XotirAI logotipiXotirAI
📜 10-sinf · O‘zbekiston tarixi · 32

O‘zbekistonda ijtimoiy-siyosiy faollik va mustaqillik sari intilishning kuchayishi

O‘ZBEKISTONDA IJTIMOIY-SIYOSIY O‘ZBEKISTONDA IJTIMOIY-SIYOSIY FAOLLIK VA MUSTAQILLIK SARI FAOLLIK VA MUSTAQILLIK SARI INTILISHNING KUCHAYISHI INTILISHNING KUCHAYISHI

UCHUN BUGUN DARSDA

Savollar: 1990-yillarga kelib dunyoning siyosiy xaritasida qanday o‘zgarishlar yuz berdi? Buning sababi nima edi?

o‘zgarishlar. • Mustaqillik Deklaratsiyasi va uning ahamiyati.

qilinishi.

MA’LUMOT UCHUN

Sovet Ittifoqi rahbariyati, ayniqsa, maxsus xizmatlar milliy respublikalarni, jumladan, O‘zbekistonni qo‘l ostida ushlab turish uchun bor kuchlarni ishga soldilar. Masalan, Farg‘ona, Qo‘qon, Quvasoy, Gulis ton, Parkent, Bo‘kada millatlararo mojarolar chiqarish orqali odamlar diqqatini chalg‘itish, ularni bostirish orqali milliy-ozodlik harakatini so‘ndirishga qattiq bel bog‘ladilar.

MA’LUMOT UCHUN

Bu o‘ta qaltis va og‘ir davrda – 1989-yil 23-iyunda O‘zbekiston SSR rahbarligiga Islom Karimovning kelishi davlat mustaqilligini tiklash jarayoniga respublikadagi ilg‘or va hur fikrlovchi boshqaruvchilarni ham uyushtirish imkonini tug‘dirdi. Negaki, partiya, ijro va vakillik idoralari, harbiylashtirilgan tuzilmalarda O‘zbekistonni ozod ko‘rish, mustaqil rivojlanish yo‘liga uzil-kesil o‘tish qarashi bilan yongan shaxslar kam emasdi.

Mustaqillik sari maqsadga muvofiq harakat o‘z samarasini bera boshladi. 1990-yil 24-martda O‘zbekiston SSR Oliy Soveti Islom Karimovni O‘zbekiston SSRning prezidenti etib saylaydi.

Shu yilning 20-iyunida Mustaqillik Deklaratsiyasi qabul qilindi. Ushbu tarixiy hujjatning qabul qilinishi davlat mustaqilligimizni tiklash sari qo‘yilgan zalvorli qadam bo‘ldi.

MA’LUMOT UCHUN

1989-yil 21-oktyabrda respublika Oliy Sovetining XI sessiyasi «O‘zbekiston

SSR davlat tili haqida»gi Qonunni qabul qi lib, o‘zbek tiliga davlat tili maqomini berdi.

Bu kabi keskin va ilg‘or o‘zgarishlar boshqa respublikalarda ham yuz bera boshlagani sharoitida Moskvadagi imperiyaparast kuchlar 1991-yil 19-avgustda davlat to‘ntarishi uyushtirish orqali SSSRni saqlab qolishga urinib ko‘rdilar. Biroq ushbu xatti-harakat uch kundan oshmay, muvaffaqiyatsizlikka uchradi. O‘zbekistonda mustaqillik sari intilishlar yanada avj oldi.

O‘zbekiston SSR Prezidentining 25-avgustdagi farmoni bilan res publika ichki ishlar vazirligi va davlat xavfsizligi qo‘mitasi O‘zbekiston SSRning qonuniy tasarrufiga olindi, SSSR Ichki ishlar vazirligining ichki qo‘shinlari bevosita O‘zbekiston SSR Prezidentiga bo‘ysundirildi.

MA’LUMOT UCHUN

Nihoyat, o‘zbek xalqining necha-necha avlodi orziqib kutgan kun keldi. 1991-yilning 31-avgustida O‘zbekiston SSR Oliy Sovetining o‘n ikkinchi chaqiriq navbatdan tashqari 6-sessiyasida O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi to‘g‘risida Oliy Kengash bayonoti va «O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida» Qonuni qabul qilindi.

Shunday qilib, 1991-yil 31-avgustda o‘zbek xalqi bir asrdan ortiq qaramlik davridan so‘ng o‘z milliy davlatchiligini tiklash baxtiga erishdi. Dunyo siyosiy xaritasida juda qadimiy davlatchilik an’analariga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi paydo bo‘ldi.

Bu nodir voqea kamida 3 500 yillik o‘tmishga ega o‘zbek xalqi va davlatchiligi tarixiga zarhal sahifalar bo‘lib yozildi.

MA’LUMOT UCHUN

Mustaqillik xalqimizning XX asrda erishgan eng yuksak yutug‘i, ajdodlarimiz to‘kkan qutlug‘ va tabarruk qonning mahsuli hisoblanadi.

DARSDAN IJOBIY SABOQ CHIQARIB

Savollar: 1. 1989-yil 23-iyundan O‘zbekistonning Ittifoqdagi o‘rnida qanday o‘zgarishlar bo‘ldi? 2. Mustaqillik Deklaratsiyasi qanday huquqiy ahamiyatga ega hujjat bo‘lgan? 3. «O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida»gi Qonun qanday maqsadlarni o‘ziga qamrab oldi? 4. QR kodda berilgan deklaratsiyani o‘qing. Uning mazmunini gapirib bering. Mustaqil O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilingunga qadar bu hujjat qanday maqomga ega bo‘lganligini mulohaza qiling. Fikringizni 3-savolda berilgan qonun bilan asoslang.

Muhim sanalar

Bilimingizni sinang

Sovet rahbariyati va maxsus xizmatlar millatlararo mojarolarni qanday maqsadda uyushtirgan?
  1. Respublikalarni iqtisodiy jihatdan birlashtirib, ittifoqni mustahkamlash uchun
  2. Odamlar diqqatini chalg‘itib, milliy-ozodlik harakatini so‘ndirish uchun
  3. Aholining turmush darajasini oshirib, ijtimoiy tinchlikni saqlash uchun
  4. Xorijiy davlatlar bilan savdo aloqalarini kengaytirish va sarmoya jalb etish uchun

To‘g‘ri javob: Odamlar diqqatini chalg‘itib, milliy-ozodlik harakatini so‘ndirish uchun. Mojarolar odamlar diqqatini chalg‘itish va bostirish orqali milliy-ozodlik harakatini so‘ndirish uchun chiqarilgan.

Sovet rahbariyati va maxsus xizmatlar Farg‘ona, Qo‘qon, Quvasoy kabi joylarda millatlararo mojarolarni nima maqsadda uyushtirgan?
  1. Odamlar diqqatini chalg‘itib, ularni bostirish orqali milliy-ozodlik harakatini so‘ndirish uchun
  2. Respublikada iqtisodiy islohotlarni tezlashtirib, ittifoq rahbariyatiga ko‘maklashish uchun
  3. O‘zbekistonni boshqa respublikalar bilan yaqinlashtirib, ittifoqni mustahkamlash uchun
  4. Respublika rahbariyatini mustaqillikka tayyorlab, o‘tish davrini yengillashtirish uchun

To‘g‘ri javob: Odamlar diqqatini chalg‘itib, ularni bostirish orqali milliy-ozodlik harakatini so‘ndirish uchun. Millatlararo mojarolar odamlar diqqatini chalg‘itish va ularni bostirish orqali milliy-ozodlik harakatini so‘ndirish maqsadida uyushtirilgan.

Islom Karimov O‘zbekiston SSR rahbarligiga qaysi yilda kelgan?
  1. 1991-yilda
  2. 1988-yilda
  3. 1989-yilda
  4. 1990-yilda

To‘g‘ri javob: 1989-yilda. Islom Karimovning O‘zbekiston SSR rahbarligiga kelishi 1989-yil 23-iyunda bo‘ldi.

Islom Karimov 1989-yilning qaysi sanasida O‘zbekiston SSR rahbarligiga kelgan?
  1. 23-iyunda
  2. 12-iyulda
  3. 3-iyunda
  4. 21-iyunda

To‘g‘ri javob: 23-iyunda. Karimovning O‘zbekiston SSR rahbarligiga kelishi 1989-yil 23-iyunga to‘g‘ri keladi.

O‘zbekiston SSR Oliy Soveti Islom Karimovni O‘zbekiston SSRning prezidenti etib qaysi yilda saylagan?
  1. 1990-yilda
  2. 1991-yilda
  3. 1992-yilda
  4. 1989-yilda

To‘g‘ri javob: 1990-yilda. Oliy Sovet Islom Karimovni 1990-yil 24-martda O‘zbekiston SSR prezidenti etib saylagan.

O‘zbekiston SSR Oliy Soveti Islom Karimovni prezident etib 1990-yilning qaysi sanasida saylagan?
  1. 4-aprelda
  2. 24-martda
  3. 20-martda
  4. 14-martda

To‘g‘ri javob: 24-martda. Saylov 1990-yil 24-martda bo‘lib o‘tgan.

Islom Karimov O‘zbekiston SSR rahbarligiga qaysi sanada kelgan?
  1. 1989-yil 23-iyun
  2. 1990-yil 24-mart
  3. 1990-yil 20-iyun
  4. 1991-yil 31-avgust

To‘g‘ri javob: 1989-yil 23-iyun. Karimovning 1989-yil 23-iyunda rahbarlikka kelishi mustaqillikni tiklash jarayoniga ilg‘or kuchlarni uyushtirish imkonini bergan.

O‘zbekiston SSR Oliy Soveti Islom Karimovni prezident etib qaysi sanada saylagan?
  1. 1989-yil 23-iyun
  2. 1990-yil 24-mart
  3. 1990-yil 20-iyun
  4. 1991-yil 25-avgust

To‘g‘ri javob: 1990-yil 24-mart. Oliy Sovet uni 1990-yil 24-martda prezident etib saylagan.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiSharof RashidovKeyingi →Atamalar izohi