rejimining badavlat va o‘rta hol dehqonlarni qishloq burjuaziyasi sifatida tugatish siyosatidir. Radikal (lotincha – tubdan) – keskin va qat’iy choralar tarafdori. Referendum (lotincha – xabar berilishi zarur bo‘lgan narsa) – davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan muhim masalalar bo‘yicha o‘tkaziladigan va ba’zan qonunlar qabul qilish uchun asos bo‘lib xizmat qiladigan umumxalq so‘rovi, ovoz berish yo‘li bilan xalq fikrini aniqlash. To‘ra – yuqori tabaqaga mansub kishi. Xiva xonligida xon qarindoshlari va yaqinlariga beriladigan unvon. Tuzem – yerli xalq, mahalliy aholining mustamlakachilar tomonidan atalishi. Uchastka pristavi – aholi yashash joyi nazoratchisi. Uyezd – tumanlarga teng ma’muriy-hududiy bo‘linma. Vassal – bir davlatning boshqa bir davlatga bo‘ysunish tartibi. Volost – uyezd tarkibiga kirgan bir necha qishloq yoki ovullardan iborat hududiy bo‘linma.
Mundarija
Kirish.................................................................................................................. 3 Rossiya imperiyasi bosqini arafasida Buxoro amirligi, Qo‘qon va Xiva xonliklaridagi ijtimoiy–siyosiy va iqtisodiy ahvol...................................................... 6 Rossiya imperiyasining O‘rta Osiyoga yurishi va Turkiston general-gubernatorligining tashkil topishi............................................................................... 19 Buxoro amirligi va Xiva xonligining Rossiya imperiyasi vassaliga aylanishi.... 26 Turkiston o‘lkasida siyosiy-ma’muriy boshqaruv tizimi.................................... 33 Turkistonda Rossiya imperiyasiga qarshi milliy-ozodlik harakatlari................. 39 Birinchi jahon urushining boshlanishi va uning Turkistonga ta’siri................... 46 Turkistonda 1916-yilgi qo‘zg‘olonning boshlanishi.......................................... 49 XIX asrning ikkinchi yarmi – XX asrning boshlarida Buxoro amirligi............... 53 XIX asrning ikkinchi yarmi – XX asrning boshlarida Xiva xonligi..................... 58 XIX asr ikkinchi yarmi – XX asr boshlarida qoraqalpoqlar madaniyati............ 62 Turkistonda jadidchilik harakati....................................................................... 66 Jadidchilik harakati namoyandalari va ularning faoliyati.................................. 71 Turkistonda ilm-fan va madaniyat.................................................................... 80 Turkiston o‘lkasi 1917-yil fevral-oktyabr oralig‘ida........................................... 90 Yosh buxoroliklar faoliyati va Buxoro amirligining tugatilishi............................ 93 Xiva xonligining tugatilishi................................................................................ 99 Turkiston muxtoriyati..................................................................................... 102 Turkiston o‘lkasida sovet hokimiyati boshqaruv tizimining o‘rnatilishi........... 105 Turkiston ASSR, BXSR va XXSRda sovet hokimiyatiga qarshi qurolli harakatlar.............................................................................................................. 109 O‘rta Osiyoda hududiy chegaralanish............................................................ 116 O‘zbekiston SSRning tashkil topishi.............................................................. 121 Sovet hokimiyati amalga oshirgan islohotlarning mohiyati. Industrlashtirish siyosati va uning natijalari................................................... 126 O‘zbekistonda sovet hokimiyati yuritgan madaniy siyosat............................. 133 Sovet hokimiyatining O‘zbekistondagi qatag‘onlik siyosati............................ 139 O‘zbekiston Ikkinchi jahon urushi yillarida..................................................... 143 O‘zbekistonliklarning frontdagi jasorati va qahramonliklari............................ 155 Gvardiyachi general-mayor Sobir Rahimovning dafn qilinishi....................... 163 O‘zbekiston fani va madaniyati g‘alaba uchun xizmatda............................... 164 O‘zbekiston xalq xo‘jaligining urushdan keyingi yillardagi rivojlanishi........... 170 1980–1990-yillarda O‘zbekiston.................................................................... 177 Sharof Rashidov............................................................................................ 184 O‘zbekistonda ijtimoiy-siyosiy faollik va mustaqillik sari intilishning kuchayishi...................................................................................................... 185 Atamalar izohi................................................................................................ 188
Muhim sanalar
- 1903-yil — Avtonomiya (yunoncha – qonun) – biror-bir hududning qonun bilan chegaralangan davlat hokimiyatini mustaqil amalga oshirish huquqi. Biy sudlari – qabila urf-odatlariga tayanib ish ko‘radigan sud. Bolshevik (ruscha…
- 1905-yilda — Rossiyada 1905-yilda tashkil topgan, konstitutsion-demoqratik partiya deb ataluvchi partiyaning a’zolari. Kasanachilik – uyda yollanib ishlanadigan hunarmandchilik. Kollektivlashtirish – mayda-mayda
- 1925-yillarda — Avtonomiya (yunoncha – qonun) – biror-bir hududning qonun bilan chegaralangan davlat hokimiyatini mustaqil amalga oshirish huquqi. Biy sudlari – qabila urf-odatlariga tayanib ish ko‘radigan sud. Bolshevik (ruscha…
Bilimingizni sinang
Rossiya sotsial-demokratik ishchi partiyasining qaysi yilgi II syezdida bolsheviklar va minsheviklar guruhlari ajralib chiqqan?
