XotirAI logotipiXotirAI
📜 11-sinf · O‘zbekiston tarixi · 1-mavzu

Mustaqil O‘zbekiston Respublikasining tashkil topishi

Milliy davlatchilikning tiklanishi

Akbar Zamonov, Oybek Abdimo‘minov, Islombek Bobojonov

O‘zbekiston tarixi

Yangi nashr

Umumiy o‘rta ta’lim maktablari uchun darslik

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi nashrga tavsiya etgan

Toshkent – 2025

Mas‘ul muharrirlar:

Nodira Mustafoyeva – tarix fanlari doktori, professor;

Nargiza Ismatova – tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).

Taqrizchilar:

Q. Matxoliqov – O‘zMU tarix fakulteti dotsenti, tarix fanlari nomzodi;

A. Norboyev – Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti dotsenti v.v.b., tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD);

M. Boboyeva – Mehnat va ijtimoiy munosabatlar akademiyasi dotsenti v.v.b., falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD);

Z. Bozorov – RTM ijtimoiy fanlar bo‘limi metodisti;

B. Mahmudboyev – Guliston davlat universiteti tayanch doktoranti;

G‘. Pardayev – Samarqand viloyati Toyloq tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning tarix fani o‘qituvchisi.

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi xulosasi asosida takomillashtirildi.

Taqrizchilar:

KIRISH ........ 5

Kirish

XX asr oxiri O‘zbekiston tarixida buyuk burilish davri bo‘ldi. 1991-yil 31-avgust kuni mamlakatimiz mustaqillikka erishib, o‘z taraqqiyot yo‘lini belgilab oldi. Bu tarixiy sana xalqimiz hayotiga ulkan quvonch va cheksiz g‘urur olib keldi. Chunki mustaqillik – ozodlik, erkinlik va o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqidir.

O‘zbek xalqi ko‘p mingyillik tarixida ulkan yutuqlar bilan bir qatorda sinovlarni ham boshdan kechirdi. Ammo mustaqillik xalqimizning eng katta g‘alabasi sifatida milliy tiklanish va taraqqiyotning yangi davrini boshlab berdi. Shu kundan yurtimizda milliy davlatchilikni mustahkamlash, bozor iqtisodiyotiga o‘tish, madaniyat va ma’naviyatni yuksaltirish, xalq farovonligini oshirish yo‘lida keng ko‘lamli islohotlar boshlandi.

Kirish

Mustaqillik deganda, avvalo, davlatning suverenligi, ichki va tashqi siyosatini mustaqil belgilashi, o‘z qonunlarini qabul qilishi va fuqarolari huquqlarini himoya qilishi tushuniladi. Shu bilan birga, milliy qadriyatlarimizni asrash va rivojlantirish, xalqimiz kelajagini o‘zi belgilash imkoniyati ham mustaqillikning ajralmas qismidir.

Mustaqil O‘zbekistonda Konstitutsiya qabul qilinib, davlat institutlari shakllantirildi, huquqiy asoslar mustahkamlandi. Bugungi kunda esa yangi tahrirdagi Bosh qomus “Milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari” ezgu g‘oyasini ro‘yobga chiqarishda muhim dastur bo‘lib xizmat qilmoqda. Ta’lim, sog‘liqni saqlash, iqtisodiyot, madaniyat va tashqi siyosat sohalarida erishilgan yutuqlar xalqimizning hayoti sifatini oshirib, O‘zbekistonning xalqaro maydondagi obro‘sini yanada mustahkamlamoqda.

Kirish

O‘zbekistonning mustaqillikdan keyingi tarixini shartli ravishda ikki bosqichga ajratish mumkin:

1991–2016-yillar – milliy davlatchilik asoslarini yaratish va dastlabki islohotlar davri;

2017-yildan hozirgi kungacha – Shavkat Mirziyoyev rahbarligida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar va Yangi O‘zbekiston taraqqiyoti davri.

Aziz o‘quvchilar! Tarixni o‘rganish o‘tmishni bilishgina emas, balki bugungi hayotimizni tahlil qilish va kelajakni ishonch bilan tasavvur qilishdir. Tarix – milliy g‘ururimiz, Vatanni sevishga undovchi kuch, kelajakka mas’uliyat bilan qarashga chorlovchi saboqdir.

Ushbu darslik sizni nafaqat faktlar va voqealar bilan tanishtiradi, balki mustaqil fikrlash, tahlil qilish, bahs yuritish va xulosa chiqarish ko‘nikmalarini rivojlantirishingizga yordam beradi. Natijada siz mustaqillik yillarida xalqimiz erishgan yutuqlarni chuqur anglab, kelajakda Vatanimiz ravnaqi uchun hissa qo‘shadigan shaxs sifatida shakllanishingizga ishonamiz.

Kirish

Biz shu vaqtgacha tarixning o‘zimizga yoqqan tomonlarini ko‘proq yoritib, yoqmagan jihatlarini esa ko‘pincha chetlab o‘tdik. Endi esa, kimlargadir yoqadimi-yoqmaydimi, u g‘ururimiz bo‘lsinmi yoki armonimiz, muvaffaqiyatmi yoki xiyonat – barchasini haqqoniy yozishimiz zarur. Chunki tarixni to‘liq va xolis o‘rganmasdan turib, kelajakni to‘g‘ri qurib bo‘lmaydi. Shavkat Mirziyoyev

Bilib olasiz

Mustaqillik asoslarining yaratilishi

Mustamlakachilik va kommunistik mafkura asosida qurilgan tuzumni boshdan kechirgan o‘zbek xalqi mustaqil rivojlanish davrini boshlar ekan, o‘z oldiga demokratiya va inson haq-huquqlari hamda erkinliklarini ta’minlash singari oliy maqsadlarni qo‘ygan.

XX asrning 80-yillari oxiriga kelib O‘zbekiston SSRda mustaqillik yo‘lidagi amaliy harakatlar kuchaya boshladi. Natijada 1990-yil 20-iyunda O‘zbekiston SSRning Mustaqillik deklaratsiyasi qabul qilindi.

Ijodiy faoliyat

Savollar: Quyi sinflarda O‘zbekiston tarixi va huquq fanlaridan olgan bilimlaringiz asosida javob bering. 1. XX asrning 80-yillari oxirida O‘zbekistonda qanday siyosiy vaziyat yuzaga kelgan edi? 2. Mustaqillikning huquqiy asoslari deganda nimani tushunasiz? 3. Mustaqillik deklaratsiyasi qachon qabul qilingan edi? Unda nimalar aks etgan?

Yodda tuting!

Mustaqillik deklaratsiyasi kirish qismiga quyidagicha yozib qo‘yildi: “Oliy Sovet O‘zbekistonning kelajagi uchun tarixiy mas’uliyatni chuqur his etgan holda xalqaro huquq qoidalariga, umumbashariy qadriyatlarga va demokratiya prinsiplariga asoslanib, O‘zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasining davlat mustaqilligini e’lon qiladi”.

Islom Karimov davlat mustaqilligini e’lon qilmoqda

Davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan bu deklaratsiyani qabul qilishda xalqimizning ilg‘or ziyoli qatlami hamda respublika Oliy Soveti deputatlari faollik ko‘rsatdilar. Mustaqillik deklaratsiyasida o‘zbek xalqining asrlar davomida qo‘lga kiritgan davlat qurilishi va madaniy taraqqiyot borasidagi boy tarixiy tajribasi va an’analari hisobga olinishi ko‘zda tutildi.

Yodda tuting!

Mustaqillik deklaratsiyasidan O‘zbekistondagi ziyoli va faol qatlamning umidi katta edi. Natijada bu deklaratsiya O‘zbekiston mustaqilligi uchun tashlangan ulkan qadam bo‘ldi.

O‘zbekiston mustaqilligining e’lon qilinishi

XX asrning 90-yillariga kelib sotsialistik mamlakatlarda inson huquqlarini himoya qilish va ozodlikka intilishning yangi bosqichi boshlandi. 1991-yil 31-avgustda O‘zbekiston Oliy Kengashining navbatdan tashqari XII chaqiriq VI sessiyasi o‘z ishini boshladi.

Unda O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi to‘g‘risidagi masala kun tartibiga qo‘yilib, qizg‘in muhokama qilindi.

Sessiyada O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini e’lon qildi va uni mustaqillik to‘g‘risidagi qonun bilan mustahkamlashni taklif etdi. Oliy Kengash deputatlarining moddama-modda muhokamasidan so‘ng “O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi.

O‘zbekiston mustaqilligining e’lon qilinishi

“O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida”gi qonunga ko‘ra, O‘zbekistonning huquqiy holati tubdan o‘zgardi. 17 moddadan iborat ushbu qonun O‘zbekiston Respublikasining suvereniteti asoslarini belgilab berdi. O‘z mohiyatiga ko‘ra bu hujjat respublika uchun vaqtincha konstitutsiya rolini ham bajaradigan bo‘ldi.

“O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida”gi konstitutsiyaviy qonun O‘zbekiston mustaqil davlat sifatida qo‘ygan ilk qadamlarning konstitutsiyaviy-huquqiy asosini tashkil etdi. O‘z mazmun-mohiyatiga ko‘ra uni “Muvaqqat kichik konstitutsiya” deb ta’riflash mumkin.

O‘zbekiston mustaqilligining e’lon qilinishi

O‘zbekiston Respublikasining ilk konstitutsiyasini tayyorlash va qabul qilish vazifasi kun tartibiga chiqdi. Mazkur tarixiy ish bo‘yicha O‘zbekiston rahbari Islom Abdug‘aniyevich Karimov boshchiligida 64 a’zodan iborat komissiya 1990-yil 20-iyundayoq tuzilgan edi. Ular konstitutsiyaning birinchi, ikkinchi va uchinchi loyihalarini ishlab chiqqan. Bu borada dunyodagi eng rivojlangan, demokratik jamiyat tamoyillariga asoslangan davlatlar tajribasi o‘rganilgan.

Konstitutsiya loyihasi 1992-yil 26-sentyabrda va 21-noyabrda umumxalq muhokamasi uchun matbuotda e’lon qilindi. Komissiya bildirilgan fikr-mulohazalar va takliflarni ko‘rib chiqib, loyihaga o‘zgartirish va tuzatishlar kiritdi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 1992-yil 8-dekabrda qabul qilindi.

O‘zbekiston mustaqilligining e’lon qilinishi

O‘zbekistonning davlat bayrog‘i, gerbi va madhiyasiga doir takliflar hamda ular to‘g‘risidagi nizomlarni tayyorlash ham kun tartibidagi asosiy masalaga aylandi va bu boradagi ishlar boshlab yuborildi. 1991-yil 18-noyabrda “O‘zbekiston Respublikasining davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi, 1992-yil 2-iyulda “O‘zbekiston Respublikasining davlat gerbi to‘g‘risida”gi, 1992-yil 10-dekabrda “O‘zbekiston Respublikasining davlat madhiyasi to‘g‘risida”gi qonunlar qabul qilindi.

Shu kuni Abdulla Oripov va bastakor Mutal Burhonov tomonidan tayyorlangan madhiya varianti tasdiqlandi.

Mulohaza uchun

Zamonaviy ko‘rinishdagi davlat madhiyasi ilk bor yurtimizda Turkiston Muxtoriyati davrida yaratilgan. Garchi Turkistonda turli xalqlar va millatlar yashasa-da, madhiya matni aynan o‘zbek tilida, ulug‘ shoirimiz Abdulhamid Cho‘lpon tomonidan yozilgan va 1917-yilda qabul qilingan. Unda quyidagi misralar bor edi: Ko‘z ochching, boqing har yon, Qardoshlar, qanday zamon! Shodlikka to‘ldi jahon, Fido bu kunlarga jon! Sovet Ittifoqi davrida O‘zbekiston SSR madhiyasi 1947-yilda qabul qilingan. Uning matnini Turob To‘la va Temur Fattoh yozgan. Mutal Burhonov esa musiqa bastalagan edi.

Yodda tuting!

Oliy Kengashning “O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini e’lon qilish to‘g‘risida”gi qarorida “Respublikaning davlat mustaqilligi to‘g‘risidagi Oliy Kengash bayonoti tasdiqlansin va respublika bundan buyon O‘zbekiston Respublikasi deb atalsin; 1-sentyabr O‘zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni deb belgilansin va 1991-yildan boshlab bu kun bayram va dam olish kuni deb e’lon qilinsin”, deb qat’iy belgilab qo‘yildi.

Yodda tuting!

Davlat madhiyasi. O‘zbekistonning yangi madhiyasini ishlab chiqishga 1990-yil martidan kirishilgan. Shu yili davlat madhiyasi matni va musiqasi bo‘yicha tanlov e’lon qilingan. Nizomga ko‘ra, tanlovda ishtirok etuvchi ijodkorlar yashirin imzo – taxallus bilan qatnashishi shart qilib qo‘yilgan edi. Tanlovning birinchi bosqichi natijasida 70 dan ortiq madhiya tanlab olingan. Tanlovning yakuniy bosqichida qatnashish uchun saralangan uchta madhiya mualliflari Abdulla Oripov va Mutal Burhonov, Mirpo‘lat Mirzo va Rustam Abdullayev, Abdulla Oripov va Baxtiyor Aliyev bo‘lgan. Tanlov so‘ngida saralangan uch variant yopiq ovoz berish uchun qo‘yilgan. Deputatlar yashirin ovoz bergach, Abdulla Oripov va Mutal Burhonov hamkorligidagi madhiya g‘olib deb topilgan.

Yodda tuting!

Abdulla Oripov

Mutal Burhonov

Ijodiy faoliyat

Savollar: 1. O‘zbekiston mustaqilligi yo‘lida ilk tarixiy qadamlar qaysi davrda tashlangan va bu jarayon qanday muhim voqealar bilan bog‘liq? 2. 10-sinf O‘zbekiston tarixi fanidan olgan bilimlaringiz asosida javob berishga harakat qiling: – 1991-yil avgustida Sovet Ittifoqi hududida qanday muammoli vaziyatlar yuzaga keldi? – Bu jarayonlarga o‘sha davrdagi O‘zbekiston SSR hukumati qanday munosabat bildirdi? Qanday yo‘l tutdi? 3. O‘zbekiston Respublikasi davlat ramzlaridagi elementlar mohiyatini ochib bering. Mamlakatimiz madhiyasidagi ushbu satrlarni ko‘p ming yillik tariximiz, davlatimiz bayrog‘i va gerbidagi elementlar bilan bog‘lab tushuntiring: “... Ajdodlar mardona ruhi senga yor! Ulug‘ xalq qudrati jo‘sh urgan zamon, Olamni mahliyo aylagan diyor!”

Ijodiy faoliyat

O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i va gerbi

O‘zbekistonda prezidentlik institutining shakllanishi va siyosiy islohotlar taraqqiyoti

Prezidentlik instituti prezident davlat boshlig‘i sifatida asosiy siyosiy qarorlar qabul qiladigan boshqaruv shakli hisoblanadi. 1990-yil 24-mart kuni O‘zbekiston SSR Oliy Sovetining navbatdan tashqari sessiyasida Prezident lavozimi ta’sis etildi. Bu qaror sovet davrining oxiri va markazlashtirilgan ijro hokimiyatiga o‘tish jarayoniga to‘g‘ri keldi. Ittifoqdosh respublikalar orasida birinchi bo‘lib O‘zbekston SSRda prezidentlik boshqaruvi joriy qilingan edi. Prezidentlik institutining paydo bo‘lishi mamlakat tarixidagi muhim voqea bo‘lib, u mustaqillikka erishish va davlatchilik asoslarini shakllantirish, milliy manfaatlarni himoya qilish va davlat boshqaruvini markazlashtirishga xizmat qildi. 1990-yil 24-martda O‘zbekiston SSR Oliy Sovetining sessiyasida Islom Karimov O‘zbekiston SSR Prezidenti etib saylandi.

O‘zbekistonda prezidentlik institutining shakllanishi va siyosiy islohotlar taraqqiyoti

Keyingi yillarda mustaqillik e’lon qilingach, 1992-yildagi Konstitutsiya prezidentlik institutini yangi respublika qonunchiligi tarkibiga qo‘shib, uning vakolatlari va maqomini bel-

gilab berdi. Bu voqea O‘zbekiston siyosiy tarixida muhim burilish sanasi sifatida yodda qoladi. 1991-yil 29-dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi muqobillik asosida o‘tkazilib, saylovchilarning 86 foiz ovozi bilan Islom Karimov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylandi. 1995-yil 26-martda o‘tkazilgan referendum asosida Prezident vakolatlari 2000-yilgacha uzaytirildi. 2000-, 2007- va 2015-yillarda o‘tkazilgan saylovlarda I. Karimov Prezidentlikka qayta saylandi. 2016-yil 2-sentyabr O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov miya qon aylanishining o‘tkir buzilishi (insult) oqibatida vafot etdi. Vasiyatiga binoan Samarqand shahridagi Hazrati Xizr qabristoniga dafn etildi. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vazifa va vakolatlarini vaqtincha bajarish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Shavkat Miromonovich Mirziyoyev zimmasiga yuklandi.

O‘zbekistonda prezidentlik institutining shakllanishi va siyosiy islohotlar taraqqiyoti

Shavkat Mirziyoyev 2016-yil 8-sentyabrda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisidagi nutqida O‘zbekistonning zamonaviy tarixi mamlakatimizning chinakam mustaqillikka erishishida juda og‘ir va mashaqqatli kurash davri bo‘lganini ta’kidladi.

Shavkat Mirziyoyev siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda demokratik islohotlarni va o‘zgarishlarni chuqurlashtirish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlash, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarining talablarini bajarish, mamlakat suvereniteti, xavfsizligi va hududiy yaxlitligini himoya qilish borasidagi ishlarni rivojlantirishni alohida ta’kidladi.

O‘zbekistonda prezidentlik institutining shakllanishi va siyosiy islohotlar taraqqiyoti

Mazkur sana o‘zbek xalqi va davlatchiligi tarixida Yangi O‘zbekiston davri boshlangani bilan e’tiborlidir.

2016-yil 4-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga navbatdan tashqari saylovlar bo‘lib o‘tdi. Saylov natijalariga ko‘ra, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan nomzod Shavkat Mirziyoyevga saylovchilarning 88,61 foizi ovoz berdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi jarayonida 46 davlatdan 600 ga yaqin kuzatuvchi hamda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi, Shanxay hamkorlik tashkiloti, Butunjahon saylov organlari uyushmasi va Islom hamkorlik tashkiloti kabi xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.

O‘zbekistonda prezidentlik institutining shakllanishi va siyosiy islohotlar taraqqiyoti

Shavkat Mirziyoyev 2016-yil 8-sentyabr kuni Oliy Majlisda nutq so‘zlamoqda

Vatanimiz mustaqilligini har tomonlama mustahkamlash, mamlakatimizning barqaror iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishini, xalqimiz farovonligini ta’minlashga qaratilgan ishlarimizda buyuk yurtboshimiz Islom Abdug‘aniyevich Karimovning “Ona Vatanimiz va xalqimizga sadoqat bilan xizmat qilish – oliy saodatdir” degan so‘zlari doimo bizga kuch-quvvat va g‘ayrat bag‘ishlaydi, deb ishonaman. Shavkat Mirziyoyev

Ushbu saylov jarayonida birinchi marta YXHTning Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosining 32 mamlakatdan 200 ga yaqin kuzatuvchidan iborat hay’ati to‘laqonli ishtirok etdi. Xalqaro kuzatuvchilar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish jarayoniga yuqori baho berdi.

Ijodiy faoliyat

Tushunchalarni sharhlang Quyidagi tushunchalarga qisqacha (2–3 jumla bilan) ta’rif yozing: – davlat mustaqilligi; – suverenitet; – Oliy Kengash; – “O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida”gi qonun. Vaqt jadvalini tuzing (har bir o‘quvchi o‘z daftarida xronologik ketma-ketlikda tarixiy voqealar jadvalini tuzadi) 1990-yil 20-iyun ... Insho yozing (yozma ish) Mavzu: “O‘zbekiston mustaqilligi – xalqimiz orzusi ro‘yobi” Hajmi: 150–200 so‘z Mazmuni: mustaqillik e’lon qilinishi, uning xalq hayotiga ta’siri, bugungi kun yoshlari zimmasidagi mas’uliyat haqida fikr bildiring. 1991-yil avgustida sodir bo‘lgan va O‘zbekiston mustaqilligiga olib kelgan 3 ta muhim voqeani izohlang. Nima uchun bu voqealarni muhim deb hisoblaysiz? Javoblaringizni asoslang. Tadqiqot ishi Quyidagi savol ustida guruhda fikr almashing va xulosa chiqaring. Nega O‘zbekiston mustaqilligi 1991-yilning 31-avgustiga to‘g‘ri keldi? Nima sababdan 31-avgust sanasi emas, balki 1-sentyabr bayram kuni deb e’lon qilindi?

Savol va topshiriqlar

Savollar: 1. O‘zbekistonda prezidentlik boshqaruvining joriy etilishi qanday siyosiy vaziyatda yuz berdi? 2. “Ona Vatanimiz va xalqimizga sadoqat bilan xizmat qilish – oliy saodatdir” degan fikrni qanday tushundingiz? Siz saodatga erishish uchun xalqimizga qanday xizmat qilishni rejalashtirgansiz? Bu yo‘lda sizga nimalar kerak bo‘ladi? 3. 2010-yilda O‘zbekiston gerbiga kichik o‘zgarish kiritilib, bayroq o‘rtasidagi “O‘zbekiston” yozuvi kirill alifbosidan lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga o‘girildi. Sizningcha, bu nima bilan bog‘liq edi?

Muhim sanalar

Bilimingizni sinang

O‘zbekiston Respublikasi qaysi yilning 31-avgust kuni mustaqillikka erishgan?
  1. 1989-yil
  2. 1991-yil
  3. 1992-yil
  4. 1990-yil

To‘g‘ri javob: 1991-yil. O‘zbekiston 1991-yil 31-avgust kuni mustaqillikka erishdi va o‘z taraqqiyot yo‘lini belgilab oldi.

O‘zbekiston qaysi sanada mustaqillikka erishdi?
  1. 1991-yil 31-avgust
  2. 1991-yil 1-sentyabr
  3. 1990-yil 20-iyun
  4. 1992-yil 8-dekabr

To‘g‘ri javob: 1991-yil 31-avgust. Mamlakat 1991-yil 31-avgust kuni mustaqillikka erishgan.

Mustaqillik deganda nima tushuniladi?
  1. Faqat chet davlatlar bilan diplomatik aloqa o‘rnatish huquqi
  2. Ozodlik, erkinlik va o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqi
  3. Hududiy birlik, davlat chegaralarini o‘zgartirmaslik majburiyati
  4. Markazga bo‘ysunib, ichki ishlarda cheklangan huquqqa ega bo‘lish

To‘g‘ri javob: Ozodlik, erkinlik va o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqi. Mustaqillik ozodlik, erkinlik va o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqidir.

Yangi tahrirdagi Konstitutsiya (Bosh qomus) qaysi ezgu g‘oyani ro‘yobga chiqarishda muhim dastur bo‘lib xizmat qilmoqda?
  1. Kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyati sari
  2. Islohotlardan yangi taraqqiyot bosqichi sari
  3. Milliy mustaqillikdan milliy farovonlik sari
  4. Milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari

To‘g‘ri javob: Milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari. Yangi tahrirdagi Bosh qomus Milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari g‘oyasini ro‘yobga chiqarishda muhim dastur sanaladi.

Yangi tahrirdagi Bosh qomus qaysi ezgu g‘oyani ro‘yobga chiqarishda muhim dastur bo‘lib xizmat qilmoqda?
  1. “Kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari”
  2. “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqqa xizmat qilishi kerak”
  3. “Milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari”
  4. “Harakatlar strategiyasidan Taraqqiyot strategiyasi sari”

To‘g‘ri javob: “Milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari”. Yangi tahrirdagi Konstitutsiya “Milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari” g‘oyasini ro‘yobga chiqarishda dastur bo‘lib xizmat qiladi.

Mustaqillikdan keyingi tarixning milliy davlatchilik asoslarini yaratish va dastlabki islohotlar davri qaysi yillarni qamrab oladi?
  1. 1992–2010-yillar
  2. 1991–2016-yillar
  3. 1991–2005-yillar
  4. 1990–2016-yillar

To‘g‘ri javob: 1991–2016-yillar. 1991–2016-yillar milliy davlatchilik asoslarini yaratish va dastlabki islohotlar davri hisoblanadi.

Shavkat Mirziyoyev rahbarligidagi keng ko‘lamli islohotlar va Yangi O‘zbekiston taraqqiyoti davri qaysi yildan boshlangan?
  1. 2016-yildan
  2. 2019-yildan
  3. 2018-yildan
  4. 2017-yildan

To‘g‘ri javob: 2017-yildan. 2017-yildan hozirgi kungacha davom etayotgan davr Mirziyoyev rahbarligidagi islohotlar va Yangi O‘zbekiston taraqqiyoti davridir.

Mustaqillikdan keyingi tarixning ikkinchi bosqichi qaysi yildan boshlanadi va nima bilan bog‘liq?
  1. 2010-yildan, davlat madhiyasi matni o‘zgargani bilan bog‘liq davr
  2. 2000-yildan, Prezident ikkinchi muddatga qayta saylangan davr
  3. 2023-yildan, yangi Konstitutsiya qabul qilinishi bilan boshlangan davr
  4. 2017-yildan, Shavkat Mirziyoyev rahbarligidagi keng ko‘lamli islohotlar bilan

To‘g‘ri javob: 2017-yildan, Shavkat Mirziyoyev rahbarligidagi keng ko‘lamli islohotlar bilan. Ikkinchi bosqich 2017-yildan Mirziyoyev rahbarligidagi islohotlar davri hisoblanadi.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
Keyingi →O‘zbekistonda davlat boshqaruvi tizimi