XotirAI logotipiXotirAI
⚖️ «Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida» qonun · 28–32-m.

Vazirlar Mahkamasining faoliyatini tashkil etish (2/2)

Moddalar

28-modda. Vazirlar Mahkamasining tarkibiy bo‘linmalari

Bosh vazir kotibiyati va uning tarkibiy bo‘linmalari, shuningdek Bosh vazir o‘rinbosarlarining kotibiyatlari Vazirlar Mahkamasining tarkibiy bo‘linmalaridir.

Bosh vazir kotibiyati O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining faoliyatini huquqiy, tashkiliy-texnik, axborot-tahliliy va protokol jihatdan ta’minlashni, Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarini, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari loyihalarini tayyorlashni, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalarini amalga oshirishga qaratilgan “yo‘l xaritalarini”, jadvallarni, harakatlar dasturlarini, amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqishni amalga oshiradi.

Bosh vazir kotibiyatining va Vazirlar Mahkamasi boshqa tarkibiy bo‘linmalarining ish tartibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan tegishli nizomlar bilan belgilanadi.

Bosh vazir kotibiyatining rahbari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan, Bosh vazir kotibiyati rahbarining o‘rinbosarlari va Bosh vazir o‘rinbosarlari kotibiyatlarining rahbarlari, Vazirlar Mahkamasining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisidagi vakolatli vakili, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan holda Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.

Bosh vazir kotibiyati tarkibiy bo‘linmalarining rahbarlari va xodimlari, shuningdek Bosh vazir o‘rinbosarlari kotibiyatlarining rahbarlari o‘rinbosarlari va xodimlari Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.

28-modda. Vazirlar Mahkamasining tarkibiy bo‘linmalari (davomi)

Bosh vazir kotibiyatining tarkibiy bo‘linmalari va Bosh vazir o‘rinbosarlarining kotibiyatlari ishini muvofiqlashtirish Bosh vazir kotibiyati rahbari tomonidan amalga oshiriladi.

29-modda. Vazirlar Mahkamasining majlislari

Davlat boshqaruvi, xo‘jalik va ijtimoiy-madaniy rivojlantirishning eng muhim masalalari Vazirlar Mahkamasining majlislarida ko‘rib chiqiladi.

Vazirlar Mahkamasining majlislarini Bosh vazir o‘tkazadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Vazirlar Mahkamasining majlislarida raislik qilishga haqli.

Vazirlar Mahkamasining majlislarida Bosh vazir o‘rinbosarlari va maslahatchisi, vazirlar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi hukumati boshlig‘i, zarurat bo‘lganda esa viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari hamda boshqa respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining rahbarlari ishtirok etadi.

Vazirlar Mahkamasining majlislariga zarurat bo‘lganda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yordamchilari va maslahatchilari, Qonunchilik palatasi Spikeri, Senat Raisi, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining raisi, Oliy sudining raisi, Bosh prokurori taklif etilishi mumkin.

Vazirlar Mahkamasining majlislarini ommaviy axborot vositalarida yoritish maqsadida ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining vakillari ham taklif etilishi mumkin.

30-modda. Vazirlar Mahkamasining majlislarida ko‘rib chiqiladigan masalalar

Quyidagilar faqat Vazirlar Mahkamasining majlislarida ko‘rib chiqiladi:

Davlat budjetini tayyorlash va ijro etish, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tasarrufidagi davlat maqsadli jamg‘armalarini shakllantirish va ulardan foydalanish masalalari;

boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish masalalari, O‘zbekiston Respublikasini va uning ayrim hududlarini iqtisodiy va ijtimoiy-madaniy jihatdan rivojlantirish dasturlari loyihalari;

davlat qimmatli qog‘ozlarini chiqarish hajmi hamda O‘zbekiston Respublikasining davlat ichki va tashqi qarzini oshirish chegaralari to‘g‘risidagi takliflar;

soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar stavkalarini belgilash hamda o‘zgartirish to‘g‘risidagi takliflar;

qat’iy belgilangan davlat narxlari qo‘llaniladigan mahsulotlarning, tovarlarning va xizmatlarning nomenklaturasi;

davlatlararo shartnomalarni imzolash to‘g‘risidagi takliflar.

Vazirlar Mahkamasining majlislarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining topshiriqlariga va Vazirlar Mahkamasi Rayosatining qarorlariga muvofiq boshqa masalalar ham ko‘rib chiqiladi.

31-modda. Vazirlar Mahkamasining majlislariga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish

Vazirlar Mahkamasining majlislarida ko‘rib chiqish uchun masalalarni tayyorlashni Bosh vazir kotibiyati respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan birgalikda amalga oshiradi.

Zarur bo‘lgan hollarda masalalarni tayyorlashni Vazirlar Mahkamasi yoki uning Rayosati tomonidan tashkil etiladigan komissiyalar amalga oshiradi.

Vazirlar Mahkamasining majlisida ko‘rib chiqish uchun kiritiladigan hujjatlar loyihalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti talablariga muvofiq tayyorlanadi.

Zarurat bo‘lganda aniq sohalar va yo‘nalishlarda amalga oshirilayotgan islohotlarning borishini o‘rganish hamda joylardagi muammolarni hal etish maqsadida hududlarda Bosh vazir tomonidan mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining va ular hududiy bo‘linmalarining rahbarlari, fuqarolik jamiyati institutlari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining mavzuli sayyor majlislari, shu jumladan “hukumat kunlari” o‘tkazilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining mavzuli sayyor majlislarini o‘tkazish tartibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

32-modda. Vazirlar Mahkamasining majlislarida qarorlar qabul qilish

Vazirlar Mahkamasining majlisida ko‘rib chiqiladigan masalalar bo‘yicha qarorlar O‘zbekiston Respublikasi Hukumati a’zolarining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi.

Vazirlar Mahkamasining majlisida qabul qilingan qarorlar bayonnoma tarzida rasmiylashtiriladi.

Vazirlar Mahkamasi majlisining bayonnomasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentida belgilangan tartibda Bosh vazir kotibiyati tomonidan rasmiylashtiriladi va tarqatiladi.

Hukumatning bayonnoma qarorlari loyihalarini ekspertizadan o‘tkazish va hisobga olish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentiga muvofiq amalga oshiriladi.

Bilimingizni sinang

Vazirlar Mahkamasining tarkibiy bo‘linmalariga quyidagilardan qaysi biri kiradi?
  1. Bosh vazir kotibiyati va uning bo‘linmalari hamda Bosh vazir o‘rinbosarlarining kotibiyatlari
  2. Bosh vazir kotibiyati va uning bo‘linmalari hamda Qonunchilik palatasi raisining kotibiyatlari
  3. Prezident Administratsiyasi bo‘linmalari hamda Bosh vazir o‘rinbosarlarining kotibiyatlari
  4. Bosh vazir kotibiyati va uning bo‘linmalari hamda vazirliklar va qo‘mitalarning kotibiyatlari

To‘g‘ri javob: Bosh vazir kotibiyati va uning bo‘linmalari hamda Bosh vazir o‘rinbosarlarining kotibiyatlari. 28-moddaga ko‘ra, Bosh vazir kotibiyati va uning bo‘linmalari hamda o‘rinbosarlar kotibiyatlari Hukumatning tarkibiy bo‘linmalaridir.

Bosh vazir kotibiyati Hukumat faoliyatini qanday jihatlardan ta’minlaydi?
  1. Huquqiy, tashkiliy-texnik, axborot-tahliliy va protokol jihatdan
  2. Huquqiy, moliyaviy, kadrlar va protokol jihatdan, axborot-tahlilsiz
  3. Siyosiy, harbiy, axborot-tahliliy va diplomatik protokol jihatdan
  4. Huquqiy, tashkiliy-texnik, moliyaviy va tashqi siyosat jihatidan

To‘g‘ri javob: Huquqiy, tashkiliy-texnik, axborot-tahliliy va protokol jihatdan. 28-moddaga ko‘ra, kotibiyat Hukumat faoliyatini huquqiy, tashkiliy-texnik, axborot-tahliliy va protokol jihatdan ta’minlaydi.

Bosh vazir kotibiyatining rahbarini kim lavozimga tayinlaydi?
  1. Bosh vazir
  2. Vazirlar Mahkamasi majlisi
  3. Prezident
  4. Qonunchilik palatasi

To‘g‘ri javob: Prezident. 28-moddaga ko‘ra, kotibiyat rahbari Prezident tomonidan tayinlanadi.

Vazirlar Mahkamasi Bosh vazir o‘rinbosarining kotibiyati rahbarini Prezident bilan kelishmasdan lavozimga tayinladi. Konstitutsiyaviy Qonunga ko‘ra bu harakat qanday baholanadi?
  1. To‘g‘ri, bunday rahbarlar Prezident bilan kelishmasdan Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayinlanishi mumkin
  2. Noto‘g‘ri, bunday rahbarlar Prezident bilan kelishilgan holda Bosh vazir tomonidan farmoyish bilan tayinlanadi
  3. Noto‘g‘ri, bunday rahbarlar Prezident tomonidan bevosita tayinlanadi, Vazirlar Mahkamasi esa ishtirok etmaydi
  4. Noto‘g‘ri, bunday rahbarlar Prezident bilan kelishilgan holda Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayinlanadi

To‘g‘ri javob: Noto‘g‘ri, bunday rahbarlar Prezident bilan kelishilgan holda Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayinlanadi. 28-moddaga ko‘ra, o‘rinbosarlar kotibiyatlarining rahbarlari Prezident bilan kelishilgan holda Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayinlanadi.

Bosh vazir kotibiyatining va Vazirlar Mahkamasi boshqa tarkibiy bo‘linmalarining ish tartibi nima bilan belgilanadi?
  1. Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan tegishli nizomlar bilan
  2. Prezident tomonidan tasdiqlanadigan tegishli yo‘riqnomalar bilan
  3. Bosh vazir tomonidan tasdiqlanadigan tegishli buyruqlar bilan
  4. Qonunchilik palatasi tomonidan tasdiqlanadigan tegishli nizomlar bilan

To‘g‘ri javob: Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan tegishli nizomlar bilan. 28-moddaga ko‘ra, ish tartibi Hukumat tasdiqlaydigan nizomlar bilan belgilanadi.

Bosh vazir kotibiyati bo‘linmalari va o‘rinbosarlar kotibiyatlari ishini muvofiqlashtirishni kim amalga oshiradi?
  1. Bosh vazir kotibiyati rahbari
  2. Bosh vazir o‘rinbosarlaridan biri
  3. Prezident Administratsiyasi rahbari
  4. Vazirlar Mahkamasi maslahatchisi

To‘g‘ri javob: Bosh vazir kotibiyati rahbari. 28-moddaga ko‘ra, muvofiqlashtirish Bosh vazir kotibiyati rahbari tomonidan amalga oshiriladi.

«Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida» qonun — 29-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. Bosh vazir
  2. Vazirlar Mahkamasining tarkibiy bo‘linmalari
  3. Vazirlar Mahkamasining majlislari
  4. Vazirlar Mahkamasining majlislariga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish

To‘g‘ri javob: Vazirlar Mahkamasining majlislari. 29-modda: Vazirlar Mahkamasining majlislari.

«Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida» qonun: «Vazirlar Mahkamasining majlislari» qaysi moddada belgilangan?
  1. 29-modda
  2. 22-modda
  3. 31-modda
  4. 28-modda

To‘g‘ri javob: 29-modda. 29-modda: Vazirlar Mahkamasining majlislari.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiVazirlar Mahkamasining faoliyatini tashkil etish (1/2)Keyingi →Vazirlar Mahkamasining Rayosati