- 1905-yil
- 1898-yil
- 1917-yil
- 1903-yil
To‘g‘ri javob: 1903-yil. 1903-yil II syezdida a’zolarning ko‘pchiligi bolsheviklar, kamchiligi minsheviklar guruhiga ajraldi.
Turkistonda xalq ommasining qizil armiyaga qarshi qurolli harakati «bosmachilik» deb atalgan davr 1918-yildan qaysi yilgacha davom etgan?
- 1923-yilgacha
- 1920-yilgacha
- 1925-yilgacha
- 1928-yilgacha
To‘g‘ri javob: 1925-yilgacha. «Bosmachilik» deb nomlangan harakat Turkistonda 1918—1925-yillarni qamragan.
Nomi sotsial revolyutsionerlar so‘zlaridan olingan, sovetlar ichida dehqonlar manfaatini himoya qilgan guruh qanday ataladi?
- Bolsheviklar
- Minsheviklar
- Kadetlar
- Eserlar
To‘g‘ri javob: Eserlar. Eserlar nomi S (es) – sotsial, R (er) – revolyutsion so‘zlaridan olingan guruh bo‘lib, dehqonlar manfaatini himoya qilgan.
Biror hududning qonun bilan chegaralangan davlat hokimiyatini mustaqil amalga oshirish huquqi qanday ataladi?
- Federatsiya
- Avtonomiya
- Protektorat
- Referendum
To‘g‘ri javob: Avtonomiya. Avtonomiya — hududning qonun bilan chegaralangan davlat hokimiyatini mustaqil amalga oshirish huquqi.
Rossiya sotsial-demokratik ishchi partiyasining 1903-yil II syezdida a’zolarning ko‘pchiligi asosida tashkil topgan guruh qanday nom oldi?
- Bolsheviklar
- Minsheviklar
- Eserlar
- Kadetlar
To‘g‘ri javob: Bolsheviklar. Ko‘pchilik bolsheviklar, kamchilik esa minsheviklar deb atalgan.
Hukumat tomonidan “bosmachilik” deb nomlangan, bosqinchi qizil armiyaga qarshi qurolli harakat Turkistonda qaysi yillarda bo‘lgan?
- 1905–1907-yillarda
- 1916–1917-yillarda
- 1918–1925-yillarda
- 1924–1930-yillarda
To‘g‘ri javob: 1918–1925-yillarda. Matnda bu harakat 1918–1925-yillar deb ko‘rsatilgan.
Rahbarlik ishini olib borish maqsadida saylanadigan yoki ta’sis etiladigan kollegial organ qanday ataladi?
- Delegat
- Byuro
- Duma
- Deklaratsiya
To‘g‘ri javob: Byuro. Byuro — rahbarlik ishini olib borish uchun saylanadigan yoki ta’sis etiladigan kollegial organ.
Rossiyada metrik sistema qabul etilguniga qadar qo‘llangan desyatina yer maydoni o‘lchovi necha gektarga teng?
- 0,5 gektarga
- 1,6 gektarga
- 2,5 gektarga
- 1,09 gektarga
To‘g‘ri javob: 1,09 gektarga. Desyatina 1,09 gektarga teng yer o‘lchovidir.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash