XotirAI logotipiXotirAI
📜 11-sinf · O‘zbekiston tarixi · 22-mavzu

O‘zbekistonning mintaqaviy tashkilotlar doirasida ko‘ptomonlama munosabatlari

Xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar bilan hamkorlik

Bilib olasiz

O‘zbekiston va MDH aloqalari. O‘zbekiston va SHHT munosabatlari. O‘zbekiston va TDT hamkorligi.

O‘zbekiston va MDH aloqalari

1991-yil 8-dekabrda Rossiya, Belarus, Ukraina davlat rahbarlari o‘zaro hamdo‘stlik tuzish to‘g‘risida bitim imzoladi. Shundan so‘ng 1991-yil 21-dekabrda Olmaota shahrida Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Moldova, Rossiya, Ukraina, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston singari o‘n bitta mustaqil davlat rahbarlari Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH)ni tashkil qiladi.

Tashkilotning bosh organi Ijroiya qo‘mitasi bo‘lib, uning qarorgohi Minsk shahrida, ayrim tuzilmalari esa Moskvada joylashgan. Tashkilot siyosat, xavfsizlik, parlamentlararo munosabatlar, chegara, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar, ilmiy-texnik sohalarda hamkorlikni rivojlantiradi. 1993-yili Minskda bo‘lib o‘tgan MDH sammitida tashkilotning nizomi qabul qilindi.

O‘zbekiston va MDH aloqalari

O‘zbekiston 1991-yil 21-dekabrda Olmaota Deklaratsiyasiga binoan mazkur tashkilotga a’zo bo‘ldi. MDH davlatlari bilan savdo-iqtisodiy aloqalar yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, bu a’zo davlatlarning yanada rivojlanishiga xizmat qiladi. O‘zbekiston MDH mamlakatlari bilan savdo-iqtisodiy, investitsiya, transport, turizm, ilm-fan, ta’lim va xavfsizlik sohalarida hamkorlik qilmoqda. Tashkilotga a’zo davlatlar uchun MDHning ulkan tranzit va turistik salohiyatidan to‘la foydalanish manfaatlidir.

2017-yildan O‘zbekiston va MDH hamkorligining yangi sahifalari ochildi. Ta’kidlash kerakki, a’zo mamlakatlar navbat bilan tashkilotga raislik qiladilar. 2020-yilda O‘zbekiston MDHga raislik qildi. Bu davrda tashkilotni yanada rivojlantirish, xalqaro maydondagi nufuzini oshirish, savdo-iqtisodiy, transport, parlamentlararo hamkorlikni rivojlantirish, ilm-fan va madaniy-gumanitar aloqalarni kengaytirishga katta e’tibor qaratildi. Madaniyat sohasidagi munosabatlarda O‘zbekiston va MDHning boshqa mamlakatlari madaniyat va san’at arboblari ishtirokida xalqaro festivallar, madaniyat kunlari hamda gumanitar sohalarda keng ko‘lamdagi tadbirlar o‘tkazildi.

O‘zbekiston va MDH aloqalari

YODDA TUTING! Muayyan qit’a, mintaqa yoki hudud miqyosida faoliyat yuritadigan a’zo davlatlardan iborat tuzilmalar mintaqaviy tashkilotlar deb ataladi.

O‘zbekiston va SHHT munosabatlari

1996-yili Xitoy, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston Shanxay shahrida chegara hududlarida o‘zaro ishonchni mustahkamlash maqsadida bitim imzoladi. Shu asosda “Shanxay beshligi” muloqot mexanizmi shakllandi. Shundan so‘ng 2001-yilda O‘zbekiston a’zo bo‘lishi bilan Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHHT) sifatida qayta tashkil etildi. Tashkilotning rasmiy tili xitoy va rus tillaridir. Tashkilot qarorgohi Pekinda joylashgan.

SHHTga (2025-yil holatiga ko‘ra) o‘nta davlat – Xitoy, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, O‘zbekiston, Hindiston, Pokiston, Eron va Belarus a’zo bo‘lgan. Mo‘g‘uliston va Afg‘oniston kuzatuvchi, boshqa bir qator davlatlar muloqot bo‘yicha sherik maqomiga ega.

O‘zbekiston va SHHT munosabatlari

O‘zbekiston SHHT faoliyatida 2001-yil iyun oyidan ishtirok etib kelmoqda. Mamlakatimiz SHHT doirasida xavfsizlik, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlik olib boradi. SHHTning Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi Toshkent shahrida faoliyat yuritadi.

O‘zbekiston 2001–2025-yillar oralig‘ida to‘rt marotaba SHHTga raislik qildi. 2009-yili SHHTga raisligi davrida O‘zbekiston tashabbusi bilan BMT va SHHT hamkorligi to‘g‘risidagi rezolyutsiya qabul qilindi.

2016-yili O‘zbekiston raisligida bo‘lib o‘tgan Toshkent sammitida Hindiston va Pokistonning SHHTga a’zo davlat maqomini olishi bo‘yicha tegishli hujjatlar imzolandi. Shundan so‘ng 2017-yili Ostona sammitida Hindiston va Pokiston tashkilotga rasman a’zo bo‘ldilar.

O‘zbekiston va SHHT munosabatlari

O‘zbekiston va SHHT hamkorligi yangi bosqichda yanada rivojlanib bormoqda. 2018-yilda Toshkentda SHHTning Xalq diplomatiyasi markazi tashkil etildi. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ushbu tashkilot doirasida yangi tashabbuslarni ilgari surmoqda. Xususan, Markaziy Osiyoda barqarorlikni ta’minlash, o‘zaro iqtisodiy aloqalarni, transport koridorlarini rivojlantirish, madaniy-gumanitar munosabatlarni yanada kengaytirish kabilar shular jumlasidan. SHHTning 2022-yil bo‘lib o‘tgan Samarqand sammiti o‘zbek diplomatiyasi va tashqi siyosatining muhim yutuqlaridan biri bo‘ldi. Sammit dunyoda muloqot va hamkorlik muhimligini isbotlagan holda “Shanxay ruhi” va “Samarqand ruhi” tushunchalarini uyg‘unlashtirdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2025-yil Xitoyning Tyanszin shahrida SHHT yig‘ilishida ishtirok etdi.

O‘zbekiston va SHHT munosabatlari

Savollar: IJODIY FAOLIYAT 1. MDHni tashkil etish bilan qanday tarixiy bosqich yakunlangan va qanday yangi davr boshlangan? 2. “Shanxay beshligi” deganda dastlab qaysi davlatlar nazarda tutilgan? 3. “Samarqand ruhi” deganda qanday qadriyat va maqsadlarni tushunasiz?

YODDA TUTING! SHHT davlatlarining umumiy hududi Yevrosiyo hududining 65 foizini tashkil qiladi. Tashkilotga a’zo mamlakatlar umumiy aholisi dunyo aholisining qariyb yarmi demakdir.

O‘zbekiston Prezidenti o‘z nutqida ko‘ptomonlama hamkorlikda “SHHT plyus” formati ishonchli muloqot maydoniga aylanib borayotganini ta’kidladi. Dunyoda qarama-qarshilik ko‘payib borayotganidan xavotir bildirib, nizolarga barham berish, ishonchni tiklash, tinch-totuv yashash va xalqaro huquq normalarini hurmat qilishga chaqirdi. Xulosa sifatida ta’kidlash kerakki, O‘zbekiston SHHT bilan hamkorlikni o‘z tashqi siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biri deb biladi va tashkilot doirasidagi faoliyatida faol ishtirok etadi.

O‘zbekiston va Turkiy davlatlar tashkiloti hamkorligi

Turkiy davlatlar tashkiloti dastlab 2009-yilda Turkiy tilli davlatlar kengashi nomi bilan tashkil etilgan. 2021-yilda nomi Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT) deb o‘zgartirildi. Tashkilotning ishchi tillari turk, o‘zbek, ozarbayjon, qirg‘iz, qozoq, ingliz tillaridir.

Tashkilotning maqsadi turkiy tilli mamlakatlar o‘rtasida aloqalarni mustahkamlash, tinchlik, xavfsizlik, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlikni rivojlantirishdir.

O‘zbekiston 2019-yilda Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT)ga a’zo bo‘ldi. 2020-yilda Xiva shahri “Turkiy dunyo madaniyati poytaxti” deb e’lon qilindi. 2021-yili O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan Turkiy davlatlar tashkiloti doirasida Alisher Navoiy nomidagi xalqaro mukofot ta’sis etildi. 2022-yilda ushbu mukofot ilk bor turkiy dunyo birligiga qo‘shgan hissasi uchun buyuk adib va jamoat arbobi, qirg‘iz yozuvchisi (marhum) Chingiz Aytmatovga berilgan edi. 2025-yili mukofotga taniqli turk biokimyogari, Nobel mukofoti sovrindori Aziz Sanjar sazovor bo‘ldi.

O‘zbekiston va Turkiy davlatlar tashkiloti hamkorligi

2022-yili Samarqandda Turkiy davlatlar tashkiloti sammiti bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zlab, muhim tashabbuslarni ilgari surdi. Sammit doirasida Samarqand deklaratsiyasi qabul qilindi. O‘zbekiston tashabbusi bilan 2023-yil “Turkiy sivilizatsiyaning yuksalish yili”, Samarqand shahri esa “Turkiy sivilizatsiya poytaxti” deb e’lon qilindi. Buxoro shahri “Turkiy dunyo yoshlar poytaxti” maqomiga ega bo‘ldi. Madaniy hamkorlik doirasida turli festivallar, madaniyat kunlari tashkil etilmoqda. 100 jildli “Turkiy adabiyot durdonalari” to‘plami o‘zbek tilida nashr qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2025-yili Budapesht (Vengriya) shahrida bo‘lib o‘tgan Turkiy davlatlar tashkilotining norasmiy sammitida ishtirok etdi. Davlatimiz rahbari o‘z nutqida dolzarb xalqaro muammolarni hal

O‘zbekiston va Turkiy davlatlar tashkiloti hamkorligi

Umumiy qadriyatimiz, birgalikda rivojlanishga intilishimiz, madaniyatlar xilma-xilligiga hurmatimiz ifodasi bo‘lgan ko‘ptomonlama hamkorlikning noyob tajribasi – “Shanxay ruhi”ni mustahkamlash bugun har qachongidan muhimdir. Shavkat Mirziyoyev

Savollar: IJODIY FAOLIYAT 1. Turkiy davlatlar tashkilotining mintaqa rivojidagi o‘rni qanday? 2. O‘zbekiston Turkiy davlatlar tashkiloti doirasida qanday muhim tashabbuslarni ilgari surmoqda?

etishda, birinchi navbatda, xalqaro huquq normalari va BMT Nizomiga tayangan holda tashkilot davlatlarining umumiy yondashuv va pozitsiyalarini mustahkamlash muhimligini qayd etdi.

O‘zbekiston va Turkiy davlatlar tashkiloti o‘rtasidagi hamkorlik strategik ahamiyatga ega bo‘lib, siyosiy, iqtisodiy, madaniy-gumanitar va xavfsizlik sohalarida o‘zaro manfaatli aloqalarni rivojlantirish uchun muhim platformadir. A’zo davlatlarni birlashtiruvchi til, madaniyat va tarix umumiyligi hamkorlik uchun mustahkam zamin yaratadi. O‘zbekiston Turkiy davlatlar tashkiloti faoliyatida ishtirok etib, mintaqaviy barqarorlikni ta’minlash va o‘zaro ishonchni mustahkamlashga hissa qo‘shadi. O‘zbekiston mazkur tashkilot doirasida turkiy xalqlarning madaniyati, san’ati, adabiyoti va tarixiy merosini saqlash va targ‘ib qilishga qaratilgan ko‘plab loyihalarni amalga oshirmoqda.

O‘zbekiston va Turkiy davlatlar tashkiloti hamkorligi

YODDA TUTING! Tashkilotga Ozarbayjon, Turkiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston a’zo, Vengriya va Turkmaniston kuzatuvchi a’zo mamlakatlardir.

Savol va topshiriqlar

Savollar: 1. O‘zbekiston qaysi mintaqaviy tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi? 2. O‘zbekiston va MDH munosabatlarining ustuvor yo‘nalishlari qaysi sohalarda namoyon bo‘ladi? 3. MDH doirasida qanday sohalarda hamkorlik olib boriladi? 4. O‘zbekiston SHHTga raislik qilgan davrda qanday tashabbuslarni ilgari surdi? 5. O‘zbekiston va SHHT hamkorligining asosiy jihatlarini bayon eting. 6. O‘zbekistonning Turkiy davlatlar tashkiloti faoliyatidagi ishtiroki to‘g‘risida fikrlaringiz bilan o‘rtoqlashing. 7. 2020-yilda qaysi shahar “Turkiy dunyo madaniyati poytaxti” deb e’lon qilindi? 8. Alisher Navoiy nomidagi xalqaro mukofot qachon ta’sis etildi va kimlarga berilgan? 9. Turkiy davlatlar tashkilotining 2022-yilgi sammiti qayerda o‘tkazildi va unda qanday deklaratsiya qabul qilindi?

Savol va topshiriqlar

Zamonov Akbar Turgunovich, Abdimo‘minov Oybek Bektemirovich, Bobojonov Islombek Usmonaliyevich

O‘zbekiston tarixi

Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 11-sinfi uchun darslik

“O‘zbekiston” nashriyot-matbaa ijodiy uyida chop etildi. 100011, Toshkent shahri, Navoiy ko‘chasi, 30.

Telefon: (371) 244-87-55, 244-87-20. Faks: (371) 244-37-81, 244-38-10. e-mail: uzbekistan@iptd-uzbekistan.uz www.iptd-uzbekistan.uz

Ijaraga beriladigan darslik holatini ko‘rsatuvchi jadval

Darslik ijaraga berilib, o‘quv yili yakunida qaytarib olinganda yuqoridagi jadval sinf rahbarlari tomonidan quyidagi baholash mezonlariga asosan to‘ldiriladi:

Muhim sanalar

Bilimingizni sinang

Rossiya, Belarus va Ukraina davlat rahbarlari o‘zaro hamdo‘stlik tuzish to‘g‘risidagi bitimni qaysi yilda imzolagan?
  1. 1993-yil
  2. 1991-yil
  3. 1990-yil
  4. 1992-yil

To‘g‘ri javob: 1991-yil. Uch davlat rahbarlari bitimni 1991-yil 8-dekabrda imzolagan.

Rossiya, Belarus va Ukraina rahbarlari 1991-yilda hamdo‘stlik tuzish to‘g‘risidagi bitimni qaysi kuni imzolagan?
  1. 1-dekabrda
  2. 25-dekabrda
  3. 8-dekabrda
  4. 15-dekabrda

To‘g‘ri javob: 8-dekabrda. Bitim 1991-yil 8-dekabrda imzolangan.

O‘zbekiston ham kirgan o‘n bitta mustaqil davlat rahbarlari Olmaotada Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligini qaysi yilda tashkil qildi?
  1. 1989-yil
  2. 1992-yil
  3. 1991-yil
  4. 1990-yil

To‘g‘ri javob: 1991-yil. MDH 1991-yil 21-dekabrda Olmaotada tashkil etilgan.

Olmaotada o‘n bitta davlat rahbarlari MDHni 1991-yilning qaysi kunida tashkil qilgan?
  1. 14-dekabrda
  2. 21-dekabrda
  3. 31-dekabrda
  4. 28-dekabrda

To‘g‘ri javob: 21-dekabrda. MDH Olmaotada 1991-yil 21-dekabrda tashkil etilgan.

MDHning nizomi Minskdagi sammitda qaysi yili qabul qilindi?
  1. 1993-yili
  2. 1994-yili
  3. 1992-yili
  4. 1995-yili

To‘g‘ri javob: 1993-yili. Nizom 1993-yili Minskda bo‘lgan MDH sammitida qabul qilingan.

Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) 1991-yil 21-dekabrda qaysi shaharda tashkil etilgan?
  1. Minskda
  2. Moskvada
  3. Toshkentda
  4. Olmaotada

To‘g‘ri javob: Olmaotada. O‘n bitta mustaqil davlat rahbarlari 21-dekabrda Olmaota shahrida MDHni tashkil qildi.

1991-yil 8-dekabrda o‘zaro hamdo‘stlik tuzish to‘g‘risida bitimni qaysi davlatlar rahbarlari imzolagan?
  1. Rossiya, Qozog‘iston va O‘zbekiston
  2. Rossiya, Belarus va Ukraina
  3. Belarus, Moldova va Armaniston
  4. Ukraina, Ozarbayjon va Tojikiston

To‘g‘ri javob: Rossiya, Belarus va Ukraina. 8-dekabrdagi bitimni Rossiya, Belarus, Ukraina rahbarlari imzolagan.

MDHni tashkil etishda Olmaotada nechta mustaqil davlat rahbarlari ishtirok etgan?
  1. Uchta
  2. O‘n beshta
  3. O‘n bitta
  4. Sakkizta

To‘g‘ri javob: O‘n bitta. O‘n bitta mustaqil davlat rahbarlari MDHni tashkil qilgan.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiO‘zbekiston va Birlashgan Millatlar Tashkiloti: o‘zaro hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari