XotirAI logotipiXotirAI
📜 7-sinf · O‘zbekiston tarixi · 2-mavzu

IV–VII asrlarda mamlakatimiz xalqlarining turmush tarzi

Faollashtiruvchi savol va topshiriqlar

Savollar: 1. Qadimgi davrda O‘zbekiston hududida qanday davlatlar bo‘lgan? Ularning hududini xaritadan ko‘rsating. 2. Mamlakatimizning eng qadimgi davriga oid madaniy merosiga misollar keltiring. 3. Berilgan rasmlarga diqqat qiling. Ularning nomini bilasizmi? Agar u ixtiro qilinmaganida... Fikrni davom ettiring.

Mulohaza uchun

Vatanimiz boy qadimiy tarixga ega. Turon, Turkiston, Movarounnahr nomlari bilan shuhrat topgan hudud tarixi va o‘z mehnati bilan uni obod etgan xalqlarning o‘tmishi g‘oyat qiziqarli hamda ibratlidir. Suv tegirmoni, chig‘ir va charxpalak kabi suv inshootlari kashf etilishi qishloq xo‘jalik ishlarining rivojiga ta’sir ko‘rsatdi. Shaharlar hunarmandchilik, savdo-sotiq va madaniy hayotning markaziga aylandi.

Ijodiy faoliyat

Savollar: 1. Hunarmandchilik, savdo-sotiq va qishloq xo‘jalik ishlarining rivojlanishi insonlar hayotiga qanday ta’sir ko‘rsatdi? 2. Ekin maydonlarining kengayishi qanday ehtiyojlarga sabab bo‘lishi mumkin? Quyidagi so‘zlardan foydalanib fikringizni bayon qiling. Ziroatkor — hosil yetishtiruvchi, qo‘shchi; mirob; yerga ishlov berishga mo‘ljallangan mehnat qurollari va b. 3. Siz insonlar hayotining farovonligi uchun nima ixtiro qilgan bo‘lardingiz? Fikringizni asoslang.

Dehqon (qishloq hokimi) – ilk o‘rta asrlarda mulkdor tabaqa. Kashovarz – ziroatchi oddiy qo‘shchilar. Kadivar – qishloqning dehqonlarga qaram aholisi. Chokar – dehqon mulkini qo‘riqlovchi, harbiy posbon.

Ijodiy faoliyat

VI asrda unumdor yerlar hamda suv taqsimoti qabila boshliqlari va ishboshilarning nazoratiga o‘tdi. Bu esa, ularning qishloq aholisiga o‘z ta’sirlarini o‘tkazish, ziroatchi aholiga hukmronlik qilish imkoniyatini berdi. Ular qishloq hokimi — dehqonlar deb atalgan. Qishloq jamoalari yerlarida yashab yer va suvdan iborat umumiy mulkka ega bo‘lgan erkin ziroatchilar tabaqasi kashovarzlar, o‘z yerlaridan va erklaridan ayrilib qolib, dehqonlarning yerlarida ishlovchi kadivarlar paydo bo‘ldi. Dehqonlarning xo‘jaligini tashqi hujumlardan himoya qilish, ichkarida esa tartib-intizomni saqlashga yordam beradigan maxsus askariy guruhi – chokarlari bo‘lgan.

Ijodiy faoliyat

Dehqonlarning shaharda hunarmandchilik rastalari, uylari bo‘lgan. Ularning xo‘jaligida ko‘plab odamlar mehnat qilganlar. Turon hududida ham katta yer egaligi vujudga keldi.

Mil.avv IV asrda (329)

So‘nggi antik davr (milodiy II-IV asrlar)dan boshlangan tub o‘zgarishlar shu qadar tez kechdiki, oqibatda, bir tomondan, O‘rta Osiyoning dehqonchilik viloyatlarida (Sug‘diyona, Marg‘iyona, Toxariston, Xorazm, Choch, Farg‘ona va boshqalar) o‘nlab mahalliy hokimliklar tashkil topib, ikkinchi tomondan, ularning yiriklashish jarayoni ham jadal kechdi.

Ahmadali Asqarov, «O‘zbek xalqining etnogenezi va etnik tarixi»

O‘rganganimizdan xulosa chiqaramiz

Savollar: 1. Qanday omillar sabab dehqon xo‘jaliklari paydo bo‘ldi? 2. Agar suv tegirmoni va chig‘ir ixtiro qilinmaganida odamlarning turli tabaqalarga bo‘linishi yuz berarmidi? Fikringizni asoslang. 3. O‘ylab ko‘ring-chi, nega ziroatkor vohalardagi sug‘orma yerlarning asosiy qismi qishloq jamoalarining qaramog‘ida bo‘lgan? 4. Insonlar hayotidagi bu o‘zgarishlar yana qanday kasblarning paydo bo‘lishiga sabab bo‘lgan, deb o‘ylaysiz? Fikr bildirishdan avval chokarlar, kadivarlar uchun zarur bo‘lgan buyumlarni ko‘z oldingizga keltiring.

Muhim sanalar

Bilimingizni sinang

Qishloq xo‘jalik ishlarining rivojiga ta’sir ko‘rsatgan qaysi suv inshootlari kashf etilgan?
  1. Suv tegirmoni, chig‘ir va charxpalak
  2. Bosmaxona, kompas va porox
  3. Soat, teleskop va mikroskop
  4. Bug‘ mashinasi, to‘quv dastgohi va temir yo‘l

To‘g‘ri javob: Suv tegirmoni, chig‘ir va charxpalak. Suv tegirmoni, chig‘ir va charxpalak kashf etilishi qishloq xo‘jaligi rivojiga ta’sir ko‘rsatgan.

Vatanimiz hududi qaysi nomlar bilan shuhrat topgan?
  1. Sug‘diyona, Marg‘iyona, Toxariston
  2. Turon, Turkiston, Movarounnahr
  3. Xuroson, Iroq, Sharq
  4. Qipchoq, Dashti Qipchoq, Mo‘g‘uliston

To‘g‘ri javob: Turon, Turkiston, Movarounnahr. Hudud Turon, Turkiston, Movarounnahr nomlari bilan shuhrat topgan.

Suv tegirmoni, chig‘ir va charxpalak kabi suv inshootlarining kashf etilishi nimaga ta’sir ko‘rsatgan?
  1. Qishloq xo‘jalik ishlarining rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan
  2. Dehqonchilikning susayishi va yerlarning tashlab ketilishiga sabab bo‘lgan
  3. Hunarmandchilikning faqat qishloqlarga ko‘chib o‘tishiga olib kelgan
  4. Qishloq jamoalari yerlarining davlat tomonidan tortib olinishiga olib kelgan

To‘g‘ri javob: Qishloq xo‘jalik ishlarining rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan. Suv inshootlarining kashf etilishi qishloq xo‘jalik ishlarining rivojiga ta’sir ko‘rsatgan.

Ilk o‘rta asrlarda ziroatchi oddiy qo‘shchilar qanday nom bilan atalgan?
  1. Chokar
  2. Kashovarz
  3. Kadivar
  4. Dehqon

To‘g‘ri javob: Kashovarz. Kashovarz – ziroatchi oddiy qo‘shchilar; kadivar esa dehqonlarga qaram aholi.

Ilk o‘rta asrlarda dehqon deb kim atalgan?
  1. Oddiy ziroatchi qo‘shchi
  2. Qishloq hokimi, mulkdor tabaqa vakili
  3. Dehqon mulkini qo‘riqlovchi harbiy posbon
  4. Dehqonlarga qaram qishloq aholisi

To‘g‘ri javob: Qishloq hokimi, mulkdor tabaqa vakili. Dehqon – ilk o‘rta asrlarda qishloq hokimi, mulkdor tabaqa vakili bo‘lgan.

Unumdor yerlar hamda suv taqsimoti qabila boshliqlari va ishboshilarning nazoratiga qaysi asrda o‘tdi?
  1. V asrda
  2. IV asrda
  3. VI asrda
  4. VII asrda

To‘g‘ri javob: VI asrda. VI asrda yer va suv taqsimoti qabila boshliqlari nazoratiga o‘tdi va dehqonlar tabaqasi shakllandi.

Kashovarzlar kimlar edi?
  1. Shahar hunarmandlari va savdogarlardan iborat boy tabaqa
  2. Davlat xizmatidagi yirik yer egalari va amaldorlar tabaqasi
  3. Yer va suvdan iborat umumiy mulkka ega erkin ziroatchilar
  4. Mulkka ega bo‘lmagan, bozorlarda sotiladigan qullar guruhi

To‘g‘ri javob: Yer va suvdan iborat umumiy mulkka ega erkin ziroatchilar. Kashovarzlar yer va suvdan iborat umumiy mulkka ega erkin ziroatchilar tabaqasi bo‘lgan.

Kadivarlar kimlar edi?
  1. Shahardagi hunarmandlar rastalarida ishlovchi ustalar va shogirdlar
  2. Yirik yer egalariga bo‘ysunmaydigan erkin chorvadorlar jamoasi
  3. Davlat soliqlarini yig‘ish bilan shug‘ullangan mansabdorlar guruhi
  4. O‘z yeri va erkidan ayrilib, dehqonlar yerida ishlovchilar

To‘g‘ri javob: O‘z yeri va erkidan ayrilib, dehqonlar yerida ishlovchilar. Kadivarlar o‘z yerlari va erkidan ayrilib, dehqonlarning yerlarida ishlagan.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiAjdodlarimizning ma’naviy qadriyatlari – jahon sivilizatsiyasi asoslaridan biriKeyingi →lar. IV–VII asrlarda Xorazm