Alisher Navoiy
Amir Temur va temuriylar davri
BUGUN DARSDA
- Navoiy – ilm-fan homiysi. • Jilovdor podshoh. • Navoiy asarlari – tarixiy manba.
O‘ylab ko‘ring
Tarix saboqlari
Alisher Navoiy 1441-yil 9-fevralda Amir Temurning o‘g‘li Shohrux Mirzo hukmronligi davrida Hirotda tug‘ildi. Zamondoshlari uni ko‘pincha “Nizomiddin Mir Alisher” deb ataganlar.
Uning otasi G‘iyosiddin Muhammad temuriylar saroyining amaldorlaridan, xonadonning ishonchli kishilaridan edi. Onasi amirzoda Shayx Abusaid Changning qizi bo‘lgan, ismi ma’lum emas.
Yosh Alisher Ali Yazdiy nazariga tushgan, Mavlono Lutfiy yosh shoir iste’dodiga yuqori baho bergan, u Kamol Turbatiy e’tirofini qozongan. Sayyid Hasan Ardasher, Pahlavon Muhammad kabi ustozlardan ta’lim olgan, Abdurahmon Jomiy bilan ijodiy hamkorlikda bo‘lgan.
Sulton Husayn Mirzo 1469-yilning boshida Hirotni qo‘lga oldi va Samarqandga xat yo‘llab, Navoiyni o‘z yoniga chaqirdi. Sulton Husayn
Tarix saboqlari
Mirzo uni davlat ishlariga jalb etdi. Muhrdor qilib tayinladi.
Alisher Navoiy 1469–1472-yillarda muhrdor, 1472–1476-yillarda vazir lavozimlarida faoliyat olib bordi. 1487–1488-yillarda Astrobodga hokimlik qildi. Sulton Husayn Mirzo uni o‘ziga g‘oyat yaqin tutar, har bir narsada u bilan maslahatlashar va nihoyatda qadrlar edi.
Sulton Husayn Mirzo hukmronligi dastlabki yillarda juda notinch kechdi. Shohrux Mirzo avlodi Yodgor Muhammad taxt da’vosi bilan qo‘zg‘aldi. Sulton Husayn Mirzo unga qarshi qo‘shin tortdi va g‘alaba qozondi.
1470-yilning bahorida Yodgor Mirzo Astrobodda yana bosh ko‘tardi. Sulton Husayn Navoiyni yoniga olib, qo‘shin bilan yana yo‘lga tushdi. Xuddi shu payt Hirotda qo‘zg‘olon bo‘lgani xabari keladi. Sulton Husayn Mirzo Navoiyni unga katta vakolatlar berib, poytaxtga qaytardi. Navoiy shaharda adolatni tiklab, xalqni tinchlantirdi.
Tarix saboqlari
To‘qnashuvlarning birida Yodgor Mirzoning qo‘li baland keldi va poytaxtda Yodgor Mirzo nomiga xutba o‘qildi. Yurt bir muddat Yodgor Mirzo qo‘liga o‘tdi. Bu hol Sulton Husayn Mirzoga qattiq ta’sir etdi.
Sulton Husayn Mirzo 1470-yilning o‘zida payt poylab, Navoiyning maslahati bilan Murg‘ob daryosi bo‘ylaridan juda qisqa muddatda Hirotga yetib keldi va maishatdan charchab uxlab yotgan Yodgor Mirzoni qo‘lga oldi.
Alisher Navoiy buyruqbozlikdan va hukmfarmolikdan yiroq, mansab-lavozimlar har qancha yuksak bo‘lmasin, uning uchun zil-zambil yuk bo‘lib, Sulton Husayn Mirzoga bo‘lgan ixlos va muhabbatigina uni iste’fo berishdan saqlab turgan.
Tarix saboqlari
Donishmandligi, tadbirkorligi bilan ko‘plab g‘alayon-u qon to‘kishlarning oldini oldi, urushlarni yarashga aylantirdi. Uning bu fazilati ayniqsa 1472–1476-yillardagi vazirlik faoliyatida yaqqol namoyon bo‘ldi. Sulton Husayn Mirzo hokimiyat ishlarida Navoiyning aql va sadoqatiga tayanib ish ko‘rdi. Uni, qarshiligiga qaramasdan, yuqori lavozimlarga tayinladi, 1472-yilda esa amir (vazir)likka qo‘ydi. Buyuk shoir “amiri kabir” (ulug‘ amir), “amirul muqarrab” (podshoga eng yaqin amir) unvonlariga musharraf bo‘ldi. Uning vazirlik yillari Hirotda obodonchilik avj olgan, madaniyat gullab-yashnagan davr bo‘ldi. Ulug‘ amir o‘zi bosh bo‘lib, suvsiz yerlarga suv chiqardi, eski ariqlarni tozalattirdi, yangi kanallar qazdirdi. Eski binolarni ta’mir qildirib, yangilarini qurdirdi. Qanchadan qancha madrasalar, xonaqohlar soldirdi.
Tus - Turuqband
Navoiy “Devon”i
Manbalarda
Navoiyning bobosi Amir Temurning ikkinchi o‘g‘li Umarshayx Mirzo (1356- 1394)ning emikdoshi (ko‘kaldosh) bo‘lgan va ulg‘aygach ham uning doimiy xizmatida bo‘lgan. Umarshayx o‘limidan keyin u Temurning kenja o‘g‘li Shohrux Mirzo (1377-1447) xizmatiga o‘tkazilgan. Uning o‘g‘li G‘iyosiddin bahodir (Navoiyning otasi) esa Shohruxning nabirasi Abulqosim Bobur (1422-1457) ning eng ishonchli beklaridan biri bo‘lgan. Jasurligi, mardligi va harbiy soha uddaburoni bo‘lganligi uchun G‘iyosiddin bahodir deb atashgan. Lekin uning “G‘iyosiddin Kichkina” yoki “Kichkina bahodir” nomlari bilan atalganligi eng ko‘p tarqalgan ma’lumotdir.
Manbalarda
“Kichkina” laqabi jussasiga emas, balki yoshiga nisbat berilgan.
G‘iyosiddinning “kichkina” ta’rifi ko‘kaldoshi bilan bir xil nomga ega bo‘lganligi bilan bog‘liq. Ya’ni u Amir Temurning Hamadonda hukmronlik qilgan nabirasi G‘iyosiddin Mansur (u Umarshayx Mirzoning kichik o‘g‘li edi)ning ko‘kaldoshi bo‘lgan, shahzoda bilan birga o‘sgan. Ularni bir-birlaridan farqlash uchun G‘iyosiddin Mansur Mirzodan oylikka biroz kichik bo‘lgan G‘iyosiddin bahodirni (Navoiyning otasini) “kichkina” deb sifatlaganlar. Davlatshoh Samarqandiyning ma’lumotlariga ko‘ra, G‘iyosiddin Kichkina pahlavon va bardoshli shaxs bo‘lgan.
Navoiy – ilm-fan homiysi
Alisher Navoiy 1480–1500-yillar mobaynida o‘z mablag‘lari hisobidan bir necha madrasa, 40 ta rabot 17 ta masjid, 10 ta xonaqoh, 9 ta ko‘prik, 20 ta hovuz, 9 ta hammom qurdirgan.
Navoiy Hirotda “Ixlosiya”, “Nizomiya” madrasalari, “Xalosiya” xonaqohi, “Shifoiya” shifoxonasi, Qur’on tilovat qiluvchilarga mo‘ljallangan “Dorul huffoz” binosi, Marvdagi “Xusraviya” madrasasi, Mashhaddagi xayriya binosi va boshqa noyob me’moriy yodgorliklarini qurdirgan.
Navoiy iqtidorli talabalarga oyiga 24 oltin pul va yiliga besh qop oziq-ovqat mahsulotlari bergan.
Navoiy madrasalardagi o‘zi taklif etgan tajribali, chuqur bilimli mudarrislar, olimlarga yetarli maosh tayinlab, kamchiliksiz ishlashlari uchun hamma sharoitni yaratib bergan.
Navoiy – ilm-fan homiysi
Navoiyning qarashlarida kishilarning ma’naviy dunyosini belgilovchi fazilat – ilmga tashnalik, komillikka intilish g‘oyasi yotadi. Alisher Navoiyning o‘zi ham ustoz sifatida bir nechta yetuk insonlarni tarbiyalab, kamolga yetkazgan. Kamoliddin Behzod, Mirxond, Xondamir kabi buyuk siymolar shular jumlasidan.
Alisher Navoiy she’rni, shoirlikni hamma narsadan baland tutdi. Vazirlik martabasida turib ham she’r yozishni to‘xtatmadi. Atrofidagilar uning bu ishiga rag‘bat va hurmat bilan qaradilar. Sulton Husayn Mirzoning o‘zi unga rahnamolik qildi. Ulug‘ shoirning ilk she’riy devonini muxlislari tuzgan bo‘lsa, birinchi devoni “Badoye ul-bidoya” (“Badiiylik ibtidosi”)ni 1472–1476-yillarda shohning amri va istagiga ko‘ra o‘zi kitob qildi. Shoir “Xamsa”dan keyin ko‘p o‘tmay, ketma-ket nasriy kitoblar yaratdi.
Navoiy – ilm-fan homiysi
Navoiyning butun faoliyati ilm-fan yo‘lida harakat qilayotgan yosh avlod uchun har tomonlama ibrat maktabi vazifasini o‘taydi.
O‘ylab ko‘ring
Jilovdor podshoh
Zayniddin Vosifiyning “Badoye ul-vaqoye”sidan:
“Shoh Navoiyga: “Bir mojaro siz bilan bizning oramizda ko‘pdan hal bo‘lmay keladi, shuni bugun bir yoqlik qilaylik”, dedi. Bu mojaro shundan iborat ediki, Sulton Husayn Alisherning muridi bo‘lishini ko‘pdan orzu qilar va uni “pirim” deb atar edi.
Alisher esa har gal: “Yo Alloh, yo Alloh, bu qanday gap bo‘ldi! Aslida biz muridmiz, siz hammaga pirsiz”, der edi.
Shunda Sulton Husayn o‘zining oq otini olib kelishni buyurdi. Ot juda asov, chopag‘on edi.
Jilovdor podshoh
Sulton Husayn aytdi: – Siz pir, men murid bo‘ladigan bo‘lsam, siz shu otga minasiz, men uni yetaklayman.
Alisher noiloj otga minishga majbur bo‘ldi. Ot g‘oyat asov bo‘lib, shohdan boshqani o‘ziga yaqinlashtirmas edi. Alisher oyog‘ini uzangiga qo‘yishi bilan ot tipirchilay boshladi, Sulton
Husayn otiga o‘shqirdi, ot itoat qilib, Alisherning minishini kutdi. Alisher egarga o‘tirishi bilan Sulton Husayn otining jilovidan ushlab yetaklay boshladi. Alisher hushidan ketdi. Uni egardan ko‘tarib oldilar.
Tarixda bunday hol ko‘rilmagan, hech bir zamonda shoh shoirga jilovdorlik qilmagan edi”.
Alisher Navoiy haykallari
Vashington Ashxobod
Tokio O‘sh
2004
Alisher Navoiyga Boku (Ozarbayjon), Moskva (Rossiya), Shanxay (Xitoy), Tokio (Yaponiya), Vashington (AQSh), Ashxobod (Turkmaniston), O‘sh (Qirg‘izistoni), Toshkent, Samarqand, Guliston, Termiz, Navoiy shaharlarida haykallar o‘rnatilgan.
Navoiy asarlari – tarixiy manba
“Tarixi muluki Ajam” (“Ajam shohlari tarixi”, 1488) qisqa tarix bo‘lib, Eron shohlari xronikasi bayon qilingan “Tarixi Tabariy”, “Shohnoma” asarlarini mantiqan to‘ldiradi, ulardagi faktlarni izchil ilmiy tizimga soladi. Asarda afsonaviy shoh Qayumarsdan sosoniylarning so‘nggi vakili Yazdi Shahriyorgacha bo‘lgan shohlar tarixi, mifologik talqini beriladi.
“Tarixi anbiyo va hukamo” (“Payg‘ambarlar va hakimlar tarixi”, 1485–1498) asarining birinchi bo‘limida “Qissasul anbiyo”lar an’analari davom ettirilib, Odam alayhissalom, Nuh, Iso, Muso, Ya’qub, Sulaymon, Yusuf, Dovud kabi payg‘ambarlar tarixiga oid qissalar keltiriladi.
Navoiy asarlari – tarixiy manba
Navoiy Luqmoni hakimga ham anbiyolar qatoridan joy beradi. Asarning “Hukamo zikrida” deb nomlangan ikkinchi bo‘limida insoniyat tarixida chuqur iz qoldirgan donishmand hakimlar Fishog‘urs, Jomosp, Buqrot, Suqrot, Aflotun, Arastu, Bolinos, Jolinus, Batlimus, Buzurgmehr kabi antik davr allomalari haqida ibratli hikoyalar keltiriladi, ularning donishmandligi, ilmiy kashfiyotlari siri qisqa satrlarda talqin qilinadi.
“Vaqfiya” (1481) asarida vaqf yerlari, mulklari, ularning miqdori, ulardan foydalanish, vaqf mulki va mablag‘i evaziga quriladigan bino va inshootlar, bu yo‘nalishda madrasa va xonaqohlarda o‘rnatilgan tartiblar haqida fikr yuritiladi.
Navoiy asarlari – tarixiy manba
Navoiy o‘z ixtiyoridagi mablag‘lar hisobiga qurilgan xayriya muassasalari, ilmiy-madaniy binolar va bog‘larni sanab o‘tadi. Asar Navoiy va Sulton Husayn Mirzo munosabatlarini o‘rganishda ham muhim manbadir.
Alisher Navoiy. XVI asr rassomi Mahmud Muzahhib ishlagan miniatyura
O‘rganganlarimizdan xulosa qilamiz
Loyiha ishi: “Navoiy – Sulton Husayn Mirzo saroyining javohiri” mavzusida taqdimot tayyorlang. Bunda quyidagi jihatlarni ochib bering: – Alisher Navoiy nomi bilan bog‘liq joylar haqida ma’lumot to‘plang. – Alisher Navoiyning adolatli jamiyat haqidagi fikrlarini to‘plang. – Alisher Navoiy hayoti va ijodiga jahon hamjamiyatining munosabatini aniqlang. – “Jilovdor podshoh” hikoyasi asosida Sulton Husayn Mirzoning Alisher Navoiyga bo‘lgan munosabatini tushuntiring.
Mualliflar: Akbar Turg‘inovich Zamonov, Nargiza Kamaritdinovna Ismatova,
Bobir Bomuradovich Aminov, Zebo Nurqobilovna Jabborova, Shokirjon Shuhrat o‘g‘li Qudratov
O‘rganganlarimizdan xulosa qilamiz
O‘quv nashri
Umumta’lim maktablarining 8-sinf o‘quvchilari uchun darslik
Rassom Sarvar Farmonov Dizayner Dilmurod Mulla-Axunov Sahifalovchi-dizayner Alimardon Aqilov
Muhim sanalar
- 1441-yil — Alisher Navoiy 1441-yil 9-fevralda Amir Temurning o‘g‘li Shohrux Mirzo hukmronligi davrida Hirotda tug‘ildi.
- 1469-yilning — Sulton Husayn Mirzo 1469-yilning boshida Hirotni qo‘lga oldi va Samarqandga xat yo‘llab, Navoiyni o‘z yoniga chaqirdi.
- 1469–1472-yillarda — Alisher Navoiy 1469–1472-yillarda muhrdor, 1472–1476-yillarda vazir lavozimlarida faoliyat olib bordi.
- 1470-yilning — 1470-yilning bahorida Yodgor Mirzo Astrobodda yana bosh ko‘tardi.
- 1470-yilning — Sulton Husayn Mirzo 1470-yilning o‘zida payt poylab, Navoiyning maslahati bilan Murg‘ob daryosi bo‘ylaridan juda qisqa muddatda Hirotga yetib keldi va maishatdan charchab uxlab yotgan Yodgor Mirzoni qo‘lga oldi.
- 1472–1476-yillarda — Alisher Navoiy 1469–1472-yillarda muhrdor, 1472–1476-yillarda vazir lavozimlarida faoliyat olib bordi.
- 1472–1476-yillarda — Uning bu fazilati ayniqsa 1472–1476-yillardagi vazirlik faoliyatida yaqqol namoyon bo‘ldi.
- 1472-yilda — Uni, qarshiligiga qaramasdan, yuqori lavozimlarga tayinladi, 1472-yilda esa amir (vazir)likka qo‘ydi.
- 1472–1476-yillarda — Ulug‘ shoirning ilk she’riy devonini muxlislari tuzgan bo‘lsa, birinchi devoni “Badoye ul-bidoya” (“Badiiylik ibtidosi”)ni 1472–1476-yillarda shohning amri va istagiga ko‘ra o‘zi kitob qildi.
- 1480–1500-yillar — Alisher Navoiy 1480–1500-yillar mobaynida o‘z mablag‘lari hisobidan bir necha madrasa, 40 ta rabot 17 ta masjid, 10 ta xonaqoh, 9 ta ko‘prik, 20 ta hovuz, 9 ta hammom qurdirgan.
Bilimingizni sinang
Alisher Navoiy Hirotda qaysi yili tug‘ilgan?
- 1431-yil
- 1441-yil
- 1451-yil
- 1461-yil
To‘g‘ri javob: 1441-yil. Navoiy 1441-yil 9-fevralda Shohrux Mirzo davrida Hirotda tug‘ilgan.
Alisher Navoiy 1441-yilning qaysi kunida tug‘ilgan?
- 19-yanvarda
- 9-fevralda
- 9-martda
- 21-fevralda
To‘g‘ri javob: 9-fevralda. Navoiy 1441-yil 9-fevralda tug‘ilgan.
Sulton Husayn Mirzo Hirotni qo‘lga olib, Navoiyni o‘z yoniga chaqirgan yil qaysi?
- 1469-yil
- 1459-yil
- 1475-yil
- 1465-yil
To‘g‘ri javob: 1469-yil. Sulton Husayn Mirzo 1469-yilning boshida Hirotni egallab, Navoiyni chaqirdi.
Alisher Navoiy qaysi yili va qaysi shaharda tug‘ilgan?
- 1441-yilda Hirotda
- 1441-yilda Samarqandda
- 1469-yilda Hirotda
- 1447-yilda Astrobodda
To‘g‘ri javob: 1441-yilda Hirotda. Navoiy 1441-yil 9-fevralda Shohrux Mirzo davrida Hirotda tug‘ilgan.
Zamondoshlari Alisher Navoiyni ko‘pincha qanday nom bilan ataganlar?
- Amiri kabir Mir Alisher
- G‘iyosiddin Mir Alisher
- Kamoliddin Mir Alisher
- Nizomiddin Mir Alisher
To‘g‘ri javob: Nizomiddin Mir Alisher. Matnda zamondoshlari uni “Nizomiddin Mir Alisher” deb atagani aytilgan.
Navoiyning onasi kimning qizi bo‘lgan?
- amirzoda Sulton Abusaid Mirzoning
- amirzoda Yodgor Muhammad Mirzoning
- amirzoda Shayx Abusaid Changning
- amirzoda Ulug‘bek Mirzoning
To‘g‘ri javob: amirzoda Shayx Abusaid Changning. Onasi amirzoda Shayx Abusaid Changning qizi bo‘lgan, ismi ma’lum emas.
Sulton Husayn Mirzo Hirotni qachon qo‘lga olib, Navoiyni yoniga chaqirdi?
- 1441-yilning oxirida
- 1469-yilning boshida
- 1472-yilning boshida
- 1487-yilning yozida
To‘g‘ri javob: 1469-yilning boshida. Hirot 1469-yilning boshida qo‘lga olingan va Navoiy chaqirilgan.
Alisher Navoiy qaysi yillarda muhrdor lavozimida ishlagan?
- 1460–1465-yillarda
- 1469–1472-yillarda
- 1476–1480-yillarda
- 1472–1476-yillarda
To‘g‘ri javob: 1469–1472-yillarda. Navoiy 1469–1472-yillarda muhrdor, keyin vazir bo‘lgan.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash