Ajdodlarimizning ma’naviy qadriyatlari – jahon sivilizatsiyasi asoslaridan biri
1- m av z u: AJDODLARIMIZNING MA’NAVIY QADRIYATLARI – JAHON SIVILIZATSIYASI ASOSLARIDAN BIRI
Tariximizni o‘rganar ekanmiz, qalbimizni faxr va iftixor tuyg‘usi chulg‘ab olaveradi. Ajdodlarimizning boy ilmiy va madaniy merosi bugungi kunda nafaqat mamlakatimiz, balki dunyo olimlarining ham diqqat-e’tiborini o‘ziga tortib kelmoqda.
Qadimgi Turon hududlarida azaldan o‘zbek, tojik, qirg‘iz, qozoq, qoraqalpoq va turkmanlarning ajdodlari yashab kelishgan. Shu boisdan, o‘zbek xalqining o‘tmishi etnik jihatdan yaqin bo‘lgan qardosh xalqlarning tarixi bilan chambarchas bog‘lanib, uyg‘unlashib ketgan.
Siz ushbu darslikda IV asrdan XIII asr boshlarigacha bo‘lgan Vatanimizning o‘rta asrlar tarixi bilan tanishasiz. Bunda «o‘zbiy» va «o‘zbek» atamalari bilan ulug‘langan o‘zbek xalqi shakllanganligi haqidagi ma’lumotlar ham o‘rin olgan. Darslikdan d unyo tamadduniga o‘zining benazir hissasini qo‘shgan buyuk ajdodlarimiz, vatanparvarlik namunasi bo‘lgan bahodirlar jasoratlari bilan bir qatorda, xalqimizning boy madaniy merosi haqidagi ma’lumotlarga ega bo‘lasiz.
1- m av z u: AJDODLARIMIZNING MA’NAVIY QADRIYATLARI – JAHON SIVILIZATSIYASI ASOSLARIDAN BIRI
«O‘rta asrlar» tushunchasi tarix faniga italyan tarixchilari tomonidan olib kirilgan. Bu tushuncha xususiy mulkchilik shakli o‘zgarishi davrlari bilan bevosita bog‘liq. Sharq mamlakatlarida yer-mulk munosabatlari azaldan jamoaviy asoslarda rivojlanib kelgan. Shu sababli «o‘rta asrlar» tushunchasi tariximizda shartli ravishda ishlatib kelinadi.
Qadimgi davr
Mil.avv 530 ga hozirgi yilni qo’shamiz.
XI asr XIV asr XV asr XII asr
- Ilk o’rta asrlar: IV-VIII asr • Rivojlangan o’rta asr: IX-XV asr • So’nggi o’rta asrlar: XVI-XIX
Aslida o‘rta asrlarning Yevropa uchun amal qiluvchi davriy chegaralari Sharq, xususan, Turon tarixidagi davr bilan farqlanadi. Chunki Yevropada o‘rta asrlarning boshlanishi Rim imperiyasining qulashi (476-y.), V asr oxirlari voqealariga to‘g‘ri keladi.
Bizning tariximizda esa, «o‘rta asrlar» deb atalayotgan davr IV asr oxirlari hamda V asr o‘rtalaridan siyosiy maydonda kida-
O‘RTA ASRLAR
riylar, xioniylar, eftaliylar kabi etnik atamalar ostida tushuniladigan qabila uyushmalari paydo bo‘lgan davrdan boshlangan. O‘rta asrlar, o‘z navbatida, ilk, rivojlangan va so‘nggi o‘rta asrlarga bo‘linadi.
Mazkur davrda Xorazm, xioniylar, kidariylar, eftaliylar, Turk xoqonligi, keyinchalik somoniylar, qoraxoniylar, xorazmshohlar, Amir Temur va temuriylar hukmronlik qilgan yirik davlatlar mavjud bo‘lgan. Bu davlatlar aholisining ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy hayoti o‘z davriga xos ravishda rivojlanib borgan.
Ilk o‘rta asrlarda «qishloq hokimlari» deb atalgan katta yer egalari – dehqonlar va ularning ekinzorlarida ishlovchi yersiz kadivarlar shakllandi. Yerda ishlash tartiblarining tubdan o‘zgarishi aholi o‘rtasida tabaqalanishni yanada keskinlashtirgan.
O‘RTA ASRLAR
Qadimdan «Turon» deb atalib kelingan yurtimiz va unga tutash hududlar arablar davridan «Movarounnahr» va «Xuroson» deb, XVIII– XIX asr g‘arb olimlari va sayyohlari tomonidan «O‘rta Osiyo» yoki «Markaziy Osiyo» deb nomlangan.
VIII asr boshlariga kelib mamlakatimiz hududida arab xalifaligi hukmronligi o‘rnatildi hamda o‘lkamiz madaniyatiga islom dinining ta’siri kuchaydi. Xalifalik hukmronligidan keyingi asrlarda ilm-ma’rifatning rivoji uchun sharoit yuzaga keldi. Yurtimizdan jahon ilm-fan taraqqiyotiga hissa qo‘shgan Muhammad ibn Muso Xorazmiy, Ahmad Farg‘oniy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino kabi buyuk mutafakkirlar yetishib chiqdi.
IX-XII asrlar birinchi renesans XIV-XV asrlar ikkinchi renesans
IX–XII asrlarda zaminimizda tug‘ilib, voyaga yetgan Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Mahmud Zamahshariy, Ahmad Yassaviy, Najmiddin Kubro singari mashhur ulamolarning islom dini va ta’limotiga oid asarlari bugungi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan.
Darslikda berilgan voqealar bilan tanishib borar ekansiz, ajdodlarimiz doimo bunyodkorlikka, ilm va ma’rifatga intilib yashaganini bilib olasiz. Ularning boy ma’naviy merosi Vatanimiz haqida ma’lumot beradi. Ilm va ma’rifatga intilish, uni egallash orqaligina komillikka erishish mumkinligini tushunasiz.
Bugungi tezlik va shiddat bilan o‘zgarayotgan dunyoda yakka-yu yagona najotimiz ilm ekanligini bilib olasiz.
O‘rganganimizdan xulosa chiqaramiz
Muhim sanalar
- IV asrdan — Siz ushbu darslikda IV asrdan XIII asr boshlarigacha bo‘lgan Vatanimizning o‘rta asrlar tarixi bilan tanishasiz.
- XIII asr — Siz ushbu darslikda IV asrdan XIII asr boshlarigacha bo‘lgan Vatanimizning o‘rta asrlar tarixi bilan tanishasiz.
- IV-VIII asr — Ilk o’rta asrlar: IV-VIII asr • Rivojlangan o’rta asr: IX-XV asr • So’nggi o’rta asrlar: XVI-XIX
- IX-XV asr — Ilk o’rta asrlar: IV-VIII asr • Rivojlangan o’rta asr: IX-XV asr • So’nggi o’rta asrlar: XVI-XIX
- V asr — Chunki Yevropada o‘rta asrlarning boshlanishi Rim imperiyasining qulashi (476-y.), V asr oxirlari voqealariga to‘g‘ri keladi.
- IV asr — Bizning tariximizda esa, «o‘rta asrlar» deb atalayotgan davr IV asr oxirlari hamda V asr o‘rtalaridan siyosiy maydonda kida-
- V asr — Bizning tariximizda esa, «o‘rta asrlar» deb atalayotgan davr IV asr oxirlari hamda V asr o‘rtalaridan siyosiy maydonda kida-
- XVIII– XIX asr — Qadimdan «Turon» deb atalib kelingan yurtimiz va unga tutash hududlar arablar davridan «Movarounnahr» va «Xuroson» deb, XVIII– XIX asr g‘arb olimlari va sayyohlari tomonidan «O‘rta Osiyo» yoki «Markaziy Osiyo» deb…
- VIII asr — VIII asr boshlariga kelib mamlakatimiz hududida arab xalifaligi hukmronligi o‘rnatildi hamda o‘lkamiz madaniyatiga islom dinining ta’siri kuchaydi.
- IX–XII asrlarda — IX–XII asrlarda zaminimizda tug‘ilib, voyaga yetgan Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Mahmud Zamahshariy, Ahmad Yassaviy, Najmiddin Kubro singari mashhur ulamolarning islom dini va ta’limotiga oid asarlari bugungi kunda ham…
Bilimingizni sinang
O‘rta asrlar tarixi darsligi Vatanimiz tarixini qaysi asrdan XIII asr boshlarigacha o‘rgatadi?
- VI asrdan
- II asrdan
- IV asrdan
- VIII asrdan
To‘g‘ri javob: IV asrdan. Darslik IV asrdan XIII asr boshlarigacha bo‘lgan o‘rta asrlar tarixini qamrab oladi.
“O‘rta asrlar” tushunchasini tarix faniga kimlar olib kirgan?
- Yunon tarixchilari
- Fransuz sayyohlari
- Italyan tarixchilari
- Arab olimlari
To‘g‘ri javob: Italyan tarixchilari. Bu tushuncha tarix faniga italyan tarixchilari tomonidan olib kirilgan.
Nima uchun tariximizda “o‘rta asrlar” tushunchasi shartli ravishda ishlatiladi?
- Sharq mamlakatlarida yer-mulk munosabatlari azaldan jamoaviy asoslarda rivojlangan
- Sharq mamlakatlarida yer-mulk munosabatlari Yevropadagi kabi krepostnoylik asosida rivojlangan
- Sharq mamlakatlarida yer-mulk munosabatlari faqat cherkov va ruhoniylar mulki asosida rivojlangan
- Sharqda o‘rta asrlar davri Yevropa davri bilan bir vaqtda boshlanib, bir vaqtda tugagan
To‘g‘ri javob: Sharq mamlakatlarida yer-mulk munosabatlari azaldan jamoaviy asoslarda rivojlangan. Sharqda yer-mulk munosabatlari jamoaviy asosda rivojlangani uchun tushuncha shartli qo‘llanadi.
“O‘rta asrlar” tushunchasi haqidagi hukmlarni ko‘rib chiqing. I. U tarix faniga italyan tarixchilari tomonidan kiritilgan. II. U xususiy mulkchilik shakli o‘zgarishi davrlari bilan bevosita bog‘liq. III. Sharq mamlakatlarida yer-mulk munosabatlari azaldan xususiy asosda rivojlangan. Qaysi hukmlar to‘g‘ri?
- faqat I
- I va II
- II va III
- I va III
To‘g‘ri javob: I va II. Tushuncha italyan tarixchilari tomonidan kiritilgan va xususiy mulkchilik o‘zgarishlari bilan bog‘liq; Sharqda esa yer-mulk munosabatlari jamoaviy asosda rivojlangan.
Nima sababdan «o‘rta asrlar» tushunchasi tariximizda faqat shartli ravishda qo‘llaniladi?
- Chunki bu davr haqida yozma manbalar saqlanmagan
- Chunki Sharqda yer-mulk munosabatlari azaldan jamoaviy asoslarda rivojlangan
- Chunki Turonda o‘rta asrlar Rim imperiyasi bilan bir vaqtda tugagan
- Chunki bu tushuncha tarix faniga Sharq tarixchilari kiritgan
To‘g‘ri javob: Chunki Sharqda yer-mulk munosabatlari azaldan jamoaviy asoslarda rivojlangan. Tushuncha xususiy mulkchilik shakli o‘zgarishi bilan bog‘liq, Sharqda esa yer-mulk munosabatlari jamoaviy asosda rivojlangani uchun u shartli qo‘llanadi.
Mil.avv. 530-yilda To‘maris Kurush ustidan g‘alaba qozongan. Mil.avvalgi yilga hozirgi yilni qo‘shish qoidasi bo‘yicha, 2026-yilda bu voqeadan necha yil o‘tgan bo‘ladi?
- 2556 yil
- 1496 yil
- 2526 yil
- 2586 yil
To‘g‘ri javob: 2556 yil. Mil.avvalgi 530 ga hozirgi yil (2026) qo‘shiladi: 530 + 2026 = 2556.
O‘rta asrlar davriylashtirilganda ilk o‘rta asrlar qaysi davrni o‘z ichiga oladi?
- X-XIV asr
- IV-VIII asr
- VI-X asr
- III-VI asr
To‘g‘ri javob: IV-VIII asr. Davriylashtirishda ilk o‘rta asrlar IV-VIII asrlarni qamraydi.
O‘rta asrlar davriylashtirilganda rivojlangan o‘rta asr qaysi davrni o‘z ichiga oladi?
- VIII-XII asr
- IX-XV asr
- XI-XVI asr
- X-XIV asr
To‘g‘ri javob: IX-XV asr. Rivojlangan o‘rta asr IX-XV asrlarni qamraydi.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash