O‘zbekiston va Birlashgan Millatlar Tashkiloti: o‘zaro hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari
Xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar bilan hamkorlik
- 1991-yil 21-dekabr – O‘zbekiston Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH)ga qabul qilindi.
- 1992-yil 2-mart – O‘zbekiston Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT)ga a’zo bo‘ldi.
- 1993-yil 26-oktyabr – O‘zbekiston YUNESKO a’zoligiga qabul qilindi.
- 2001-yil 15-iyun – O‘zbekiston Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHHT)ga a’zo bo‘ldi.
- 2019-yil 15-oktyabr – O‘zbekiston Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT) sammitida ilk bor to‘la huquqli a’zo sifatida ishtirok etdi.
Bilib olasiz
O‘zbekiston va BMT hamkorligining ustuvor yo‘nalishlari. BMT doirasidagi xalqaro tashabbuslar. O‘zbekiston va BMT hamkorligining yangi bosqichi. O‘zbekiston va YUNESKO: xalqaro madaniy aloqalar.
O‘zbekiston va BMT hamkorligining ustuvor yo‘nalishlari
Ko‘p tomonlama hamkorlik xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar doirasidagi aloqalarni bildiradi. O‘zbekiston Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) hamda boshqa xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar bilan ko‘ptomonlama hamkorlik olib boradi.
O‘zbekiston Respublikasi 1992-yil 2-mart kuni mustaqil davlat sifatida BMTga a’zo bo‘ldi. 1993-yili Toshkentda BMT vakolatxonasi ochildi. O‘z navbatida, Nyu York hamda Jeneva shaharlarida O‘zbekiston Respublikasining BMTdagi vakolatxonalari tashkil etildi. Mamlakatimizda BMTning qator ixtisoslashgan muassasalari va dasturlari faoliyat yuritmoqda.
Mintaqaviy tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash, ekologik muammolarni bartaraf etish, barqaror taraqqiyot, ta’lim, ilm-fan va madaniyatni rivojlantirish, madaniy meros obidalarini asrash O‘zbekiston va BMT hamkorligining ustuvor yo‘nalishlari hisoblanadi.
O‘zbekiston va BMT hamkorligining ustuvor yo‘nalishlari
O‘zbekiston siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy jihatdan barqaror rivojlanib borayotgan, jahon siyosatida o‘z o‘rni va nufuziga ega mamlakat sifatida BMT bilan hamkorlikni rivojlantirmoqda. 2002-yili BMT Bosh kotibi Kofi Annan, 2010- va 2015-yili Pan Gi Mun, 2017- va 2024-yillarda Antoniu Guterrish O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Bu O‘zbekistonning xalqaro hamjamiyatda nufuzi ortib borayotgani hamda BMT bilan o‘zaro munosabatlari yanada rivojlanayotganini bildiradi.
O‘z navbatida, O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov va O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev turli yillarda BMT Bosh Assambleyasida nutq so‘zladi. O‘zbekiston rahbariyati BMT doirasida mintaqaviy va global ahamiyatga ega muhim tashabbuslarni ilgari surdi.
O‘zbekiston va BMT hamkorligining ustuvor yo‘nalishlari
YODDA TUTING! BMT 1945-yilda tashkil etilgan universal xalqaro tashkilotdir. Uning shtab-kvartirasi Nyu York shahrida joylashgan. BMT tizimida Jahon banki guruhi, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti, YUNESKO va YUNISEF kabi bir qator ixtisoslashgan muassasalar mavjud.
BMT doirasidagi xalqaro tashabbuslar
O‘zbekiston tashabbusi bilan BMT doirasida Markaziy Osiyo yadro qurolidan xoli hudud deb e’lon qilindi. Bu tashabbus ilk bor O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov tomonidan 1993-yili BMT Bosh Assambleyasining 48-sessiyasida ilgari surildi. Mazkur tashabbusni Markaziy Osiyoning boshqa davlatlari ham qo‘llab-quvvatladi. Uzoq davom etgan jarayonlardan so‘ng 2006-yili BMT Bosh Assambleyasining rezolyutsiyasi asosida Markaziy Osiyo rasman yadro qurolidan xoli hudud deb e’lon qilindi.
BMT Orol dengizidagi ekologik falokat oqibatlarini yumshatish bo‘yicha O‘zbekistonning sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatladi. Bu borada Markaziy Osiyo mamlakatlariga moliyaviy va texnik yordam berdi. Yurtimizda BMT hamkorligida Orol muammosiga bag‘ishlangan xalqaro konferensiyalar tashkil etildi. O‘zbekiston BMT doirasida jahon hamjamiyatini Afg‘onistondagi mojaroni tinch yo‘l bilan hal qilishga da’vat etdi. Mamlakatimiz taklif va tashabbusi bilan 1997-yilda Afg‘oniston muammosi bo‘yicha “6+2” muloqot guruhi tuzildi.
O‘zbekiston va BMT hamkorligining yangi bosqichi
2017-yildan boshlab O‘zbekiston va BMT munosabatlarida yangi davr boshlandi. Hamkorlikda Toshkent, Samarqand, Xiva shaharlarida global masalalarga bag‘ishlangan qator xalqaro anjumanlar, forumlar tashkil etildi. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017–2025-yillarda BMT Bosh Assambleyasida besh marotaba nutq so‘zladi hamda mintaqaviy va global darajadagi muhim tashabbuslarni ilgari surdi. Xususan, 2025-yil BMT Bosh Assambleyasining 80-yubiley sessiyasidagi nutqida Markaziy Osiyo va umumjahon miqyosidagi dolzarb muammolarga e’tibor qaratdi. Xavfsizlik, hamkorlik va barqaror taraqqiyot masalalariga oid taklif va tashabbuslarni olg‘a surdi. Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan BMT Bosh Assambleyasining o‘ndan ortiq rezolyutsiyasi qabul qilindi.
O‘zbekiston va BMT hamkorligining yangi bosqichi
O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov BMT minbarida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasida nutq so‘zlayapti
2018-yili Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik, 2022-yili Markaziy va Janubiy Osiyoda o‘zaro bog‘liqlikni mustahkamlash, 2024-yil 10-iyunni Xalqaro sivilizatsiyalar o‘rtasidagi muloqot kuni deb e’lon qilish to‘g‘risidagi rezolyutsiyalar qabul qilingani fikrimizni tasdiqlaydi. O‘zbekiston tashabbusi bilan 2018-yilda BMTning Orolbo‘yi mintaqasi uchun maxsus trest fondi tashkil etildi. 2021–2023-yillarda O‘zbekiston ilk marotaba BMT Inson huquqlari kengashining a’zosi bo‘ldi. Mamlakatimizda BMTning 2015–2030-yillarga mo‘ljallangan “Barqaror rivojlanish maqsadlari” dasturi faol amalga oshirilmoqda.
O‘zbekiston va YUNESKO: xalqaro madaniy aloqalar
Olimlar va mutaxassislar YUNESKOga nisbatan “BMTning aql laboratoriyasi” iborasini ishlatadi. Shuningdek, Hindiston Bosh vaziri bo‘lgan Javoharla’l Neru YUNESKOga nisbatan “insoniyat vijdoni” degan ta’rifni qo‘llagan.
O‘zbekiston Respublikasi 1993-yilda YUNESKO a’zoligiga qabul qilindi. Mamlakatimizdagi ko‘plab maktablar YUNESKOning Birlashgan maktablar tarmog‘iga a’zo. Oliy ta’lim muassasalarida YUNESKOning turli kafedralari faoliyat yuritmoqda.
O‘zbekistonlik olimlar va tadqiqotchilar YUNESKO stipendiyalari va grantlari asosida tadqiqotlar amalga oshirmoqda. Ilm-fan sohasidagi xalqaro yutuqlari uchun bir qator olimlar YUNESKOning turli mukofotlariga sazovor bo‘lgan. Jumladan, mikrobiolog olima Dilfuza Egamberdiyeva tashkilotning “Inson va biosfera”, Karlos Finley mukofotlari bilan taqdirlangan, L’Oreal “Olima ayollar” stipendiyasiga sazovor bo‘lgan. Shuningdek, “Sharq taronasi”, Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy nomidagi YUNESKO – O‘zbekiston xalqaro mukofotlari ta’sis etilgan.
O‘zbekiston va YUNESKO: xalqaro madaniy aloqalar
1995-yilda Samarqandda mazkur tashkilotning Markaziy Osiyo tadqiqotlari xalqaro instituti tashkil etildi. Mamlakatimizdagi ko‘plab tarixiy shaharlar va yodgorliklar YUNESKOning qator ro‘yxatlariga kiritilgan. Xususan, O‘zbekistonda saqlanayotgan muqaddas Usmon mus’hafi va Fanlar akademiyasi
IJODIY FAOLIYAT Quyidagi fikrni izohlashga va sharhlashga harakat qiling: “Urush haqidagi g‘oyalar kishilar ongida paydo bo‘ladi, shuning uchun insonlar ongiga tinchlikni himoya qilish g‘oyasini singdirish kerak”. YUNESKO nizomidan
YODDA TUTING! *YUNESKO* – BMTning ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkiloti. 1945-yil 16-noyabrda tashkil topgan. Qarorgohi Parij shahrida joylashgan. YUNESKO fan, madaniyat, ekologiyani asrash, barqaror taraqqiyot va madaniyatlararo muloqot, ta’lim, axborot-kommunikatsiya sohalarida faoliyat olib boradi.
Ijodiy faoliyat
Sharqshunoslik institutidagi qo‘lyozmalar, “Buxoro amiri qushbegi devonxonasi” deb nomlangan arxiv fondi YUNESKOning “Jahon xotirasi” dasturiga kiritilgan. “Shashmaqom”, “Katta ashula”, “Askiya”, “Navro‘z”, “Palov”, “Lazgi”, “Baxshichilik”, “Kulolchilik”, “Naqqoshlik” kabi noyob qadriyatlarimiz Nomoddiy madaniy meros ro‘yxatiga olingan.
YUNESKO hamkorligida bir qator qadimiy shaharlar va tarixiy shaxslarning yubiley sanalari xalqaro miqyosda nishonlandi. Jumladan, 1994-yilda Mirzo Ulug‘bek tavalludining 600 yilligi, 1996-yilda Amir Temur tavalludining 660 yilligi, 1998-yili Imom Buxoriy tavalludining 1225 yilligi, 2024-yili Abu Rayhon Beruniy tavalludining 1050 yilligi YUNESKO hamkorligida keng nishonlandi. Mirzo Ulug‘bek, Amir Temur va Abu Rayhon Beruniyning yubiley sanalari YUNESKO qarorgohida keng nishonlanishi mazkur tashkilotning O‘zbekiston tarixi va madaniyatiga chuqur hurmati ramzi bo‘ldi.
Ijodiy faoliyat
O‘zbekistonning Buxoro, Xiva, Termiz, Shahrisabz, Qarshi, Marg‘ilon, Samarqand, Toshkent singari qadimiy tarixiy shaharlari yubileyi YUNESKO shafeligida xalqaro miqyosda tashkil etildi.
1997-yildan buyon O‘zbekiston tashabbusi bilan har ikki yilda YUNESKO hamkorligida Samarqandda “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivali o‘tkazib kelinadi. 2023-yilda Buxoro shahri YUNESKOning “Ijodkor shaharlar tarmog‘i”ga kiritildi.
2018- va 2025-yillarda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev YUNESKO bosh qarorgohida bo‘lib, tashkilot Bosh direktori Odri Azule bilan uchrashdi. Uchrashuvlar asosida o‘zaro aloqalarni rivojlantirishga qaratilgan hujjatlar imzolandi. O‘z navbatida, 2019- va 2022-yillarda YUNESKO Bosh direktori Odri Azule O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Tashriflar asosida o‘zaro aloqalarni rivojlantirishga qaratilgan hujjatlar imzolandi. YUNESKO bilan hamkorlikda Buxoroda “Ipak va ziravorlar”, Marg‘ilonda “Atlas bayrami” festivallari, Shahrisabzda Xalqaro maqom san’ati forumi kabi tadbirlar tashkil etilmoqda.
Ijodiy faoliyat
YUNESKO bilan tarixiy-madaniy merosni asrab-avaylash, himoya qilish borasidagi hamkorlik O‘zbekiston tarixi, madaniyati va san’atini xalqaro miqyosda targ‘ib etish hamda mamlakatimizning jahon miqyosida nufuzini yanada oshirishga xizmat qiladi.
Savol va topshiriqlar
Muhim sanalar
- 1945-yilda — YODDA TUTING! BMT 1945-yilda tashkil etilgan universal xalqaro tashkilotdir.
- 1945-yil — 1945-yil 16-noyabrda tashkil topgan.
- 1991-yil — 1991-yil 21-dekabr – O‘zbekiston Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH)ga qabul qilindi.
- 1992-yil — 1992-yil 2-mart – O‘zbekiston Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT)ga a’zo bo‘ldi.
- 1992-yil — O‘zbekiston Respublikasi 1992-yil 2-mart kuni mustaqil davlat sifatida BMTga a’zo bo‘ldi.
- 1993-yil — 1993-yil 26-oktyabr – O‘zbekiston YUNESKO a’zoligiga qabul qilindi.
- 1993-yili — 1993-yili Toshkentda BMT vakolatxonasi ochildi.
- 1993-yili — Bu tashabbus ilk bor O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov tomonidan 1993-yili BMT Bosh Assambleyasining 48-sessiyasida ilgari surildi.
- 1993-yilda — O‘zbekiston Respublikasi 1993-yilda YUNESKO a’zoligiga qabul qilindi.
- 1994-yilda — Jumladan, 1994-yilda Mirzo Ulug‘bek tavalludining 600 yilligi, 1996-yilda Amir Temur tavalludining 660 yilligi, 1998-yili Imom Buxoriy tavalludining 1225 yilligi, 2024-yili Abu Rayhon Beruniy tavalludining 1050 yilligi…
Bilimingizni sinang
O‘zbekiston Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH)ga qaysi yili qabul qilindi?
- 1993-yil
- 1992-yil
- 1991-yil
- 1990-yil
To‘g‘ri javob: 1991-yil. O‘zbekiston 1991-yil 21-dekabrda MDHga qabul qilindi.
O‘zbekiston Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT)ga qaysi yili a’zo bo‘ldi?
- 1992-yil
- 1995-yil
- 1993-yil
- 1991-yil
To‘g‘ri javob: 1992-yil. O‘zbekiston BMTga 1992-yil 2-martda a’zo bo‘ldi.
O‘zbekiston Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHHT)ga qaysi yili a’zo bo‘ldi?
- 2004-yil
- 1996-yil
- 1999-yil
- 2001-yil
To‘g‘ri javob: 2001-yil. O‘zbekiston SHHTga 2001-yil 15-iyunda a’zo bo‘ldi.
O‘zbekiston Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga (MDH) qaysi sanada qabul qilindi?
- 1991-yil 21-dekabr
- 1992-yil 2-mart
- 1993-yil 26-oktyabr
- 2001-yil 15-iyun
To‘g‘ri javob: 1991-yil 21-dekabr. O‘zbekiston MDHga 1991-yil 21-dekabrda qabul qilingan.
O‘zbekiston YUNESKO a’zoligiga qaysi sanada qabul qilindi?
- 1992-yil 2-mart
- 1995-yil 16-noyabr
- 1993-yil 26-oktyabr
- 2001-yil 15-iyun
To‘g‘ri javob: 1993-yil 26-oktyabr. O‘zbekiston YUNESKO a’zoligiga 1993-yil 26-oktyabrda qabul qilingan.
O‘zbekiston Shanxay hamkorlik tashkilotiga (SHHT) qaysi sanada a’zo bo‘ldi?
- 1991-yil 21-dekabr
- 1993-yil 26-oktyabr
- 2019-yil 15-oktyabr
- 2001-yil 15-iyun
To‘g‘ri javob: 2001-yil 15-iyun. O‘zbekiston SHHTga 2001-yil 15-iyunda a’zo bo‘lgan.
O‘zbekiston Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT) sammitida ilk bor to‘la huquqli a’zo sifatida qachon ishtirok etdi?
- 2019-yil 15-oktyabrda
- 2001-yil 15-iyunda
- 1993-yil 26-oktyabrda
- 2017-yil 15-iyunda
To‘g‘ri javob: 2019-yil 15-oktyabrda. TDT sammitida O‘zbekiston ilk bor to‘la huquqli a’zo sifatida 2019-yil 15-oktyabrda qatnashgan.
O‘zbekistonning tashkilotlarga qabul qilinish voqealarini qadimiysidan yangisiga tartiblang: A) YUNESKO; B) BMT; C) SHHT; D) MDH.
- D–A–B–C
- B–D–A–C
- D–B–A–C
- A–D–B–C
To‘g‘ri javob: D–B–A–C. MDH 1991, BMT 1992, YUNESKO 1993, SHHT 2001-yilda.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash