Vazirlar Mahkamasining tarkibi va uni shakllantirish tartibi
Moddalar
6-modda. Vazirlar Mahkamasining tarkibi
Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining a’zolari — O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri (bundan buyon matnda Bosh vazir deb yuritiladi), uning o‘rinbosarlari va vazirlardan iboratdir. Qoraqalpog‘iston Respublikasi hukumatining boshlig‘i Vazirlar Mahkamasi tarkibiga o‘z lavozimi bo‘yicha kiradi.
7-modda. Vazirlar Mahkamasini shakllantirish tartibi
Bosh vazir nomzodi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining mansabdor shaxslari saylangandan va organlari shakllangandan so‘ng bir oy ichida yoki Bosh vazir lavozimidan ozod etilganidan keyin yoxud Bosh vazir, Vazirlar Mahkamasining amaldagi tarkibi iste’foga chiqqanidan keyin bir oy ichida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi (bundan buyon matnda Qonunchilik palatasi deb yuritiladi) ko‘rib chiqishi va ma’qullashi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan barcha siyosiy partiyalar fraksiyalari bilan maslahatlashuvlar o‘tkazilganidan so‘ng taqdim etiladi.
Qonunchilik palatasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan taqdim etilgan Bosh vazir nomzodini taqdimnoma kiritilgan kundan e’tiboran o‘n kun ichida ko‘rib chiqadi.
Bosh vazir lavozimiga nomzod Qonunchilik palatasida uning nomzodi ko‘rib chiqilayotganda Vazirlar Mahkamasining yaqin muddatga va uzoq istiqbolga mo‘ljallangan harakat dasturini taqdim etadi.
Bosh vazir nomzodi uning uchun Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy sonining yarmidan ko‘pi tomonidan ovoz berilgan taqdirda ma’qullangan hisoblanadi va keyin O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi.
Bosh vazir lavozimiga taqdim etilgan nomzod uch marta rad etilgan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Bosh vazirni tayinlaydi va Qonunchilik palatasini tarqatib yuborishga haqli.
Vazirlar Mahkamasining a’zolari ularning nomzodlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan Qonunchilik palatasi tomonidan ma’qullanganidan keyin O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi.
7-modda. Vazirlar Mahkamasini shakllantirish tartibi (davomi)
Vazirlar Mahkamasi a’zoligiga nomzod mas’ul qo‘mita, siyosiy partiyalar fraksiyalari tomonidan dastlabki tarzda ko‘rib chiqilganidan keyin Qonunchilik palatasining majlisida ko‘rib chiqiladi va ma’qullanadi.
Vazirlar Mahkamasi a’zosining lavozimiga nomzod uning nomzodi Qonunchilik palatasida ko‘rib chiqilayotganda va ma’qullanayotganda Vazirlar Mahkamasining harakatlar dasturi bilan o‘zaro bog‘liq bo‘lgan, istiqbolga mo‘ljallangan maqsadli ko‘rsatkichlar va vazifalarga erishish borasidagi huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy, tashkiliy-texnik choralarni nazarda tutuvchi harakatlar rejasini hamda korrupsiyaga qarshi kurashish rejasini taqdim etadi.
Qonunchilik palatasi Vazirlar Mahkamasi a’zoligiga nomzodni rad etgan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ko‘rib chiqish va ma’qullash uchun yangi nomzodni kiritadi.
Vazirlar Mahkamasining a’zosi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanganidan keyin o‘z vazifalarini bajarishga kirishadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti o‘z tashabbusi bilan Bosh vazirni, Vazirlar Mahkamasining amaldagi tarkibini yoki a’zosini iste’foga chiqarishga haqli.
Bosh vazir va Qonunchilik palatasi o‘rtasida ziddiyatlar doimiy tus olgan holda Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy sonining kamida uchdan bir qismi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomiga rasman kiritilgan taklif bo‘yicha Qonunchilik palatasining muhokamasiga Bosh vazirga nisbatan ishonchsizlik votumi bildirish haqidagi masala kiritiladi.
7-modda. Vazirlar Mahkamasini shakllantirish tartibi (davomi)
Bosh vazirga nisbatan ishonchsizlik votumi, agar Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismi ovoz bersa, qabul qilingan hisoblanadi. Bunday holatda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Bosh vazirni lavozimidan ozod etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Bunda Vazirlar Mahkamasining butun tarkibi Bosh vazir bilan birga iste’foga chiqadi.
Yangi Bosh vazir nomzodi Qonunchilik palatasidagi barcha siyosiy partiyalar fraksiyalari bilan tegishli maslahatlashuvlar o‘tkazilganidan keyin O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Qonunchilik palatasiga ko‘rib chiqish va ma’qullashga taqdim qilish uchun taklif etiladi.
Amaldagi Vazirlar Mahkamasi yangi saylangan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi oldida o‘z vakolatlarini zimmasidan soqit qiladi, biroq Vazirlar Mahkamasining yangi tarkibi shakllantirilguniga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga muvofiq o‘z faoliyatini davom ettirib turadi.
8-modda. Bosh vazirni lavozimidan ozod etish
Bosh vazir O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan quyidagi hollarda lavozimidan ozod etiladi:
Bosh vazirning iste’foga chiqish to‘g‘risidagi arizasiga binoan;
Bosh vazir o‘z vakolatlarini bajarishi mumkin bo‘lmay qolgan taqdirda;
Vazirlar Mahkamasi tarkibida uning normal faoliyat ko‘rsatishiga tahdid soluvchi, bartaraf etib bo‘lmaydigan ixtiloflar yuzaga kelganda, shuningdek Vazirlar Mahkamasi tomonidan bir necha bor O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga zid qarorlar qabul qilingan taqdirda;
Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalarining O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ko‘rib chiqishi uchun taqdim etgan tashabbusiga binoan. Agar zarur asoslarga ega bo‘lgan bunday tashabbus Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalarning yetakchi fraksiyalari tomonidan qo‘llab-quvvatlansa hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Qonunchilik palatasida ovozga qo‘yilganda Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy sonining uchdan ikki qismidan ko‘prog‘ining ovozini olsa, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Bosh vazirni lavozimidan ozod etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi;
Bosh vazirga nisbatan Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan ishonchsizlik votumi bildirilgan taqdirda.
Bosh vazirning lavozimidan ozod etilishi bir vaqtning o‘zida O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining iste’foga chiqishiga sabab bo‘ladi.
Bilimingizni sinang
«Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida» qonun — 6-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Vazirlar Mahkamasining tarkibi
- Vazirlar Mahkamasining asosiy vakolatlari
- Vazirlar Mahkamasini shakllantirish tartibi
- Vazirlar Mahkamasining iqtisodiyot sohasidagi vakolatlari
To‘g‘ri javob: Vazirlar Mahkamasining tarkibi. 6-modda: Vazirlar Mahkamasining tarkibi.
«Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida» qonun: «Vazirlar Mahkamasining tarkibi» qaysi moddada belgilangan?
- 7-modda
- 10-modda
- 9-modda
- 6-modda
To‘g‘ri javob: 6-modda. 6-modda: Vazirlar Mahkamasining tarkibi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi hukumatining boshlig‘i Vazirlar Mahkamasi tarkibiga qanday asosda kiradi?
- O‘z lavozimi bo‘yicha
- Qonunchilik palatasi saylovi orqali
- Prezidentning alohida farmoyishiga ko‘ra
- Bosh vazirning taqdimiga binoan
To‘g‘ri javob: O‘z lavozimi bo‘yicha. 6-moddaga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi hukumatining boshlig‘i Vazirlar Mahkamasi tarkibiga o‘z lavozimi bo‘yicha kiradi.
Bosh vazir nomzodi Oliy Majlis palatalarining mansabdor shaxslari saylanib, organlari shakllangandan so‘ng qancha muddat ichida Qonunchilik palatasiga taqdim etiladi?
- ikki oy
- bir oy
- bir hafta
- uch oy
To‘g‘ri javob: bir oy. Nomzod palatalar mansabdor shaxslari saylangan va organlari shakllangandan so‘ng bir oy ichida taqdim etiladi.
Prezident tomonidan taqdim etilgan Bosh vazir nomzodini Qonunchilik palatasi taqdimnoma kiritilgan kundan e’tiboran qancha muddat ichida ko‘rib chiqadi?
- Besh kun
- O‘n kun
- O‘n besh kun
- Bir oy
To‘g‘ri javob: O‘n kun. 7-moddaga ko‘ra, Qonunchilik palatasi nomzodni taqdimnoma kiritilgan kundan e’tiboran o‘n kun ichida ko‘rib chiqadi.
Bosh vazir nomzodi Qonunchilik palatasida qanday ovoz bilan ma’qullangan hisoblanadi?
- Deputatlar umumiy sonining uchdan ikki qismi ovozi bilan
- Qatnashgan deputatlarning oddiy ko‘pchiligi ovozi bilan
- Deputatlar umumiy sonining yarmidan ko‘pi ovozi bilan
- Deputatlar umumiy sonining kamida uchdan bir qismi ovozi bilan
To‘g‘ri javob: Deputatlar umumiy sonining yarmidan ko‘pi ovozi bilan. 7-moddaga ko‘ra, nomzod deputatlar umumiy sonining yarmidan ko‘pi ovoz bergan taqdirda ma’qullangan hisoblanadi.
Bosh vazir lavozimiga taqdim etilgan nomzod uch marta rad etilsa, Prezident qanday huquqqa ega bo‘ladi?
- Bosh vazirni o‘zi tayinlashga va Senatni muddatidan oldin tarqatib yuborishga
- Yangi nomzodni to‘rtinchi marta taqdim etishga, Qonunchilik palatasini tarqatmasdan
- Bosh vazirni Senat roziligi bilan tayinlashga va palata raisini ozod etishga
- Bosh vazirni o‘zi tayinlashga va Qonunchilik palatasini tarqatib yuborishga
To‘g‘ri javob: Bosh vazirni o‘zi tayinlashga va Qonunchilik palatasini tarqatib yuborishga. 7-moddaga muvofiq, uch marta rad etilganda Prezident Bosh vazirni tayinlaydi va Qonunchilik palatasini tarqatib yuborishga haqli.
Oliy Majlis palatalarining mansabdor shaxslari saylangandan va organlari shakllangandan so‘ng Bosh vazir nomzodi qancha muddat ichida Qonunchilik palatasiga taqdim etiladi?
- Bir hafta ichida
- Ikki oy ichida
- Uch kun ichida
- Bir oy ichida
To‘g‘ri javob: Bir oy ichida. 7-moddaga ko‘ra, nomzod bir oy ichida taqdim etiladi.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash