Umumiy qoidalar
Moddalar
1-modda. Ushbu Konstitutsiyaviy Qonunning maqsadi
Ushbu Konstitutsiyaviy Qonunning maqsadi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining (bundan buyon matnda Vazirlar Mahkamasi deb yuritiladi) faoliyatini tartibga solishdan iborat.
2-modda. Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risidagi qonunchilik
Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risidagi qonunchilik O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, ushbu Konstitutsiyaviy Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
3-modda. Vazirlar Mahkamasining maqomi
Vazirlar Mahkamasi — O‘zbekiston Respublikasi Hukumati ijro etuvchi hokimiyatning oliy organi bo‘lib, iqtisodiyotning, ijtimoiy va ma’naviy sohalarning samarali faoliyat ko‘rsatishiga rahbarlik qilishni, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari ijrosini ta’minlaydi.
Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasida ijro etuvchi hokimiyatning yagona tizimiga rahbarlik qiladigan kollegial organdir.
Vazirlar Mahkamasi o‘z faoliyatini ijro etuvchi hokimiyat faoliyatining O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadigan asosiy yo‘nalishlari doirasida amalga oshiradi.
Vazirlar Mahkamasi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti oldida javobgardir.
4-modda. Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining maqomi
Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining yaxlit tizimiga vazirliklar, qo‘mitalar, agentliklar va inspeksiyalar kiradi.
Vazirlik tegishli sohalarda yagona davlat siyosatini ishlab chiqadigan va amalga oshiradigan, muayyan yo‘nalishda ijro etuvchi hokimiyat organlarining faoliyatini muvofiqlashtiradigan, shuningdek tizim ichidagi rahbarlik faoliyatini yakkaboshchilik asosida tashkil etadigan respublika ijro etuvchi hokimiyat organidir.
Qo‘mita tegishli sohada tarmoq ichidagi faoliyatni muvofiqlashtiradigan va tartibga soladigan hamda tizim ichidagi rahbarlik faoliyatini kollegiallik asosida tashkil etadigan, shuningdek vazirlikning tashkiliy bo‘ysunuvida faoliyat yuritadigan respublika ijro etuvchi hokimiyat organidir.
Agentlik tegishli sohada davlat xizmatlari ko‘rsatilishini va qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqni qo‘llash vazifalarini o‘zining asosiy vazifasi sifatida amalga oshiradigan, shuningdek vazirlikning tashkiliy bo‘ysunuvida faoliyat yuritadigan respublika ijro etuvchi hokimiyat organidir.
Inspeksiya tegishli sohalar hamda tarmoqlarda davlat nazorati va tekshiruvini o‘zining asosiy vazifasi sifatida amalga oshiradigan, shuningdek vazirlikning tashkiliy bo‘ysunuvida faoliyat yuritadigan respublika ijro etuvchi hokimiyat organidir.
Qonunchilik hujjatlariga muvofiq alohida maqomga ega bo‘lgan hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga va (yoki) Vazirlar Mahkamasiga bo‘ysunadigan qo‘mitalar, agentliklar va inspeksiyalar tashkil etilishi mumkin.
4-modda. Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining maqomi (davomi)
Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
Vazirliklarni va boshqa respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarini tuzish hamda tugatish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga asosan amalga oshiriladi.
5-modda. Vazirlar Mahkamasi faoliyatining asosiy prinsiplari
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarining ustunligi, inson hamda fuqaroning huquqlari va erkinliklarini ta’minlash, kollegiallik, hokimiyat tarmoqlarining bo‘linishi va hamkorligi, shuningdek ochiqlik va shaffoflik Vazirlar Mahkamasi faoliyatining asosiy prinsiplaridir.
Bilimingizni sinang
«Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida» qonun — 1-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Ushbu Konstitutsiyaviy Qonunning maqsadi
- Vazirlar Mahkamasining ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi vakolatlari
- Bosh vazirni lavozimidan ozod etish
- Vazirlar Mahkamasining maqomi
To‘g‘ri javob: Ushbu Konstitutsiyaviy Qonunning maqsadi. 1-modda: Ushbu Konstitutsiyaviy Qonunning maqsadi.
«Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida» qonun: «Ushbu Konstitutsiyaviy Qonunning maqsadi» qaysi moddada belgilangan?
- 1-modda
- 3-modda
- 8-modda
- 15-modda
To‘g‘ri javob: 1-modda. 1-modda: Ushbu Konstitutsiyaviy Qonunning maqsadi.
«Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida» qonun — 2-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Vazirlar Mahkamasining asosiy vakolatlari
- Vazirlar Mahkamasining hududlarni rivojlantirish sohasidagi vakolatlari
- Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risidagi qonunchilik
- Vazirlar Mahkamasini shakllantirish tartibi
To‘g‘ri javob: Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risidagi qonunchilik. 2-modda: Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risidagi qonunchilik.
«Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida» qonun: «Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risidagi qonunchilik» qaysi moddada belgilangan?
- 14-modda
- 2-modda
- 9-modda
- 7-modda
To‘g‘ri javob: 2-modda. 2-modda: Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risidagi qonunchilik.
«Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida»gi Konstitutsiyaviy Qonunga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasi qanday organ hisoblanadi?
- Ijro etuvchi hokimiyatning oliy organi bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Hukumati
- Qonun chiqaruvchi hokimiyatning doimiy organi bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Hukumati
- Prezident huzuridagi maslahat organi bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Hukumati
- Sud hokimiyatining tarkibiga kiruvchi O‘zbekiston Respublikasi Hukumati organi
To‘g‘ri javob: Ijro etuvchi hokimiyatning oliy organi bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Hukumati. 3-moddaga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasi — O‘zbekiston Respublikasi Hukumati, ijro etuvchi hokimiyatning oliy organi.
Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi hokimiyatning yagona tizimiga rahbarlik qiladigan qanday organ sifatida belgilangan?
- Yakkaboshchilik asosida ishlaydigan organ
- Kollegial organ
- Maslahat beruvchi organ
- Nazorat qiluvchi organ
To‘g‘ri javob: Kollegial organ. 3-moddaga muvofiq, Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi hokimiyatning yagona tizimiga rahbarlik qiladigan kollegial organdir.
Vazirlar Mahkamasi o‘z faoliyatida kimlar oldida javobgar bo‘ladi?
- Faqat Konstitutsiyaviy sud oldida
- Faqat Senat oldida
- Oliy Majlis va Prezident oldida
- Prezident va Oliy sud oldida
To‘g‘ri javob: Oliy Majlis va Prezident oldida. 3-moddaning oxirgi qismiga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasi Oliy Majlis va Prezident oldida javobgardir.
«Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida» qonun — 4-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining maqomi
- Vazirlar Mahkamasining iqtisodiyot sohasidagi vakolatlari
- Vazirlar Mahkamasining budjet, moliya va soliq sohasidagi vakolatlari
- Vazirlar Mahkamasi faoliyatining asosiy prinsiplari
To‘g‘ri javob: Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining maqomi. 4-modda: Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining maqomi.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash